Edu.uz
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali gov.uz/edu instagram.com/eduuzofficial facebook.com/eduuzofficial youtube.com/eduuz devonxona@edu.uz Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy Ishonch raqami: 1006
Show more📈 Analytical overview of Telegram channel Edu.uz
Channel Edu.uz (@eduuz) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 146 380 subscribers, ranking 775 in the Education category and 283 in the Uzbekistan region.
📊 Audience metrics and dynamics
Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 146 380 subscribers.
According to the latest data from 16 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -8 650 over the last 30 days and by -127 over the last 24 hours, overall reach remains high.
- Verification status: Verified (Officially confirmed by Telegram)
- Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 15.22%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 11.45% reactions from the total number of subscribers.
- Post reach: On average, each post receives 22 286 views. Within the first day, a publication typically gains 16 773 views.
- Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 25.
📝 Description and content policy
The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali
gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz
Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006”
Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 17 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Education category.
Qo‘llanmada: ➖ aqlli ta’limning shakllanishi va rivojlanish konteksti; ➖ sun’iy intellekt va katta til modellari; ➖ generativ sun’iy intellektning ta’limga ta’siri; ➖ aqlli o‘qitish va moslashuvchan o‘rganish; ➖ intellektual baholash; ➖ ta’limni sun’iy intellekt asosida boshqarish; ➖ sun’iy intellekt va aqlli ta’limning axloqiy jihatlari kabi dolzarb masalalar tizimli ravishda aks ettirilgan. 📚 Qo‘llanma ta’lim jarayonini zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda inson va sun’iy intellekt hamkorligiga asoslangan ta’lim yondashuvlarini anglashga xizmat qiladi.🔗 “Aqlli ta’limga kirish” — sun’iy intellekt imkoniyatlarini anglash, zamonaviy ta’lim tendensiyalarini tushunish va kelajak ta’limiga yangicha nigoh bilan qarash uchun samalari ko‘makchi. Qo‘llanmani itstudy.uz portali orqali yuklab olishingiz va o‘qishingiz mumkin. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❗️ Tor soha mutaxassislarini tayyorlashda rezidentura dasturlari joriy etiladi⤵️ Farmonga ko‘ra, unga ko‘ra tor soha mutaxassislarini tayyorlashda klinik ordinatura negizida xalqaro standartlar asosida davomiyligi tabaqalashtirilgan rezidentura dasturlari bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bunda: ✔️ rezidenturada tor soha mutaxassislarini tayyorlash davlat tibbiyot ta’lim tashkilotlari va tibbiyot muassasalarida davlat granti asosida amalga oshiriladi; ✔️ 2026/2027 o‘quv yilidan oilaviy tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha rezidentura tashkil etiladi hamda bitiruvchilarga oilaviy shifokor mutaxassisligi beriladi; 📖 2027/2028 o‘quv yilidan boshlab: ➡️ tor soha mutaxassislarini tayyorlash to‘liq rezidentura orqali amalga oshiriladi va ordinaturaga qabul to‘xtatilishi hamda tibbiyot yo‘nalishidagi tor soha mutaxassisliklari bo‘yicha magistraturaga umumiy davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarini qisqartirish hisobiga bo‘shaydigan mablag‘lar mutaxassislarni rezidenturada tayyorlashga yo‘naltiriladi; ➡️ davlat granti asosida rezidenturaga qabul qilingan talabalarga Davlat byudjet mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan 2,15 koeffitsiyent miqdorida stipendiya to‘lanadi; ➡️ rezidentura ta’lim dasturlarini o‘zlashtirganlarga Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi va Milliy malakalar ramkasining 7-darajasiga mos keluvchi ta’lim to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom beriladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Ko‘rgazmada ishtirokchilar uchun: ⚫️ Bo’sh ish o‘rinlari va amaliyotlar ⚫️ Real ish beruvchilar bilan uchrashuv ⚫️ Tadbirkorlik va moliyaviy imkoniyatlarKo’rgazmaning maqsadi — talaba-yoshlar va ishsiz fuqorolar bandligini ta’minlash, ularning kasbiy yo‘nalishini aniqlash va biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdir. Tashkilotchilar: Markaziy bank, Milliy banki, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi va Kambag‘alikni qisqartirish va bandlik vazirligi. 🗓 18-sentyabr. 📍Guliston shahri — Savdo-sanoat palatasi binosi. Sizni “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb ko‘rgazmasida kutib qolamiz! Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Prezident topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, “Xavfsiz talaba” platformasini ishga tushirish yuzasidan Bosh prokuratura, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda boshqa mutasaddi vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan hududlarda o‘rganish ishlari boshlandi.O‘rganishlar doirasida Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridagi oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar xavfsizligini ta’minlash, davomatni nazorat qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularda xavfsiz muhitni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.
