Mikrofon ko‘targan ayol
前往频道在 Telegram
Donat uchun: https://tirikchilik.uz/mikrofonkotarganayol Sayohat blogi- @azitravel Murojaat uchun: @AQurbonovaBot
显示更多6 415
订阅者
+224 小时
+3267 天
+24630 天
帖子存档
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Yil_oʻqituvchisi
#Gʻoliblar_aniqlandi
📣 DIQQAT!!!
Pedagoglar oʻrtasida yilning eng katta bellashuvi — Prezident tashabbusi bilan joriy etilgan “Yil oʻqituvchisi” tanlovi gʻoliblari aniqlandi!
💰Tanlovda 208 ta tuman (shahar) boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan gʻoliblarning har biri 616 mln soʻm (bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari) pul mukofoti bilan mukofotlanadi.
✅ Joriy yilda ilk bor oʻtkazilgan “Yil oʻqituvchisi” tanlovi sohada olib borilayotgan islohotlarning yuksak eʼtirofi, pedagoglarga koʻrsatilgan munosib ragʻbatdir.
➖ Tanlov nafaqat oʻqituvchilarni moddiy ragʻbatlantiradi, balki ularning kasbiy mahoratini oshirish barobarida taʼlim sifatini yuksaltirishga ham katta xizmat qiladi.
📊 Ma'lumot oʻrnida: joriy yilgi tanlovda Respublika bo‘ylab 46 ming nafardan ortiq pedagoglar ishtirok etishdi. Ulardan 208 nafar pedagog g’oliblikni qo‘lga kiritishdi.
📍Gʻoliblar roʻyxati
👏 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi “Yil oʻqituvchisi” tanlovi gʻoliblarini samimiy tabriklaydi hamda ularga kelgusi kasbiy faoliyatida yanada katta zafarlar tilaydi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Repost from Minbar ortida
🇺🇿 Davlatimiz rahbari 24/7 ko’chada aholi bilan suhbatlashmoqda.
@minbar_ortida
“9 soat”ning siri nimada?
“…Men mashinada ko‘p yuraman, ko‘chada bir-biri bilan muloqot qilib ketayotgan yoshlarni ko‘rib o‘ylayman: qani endi ular eng baxtli kunlari shu ekanini bilsalar…
Bilasizlarmi, Prezident bo‘lib meni nima qiynaydi? Menga vaqt yetmaydi!”
Seulda davlat rahbarining vatandoshlarimiz bilan muloqotida shu so‘zlarini eshitib, ta’sirlandim.
Biz O‘zbekiston Prezidentining davlat tashrifini yoritish uchun kelgan jurnalistlarga ham, butun delegatsiyamizga ham, va mana bildikki, Prezidentimizga ham vaqt yetmayapti.
Tasavvur qiling, Seul 4 soat oldinda. 15-sentabr O‘zbekistonda tonggi 6 bo‘lganida davlat rahbarining Koreya Milliy assambleyasida uchrashuvi bo‘layotgandi.
Prezidentimiz parlament spikeri bilan xayrlashayotganida aytgan gaplari qulog‘imga chalindi: “Ishlarimiz juda ko‘p, soat 4 da uyg‘onishga to‘g‘ri kelyapti”.
“Ishlarimiz juda ko‘p”ning ma’nosi, menimcha, shunday: Prezidentning ish dasturida tushga qadar 1 ta uchrashuv, 1 ta qabul, yana 200 kishilik O‘zbekiston-Koreya biznes forumida nutq, hujjatlarni imzolash marosimi, O‘zbekiston viloyatlarida 5 ta qo‘shma yangi loyihaga start marosimi, Koreyaning 10 ta chebol kompaniyasi (ko‘p tarmoqli ulkan oilaviy biznes) bilan tet-a-tetlar. Bu vaqtda esa yana bir zalga odamlar to‘plandi, Koreyada yashayotgan, o‘qiyotgan 50 ga yaqin vatandoshlar mahtal turibdi. Bu ishlarni boshida turish tugul, shunchaki o‘qib ko‘rsangiz ham “ehhe” devorasiz.
Kostyum-shim kiygan jiddiy odamlarning gaplarini eshitib qolaman: “balki vatandoshlar bilan uchrashuv “otmen” bo‘lar? Uchrashuvga kirmang, deb ayta qolamiz, sammitga tayyorgarlik ko‘rishlari kerak, hali “obed” ham qilmadilar”.
