Chirchiq shahar hokimligi
Open in Telegram
Chirchiq shahar hokimligining rasmiy sahifasi Sayt: https://gov.uz/oz/chirchiq Manzil: Chirchiq shahri Amir Temur koʻchasi 1. Yagona ishonch raqami: (71) 716-38-25 Murojaat uchun: @Chirchiqhokimigamurojaat_bot
Show more6 174
Subscribers
+124 hours
-327 days
-9130 days
Data loading in progress...
Similar Channels
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+29
in 9 channels
August '26
+160
in 13 channels
Get PRO
July '26
+148
in 24 channels
Get PRO
June '26
+101
in 24 channels
Get PRO
May '26
+114
in 32 channels
Get PRO
April '26
+102
in 32 channels
Get PRO
March '26
+113
in 38 channels
Get PRO
February '26
+1 954
in 25 channels
Get PRO
January '26
+2 397
in 27 channels
Get PRO
December '25
+173
in 43 channels
Get PRO
November '25
+92
in 37 channels
Get PRO
October '25
+73
in 33 channels
Get PRO
September '25
+72
in 16 channels
Get PRO
August '25
+147
in 32 channels
Get PRO
July '25
+60
in 45 channels
Get PRO
June '25
+62
in 21 channels
Get PRO
May '25
+1 151
in 12 channels
Get PRO
April '25
+133
in 21 channels
Get PRO
March '25
+1 565
in 67 channels
Get PRO
February '25
+2 199
in 14 channels
Get PRO
January '25
+120
in 10 channels
Get PRO
December '24
+193
in 14 channels
Get PRO
November '24
+151
in 27 channels
Get PRO
October '24
+125
in 19 channels
Get PRO
September '24
+119
in 10 channels
Get PRO
August '24
+280
in 32 channels
Get PRO
July '24
+119
in 22 channels
Get PRO
June '24
+272
in 24 channels
Get PRO
May '24
+331
in 33 channels
Get PRO
April '24
+468
in 31 channels
Get PRO
March '24
+320
in 32 channels
Get PRO
February '24
+164
in 16 channels
Get PRO
January '24
+180
in 26 channels
Get PRO
December '23
+367
in 28 channels
Get PRO
November '23
+138
in 25 channels
Get PRO
October '23
+146
in 16 channels
Get PRO
September '23
+111
in 0 channels
Get PRO
August '23
+306
in 0 channels
Get PRO
July '23
+143
in 0 channels
Get PRO
June '23
+75
in 0 channels
Get PRO
May '23
+140
in 0 channels
Get PRO
April '23
+214
in 0 channels
Get PRO
March '23
+216
in 0 channels
Get PRO
February '23
+108
in 0 channels
Get PRO
January '23
+419
in 0 channels
Get PRO
December '22
+195
in 0 channels
Get PRO
November '22
+88
in 0 channels
Get PRO
October '22
+178
in 0 channels
Get PRO
September '22
+146
in 0 channels
Get PRO
August '22
+204
in 0 channels
Get PRO
July '22
+129
in 0 channels
Get PRO
June '22
+378
in 0 channels
Get PRO
May '22
+176
in 0 channels
Get PRO
April '22
+196
in 0 channels
Get PRO
March '22
+333
in 0 channels
Get PRO
February '22
+1 966
in 0 channels
Get PRO
January '22
+237
in 0 channels
Get PRO
December '21
+211
in 0 channels
Get PRO
November '21
+1 198
in 0 channels
Get PRO
October '21
+321
in 0 channels
Get PRO
September '21
+138
in 0 channels
Get PRO
August '21
+163
in 0 channels
Get PRO
July '21
+146
in 0 channels
Get PRO
June '21
+83
in 0 channels
Get PRO
May '21
+1 024
in 0 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 10 September | +5 | |||
| 09 September | +6 | |||
| 08 September | +2 | |||
| 07 September | +1 | |||
| 06 September | +4 | |||
| 05 September | +3 | |||
| 04 September | +2 | |||
| 03 September | +3 | |||
| 02 September | +3 | |||
| 01 September | 0 |
Channel Posts
+9
CHIRCHIQDA TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
Bugun Chirchiq shahridagi 3-sonli umumta’lim maktabida shahar hokimi Murodjon Abdurahimovning tadbirkorlar hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolar bilan ommaviy qabuli va ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida tadbirkorlikni rivojlantirish, xususiy sektor vakillari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, berilayotgan imtiyozlar hamda sohani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlarning amaliy natijalari haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, ishtirokchilarning yangi biznes loyihalarini amalga oshirish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatini kengaytirish, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha taklif va tashabbuslari tinglandi.
Murojaatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ularni hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
| 2 | ❗️Ish kunlari soat 23.00 dan 07.00 gacha, dam olish kunlari va ishlanmaydigan bayram kunlari soat 22.00 dan 09.00 gacha shovqin chiqarish orqali fuqarolarning osoyishtaligini buzishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Prezident tegishli qonunni imzoladi.
Hujjat rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
💬 Telegram 🌐 Facebook 🕊 Twitter | 428 |
| 3 | #Payshanba_Yoshlar_Kuni
CHIRCHIQDA YOSHLAR UCHUN “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” O‘TKAZILDI
2026-yil 10-sentabr kuni Chirchiq shahar IIB binosida yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
Tadbir Chirchiq shahar IIB boshlig‘i N.Safarov boshchiligida o‘tkazilib, yoshlar ichki ishlar organlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Jumladan, IIB binosi, Faxriylar muzeyi, xizmat vaqtida halok bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlari xotirasiga bag‘ishlangan burchak hamda sport mashg‘ulotlari uchun yaratilgan sharoitlar namoyish etildi.
Shuningdek, Ekspertiza va kriminalistika bo‘limi faoliyati bilan tanishtirish maqsadida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, bo‘limning asosiy vazifalari va xizmat yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi.
Ochiq muloqot davomida yoshlarga ichki ishlar organlarida xizmat qilish tartibi, xodimlarga qo‘yiladigan talablar, kundalik xizmat faoliyati hamda kasbning o‘ziga xos jihatlari tushuntirildi. Yoshlarning savollari tinglanib, ularga batafsil javoblar berildi.
Tadbir yakunida Chirchiq shahar IIB boshlig‘i N.Safarov yoshlar bilan o‘zining hayotiy va kasbiy tajribasi bilan o‘rtoqlashib, ularga zarur tavsiya va maslahatlarini berdi.
Samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir yoshlarning ichki ishlar organlari faoliyatiga qiziqishini oshirish, huquq-tartibot va xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi sharafli kasb haqida ijobiy tasavvur shakllantirishga xizmat qildi.
💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site | 556 |
| 4 | ❗️РАСМИЙ АХБОРОТ: Чирчиқ шаҳрида содир бўлган ҳодиса юзасидан!
Бугун, соат тахминан 16:00 ларда Тошкент вилояти Чирчиқ шаҳри “Садриддин Айний” кўчасида, ҳайдовчи (1977 й.т.), "Howo" русумли юк транспорт воситасини бошқариб кетаётган вақтида, автоуловга уланган ярим тиркама техник сабабларга кўра чиқиб кетган.
Шундан сўнг тиркама йўл четида жойлашган хонадонга бориб урилиши натижасида тўхтаган.
Ҳодиса сабабли автомобиль йўлида транспорт воситалари ҳаракати вақтинча чекланиб, айланма йўллар орқали ҳаракат ташкил этилган. Воқеада фуқаролар соғлиғига зиён етмаган.
Ҳозирда йўл ҳаракати хавфсизлиги хизмати ходимлари томонидан ҳолат бартараф этилиб, автомобиллар ҳаракати тўлиқ тикланди.
Хонадонга етказилган зарар қонунчиликда белгиланган тартибда қопланади. Ҳолат юзасидан Чирчиқ шаҳар ИИБ томонидан суриштирув ишлари олиб борилмоқда.
