cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Bookerberg

Birgalikda o'qiymiz 📚 Читаем вместе 📖 ✏️ Murojaat uchun: @Afterway 📌 Instagram: clck.ru/R7tBJ 📌 Facebook: fb.com/Bookerberg.uz Muallif shaxsiy blogi: @theperfectionist 🎧 Playlist: @Musicberg

Більше
Рекламні дописи
2 505
Підписники
+13224 години
+1457 днів
+5130 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

9🔥 4❤‍🔥 3👍 1
👍 6❤‍🔥 3 3 1🆒 1
Huuuv o'sha 2020-yilda shunday kartochkalar qilgan ekanman. Qaysidir kitobda biror jumla, gap e'tiborimni tortsa, o'zbekchaga tarjima qilib, shunday kartochka yasardim. O'zimni esimdan chiqib ketgan yaxshi gaplar bor ekan. @Bookerberg
Показати все...
Hozir endi audiokitoblar kechqurun uxlash (yoki uxlatish) uchun yaxshi metodga aylangan men uchun. Rostan ham audiokitobni eshitgim kelsa ko'chaga chiqadigan bo'lganman. Yoki qayergadir ketayotganda yo'l-yo'lakay eshitib ketaman. Ba'zan ko'chaga sayrga chiqishimga sababchi bo'ladi. @Bookerberg
Показати все...
👍 9 4 2
Repost from Bookerberg
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Показати все...
😁 24👍 3💯 2
Hech o'zingiz bir necha yil oldin yozgan postlar, maqolalar, hikoya yoki istalgan bir turdagi matnlarni o'qib ko'rganmisiz? Odatda nimalarni his qilasiz? Men masalan avvallari ijtimoiy tarmoqlarda yozgan qisqa postlarimni ko'rsam, oldinlari ancha quvnoq bo'lgan ekanman deb o'ylab qolaman. @Bookerberg
Показати все...
😁 10 4👍 2🔥 2🌚 1
Telegram'ning o'zbekzabon segmentidagi adabiyot, kitoblar, san'at, ilm-fan va boshqa sohalaridagi eng faol blogerlarning sahifalarini bir joyga saralab to'pladik. Siz bu sahifalardan yangi bilimlar, qiziqarli faktlar va kitob haqida qiziqarli tahlillarni topishingiz mumkin. Ro'yxatdagi barcha sahifalar bitta havolaga jamlangan. Uni bosib, istaganingizga yoki barcha sahifalarga a'zo bo'lishingiz mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda ko'p vaqt o'tkazsangiz, bu sahifalar sizning vaqtingizni foydali, mazmunli va samarali o'tishiga yordam beradi. https://t.me/addlist/LNJ9I8bQEeFlYTdi
Показати все...
❤‍🔥 5 4 2
Inson hech qachon o'zgarmaydi (2/2) Ammo ikki oy o'tgach Govard tinmasdan unga telefon qilishni va nima qilish kerakligini o'rgata boshlaydi. Charlz o'zining qaroridan pushaymon bo'la boshlaydi. Ammo u ishga jiddiy kirishgan edi, yarmida tashlab ketishni xohlamaydi. AQSh HH kuchlari buyurtmasi ustida ishlashda davom etadi. Ammo Govardning kompaniyasida barcha aloqalar shunchalik sust yo'lga qo'yilgan ediki, urush tugaydigan paytda kompaniya bitta ham samolyot ishlab chiqarmagan edi. Oxir oqibat, Harbiy havo kuchlari shunchaki shartnomani bekor qiladi. Charlzni ham ushlab turadigan narsa qolmaydi, u ham ketadi. 