Tushlik qilmay ishlashlariga biz ham guvohmiz, ayniqsa, xorijda tadbir-tadbirga ulanib ketaveradi. Ko‘proq odam bilan gaplashishga harakat qiladi prezident. Ko‘proq foyda olib ketay yurtimga, deydi prezident.
Bir kun ichida nihoyatda ko‘p odam bilan gaplashib, topshiriqlar bergani, nutq o‘qigani —“non-stop” rejimi o‘z ta’sirini ko‘rsatadi: Prezident ba’zan tomog‘i qirilayotgani uchun uzr so‘raydi, “bular menga suv ham bermaydi” deb yarmi hazil, yarmi chin aytadi.
Auditoriya yoshlardan iborat. “El-yurt umidi” jamg‘armasining stipendiatlari, yoki “allaqachon tup qo‘yib palak yozganlar” — 50 $dan biznes boshlab, bugun O‘zbekistondan import qilayotganlar, yoki universitetda 7 koreys talabaga o‘zbek tilini o‘rgatishdan boshlab, hozir yiliga 70 dan ortiq talaba o’qitayotgan olimalar ham bor.
Prezident ularga tashrif tafsilotlarini tushuntiradi, nega Koreyaga kelgani, munosabatlarimiz qanday rivojlanib borayotgani, shu yerdagi fuqarolarga qanday ko‘mak berish mumkinligi haqida suhbatlashadi. 10 ga yaqin yoshlarning takliflarini tinglaydi.
Protokol xizmati bir necha bor rahbar oldiga kelib eslatadi: “9 soat bo‘ldi”.
Davlat rahbari esa muloqotda davom etadi. Jurnalistlar mag‘zini chaqishga urinamiz. To‘xtovsiz ishlayotganlariga 9 soat bo‘ldimi yoki muhim tadbir boshlanishiga 9 soat qoldimi?
Uchrashuvda Koreyada tadqiqot qilayotgan Yelena Chuyanova “tez-tez, shoshilinch madaniyat”ni eslatadi: 빨리빨리 문화 (ppalli-ppalli munhwa). Ya’ni, taraqqiyotdan orqada qolmaslik sharti – vaqtni yengish, nafaqat «jisman», balki «ma’nan yengish».
Koreyani rivojlantirgan bu madaniyat Prezidentimizning “shoshilmasdan shoshilish” prinsipiga o‘xshaydi. Zamondan orqada qolmaydigan O‘zbekiston qurish orzusi bu.
"Bir daqiqa ham vaqtlaringni bekorga o‘tkazmanglar. 5 yil o‘tadi, 10-15 yil o‘tadi. Kim boshqaradi O‘zbekistonni? Sizlar. To‘g‘ri, sog‘inch qiynaydi. Vatan sog‘inchi alamida ko‘proq ilm olinglar, vatanga sadoqat bilan xizmat qilinglar".
9 soat “tik oyoqda” o‘tgan kun baribir yakunlanmaydi. 16-sentabrda Markaziy Osiyo beshligi va Koreya sammiti bo‘ladi, hozir borib prezident o‘z nutqini, tashabbuslarni tayyorlaydi.
Qachon rahbar dam oladi—bu savolga javob topish butun delegatsiya uchun hozircha jumboq.
“O‘zimniyam qiynayman, sizlarniyam,
ishlamagunlaringcha qo‘ymayman, bizga 40 million xalq qarab turibdi. Ularni rozi qilishimiz kerak”.
9 soatlik “non stop”ning sirini bilmaymanu, maqsadi lekin aniq shu.
“Lotte Chemical”, “Hyundai Motor Group”, “Samsung C&T”, “CJ Group”, “Shinhan Financial Group”, “Hyundai Rotem”, “KIND”, “BOMI”, “Kia Corporation”, “Sampyo Group”, “Hansae Mobility” kabi yirik kompaniyalar O’zbekiston-Korea biznes forumida ishtirok etishdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Bosh vaziri Xan Son Suk qoʻshma biznes forumning ochilishida ishtirok etdilar.
Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasiga borayotgan Prezidentimiz kortejini milliy bayrog‘imiz ranglariga bo‘yalgan dirijabl Seul osmonida kuzatib bordi.
🇺🇿🇰🇷 Seul. O‘zbekiston – Janubiy Koreya: yangi bosqich
14-sentabr kuni Seuldagi “Chong Va De” qarorgohida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon bilan muzokaralarda O‘zbekiston–Koreya alohida strategik sherikligini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Bugun O‘zbekistonda Koreya sarmoyasi ishtirokidagi 700 dan ortiq qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda. Tashrif yakunlari bo‘yicha esa qariyb 12 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar portfeli shakllantirildi.