@BB_Tulyaganov | 509 |
| 5 | No text... | 520 |
| 6 | #Murojaat
Kiberxavfsizlik bo‘yicha aholiga murojaat
Chirchiq shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i N.Safarov tomonidan kiberjinoyat qurboniga aylanib qolmaslik yuzasidan shahar aholisiga murojaati
Hurmatli fuqarolar!
Bugungi raqamli davrda internet va zamonaviy texnologiyalar hayotimizni yengillashtirmoqda. Shu bilan birga, kiberjinoyatchilik holatlari ham tobora ortib bormoqda. Firibgarlar turli usullar orqali fuqarolarni aldashga, ularning shaxsiy ma’lumotlari hamda moliyaviy mablag‘larini qo‘lga kiritishga urinmoqda.
Shu munosabat bilan fuqarolardan kiberxavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish so‘raladi. Xususan:
• bank kartalari ma’lumotlari, SMS-kodlar, PIN-kodlar va parollarni begonalarga oshkor etmaslik;
• noma’lum qo‘ng‘iroqlar, shubhali SMS-xabarlar va havolalarga ishonmaslik;
• ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy ma’lumotlarni ochiq joylashtirmaslik;
• to‘lov va moliyaviy operatsiyalarni faqat rasmiy va ishonchli saytlar orqali amalga oshirish;
• telefon va kompyuterlarga faqat litsenziyalangan dasturlarni o‘rnatish tavsiya etiladi.
Agar fuqarolar kiberfiribgarlik holatiga duch kelsa yoki shubhali vaziyatni sezsa, zudlik bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yoki bank muassasalariga murojaat qilishi lozim.
Har bir fuqaroning hushyorligi va ongli munosabati jamiyat xavfsizligining muhim kafolati hisoblanadi. Kiberxavfsizlik faqat mutaxassislarning vazifasi emas, balki barchaning umumiy mas’uliyatidir.
Shubhali holatlar yuzaga kelganda darhol tuman Ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qilish so‘raladi.
Unutmang, firibgarlikning asosiy sababi — beparvolik va ortiqcha ishonuvchanlikdir. Har bir fuqaro o‘zining va yaqinlarining mol-mulki hamda shaxsiy ma’lumotlari xavfsizligi uchun mas’ul ekanini anglab yetishi zarur.
Chirchiq shahar Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan kiberxavfsizlikni ta’minlash, firibgarlik jinoyatlarining oldini olish bo‘yicha doimiy profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Bunda aholining ongli munosabati va hamkorligi eng muhim omil hisoblanadi.
Hurmatli fuqarolar!
Ogoh bo‘ling, axborot madaniyatingizni oshiring, o‘zingizni va yaqinlaringizni firibgarlardan asrang!
💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site | 1 490 |
| 7 | #Payshanba_yoshlar_kuni
Chirchiqda iqtidorli sportchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Chirchiq shahar sport maktabida payshanba — “Yoshlar kuni” munosabati bilan shahar hokimi M.Abdurahimov, viloyat Sport boshqarmasi rahbari R.Bobokulov, trener-o‘qituvchilar hamda iqtidorli sportchilar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda 2025–2026-o‘quv yilida sport maktabida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va sportchilar qo‘lga kiritgan natijalar sarhisob qilindi.
Shuningdek, 2026–2027-o‘quv yilida sport maktabi oldida turgan ustuvor vazifalar, sport turlarini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni saralash, ularning mahoratini oshirish hamda yuqori natijalarga erishishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalari muhokama qilindi.
Ochiq muloqot davomida sportchi yoshlar va trener-o‘qituvchilarning taklif hamda fikrlari tinglandi. Kelgusida yoshlar o‘rtasida sportni yanada ommalashtirish, nufuzli musobaqalarda munosib ishtirok etish va Chirchiq shahri sporti nufuzini oshirish bo‘yicha rejalar belgilandi.
