cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Edu.uz

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Manzil: Toshkent sh., Olmazor tum, Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006 📲 Sayt: https://gov.uz/edu 📲 instagram.com/edu.uz/ 📲 facebook.com/eduuzofficial 📲 http://youtube.com/c/eduu 📲 https://twitter.com/eduuzoffi

Show more
Advertising posts
140 310Subscribers
-15324 hours
-9757 days
-4 09430 days
Posting time distributions

Data loading in progress...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Publication analysis
PostsViewsSharesViews dynamics
01
#litsey Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Toshkent kimyo-texnologiya institutining Akademik litseyi faoliyati bilan tanishdi 2024-yilning 27-aprel kuni Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo'ng'irotboy Sharipov Toshkent kimyo-texnologiya institutining Akademik litseyi binosi, o'quv jarayonlari va o'quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Ayni paytda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Akademik litseyida 268 nafar o’quvchi tahsil olmoqda. Ularga malakali pedagoglar tomonidan darslar o’tib kelinmoqda. Shuningdek, litsey hududida futbol maydoni, kutubxona, kompyuter xonalari, laboratoriya xonalari hamda 120 nafar o’quvchiga mo’ljallangan yotoqxona ham mavjud. Bizni kuzating Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
13 6000Loading...
02
#xizmat_safari Vazirning birinchi o‘rinbosari Navoiy davlat pedagogika instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev Navoiy viloyatiga xizmat safari davomida Navoiy davlat pedagogika institutida bo‘lib, muassasada o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy tadqiqot, innovatsion va sport yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, talaba-yoshlar bilan uchrashilib, ochiq muloqot o‘tkazildi va ularning takliflari yuzasidan tegishli xulosalar berilishi qayd etildi. Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/10499 Bizni kuzating Facebook | Instagram | X | YouTube
3 4081Loading...
03
#so‘ragan_edingiz Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining @eduuzuniversalbot murojaatlar platformasi orqali akademik litsey hamda professional taʼlim muassasalari pedagoglarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi bo‘yicha fuqarolardan eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar bilan tanishing. ❓00:26 Professional taʼlim tashkilotining pedagog kadrlari necha yilda majburiy attestatsiyadan oʻtkaziladi? ❓00:44 Universitetni tugatib texnikumda oʻqituvchi boʻlib ishlayotganimga 6 oy boʻldi, men bu yili oʻtkaziladigan attestatsiya imtihonlariga qatnasha olamanmi? ❓01:16 Oliy toifali oʻqituvchiman 15 yildan beri fizika fanidan akademik litseyda dars beraman, bu yil oʻtkaziladigan majburiy attestatsiyada qatnashishim kerakmi? ❓02:06 Akademik litseyda oliy toifali oʻqituvchi boʻlib ishlayman, tugʻruq taʼtildan chiqqanimga 4 oy boʻladi, bu yil oʻtkaziladigan attestatsiya imtihonlariga qatnasha olamanmi? ❓02:40 Kasb-hunar maktabida oʻqituvchi boʻlib ishlayman, majburiy attestatsiya imtihonidan oʻtganimga 2 yil boʻladi, oʻz xohishimga koʻra navbatdan tashqari attestatsiya imtihonlariga qatnashishim mumkinmi va bu malaka toifamga taʼsir qilmaydimi? ❓03:20 Universitetni tugatib bu yil akademik litseyga oʻqituvchi boʻlib ishga kirdim, attestatsiya imtihonlariga qatnashishimga qadar menga qanday malaka toifasi beriladi? ❓03:46 Oliy toifali oʻqituvchiman. 2 ta joyda ishlayman. Asosiy ishim akademik litseyda, maktabda oʻrindosh sifatida dars ham beraman. Asosiy ish joyimdan attestatsiyadan oʻtaganman, qoʻshimcha ish joyimdan ham oʻtishim kerakmi? ❓04:31 Pedagoglarning attetatsiyadan oʻtkazish yilda necha marotaba boʻladi? ❓05:16 Attestatsiya qanday shaklda oʻtkaziladi? Tartibi, baholash mezonlari haqida batafsil maʼlumot berolasizmi? ❓07:55 Attestatsiya natijalaridan norozi boʻlgan talabgor, kimga qay tartibda murojaat qilishi kerak? 🎞HD variantda ko‘rish 👉Matn shaklida o‘qish Bizni kuzating Facebook | Instagram | X | YouTube
21 70272Loading...
