cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Allaev Uz

Тадбиркор Фируз Аллаевнинг телеграм канали. Фируз Аллаев билан боғланиш: [email protected] Аноним мурожаат: t.me/anonimnye_voprosy_bot?start=605745778 Реклама масалалари: @asaxiymedia

Show more
Advertising posts
14 129
Subscribers
-1124 hours
+2457 days
-5030 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Atrofda bir holatni juda ko'p uchratyapman, ko'pchilik prioritetlarni ajratib olishni bilmaydi. Natijada o'zi uchun eng muhimi qolib ketib, keraksizi bilan shug'ullanib yurganlar juda ko'p. Bu shaxsiy masalalarga ham, professional masalalarga ham birdek tegishli. Inson o'zi uchun eng muhimini aniqlab, asosiy fokusni o'shanga qaratmas ekan, bir joyda turaveradi yoki battar cho'kadi. Shu uchun muhim va dolzarbni aniqlash, unga fokus berish zaruratdir. Faraz qilaylik bir binoda yong'in kelib chiqdi. Bino tegishli odam yong'inni o'chirish o'rniga gulzorda gul ekish bilan ovora bo'lsa. Pojar holatida buni faraz qilolmasangiz ham, hayotda boshqa holatlarda tez tez uchrab turadi. Bolasini darsidan Instagramni muhim qo'ygan ona, kelajagi uchun zarur ko'nikmani o'rganish o'rniga boshqa biror narsa bilan ovora bo'lgan odam vaziyati narigidan keskin farq qilmaydi. Odam o'zi uchun prioritetlarni aniqlab, fokusni birinchi unga qaratishi hayotda hal qiluvchi holatga aylanadi. @allaevuzb
Show all...
👍 80 14😢 5
😁 221👍 23 2
Sun'iy intellekt (AI) borasida xavotirlarni o'qib chiqyapman. Shu kunlarda o'qiyotgan besh kitobimda uchtasida AI bilan bog'liq ma'lumot, qarash va xavotirlar bor. Lekin, umumiylashtirsa AIdan xavotirlanishga ikkita asos bor. 1. AI o'zi qaror berishi mumkin. Shu vaqtgacha inson hatto o'ta xavfli qurol yaratsa ham, u insonsiz kimnidir qirishga o'zi qaror berolmagan. AI bo'lsa qaror bera oladi. 2. AI o'zi yangi g'oya yaratishi mumkin. Shu vaqtgacha inson yaratgan har qanday kashfiyot yangilik qilmagan. U shunchaki o'ziga yuklangan vazifani bajargan. AI bo'lsa ma'lumotlar asosida o'rganib o'zi yangilik yaratishi mumkin. AIning bu ikki katta ustunligi nimalarga olib kelishini uzoq emas, yaqin 10 yilda ko'rib boshlaymiz. #tonggimutolaa @allaevuzb
Show all...
👍 78😢 20👎 3 2😁 1
У ўз мутахассислигини француз тилига ўзгар­тириш ҳақида ҳам ўйлади. “Француз тили ўқитувчим олдига бу ҳақда гаплашгани бордим. У мендан нима билан шуғулланаётганимни сўради.” Даудна “кимё” деб жавоб берганида, ўқитувчи унга шу со­ҳада қолишни маслаҳат берган. “У ўз сўзида қатъий туриб олди. У шундай деди: “Агар кимёни ўргансанг, ҳамма нарса билан шуғуллана оласан. Агар француз тилига ўтсанг, француз тили ўқитувчиси бўласан холос.” Фақат тил ўрганиш етарли эмаслиги ҳақида “Код бузар” китобидан @allaevuzb
Show all...
👍 84 14
Oʻzbekiston Italiya bilan hamkorlikda turistik poyezdni ishga tushirar ekan. Bu juda yaxshi yangilik. G’arblik turist uchun haqiqiy ekzotika. Turistik poyezdlar har doim turistlar uchun o’ziga xos qiziqarli hodisa bo’lgan. Man faqat poyezdda sayohat qiladigan fransuzlarni bilaman. Oʻzbekistonda ham bu loyihaning amalga oshirilishini koʻrish qiziq boʻladi, deb oʻylayman. Turistga moslab bezatilgan, unga qiziqarli bo’lishiga urg’u berilgan poyezd mamlakat haqida taassurotlarni o’zgartirib yuborishi mumkin. @allaevuzb
Show all...
30👍 23
XXI-asrda ilm-fanda yana bir katta o'zgarish miya faoliyatiga bog'liq bo'lishi kutilmoqda. Bilamizki, inson miyasining 11 foizidangina foydalanib biladi. Futurologlar yaqin kelajakda ilm-fan buni oshirish imkoniga ega bo'lishi, miyaning ishlatilmagan qismlarini ishlatish, hatto o'zgartirish mumkinligi haqida jiddiy gapirishmoqda. Bu albatta genlar injeneriyasi yordamida bo'ladi. Bu haqida biz "Kod buzar" kitobini ham tarjima qilgan edik. Genlar injeneriyasida miyani o'zgartirish imkoniyati tarixda o'yin qoidalarini o'zgartiruvchi hodisa bo'lishi mumkin. Bu super insonni yaratishga imkon ochadi. Xavotir bo'lsa, aholining keskin tabaqalanishida ko'riladi. Bu safar boy yoki elitar qatlam aqliy qobiliyatlarida biologik ustunlik olishi mumkin bo'ladi. Albatta, vaqt ko'rsatadi. Lekin, masalan miyaning ko'rishga javob beradigan qismini qushlarning miyasi strukturasiga o'xshatib o'zgartirish va o'tkir ko'zga ega bo'lish imkoni odamni hayajonlantiradi. To'g'ri, hozir bizga imkonsiz tuyulishi mumkin, lekin hozir foydalanayotgan narsalarimizning 70 yil oldin qaysi biri reallik bo'lib ko'rinardi? Hatto Internetga hech kim ishonmasdi. #tonggimutolaa allaevuzb
Show all...
👍 65👎 14 4
Chak, chak!
Show all...
😁 105👍 25 4😢 1
Repost from N/a
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 🔔Biznesdagi muammolar charchatdimi? Ularni birgalikda yechishga nima deysiz? 📈"Kichik biznesni rivojlantirish strategiyasi" ishlab chiqilish arafasida va unda sizning fikringiz inobatga olinadi, faqat bilidirsangiz. ✉️Izohlarga quyidagi mavzularda takliflaringizni kutamiz:
1️⃣ Siz yashaydigan hududning drayver sohalari qaysi va ularga e'tibor berish qanchalik zarur? 2️⃣ Kichik biznes rivojida qanday muammolar bor va ularni yechish bo'yicha takliflaringiz... 3️⃣ Biznesni rivojlantirish borasida boshqa takliflar...
Sizning fikringiz kichik biznesni rivojlantirishda juda muhim. 🔣🔣🔣 Izoh qoldiring 🔣🔣🔣 📊Biznesingizni biz bilan rivojlantiring! 📱@biznes_rivojlantirish
Show all...
👍 11
www.asaxiy.uz da narxlar endi yanada arzon. Biz maishiy texnika, elektronika, smartfon va gadjetlarga komissiyalarimizni pasaytirdik. Marhamat, endi yanada arzon narxlarda uyingizdan chiqmasdan xarid qiling. Buyurtmalar eshigingizgacha yetkaziladi.
Show all...
😁 58👍 23👎 19 1
Repost from davletovuz
Ўзбекистонда энг кўп иш берувчи компаниялар ўнталиги Бандлик вазирлиги
Show all...
👍 66👎 7