O‘rganishlar Andijon davlat universiteti, Andijon davlat pedagogika instituti, Farg‘ona davlat universiteti; Farg‘ona davlat texnika universiteti, Qo‘qon universitetining Andijon filiali, Namangan davlat universiteti kabi qator oliy ta’lim tashkilotlarida olib borildi.Shuningdek, mazkur yo‘nalishda mavjud tizim va infratuzilmaning holati, axborot almashinuvi imkoniyatlari hamda “Xavfsiz talaba” platformasini samarali joriy etish bo‘yicha amaliy takliflar ko‘rib chiqilmoqda. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Yoshlarning oddiy g‘oyasi — katta biznesning boshlanish nuqtasi bo‘lishi mumkin. Aynan shu maqsadda Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahrida texnikum o‘quvchilari va 16–22 yoshdagi yoshlar uchun “EJP — Tadbirkorlikka parvoz” dasturi tashkil etildi.📊 Dastur davomida yoshlar: 🔹 100+ ishtirokchi orasidan saralab olindi; 🔹 ular ichidan eng zo'r 25 ta istiqbolli biznes g‘oya rivojlantiriladi; O'quvchilarga 7 hafta davomida AQSHlik tajribali ekspertlar Collin Bunch hamda Missouri universiteti Trulaske biznes kolleji professori J. Scott Christianson tomonidan bepul onlayn mashg‘ulotlar olib boriladi. Dastur yakunida 3 ta loyiha tanlab olinadi va real biznes-loyihaga aylantiriladi. 🏆 Eng yaxshi g‘oyalar uchun esa munosib mukofotlar: 🥇 1-o‘rin — 30 mln so‘m 🥈 2-o‘rin — 20 mln so‘m 🥉 3-o‘rin — 10 mln so‘m Ammo eng katta mukofot — bu faqat pul emas. Bu — mentor ko‘magi, yangi bilim, bozorni tushunish, tajriba va o‘z biznesini boshlash imkoniyati. Loyiha Lean Startup, NSF I-Corps, Kauffman Foundation va Missouri Extension kabi xalqaro tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari tajribasi asosida ishlab chiqilgan. 📌 “Tadbirkorlikka parvoz” dasturi texnikum o‘quvchilari, kam daromadli oilalardagi yoshlar hamda istiqbolli tashabbus egalarining eng yaxshi biznes g‘oyalari va startaplarini moliyaviy va mentorlik jihatdan qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Mazkur jarayonga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda 8 ta oliy ta’lim tashkilotidan jami 50 nafar professor-o‘qituvchi jalb etilgan bo‘lib, viloyatning 22 ta tumanida obyektlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi yuzasidan ilmiy-texnikaviy o‘rganishlar olib borilmoqda.Jarayonga dual ta’lim asosida tahsil olayotgan talabalar ham jalb etilib, ularning ta’lim jarayonida egallagan nazariy bilimlarini real ishlab chiqarish va amaliy jarayonlar bilan uyg‘unlashtirish, kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyati yaratilmoqda. 👉Ha pyccкoм 👉In English
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Olim tadqiqotlarini Gazli gazni qayta ishlash zavodi hamda Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasi bilan hamkorlikda olib bordi. Tajribalar ushbu tashkilotlarda oʻtkazilib, ishlanmaning maxsus maketi ham tayyorlandi. Laboratoriya sharoitida moylar tahlil qilinib, ularning holati va agregat ishiga taʼsiri oʻrganildi. Tadqiqot natijalari konstruksiyani takomillashtirish orqali agregatning ish samaradorligini 6–7 foizga oshirish imkonini koʻrsatdi.Shuningdek, takomillashtirilgan konstruksiya agregatning taʼmirga boʻlgan ehtiyojini 90 foizgacha kamaytirish imkonini berishi qayd etilmoqda. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❗️ Tibbiyot xodimlariga har oylik ustamalar to‘lab boriladi🔰 Farmonga ko‘ra, 2027/2028-o‘quv yilidan boshlab: ➡️ o‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlashning ikki yillik o‘quv dasturlariga qabul bekor qilinadi; ➡️ oliy tibbiy hamrohlik ishi bakalavriat taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlashda rivojlangan xorijiy davlatlarning oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda qo‘shma taʼlim dasturlari joriy etiladi; ➡️ tibbiy hamrohlik ishi mutaxassisligida ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash maqsadida magistratura dasturi yo‘lga qo‘yiladi. ✅2027-yil 1-yanvardan tibbiyot, farmatsevtika va pedagog xodimlarning oylik maoshlariga quyidagi miqdorlarda bazaviy tarif stavkasi yoki lavozim maoshiga nisbatan har oylik ustamalar belgilanadi: ▪️ Bakalavriatni tamomlagan hamshiralar va tibbiyot og‘alariga — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravari; ▪️ Magistraturani tamomlagan hamshiralar va tibbiyot og‘alariga — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2 baravari; ▪️ Oilaviy tibbiyot bo‘yicha rezidenturani tamomlagan oilaviy shifokorlar va shu yo‘nalishda magistraturani tamomlagan pedagog kadrlarga — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 4 baravari.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❗️ Tibbiyot va farmatsevtika yo‘nalishlariga qabulning minimal chegarasi 60 foiz etib belgilanadi📜 Farmonga ko‘ra, 2027/2028-o‘quv yilidan tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga, shu jumladan, maqsadli qabul parametrlari doirasida talabalikka qabul qilishning minimal chegarasi kirish imtihonlarida to‘plash lozim bo‘lgan maksimal ballning 60 foizi etib belgilanadi. 🔎 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab tibbiyot va farmatsevtika sohasida bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari, magistratura va rezidentura dasturlarida har bir o‘quv modulining akademik ko‘rsatkichlarini o‘zlashtirishda, shuningdek, davlat imtihonlarida minimal o‘tish ballari shifokor mutaxassisliklari uchun eng yuqori ballning 70 foizi, o‘rta tibbiyot xodimi mutaxassisliklari uchun 60 foizi etib belgilanadi; 📖 2027/2028-o‘quv yilidan boshlab hamshiralik ishi kasbiy taʼlim mutaxassisligi negizida tibbiy hamrohlik ishi mutaxassisligi hamda oliy hamshiralik ishi bakalavriat taʼlim yo‘nalishi negizida oliy tibbiy hamrohlik ishi bakalavriat taʼlim yo‘nalishi joriy etiladi. 📑 Bunda: ➖ tibbiy hamrohlik ishi mutaxassisligi hamda oliy tibbiy hamrohlik ishi bakalavriat taʼlim yo‘nalishini bitirgan xotin-qizlarga hamshira, erkaklarga tibbiyot og‘asi kvalifikatsiyasi beriladi; ➖ oliy tibbiy hamrohlik ishi bakalavriat taʼlim yo‘nalishida davlat buyurtmasi qabul parametrlari 2030/2031-o‘quv yiliga qadar har yili kamida 20 foizga oshirib boriladi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
➡️Jizzax politexnika instituti ➡️Buxoro davlat universiteti ➡️Toshkent davlat texnika universiteti ➡️Buxoro davlat pedagogika instituti ➡️Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali ➡️Samarqand davlat pedagogika instituti ➡️Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti ➡️O‘zMU Jizzax filiali ➡️Jizzax davlat pedagogika universiteti ➡️Termiz davlat pedagogika instituti ➡️Samarqand davlat chet tillar instituti ➡️Namangan davlat texnika universiteti ➡️Farg'ona davlat universiteti ➡️Buxoro davlat texnika universitetiFacebook | Instagram | YouTube|Telegram
