cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика

پست‌های تبلیغاتی
3 513
مشترکین
-324 ساعت
-177 روز
+6630 روز
آرشیو پست ها
Repost from Tho-askar.uz
#Toshkent_harbiy_okrugi 🔰Chirchiq Arancha qo'rg'onidagi harbiy qismda Huquqiy profilaktika kuni munosabati bilan "Tekshirilmagan suv havzalarida cho'milishning salbiy oqibatlari" mavzusida nazariy mashg'ulot tashkil etildi. Mashg'ulot davomida Chirchiq shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari qatnashishdi. Yangiliklarni kuzatib boring: ➡️ Telegram
نمایش همه...
Toshkent viloyati prokuraturasi organlari tomonidan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va ularning mavjud muammolarni hal qilishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirilmoqda 👉 Batafsil ______ A number of activities aimed at supporting young people and solving their existing problems are being carried out by the prosecutor's office of Tashkent region 👉 In detail ______ В целях всесторонней поддержки молодёжи и решения имеющихся у них проблем сотрудниками органов Ташкентской областной прокуратуры осуществляется ряд комплексных мер 👉 Подробно Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
نمایش همه...
Chirchiq Oliy tank qo'mondonlik muhandislik bilim yurtida 11 ta tuman shahar xotin-qizlarning huquqiy manfaatlarini qo'llab-quvvatlash, ularning bandligini ta'minlash tadbirkorligini yo'lga qo'yishga ko'maklashish va sog'lom turmush tarzi targ'ib qilish masalalariga bag'ishlangan o'quv semenari bo'lib o'tdi. O'quv seminarida Vazirlar Mahkamasining bosh vazir kotibyati mas’ul xodimi Z.Ahmedova, Xotin-qizlar qo'mitasi bo'lim boshlig'i R.Mirxalikova, Toshkent viloyati oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig'i Z.Mirgaziyeva, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi davlat mulk obyektlaridan samarali foydalanish markazi bosh konsulti Y.Abdukarimov, viloyat Xalq banki mutaxassisi N.Isroilova, salomatlik va strategik rivojlanish instituti bosh mutaxassisi Sh.Shukurov hamda hamkor tashkilotlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etdi. Xotin-qizlar faollari mahallalarda uchrayotgan muammolarni bartaraf etish bo'yicha berilgan barcha savollariga javob oldilar. Seminar so'ngida ish faoliyati davomida yuqori ko'rsatgichlarga erishgan xotin-qizlar faollariga Oila va xotin-qizlar qo'mitasining faxriy yorliqlari taqdim etildi. 💬 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌎 Web-site
نمایش همه...
00:56
Video unavailableShow in Telegram
Ўзбекистон «Адолат» СДП Сиёсий Кенгаши раиси Робахон Махмудова партиянинг ҳудудий Кенгашлари фаолиятини ўрганиш юзасидан Тошкент вилоятига қилган сафари доирасида Чирчиқ шаҳрида партиянинг вилоятдаги барча туман Кенгашлари раислари, депутатлари ва фаоллари билан йиғилиш ўтказди.
Йиғилишда ҳудудларда партия лойиҳаларининг амалга оширилиши, аъзолари сафини кенгайтириш, бошланғич партия ташкилотлари фаолиятини кучайтириш, кадрлар захирасини мустаҳкамлаш, аъзолик бадаллари тушумини тизимли йўлга қўйиш, партия аъзоларининг сиёсий билими ҳамда фаоллигини ошириш ва бошқа устувор масалалар муҳокама қилинди.
Шунингдек, жараёнда халқ депутатлари маҳаллий Кенгашлардаги партия депутатлик гуруҳлари аъзоларига партия электорати манфаатларидан келиб чиқиб, ҳудудларнинг ижтимоий-иқтисодий ривожланиш вазифаларини янада самарали ҳал қилишга қаратилган асосли таклифларни тизимли тайёрлаш ва халқ депутатлари маҳаллий Кенгашлар сессиялари кун тартибига мунтазам киритиб бориш масалаларида бир қатор кўрсатмалар берилди. Танқидий ва таҳлилий тарзда ўтган йиғилишда амалга оширилган ишлар билан бир қаторда мавжуд камчиликлар ҳамда ҳали қилиниши лозим бўлган бир қатор устувор вазифаларга тўхталиниб, уларни бартараф қилиш бўйича аниқ тавсиялар берилди. Батафсил юқоридаги лавҳада⏫ Adolat.uz | Facebook | Telegram | InstagramTwitter  |  YouTube
نمایش همه...
10001.MP441.34 MB
👍 5
#Uchrashuv #Yoshlar #Muloqot ⚡️ Yoshlar va rahbar uchrashuvi Shahrimizdagi “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkida Toshkent viloyati prokurori Sirojiddin Eshquvvatovning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Chirchiq shahar hokimi Murodjon Abdurahimov ishtirok etdi. Muloqot avvalida yoshlar uchun “Qo‘rqma” nomli hujjatli film namoyish etildi. Erkin va samimiy ruhda oʻtgan uchrashuvda har bir yoshning muammolari, tashabbus va takliflari tinglandi. Uchrashuv soʻngida “Yoshlar oyligi” doirasida Toshkent viloyati prokurori tomonidan bir guruh yoshlarga davolash, kontrakt, muddatli harbiy xizmat xarajatlarini qoplash uchun sertifikatlar topshirildi. 💬 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌎 Web-site
نمایش همه...
