cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali. Murojaat uchun: (65) 221 28 76, (65) 221 26 89 Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/

Більше
Рекламні дописи
1 042
Підписники
+524 години
+57 днів
Немає даних30 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
Jondorda korrupsiyani oldini olishga qaratilgan tashviqot tadbirlari o‘tkazildi Viloyat davlat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan Jondor tumanidagi aholi gavjum joylar va savdo komplekslarida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan targ‘ibot ishlari o‘tkazildi. Unda tadbirkorlar va fuqarolar o‘rtasida soliq sohasida korrupsion holatlarning oldini olishga qaratilgan tushuntirish olib borilib, ularga mavzuga oida tarqatma materiallari tarqatildi. Xususan, hududdagi barcha tadbirkorlik subyektlarining kirish qismida korrupsion holatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot materiallari joylashtirildi. Uchrashuvlarda tadbirkorlar va aholiga soliq organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy harakatlar to‘g‘risida maʼlumotlarni @dsq_anticorrupciya_bot maxsus telegram boti, shuningdek, [email protected] elektron pochtasi hamda soliq boshqarmasining va (65)221-30-03 va (65)221-26-89 ishonch telefonlari orqali yuborish mumkinligi ham eslatib o‘tildi. 🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#tabrik Hurmatli Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari! Sizlarni Buxoro viloyati soliq xizmati organlari jamoasi nomidan 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan muborakbod etamiz. Fursatdan foydalanib, mamlakatimiz soliq ma’murchiligidagi yangiliklar va o‘zgarishlarni hamda viloyat soliq xizmati organlari faoliyatini muntazam yoritib, aholining soliq madaniyatini oshirishda o‘z hissasini qo‘shayotgan barcha OAV xodimlari va blogerlarga minnatdorchilik bildiramiz. Barchangizga sihat-salomatlik, yangi yutuqlar, xonadonlaringizga fayzu baraka va bundan keyingi faoliyatingizda ham axborotlarni tezkor, xolis va to‘g‘ri yoritishingizda kuch-g‘ayrat, shijoat tilayman. D.Yuldashev, Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i.
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
“Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi”da har qanday fuqaro ixtiyoriy ravishda bazaviy kurslarda taʼlim olish imkoniga ega bo‘ladi. Barcha davlat xizmatchilari uchun Akademiyaning maxsus o‘quv kurslarida har 3-yilda kamida bir marta korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malaka oshirish majburiy. Batafsil - yuqoridagi infografikada. ————————— Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz  elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz! 🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Показати все...
01:17
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#avtokameral Avtokameral tizimida ko‘p uchrayotgan xatoliklar Noturar obyektlar ijaraga olinganda daromadlarni soliq hisobotlarida toʻgʻri aks ettirmaslik. Ushbu holatni bartaraf etish uchun, Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisobotida ijaraga berilgan maydon va ijara summasi (oʻlchov birligi va miqdori) to‘g‘ri aks ettirilishi lozim. _______ #автокамерал Распространенные ошибки в системе Автокамерал Неправильное отражение в налоговой отчетности доходов от сдачи в аренду нежилых объектов. Чтобы исправить эту ситуацию, нужно правильно отразить в отчетности по налогу на доходы физических лиц арендованную площадь и размер арендной платы (единицу измерения и сумму). Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Показати все...
Avtokameral 3-band.mp410.52 MB
#stol_tennisi Buxoroda faxriy nuroniylar hamda yoshlar o‘rtasida stol tennisi turi bo‘yicha viloyat chempionati o‘tkazildi O‘zbekiston stol tennisi Federatsiyasining Buxoro viloyat hududiy bo‘linmasi, Buxoro viloyat soliq boshqarmasi hamda “Nuroniy” jamg‘armasi Buxoro viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda nuroniylar va yoshlar o‘rtasida sportning stol tennisi turi bo‘yicha viloyat chempionati o‘tkazildi. Mazkur musobaqa orqali mahallada istiqomat qilayotgan barcha nuroniylar hamda 18 va undan yuqori yoshda bo‘lgan uyushamagan yoshlar qamrab olingan. E’tiborlisi, tashkil etilayotgan bu kabi musobaqalar mahallalarda nuroniy va yoshlar o‘rtasida ommabop sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirish, ishtirokchilarning sport mahoratini oshirish, intelektual salohiyatini yuksaltirish hamda ular orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qiladi. Qiziqarli o‘tgan chempionatda viloyatning barcha shahar va tumanlaridan ishtirok etgan jami 52 nafar yoshlar va nuroniylar g‘oliblik uchun kurash olib bordilar. Musobaqa boshlanishi oldidan so‘zga chiqqan “Nuroniy” jamg‘armasi Buxoro viloyati bo‘limi raisi S.Xusenov so‘nggi yillarda mamlakatimizda keksa avlodni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularni sog‘lomlashtirish ishlarini samarali tashkil etish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ijtimoiy hayotdagi faolliklarini oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidlab o‘tdi. Xususan ushbu musobaqa ham faxriy nuroniylar, o‘rta avlod vakillari hamda yoshlar o‘rtasida tizimli ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun zarur sharoitlarni yaratib borish maqsadida tashkil etilganligi e’tiborga molik. Yoshlar va nuroniylar jamoalari o‘rtasi bellashuvlarda 1-o‘rin Buxoro shahar, 2-o‘rin Jondor tumani hamda 3-o‘rin Shofirkon tumaniga nasib etdi. Musobaqa yakunida g‘oliblarga musobaqa tashkilotchilarining qimmatbaho sovg‘alari, diplom va medallari topshirildi. Buxoro viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati. 🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Показати все...
