Bookerberg
Open in Telegram
📚 Kitoblar haqida fikrlar, taqrizlar, loyihalar... ▶️ YouTube: https://www.youtube.com/@Bibliotubeuz Bog'lanish uchun: @Afterway
Show more2 872
Subscribers
-124 hours
-147 days
+28830 days
Data loading in progress...
Similar Channels
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+18
in 1 channels
August '26
+503
in 13 channels
Get PRO
July '26
+88
in 0 channels
Get PRO
June '26
+66
in 0 channels
Get PRO
May '26
+86
in 1 channels
Get PRO
April '26
+79
in 2 channels
Get PRO
March '26
+66
in 3 channels
Get PRO
February '26
+58
in 1 channels
Get PRO
January '26
+69
in 9 channels
Get PRO
December '25
+55
in 8 channels
Get PRO
November '25
+156
in 15 channels
Get PRO
October '25
+121
in 2 channels
Get PRO
September '25
+61
in 1 channels
Get PRO
August '25
+181
in 2 channels
Get PRO
July '25
+40
in 1 channels
Get PRO
June '25
+168
in 2 channels
Get PRO
May '25
+291
in 1 channels
Get PRO
April '25
+44
in 2 channels
Get PRO
March '25
+390
in 5 channels
Get PRO
February '25
+3 170
in 38 channels
Get PRO
January '25
+495
in 5 channels
Get PRO
December '24
+228
in 4 channels
Get PRO
November '24
+362
in 27 channels
Get PRO
October '24
+437
in 10 channels
Get PRO
September '24
+128
in 2 channels
Get PRO
August '24
+291
in 22 channels
Get PRO
July '24
+293
in 20 channels
Get PRO
June '24
+271
in 8 channels
Get PRO
May '24
+432
in 31 channels
Get PRO
April '24
+59
in 6 channels
Get PRO
March '24
+147
in 22 channels
Get PRO
February '24
+109
in 0 channels
Get PRO
January '24
+395
in 25 channels
Get PRO
December '23
+383
in 8 channels
Get PRO
November '23
+305
in 24 channels
Get PRO
October '23
+267
in 4 channels
Get PRO
September '23
+58
in 0 channels
Get PRO
August '23
+425
in 0 channels
Get PRO
July '23
+81
in 0 channels
Get PRO
June '23
+267
in 0 channels
Get PRO
May '23
+205
in 0 channels
Get PRO
April '23
+266
in 0 channels
Get PRO
March '23
+296
in 0 channels
Get PRO
February '23
+373
in 0 channels
Get PRO
January '23
+149
in 0 channels
Get PRO
December '22
+239
in 0 channels
Get PRO
November '22
+114
in 0 channels
Get PRO
October '22
+222
in 0 channels
Get PRO
September '22
+55
in 0 channels
Get PRO
August '22
+199
in 0 channels
Get PRO
July '22
+144
in 0 channels
Get PRO
June '22
+64
in 0 channels
Get PRO
May '22
+461
in 0 channels
Get PRO
April '22
+178
in 0 channels
Get PRO
March '22
+102
in 0 channels
Get PRO
February '22
+48
in 0 channels
Get PRO
January '22
+114
in 0 channels
Get PRO
December '21
+523
in 0 channels
Get PRO
November '21
+111
in 0 channels
Get PRO
October '21
+88
in 0 channels
Get PRO
September '21
+58
in 0 channels
Get PRO
August '21
+29
in 0 channels
Get PRO
July '21
+26
in 0 channels
Get PRO
June '21
+68
in 0 channels
Get PRO
May '21
+60
in 0 channels
Get PRO
April '21
+52
in 0 channels
Get PRO
March '21
+202
in 0 channels
Get PRO
February '21
+68
in 0 channels
Get PRO
January '21
+437
in 0 channels
Get PRO
December '20
+1 162
in 0 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 08 September | 0 | |||
| 07 September | +3 | |||
| 06 September | +5 | |||
| 05 September | +1 | |||
| 04 September | 0 | |||
| 03 September | +4 | |||
| 02 September | +4 | |||
| 01 September | +1 |
Channel Posts
Shu kunlarda Ayn Rendning "Источник" (The Fountainhead) asarini o'qiyapman. Menga yoqyapti.
