cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Samarqand viloyati soliq boshqarmasi

Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi. Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34 Bot: @dsq_anticorrupciya_bot 📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16

Show more
Advertising posts
2 002
Subscribers
+324 hours
-147 days
-1830 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Soliq ma’murchiligini takomillashtirish borasidagi takliflar muhokama qilindi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-maydagi PQ-200-son qarorida tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish, tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish bo‘yicha har yili o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini yuqori saviyada tashkil qilish bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan. Mazkur qaror bilan hududlarda tadbirkorlar muammolarini o‘rganish va hal qilish bo‘yicha ishchi guruh tuzilib, doimiy uchrashuvlar tashkil etib borilmoqda. Viloyat soliq boshqarmasida Biznes-ombudsman devoni, boshqarmaning rahbar va mas’ul xodimlari hamda tadbirkorlik subyektlari ishtirokida seminar yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Seminarda soliq munosabatlarida yuzaga kelayotgan ayrim muammolar hamda soliq ma’murchiligini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. Jumladan, qishloq xo‘jaligi korxonalariga yer va mol-mulk soliqlarini hisoblashda UZKAD tizimi bilan yuzaga kelayotgan muammolar, soliq hisobotlarini taqdim etmaganlik uchun qo‘llanilayotgan ma’muriy jarimalarning samaradorligi, soliq tekshiruvlari bo‘yicha qarorlarni qabul qilishda qonuniylikni ta’minlash va boshqa masalalar bo‘yicha muammo va takliflar muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, soliq tekshiruvlarini tashkil etish, o‘tkazish va rasmiylashtirishda amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishi hamda javobgarlik masalalari bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.
Show all...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
#soliq_taqvimi 🗓 23-iyun dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanada to‘lanishi belgilangan soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 24-iyunga ko‘chiriladi. 📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi 1-ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. 👉Soliq kodeksi 5-modda 👉Soliq kodeksi 86-modda ______ #календарь_налогоплательщика 🗓 В связи с тем, что 23 июня - выходной (нерабочий) день, крайний срок уплаты налогов, установленный налоговым законодательством в эти дни, переносится на 24 июня. 📌Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним 1 рабочий день. 👉ст.5 НК 👉ст.86 НК
Show all...
#integratsiya Hisobga olish dasturlari (R-Keeper, JOWi, iiko va boshqalar) qanday qilib soliq organlari bilan integratsiya qilinadi? Chakana savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan foydalanilayotgan avtomatlashtirilgan hisobga olish oʻlchov vositalari (axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlari) majburiy ravishda soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishi va Davlat reestriga kiritilishi lozim. Integratsiya qilish va davlat reestriga kiritish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 🔹Hisobga olish dasturlari ishlab chiqaruvchisi integratsiya boʻyicha Fiskal maʼlumotlar operatori (FMO)ga ariza bilan murojaat qiladi; 🔹Arizaga asosan FMO hamda ishlab chiqaruvchi oʻrtasida shartnoma imzolanib integratsiya amalga oshiriladi hamda qaror (VMQ-943) talablariga muvofiqlashtiradi; 🔹Ishlab chiqaruvchi integratsiya yakuni boʻyicha xulosa olish uchun ariza bilan FMOga murojaat qiladi; 🔹Integratsiya belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilganda ijobiy xulosa taqdim etiladi. Shundan soʻng ishlab chiqaruvchi tomonidan quyidagi hujjatlar Soliq qoʻmitasiga taqdim qilinadi: 👉Hisobga olish dasturining etalon namunasi; 👉Dasturning muvofiqlik sertifikati; 👉Davlat reestriga kiritish boʻyicha ariza; 👉Shakllantirilgan chek namunasi; 👉Dasturning texnik pasporti; 👉Foydalanish hujjatlari (foydalanuvchi uchun qoʻllanma, va soliq inspektori yoʻriqnomasi); 👉Ariza beruvchining ehtiyot qismlar bilan taʼminlash toʻgʻrisida kafolat xati; 👉"Kiberxavfsizlik markazi" DUK xulosasi; 👉FMO xulosasi; 👉Dasturning mualliflik huquqi (patent). Vakolatli organ tomonidan hujjatlar o‘rganiladi, kamchiliklar aniqlanmasa reestrga kiritish boʻyicha qaror qabul qilinadi. Shundan so‘ng FMO tomonidan dasturning zavod yoki seriya raqamlari Davlat reestriga kiritiladi. (Kamchiliklar aniqlanganda rad qilinadi, ishlab chiqaruvchi xatolarni to‘g‘rilab qayta murojaat qilishi mumkin). Dastur bilan bir qatorda dasturga texnik xizmat koʻrsatuvchi markaz (TXKM) ham davlat reestriga kiritilishi zarur. Buning uchun Soliq qo‘mitasiga Davlat reestriga kiritish boʻyicha ariza va quyidagi hujjatlar yuboriladi: 👉Ishlab chiqaruvchi yoxud uning vakolatli vakili bilan tuzilgan shartnoma nusxasi; 👉TXKMning faoliyat yuritish joyi boʻyicha koʻchmas mulkka yoki undan foydalanishga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat(lar); 👉“Call-markaz”ga ega ekanligi toʻgʻrisida maʼlumot; 👉Dasturga xizmat koʻrsatish boʻyicha malaka sertifikatiga ega boʻlgan mutaxassis(lar) toʻgʻrisida maʼlumot. Shundan soʻng TXKM va FMO oʻrtasida fiskal modul bilan taʼminlash toʻgʻrisida shartnoma imzolanadi. TXKM malakali mutaxassisi FMO axborot tizimiga kiritiladi va unga foydalanishga ruxsat beradi, shuningdek, TXKM soʻroviga asosan FMO fiskal modul bilan taʼminlaydi. 👉Integratsiya qilish uchun FMOga xatlar [email protected] manzili orqali yuboriladi. 👉Xat namunalari
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#soliq_qarzi Soliq to‘lovchining yoki soliq agentining soliq qarzi barcha soliqlar bo‘yicha ham, ularning har biri bo‘yicha alohida-alohida ham aniqlanishi mumkin. Soliq qarzini to‘lash, shu jumladan uni soliq organlari tomonidan undirish chog‘ida to‘lash quyidagi tartibdagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: ✅soliqlar summasi; ✅ hisoblangan penyalar; ✅ jarimalar.