00:24
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#mol_mulk_soligi #yer_soligi Mol-mulk va yer soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lash mumkin Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15- aprel va 15-oktabrgacha teng ulushlarda to‘laydi. Joriy yil uchun soliq summasining birinchi yarmi 15-aprelgacha to‘lanmagan bo‘lsa, kechiktirilgan har bir kun uchun penya hisoblanadi. Soliq to‘lovlarini uydan chiqmasdanSoliq mobil ilovasida amalga oshirish mumkin. _____ #налог_на_имущество #земельный_налог Уплатить налоги на имущество и землю можно в мобильном приложении Soliq Физлица уплачивают налоги на имущество и землю равными долями до 15 апреля и 15 октября. Если вы не уплатили первую половину от суммы налога за текущий год до 15 апреля, то за каждый день просрочки начисляются пени. Произвести оплату можно не выходя из дома - в мобильном приложении Soliq. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Показати все...
mol mulk_yer.mp45.52 MB
Фото недоступнеДивитись в Telegram
BUXORO VILOYATI SOLIQ BOSHQARMASI FUQAROLARNI SOLIQLARNI O‘Z VAQTIDA TO‘LASHGA CHAQIRADI Buxoro viloyatidagi 446 ming nafardan ortiq soliq to‘lovchilardan 100 ming nafariga yaqini 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer solig‘i to‘lovlarini to‘liq to‘lagan. Bu viloyat bo‘yicha hisoblangan soliqlarni 40 foizi undirildi degani. Afsuski, ayrim fuqarolarga yer va mol-mulk solig‘ini to‘lash yuzasidan qayta-qayta yuborilgan xabarnomalarga qaramasdan qarzdorliklar bartaraf etilmasdan kelinmoqda. Eslatib o‘tish joiz, Soliq kodeksining 423-moddasiga binoan, jismoniy shaxslar 2024-yil 15-aprelga qadar shu yil uchun ularga hisoblangan mol-mulk va yer solig‘ining kamida 50 foizini to‘lashlari kerak. Ushbu soliq soliq to‘lovlarining qolgan yarmini to‘lashning oxirgi muddati esa 15-oktabrgacha etib belgilangan. Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamaslik, soliq organi tomonidan qarzdorlikni majburiy undiruvga qaratilishiga sabab bo‘ladi. Natijada qarzdordan soliq qarziga qo‘shimcha ravishda sud xarajatlari ham (ijro yig‘imi, davlat boji, ma’muriy jarima va boshqa to‘lovlar) undiriladi. Buxoro viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati. 🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Показати все...
02:01
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#avtokameral Avtokameral – soliq organi buyrug‘isiz, soliq to‘lovchining ishtirokisiz o‘tkaziladigan avtomatlashtirilgan tahlil. Mazkur tizim qanday ishlaydi? Tafovutlarni kelib chiqish va bartaraf etish tartibini qayerdan ko‘rish mumkin? Aniqlangan tavfovut va (yoki) xatolikni qancha muddatda bartaraf etish lozim? ____________ #автокамерал Автокамерал – автоматизированный анализ, который проводится без приказа налогового органа и без участия налогоплательщика. Как работает данная система? Где можно посмотреть порядок возникновения и устранения расхождений? В какие сроки должны быть устранены выявленные расхождения и (или) ошибки? Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Показати все...
Avtokameral 1-band.mp416.37 MB
00:23
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#mol_mulk_soligi #yer_soligi Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim. 📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin. 👉 Jismoniy shaxslarga soliq to'lash haqida xabarnomalar yetkazilgan 🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Показати все...
Mol-mulk solig‘i.mp4+++++.mp42.91 MB
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#markirovka Tadbirkorlarga 2D-skanerlar xarid qilishda soliq imtiyozlari taqdim etiladi Raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan foydalanishi shart. 2027-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlari maxsus qurilmalarning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasini, biroq BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan foyda soligʻi yoki AOS yoxud YTTlar tomonidan toʻlanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalariga kamaytirish huquqi berildi (4 x 340 000 = 1 360 000 so‘m). Avval ushbu imtiyoz 2023-yilning 1-yanvariga qadar berilgan edi. 🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Показати все...
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.