Uzunroq qilib aytadigan bo'lsam, Ayn Rend asarlaridagi qahramonlar xarakteri va ularning fikrlash tarzi shunday qiziqki, yozuvchining qobiliyatiga qoyil qolmasdan iloj yo'q. "Atlant qaddini rostladi" (Atlas Shrugged) asaridayoq shuni his qilgandimki, Ayn Rend ishbilarmon qatlamni juda yaxshi bilgan, har sohada o'z ishining ustalari bilan yonma-yon yashagan, tanish bo'lgan deb o'ylayman. Masalan, "Источник"da u arxitektorlar haqida hikoya qilgan. Asardagi asosiy qahramonlar Piter Kiting va Govard Rork — ikkalasidan ham nimalarnidir o'rgansa bo'ladi. Ayniqsa, Rorkning o'z kasbini qanchalar sevishi, o'z ideallaridan voz kechmasdan, qashshoqlikda hayot kechirishga ham rozi bo'lgani, sizda qandaydir hurmat uyg'otadi.
Asarni hali o'qib tugatganim yo'q. Lekin shu Rork oxirida nimagadir erishadimi yoki shu ahvolida qolib ketadimi degan savol aylanyapti menda. O'qiganlar bo'lsa, spoyler qilmay turasizlar. Tugatgach, yangi fikrlar bilan qaytaman.
Bu asarni o'qiganlar bo'lsa — 🔥 qoldiringlar. Bilaychi, kanal kuzatuvchilari orasida muhokama qilish uchun odam topilarmikan.
@Bookerberg
| 2 | Yangi Asr Avlodi nashriyoti "Odisseya"ni nashr qilyapti ekan.
Kitob yaxshi sotilsa kerak. Avvalroq Nolanning ushbu asar ekranizatsiyasidan keyin butun dunyoda uning sotuvi keskin oshganligi haqida yozgan edim. Nihoyat "Odisseya" o'zbek tilida ham qayta nashr qilinmoqda.
@Bookerberg | 815 |
| 3 | "Agar siz o'zingiz o'qigan har bir narsaga ishonaversangiz, o'qimaganingiz yaxshi".
Yapon maqoli
Har qachongidan ham dolzarbroq fikr ekan. Kitoblarni aslida fikrlash uchun o'qishimiz kerak, ulardagi barcha yozilganlarga ishonish uchun emas. Masalan, siz qaysidir yozuvchining 80% fikrlarini inkor qilishingiz, ammo o'zingiz uchun yangi ma'lumot olishingiz yoki shunchaki uning fikrlarini tahlil qilish orqali tiniqroq fikrlashni o'rganishingiz mumkin. Afsuski, ko'pchiligimiz kitoblarda yozilgan narsalarni haqiqat deb qabul qilamiz.
@Bookerberg | 796 |
| 4 | Darvoqe, tarjimonlik sohasiga qiziqayotganlar va shu sohaga kiraman deb niyat qilganlar uchun: sentyabr oyida boshqa tarjimonlar bilan birgalikda kurs tashkil qilinyapti. Unda har bir tarjimon bittadan ma'ruza o'qiydi, tajribaga ega bo'lishingiz uchun topshiriqlar beradi.
Topshiringlar) | 772 |
| 5 | Ha, qozon qaynatsa bo'ladi. Lekin doimiy daromad bo'lishi uchun biror nashriyotga ishga kirgan ma'qul. Bir xil oylik ta'minlanadi. Agar mustaqil, buyurtma asosida ishlayman desangiz, biroz qiynalib qolishingiz mumkin. Chunki buyurtmalar doim ham bo'lavermaydi. Farqi — buyurtma asosida ishlaganda, siz yaxshiroq summada gonorar olishingiz mumkin, lekin bu stabil bo'lmaydi. Nashriyotda ishlasangiz, maosh u qadar katta bo'lmasligi mumkin, lekin bu doimiy bo'ladi.
