fa
Feedback
Mikrofon ko‘targan ayol

Mikrofon ko‘targan ayol

رفتن به کانال در Telegram
6 126
مشترکین
-1824 ساعت
-357 روز
-9930 روز
آرشیو پست ها
To’liq AI da montaj qilingan stendap. Juda mazza davrda jurnalist bo’ldik. Videoda tashrif tafsilotlari haqida biroz.

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi jurnalistlarga nimalar dedi? OAVga bayonotdan
…O’n yil davomida menga Prezident janoblari bilan birga ishlash sharafi nasib etdi va shu davr mobaynida biz o’n martadan ortiq uchrashganmiz. Uning ijobiy va uzoqni ko’zlagan fikrlashi, doimo nimadir yangi narsa o’rganish istagi haqiqatan ham ilhomlantiruvchidir. Uning Hindistonga bo’lgan chuqur do’stligi va sobit sadoqati uchun men unga samimiy tabriklarimni bildiraman. Do’stlar, O’zbekiston Markaziy Osiyoning yuragida joylashgan bo’lib, Hindistonning mintaqa bilan hamkorligining markazida turadi. Hindiston va O’zbekistonning fikrlash va intilishlari o’rtasida chuqur o’xshashlik mavjud. “Yangi O’zbekiston” va “Rivojlangan Hindiston 2047” — ikkalasining markazida yoshlar, innovatsiya, inklyuziv o’sish va zamonaviy texnologiyalar turadi. Ushbu umumiy tasavvurga amal qilib, biz ikki mamlakat xalqlarining farovonligi uchun doimiy ravishda ishlab kelmoqdamiz. Bu yil bizning strategik sheriklikning 15 yilligi nishonlanmoqda. Ushbu maxsus munosabat bilan biz munosabatlarimizni “Har tomonlama strategik sheriklik” darajasiga ko’tarishga qaror qildik. Bugun biz sheriklikning yangi shaklida tezroq sur’atlar va aniq natijalar bilan ilgarilash uchun ambitsiyali kun tartibini tayyorladik. Ikki tomonlama savdo hajmimiz bir milliard dollardan oshdi. Endi biz 2030 yilga qadar besh milliard dollarlik savdo maqsadini belgiladik. Buning uchun biz bozorga kirish, transport-kommunikatsiya bog’lanishi, bank va to’lov tizimlari kabi bog’liq masalalarda tizimli ravishda ilgarilaymiz. Infratuzilmani rivojlantirishda ikki tomonlama foydali hamkorlikni kengaytirish uchun birgalikda ishlaymiz. Raqamli davlat infratuzilmasi, sun’iy intellekt, muhim minerallar, toza energiya, kosmik va yadro energetikasi sohalaridagi hamkorlik bizning munosabatlarimizni kelajakka tayyor qilmoqda. Do’stlar, qishloq xo’jaligi va sog’liqni saqlash sohalarida bizning kuchli tomonlarimiz bir-birini to’ldiradi. O’zbekistonning bog’dorchilik tajribasi va Hindistonning zamonaviy qishloq xo’jaligi amaliyotlarini birlashtirib, biz ikki mamlakat oziq-ovqat xavfsizligiga hissa qo’shamiz. O’zbekistonning shifobaxsh o’simliklari va Hindistonning Ayurveda bo’yicha tajribasi tabiiy uyg’unlikni tashkil etadi. Bugun an’anaviy tibbiyot bo’yicha imzolangan kelishuv bizning umumiy sa’y-harakatlarimizga kuch qo’shadi. Bizning maqsadimiz — sheriklikni faqat ikki poytaxt, faqat markazlar bilan cheklab qo’ymaslik. Shu sababli biz shaharlar va viloyatlar o’rtasida sheriklik o’rnatmoqchimiz. …Kelgusida biz ikki mamlakat mudofaa sanoatlari o’rtasida bevosita bog’lanish, hamkorlikda ishlab chiqarish va hamkorlikda ishlanmalar yaratishni rivojlantiramiz. Bizningcha, terrorizm, ekstremizm va separatizm butun mintaqa uchun jiddiy tahdiddir. Ularga qarshi “nol tolerantlik” bizning umumiy qat’iy qarorimiz bo’lgan va bundan keyin ham shunday bo’lib qoladi. Do’stlar, bizning munosabatlarimizning eng chuqur ildizlari — bu bizning umumiy merosimiz. O’zbekistonning buddaviylik merosi obyektlarini asrab-avaylash bo’yicha birgalikda ishlaymiz. Ikki mamlakat yoshlari, ayniqsa talabalar va mutaxassislar o’rtasida almashinuvni rag’batlantirish bizning ustuvor vazifalarimizdan biridir. Ikki mamlakat o’rtasida turizmni rivojlantirish maqsadida bugun hamkorlik dasturi bo’yicha kelishuvga erishildi. Mamnuniyat bilan aytamanki, O’zbekistonda hind tilini targ’ib qilish uchun biz bugun stipendiyalar e’lon qilamiz.
Shuningdek, Narendra Modi o’z bayonotida Javohirbek SIndorov va Gukesh Dommarajuning shaxmat toji uchun bo’lib o’tadigan kurashiga ham to’xtaldi:
O’tgan yili Goada 20 yoshli o’zbek grossmeysteri Sindarov jahon kubogini qo’lga kiritdi. Endi noyabr oyida uning raqibi Hindistonning 20 yoshli sportchisi Gukesh bo’ladi — ulkan bellashuv bo’lib o’tadi. Ammo bu ikki yosh sportchi yuzma-yuz kelganda, tabiiyki, butun dunyoning nigohi ushbu musobaqaga qaratiladi. Kelasi oy Samarqandda bo’lib o’tadigan shaxmat chempionatida ham sizlarga chin dildan omad tilayman.