1948-yilda o'sha vaqtdagi Gollivudning eng muvaffaqiyatli kinostudiyalaridan biri RKO Pictures`ning rahbari kompaniyani sotishini e'lon qildi. Anchadan beri Gollivudni egallashni xohlayotgan Govard darhol bu kompaniyani sotib oladi. Kompaniyada birdan sarosima boshlanadi. RKO Pictures`ning top-menejerlari uni tark etishga qaror qiladi. Ammo uni boshqarib kelayotgan Dori Skeri ketish oldidan Govard bilan ko'rishishga qaror qiladi va tahmin qilganingizdek, Govard uni kompaniyada qolishga ko'ndiradi. Bu holatdayam u kompaniya ishiga aralashmaslikka va'da bergan. Ammo baribir oldingi holat takrorlanadi. Xatosini tushungan Skeri kompaniyadan ketadi, o'zi bilan bir qancha yaxshi xodimlarni ham olib ketadi. Shunda Govard bo'shab qolgan o'rinlarni faqat uning gapiga quloq soladigan odamlar bilan to'ldiradi. Govard kinodagi birinchi "muvaffaqiyatini" takrorlash uchun uchuvchilar haqida yana bir film suratga olishga qaror qiladi. Bu safar yanada yorqinroq, zamonaviyroq kino yaratmoqchi bo'ladi. Film uchun taklif qilingan asosiy aktyorlar ham ozgina ishlab, xato qilganini anglab, loyihani tark etadi. Shu-shu syomkalari birinchi kinodagidek ancha cho'zilib ketadi. Kinoni prokatga tayyorlash uchun 6 yil ketadi. Bu davrlarda kino tez rivojlanayotgan edi. Film ommaga namoyish etilguncha, undagi texnologiyalar, kadrlar dolzarbligini yo'qotadi... Muvaffaqiyatsizlikdan keyin Govard kinostudiyani avtomobil "pokrishkalari" ishlab chiqaradigan kompaniyaga sotib yuboradi. 1950-yillarda AQSh armiyasi o'z texnikalarini zamonaviylashtirishga qaror qiladi va yangi rusumdagi vertolyotlar ishlab chiqarish uchun pudratchi qidiradi. Bu qaysidir ma'noda Vyetnam urushiga tayyorgarlik edi. Armiya rahbariyati Govardga rad javobini berib (oldingi xunuk holat sababli), ikkita nomzodda to'xtaladi. Ammo Govard darhol lobbizm harakatlarini boshlab yuboradi, o'zining hamma bilan kelishib keta olish qobiliyati sababli, tanishlarini ishga soladi. Uning bu harakatlari samara beradi va uni qolgan ikki nomzod bilan teng ko'rib chiqa boshlashadi. Oxir-oqibat eng kam narx aytgan nomzod bilan shartnoma imzolashga qaror qilishadi. Govard taklif qilgan narx harbiylarni og'zini ochirib qo'yadi. Narx haddan tashqari past edi. Uning strategiyasi tushunarli edi: birinchi buyurtmani zarariga tayyorlab berib, ishonchni oqlagach, keyingilari ko'proq miqdor va biroz ko'tarilgan narx bilan muvaffaqiyatga erishmoqchi edi. 1965-yilda harbiylar oxir-oqibat shartnomani Govardga ishonib topshirishadi. Vyetnam urushi avjiga chiqa boshlaydi, ammo Govardning kompaniyasi grafikdan ancha ortda qola boshlaydi. Harbiylar sarosimaga tushib, kompaniyaga reyd uyushtirishadi. Tekshirishsa, kompaniya kutilganidan ancha kichkina va bunday hajmlar uchun mo'ljallanmagan. Buyam yetmagandek, ishlab chiqarishda bo'limlar orasida aloqa yaxshi yo'lga qo'yilmagan, go'yoki kompaniyada vertolyot ishlab chiqarish borasida hech qanday tajriba yo'q edi. Kompaniya yetkazib berayotgan vertolyotlar soni juda kam edi. Belgilangan miqdordan ancha kam. Harbiylar taqdirga tan berib, yana bir bor tender uyushtirishga qaror qilishadi. Bu esa Govardning kasodga uchrayotganidan darak berardi. Chunki u birinchi shartnomaga ko'ra yetkazib bergan vertolyotlaridan anchagina zarar ko'rdi — umumiy zarar $90 mln ni tashkil qildi. Qissadan hissa shuki, odamlar o'zgarmaydi. Insonning o'ziga shunday tuyulishi mumkin, lekin asosiy patternlar o'zgarmaydi. @Bookerberg
Показати все...
👍 10❤‍🔥 4
Davomini futboldan keyin yozaman endi. Yonyapti))
Показати все...