Tarjiba to'plab, shaxsiy brendingiz ustida ishlasangiz — sizni ko'pchilik taniy boshlasa, buyurtmalar ham oshadi, bu holatda mustaqil ishlashni boshlasangiz ham bo'ladi. Bundan tashqari, o'zimning misolimda aytadigan bo'lsam, men faqatgina kitoblar tarjimasi bilan emas, turli saytlar uchun gonorar evaziga maqolalar ham tarjima qilib beraman. Bunda, albatta, mening qachonlardir turli saytlarda ishlab, ko'pchilik tanish orttirganim ham rol o'ynagan.
Xullas, faoliyatingizning boshida pulingiz kam, vaqtingiz ko'p bo'ladi. Lekin hammasini to'g'ri qilsangiz, vaqti kelib, ish va buyurtmalar ko'p, pul ham yetarli, ammo bo'sh vaqtingiz kam bo'ladi.
@Bookerberg | 624 |
| 6 | Mayli, bu savollar ozgina farq qilarkan. Javob beraman.
Bir kanal ochib, o'z tarjimalaringizni o'sha yerda ulashib boring. Nashriyotlarga taklif bilan chiqqaningizda, shu kanalni portfolio sifatida ko'rsatasiz. Mening ham nashriyotlar bilan ishlab keta olishimda, buyurtmalar olishimda mana shu blogim katta rol o'ynagan.
Maslahatim, kichik qadamlardan boshlang. Menga o'xshab birdaniga kaaatta kitoblarni boshlamang. Ham o'zingizni qiynaysiz, ham tarjimonlikdan ko'nglingiz qolishi mumkin. Kichik narsalar tarjimasidan boshlasangiz, ancha moslashasiz.
Lekin qanday xatolar qilgansiz degan savolingizga javobim ham yuqoridagi masalaga bog'liq: birinchi tarjimamga murakkab va katta kitobni olganim — bir tomondan mening xatoyim, yana bir tomondan meni qisqa vaqt ichida yaxshigina "pishirgan" (xuddi olov g'isht olovda pishishi kabi). Shu jihatdan ayta olamanki, mening xatolarim, hozirgi darajamni keltirib chiqargan.
Demak, odam yaxshigina "pishishi" uchun o'zini o'tga tashlashi kerakmi yoki kichik qadamlar bilan o'sgani yaxshimi degan savol tug'iladi. Bunga aniq javob berishim qiyin. O'zimda birinchi holatdagidek bo'lgan, lekin o'z yo'limni maslahat bermayman.
@Bookerberg | 500 |
| 7 | Tarjima sohasi va unga kirish, nimadan boshlash haqida ko'plab savollar yuborilgan ekan botga. Uzr, har biriga javob berib o'tirmadim, chunki bu bo'yicha bir-ikkita savollarga javoblarimni kanalda e'lon qildim va savollar mazmunan bir xil bo'lgani uchun shu postlarni javob sifatida qabul qilasizlar deb umid qilaman.
@Bookerberg | 435 |
| 8 | Men tarjima qilgan asarlar bilan mana bu ro'yxat orqali tanishishingiz mumkin. E'tibor uchun katta rahmat.
https://t.me/bookerberg/2155
@Bookerberg | 524 |
| 9 | Albatta, hech narsa asliyatga teng kelolmaydi. Oddiy misolda tushuntiraman: deylik, siz ikki tilda gaplasha olasiz, o'zbek va ingliz. Siz o'zbek tilida gapirayotganda o'zingizni bir shaxs sifatida his qilsangiz, ingliz tilida gapirayotganda boshqa shaxs sifatida his qilishingiz mumkin. Chunki til, qaysidir ma'noda, tafakkurni shakllantiradi. Tilning qanday ekanligi, uning xususiyatlari, undagi ifodalarning aniqlik darajasi sizning shu til ta'sirida qanday fikrlashingizni belgilab beradi.