Muzokaralarda iqtisodiy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida:
— savdo va investitsiyalar;
— muhim minerallar;
— transport va infratuzilma;
— ilg‘or texnologiyalar va innovatsiyalar belgilandi.
Alohida e’tibor raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik, shuningdek, tibbiyot, farmatsevtika va sog‘liqni saqlashda hamkorlikni kuchaytirishga qaratildi.
Ta’lim va kadrlar tayyorlash ham kun tartibining muhim qismi bo‘ldi. Bugun O‘zbekistonda Janubiy Koreya universitetlarining 4 ta filiali hamda KOICA ko‘magida tashkil etilgan 5 ta kasb-hunarga o‘qitish markazi faoliyat yuritmoqda.
Ikki davlat xalqlarini yanada yaqinlashtiradigan madaniy aloqalar ham e’tibordan chetda qolmadi. 2027-yil “Madaniyat va o‘zaro almashinuvlar yili” deb e’lon qilinadi.
Tashrif doirasida ikki mamlakat o‘rtasida transport, aviatsiya, qishloq xo‘jaligi, turizm, sun’iy intellekt, ta’lim, tibbiyot, ekologiya, iqlim, intellektual mulk va boshqa yo‘nalishlarda qator ikki tomonlama hujjatlar almashildi.
Bu tashrif — nafaqat bugungi hamkorlikni sarhisob qilish, balki O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi strategik sheriklikning yangi yo‘nalishlarini belgilash uchun muhim qadam.
Seuldagi muzokaralar — yangi loyihalar, yangi texnologiyalar va yangi imkoniyatlar uchun yangi sahifa. 🇺🇿🇰🇷
“Yolg’iz otning changi chiqmas” yoki “Hatto bir varaq qog’ozni ham birgalikda ko’tarish osonroq”
Prezident Shavkat Mirziyoyev koreys gazetxonlariga murojaat qildi va ularni “O’zbekistonga bir bir kelib, ko’rib, uni his qilishga” chaqirdi.
Ertalabdan mehmonxonaga The Korea Herald gazetasi yetib keldi.
Bugungi sonda Prezident Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston-Koreya munosabatlariga bag’ishlangan fikrlari bayon qilingan.
Yozma intervyusa Prezidentimiz ikki mamlakat munosabatlarining yangi bosqichini "birgalikdagi rivojlanish sakrashi" deb ta'riflaydi.
Hamkorlik g’oyasi— “bir-birini to’ldiruvchi” prinsipida. Ya’ni, Koreyaning modernizatsiya tajribasi va O'zbekistonning o'sib borayotgan bozori bir-birini to'ldiradi.
Davlatimiz rahbari urg’u bergan “katta sakrash” raqamlar bilan tasdiqlanadi: savdo hajmi so'nggi yillarda besh barobar oshgan.
Koreys investitsiyasi 8 milliard dollardan oshdi.
Ikki mamlakatda 700dan ortiq qo'shma korxona va loyiha ishlamoqda. KOICA va tegishli fondlar bilan loyihalar portfeli 3.5 milliard dollardan ziyod.
Samsung, LG, Hyundai, Kia, Kogas, Lotte — bularning bari O'zbekistonda.
Prezident O'zbekiston iqtisodiyoti 10 yilda 2,5 barobardan ko'proq o'sganini, sanoat yalpi ichki mahsulotning 30 % ini tashkil etishini, ichki bozor esa 40 million kishiga yaqinlashayotganini yodga olgan.
Intervyuning asosiy g'oyasi boshqa. Prezidentimiz koreys sarmoyasini shunchaki kapital oqimi sifatida emas, mahalliy ishlab chiqarishni qurish vositasi sifatida ko'rishni taklif qiladi.
Sun'iy intellekt, kritik materiallar va yarimo'tkazgichlar, robototexnika, elektrotransport, biofarmatsevtika, aqlli qishloq xo'jaligi yo'nalishlaridagi hamkorlik shu maqsadga xizmat qiladi.
Yana bir muhim jihat — mintaqaviy yondashuv. Koreys kompaniyalari Markaziy Osiyoga tobora yagona iqtisodiy makon sifatida qaramoqda. Mintaqa iqtisodiyotlari o'rtacha 7 foizdan yuqori sur'atda o'smoqda, umumiy yalpi ichki mahsulot o'tgan yili 500 milliard dollardan oshdi.
Prezidentimiz hech qanday texnologiya insonning o'rnini bosa olmasligini ta'kidlaydi. Koreys universitetlari bilan qo'shma dasturlar, tadqiqot markazlari, akademik almashinuv taklif etiladi.