04
#uchrashuv #ilmfan #doktorant Yosh olimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi ___ Состоялся открытый диалог с молодыми учёными Bizni kuzating Facebook | Instagram | X | YouTube
13 94050Loading...
05
#milliy_qadriyatlar_sayli Adiblar xiyobonida “Milliy qadriyatlar sayli” adabiy-maʼrifiy haftaligi bo‘lib o‘tdi! Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan 23–25-aprel kunlari Toshkent shahridagi barcha oliy ta’lim muassasalari ishtirokida tashkil etilgan ushbu bayram saylida 50 mingga yaqin talaba-yoshlar va o‘quvchilar qamrab olindi. Uch kun davomida tashkil etilgan tadbirlarda talabalar tomonidan folklor, xalq og‘zaki ijodidan chiqishlar, adiblar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari, QvZ jamoalari chiqishlari namoyish etildi. Karaoke va “Erkin mikrofon” loyihalari tashkil qilindi, kuy-qo‘shiqlar jarangladi, shuningdek, respublikamiz hududlarining milliy urf-odat, anʼana va qadriyatlari tarannum etildi. Ayniqsa, markazlashgan holda tashkil etilgan Zakovat intellektual turnirlari ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otdi, adrenalin ulashdi. Eng asosiysi, ushbu bayram sayli barcha talaba-yoshlarga va poytaxtimiz mehmonlariga birdek manzur keldi. 📺Videoni YouTube orqali ko‘rish Bizni kuzating Facebook | Instagram | X | YouTube
13 19815Loading...
06
#mehnat_yarmarkasi Toshkent davlat transport universitetida “I xalqaro transport va logistika mehnat yarmarkasi” boʻlib oʻtdi. Mehnat yarmarkasi davomida 800 ga yaqin talaba ishga o‘z yo‘llanmalarini olishdi. ___ В Ташкентском государственном транспортном университете прошла I Международная ярмарка труда транспорта и логистики. В ходе ярмарки вакансий около 800 студентов получили предложения о трудоустройстве. Bizni kuzating Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
11 43210Loading...
07
#LIVE #xalqaro_seminar “Hisoblash modellari va texnologiyalari (CMT-2024)” mavzusida III xalqaro seminari o‘tkazilmoqda Ayni vaqtda O‘zbekiston milliy universitetida fizika-matematika fanlari doktori, professor Ma’ruf Isroilov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan xalqaro seminar bo‘lib o‘tmoqda. Seminarda ishtirok etayotgan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov so‘z olib, M.I. Isroilovning sohada yuksak ilmiy natijalarga erishibgina qolmay, uzoq yillar fandagi yangiliklarni yosh avlodga yetkazish, mamlakatimiz uchun yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlashdagi xizmatlarini alohida e’tirof etdi. O‘zMU rektori, professor Inom Madjidov olimning hayoti, faoliyati, ilm-fanga qo‘shgan xizmatlari haqida to‘xtalib, sonlar nazariyasi va hisoblash matematikasi bo‘yicha mamlakatimizdagi ilmiy maktablarning tashkilotchisi hamda rahbarlaridan biri ekanini ta’kidladi. Bizni kuzating Facebook | Instagram | X | YouTube
12 70015Loading...