Shu nuqtai nazardan, tarjimalar original tildagi matn beradigan barcha narsani 100% yetkazib bera olmaydi. Bu ayniqsa badiiy asarlarda o'z aksini topadi. Lekin g'oyalarni, mazmunni to'liq yetkazib berishga harakat qilish orqali, originalnikiga yaqin qilib tarjima qilish mumkin — ammo 100% bir xil bo'lmaydi. Chunki har bir tilning o'ziga xosligi, xususiyatlari bor.
Bundan tashqari, inson faktorini ham hisobga olish lozim. Ikki kishi bir xil kartinaga qarab turib, ikki xil narsani ko'rishi mumkin. Matnlarda ham, asosan, tagma'no yotadigan joylarida shunday holatlar bo'lishi mumkin. Tarjimon ba'zan yozuvchining nozik ifodalarini, so'z o'yinlarini tushunmasligi mumkin. Lekin buning teskari bo'ladigan holatlar ham yo'q emas. Ba'zi asarlar tarjimasi shunday bo'ladiki, ikkala tilni ham biladigan odam tarjimaning hatto originalidan ham yuqori darajaga olib chiqilganligini ayishi mumkin. Bu albatta, tarjimonning mahoratiga bog'liq. Chunki tarjimon qaysidir ma'no asarni qaytadan yozadi. Uni o'qib turib, hazm qilib, o'z prizmasidan o'tkazib, keyin o'zbekcha so'zlarda uni ifoda etishga kirishadi. Bu qayta yozish bo'lmay nima?)
Xo'sh, bundan tashqari, har bir tilning o'ziga xosligi bor degan gapimga bitta misol keltirsam: biz "qor odam" deb ataydigan mavjudotni inglizlar "bigfoot" deb ataydi. Qarang, biz uning tasavvurimizdagi obrazi, sovuq joyda yashashi yoki oq junli ekanligini hisobga olib, shunday atasak, inglizlar u qoldirgan izlardan kelib chiqib nomlashgan. Xuddi shu tariqa, turli tillardagi turli so'zlarning kelib chiqishi, mutlaqo har xil kelib chiqishga (garchi bir xil predmet bo'lsa-da), turli xil tafakkurga asoslanishi mumkin. So'zlarning mana shunday jihatlari, ba'zan sizning fikrlash chegarangizni oldindan belgilab berishi mumkin ("1984" asarida har yili e'lon qilinadigan lug'atlarni eslang). Mana nega doimo til o'rganish kerakligi aytiladi. Bu ko'pincha shu tilda so'zlasha olish uchun emas, har xil yo'nalishda, har xil tekislikda fikrlay olish uchun kerak.
Shu jihatdan, bemalol aytsak bo'ladiki, hech bir asarning tarjimasi 100% asliyatidagidek mazmun yoki his-tuyg'ularni yetkazib bera olmasligi mumkin. Lekin bu — til bilmaydigan odamlar xorijiy tillardagi asarlardan bahramand bo'la olmasligi kerakligini anglatmaydi. Aynan shuning uchun ham tarjimachilik hali ham tirik. | 539 |
| 10 | Tarjimonlik sohasida eng muhimi — mustaqil izlana olish, mustaqil o'rgana olish ko'nikmasi. Biror bir notanish so'z, atama, ibora, ideoma yoki birikmaga duch kelganda, siz shuni chuqur o'rganib, tushuna oladigan darajada bo'lishingiz kerak. Albatta, hamma narsa birdaniga bo'lib qolmaydi, ko'nikmalarni tajriba asosida shakllantirib boraverasiz.
Bundan tashqari, shuni ham aytishim kerakki, ko'pchilik odamlar — kitob tarjimasi deganda xorijiy tilni yaxshi bilishni tushunishadi. Lekin bu yerda xorijiy tildan (qaysi tildan tarjima qilinayotgan bo'lsa, o'sha til bo'yicha bilimlar) ko'ra, tarjima qilinayotgan til (bizni holatimizda o'zbek tili) ko'proq muhim. Deylik, ingliz tilini zo'r bilsangiz, kitobdagi jumlalarni juda yaxshi tushunayotgan bo'lsangiz-u, lekin o'sha g'oyani tiniq ifoda etish uchun o'zbek tilida so'zlar topa olmasangiz, sizning tarjimangiz no' | 496 |
| 11 | Og'ir masala. Afsuski, bizda ko'pchilik kitob o'qiydigan ayolning butun bir oilaga qanchalik manfaat keltirishini tushunmaydi. Chunki umumiy olib qaraganda, kitobxon millat emasmiz.