Tadbir yakunida 2026-yil davomida yuqori natijalarga erishib, shahar, viloyat, respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda munosib ishtirok etgan sportchilar taqdirlandi.
Yosh sportchilarga kelgusi musobaqalarda omad, yangi marralar va ulkan zafarlar tilandi.
💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site | 864 |
| 8 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Saida Shavkatovna Mirziyoyeva hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.
Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi, kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qiladi.
Moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni muvofiqlashtirish boshqaruvchi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Birinchi navbatdagi hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va Markaz tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidan.
Shuningdek, Moliya markazi nomidan O‘zbekistonda va xorijda xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda hamkorlar bilan munosabatlarda Markazga vakillik qilish, kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, jumladan, Moliya markazi ma’muriyatining ijrochi direktorini va uning o‘rinbosarlarini tayinlash, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbariyati bo‘yicha tavsiyalar kiritish ham boshqaruvchining muhim funksiyalari sirasiga kiradi.
Boshqaruvchi, shuningdek, bitimlar tuzish, ishchi guruhlar tashkil etish va ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Руководитель Администрации Президента Республики Узбекистан Мирзиёева Саида Шавкатовна назначена на должность управляющего Ташкентского международного финансового центра по совместительству с ныне занимаемой должностью.
Управляющий считается Генеральным секретарем Совета Финансового центра, организует формирование повестки, а в отсутствие председателя – председательствует на его заседаниях.
Ключевым направлением деятельности управляющего станет координация запуска Финансового центра: подготовка первоочередных документов, выстраивание взаимодействия между государственными органами и структурами центра.
В числе важных функций также представление Финансового центра во взаимоотношениях с международными организациями, инвесторами и партнерами в Узбекистане и за рубежом, а также участие в кадровых решениях, включая назначение исполнительного директора Администрации Финансового центра, его заместителей и внесение рекомендаций по руководству Управления финансовых услуг.
Управляющий также вправе заключать соглашения, создавать рабочие группы и привлекать экспертов.
Facebook|Instagram|X | 588 |
| 9 | Chirchiq shahar prokurori Ummatbek Ablabekovning huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida shahar aholisiga yo‘llagan
MUROJAATI
Hurmatli Chirchiq shahri aholisi!
So‘nggi vaqtlarda firibgarlik, xususan, kiberjinoyatlar sonining ortib borayotgani barchamizdan yanada hushyor va ogoh bo‘lishni talab etmoqda.
Mazkur turdagi jinoyatlar, aksariyat hollarda, fuqarolarning moliyaviy savodxonligi yetarli emasligi, shuningdek, internet firibgarlarining doimiy ravishda yangi aldov usullarini qo‘llayotgani natijasida sodir bo‘lmoqda. Zamonaviy texnologiyalarning jadal rivojlanishi esa firibgarlar uchun yangi imkoniyatlarni yuzaga keltirmoqda.
Shahrimizda 2025-yilda kiberjinoyatlar soni avvalgi yilga nisbatan qariyb 2 barobarga oshgani barchamizni jiddiy tashvishga solishi tabiiy. Texnologiyalar rivojlangani sari firibgarlikning yangi va turli ko‘rinishlari ham paydo bo‘lmoqda.
Jumladan:
zararli havolalar — APK-fayllar, to‘yga taklifnomalar, “Sizning rasmingizmi?”, “Omad shou” kabi usullar orqali sodir etilayotgan firibgarliklar qariyb 40 foizga;
soxta treyding, ya’ni pulni ko‘paytirish va yuqori daromad va’da qiluvchi “birja” takliflari orqali — 45 foizga;
o‘zini bank xodimi sifatida tanishtirib qo‘ng‘iroq qilish orqali — 20 foizga;
fishing va onlayn kredit bilan bog‘liq firibgarliklar — 35 foizga;
onlayn savdo va elektron do‘konlar orqali sodir etilayotgan firibgarliklar esa 20 foizga oshgan.
Afsuski, ushbu turdagi jinoyatlardan jabrlanayotganlarning asosiy qismini 40–60 yoshdagi hamda nafaqadagi fuqarolar tashkil etmoqda.
