en
Feedback
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi

Open in Telegram
1 412
Subscribers
+124 hours
+47 days
-1630 days

Data loading in progress...

Attracting Subscribers
September '26
September '26
+11
in 9 channels
August '26
+20
in 16 channels
Get PRO
July '26
+38
in 33 channels
Get PRO
June '26
+25
in 16 channels
Get PRO
May '26
+48
in 12 channels
Get PRO
April '26
+44
in 30 channels
Get PRO
March '26
+39
in 23 channels
Get PRO
February '26
+39
in 12 channels
Get PRO
January '26
+65
in 9 channels
Get PRO
December '25
+95
in 21 channels
Get PRO
November '25
+134
in 10 channels
Get PRO
October '25
+265
in 14 channels
Get PRO
September '25
+35
in 20 channels
Get PRO
August '25
+36
in 25 channels
Get PRO
July '25
+47
in 39 channels
Get PRO
June '25
+53
in 34 channels
Get PRO
May '25
+38
in 22 channels
Get PRO
April '25
+65
in 27 channels
Get PRO
March '25
+62
in 32 channels
Get PRO
February '25
+42
in 16 channels
Get PRO
January '25
+106
in 27 channels
Get PRO
December '24
+31
in 15 channels
Get PRO
November '24
+25
in 7 channels
Get PRO
October '24
+44
in 28 channels
Get PRO
September '24
+36
in 40 channels
Get PRO
August '24
+38
in 10 channels
Get PRO
July '24
+49
in 16 channels
Get PRO
June '24
+43
in 20 channels
Get PRO
May '24
+55
in 15 channels
Get PRO
April '24
+52
in 33 channels
Get PRO
March '24
+260
in 32 channels
Get PRO
February '24
+53
in 18 channels
Get PRO
January '24
+71
in 17 channels
Get PRO
December '23
+73
in 27 channels
Get PRO
November '23
+19
in 9 channels
Get PRO
October '23
+60
in 8 channels
Get PRO
September '23
+49
in 0 channels
Get PRO
August '23
+89
in 0 channels
Get PRO
July '23
+21
in 0 channels
Get PRO
June '23
+227
in 0 channels
Get PRO
May '23
+29
in 0 channels
Get PRO
April '23
+16
in 0 channels
Get PRO
March '23
+45
in 0 channels
Get PRO
February '23
+25
in 0 channels
Get PRO
January '23
+32
in 0 channels
Get PRO
December '22
+41
in 0 channels
Get PRO
November '22
+81
in 0 channels
Get PRO
October '22
+19
in 0 channels
Get PRO
September '22
+15
in 0 channels
Get PRO
August '22
+21
in 0 channels
Get PRO
July '22
+24
in 0 channels
Get PRO
June '22
+31
in 0 channels
Get PRO
May '22
+21
in 0 channels
Get PRO
April '22
+16
in 0 channels
Get PRO
March '22
+46
in 0 channels
Get PRO
February '22
+119
in 0 channels
Get PRO
January '22
+181
in 0 channels
Get PRO
December '21
+28
in 0 channels
Get PRO
November '21
+19
in 0 channels
Get PRO
October '21
+23
in 0 channels
Get PRO
September '21
+13
in 0 channels
Get PRO
August '21
+27
in 0 channels
Get PRO
July '21
+24
in 0 channels
Get PRO
June '21
+67
in 0 channels
Get PRO
May '21
+323
in 0 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
09 September+1
08 September+1
07 September+2
06 September+1
05 September0
04 September+1
03 September+2
02 September+1
01 September+2
Channel Posts
#qonunchilikdagi_yangiliklar Qarzdorlik hisobiga tijorat banklari balansiga ixtiyoriy berilgan mulklar QQSdan ozod qilinadi O
#qonunchilikdagi_yangiliklar Qarzdorlik hisobiga tijorat banklari balansiga ixtiyoriy berilgan mulklar QQSdan ozod qilinadi   Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. 