Maqolada aloqalarning tarixiy ildizi ham eslatiladi: Koreya diasporasi, Buyuk ipak yo'li va Samarqanddagi Afrosiyob devoriy surati.
Intervyuda ikkita maqol eslatilgan—. yolg'iz otliqning changi chiqmasligi va bir varaq qog'ozni birgalikda ko'tarish. Nafaqat O’zbekiston-Korea munosabatlari rivoji, balki butun mintaqaning kuchli hamkorligi manfaatlarimizga mosdir.
Chorshanba kuni oltita davlat — Koreya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston sammiti bo’lib o’tadi va Seul deklaratsiyasini qabul qilishi kutilmoqda.
The Korea Herald gazetasi 1953-yildan buyon chiqib kelayotgan, Janubiy Koreyaning ingliz tilidagi eng yirik kundalik nashrlaridan hisoblanadi.
Seul minoralari 3 kun davomida O’zbekiston bayroqlarida tovlanadi
Seuldagi ikki eng mashhur minora bugun O’zbekiston-Korea bayroqlarini namoyish qildi. Lotte World Tower va Namsan Seoul Tower. Har ikki bino Seulning timsollari hisoblanadi. Lotte balandligi 555 metr, 123 qavat. Namsan tower esa Namsan tog‘i cho‘qqisidan yana 243 metr yuqoriga ko‘tariladi. Bino va tog‘ning umumiy balandligi 480 metrni tashkil qiladi.
Bu yoqimli manzaralarni va maxsus tadorikni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi arafasida O‘zbekiston–Koreya munosabatlariga ramziy ehtirom, do’stlik ifodasi deb bildik.
Aytishlaricha, Namsan Seoul Towerni O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida 3 kun davomida ko’rish mumkin.
Prezidentimizni Koreya Respublikasida istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz katta xursandchilik bilan kutib olishdi.
Janubiy Koreada o’zbek diasporasi yildan yilga o’smoqda. Ma’lumotlarga ko’ra, ular 100 mingdan ortiq.
Korea diasporasi vakillari esa O’zbekistonda 176 mingdan ortiq istiqomat qilishadi.
Prezidentimizning Koreya Respublikasiga uchinchi davlat tashrifi boshlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan Seul shahriga keldi.
Oliy martabali mehmonlarni Koreya Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Ku Yun Chxol va boshqa rasmiylar kutib oldi.
“Davram“ dagilar qayerdasizlar?
“Mutolaa” ilovasida “Geografiya mahkumlari” kitobini o’qish uchun “Davram” ga 62 kishi qo’shilgan edi. Bugun marramizning 1-kuni.
7 kishi bugun kitobni o’qiy boshladi. Barakalla! Rahmat!
Unutib qo’ygan bo’lsangiz eslatay dedim. Kechki uyqudan oldin o’qib yoki tinglab ko’ring. Sizga albatta yoqadi.
🇺🇿🇷🇸 Toshkent — Belgrad muzokaralari natijasi
Belgradda Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Vuchich muzokaralar yakunida Strategik sheriklik munosabatlarini o'rnatish to'g'risidagi qo'shma deklaratsiyani imzoladilar.
Shuningdek, 20 dan ortiq hujjat almashildi: erkin savdo bo'yicha muzokaralar boshlanadi, O'rta yo'lak va temir yo'l loyihalari, mehnat migratsiyasi, "yashil" energetika, qo'shma filmlar. Samarqand viloyati Voyevodina bilan sherik bo'ldi. Belgradda esa Toshkent ko'chasi paydo bo'ldi.
+1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiyaning oliy davlat mukofoti – Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlandi.
+1
O'zbekiston Prezidentining Serbiyaga rasmiy tashrifiga OAVning e'tibori
Esingizdami, 2022-yilda ilk marta O'zbekistonning 15 yoshli o'quvchilarining o'qish savodxonligi, matematika va tabiiy fanlar bo'yicha bilimlari PISA sinovlaridan o'tkazilganida, 81 ta mamlakat orasida matematika bo‘yicha 72-o‘rinni, tabiiy fanlar va o‘qish savodxonligi yo‘nalishlarida 80-o‘rinni egallagandik. Umuman, uchala yo'nalishda ham oxirgi o'rinlarda edik.
Bu "o'rta darajadan ham past" ko'rsatkich hammamizga "shapaloq" bo'lib, ta'lim sifati haqida katta muhokamalarga sabab bo'lgandi.
