cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

soliq.uz 📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/ Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/ Savollar:24/7rejimda 📞1198 Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/ E-mail: [email protected] Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a

Show more
Advertising posts
91 697
Subscribers
+12624 hours
+6597 days
+2 69430 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#raqamlashtirish #mobil_ilova Joriy yilning 1-may holatiga Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar soni qariyb 6,6 mln nafardan oshdi. _______ #цифровизация #мобильное_приложение По состоянию на 1 мая этого года в мобильном приложении Soliq прошли регистрацию более 6,6 млн человек. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Show all...
#солиқчи_кўмакчи Передовые механизмы управления качеством и оценки обслуживания плательщиков НДС За каждой организацией - плательщиком НДС закреплен определенный налоговый инспектор. Через персональные кабинеты налогоплательщикам направлены уведомления-визитки с контактной информацией об их инспекторе. В ведении одного налогового инспектора находится несколько организаций одной сферы деятельности (например, сельское хозяйство, промышленность или др.). Чтобы в одном месте собрать всю необходимую информацию о налогоплательщиках, доступную в базе данных государственной налоговой службы, оперативно мониторить и анализировать ее, для налоговых инспекторов создана автоматизированная система. Все сведения в ней сгруппированы по категориям: ▫️товарооборот, ▫️представление налоговой отчетности, ▫️информация в разрезе видов налогов, ▫️налоговая задолженность, ▫️переплаты по налогам, ▫️результаты предпроверочного анализа и т.д. и на их основе сформированы ключевые показатели эффективности (KPI) налоговых инспекторов. Эти индикаторы схожи с критериями рейтинга устойчивости предпринимателей. Таким образом, выгоду получают обе стороны - налоговый инспектор направляет налогоплательщика и помогает ему исполнять налоговые обязательства в рамках законодательства, в результате с ростом рейтинга устойчивости предпринимателя повышается и продуктивность самого инспектора. Такая форма администрирования обсуждена с плательщиками НДС. Они выразили заинтересованность в том, чтобы при взаимодействии со своим налоговым инспектором тоже наглядно видеть эти сведения. В ближайшее время им будет открыт доступ в персональном кабинете. Это позволит избежать разногласий и недопониманий: налогоплательщики будут сразу видеть свои недочеты, а налоговые инспекторы окажут содействие в их устранении. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Show all...
#soliqchi_komakchi QQS to‘lovchiga xizmat ko‘rsatish sifatini boshqarish va baholashning ilg‘or mexanizmlari QQS to'lovchi har bir korxonaga soliq inspektori biriktirildi. Soliq to'lovchiga shaxsiy kabinetida o‘zining inspektori haqidagi aloqa ma'lumotlari ko‘rsatilgan xabarnomalar yuborildi. Bitta soliq inspektori bir xil faoliyat sohasidagi bir nechta korxona (masalan, qishloq xo'jaligi, sanoat va boshqalar) bilan ishlaydi. Soliq xizmati organining ma’lumotlar bazasida soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi mavjud barcha zarur ma’lumotlarni bir joyda to‘plash, monitoringini yuritish va tezkor tahlil qilish maqsadida soliq inspektorlari uchun avtomatlashtirilgan tizim yaratildi. Undagi barcha ma'lumotlar alohida toifalarga ajratilgan: ▫️tovar aylanma, ▫️hisobot taqdim etilishi, ▫️soliq turlari kesimida ma'lumotlar, ▫️soliq qarzi, ▫️ortiqcha to'lov, ▫️tekshiruvdan oldingi tahlil natijalari (avtokameral) va h.k. Soliq inspektorlarining samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) yuqoridagi toifalar bo‘yicha baholanadi. Bular tadbirkorlar barqarorlik reytingi mezonlariga juda yaqin ko‘rsatkichlardir. Shu boisdan ham ushbu tizim ikki tomon uchun ham manfaatlidir - soliq inspektori soliq to'lovchiga qonun doirasida soliq majburiyatlarini bajarishga yordam beradi, natijada tadbirkorning barqarorlik reytingi yuqorilashi barobarida inspektorning mehnat samaradorligi ham oshib boradi. Tizim QQS to'lovchilar bilan muhokama qilindi. Soliq to‘lovchilar inspektor bilan bir vaqtda tizimdagi ma’lumotlarni ko‘rish imkonini berish taklifini bildirgan. Yaqin kunlarda ular shaxsiy kabinetida o‘zlariga tegishli ma'lumotlarni ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi. Bu o‘zaro munosabatlarda tushunmovchiliklar kelib chiqishining oldini oladi: soliq to‘lovchilar kamchiliklarini aniq ko‘rib turadi va soliq inspektorlari ularni bartaraf etishda yordam beradi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Show all...
#Toshkent_xalqaro_investitsiya_forumi Investitsiyalar – bu mamlakatimiz transformatsiyasining lokomotivi va iqtisodiy taraqqiyotimizning mustahkam drayveridir Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi boshlanadi. Davlatimiz Rahbari forumda ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan bir qator davlatlar vakillarini, xususan, Singapur, Qirgʻiz Respublikasi, Saudiya Arabistoni, BAA, Oʻmon Sultonligi va Yevropa iqtisodiy komissiyasi vakillarini qabul qildi. Shuningdek, Forum davomida soʻzlagan nutqida yurtimizda yaratilayotgan qulay ishbilarmonlik sharoitlari haqida ham toʻxtalib oʻtdi. Xususan, “Endilikda xorijiy sarmoyadorlar aksiyalardan olinayotgan dividendlar boʻyicha soliqlardan uch yil muddatga ozod etiladi. ...Tadbirkorlar barqarorligi reytingi joriy etildi. Yuqori reytingga ega tadbirkorlik subyektlari uchun soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi.”, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Show all...