👉 PF-177, 28.08.2026-y. Farmonga asosan, 2030-yil 1-yanvarga qadar: - qarzdorlik evaziga tijorat banklari balansiga olingan va ular muassisligidagi investitsiya kompaniyalari balansidagi ko‘chmas mulk obyektlarini sotib olayotgan xaridorlar, shuningdek, balansga qabul qilayotgan banklar va ular muassisligidagi investitsiya kompaniyalari ushbu ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan ozod etiladi; - bunda tijorat banklari mulkni balansga qabul qilgan sanadan 6 oy muddatga, investitsiya kompaniyalari mulkni balansga qabul qilgan sanadan 12 oy muddatga, xaridorlar mulkni to‘liq summasini to‘lab sotib olganda 12 oy muddatga mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan ozod etiladi. - mol-mulklar qarzdorlik evaziga undan voz kechish haqidagi shartnomaga asosan tijorat bankiga ixtiyoriy topshirilganda mulk egasi bo‘lgan yuridik shaxs QQS to‘lashdan ozod etiladi; - tijorat banklari balansidagi qarzdorlik evaziga olingan mol-mulkni bir yildan ortiq muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘i mol-mulkning sotish qiymati bilan balans qiymati o‘rtasidagi ijobiy farqqa nisbatan hisoblanadi.
Qarzdorlikning suddan tashqari tartibda undiruvini rag‘batlantirish maqsadida qarzdorlik evaziga mol-mulkdan ixtiyoriy voz kechish haqidagi shartnoma doirasida garovda turgan mol-mulklar bankka berilayotganda soliq idoralari va Majburiy ijro byurosida soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi yuzasidan mavjud taqiqlarni istisno qilgan holda notarial bitimlarni amalga oshirish bo‘yicha notariuslarga va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha Kadastr agentligiga vakolat beriladi.
Bunda mol-mulk bo‘yicha mavjud majburiyatlar uning sobiq egasi qarzdor (garovga qo‘yuvchi) zimmasida qoladi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads

2
#konstitutsiyaviy_burch ✅Soliqlarni to‘lash – bu majburiyat emas, konstitutsiyaviy burchimizdir! Тelegram | Facebook|Instagra
#konstitutsiyaviy_burch ✅Soliqlarni to‘lash – bu majburiyat emas, konstitutsiyaviy burchimizdir! Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
192
3
#Seminar Tadbirkorlarga yangiliklar yetkazilmoqda Buxoro viloyati soliq boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan hududlarda tad+5
#Seminar Tadbirkorlarga yangiliklar yetkazilmoqda Buxoro viloyati soliq boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan hududlarda tadbirkorlar ishtirokida amaliy seminarlar tashkil etilmoqda. Navbatdagi uchrashuv Kogon shahri va Kogon tumani tadbirkorlari ishtirokida o‘tkazildi. Seminarlarda tadbirkorlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyat va yengilliklar, shuningdek, PF-175-son Farmon hamda PF-176-son Farmonda belgilangan vazifalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Muloqot davomida tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolar va takliflar ham tinglandi. Bildirilgan murojaatlar yuzasidan mas’ul xodimlar tomonidan tegishli tushuntirish va javoblar berildi. Bunday uchrashuvlar tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda biznes yuritish uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni keng targ‘ib etishga xizmat qilmoqda. Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
928
4
#alkogol #yigʻim Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imni to‘lash tartibi Alkogol mahsulotlarini real
#alkogol #yigʻim Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imni to‘lash tartibi Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish boshlanganligi to‘g‘risida license.gov.uz orqali xabarnoma yuborilgan kundan e’tiboran to‘lanadi. ❗️Bildirishnoma elektron litsenziyalash tizimi license.gov.uz orqali yuboriladi. Bunda xabarnoma: 🗓 joriy oyning 20-sanasiga qadar yuborilganda yig‘im ushbu oy uchun to‘liq hajmda, 🗓 joriy oyning 20-sanasidan keyin yuborilganda keyingi oyning 1-sanasidan boshlab hisoblab chiqariladi. Agar alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish, shu jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan realizatsiya qilish bir nechta statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanish punktlari orqali amalga oshirilsa, alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlar belgilangan stavkalar doirasida statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanish punktlarining soniga, shuningdek, ularning har biri joylashgan hudud o‘lchamlariga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi hamda undiriladi. ❗️Eslatma: Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish faoliyati tugatilganida license.gov.uz orqali xabarnoma bekor qilinganligini tekshirish tavsiya etiladi. Xabarnoma elektron litsenziyalash tizimi license.gov.uz orqali bekor qilinmaguniga qadar alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlar hisoblanadi. 👉 2026-yil uchun alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im stavkalari ❗️Bildirishnoma alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im stavkalari Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlari qarorlariga asosan 20 foizgacha oshirilishi mumkin. 👉 (PQ-387. 2v-band) Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish faoliyati tugatilganda yig‘imni hisoblab chiqarish keyingi oyning 1-sanasidan to‘xtatiladi. 👉Soliq kodeksi 460-modda Tugatilgan faoliyat tiklanganda tadbirkorlik subyekti ruxsatnoma olish uchun yangi xabarnoma yuborishi lozim. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
200
5
#soliq_taqvimi 🗓 Eslatma ❗️2026-yil 9-sentabr sentabr oyi uchun: – alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish, pivo va pivo
#soliq_taqvimi 🗓 Eslatma ❗️2026-yil 9-sentabr sentabr oyi uchun: – alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish, pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilish yoki tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimni toʻlashning oxirgi kuni. 👉 Soliq kodeksi 460-moddasi 6-qismi _______________ #календарь_налогоплательщика 🗓 Напоминаем ❗️9 сентября 2026 года последний день за сентябрь: – уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции, розничной торговли пивом и пивными напитками или розничной торговли табачной продукцией. 👉 ч.6 ст. 460 НK Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads
256
6
📸 KUN FOTOSI Har bir tushuntirish ortida — tadbirkor uchun yangi imkoniyat Prezidentimizning PF-175-son Farmonida belgilanga
📸 KUN FOTOSI Har bir tushuntirish ortida — tadbirkor uchun yangi imkoniyat Prezidentimizning PF-175-son Farmonida belgilangan imtiyoz va yengilliklar soliq to‘lovchilarga yuzma-yuz muloqot hamda ko‘rgazmali materiallar orqali yetkazilmoqda. Maqsad — tadbirkorlarni yangi imkoniyatlardan xabardor qilish va ulardan amalda foydalanishga ko‘maklashish. Тelegram|Facebook|YouTube|Instagram|X|Threads
273
7
#Seminar Soliq qo’mitasi rahbariyati ishtirokida ochiq muloqot: yangi imkoniyatlar va amaliy yechimlar Buxoroda tadbirkorlar
#Seminar Soliq qo’mitasi rahbariyati ishtirokida ochiq muloqot: yangi imkoniyatlar va amaliy yechimlar Buxoroda tadbirkorlar uchun yangiliklar va yangi imkoniyatlarga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi rahbariyati ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-175-son Farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirdi. Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
508
8
Turizm sohasidagi tadbirkorlarga «2027-yil 1-yanvardan rezident turoperatorlarning xorijiy sayyohlarga ko‘rsatgan xizmatlarig
Turizm sohasidagi tadbirkorlarga «2027-yil 1-yanvardan rezident turoperatorlarning xorijiy sayyohlarga ko‘rsatgan xizmatlariga QQSning 0 foizlik stavkasi qo‘llanadi.» 👉PF-175-son Farmon Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
319
9
