ar
Feedback

لا تقع ضحية للمخادعين! تيليمتريو يكتشف ويُميّز هذه القنوات 👉 إذا كنت تريد رؤية العلامة، اشترك 👈

Edu.uz

Edu.uz

الذهاب إلى القناة على Telegram

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali gov.uz/edu instagram.com/eduuzofficial facebook.com/eduuzofficial youtube.com/eduuz devonxona@edu.uz Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy Ishonch raqami: 1006

إظهار المزيد

📈 نظرة تحليلية على قناة تيليجرام Edu.uz

تُعد قناة Edu.uz (@eduuz) في القطاع اللغوي Uzbek لاعباً نشطاً. يضم المجتمع حالياً 143 521 مشتركاً، محتلاً المرتبة 796 في فئة التعليم والمرتبة 284 في منطقة Uzbekistan.

📊 مؤشرات الجمهور والحراك

منذ تأسيسه في невідомо، حقق المشروع نمواً سريعاً وجمع 143 521 مشتركاً.

بحسب آخر البيانات بتاريخ 07 أكتوبر, 2026، تحافظ القناة على نشاط مستقر. خلال آخر 30 يوماً تغيّر عدد الأعضاء بمقدار -5 242، وفي آخر 24 ساعة بمقدار -179، مع بقاء الوصول العام مرتفعاً.

  • حالة التحقق: موثّقة (مؤكدة رسمياً من تيليجرام)
  • معدل التفاعل (ER): يبلغ متوسط تفاعل الجمهور 13.09‎%. وخلال أول 24 ساعة من النشر يحصد المحتوى عادةً 11.14‎% من ردود الفعل نسبةً إلى إجمالي المشتركين.
  • وصول المنشورات: يحصل كل منشور على متوسط 18 803 مشاهدة. وخلال اليوم الأول يجمع عادةً 16 006 مشاهدة.
  • التفاعلات والاستجابة: يتفاعل الجمهور بانتظام؛ متوسط التفاعلات لكل منشور يبلغ 21.

📝 الوصف وسياسة المحتوى

يصف المؤلف القناة بأنها مساحة للتعبير عن الآراء الذاتية:
“Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali gov.uz/edu instagram.com/eduuzofficial facebook.com/eduuzofficial youtube.com/eduuz devonxona@edu.uz Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy Ishonch raqami: 1006”

بفضل وتيرة التحديث المرتفعة (أحدث البيانات بتاريخ 08 أكتوبر, 2026) تحافظ القناة على حداثتها ومستوى وصول مرتفع. وتُظهر التحليلات تفاعلاً نشطاً من الجمهور، ما يجعلها نقطة تأثير مهمة ضمن فئة التعليم.