Uyda farzand ko'p vaqtini onasi bilan o'tkazadi (mustasno holatlar bo'lishi mumkin, ammo tasavvurimizdagi klassik o'zbek oilalarida shunday) — ona kitob o'qisa, bola ham o'qiydi. Ona aqlli bo'lsa, bola ham aqlli bo'ladi. Afsuski, ko'p oilalardagi ayollarga bo'lgan munosabat odamni g'ashini keltiradi. Qaysi jihatdan, aynan kognitiv tomonlama ayollar va qizlarning bilim olishga bo'lgan ehtiyoji ancha keyingi o'rinlarga qo'yiladi... Shunday narsalarni tushunadigan oilalar, erkaklar ko'paysin deb qolamiz, boshqa nimayam derdim.
Avvalambor, anonim kuzatuvchi, sizga e'tirof uchun rahmat. Kanalda u bir paytlar yozilgan "Tuxum" (Endi Veyr) hikoyasini o'qigan ekansiz, demak anchadan beri shu yerda ekansiz. Kitob o'qishga bo'lgan xohishingizni, intilishingizni hurmat qilaman. Ehtimol, tarjimonlik yoki muharrirlikka qiziqsangiz, uydan turib ishlab shu sohadan daromad olish variantini o'ylab ko'ring. Agar menga qiziq desangiz, sohaga kirib olishingizga yordamlashishim mumkin. | 618 |
| 12 | O'ylashimcha, hammamiz ertak kitoblardan boshlaganmiz. Mayli, buni va darslilarni hisobga olmasak, men o'qigan kattaroq hajmdagi ilk kitob — Xudoyberdi To'xtaboyevning "Qasoskorning oltin boshi" kitobi bo'lgan. Namoz Pirimqul o'g'li haqida yozilgan. Adashmasam, 8-sinf edim, 14-yanvar kuni onam sovg'a qilgandilar. Ungacha ham o'qigandirman, lekin aynan shunisi esimda qolgan ekan. | 522 |
| 13 | Urganchdan | 378 |
| 14 | Vau! Katta rahmat e'tirof uchun.
Blogni avvaldan kuzatib kelgan insonlarning kanalni qidirishi, qaytishi doimo meni quvontiradi. Yaxshi kontentlar qilishim uchun ilhom beradi.
Kim ekanligingizni bilmayman, lekin meni hayotda ham ko'rgansiz deb o'yladim. Rahmat. Siz ham baxtli bo'ling) | 586 |
| 15 | To'g'risi, hech sanamaganman. Hozir shu savoldan keyin ham sanab chiqishga erinaman uyimdagi kitoblarni. O'qigan kitoblarimni ham hech qachon sanamagan ekanman. Chunki bu ishdan hech ma'no ko'rmaganman. | 570 |
| 16 | Albatta... Bu 'Black Swan' ("Qora Oqqush"). Nega?
Chunki Talebning kitoblari orasida aynan shunisini birinchi o'qiganman. Ana undan keyingina boshqa kitoblarini o'qidim. Uning kitoblaridagi g'oyalar bir-biriga yaqin — va birinchi taassurot eng muhimi. Va shu taassurotni aynan mana shu kitobdan olganman.