Bugungi kunda jinoyatchilik ko‘rsatkichlarida an’anaviy jinoyatlar bilan bir qatorda kiberjinoyatlarning salmog‘i ham ortib bormoqda. Bu esa mazkur turdagi jinoyatlar tobora keng ko‘lam kasb etayotganidan dalolat beradi.
Shu sababli, hurmatli fuqarolar, quyidagi tavsiyalarga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz:
🔹 tez va oson daromad va’da qiluvchi shubhali takliflarga ishonmang;
🔹 noma’lum havolalarni ochmang va begona manbalardan yuborilgan APK-fayllarni yuklab olmang;
🔹 shaxsiy ma’lumotlaringiz, bank plastik kartasi raqami, SMS orqali keladigan tasdiqlash kodlari va boshqa maxfiy ma’lumotlarni begona shaxslarga bermang;
🔹 ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy ma’lumotlarni oshkor etuvchi foto va xabarlarni joylashtirishdan tiyiling;
🔹 internet orqali amalga oshiriladigan savdo va moliyaviy operatsiyalarda ehtiyotkor bo‘ling.
Fuqarolarimizni kiberfiribgarlik va boshqa turdagi jinoyatlardan himoya qilish, bunday holatlarning oldini olish borasidagi tushuntirish va targ‘ibot ishlariga barchamiz jiddiy yondashishimiz lozim.
Agar shubhali holat yoki firibgarlik alomatlariga duch kelsangiz, zudlik bilan prokuratura organlari yoki ichki ishlar bo‘limiga murojaat qiling.
Unutmang, Chirchiq shahar prokuraturasi hududda sog‘lom huquqiy muhitni shakllantirish, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash maqsadida doimo xalq bilan birga harakat qiladi.
Har bir fuqaroning hushyorligi, faol va mas’uliyatli ishtiroki barchamizning xavfsiz hayotimizni ta’minlashga xizmat qiladi.
💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site | 2 074 |
| 10 | 5-сентябрь куни ўтказган Шанбалигимизда қатнашганларга каттадан-катта раҳмат. Сизларни Қиблагоҳим дастурхон бошида гўзал дуолар қилдилар.
Ўша куни иш бошлашимиз билан айланишга келган 2 ёш жуфтлик ҳам қарашиб, ишимизни анча енгил қилиб беришди. Бундан ташқари ўша атрофда юрган миллий гвардиянинг 2 ҳодими ҳам бизга кўмаклашишди. Балиқ тутгани келган бир йигит чин кўнгилдан раҳмат айтгани эса ёқимли бўлди.
Қўлимиздан келгунча, кучимиз етгунча тозалашга ҳаракат қилдик. Қатнашган барча инсонлардан Аллоҳ рози бўлсин. Ерни юзини очдинглар, Ўзи сизларни юзларингни ёруғ қилсин.
Шу кичкина жойдан чиққан чиқинди ҳажми жуда катта бўлиб кетди. Океанлардан чиқадиган пластик чиқиндилар бир неча тонна эканлигига энди ҳам ишоняпман.
Бу каби егулик-ичимликлар организмни заҳарлайди, қадоғи эса табиатни. Бундай маҳсулотлар ҳам танани, ҳам онгни, ҳам қалбни ўлдиради.
Инсонларни онги уйғонишини дуо қилайлик. Ўз Она Заминимизни асрайлик. | 722 |
| 11 | #Bildirish
Hurmatli hamshaharlar ‼️
📌 Chirchiq shahar hokimligi mutasaddilari tomonidan sizning taklif va muammolaringiz doimiy tarzda oʻrganilib, yechimi topib kelinmoqda. Shuningdek, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida shahar hokimining murojaatlar uchun kanali yoʻlga qoʻyilgan.