143 521
المشتركون
-17924 ساعات
-8217 أيام
-5 24230 أيام
أرشيف المشاركات
Edu.uz
143 521
#XalqaroReyting #THE_2027 O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlari “THE World University Rankings – 2027” reytingida yangi natijalarni qayd etmoqda Times Higher Education (THE) xalqaro reyting tashkiloti tomonidan “World University Rankings – 2027” reytingi e'lon qilindi. Mazkur reytingda dunyoning 118 ta mamlakatidan jami 2 297 ta oliy ta’lim tashkilotlari o‘rin egalladi. O‘zbekistondan jami 53 ta oliy ta’lim tashkiloti ishtirok etib, ulardan 8 tasi o‘rin egalladi. Qolgan 45 tasi ishtirokchi sifatida qayd etildi.
“THE World University Rankings – 2027” reytingida O‘zbekistonning 2 ta oliy ta’lim tashkiloti dunyoning TOP-1000 taligidan joy oldi. ▪️“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti — 551–600-o‘rinlar; ▪️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 651–700-o‘rinlar.
Ikki oliy ta’lim tashkilotining bir vaqtning o‘zida TOP-1000 talikdan o‘rin olgani O‘zbekistonda oliy ta’lim sifati, ilmiy salohiyat va xalqaro raqobatbardoshlikni oshirish borasidagi izchil islohotlarning muhim natijalaridan biridir.
📊 Shuningdek, reytingdan quyidagi OTTlar ham joy oldi: ▪️Toshkent davlat texnika universiteti — 1001–1200-o‘rinlar; ▪️ Toshkent davlat transport universiteti — 1001–1200-o‘rinlar; ▪️ O‘zbekiston Milliy universiteti — 1201–1400-o‘rinlar; ▪️ Samarqand davlat universiteti — 1201–1400-o‘rinlar; ▪️ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 1201–1400-o‘rinlar; ▪️ Toshkent davlat tibbiyot universiteti — 2001+.
THE World University Rankings universitetlarning ta’lim, ilmiy tadqiqot, bilim transferi va xalqaro faoliyati kabi asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rsatkichlarini baholaydi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Edu.uz
143 521
#KelajakTadbirkori2026 #Andijon “Kelajak tadbirkori – 2026” — katta imkoniyatlar maydoni Yoshlarning bandligini taʼminlash, u
#KelajakTadbirkori2026 #Andijon “Kelajak tadbirkori – 2026” — katta imkoniyatlar maydoni Yoshlarning bandligini taʼminlash, ularni zamonaviy kasblarga yoʻnaltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi Andijon shahrida boʻlib oʻtadi.
Ko‘rgazmada ishtirokchilar uchun: ⚫️ Bo‘sh ish o‘rinlari va amaliyotlar ⚫️ Real ish beruvchilar bilan uchrashuv ⚫️ Tadbirkorlik va moliyaviy imkoniyatlar
Ko‘rgazmaning maqsadi — talaba-yoshlar va ishsiz fuqorolar bandligini ta’minlash, ularning kasbiy yo‘nalishini aniqlash va biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdir. Tashkilotchilar: Markaziy bank, Milliy banki, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambag‘alikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Andijon viloyati shahar hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat Palatasi va Kambag'alikni qisqartirish va bandlik vazirligi 🗓 24-oktyabr. 📍Andijon davlat universiteti hududida “Kelajak tadbirkori –2026” yirik kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Sizni “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb ko‘rgazmasida kutib qolamiz! Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Edu.uz
143 521
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslaha
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvidagi nutqida mutaxassislar, ilmiy tadqiqotlar va kuchli texnologik kompaniyalarga boʻlgan ehtiyoj haqida soʻz yuritib, tarmoqlar uchun kadrlar tayyorlash boʻyicha qoʻshma dasturlarni ishga tushirish, ilmiy loyihalarni qoʻllab-quvvatlash hamda texnologik tadbirkorlik uchun koʻproq imkoniyatlar yaratishni taklif qildi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Edu.uz
143 521
#Mirziyoyev #Maslahatuchrashuvi #MarkaziyOsiyo #Ozarbayjon Prezident: Mintaqa iqtisodiyoti qanday boʻlishi yoshlarning taʼlim