08
#ilmfan #innovatsiya #anjuman “Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi va innovatsion texnologiyalar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Ilm fan haftaligi doirasida tashkil qilingan ushbu anjumanda 14 ta hududdan 100 nafarga yaqin professor-o‘qituvchi va iqtidorli talabalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Dastlab mehmonlar filialda faoliyat yuritayotgan “PT-PROCESSING TECHNOLOGY” o‘quv- ilmiy va ishlab chiqarish laboratoriyalari hamda innovatsion ishlanmalar va zamonaviy ilg‘or texnologiyalar katta ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishishdi. Yalpi hamda ikkita alohida sho‘baga bo‘lingan holda olib borilgan anjuman doirasida “Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda innovatsion texnologiyalar va ularni xavfsizligini ta’minlash” va “Ishlab chiqarish va muhandislikda zamonaviy innovatsion texnologiyalar” mavzularida olimlar hamda yosh tadqiqotchilarning ma’ruzalari tinglanib, fikr-mulohazalar almashildi. 👉 На русском 👉 In English Bizni kuzating Facebook | Instagram | X | YouTube
14 74423Loading...
09
Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi INNO texnoparki, KOICA, U - ENTER tashkilotlari hamkorligida “Legal Frameworks on Promoting University Entrepreneurship” (Universitetlarda startap tadbirkorlikni rivojlantirishning huquqiy asoslari) mavzusida o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi. 👉 На русском 👉 In English Bizni kuzating Facebook | Instagram | X | YouTube
11 9437Loading...
10
#brifing 2024/2025-o‘quv yili uchun 332 ta kasb-hunar maktablariga 120 mingdan ortiq 9-sinf bitiruvchilarini qabul qilish rejalashtirilmoqda Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova 2024/2025-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalarida qabul jarayonlarini tashkil etish holati bo‘yicha AOKAda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/10426 Bizni kuzating Facebook | Instagram | X | YouTube
29 53188Loading...
11
#matbuot_anjumani 26-aprel kuni Toshkent shahar hokimligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan oʻtkaziladigan “Bitiruvchi va talaba yoshlar-2024” loyihasiga start berilishiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Anjuman davomida tadbirning maqsadi, imkoniyatlari hamda uch oy davomida poytaxtimiz yoshlari uchun tashkil etiladigan loyihalar va faolliklar haqida maʼlumot berilib, OAV vakillarining savollariga javob qaytarildi. Loyiha doirasida intellektual tanlovlar, sport turlaridan musobaqalar, turli aksiya hamda festivallar, taniqli yozuvchi va shoirlar, teatr, kino aktyorlari bilan uchrashuvlar, talabalar teatr studiyalari tomonidan sahnalashtirilgan spektakllarning namoyishini tashkil etish kabi 35 dan ortiq yirik loyihalarni amalga oshirish koʻzda tutilmoqda. Loyihada ishtirok etish uchun yoshlar telegram tarmogʻida talaba_bitiruvchi_bot havolasi orqali botda roʻyxatdan oʻtishi lozim. Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/10458 Bizni kuzating Facebook | Instagram | X | YouTube
10Loading...
12
AQSHning Yuta shtati universitetlari bilan akademik va ilmiy hamkorlik aloqalari muhokama qilindi 25-aprel kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda AQSh Yuta shtati Senatining prezidenti Styuart Adams boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli masalalari, jumladan, professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish, seminar va mahorat darslarini oʻtkazish maqsadida AQShning Yuta shtati universitetlari bilan respublika oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida akademik va ilmiy hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi. 👉 https://gov.uz/edu/news/view/10454 ➡️ На русском ➡️ In English Bizni kuzating Facebook | Instagram | X | YouTube
9 8288Loading...
13
Akademik ilmiy maktabi bilan tanishildi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov “Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti faoliyati bilan tanishdi. Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/10450 👉 На русском 👉 In English Bizni kuzating Facebook | Instagram | X | YouTube
3 3960Loading...
#litsey Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Toshkent kimyo-texnologiya institutining Akademik litseyi faoliyati bilan tanishdi 2024-yilning 27-aprel kuni Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo'ng'irotboy Sharipov Toshkent kimyo-texnologiya institutining Akademik litseyi binosi, o'quv jarayonlari va o'quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Ayni paytda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Akademik litseyida 268 nafar o’quvchi tahsil olmoqda. Ularga malakali pedagoglar tomonidan darslar o’tib kelinmoqda. Shuningdek, litsey hududida futbol maydoni, kutubxona, kompyuter xonalari, laboratoriya xonalari hamda 120 nafar o’quvchiga mo’ljallangan yotoqxona ham mavjud.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Show all...