Hozir Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi e'lon qilgan xabarni o'qib, ko'nglim yorishdi:
❗️Tabiiy fanlar bo‘yicha O‘zbekiston o‘quvchilari 438 ball to‘plabdi.
💻 Raqamli dunyoda o‘rganish bo‘yicha esa 402,4 ball qayd etgan.
2022-yil — 19%
2025-yil — 65%
Matematika va o'qish savodxonligi bo'yicha natijalarda nomutanosibliklar borligi uchun qo'shimcha o'rganilar ekan.
PISA har 3 yilda davlatlar ta'lim tizimini shunday baholab beradi. 2030-yilgacha O'zbekiston PISA sinovlarida natijalari bo'yicha TOP-30 ga kirishni maqsad qilgan.
https://t.me/uzedu/45428
Алиментдан қўрққан ота болали бўлмай қўяқолсин. Ёки боласини ўзи билан олиб қолсин. Алимент тўламасдан ўзи боқиб олади. Тамом.
Алимент — бизнес эмас.
Ҳеч бир аёл ажрашиб бойимайди. Болага кетадиган харажат ундириладиган пулдан доим кўп бўлади, бериладиган пул ҳам бола 18 га тўлганда тугайди, доимий ундирилиши ҳам ҳеч қандай кафолатга эга эмас.
Юз мингдан ортиқ обуначиси бор жаноб генераллисимус каналида бундай гапни ёзишга уялиши керак.
Алимент аёлга/эркакка эмас, болага белгиланади. Зарбани эса охир-оқибат бола олади.
Шаҳноза опанинг постни 100 фоиз қўллайман.
Repost from Shahnoza Soatova blogi
Даҳшатли мантиқ!
Асосан давлат хизматчилари ўқийдиган каналда бундай мизоген постлар биринчи марта чиқаётгани йўқ. Кўпчиликка ёқса ҳам, юристга ярашмайдиган асоссиз гап.
Ҳеч ким алиментга бирга яшаётган боласига ва аёлига берганчалик кўп пул бермайди. Гап фақат пулда ҳам эмас. Бола ўн саккиз ёшга етганида тугайди бу пул барибир. Ажрашиш ортидан келадиган ноаниқлик, беқарорлик алимент пулига арзимайди.
Аёл "бой эрга тегиб олиш"ни эплаганида ҳам, ҳеч ким алимент ундириш учун ажрашиб кетмайди. Бой одам билан бирга оила бўлиб яшагани ҳар томонлама яхши, агар у оилада жиддий муаммо бўлмаса.
Ҳатто бу абсурд мантиқни давом эттириб, фаразан алимент олишни бизнес деб баҳоласак ҳам, бу энг катта рискли бизнес бўлар эди. Чунки боланинг харажати кўп, 18 йил мунтазам бу харажатлар ортиғи билан ундирилишига кафолат йўқ.
Бўлиши мумкин бўлган нарса шуки, аёллар ўз фарзандларига яхши ота танлашни исташади, бўлажак турмуш ўртоғини шу нуқтаи назардан танлайди, шунинг учун ҳаётида пайдо бўлган энг омадли ва даромадли инсондан фарзанд кўргиси келади. Бу таъминотнинг энг катта кафолати оилани бузмай, эр билан бирга яшаш (агар эр бошқа чора қолдирмаса, ажрашади).
Бунақа постлар оилаларга путур етказади, болаларнинг нормал ҳаёти учун зарур таъминотдан маҳрум қилинишига ҳисса бўлиб қўшилади. Никоҳни расман қайд этиш хоҳишини камайтиради. Боласига алимент бераётган оталар ўзини алданган ва "соғилаётган" ҳисоблаб алиментдан қочишга уриниш кўпаяди, давлат тузилмаларига юкламалар ортади.
Юз минглаб одамларга гапираётганда, фикрининг жамиятга, айниқса унинг энг ожиз қатлами манфаатига қандай таъсир қилишини ўйлаш керак, сўз масъулияти, оддий инсонийлик бу.
Давлат алиментни болага белгилайди. Бола манфаати ҳамма нарсадан устун.
Шундай фикрлайдиган эркакларни тўққиз ой қорнига юк бойлаб юргизиб, 16 соат тўлғоқ азобини торттириб, 3 йил тунда ухлатмаслик, кейин бир умр боласига ҳам ота, ҳам она бўлиб, барча инжиқликлари ва муаммоларини ёлғиз кўтаришга мажбурлаш керак. Шунда "бола туғишни бизнес қилиб олиш" деган мантиқсиз фикрни ўйлашга ҳам ҳоли бўлмайди.
@shahnozxon