+9
#Mirziyoyev #Maslahatuchrashuvi #MarkaziyOsiyo #Ozarbayjon Prezident: Mintaqa iqtisodiyoti qanday boʻlishi yoshlarning taʼlimi va kasbiy tayyorgarligi sifatiga bogʻliq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etdi. Anjumanda odamlar mintaqaning kelajagini belgilovchi eng muhim omil ekani taʼkidlandi.
– Mamlakatlarimiz katta demografik salohiyatga ega. Aholi soni oʻsmoqda, yoshlar koʻpaymoqda. Oʻn, yigirma, oʻttiz yildan keyin mintaqa iqtisodiyoti qanday boʻlishi koʻp jihatdan ularning taʼlimi va kasbiy tayyorgarligi sifatiga bogʻliq, – dedi davlatimiz rahbari.
Kelgusida mintaqa mamlakatlari iqtisodiyotiga qanday mutaxassislar kerak boʻlishini tahlil qilish asosida talab yuqori boʻlgan kasblar va kompetensiyalarning mintaqaviy atlasini ishlab chiqish taklif etildi. Unda bugunning oʻzida mutaxassislar yetishmayotgan va yaqin yillarda talab ortishi kutilayotgan yoʻnalishlar boʻyicha prognozlarni jamlash nazarda tutilmoqda. Shu asosda universitetlar va professional taʼlim muassasalari iqtisodiyotning haqiqiy ehtiyojlarini oldindan hisobga olib, sanoat, transport, energetika, raqamli texnologiyalar va boshqa tarmoqlardagi yirik loyihalar uchun kadrlar tayyorlay oladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Edu.uz
143 521
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti “AIFU Pitch Day 3.0” respublika innovatsion tanlovini o‘tkazmoqda 🚀 Sun’iy intellekt te
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti “AIFU Pitch Day 3.0” respublika innovatsion tanlovini o‘tkazmoqda 🚀 Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi doirasida Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hakaton formatidagi “AIFU Pitch Day” tanlovini tashkil etdi. Tanlovda 16-40 yoshdagi dasturchilar, dizaynerlar, startap jamoalari, shuningdek, akademik litsey, texnikum va oliy ta’lim muassasalari talabalari sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar sohasidagi loyihalarini investorlar va soha ekspertlari oldida himoya qiladi. ✅ Ishtirokchilar uchun: - 100 000 AQSh dollarigacha investitsiya jalb qilish imkoniyati; - 15 mln so‘mlik sovrin jamg‘armasi; - universitetda o‘qish uchun ta’lim grantlari; - har bir ishtirokchiga sertifikat. Tanlovni baholashda Alibaba.com, IT Park, INNO Technopark, TOP CEO, Mentalaba.uz, “Raqamli san’at” ijodiy birlashmasi hamda Turkiya va Xitoy oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etadi. Ro‘yxatdan o‘tish - 11-oktabr, soat 23:59 gacha Final - 18-oktabr, Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti, Toshkent 👉 Ariza topshirish: @PitchDayAIFU_bot Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Edu.uz
143 521
#Sunʼiy_intellekt #Oʻquv_qoʻllanma Sun’iy intellekt va ta’lim amaliyoti: aniq fanlar nashri Sun’iy intellekt ta’lim jarayonini qanday o‘zgartirmoqda? Bugun sun’iy intellekt nafaqat texnologiya, balki ta’lim, fan va kasbiy faoliyatning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. 📘 Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi tomonidan tayyorlangan “Sun’iy intellekt va ta’lim amaliyoti: aniq fanlar” nashrida sun’iy intellektning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va zamonaviy imkoniyatlari izchil yoritilgan.
Qo‘llanmada: 🔹 sun’iy intellektning kelib chiqishi va asosiy tushunchalari; 🔹 sun’iy intellektning rivojlanish bosqichlari; 🔹 uning asosiy tarkibiy qismlari va ishlash tamoyillari; 🔹 katta til modellari va zamonaviy intellektual tizimlar; 🔹 umumiy va multimodal sun’iy intellekt; 🔹 sun’iy intellektning fanlararo xususiyati; 🔹 sun’iy intellektning ta’lim jarayoniga ta’siri kabi muhim masalalar qamrab olingan.