#qonunchilikdagi_yangiliklar Pudrat tashkilotlarining soliq hisobotlaridagi ishchi xodimlar haqidagi maʼlumotlari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida aks etadi “Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish jarayonlarini samarali tashkil etishning qoʻshimcha choralari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori qabul qilindi. 👉 PQ-165-son, 29.04.2024-y. Qarorga koʻra, pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan ish turlari, hajmlari va qiymatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etilgan elektron hisobvaraq-fakturalar asosida shakllantirgan holda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga yuborish tartibi belgilanmoqda. Shuningdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining axborot tizimlariga vazirlik va idoralarning o‘zaro integratsiya qilingan axborot tizimlari orqali taqdim etiladigan qo‘shimcha ma’lumotlar roʻyxati ham tasdiqlandi. Unga ko‘ra, Soliq qoʻmitasi quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi. 🔹 “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasiga: ▫️Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogidagi qurilish resurslariga oid (mahsulot nomi oʻlchov birligi, narxi) maʼlumotlar. 🔹 “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga: ▫️Budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlar doirasida bajarilgan qurilish-montaj ishlarini tasdiqlovchi EHFlar va ularga ilovalar; ▫️Loyiha va pudrat tashkilotlarining JSHODS hisobotlaridagi ishchi xodimlar haqidagi maʼlumotlari. Ushbu roʻyxatda keltirilgan maʼlumotlar begʻaraz (bepul) taqdim etiladi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Show all...
#deklaratsiya ❓SAVOL: 2023-yilda farzandimning kontraktiga toʻlagan oylik ish haqimdan daromad soligʻini qaytarib olish maqsadida my3.soliq.uz sayti orqali deklaratsiya yubordim. Lekin 2023-yildagi daromadimga dekabr oyidagi ish haqim qoʻshilmayapti. Natijada qaytariladigan summa dekabr oyida toʻlagan daromad soligʻim miqdorida kam chiqmoqda. ✅ JAVOB: Soliq toʻlovchi tomonidan deklaratsiya yuborilganda uning ish haqi ish joyi tomonidan taqdim etilgan daromad soligʻi hisobotlari asosida avtomatik shakllanadi. Ushbu soliq hisobotlari har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi. Yil yakunlari (yanvar-dekabr) boʻyicha hisobot esa 2024-yilning 15-fevralidan kechiktirmay taqdim etilishi belgilangan. Ishxonangiz tomonidan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha 2023-yil (yanvar-dekabr) yakunlari to‘g‘risidagi hisobot soliq organiga taqdim etilmaganligi sababli 2023-yilgi daromadingizda dekabr oyi ish haqi shakllanmagan. Hisobot topshirilgach dekabdagi ish haqi avtomatik shakllanadi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Show all...
#deklaratsiya Daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz qoʻllash qanday hollarda rad etiladi? Soliq toʻlovchi soliq toʻlash maqsadida jami yillik daromadlari toʻgʻrisida deklaratsiyani elektron shaklda taqdim etsa, toʻlanadigan soliq summasi real vaqt rejimida uning shaxsiy kartochkasida avtomatik ravishda shakllanadi. Bunda, taqdim etilgan deklaratsiya soliq organi tomonidan rad etilmasdan qabul qilinadi. 👉 Soliq kodeksi 82-modda Soliq toʻlovchilar JShODS boʻyicha qoʻllaniladigan imtiyozlarni deklaratsiya taqdim etish orqali qaytarib olishi mumkin. Daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz qoʻllash quyidagi hollarda rad etilishi mumkin: ▫️ariza beruvchi jismoniy shaxs tomonidan ariza (deklaratsiya) va unga ilova qilinadigan hujjatlardagi xato va kamchiliklar belgilangan muddatda (5 ish kuni) bartaraf etilmaganda; ▫️qalbaki hujjatlar taqdim etilganda; ▫️daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz avval qoʻllanilganda. 👉 VMQ-601-son 15.11.2023 Rad etilgan deklaratsiyalar kamchiliklari bartaraf etilgan holda qayta yuborilganda soliq organlari tomonidan qabul qilinadi. Maʼlumot uchun, jami yillik daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiya “my3.soliq.uz” saytidagi soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabineti orqali yuboriladi. 👉“Jismoniy shaxsning jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiya” elektron xizmatidan foydalanish yuzasidan qo‘llanma __________ #декларация В каких случаях физлицам может быть отказано в применении льготы по налогу на доходы? Если для целей налогообложения налогоплательщик представит в электронном виде декларацию о совокупном годовом доходе, то подлежащая уплате сумма налога в режиме реального времени автоматически формируется в лицевой карточке. При этом налоговый орган не вправе отказать в принятии декларации о совокупном годовом доходе, представленной налогоплательщиком. 👉 ст.82 НК Также налогоплательщики могут воспользоваться льготой по налогу на доходы физических лиц, подав декларацию. В применении льготы по налогу на доходы может быть отказано в следующих случаях: ▫️неустранения заявителем ошибок и недостатков в заявлении (декларации) и прилагаемых к нему документах в течение установленного срока (5 рабочих дней); ▫️представления поддельных документов; ▫️применения ранее льготы по налогу на доходы. 👉ПКМ № 601от 15.11.2023 г. Отклоненные декларации принимаются налоговыми органами при их повторном представлении с устранением недостатков. К сведению. Декларацию о совокупном годовом доходе можно подать через персональный кабинет налогоплательщика на сайте my3.soliq.uz. 👉Инструкция по использованию электронной услуги "Декларация о совокупном годовом доходе физлиц" Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Show all...