cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Bookerberg

Birgalikda o'qiymiz 📚 Читаем вместе 📖 ✏️ Murojaat uchun: @Afterway 📌 Instagram: clck.ru/R7tBJ 📌 Facebook: fb.com/Bookerberg.uz Muallif shaxsiy blogi: @theperfectionist 🎧 Playlist: @Musicberg

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
2 336
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-317 أيام
+2130 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Oxirgi kunlarda kanalda ancha sustman. Lekin yangiliklar ham yo'q emas. Yaqin kunlarda o'z YouTube loyihamni e'lon qilaman. Hozircha bir nechta soni suratga olingan va montaj bosqichida. Shu loyiha sababli oxirgi paytlardagi kamnamoligimni "kechirgan" holda, qo'llab-quvvatlab turasizlar degan umiddaman. Xo'sh, YouTube`dagi ushbu loyiha "Non-Fiction" deb nomlanadi. Men uning har bir sonida bitta ilmiy-ommabop (nafaqat ilmiy ommabop, umuman badiiy bo'lmagan boshqa turdagi asarlar ham) asar bilan tanishtiraman, uning asosiy g'oyalarini so'zlab beraman. Siz o'sha kitobni o'qimagan bo'lsangiz ham, videoni tomosha qilib, uning asosiy tezislari haqida ma'lumotga ega bo'lasiz. Har qalay maqsadim shunday. Nega aynan "non-fiction" (ya'ni badiiy bo'lmagan) asarlar haqida? Chunki badiiy asarlarni bunday so'zlab bersam — qup-quruq spoyler bo'lib qoladi. Ilmiy-ommabop asarlar qilinmaydi, aksincha bunday asarlar haqidagi videolar uni tushunishga yordam berishi mumkin. Xo'sh, loyiha uchun tanlagan kitoblarim orasida o'zbek tiliga tarjima qilinganlari ham, tarjima qilinmaganlari ham bor. Agar tarjima qilinmagan u yoki bu kitob nashriyotlarda qiziqish uyg'otsa, loyiham uning tarjima qilinishiga ham turtki bo'ladi deb umid qilayapman. Umuman olganda, loyihadan umidlarim katta. Loyiha bo'yicha kichkinagina jamoa ham shakllanmoqda. Kelgusida o'z YouTube loyihasiga ega bo'lishni xohlaydigan, o'zining original g'oyasiga ega yoshlarga ham yordam berish niyatim bor. Hozircha yangiliklar shular. Qolgan tafsilotlarni endi loyihaning birinchi sonini taqdim etganimizdan keyin aytaman. Loyihaning ilk sonini sabrsizlik bilan kutaman deydiganlar — 🔥 reaksiyasini bosamiz. Aytgancha, shu joyida so'rab olay: yuqorida aytilgan loyiha doirasida qanday ilmiy-ommabop asarlar haqida videolar ishlanishini xohlagan bo'lardingiz? @Bookerberg
إظهار الكل...

🔥 41 2👍 2 2
Repost from Usmonip
#mulohaza Meni bir narsa anchadan beri oʻylantiryapti. Negadir bizda aforizmlar va hikmatlardan iborat kitoblarning bozori chaqqon emasday, talab kamday tuyuladi. Shu sababmikan, bunday nashrlar ham kam. Yaqinda iqtiboslar joylab boradigan kanalimda obunachilarga “Aforizmlardan iborat kitoblarni sotib olarmidingiz?” degan savol bilan yuzlandim. Koʻpchilik yoʻq deb javob qaytardi. Ilgariroq Jubron Xalilning boshqa asarlariga qoʻshib “Qum va koʻpik” nomli aforizmlar toʻplamini ham chiqarsak-chi, deganimda noshir rad qildi. Demak, savdosi koʻngildagidek boʻlmaydi. Oʻzim esa bunday kitoblarni juda yoqtiraman. A. Muxtorning “Tundaliklar”, Oʻ. Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”, A. Qahhorning “Hikmatlar” va hokazo asarlaridan zavq olaman. “Ibrohim Haqqul haqiqati” ham bor, unga ham buyurtma berib qoʻygandim. Undan tashqari, “Sharq mutafakkirlaridan hikmatlar”, “101 mumtoz/zamondosh faylasuf” “Jaloliddin Rumiy: Hikmatlar” kabi kitoblar ham ayni tipda. Jahon adabiyotida ham Dostoyevskiy, Tolstoy, Mark Avreliy, Nitshe, Shopengauer kabilarning purmaʼno soʻzlari jamlangan toʻplamlar uchraydi. Baʼzilari uyoq-buyoqdan terilgan, baʼzilari esa atay shu uslubda yozilgan. Misol uchun, Kafkaning “The Zürau Aphorisms” kitobini doʻsti tuzgan. Jubron Xalilning “Qum va koʻpik”, Nassim Talebning “The Bed of Procrustes”, Stanislav Yeji-Letsning “Taralmagan oʻylar”, Antonio Porkyaning “Nidolar” kabi asarlari esa avvalboshdan hikmatlar koʻrinishida yozilgan. Lekin faqat katta avlod va jahonga mashhur adiblargina aforizmlar yozgan deb oʻylamang. Zamondoshlarimiz Shuhrat Orif va Farmon Toshevlarning ham chiroyli hikmatnamo bitiklari bor. Qolaversa, rahmatli Sharof Boshbekovning asarlari va suhbatlaridan terib chiqsa, eh-he, qalingina aforizmlar toʻplami dunyoga kelardi. Menga qolsa, bunday kitoblar koʻpaygani yaxshi. Shunda mualliflarning yangi qirralari kashf etilardi yoki ora-orada ogʻir mutolaadan soʻngmi, ish oralabmi toʻrtta-toʻrtta oʻqishga juda qulay “desertlar” dunyoga kelardi. Ijtimoiy tarmoqlarda tiqilib yotgani-ku mayli, lekin tarmoqdagi hammasi ham ishonchli emas, Rumiy bilan Konfutsiyning aytmagan gapini ham yopishtiraveradi baʼzilar. Xoʻsh, endi shu mavzuda sizning fikringiz qanday? Aforizmlar toʻplangan kitoblarni sotib olasizmi yoki kerak deb hisoblaysizmi? @usmonosphere
إظهار الكل...

👍 7 3🔥 3
Repost from Bookerberg
Yozuvchilar o'z asari asosida olingan filmlar haqida qanday fikrda? Trumen Kapote, "Tiffanidagi nonushta" (Завтрак у Тиффани) Bu asarning ekranizatsiyasi ikkita "Oskar", ikkita "Oltin Globus" mukofotini qo'lga kiritgan. Amerika kinematografiya instituti talqini bo'yicha "Tarixdagi eng yaxshi filmlar" ro'yxatiga kiritilgan. Trumen Kapote esa film haqida shunday degan: "Kinoda o'ynash uchun tanlangan aktyorlar tarkibi kino tarixidagi eng yomoni... Bu filmdan qusgim kelyapti". Pamela Trevers, "Meri Poppins" Filmni suratga olish uchun 4 mln dollar sarflangan bo'lsada, 100 mln dollar yig'a olgan. 5 ta "Oskar" mukofotini qo'lga kiritgan. Asar muallifi Pamela Trevers filmni ko'rgach shunday degan: "Men filmni ko'rayotib yig'ladim. E xudoyim, nimalar qilib tashlashibdi..." Entoni Byorjess, "Murvatli apelsin" (Заводной апельсин) Film rejissyor Stenli Kubrikning eng mashhur ishlaridan biri hisoblanadi. Film 4 ta nominatsiya bo'yicha "Oskar"ni qo'lga kiritgan. Suratga olish uchun 2 mln dollar sarflanib, 26 mln dollar foyda keltirgan. Entoni Byorjess film haqida shunday degan: "Mening asarim jinsiy aloqa va zo'ravonlikni targ'ib qiluvchi film uchun xomashyo bo'ldi. Film romanimning bo'lajak o'quvchilariga u nima haqida yozilganini tushunmaslik imkoniyatini beradi va bu tushunmovchilik meni hayotim so'ngigacha ta'qib qiladi". Stiven King, "Shine" (Сияние) Bu ham Kubrikning eng sara durdonalaridan biri. Film Amerika kinematografiya instituti talqiniga ko'ra "Eng qo'rqinchli filmlar" qatoriga kiritilgan. Mashhur rejissyorlar Tim Byorton va Martin Skorsezening eng sevimli filmlaridan biri. Stiven King esa film haqda shunday degan: "Kubrik 'Overlook' mehmonxonasidagi mutlaq g'ayriinsoniy yovuzlikni tushuna olmagan. Buning o'rniga u asar qahramonlaridan yovuzlikni qidirgan va uyda sodir bo'ladigan zo'ravonliklar tragediyasi haqida film suratga olgan." Jerom Selinjer, "Mening ahmoq yuragim" ('My Foolish Heart') Film Amerika kinotanqidchilari tomonidan 1949-yilning eng yomon kinolaridan