👍 8🔥 2👏 1
00:30
Video unavailableShow in Telegram
#Onlayn Chirchiq shahridagi “Texnopark”da Toshkent viloyati prokurori Sirojiddin Eshquvvatov bilan bo‘lib o‘tadigan muloqot avvalida yoshlar uchun “Qo‘rqma” asariga ishlangan hujjatli film namoyish etilmoqda. _________________________________ #Online Before the meeting with the Prosecutor of the Tashkent region, Sirojiddin Eshqovov, a documentary film based on the work " the Fear(Qo'rqma)" is being shown for young people in "Technopark" in the city of Chirchik. ___________________________________ #Onlayn Перед встречей с прокурором Ташкентской области Сироджиддином Эшкувватовым в «Технопарк»е города Чирчик для молодых участников встречи демонстрируется документальный фильм, снятый по книге “Qo‘rqma” («Не бойся»).Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
نمایش همه...
IMG_6426.MOV10.71 MB
00:58
Video unavailableShow in Telegram
#Seminar Chirchiq shahridagi 5-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Baxtli bolalik” mavzusida seminar tashkil etildi. Tadbirda shahar hokimi Murodjon Abdurahimov ishtirok etdi. Seminarga taklif etilgan mehmonlar bolajonlar yoz mavsumini maroqli o‘tkazishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. 💬 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌎 Web-site
نمایش همه...
IMG_6031.MP445.48 MB
👍 6
Photo unavailableShow in Telegram
#Bildirish ⚡️1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi Bu yil 1-sinfga 2017-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi. 💬 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌎 Web-site
نمایش همه...
#Ayni_damda Chirchiq Oliy tank qo'mondonlik muhandislik bilim yurtida xotin-qizlarning huquqiy manfaatlarini qo'llab-quvvatlash, ularning bandligini ta'minlash tadbirkorligini yo'lga qo'yishga ko'maklashish va sog'lom turmush tarzi targ'ib qilish masalalariga bag'ishlangan o'quv semenari bo'lib o'tmoqda. Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati 💬 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌎 Web-site
نمایش همه...
👍 6
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi ✅ Qonunchilikka ko'ra, ikki va undan ortiq 16 yoshga to'lmagan bolalari bor yolg'iz onalarning mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdoridagi (1 480 500 so'm) daromadlari soliq solishdan ozod etilishi belgilangan. ✔️ Bu imtiyoz har bir bola uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan taqdim etiladigan ma'lumotnoma asosida beriladi. 💬 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌎 Web-site
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi ✅ Qonunchilikka ko'ra, ikki va undan ortiq 16 yoshga to'lmagan bolalari bor yolg'iz onalarning mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdoridagi (1 480 500 so'm) daromadlari soliq solishdan ozod etilishi belgilangan. ✔️ Bu imtiyoz har bir bola uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan taqdim etiladigan ma'lumotnoma asosida beriladi. 💬 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌎 Web-site
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#об_ҳаво ❗️Бугун Тошкент вилоятида қандай об-ҳаво кузатилади? Гидрометеорология хизмати марказининг хабарига кўра, бугун, 13 июнь куни Тошкент вилоятида ҳаво бироз булутли, баъзи жойларда ўзгарувчан бўлади, ёғингарчилик кутилмайди. Шамол шарқдан 7-12 м/с тезликда эсади, баъзи жойларда 13-18 м/с гача кучайиши, айрим жойларда чанг-тўзонлар билан кузатилиши мумкин. Ҳарорат кечаси 18-23 даража, кундузи 32-37 даража иссиқ бўлади. @haqiqatonline_24
نمایش همه...
01:04
Video unavailableShow in Telegram
Agar og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bo‘lsangiz, "INSON" ijtimoiy xizmatlar markazlari sizning yoningizda. 90 dan ortiq ijtimoiy xizmat va yordamlar, 4800 dan ortiq ijtimoiy xodimlar va 2300 nafar ijtimoiy xodim assistentlari farovon hayotingiz uchun qayg‘urishmoqda. Markazlar orqali siz tibbiy yordam, psixologik qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy reabilitatsiya, parasportga yo‘llanma olish va ishga joylashishda yordam olishingiz mumkin. Har qanday murakkab vaziyatda, "INSON" ijtimoiy xizmatlar markazi sizga yordam berishga tayyor. Batafsil ma'lumot: 1140 qisqa raqamlari www.ihma.uz sayti orqali 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
نمایش همه...
INSON_UZB_CALL_CENTRE_1.mp417.09 MB
👍 3
Toshkent viloyati fuqaro muhofazasi boshlig'ining buyrug'i bilan tasdiqlangan rejaga asosan Chirchiq shahar hududida joylashgan "Transformator zavodi" AJ da fuqaro muhofazasi tuzilmalarining harakatlari hamda kuch va vositalarining tayyorgarligi darajasini o'rganish maqsadida maxsus-taktik o'quv mashqi o'tkazildi.
O'tkazilgan maxsus-taktik o'quv mashqida yonish va portlash xavfi yuqori bo’lgankimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash uchun omborning yong’in va sanoat xavfsizlik talablari, kimyoviy moddalarni tashishda belgilangan talablar, kimyoviy moddalarni saqlash, ulardan foydalanish va ularni yo’q qilishda belgilangan talablar, davlat organlarining kimyoviy moddalarini saqlash, tashish, ulardan foydalanish va ularni yo’q qilish sohasidagi asosiy funksiyalalri tushuntirildi.
Shuningdek, o’quv-mashq davomida aniqlangan kamchiliklar muhokama qilinib, kelgusida bunday holatlarga yo'l qo'ymaslik bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati 💬 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌎 Web-site
نمایش همه...
👍 6 3