“Sun’iy intellekt va ta’lim amaliyoti: aniq fanlar” — sun’iy intellektni tushunish, uning rivojlanish tendensiyalarini anglash va kelajak ta’limiga tayyorgarlik ko‘rish uchun muhim manba. Qo‘llanmani itstudy.uz portali orqali o'qishingiz mumkin. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Edu.uz
143 521
O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlari “THE World University Rankings – 2027” reytingida yangi natijalarni qayd etmoqda Times Higher Education (THE) xalqaro reyting tashkiloti tomonidan “World University Rankings – 2027” reytingi e'lon qilindi. Mazkur reytingda dunyoning 118 ta mamlakatidan jami 2 297 ta oliy ta’lim tashkilotlari o‘rin egalladi. O‘zbekistondan jami 53 ta oliy ta’lim tashkiloti ishtirok etib, ulardan 7 tasi o‘rin egalladi. Qolgan 45 tasi ishtirokchi sifatida qayd etildi.
“THE World University Rankings – 2027” reytingida O‘zbekistonning 2 ta oliy ta’lim tashkiloti dunyoning TOP-1000 taligidan joy oldi. ▪️“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti — 551–600-o‘rinlar; ▪️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 651–700-o‘rinlar.
Ikki oliy ta’lim tashkilotining bir vaqtning o‘zida TOP-1000 talikdan o‘rin olgani O‘zbekistonda oliy ta’lim sifati, ilmiy salohiyat va xalqaro raqobatbardoshlikni oshirish borasidagi izchil islohotlarning muhim natijalaridan biridir.
📊 Shuningdek, reytingdan quyidagi OTTlar ham joy oldi: ▪️Toshkent davlat texnika universiteti — 1001–1200-o‘rinlar; ▪️ Toshkent davlat transport universiteti — 1001–1200-o‘rinlar; ▪️ O‘zbekiston Milliy universiteti — 1201–1400-o‘rinlar; ▪️ Samarqand davlat universiteti — 1201–1400-o‘rinlar; ▪️ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 1201–1400-o‘rinlar;
THE World University Rankings universitetlarning ta’lim, ilmiy tadqiqot, bilim transferi va xalqaro faoliyati kabi asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rsatkichlarini baholaydi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Edu.uz
143 521
Sun’iy intellekt va ta’lim amaliyoti: aniq fanlar nashri Bugun sun’iy intellekt nafaqat texnologiya, balki ta’lim, fan va kas
Sun’iy intellekt va ta’lim amaliyoti: aniq fanlar nashri Bugun sun’iy intellekt nafaqat texnologiya, balki ta’lim, fan va kasbiy faoliyatning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. 📘 Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi tomonidan tayyorlangan “Sun’iy intellekt va ta’lim amaliyoti: aniq fanlar” nashrida sun’iy intellektning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va zamonaviy imkoniyatlari izchil yoritilgan.
Qo‘llanmada: 🔹 sun’iy intellektning kelib chiqishi va asosiy tushunchalari; 🔹 sun’iy intellektning rivojlanish bosqichlari; 🔹 uning asosiy tarkibiy qismlari va ishlash tamoyillari; 🔹 katta til modellari va zamonaviy intellektual tizimlar; 🔹 umumiy va multimodal sun’iy intellekt; 🔹 sun’iy intellektning fanlararo xususiyati; 🔹 sun’iy intellektning ta’lim jarayoniga ta’siri kabi muhim masalalar qamrab olingan.
“Sun’iy intellekt va ta’lim amaliyoti: aniq fanlar” — sun’iy intellektni tushunish, uning rivojlanish tendensiyalarini anglash va kelajak ta’limiga tayyorgarlik ko‘rish uchun muhim manba. Qo‘llanmani itstudy.uz portali orqali o'qishingiz mumkin. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Edu.uz
143 521
#Mirziyoyev #taqdimot #talim #ilmfan Prezident Shavkat Mirziyoyev Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini tashkil etish hamda
+2