😁 7👍 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Inson hech qachon o'zgarmaydi (1/2) Robert Grin o'zining "The Laws Of Human Nature" ("Inson tabiatining qonunlari") nomli kitobining bir bobida Govard Xyuz-kichkina (Howard Hughes Jr) ismli bir badavlat oilada tug'ilgan insonning hayoti haqida so'zlab bergan. Uning dadasi 1909-yilda turli asbob-uskunalar ishlab chiqaradigan Sharp-Hughes Tool Company nomli kompaniyaga asos soladi va bu kompaniya uning oilasiga katta davlat olib keladi. 1922-yilda Govard Xyuz-kichkinaning onasi 39 yoshida vafot etadi. Ikki yildan keyin otasi ham olamdan o'tadi va 19 yoshli Govard yetim qoladi. Qarindoshlar uni bolaligidan jim yuradigan, atrofidagilarni tinglaydigan bola deb bilishardi. Shuning uchun hamma unga achinib, unga mehribonlik qila boshlaydi. Ammo Govard ko'p o'tmay barcha qarindoshlarining kompaniyadagi ulushlarini sotib oladi, aniqrog'i ularni bunga majbur qiladi. Shu bilan u kompaniyaning mutlaq rahbariga aylanadi. O'zining mutlaq hukmronligini o'rnatgach, Los-Anjelesga ko'chib o'tadi va u yerda o'zining xobbilari — kinofilmlar suratga olish va aeroplanlar yaratish bilan shug'ullana boshlaydi. Govard I jahon urushidagi uchuvchilar haqida film suratga olishga qaror qiladi va buning uchun rejissyor, ssenaristlarni yollaydi. Ammo ko'p o'tmay, ular bilan kelisha olmay, ularni ishdan bo'shatadi. Keyin boshqa rejissyorni taklif qiladi. Biroq keyin Govardning uni ishiga aralashaverganidan, u rejissyor ham o'z xohishiga ko'ra loyihadan ketadi. Ketishdan oldin u Govardga: "Agar siz hammasini mendan yaxhsi bilsangiz, rejissura bilan o'zingiz shug'ullaning" deydi. Va u rostan ham shunday qiladi. Endi Govard filmga o'zi rejissyorlik qila boshlaydi. Film premyerasi yildan-yilga kechiktiriladi va loyiha byudjeti ham tobora oshib boraveradi. Govard jarayonda yuzlab operatorlarni, uchuvchi-kaskadyorlarni almashtiradi. Kaskadyorlardan hatto uch nafari syomka paytida halok ham bo'lishadi... Xullas, oxir-oqibat ko'p yillardan keyin film to'liq suratga olinadi, ammo buning uchun o'sha davrning eng rekord summasi — 3,8 mln dollar sarflanadi. Oxirida faqatgina 1,8 mln dollar olib keladi. Govard film premyerasidan so'ng tan oladi: "Men mushkul tajribani boshdan kechirdim. Aytishim kerakki, bitta odamning o'zi hamma narsani eplay olmas ekan. Bir o'zim o'nlab odamlarning ishini qilishga urinishim haqiqiy ahmoqlik edi..." 1930-yillarda Govardning mashhurligi faqat ortadi. Otasi asos solgan kompaniy daromad keltirishda davom etavergani uchunmi, u suratga olgan film tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olingani uchunmi, uni atrofida ko'plab mashhur odamlar yig'ila boshlaydi. Endi u o'z e'tiborini harmiy samolyotlar ishlab chiqarishga qarata boshlaydi. U o'z kompaniyasini kelajakda eng yirik avia ishlab chiqaruvchisiga aylantirish maqsadida AQSh harbiy havo kuchlari vazirligi uyushtirgan "tenderda" yutib, ular bilan shartnomani qo'lga kiritishga harakat qiladi. Govard o'zining ishontiruvchi kuchi bilan mashhur edi. Va u bu shartnomani qo'lga kiritadi. II jahon urushiga endi kirgan AQSh harbiy havo kuchlari unga yirik harbiy samolyotlar ishlab chiqarish vazifasini ishonib topshiradi va shartnomani muvaffaqiyatli bajara olsa, u bilan doimiy ishlash niyatida edilar. Ammo vaqt o'ta boshladi, Govardning "Hughes Aircraft" nomli kompaniyasida hech qanday progress yo'q edi. Sababi, u har safar muhandis, menedjer yoki boshqa mas'ul xodimlarni yollab, keyin ularning ishiga aralashaverib, ularni charchatib qo'yardi. Uning kompaniyasiga ketma-ket bir necha menejer kelib, ishdan ketgan. Aytishardiki, u bilan ishlashning iloji yo'q. Govard oxir-oqibat vaziyatni tushungach, shu sohada anchadan beri ishlab kelayotgan top-menejerni ishga taklif qilishga qaror qiladi. Uning baxtiga aviasanoatda "Wonder-boy" laqabi bilan mashhur — Charlz Perel yangi takliflar uchun ochiq edi. Charlz boshida Govardning qilmishlaridan xabari bo'lgani uchun taklifni rad etish niyatida edi. Ammo uning o'zi bilan tanishgach va "endi umuman kompaniya ishlariga burnimni suqmayman" degan va'dalarini eshitgach, rozi bo'ladi. Boshida rostan ham hammasi yaxshi ketayotgandi... @Bookerberg
Показати все...
👍 11
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.