Edu.uz
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali gov.uz/edu instagram.com/eduuzofficial facebook.com/eduuzofficial youtube.com/eduuz devonxona@edu.uz Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy Ishonch raqami: 1006
Показати більше📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу Edu.uz
Канал Edu.uz (@eduuz) у мовному сегменті Узбецька є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 151 126 підписників, посідаючи 743 місце в категорії Освіта та 269 місце у регіоні Узбекистан.
📊 Показники аудиторії та динаміка
З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 151 126 підписників.
За останніми даними від 26 серпня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на -17 322, а за останні 24 години на -167, загальне охоплення залишається високим.
- Статус верифікації: Верифікований (Офіційно підтверджено Telegram)
- Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 12.11%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 11.77% реакцій від загальної кількості підписників.
- Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 18 302 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 17 798 переглядів.
- Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 23.
📝 Опис та контентна політика
Автор описує ресурс як майданчик для висловлення суб'єктивної думки:
“Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali
gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz
Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006”
Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 27 серпня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії Освіта.
Uning ilmiy rahbarligida Farg‘ona shahri hududidagi Marg‘ilonsoyda 2 ta hamda Marhamat tumanida 1 ta, har biri 50 kVt quvvatga ega mikro-GESlar barpo etilib, foydalanishga topshirilgan. Professor xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga ham faol hissa qo‘shib, xorijiy ilmiy konferensiyalarda muntazam ishtirok etib kelmoqda. Bugungi kunda u 3 nafar doktorant va 2 nafar mustaqil izlanuvchiga ilmiy rahbarlik qilib, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlamoqda.Professor Ergashev Sirojiddin Fayozovich II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlandi Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi tashabbusi bilan “35 000 tashabbus” loyihasi yo‘lga qo‘yildi.Loyihaning asosiy maqsadi — yoshlarning innovatsion g‘oya va tashabbuslarini aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda istiqbolli loyihalarni amaliyotga joriy etishga ko‘maklashishdan iborat. 💡 Har bir g‘oya — yangi imkoniyat. 🚀 Har bir tashabbus — taraqqiyot sari qadam. 🇺🇿 35 000 tashabbus — yagona maqsad, buyuk kelajak! O‘z tashabbusingizni bildiring va Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga o‘z hissangizni qo‘shing! 📲Tashabbusingizni qoldiring: ➡️tashabbus.yito.uz 🚀 Sizning g‘oyangiz — katta o‘zgarishlarning boshlanishi! #35000Tashabbus #Yoshlar #Innovatsiya #Tashabbus Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Yangi O‘zbekiston: oliy ta’limdagi islohotlar – kelajakka sarmoyaOliy ta’limda amalga oshirilayotgan islohotlar qabul jarayonlarini yanada adolatli, shaffof va qulay qilishga qaratilmoqda. “Avval test, keyin tanlov” tamoyili, qabul jarayonlarining to‘liq raqamlashtirilishi, beshtagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati yoshlarga o‘z kelajagini ongli belgilash uchun keng imkoniyat yaratmoqda. Bugungi kunda 21 mingdan ortiq imkoniyati cheklangan talaba, 50 mingdan ziyod ijtimoiy reyestrga kiritilgan talaba oliy ta’limda tahsil olmoqda. Talabalarning 54,5 foizini xotin-qizlar tashkil etayotgani esa ta’limda gender tengligiga alohida e’tibor qaratilayotganining muhim ko‘rsatkichidir.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Shavkat Mirziyoyev: "Mustaqillikning qadr-qimmati farzandlarga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar mehnatida namoyon"Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi.