biri deb tan olingan. Bu Selinjer asarlari orasida yagona ekranizatsiya bo'lib qoldi. Chunki Jerom Selinjer ushbu premyeradan so'ng o'z asarlarini ekranizatsiya qilishni taqiqlab qo'ydi. Harper Li, "Mayna qushni o'ldirish" ('To Kill a Mockingbird') Film 3 ta "Oskar" (Eng zo'r ssenariy, Eng yaxshi rol, Eng yaxshi dekoratsiya) olgan. Kann kinofestivalida ham sovrin olgan. Harper Li asar ekranizatsiyasi haqida shunday degan: "Agar asar kinoadaptatsiyasi sifatini muallif nima demoqchi ekanligi qay darajada saqlanib qolganligi bilan o‘lchanadigan bo‘lsa, janob Futning ssenariysi ma’lumotnoma sifatida tan olinishi kerak". Filip Dik, 'Blade Runner' (Бегущий по лезвию) Film Amerika kinematografiya instituti talqini bo'yicha "Eng yaxshi ilmiy-fantastik filmlar" qatoriga kiradi. Filip Dik film haqida shunday degan: "Hayotimning ham, ijodimning ham yakuniy natijasi". Rey Bredberi, "Farengeyt bo'yicha 451 daraja" Film hech qanday mukofotni qo'lga kiritmagan. Suratga olish uchun 1,5 mln dollar sarflangan va 1 mln yig'a olgan. Rey Bredberi film haqida: "Tryuffo menga o'z romanimning mutlaqo boshqacha, biroq asar ruhi saqlangan versiyasini sovg'a qildi. Buning uchun undan minatdorman". Kadzuo Ishiguro, 'The Remains of the Day' (Остаток дня) Sakkizta "Oskar" nominatsiyasi, Amerika kinotanqidchilari gildiyasi talqiniga ko'ra 1993-yilning eng yaxshi filmlaridan biri. Suratga olish uchun 15 mln dollar sarflanib, 64 mln dollar foyda ko'rilgan. Ishiguro film haqida shunday degan: "O'ylaymanki bu juda yaxshi film. Ammo film his-tuyg'ularni bosish, cheklash haqida, kitob esa o'zidan voz kechish, o'zini o'ylamaslik to'g'risida. Mutlaqo boshqa-boshqa mavzular". @Bookerberg
إظهار الكل...
6🔥 5
"Eng oqilona qaror — eng yomoniga tayyor turishdir. Barcha yaxshi narsalar esa yoqimli syurpriz bo'lgani ma'qul". "Sirli orol", Jyul Vern
O'ylab qarasam, butun umrim davomida shu "qoida"ga amal qilib kelar ekanman. Nimanidir kutayotganda, muhim palla oldida yoki shaxsiy kutuvlarimni ko'rib chiqayotgan paytimda — o'zimni eng yomon ssenariyga, sodir bo'lishini istamagan voqealar rivojiga tayyorlashni boshlayman. Oqibatda, rostan ham hammasi men o'ylagandek bo'lib chiqsa, men "buni oldindan bilgan" bo'laman. Men bunga tayyor edim. Agar unday bo'lib chiqmasa, xo'sh, bu yoqimli syurpriz bo'ladi. Shu joyiga Shekspirdan bitta jumla esimga tushib qoldi:
“Expectation is the root of all heartache”
Ha, kutuvlarimiz — ko'pgina azob-uqubatlar sababchisi. Hamma narsaga tayyor turish esa bunday "og'riqlarni" kamaytiradi. Va hech qanday "koinot magnetizmi" g'oyasi [ishonishadiki, siz nimani o'ylasangiz, shuni o'zingizga tortasiz] bu borada mening fikrimni o'zgartira olmaydi. @Bookerberg
إظهار الكل...
👍 13 6🔥 2
Hozirgi paytda hammamiz ham kitob o'qishga vaqt topavermaymiz. Topganimizda esa kitob tanlay olmaymiz yoki oldin o'qib ko'rmagan janrimizda nimadir o'qigimiz keladi. Shunday paytda turli bookbloglarni kuzatish bizga yordam beradi. Bugun sizlarga o'zim kuzatib boradigan va kitoblar haqida qiziqarli postlar, taqrizlar joylanib boriladigan bir blogni tavsiya qilmoqchiman. Bu kanal Birburchak deb nomlanadi va uni do'stimiz Muhiddin Nido yuritib boradi. Bir burchakda o'tirib kitob o'qishni yoqtiradiganlar uchun ushbu kanalni kuzatib borishni tavsiya qilaman. Kanal linki: @qora_yigit. Qo'shilib olamiz! @Bookerberg
إظهار الكل...