Show all...
Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig’i, viloyat 4-sektor rahbari E.Tolliyev i Toyloq tumanida yoshlar bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuvda tuman sektor rahbarlari bilan birgalikda barcha yoshlar bilan do’stona suhbatlashib, ularning muammolari tinglandi. Xususan, yoshlar mahallasidagi kutubxonaga yangi badiiy adabiyotlar bilan boyitish, futbol maydoniga yoritgichlar o‘rnatish, tikuv mashinasi ajratish va boshqa masalalarda murojaat qilishdi. Sektor rahbari tomonidan muammolar o’rganildi va ba'zilari joyida o‘z yechimini topdi. Vaqt talab etuvchi murojaatlar esa nazoratga olinib, mas’ullarga tegishli ko’rsatmalar berildi.
Show all...
👍 5
#onlayn_NKT Umumiy ovqatlanish xizmati bilan shug‘ullanib kelamiz. Faoliyatimizda Onlayn-NKTdan tashqari boshqa hisobga olish tizimi (dasturiy mahsul)dan ham foydalanamiz. Bu noqonuniymi? O‘zbekiston hududida aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari Davlat reyestiriga kiritilgan va soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan onlayn nazorat-kassa texnikalaridan (onlayn-NKT) foydalanishi shart. Savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasida onlayn-NKT bilan bir vaqtda boshqa turdagi (ikkilamchi) fiskal maʼlumotlar* hisobini yuritish tizimlaridan foydalanish taqiqlanadi. 👉 VMQ-943 23.11.2019 Shunga ko‘ra, chakana savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari faqat Davlat reyestriga kiritilgan va soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan dasturiy mahsulotlardan foydalanishi lozim. Maʼlumot uchun: ofd.uz saytida Davlat reyestriga kiritilgan onlayn-nazorat kassa texnikalari ro‘yxatini va ulardan foydalanish bo‘yicha maʼlumotlarni olish mumkin. *fiskal maʼlumotlar — hisob-kitoblar to‘g‘risidagi maʼlumotlar, hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyekti to‘g‘risida maʼlumot, hisob-kitobda foydalaniladigan onlayn-NKM, virtual kassalar, Marketpleys yoki operator tomonidan yaratilgan boshqa maʼlumotlar. ___________ #онлайн_ККТ Мы оказываем услуги общественного питания. В своей деятельности, кроме онлайн-ККТ, используем и другую систему учета (программный продукт). Это незаконно? При осуществлении денежных расчетов с населением субъекты предпринимательства обязаны использовать онлайн-ККТ, интегрированную с информационными системами налоговых органов и внесенную в Государственный реестр. В пунктах торговли (оказания услуг) запрещается одновременное использование наряду с онлайн-ККТ других видов (вторичных) систем учета фискальных данных*. 👉ПКМ № 943 от 23.11.2019 Согласно этому, субъекты предпринимательства, оказывающие услуги в сфере розничной торговли и общественного питания, должны использовать только программные продукты, интегрированные с информационными системами налоговых органов и внесенные в Государственный реестр. Для информации: с перечнем онлайн контрольно-кассовой техники, внесенной в Государственный реестр, и информацией об ее использовании можно ознакомиться на сайте ofd.uz. *Фискальные данные - это данные о расчетах, субъекте предпринимательства, осуществляющем расчеты, другие данные, используемые при расчетах онлайн-ККМ, виртуальных касс либо Маркетплейс или вводимые оператором.
Show all...
#bilasizmi Umumiy ovqatlanish shoxobchasining hisobga olish dasturlari soliq organlari bilan integratsiya qilinishi shart Savdo (xizmat ko‘rsatish) shoxobchalarida onlayn-NKT bilan bir vaqtda boshqa turdagi fiskal ma’lumotlar hisobini yuritish tizimlaridan foydalanish taqiqlanadi. Chakana savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan foydalanilayotgan avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalari (axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlari) majburiy ravishda soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishi va Davlat reyestriga kiritilishi lozim. Soliq mobil ilovasi orqali kelib tushgan soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi murojaatlar sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazishga asos bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, xaridorlarga QR-kodli chek berish shart. Soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalash talablarini buzish qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi. _________ #знаете_ли_вы Программы автоматизации учета в общепите должны быть интегрированы с налоговыми органами В пунктах торговли (оказания услуг) запрещается одновременное использование наряду с онлайн-ККТ других видов систем учета фискальных данных. Автоматизированные измерительные средства учета (информационные системы, программные продукты), используемые предпринимателями в сфере розничной торговли и общественного питания, должны быть обязательно интегрированы с информационными системами налоговых органов и внесены в Государственный реестр. На основании обращений о налоговых правонарушениях, поступивших в налоговые органы через мобильное приложении Soliq, проводятся выездные налоговые проверки. Напоминаем также, что покупателям обязаны выдавать чек с QR-кодом. Нарушение требований по интеграции с информационными системами налоговых органов влечет установленную законодательством ответственность.
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.