#Mirziyoyev #taqdimot #talim #ilmfan Prezident Shavkat Mirziyoyev Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini tashkil etish hamda ta’lim tizimining barcha bosqichlarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. ➖ maktabgacha ta’limdan tortib oliygohgacha bo‘lgan barcha bosqichlar yagona vertikal sifatida ishlaydi, takrorlanuvchi vazifalar qisqartirilib, hududiy bo‘g‘inlar mas’uliyati kuchaytiriladi hamda boshqaruv to‘liq raqamlashtiriladi; ➖ bog‘cha ta’limida bolalarning qiziqish va qobiliyatlari erta aniqlanadi, dastur va metodikalar yangilanib, tarbiyachilar malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi; ➖ maktab ta’limida darsliklar yangilanadi, pedagoglarga metodik yordam berishda sun’iy intellektdan foydalaniladi, ayrim maktablarda ingliz tilida o‘qitish tajribasi joriy etiladi hamda xususiy sektor ishtiroki kengaytiriladi; ➖ kasbiy ta’lim bo‘yicha dasturlar mehnat bozori talablariga moslashtiriladi, korxonalar bilan birgalikda dual ta’lim kengaytiriladi hamda xalqaro dasturlar joriy etiladi; ➖ oliy ta’limda universitetlar mustaqilligi kengaytiriladi, davlat aralashuvi kamaytirilib, rektorlarning natija uchun mas’uliyati oshiriladi hamda ta’lim ishlab chiqarish bilan yaqinlashtiriladi; ➖ ilm-fan sohasida ilmiy klasterlar tashkil etilib, ilmiy izlanishlar natijalari asosida yangi mahsulotlar va korxonalar yaratiladi. Prezident ta’lim jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanish zarurligini, har bir rektor o‘z oliygohining yaqin va o‘rta istiqboldagi aniq rivojlanish rejasiga ega bo‘lishi shartligini ta’kidladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Edu.uz
143 521
+7
#Turizm Sharqshunoslar Nanay qishlog‘ida Nanay qishlog‘i o‘zining betakror tog‘ manzaralari, musaffo tabiati, salqin iqlimi va osoyishta muhiti bilan sayyohlar uchun jozibador manzillardan biridir. Hudud tog‘ turizmi, ekoturizm, oilaviy dam olish, piyoda sayohat, gastronomik turizm, qishloq turizmi hamda mahalliy madaniyat bilan yaqindan tanishish uchun ham katta imkoniyatlarga ega. Toshkent davlat Sharqshunoslik universitetining bir guruh talabalari Yangiqoʻrgʻon tumanining diqqatga sazovor maskanlarida bo‘lib, turizm imkoniyatlarini mahalliy va xorijiy auditoriyaga tanishtirish maqsadida xitoy, yapon, tojik, koreys, arab va boshqa tillarda videoroliklar tayyorladi. 🌿 Nanay — tabiat, sayohat va osoyishtalik uyg‘unlashgan maskan! Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Edu.uz
143 521
▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️ 📣 DIQQAT! E'LON! 🏢 Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan iTEP hamda At-tanal Al-Arabi imtihonlari tashkil e
▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️ 📣 DIQQAT! E'LON! 🏢 Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan iTEP hamda At-tanal Al-Arabi imtihonlari tashkil etilmoqda 🗓 iTEP hamda At-tanal Al-Arabi imtihonlari 4-noyabr sanasida bo‘lib o‘tadi 📱 Ro‘yxatdan o‘tish: 🔗 https://registration.ilmiymarkaz.uz/ ⚠️ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2026-yil 2-noyabr soat 9:00 ga qadar 📍 Imtihon ushbu hududlar da tashkil etiladi:   🔸 Toshkent shahri 🔸 Namangan viloyati 🔸 Samarqand viloyati ☎️ Murojaat uchun: 🔹(95) 515-68-68 Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Edu.uz
143 521
O‘zbekistonlik talabalar xalqaro olimpiadada yuqori natijalarni qayd etdi 2026-yil 27-sentabr – 2-oktabr kunlari Rossiya Fede
+3
O‘zbekistonlik talabalar xalqaro olimpiadada yuqori natijalarni qayd etdi 2026-yil 27-sentabr – 2-oktabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Krasnoyarsk shahridagi Sibir federal universitetida VI Xalqaro moliyaviy xavfsizlik olimpiadasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur xalqaro olimpiadada O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlaridan 10 nafar talaba ishtirok etib, ularning 9 nafari g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 2-o‘rinni qayd etdi. Olimpiadada talabalar yurisprudensiya, xalqaro munosabatlar, iqtisodiy xavfsizlik va axborot xavfsizligi yo‘nalishlarida o‘z bilim va salohiyatlarini namoyish etishdi. O‘zbekistonlik talabalarni ushbu yuksak natija bilan muborakbod etamiz! Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Edu.uz