👍 10🔥 6
Darvoqe, ushbu maqolaning "nashr qilinishi kutilayapti" qismidagi bir necha kitoblar nashrdan chiqishga ulgurdi. Update: 📕“Uliss”, Jeyms Joys 📕“Oʻqituvchi, ota-ona, farzand”, Roy Andersen 📕“Qonunlar ruhi”, Sharl Monteskye @Bookerberg
إظهار الكل...
2024-yilda oʻzbek tiliga tarjima qilingan va tarjima qilinishi kutilayotgan eng yaxshi kitoblar — Toshkent Afishasi

7 3❤‍🔥 2🔥 2🆒 1
2024-yilning ham deyarli o'rtasiga kelib qoldik... Mana bu maqola esingizdagi? Afisha.uz sayti uchun 2024-yil davomida chiqishi kutilayotgan kitoblar haqida maqola yozgan edim (Maqola yozilganiga hali endi bir yarim oy bo'ldi). Xo'sh, bu yil hisobiga hozircha chiqqan kitoblar haqida so'rovnoma qilsak. Yil oxiridayam bitta shunday so'rovnoma qilamiz keyin. 1. Siz uchun 2024-yilning birinchi yarmida chiqqan qaysi kitob eng kutilgan yangilik bo'ldi? 2. Bu yil hisobiga ko'ra hozircha nashr qilingan qaysi kitobni shaxsan o'qib ko'rdingiz? 3. Ohirgi paytda nashr qilinayotgan tarjima kitoblarni baholasak: qaysi nashriyot ko'proq sifatli kitoblar chiqarmoqda? @Bookerberg
إظهار الكل...
2024-yilda oʻzbek tiliga tarjima qilingan va tarjima qilinishi kutilayotgan eng yaxshi kitoblar — Toshkent Afishasi

5👍 1
Ba'zida nimadir yozishga har doimigidan ham ko'proq harakat qilasiz. Lekin aynan shunday holatda, hech narsa yoza olmaysiz. Yozganlaringiz yoki o'zingizga yoqmaydi, yoki umuman bitta jumla ham yoza olmaysiz. Buni faqat blog yuritish nuqtai nazaridan aytmayapman. Yozuvch, shoirlar ham buni his qilishadi deb o'ylayman. Yozish, ijod qilish, xuddi o'z-o'zidan sodir bo'lishi kerak bir jarayonga o'xshaydi. Ijodkor "suv kabi oqishi" kerak. O'zingizni majburlab, biror narsa yoza olmaysiz. O'zingizni majburlab, musiqa yarata olmaysiz. Nimadir chiqarishim kerakku, deb yaxshi kino suratga ololmaysiz... Buni ijod bilan bog'liq barcha sohalarga nisbatan qo'llash mumkin. Eng qizig'i, ijodkorda bunday sharoit, o'y uzoq vaqtlik jimlikdan so'ng yoki muvaffaqiyatsiz ijod mahsulidan keyin paydo bo'ladi. Ya'ni, aytaylik birorta yozgan/yaratgan asaringiz unchalik yaxshi baholanmadi. Tezda boshqa biror asar yaratishni, oldingi muvaffaqiyatsizlikni yuvib ketishni xohlaysiz. Bu esa ahvolni battar yomonlashtiradi. Ijodkor bir qarashda muvaffaqiyatli ijod eng zarur bo'lgan bir vaqtda, aksincha, bir qancha muddat hech narsa yarata olmay qoladi. Mana shunday paradoks. Ko'pincha muvaffaqiyat yana bir muvaffaqiyatga sabab bo'ladi. Muvaffaqiyatsizlik esa kim uchundir so'nggi manzilga aylanishi mumkin. @Bookerberg
إظهار الكل...
👍 15 9🆒 1
Birorta kanalga qo'shilgach yoki obuna bo'lmasdan, kirib endi tanishgach, "bu qanday kanal, blog yoki loyiha ekan?" deb qiziqib, yuqoriga o'tib, kamida 4-5 ta postni o'qib, tanishib chiqadiganlar - sizlar TOPsizlar! Shunchaki gap kelganda yozildi. @Bookerberg
إظهار الكل...
💯 30😁 12🌚 10 5👍 3
Repost from Book Talks
BookTalks qaytmoqda
إظهار الكل...
🎉 15❤‍🔥 4 2
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.