Prezidentimiz Bosh vazir Narendra Modini "Oliy Darajali Do‘stlik" ordeni bilan taqdirladi.

Ko’ksaroyda Hindiston bosh vazirini rasmiy kutib olish marosimi bo’lib o’tdi.

Nima uchun Narendra Modi O'zbekistonda? 2026-yil 29-30 avgust kunlari Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi O'zbekistonda bo’li
Nima uchun Narendra Modi O'zbekistonda? 2026-yil 29-30 avgust kunlari Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi O'zbekistonda bo’lib turibdi. Bu — uning O'zbekistonga to'rtinchi tashrifi. 2015-yil rasmiy tashrif, 2016-yil Toshkentdagi va 2022-yil Samarqanddagi ShHT sammitlari uchun ishchi tashriflar bo’lgan. Modi janoblari Bishkekda ertaga va indinga bo’lib o’tadigan ShHTning 26-sammitiga yo'l olishdan oldin O’zbekistonga davlat tashrifi bilan kelishi Toshkentning siyosiy vaznni ko'rsatadi. Buning ortida bir necha omil yotadi: Hindistonning Markaziy Osiyoga qiziqishi kuchaymoqda — mintaqa endi nafaqat energiya va xavfsizlik nuqtai nazaridan, balki kritik minerallar, transport-tranzit yo'llari va raqobatdosh ta'sir maydoni sifatida qaralmoqda. O'zbekistonning tashqi siyosiy ochiqligi — Prezident Shavkat Mirziyoyev boshqaruvi davrida mamlakat yirik davlatlar bilan hamkorlikni faollashtirmoqda, va Hindiston bu strategiyada muhim hamkor sifatida ko'rilmoqda. Global vaziyat — AQSh, Rossiya va Xitoy o'rtasidagi geosiyosiy raqobat sharoitida Hindiston o'zining mustaqil, ko'p vektorli tashqi siyosatini Markaziy Osiyoda ham namoyish etmoqchi. Bugun Ko’ksaroyda davlat tashrifining asosiy muzokaralari bo’lib o’tadi.

Juda ko’pchilik bayramni yana ko’rgisi kelib yozdi. Mana bu havolada tomosha qilishingiz mumkin: https://www.youtube.com/live/mPaw6tw4WC0?si=92xY9isPv5m3nbPZ Chindan qayta ko’rging keladigan, 35 yilga munosib dastur bo’ldi.