#qonunchilikdagi_yangiliklar Tadbirkorlar uchun “Ikkinchi imkon” Kichik va o‘rta biznes uchun iqtisodiy amnistiya joriy etild
#qonunchilikdagi_yangiliklar Tadbirkorlar uchun “Ikkinchi imkon” Kichik va o‘rta biznes uchun iqtisodiy amnistiya joriy etildi. 👉 PF-175 27.08.2026-yil. ✔️ Agar 2026-yil 31-dekabrgacha mavjud asosiy soliq qarzi to‘liq to‘lansa, ayrim holatlarda unga hisoblangan penya hisobdan chiqariladi. ✔️ Shuningdek, avvalgi soliq hisobotlaridagi xatolarni tadbirkorning o‘zi tuzatib, qo‘shimcha hisoblangan soliqni yil yakunigacha to‘lasa, penya hisoblanmaydi. ✔️ Ayrim eski jarimalarning to‘lanmagan qismi ham hisobdan chiqarilishi mumkin. Тelegram|Facebook|YouTube|Instagram|X|Threads
334
10
RASMIY MUNOSABAT Kuni-kecha ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “Tadbirkorlar soliqchilardan norozi...” nomli videomaterial tarqatildi. Mazkur videomaterialda keltirilgan holat Buxoro viloyati soliq boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, Buxoro shahrida xalq tilida “Karvon bozor” deb ataladigan hudud yonidagi shohbekatda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkor Olima Ismatova 2019 yildan buyon tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqda. Tadbirkorning avvalgi faoliyati davrida xaridorlarga belgilangan tartibda xarid cheki berilmagan holatlari aniqlangan va qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilgan. Shuningdek, 2026-yil 9-avgust kuni “Soliq hamkor” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali mazkur tadbirkor tomonidan xaridorlarga xarid cheki berilmaganligi yuzasidan fuqarolarning murojaatlari kelib tushgan. Ushbu murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, ularda ko‘rsatilgan holatlarning qonuniyligiga baho berish maqsadida sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilgan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli choralar ko‘rilgan. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, fuqarolarning soliq qonunchiligi buzilishiga oid murojaatlarini ko‘rib chiqish va ularda bayon etilgan holatlarga qonuniy baho berish soliq xizmati organlarining qonunchilik bilan belgilangan vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu sababli, bunday murojaatlarga munosabat bildirmaslik yoki ularni e’tiborsiz qoldirish soliq organlarining vakolat va vazifalariga zid bo‘ladi. Buxoro viloyati soliq boshqarmasi tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini hurmat qilgan holda, soliq qonunchiligi talablariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha o‘z vazifalarini qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradi. Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
309
11
No text...
286
12
Xatosini o‘zi tuzatgan tadbirkor yutqazmaydi «Iqtisodiy amnistiya doirasida xatolarini mustaqil bartaraf etgan tadbirkorning
Xatosini o‘zi tuzatgan tadbirkor yutqazmaydi «Iqtisodiy amnistiya doirasida xatolarini mustaqil bartaraf etgan tadbirkorning barqarorlik reytingidagi ballari pasaytirilmaydi.» 👉PF-175-son Farmon Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
334
13
#soliq_taqvimi 🗓 8-sentabr – sentabr oyi uchun natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha JShODSni va SHJBPHga majburiy bad
#soliq_taqvimi 🗓 8-sentabr – sentabr oyi uchun natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha JShODSni va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni 👉 Soliq kodeksi 390-moddasi ikkinchi qismi, 👉 3577-raqamli nizomning 6-bandi 20.11.2024-yil. _______________ #календарь_налогоплательщика 🗓 8 сентября – последний день за сентябрь уплаты налога на доходы физических лиц и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме 👉 ч.2 ст.390 Налогового кодекса 👉 п.6 Положения, рег. №3577 от 20.11.2024 г. Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads
309
14
Mehmonxona biznesiga soliq imtiyozi «Mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalari uchun mol-mulk va yer solig‘i stavkalariga
Mehmonxona biznesiga soliq imtiyozi «Mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalari uchun mol-mulk va yer solig‘i stavkalariga 0,1 koeffisiyent qo‘llash muddati 2030-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi.» 👉PF-175-son Farmon Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
296
15
#Soliq_oliy_maktabi 📚 Soliq oliy maktabida yangi o‘quv yili boshlandi Soliq oliy maktabida 2026/2027-o‘quv yilining boshlani+4
#Soliq_oliy_maktabi 📚 Soliq oliy maktabida yangi o‘quv yili boshlandi Soliq oliy maktabida 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Soliq oliy maktabi rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talabalar, ularning ota-onalari, faxriy mehmonlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. 🎓 Soliq qo‘mitasi raisi maslahatchisi, Soliq oliy maktabi rektori Yigitali Narziyev yangi talabalarni talabalik maqomiga ega bo‘lganlari bilan muborakbod etib, ularga katta maqsadlar sari intilish, puxta bilim olish va o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lish yo‘lida muvaffaqiyat tiladi. Ta’kidlanganidek, Soliq oliy maktabining tashkil etilishi soliq tizimi uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega yuqori malakali kadrlarni tayyorlash yo‘lidagi muhim qadamdir. Oliy maktabning ilk talabalarini kutib olish esa uning tarixidagi alohida ahamiyatga ega voqea bo‘ldi. 🎉 Tantanali tadbir milliy san’at namunalari, raqs jamoalari va xonandalar chiqishlari bilan davom etdi. Soliq qo‘mitasi Soliq oliy maktabining ilk talabalariga yangi o‘quv yilida ulkan zafarlar, bilim va izlanishlarda muvaffaqiyat tilaydi! Тelegram|Facebook|YouTube|Instagram|X|Threads
268
16
#imtiyozlar Soliq imtiyozlari: sohalar kesimida muhim eslatmalar! Charm-poyabzal va moʻynachilik sohasi 2029-yil 1-yanvarga q
#imtiyozlar Soliq imtiyozlari: sohalar kesimida muhim eslatmalar! Charm-poyabzal va moʻynachilik sohasi 2029-yil 1-yanvarga qadar charm-poyabzal va moʻynachilik sohasi korxonalari, shuningdek, chorva mollarini soʻyish va terini qayta ishlovchi tashkilotlar quyidagi soliqlarni toʻlashdan ozod etildi: - foyda soligʻi (imtiyoz kodi — 104079); - mol-mulk soligʻi (imtiyoz kodi — 104081); - yer soligʻi (imtiyoz kodi — 104082); - aylanmadan olinadigan soliq (imtiyoz kodi — 104080). 👉 PF-4 12.01.2026-yil. Ipakchilik va ipak sanoati 2029-yil 1-yanvarga qadar pilla yetishtiruvchilar quyidagi soliqlarni toʻlashdan ozod etildi: - jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi (imtiyoz kodi — 104203), ularga ish haqi toʻlovlarini amalga oshiruvchi shaxslar esa ijtimoiy soliqni toʻlashdan ozod etildi (imtiyoz kodi — 104204). 👉 PQ-370 09.12.2026-yil. 2026-yil 1-yanvardan 2029-yil 1-yanvarga qadar: - pillachilik klasterlari mol-mulk soligʻidan (imtiyoz kodi — 104529) va yer soligʻidan (imtiyoz kodi — 104530) ozod etildi; - ipakchilik korxonalari uchun foyda soligʻi stavkasi 2 foiz miqdorida belgilandi (imtiyoz kodi — 104531); - ipak matolari va ipakdan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni joriy qilgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilandi (imtiyoz kodi — 104532). 