143 521
Talabalar turar joyidagi holat yuzasidan qoʻshimcha tushuntirish Ijtimoiy tarmoqlarda 300 nafar talaba talabalar turar joyidan chiqarib yuborilgani haqida tarqalgan xabar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Mazkur obyektda jami 138 nafar shaxs, shundan 94 nafari TDTU talabasi, 44 nafari boshqa taʼlim tashkilotlari talabalari va boshqa yashovchilar boʻlgan. Obyekt hali foydalanishga topshirilmagani, zarur hujjat va ruxsatlar rasmiylashtirilmagani sababli talabalar xavfsizligi taʼminlanishi uchun koʻchirildi. 94 nafar talaba 53–54-sonli talabalar turar joylariga joylashtirildi, qolganlar tegishli taʼlim tashkilotlariga qaytarildi. Obyekt oʻquv yili boshida vazirlik masʼullari tomonidan koʻzdan kechirilib, tadbirkor zarur ruxsatlar olinmaguncha talabalarni joylashtirmaslik boʻyicha ogohlantirilgan edi. Koʻchirish ishlari 20:00–22:00 oraligʻida amalga oshirildi, toʻlangan mablagʻlar 100 foiz qaytarildi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Edu.uz
143 521
Cyber University vakillari “Cyberkent 4.0” musobaqasida yuqori natijalarni qayd etdi “Cyberkent 4.0” musobaqasi Red Team, Blu
+9
Cyber University vakillari “Cyberkent 4.0” musobaqasida yuqori natijalarni qayd etdi “Cyberkent 4.0” musobaqasi Red Team, Blue Team, CTF Master, The AI Underworld hamda Attack Surface AI yo‘nalishlarida tashkil etildi. University talabalari kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida sovrinli o‘rinlarni egalladi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, universitetning RED TEAM CSU jamoasi CTF Master yo‘nalishida 1-o‘rin, Blue Team yo‘nalishida Admin jamoasi 3-o‘rinni egalladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Edu.uz
143 521
#Byurokratiyasiz_Oʻzbekiston 💳 Keraksiz hujjatlar va ortiqcha jarayonlarni qisqartirish orqali fuqarolar va tadbirkorlar uchun yanada qulay sharoit yaratish mumkin. 🌐“Byurokratiyasiz O‘zbekiston” jamoatchilik tashabbusi aynan fuqarolar va tadbirkorlar duch kelayotgan real muammolarni aniqlash hamda ularning amaliy yechimlarini topishga qaratilgan. ☑️Muammoni yozing. Yechim taklif qiling. Islohotlarga hissa qo‘shing! ☑️Takliflaringizni murojaat.byurokratiyasiz2030.uz platformasida kutib qolamiz. 🚀“Byurokratiyasiz O‘zbekiston” jamoatchilik tashabbusi! Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Edu.uz
143 521
😍 SUN’IY INTELLEKT VA TA’LIM AMALIYOTI: GUMANITAR FANLAR NASHRI Sun’iy intellektning imkoniyatlari va chegaralarini qanday anglash mumkin? Bugun sun’iy intellekt jamiyatning turli sohalarida, xususan, ta’lim va ilm-fan jarayonlarida keng qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalardan biriga aylanmoqda. Uni to‘g‘ri anglash, imkoniyatlari va cheklovlarini bilish zamonaviy bilim va ko‘nikmalarning muhim qismidir. Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi tomonidan tayyorlangan “Sun’iy intellekt va ta’lim amaliyoti: gumanitar fanlar” o'quv qo'llanmasida sun’iy intellektning asosiy tushunchalari, rivojlanish yo‘nalishlari va ta’limdagi imkoniyatlari izchil yoritilgan.
Qo’llanmada: 🔹 sun’iy intellektning asosiy tushunchalari va xususiyatlari; 🔹 kuchli va zaif sun’iy intellekt o‘rtasidagi farqlar; 🔹 umumiy va maxsus sun’iy intellekt tushunchalari; 🔹 inson intellekti va mashina intellektining o‘ziga xos jihatlari; 🔹 sun’iy intellektning ishlash tamoyillari; 🔹 chuqur o‘qitish texnologiyasining ichki mantig‘i; 🔹 multimodal sun’iy intellekt va uning muammolari; 🔹 zamonaviy sun’iy intellektning imkoniyatlari va chegaralari kabi muhim masalalar qamrab olingan.