– 35 yil – tarix uchun juda qisqa davr. Lekin ortda qolayotgan yillar o‘zining ko‘lami, yutuq va natijalari bilan asrga tatigulik davr bo‘ldi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi,– dedi Prezident. Ushbu o‘zgarishlarning haqiqiy muallifi mehnatkash va olijanob xalqimiz ekani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari mustaqillikning qadr-qimmati qishloqda rizq-ro‘z yaratayotgan fermer va dehqonlar, farzandlarga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar, inson hayotini asrayotgan shifokorlar mehnatida namoyon bo‘lishini qayd etdi. Shuningdek, ilm-fan taraqqiyotiga yangi g‘oya va kashfiyotlar olib kirayotgan olimlar, zamonaviy korxonalar barpo etayotgan sanoatchi va tadbirkorlar, shahar va qishloqlarni obod qilayotgan quruvchi hamda arxitektorlarning hissasiga alohida to‘xtaldi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlari magistraturasiga my.edu.uz orqali ariza yuborgan va arizasi turli kamchiliklar sababli rad etilgan talabgorlarga bugun, 26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar arizasini qayta tahrirlash imkoniyati berilgan.❗️Aniqlangan kamchiliklar shu muddatgacha bartaraf etilishi lozim. Soat 14:00 dan so‘ng arizalarni tahrirlashga imkoniyat berilmaydi. ☝️ Muhim: talab darajasidagi xorijiy til sertifikati mavjud emasligi yoki sertifikat talabga javob bermaganligi sababli rad etilgan arizalarni qayta tahrirlash tavsiya etilmaydi. Bunday arizalar qayta topshirilgan taqdirda ham ko‘rib chiqilmaydi. 📲 Arizani tahrirlash: my.edu.uz Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Yangi oʻquv yili arafasida yurtimiz oliy taʼlim muassasalarida talabalar uchun munosib sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda. “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy oʻquv binolari va talabalar turar joylarini barpo etish muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan.Ana shu islohotlarning amaliy natijasi sifatida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov boshchiligida bir qancha oliy taʼlim tashkilotlarida yangi oʻquv va turar joy binolarining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Jumladan, Samarqand davlat tibbiyot universitetida ham 500 oʻrinli yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi. Batafsil... 👉 На русском 👉 In English Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Mazkur dastur Innovatsion rivojlanish agentligi hamda International Center for Biosaline Agriculture (ICBA) hamkorligida, Abu Dhabi Fund for Development (ADFD) moliyaviy ko‘magida tashkil etilgan. Dasturning asosiy tadbirlari Nukus yoshlar texnoparkida o‘tkazilmoqda.Agroakselerator dasturida jami 207 nafar ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning 122 nafari, ya’ni 59 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Batafsil: https://gov.uz//edu/news/view/210467 👉 На русском 👉 In English Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
– Siz kiritayotgan har bir investitsiya Oʻzbekiston kelajagining poydevorini mustahkamlaydi. Siz yaratayotgan har bir ish oʻrni oilalar farovonligiga xizmat qiladi. Siz ishlab chiqarayotgan har bir mahsulot mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yangi bosqichga olib chiqadi. Siz eksport qilayotgan har bir tovar Oʻzbekistonning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshiradi,– dedi Prezidentimiz. #Mirziyoyev #marosim #mustaqillik35 #obyektlar Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
“Bugun axborot chegara bilmaydi. Bir voqea haqidagi xabar sanoqli soniyalarda millionlab odamlarga yetib boradi. Biroq axborot bilan birga yolgʻon, manipulyasiya, feyk xabarlar va axborot xurujlari ham tez tarqalmoqda. Shuning uchun bugun jurnalistika oldidagi eng muhim vazifalardan biri — ishonchli axborotni taʼminlashdir”, — dedi u.Facebook | Instagram | YouTube | Telegramu
✅2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlari magistraturasiga qabul boʻyicha my.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning arizalari koʻrib chiqildi.▪️Koʻrib chiqish natijasida ayrim arizalar turli sabablar, jumladan, tanlangan mutaxassislik bitiruvchining taʼlim yoʻnalishi boʻyicha mos yoki turdosh emasligi, xorijiy tilni bilish boʻyicha sertifikat, shuningdek, SAT sertifikati tasdiqlanmagan yoki belgilangan darajada boʻlmagan, soʻralgan hujjat oʻrniga boshqa hujjat yuklangan yoki toʻliq yuklanmagan, xorijiy tildagi ta’lim dasturini yakunlaganligi tasdiqlanmagan, hujjatlar sifatsizligi hamda boshqa sabablarga koʻra rad etilgan. ❇️Shuni inobatga olib, arizasi yuqoridagi kabi kamchiliklar sababli rad etilgan talabgorlarga 2026-yil 26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar my.edu.uz elektron tizimi orqali arizalarini qayta tahrirlash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyati beriladi. ❗️ E’tibor bering: 26-avgust kuni soat 14:00 dan so‘ng arizalarni tahrirlash imkoniyati berilmaydi. Aniqlangan kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi. ☝️Muhim eslatma! ❌Xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha talab etilgan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega emasligi yoxud mavjud sertifikat talab darajasiga javob bermaganligi sababli rad etilgan arizalarni qayta tahrirlash tavsiya etilmaydi. 🚫Bunday holatda qayta tahrirlangan arizalar ham ko‘rib chiqilmaydi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