Heh, albatta, bu kitobning men uchun qadrli ekanligini boshqa, sizlar biladigan sababi ham bor. Bu men tarjima qilgan ilk kitob edi. Debyut tarjima uchun Talebni tanlash ahmoqlik edi. Lekin men yosh va tajribasiz edim. Hozir, ortga qarab, qilgan xatolarimni ko'ra olaman. Hozirgi tajribam bilan ancha sifatli tarjima qila olgan bo'lardim, lekin shu kitob tarjimasi uchun ham ko'pchilikdan rahmat eshitdim. Chunki odamlar o'qib shu kitobdan nimadir olishgan, yangi g'oyalar, o'zgacha dunyoqarashga ega bo'lishdi. Demak, tarjimam u qadar rasvo bo'lmagan ekan.
Albatta, meni yetarlicha tanqid qilishmaganiga boshqa yana bir sabab bor — "Qora Oqqush"dan oldin "Tasodifga aldanganlar" kitobi chiqdi — va uning tarjimasi, o'qib hech narsani tushunib bo'lmaydigan darajada bo'lganki, bu qaysidir ma'noda, meni foydamga ishlagan.
Xullas, "Qora Oqqush" kitobi men uchun alohida qadrli. Aynan shu kitobdan keyin o'zimni chinakamiga qandaydir iz qoldirgandek his qilganman. Agar bu faktni olib tashlasak, bu kitobni Talebning kitoblari orasida eng zo'ri degan bo'larmidim, buni bilmayman. Lekin aniq ayta olamanki — kitobning g'oyasi chinakamiga 'mindchanging' (inglizcha so'z ishlatganim uchun uzr so'rayman). | 552 |
| 17 | Maslahat beraman. Faqat hammasi, u qanday nashriyot ekanligiga, sizning bilim darajangizga, bu kasbni qanchalik yaxshi ko'rishingiz yoki tajriba yig'ish mashaqqatiga qanchalik tayyor ekanligingizga bog'liq. Agar siz hamma narsani mustaqil o'rgana olaman deb hisoblasangiz, sizda shunday ko'nikma bo'lsa — 1-2 yilda yaxshi kadrga aylanishingiz mumkin.
Va, shunga ham tayyor bo'lingki, bu sohaga bir kirib, o'rganib olsangiz — undan chiqib keta olmaysiz. Taqdiringizni butun umrga kitoblar bilan bog'lashga, ba'zan mehnatingizga yarasha bo'lmagan haq olishga tayyormisiz? Shudir masala. | 522 |
| 18 | Logical fallacy (mantiqiy xatoliklar) bo'yicha, albatta, birinchi navbatda Talebning, Kanemanning kitoblarini tavsiya qilaman. Ko'pchilik Kanemanning eng mashhur asari — "Thinking Fast and Slow"ni biladi, lekin "Noise" ("Shovqin") asari haqida unchalik bilishmaydi. Lekin bu asari ham darajasi, fiklashni o'zgartirishi borasida "Thinking Fast and Slow"dan qolishmaydi.
Bulardan tashqari, siz aytgan sohalar bo'yicha Richard Taler, Leonard Mlodinov mualliflarning asarlarini tavsiya qilaman. Shuningdek, Hans Roslingning "Factfulness", Carol Dweckning "Mindset", Rolf Dobellining "The Art of Thinking Clearly" asarlarini o'qishni qattiq maslahat beraman.
Yuqorida sanab o'tilgan mualliflar aynan murakkab g'oyalar haqida oddiy va tushunarliroq tilda kitoblar yozishgan. Ya'ni faqat olimlar, talabalar yoki tadqiqotchilar uchun emas, keng omma uchun yozilgan. Bundan tashqari o'yinlar nazariyasi haqida ham yozilgan ommabop kitoblardan o'qishni tavsiya qilaman, bu ham dunyoqarashni yaxshigina kengaytiradi. Masalan, Avinash Dixit va Barry Nalebuffning "The Art of Strategy" asari shunday kitoblardan. | 545 |
| 19 | Aynan mana shu asari haqida gapirib berishgandi, bir-ikki bookloger o'rtoqlarim. Sveyg ijodining muxlislari men o'ylagandan ko'proq ekan. | 504 |
| 20 | Ochig'i, Sveygning asarlarini o'qimaganman. Lekin "Shaxmat novellasi"ni o'qish niyatim bor. O'qigan tanishlarim maqtashgan | 568 |