Mazkur qo'llanma orqali talabalar sun’iy intellektning ilmiy asoslarini tushunish, uning imkoniyatlarini to‘g‘ri baholash hamda texnologiya haqidagi turli qarashlarni tanqidiy tahlil qilish bo‘yicha zarur bilimlarga ega bo‘ladilar. “Sun’iy intellekt va ta’lim amaliyoti: gumanitar fanlar” — sun’iy intellektni tushunish, uning imkoniyatlari va chegaralarini anglash hamda ta’limning zamonaviy tendensiyalarini o‘zlashtirish uchun muhim manba. Qo'llanmani itstudy.uz portali orqali o‘qishingiz mumkin. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Edu.uz
143 521
#Tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga asosan Sharipov Kongratbay Avezimbetovich Tos
#Tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga asosan Sharipov Kongratbay Avezimbetovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi. Vazirlik jamoasi Kongratbay Avezimbetovichga yangi vazifasida ulkan zafarlar hamda faoliyatida yangi yutuqlar tilaydi! Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Edu.uz
143 521
Rasmiy munosabat Hali foydalanishga rasman topshirilmagan talabalar turar joyiga joylashtirilgan talabalar boshqa talabalar t
Rasmiy munosabat Hali foydalanishga rasman topshirilmagan talabalar turar joyiga joylashtirilgan talabalar boshqa talabalar turar joylariga koʻchirildi Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent davlat texnika universiteti talabalari talabalar turar joyidan chiqarib yuborilgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu xabarlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz. Toshkent shahri Talabalar shaharchasida Toshkent davlat texnika universiteti tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan talabalar turar joyi hozircha rasman foydalanishga topshirilmagan. Mazkur obyektning kadastr hujjatlari hali rasmiylashtirilmagan hamda undan foydalanish uchun zarur tegishli ruxsatlar olinmagan. Shu sababli obyektga talabalarni rasmiy tartibda joylashtirish imkoni mavjud emas.
Amaldagi tartibga koʻra, talabalar turar joyiga joylashish uchun talaba Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali ariza topshiradi hamda belgilangan tartibda yoʻllanma olganidan soʻng turar joyga joylashtiriladi. Biroq tadbirkor tomonidan mazkur obyektda ayrim talabalar belgilangan tartibga rioya etilmagan holda, tegishli yoʻllanmasiz joylashtirilgani aniqlandi. Shuningdek, Toshkent davlat texnika universitetiga tegishli boʻlmagan boshqa oliy taʼlim tashkilotlari talabalarining ham ushbu obyektga joylashtirilgan holatlari kuzatilgan. Mazkur holat aniqlangach, talabalarning xavfsizligi va ular uchun zarur sharoitlarni taʼminlash maqsadida barcha talabalar obyektdan chiqarilib, Toshkent davlat texnika universitetining mavjud boʻsh talabalar turar joylariga vaqtincha joylashtirildi. Boshqa oliy taʼlim tashkilotlari talabalari esa tegishli masʼullar orqali oʻz taʼlim tashkilotlariga qaytarildi. Xorijiy talabalarni ham tegishli ruxsat hujjatlarisiz, foydalanishga rasman topshirilmagan obyektda joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Shu bois ular ham xavfsizlik choralari doirasida mazkur obyektdan chiqarildi. Ayni paytda talabalar turar joyining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va undan foydalanish uchun zarur ruxsatlarni olish boʻyicha ishlar davom etmoqda. Shuningdek, obyektda issiq suv va isitish tizimlari hali toʻliq ishga tushirilmagan. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, mazkur obyektning rasmiy ochilish marosimi ham hali oʻtkazilmagan. Qurilish ishlari belgilangan muddatda toʻliq yakunlanmagani sababli avgust oyida hududlarda oʻtkazilgan ochilish tadbirlari doirasida ushbu obyektdan foydalanish boshlanmagan. Barcha zarur hujjatlar rasmiylashtirilib, tegishli ruxsatlar olingach, obyekt belgilangan tartibda foydalanishga topshiriladi va talabalarni joylashtirish amaldagi tartib asosida amalga oshiriladi. Shu bilan birga, mazkur obyektga avval joylashtirilgan talabalardan undirilgan toʻlovlar tadbirkor tomonidan toʻliq, yaʼni 100 foiz miqdorida qaytarib berildi.