4
#xizmat_safari Vazirning birinchi o‘rinbosari Navoiy davlat pedagogika instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev Navoiy viloyatiga xizmat safari davomida Navoiy davlat pedagogika institutida bo‘lib, muassasada o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy tadqiqot, innovatsion va sport yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, talaba-yoshlar bilan uchrashilib, ochiq muloqot o‘tkazildi va ularning takliflari yuzasidan tegishli xulosalar berilishi qayd etildi. Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/10499
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | X | YouTube
Show all...
👍 1
#so‘ragan_edingiz Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining @eduuzuniversalbot murojaatlar platformasi orqali akademik litsey hamda professional taʼlim muassasalari pedagoglarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi bo‘yicha fuqarolardan eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar bilan tanishing. ❓00:26 Professional taʼlim tashkilotining pedagog kadrlari necha yilda majburiy attestatsiyadan oʻtkaziladi? ❓00:44 Universitetni tugatib texnikumda oʻqituvchi boʻlib ishlayotganimga 6 oy boʻldi, men bu yili oʻtkaziladigan attestatsiya imtihonlariga qatnasha olamanmi? ❓01:16 Oliy toifali oʻqituvchiman 15 yildan beri fizika fanidan akademik litseyda dars beraman, bu yil oʻtkaziladigan majburiy attestatsiyada qatnashishim kerakmi? ❓02:06 Akademik litseyda oliy toifali oʻqituvchi boʻlib ishlayman, tugʻruq taʼtildan chiqqanimga 4 oy boʻladi, bu yil oʻtkaziladigan attestatsiya imtihonlariga qatnasha olamanmi? ❓02:40 Kasb-hunar maktabida oʻqituvchi boʻlib ishlayman, majburiy attestatsiya imtihonidan oʻtganimga 2 yil boʻladi, oʻz xohishimga koʻra navbatdan tashqari attestatsiya imtihonlariga qatnashishim mumkinmi va bu malaka toifamga taʼsir qilmaydimi? ❓03:20 Universitetni tugatib bu yil akademik litseyga oʻqituvchi boʻlib ishga kirdim, attestatsiya imtihonlariga qatnashishimga qadar menga qanday malaka toifasi beriladi? ❓03:46 Oliy toifali oʻqituvchiman. 2 ta joyda ishlayman. Asosiy ishim akademik litseyda, maktabda oʻrindosh sifatida dars ham beraman. Asosiy ish joyimdan attestatsiyadan oʻtaganman, qoʻshimcha ish joyimdan ham oʻtishim kerakmi? ❓04:31 Pedagoglarning attetatsiyadan oʻtkazish yilda necha marotaba boʻladi? ❓05:16 Attestatsiya qanday shaklda oʻtkaziladi? Tartibi, baholash mezonlari haqida batafsil maʼlumot berolasizmi? ❓07:55 Attestatsiya natijalaridan norozi boʻlgan talabgor, kimga qay tartibda murojaat qilishi kerak? 🎞HD variantda ko‘rish 👉Matn shaklida o‘qish
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | X | YouTube
Show all...
👍 21🔥 3
#uchrashuv #ilmfan #doktorant Yosh olimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi ___ Состоялся открытый диалог с молодыми учёными
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | X | YouTube
Show all...
👍 18🥰 3🔥 1😁 1
#milliy_qadriyatlar_sayli
Adiblar xiyobonida “Milliy qadriyatlar sayli” adabiy-maʼrifiy haftaligi bo‘lib o‘tdi!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan 23–25-aprel kunlari Toshkent shahridagi barcha oliy ta’lim muassasalari ishtirokida tashkil etilgan ushbu bayram saylida 50 mingga yaqin talaba-yoshlar va o‘quvchilar qamrab olindi. Uch kun davomida tashkil etilgan tadbirlarda talabalar tomonidan folklor, xalq og‘zaki ijodidan chiqishlar, adiblar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari, QvZ jamoalari chiqishlari namoyish etildi. Karaoke va “Erkin mikrofon” loyihalari tashkil qilindi, kuy-qo‘shiqlar jarangladi, shuningdek, respublikamiz hududlarining milliy urf-odat, anʼana va qadriyatlari tarannum etildi. Ayniqsa, markazlashgan holda tashkil etilgan Zakovat intellektual turnirlari ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otdi, adrenalin ulashdi. Eng asosiysi, ushbu bayram sayli barcha talaba-yoshlarga va poytaxtimiz mehmonlariga birdek manzur keldi. 📺Videoni YouTube orqali ko‘rish
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | X | YouTube
Show all...
👍 13🔥 2🥰 2
#mehnat_yarmarkasi Toshkent davlat transport universitetida “I xalqaro transport va logistika mehnat yarmarkasi” boʻlib oʻtdi. Mehnat yarmarkasi davomida 800 ga yaqin talaba ishga o‘z yo‘llanmalarini olishdi. ___ В Ташкентском государственном транспортном университете прошла I Международная ярмарка труда транспорта и логистики. В ходе ярмарки вакансий около 800 студентов получили предложения о трудоустройстве.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Show all...
🔥 7👍 2 2
#LIVE #xalqaro_seminar “Hisoblash modellari va texnologiyalari (CMT-2024)” mavzusida III xalqaro seminari o‘tkazilmoqda Ayni vaqtda O‘zbekiston milliy universitetida fizika-matematika fanlari doktori, professor Ma’ruf Isroilov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan xalqaro seminar bo‘lib o‘tmoqda. Seminarda ishtirok etayotgan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov so‘z olib, M.I. Isroilovning sohada yuksak ilmiy natijalarga erishibgina qolmay, uzoq yillar fandagi yangiliklarni yosh avlodga yetkazish, mamlakatimiz uchun yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlashdagi xizmatlarini alohida e’tirof etdi. O‘zMU rektori, professor Inom Madjidov olimning hayoti, faoliyati, ilm-fanga qo‘shgan xizmatlari haqida to‘xtalib, sonlar nazariyasi va hisoblash matematikasi bo‘yicha mamlakatimizdagi ilmiy maktablarning tashkilotchisi hamda rahbarlaridan biri ekanini ta’kidladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | X | YouTube
Show all...
👍 22🔥 2
#ilmfan #innovatsiya #anjuman “Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi va innovatsion texnologiyalar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Ilm fan haftaligi doirasida tashkil qilingan ushbu anjumanda 14 ta hududdan 100 nafarga yaqin professor-o‘qituvchi va iqtidorli talabalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Dastlab mehmonlar filialda faoliyat yuritayotgan “PT-PROCESSING TECHNOLOGY” o‘quv- ilmiy va ishlab chiqarish laboratoriyalari hamda innovatsion ishlanmalar va zamonaviy ilg‘or texnologiyalar katta ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishishdi. Yalpi hamda ikkita alohida sho‘baga bo‘lingan holda olib borilgan anjuman doirasida “Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda innovatsion texnologiyalar va ularni xavfsizligini ta’minlash” va “Ishlab chiqarish va muhandislikda zamonaviy innovatsion texnologiyalar” mavzularida olimlar hamda yosh tadqiqotchilarning ma’ruzalari tinglanib, fikr-mulohazalar almashildi. 👉 На русском 👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | X | YouTube
Show all...
👍 22🔥 2👏 1
Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi INNO texnoparki, KOICA, U - ENTER tashkilotlari hamkorligida “Legal Frameworks on Promoting University Entrepreneurship” (Universitetlarda startap tadbirkorlikni rivojlantirishning huquqiy asoslari) mavzusida o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi. 👉 На русском 👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | X | YouTube
Show all...
🔥 5👍 2
#brifing 2024/2025-o‘quv yili uchun 332 ta kasb-hunar maktablariga 120 mingdan ortiq 9-sinf bitiruvchilarini qabul qilish rejalashtirilmoqda Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova 2024/2025-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalarida qabul jarayonlarini tashkil etish holati bo‘yicha AOKAda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/10426
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | X | YouTube
Show all...
😁 7👍 6