🔈 Sizning muammolaringiz yuzasidan murojaatlaringizni
👉 https://t.me/murojaathokimlik
ga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllashingiz mumkin. Sizning masalangiz tegishli mutasaddilarga yoʻnaltiriladi va tez fursatda koʻrib chiqilib, ijrosi taʼminlanadi. Har bir murojaat shahar hokimi tomonidan qat’iy nazorat qilinadi.
💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site | 791 |
| 12 | Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda aholi bandligi va daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazdi.
—
Президент Шавкат Мирзиеев провел расширенное совещание по вопросам проводимой в регионах работы по обеспечению занятости и повышению доходов населения.
#Mirziyoyev #yigilish #kambagallik #bandlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 820 |
| 13 | ⚡ Yangi mehmonxonalar qurish va mavjudlarini yangilashni rag‘batlantirish maqsadida mehmonxona subyektlari uchun imtiyozli kreditlash tartibi joriy etildi.
➡️ Kreditlash shartlari:
🔷 Mehmonxona qurish uchun — 50 milliard so‘mgacha;
🔷 Mehmonxonani rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun — 20 milliard so‘mgacha;
🔷Kredit muddati — 10 yil (120 oy)gacha;
🔷Imtiyozli davr — 2 yil;
🔷Kreditlar tijorat banklari tomonidan ajratiladi.
➡️ Foiz xarajatlarini qoplash:
Kreditlarning milliy valyutada yillik 16 foizdan, xorijiy valyutada esa SOFR, EURIBOR yoki SHIBOR stavkalaridan oshgan qismi bo‘yicha foiz xarajatlari “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan qoplab beriladi.
➡️ Murojaat tartibi:
Kredit mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyoj Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy turizm boshqarmalari orqali yig‘iladi va Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markaziga taqdim etiladi.
📌Batafsil ma’lumot uchun:
Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi,
Tadbirkorlar bilan ishlash bo‘limi:
☎️ Tel.: +99877 448 77 88.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official | 743 |
| 14 | 🚫💊Chirchiq shahrida qalbaki va sifatsiz kimyoviy preparatlar savdosiga qarshi nazorat kuchaytirilmoqda
Toshkent viloyati Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi Bosh boshqarmasi Chirchiq shahar inspektorlari tomonidan hududdagi sotuvchi va tadbirkorlar o‘rtasida profilaktik va tushuntirish ishlari olib borildi.
🎯Maqsad: Qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan sifatsiz, hujjatlashtirilmagan va qalbaki kimyoviy preparatlarning bozorga kirib kelishi hamda sotilishining oldini olish.
⚠️Nima uchun bu muhim? Sifatsiz yoki qalbaki preparatlar:
Kutilgan hosilning keskin kamayishiga;
Tuproq tarkibining buzilishiga;
Fermer va dehqonlarimizning katta moliyaviy zarar ko‘rishiga olib keladi.
📝Inspeksiya tomonidan: Barcha davlat inspektorlariga hududiy nazoratni kuchaytirish, aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan zudlik bilan qonuniy choralar ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
💡Fermer va dehqonlar diqqatiga! Kimyoviy preparatlarni xarid qilishda albatta muvofiqlik sertifikati va ishlab chiqarish muddatini talab qiling. | 911 |
| 15 | 📣 Чирчиқ шаҳрида ҳайдовчилик гувоҳномасига эга бўлмаган ҳайдовчи ЙПХ инспекторини тўхташ ишорасига бўйсунмасдан ҳаракатланди.
▶️ Батафсил видеода
📱Телеграм 📱 Instagram 📱 Youtube | 750 |
| 16 | O‘zbekiston va Serbiya Birinchi xonimlarining Belgraddagi uchrashuvi do‘stona va samimiy ruhda o‘tdi.
2026-yil 8-sentabr.
—
Встреча Первых леди Узбекистана и Сербии в Белграде прошла в теплой и дружественной атмосфере.
8 сентября 2026 года.
Facebook | Instagram | 691 |
| 17 | #Sessiya
Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashining 30-sessiyasi o‘tkazildi
Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashining o‘ttizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda shahar Kengashi deputatlari, hokim o‘rinbosarlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, tegishli idoralar mas’ullari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiya kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin oldi:
🔹 Chirchiq shahar budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida;
🔹 Chirchiq shahrida 2026-yil 2-mavsumi doirasida o‘tkazilgan “Tashabbusli budjet” jarayonlari yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan loyihalarni tasdiqlash to‘g‘risida;
🔹 Chirchiq shahar hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida;
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2026-yil 14-avgustdagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlarining namunaviy odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi KQ-379-V-sonli qarori to‘g‘risida;
🔹 Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashining 2026-yil 7-maydagi VII-25-32-10-150-K/26-son qarori bilan tasdiqlangan manzilli dasturga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.
Sessiyada kun tartibidagi masalalar atroflicha muhokama qilinib, ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site | 883 |
| 18 | 🔵 Endi yer va bino sotib olish biznes uchun og‘ir yuk bo‘lmaydi: to‘lov shartlari yengillashtirilmoqda
Davlat aktivlari va yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha tadbirkorlarga moliyaviy erkinliklar berilmoqda. Endi ishlab chiqarish yoki biznesni kengaytirish uchun davlat ob’yektlarini katta yuk va ortiqcha to‘lovlarsiz xarid qilish mumkin:
🔵Avans to‘lovi 15%: Bu biznesga katta pullarni birdaniga muzlatib qo‘ymay, ularni yangi loyihalar va ishlab chiqarishga yo‘naltirish imkonini beradi.
🔵To‘liq to‘lovga 25% chegirma: Agar aktiv qiymati 6 oy ichida to‘liq to‘lansa, shartnoma summasining chorak qismi kechib yuboriladi.
🔵7 yilgacha foizsiz bo‘lib to‘lash: Aktiv qiymatining yarmini (50%) 6 oyda to‘lagan xaridorga qolgan qismini 7 yil davomida foizsiz to‘lash imkoniyati beriladi (yoki 35% ini 3 oyda to‘lab, qolganini 5 yilga bo‘lib to‘lash mumkin).
📖 “Tayyor paket” yerlar: Yer uchastkalari loyihasi, ruxsatnomalari va kommunikatsiya texnik shartlari tayyor holda savdoga chiqariladi. Ya’ni auksiondan yer olib, hujjat yig‘ish va tarmoqlarga ulanish uchun 6 oydan 1 yilgacha vaqt yo‘qotishga chek qo‘yiladi.
Islohot maqsadi — iqtisodiyotda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirib, yillar davomida foydalanilmay yotgan aktivlarni real qiymat, daromad va yangi ish o‘rinlari yaratadigan loyihalarga aylantirishdir.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official | 564 |
| 19 | Chirchiq shahridagi “Nuroniylar maskani” atrofini obodonlashtirish va hududning ko‘rkamligini ta’minlash maqsadida hashar tashkil etildi.
Mazkur xayrli tashabbusda shahar mahallalaridagi faol va fidoyi nuroniylar faol ishtirok etib, maskan atrofi hamda unga tutash hududlarda obodonlashtirish, tozalash va tartibga keltirish ishlarini amalga oshirdilar.
Hashar jarayonida nuroniylar o‘zlarining mehnatsevarligi, jamoatchilik ishlaridagi faolligi va yurt obodligiga befarq emasligini yana bir bor namoyon etdilar. Ularning ezgu ishlari, avvalo, yosh avlodga ibrat va o‘rnak bo‘lib xizmat qiladi.
Zero, mahalla va hududlarni obod qilish, atrof-muhitni asrab-avaylash, el-yurt ravnaqi uchun birgalikda mehnat qilish — barchamiz uchun savobli va sharafli vazifadir.
Bunday xayrli hasharlarda nuroniylarning ibratli faoliyati yoshlarni ham mahalla va jamiyat hayotida faol bo‘lishga, atrof-muhit obodligi va yurt farovonligiga o‘z hissasini qo‘shishga chorlaydi. | 906 |
| 20 | No text... | 802 |