Taʼkidlash joizki, talabalarning mazkur obyektga belgilangan tartibdga rioya etmagan holda tadbirkor tomonidan joylashtirilgani haqida universitet ham, vazirlik ham oldindan xabardor boʻlmagan. Holat aniqlanganidan soʻng talabalarning xavfsizligi va qonuniy manfaatlarini taʼminlash maqsadida tegishli choralar koʻrildi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Edu.uz
143 521
#brifing Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida III chorak yakunlari 2026-yilning III choragida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ta’lim sifatini oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, talabalar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ilmiy salohiyatni rivojlantirish borasida qator muhim natijalarga erishildi.
🔹 Bugungi kunda mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida 1,8 milliondan ziyod talaba tahsil olmoqda. 🔹 III chorak davomida “Ijro.gov.uz” tizimi orqali vazirlikka 411 ta hujjat kelib tushib, ularda 872 ta topshiriq belgilandi. 🔹 9 ta oliygohning 98 ta ta’lim dasturi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi. 🔹 “QS World University Rankings by Subject 2026” reytingida O‘zbekistonning 7 ta oliygohi 12 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha TOP-1000 talikdan joy oldi. 🔹 Joriy yilning 9 oyida sohaga 69,7 mln dollar xorijiy investitsiya o‘zlashtirildi, ta’lim xizmatlari eksporti esa 36,9 mln dollarni tashkil etdi. 🔹 “Kelajakka qadam” dasturi doirasida 880 dan ortiq karera kuni va 1 660 dan ortiq workshop tashkil etildi. 🔹 7 ming nafar bitiruvchining biznes g‘oyalari imtiyozli moliyalashtirilib, ularga 619,7 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi. 🔹 Talabalar ishtirokida 35 800 ta ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbiri o‘tkazildi. 🔹 4 300 nafardan ortiq professor-o‘qituvchi xorijda malaka oshirish va stajirovkaga yuborildi. 🔹 Ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 149 ta fundamental va 599 ta amaliy tadqiqot loyihasi moliyalashtirildi. 🔹 Aholiga ko‘rsatilayotgan elektron davlat xizmatlarini kengaytirish maqsadida 7 ta yangi davlat xizmati joriy etildi.
🎥 Batafsil — videoda. Matnli o‘qish. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

Edu.uz
143 521
Gazlashmagan hududlarda elektr energiyasi bo‘yicha bazaviy me’yor 350 kVt/soatgacha oshiriladi Prezident Shavkat Mirziyoyev k
Gazlashmagan hududlarda elektr energiyasi bo‘yicha bazaviy me’yor 350 kVt/soatgacha oshiriladi Prezident Shavkat Mirziyoyev kuz-qish mavsumida aholini, ayniqsa, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
✅ Taqdimotda elektr energiyasi, gaz, ko‘mir va kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarda amaldagi qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Xususan, isitish mavsumida gazlashmagan hamda gaz yetib bormagan hududlarda elektr energiyasi bo‘yicha bazaviy me’yorni 200 kilovatt-soatdan 350 kilovatt-soatga oshirish taklifi ma’qullandi. Shuningdek, dekabr oyida ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam ajratish masalasini ko‘rib chiqish taklif qilindi. Bundan tashqari, Ijtimoiy reyestrga kirmagan ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash qamrovini kengaytirish, elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’mol xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi. Natijada qo‘llab-quvvatlash yana 166 ming oilaga kengayishi, ushbu yordamdan bir yil davomida 470 ming oila foydalanishi nazarda tutilmoqda. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram