cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

HAZRATI INSON PSIXOLOGIK MARKAZI

O‘zligini anglash har bir Hazrati Insonga nasib etsin! ✍ @hazrat_inson Asoschi: Mashhura Amin 📞+998997737047 +998906117047

Show more
Advertising posts
343
Subscribers
-124 hours
-57 days
-1830 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Namoz o'qiydigan professorlar Yo'ldaman, Konyadagi olimlar bilan Mersinga ketyapmiz. Ertaga Mersinda "Bir Yol Bir Kuşak" SIRCON2024 nomli xalqaro konferentsiya boshlanadi. Bizni ham taklif qilishgandi, Konyadagi olimlar bilan avtobusda yo'lga chiqdik. Avtobusda 25 kishi atrofida olimlar bor. Bu insonlarning deyarli yarimi, o'z sohasining ustalari bo'lgan (turli sohalarda) professor o'qituvchilar. Hozirgina yo'lda to'xtab ozgina dam oldik. Yo'llarda shunaqa dam olish uchun maxsus joylar bor. Har qanday hojatingiz bo'lsa chiqarishingiz mumkin. Shu yerda ajoyib holat bo'ldi (aslida bunaqa holatlar ko'p bo'ladi) va shuni sizlarga ilinmoqchi bo'ldim. Asr vaqti kirgani uchun shu yerda tezda namoz o'qib olmoqchi bo'ldim. Tahoratim ham bor, avtobusimiz harakatga tushmasdan tezda o'qib olaman dedim. To'xtagan joyimiz tog'li hudud bo'lib, juda ham chiroyli manzarasi bor ekan. Nimadir bo'ldiyu, manzaraga termulib bir-ikki daqiqa turib qoldim. Bu orada hamma shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun ketgan, bir o'zim qolib ketibman. Atrofda yurgan bir xizmatchi akadan namozxona qayerda deb so'radimu, ko'rsatgan tomonga chopdim. Namozxona eshigini ochib ne ko'z bilan ko'rayki, avtobusda men bilan kelayotgan professorlar jamoat bo'lib namoz o'qishayotgan ekan. Tezda safga qo'shildim. Namozni bir guruh professor bilan jamoat bo'lib o'qib oldik. Bu holat menga boshqacha tuyuldi. Nimaga deysizmi, chunki men 25 yildan beri ilm bilan mashg'ulman, bu davrning katta qismi "professor" laqabli insonlar bilan o'tdi. Lekin men yashagan muhitda professor bo'lish boshqacha edi. Bir-ikkitasini hisobga olmaganda, bu insonlar o'quvchilarni mensimas, yonlariga yaqinlashtirmasdi. Bu insonlardan ilm olish tugul bir og'iz shirin so'z eshitib bo'lmasdi. Namoz, din degan narsalardan yiroq, namoz o'qish bir yoqda tursin namoz o'qigan o'quvchilarni yomon ko'rishardi. Xullas bu kabi "fazilatlarini" sanab tugatib bo'lmaydi. Bu yerda esa holat boshqacha, men ko'rgan "professorlar" bu yerda yo'q. Ayniqsa, mening atrofimda. Professorlar seni odam o'rnida ko'radi, senga yordam beradi, ilm o'rgatadi, kerak bo'lsa sen bilan choy ichib, jamoat bo'lib namoz ham o'qishadi. Islom dini Arabiston yarimorolida paydo bo'lgan bo'lsa ham, bu dinga xos madaniyat, ilm-fan Movarounnahrda ya'ni hozirgi ona vatanimizda rivoj topdi. Buyuk olimlar yetishib chiqdi, sanog'i yo'q asarlar yozildi. Lekin o'sha madaniyat, o'sha olimlardan hech narsa qolmadi. Hatto namozni ham unutib yubordik. O'zi biz qilishimiz kerak bo'lgan ishlarni boshqalar qilganini ko'rib, hayratga tushadigan holatga keldik. Professor qanaqa bo'lishi, ilm qanday egallanishi, kitob, asarlar, qo'yingki, ilm-fanga oid nima bo'lsa biz boshqalarga o'rgatishni o'ringa boshqalarga havas qiladigan ahvolga tushib qoldik. Oddiy bir professor namoz o'qisa hayratlanib qaraydigan bo'ldik. © Доктор Иқболжон Усмонов ✒️ @phdiqbol_usmonov @hazrat_inson
Show all...
Бир кишининг яккаю ягона ўғли бор экан. У балоғат ёшига етибди. Бир кун отасидан қандай касб танлаш ҳақида маслаҳат сўрабди: - Бирор касбни танлашинг ўзингга боғлиқ, - дебди ота. - Энг яхши касб ўғрилик бўлса керак,-дебди ўғил. - Майли, кўшнимизнинг қўчқорини ўғирлаб кўр-чи, - дебди ота. Ўғил қўшнисининг қўчқорини ўғирлаб келибди. Отаси ўзини хурсанд кўрсатиб: - Яша, ўғлим, зўр иш қилдинг. Энди иккимиз маза қилиб уйдан чиқмай шу қўйни еймиз. Ота-ўғил бир ҳафта маза қилишибди. Кўйни батамом еб бўлишгач, ўзларини тарозига тортишибди. Ота ўн кило семирибди, ўғил эса ўн килога озибди. Ўғил ҳайрон бўлиб отасига боқибди. Ота кулиб: - Эй нодон, сен ўғирлаган қўйнинг пулини ўша куни кўшнига бериб кўйганман. Шунинг учун, хотиржам семирдим. Сен бўлса бир ҳафта азоб ичида яшадинг! Шу сабаб оздинг. Ўзингга ҳалол касб танла, шунда у дунёйинг хам, бу дунёйинг ҳам обод бўлади, - дебди. P.S.: Ҳаром буюрмайди дегани шу бўлса керак-да! Ҳар биримиз фарзандимизга ёшлигидан ҳалолликни ўргатмас эканмиз, бутун умр порахўр амалдорлардан нолиб ўтиб кетаверамиз! @adolat_kuychisi
Show all...
🔥 3👍 2
Show all...
Прямая трансляция пользователя Qizil pomada

🔥 1
Мен келдим, ё Расулуллоҳ😢 Муборак сафар таасcуротлари Муаллиф: Дилфуза Саидраҳмон Нотиқ: Дилдора Қурбонова Тайёрловчи: Иброҳим Муҳаммадёр @hazrat_inson
Show all...
🥰 1
Бугунги илм мажлисимизда иштирок эта олмаганлар учун суҳбат аудиоси 👆
Show all...
👍 1
06:19
Video unavailableShow in Telegram
#xotira Inson zoti ajib, o‘lishini bila turib, gunohda, alamda, g‘azabda, nafratda davom etadi! Barchamizing qalbimiz keng, kechirimli, yaxshi gumonli, go‘zal xulqli bo‘lishini nasib et, Robbim! O‘tgan yaqinlarimizning haqlariga duoda bo‘lib, tiriklarining qadriga yetib yuraylik! @mashhura_amin
Show all...
04:29
Video unavailableShow in Telegram
Hazrati Fotima onamizning hollari bilan bizning holimiz qay darajada🥺 O'zimizga xolis baho beraylik, aziz, dildoshim
😢 Telegram
Show all...
🔥 1
00:00
Video unavailableShow in Telegram
O'z fikringizni izohlarda yozib qoldiring. Sizningcha to'y qanday bo'lishi kerak? Izoh yozish 💬Telegram 📷Instagram @hazrat_inson
Show all...
4👍 1🔥 1
00:00
Video unavailableShow in Telegram
O'z fikringizni izohlarda yozib qoldiring. Sizningcha to'y qanday bo'lishi kerak? @hazrat_inson
Show all...