👉 PQ-87 06.03.2026-yil. ❗️Tadbirkorlik subyektlari mazkur imtiyozlardan foydalanishlari uchun shaxsiy kabineti orqali murojaat yuborishlari zarur __________ #льготы Налоговые льготы: важные напоминания по отраслям! Кожевенно-обувная и меховая отрасли До 1 января 2029 года предприятия кожевенно-обувной и меховой отраслей, а также организации, осуществляющие убой скота и переработку кожевенного сырья, освобождены от уплаты: - налога на прибыль (код льготы - 104079; - налога на имущество (код льготы - 104081); - земельного налога (код льготы - 104082); - налога с оборота (код льготы - 104080). 👉 УП №4 от 12.01.2026 г. Шелководство и шелковая промышленность До 1 января 2029 года производители коконов освобождены: - от уплаты налога на доходы (код льготы - 104203), а лица, выплачивающие им заработную плату, – от социального налога (код льготы - 104204). 👉 ПП №370 от 09.12.2025 г. С 1 января 2026 года по 1 января 2029 года: - кластеры шелководства освобождены от уплаты налога на имущество (код льготы - 104529) и земельного налога (код льготы - 104530); - ставка налога на прибыль для предприятий шелковой отрасли устанавливается в размере 2% (код льготы - 104531); - ставка социального налога для предприятий, внедривших производство шелковых тканей и готовой продукции из шелка, устанавливается в размере 1% (код льготы - 104532). 👉 ПП №87 от 06.03.2026 г. ❗️Субъектам предпринимательства для примения данных льгот необходимо направить обращение через личный кабинет. Тelegram|Facebook|YouTube|Instagram|X|Threads
246
17
#Seminar Soliq qo’mitasi rahbariyati ishtirokida ochiq muloqot: yangi imkoniyatlar va amaliy yechimlar Buxoroda tadbirkorlar+9
#Seminar Soliq qo’mitasi rahbariyati ishtirokida ochiq muloqot: yangi imkoniyatlar va amaliy yechimlar Buxoroda tadbirkorlar uchun yangiliklar va yangi imkoniyatlarga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi rahbariyati ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-175-son Farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirdi. Tadbirda Buxoro viloyatida faoliyat yuritayotgan 200 nafarga yaqin tadbirkor ishtirok etdi. Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan seminar davomida tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, biznes yuritish jarayonlarini soddalashtirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish borasida belgilangan yangi chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi. 👉 BATAFSIL Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
613
18
#markirovka Markirovkalangan tovarlar realizatsiyasi: chakana savdo uchun muhim qoidalar Markirovkalangan tovarlarni chakana+1
#markirovka Markirovkalangan tovarlar realizatsiyasi: chakana savdo uchun muhim qoidalar Markirovkalangan tovarlarni chakana savdoda realizatsiya qilishda belgilangan talablarga rioya etish tovar aylanmasining qonuniyligi va shaffofligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. 📌 Chakana savdo subyektlari quyidagi asosiy qoidalarga rioya qilishlari lozim: 🔹 Tovarning kirim hujjatlari mavjud bo‘lishi kerak. Xarid qilingan markirovkalangan tovarlarning EHFda tegishli markirovka kodlari biriktirilgan bo‘lishi shart. ❗️Ma’lumot uchun: suv va salqin ichimliklar ishlab chiqaruvchilari uchun EHFda markirovka kodlarini biriktirish talabi 2027-yil 1-apreldan majburiy bo‘ladi. 🔹 Tovar belgilangan tartibda markirovkalangan bo‘lishi lozim. Majburiy markirovkalanadigan barcha mahsulotlarda “Asl belgisi” MAT orqali olingan Data Matrix kodi mavjud bo‘lishi kerak. 🔹 Sotuv vaqtida markirovka kodi skanerlanadi. Tovar xaridorga sotilganda uning markirovka kodi 2D-skaner orqali o‘qitilib, kassa chekida aks ettirilishi va muomaladan chiqarilishi zarur. 📌 Сhakana savdo subyektlari 2027-yil 1-yanvarga qadar markirovka kodini o‘qish qurilmalarini xarid qilish xarajatlari hisobiga foyda solig‘i yoki aylanmadan olinadigan soliq summasini kamaytirishi mumkin. Imtiyoz har bir qurilma uchun 4 BHMdan oshmaydi. 👉 PQ-203, 30.05.2024-yil. Mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko'rsatuvchi tadbirkorlar xarid qilgan alkogol, pivo va tamaki mahsulotlari, shuningdek suv va salqin ichimliklari yakuniy iste'molga realizatsiya qilingan deb e'tirof etiladi. 👉 PF-100, 26.05.2026-yil. 🔹 Onlayn-NKT va kassa dasturi talabga mos bo‘lishi kerak. Markirovka kodi skaner qilinmagan yoki dublikat kod aniqlangan hollarda chek chiqarilishini avtomatik cheklash mexanizmi mavjud bo‘lishi lozim. 📌 2026-yil 1-iyuldan markirovkalangan tovarlar sotilganda markirovka kodi onlayn-NKT chekida majburiy aks ettirilishi va unga biriktirilgan MXIK ma’lumotlari avtomatik shakllantirilishi belgilangan. 👉 VMQ-23, 23.01.2026-yil. Yuqorida qayd etilgan asosiy qoidalardan tashqari, muayyan faoliyat turi yoki tovar toifasi bo'yicha qonunchilik hujjatlarida qo'shimcha talablar belgilangan bo'lsa, ularga ham to'liq rioya qilinishi shart. ♻️ Tovar qaytarilganda qaytarish cheki belgilangan tartibda rasmiylashtirilsa, markirovka kodi avtomatik ravishda qayta muomalaga tiklanadi. 🔖 Markirovka kodi shikastlangan bo‘lsa, ulgurji va chakana savdo korxonalari suv va salqin ichimliklar uchun “Asl belgisi” MATdan vaqtinchalik markirovka kodini olib, shu kod asosida realizatsiyani amalga oshirishi mumkin. 💬 Raqamli markirovka bo‘yicha tezkor yordam olish uchun soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidagi “Raqamli markirovka bilan ishlash” xizmati orqali vakolatli inspeksiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish imkoniyati mavjud. ✅ Belgilangan talablarga rioya etish markirovkalangan tovarlar harakatini to‘g‘ri hisobga olish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, noqonuniy tovar aylanmasining oldini olish hamda savdo jarayonlarining qonuniy va shaffof bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
315
19
#özini_özi_band_qilish Pensiya ta’minotiga ega bo‘lmoqchimisiz? Buning uchun bir necha qadam kifoya! ✅ Siz soliq mobil ilovas
#özini_özi_band_qilish Pensiya ta’minotiga ega bo‘lmoqchimisiz? Buning uchun bir necha qadam kifoya! ✅ Siz soliq mobil ilovasida o'zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin ▫️ O‘zini o‘zi band qilish uchun ro‘yxatdan o‘tish bepul va masofadan amalga oshiriladi, shuningdek, ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi QR-kodli ma’lumotnoma ilova orqali onlayn shakllanadi. ▫️ Mehnat staji hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda 31-dekabrga qadar yiliga kamida BHMning 1 barobari miqdorida ijtimoiy soliq to‘lashi mumkin. 👉 Soliq kodeksi 408-modda 2-qism ▫️ 70 dan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullanish (ro‘yxat bu yerda) mumkin. 👉 PF-50-son, 19.03.2025-y. Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
321
20
#seminar ✅ Hurmatli soliq to‘lovchilar! 🗓 7-sentyabr kuni Buxoro viloyati soliq boshqarmasida soliq to’lovchilar bilan semin
#seminar   ✅ Hurmatli soliq to‘lovchilar! 🗓 7-sentyabr kuni Buxoro viloyati soliq boshqarmasida soliq to’lovchilar bilan seminar tashkil etiladi.   Mavzu: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI-ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-175-son Farmoni mazmun-mohiyati, unda belgilangan vazifalar hamda farmondan kelib chiqadigan ustuvor yo‘nalishlarni tadbirkorlik subyektlariga yetkazish. 📢Soliq qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida   ⏱️Boshlanish vaqti - 15:00 📍Buxoro shahar, M.Iqbol ko‘chasi, 14-uy Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
655