35 yillik mustaqillikda nimalarga erishdik? Qisqacha “Paxta qulligi” muammosiga butunlay barham berildi Majburiy mehnat va bolalar mehnati amaliyoti tugatildi Valyuta konvertatsiyasidagi cheklovlar bekor qilindi “Propiska” tizimi bilan bog’liq muammolar bartaraf etildi Natijada fuqarolar qalbidagi qo’rquv va hadik o’rnini ishonch va xotirjamlik egalladi Iqtisodiyot • Xorijiy investitsiya: yiliga 2–3 mlrd dollardan 40–50 mlrd dollarga oshdi • YaIM 2030-yilga 160 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilgan edi — shu yilning o’zida ortig’i bilan bajariladi • “Iqtisodiy erkinlik indeksi”da mamlakat o’rni 80 pog’onaga yaxshilandi • Keyingi 10 yilda 450 mlrd dollar xorijiy investitsiya jalb qilinadi; YaIM 2030-yilgacha 300 mlrd dollarga yetkaziladi • Sanoatda 2 million yuqori daromadli ish o’rni yaratiladi • Keyingi 10 yilda aholi jon boshiga YaIM 10 ming dollardan oshadi Turmush darajasi • Qashshoqlik darajasi 2017-yildagi 35 foizdan 4 foizga tushirildi (10 million kishi bu o’zgarishdan bahramand bo’ldi) • 650 mingdan ziyod oila yangi uy-joyga ega bo’ldi Ta’lim • Bog’cha qamrovi 78 foizga yetkazildi (aholi 8 millionga ko’paygan sharoitda) • Maktablarda 1,5 million qo’shimcha o’quvchi o’rni yaratildi • Talabalar soni 1 million 600 mingga yetdi; ularning yarmidan ko’pi qizlar • Kelgusida: 6 yoshli tayyorlov guruhlari qamrovi 100 foizga, texnikumlarda qamrov 1 millionga yetkaziladi; kamida 10 ta universitet TOP mingtalikka kiritiladi Sog’liqni saqlash • Soha moliyalashtiruvi 8 baravardan ziyod oshirildi • 652 ta yangi tibbiyot muassasasi qurildi; tibbiy xizmatlar hajmi 3 baravar oshdi • O’rtacha umr ko’rish davomiyligi 1991-yildagi 66,4 yoshdan 2025-yilda 75,4 yoshga yetdi • Chaqaloqlar va onalar o’limi ko’rsatkichi 4 barobar kamaydi Fan-texnologiya • “Samarqand-2028” sun’iy yo’ldoshi Xitoy hamkorligida orbitaga chiqarildi • IT, sun’iy intellekt, kreativ iqtisodiyot yo’nalishlari rivojlantirilmoqda — 10 million yoshni raqamli industriyaga jalb qilish rejasi Yoshlar va biznes • Yoshlarni qo’llab-quvvatlashga har yili 20–25 trln so’m ajratilmoqda • Biznes vakillarining 35 foizini yosh tadbirkorlar tashkil etadi Tashqi siyosat • Diplomatik munosabat o’rnatgan davlatlar soni ~170 taga yetdi • 2027–2029 yillarda Qo’shilmaslik harakatiga (120+ davlat) birinchi marta raislik qiladi.

Qolganini tvdan ko’tararsizlar, biz ketdik raqsga:)

Sahnada Salohiddin Azizboyevning yo’qolib qolishini ko’ring:) Bayram tadbiri texnik jihatdan ham a’lo darajada!

Yana bir jahon opera yulduzi Xose Karreras!

Italiyalik tenor Alessandro Saffina mustaqillik bayrami mehmoni.

Muncha zo’r bayram. Menga gullar berishdi!

Repost from Xushnudbek.uz
Kuchli siyosiy bayonot Kim sezdi, hozir bayram tadbiridagi O’zbekiston tarixiga oid sahnaviy badiiy qism juda kuchli siyosiy bayonot bo’ldi! Ko’zda yosh bilan ko’rdimey. Ha, bu shunchaki sahna ko’rinishi emasdi. Bu ayrim moxovlarning “o’zbek millati o’ylab topilgan” degan ahmoqona gaplariga qarshi aytilgan va O’zbekistonning davlatchiligi ming yillarga borib taqalishini ko’rsatuvchi siyosiy bayonot edi. Bu ayrim moxovlarning “hammasini biz qilib berganmiz” degan provokatsion gaplariga qarshi aytilgan va aslida bizning millatparvarlarimizni qirib tashlagan, Sibirga surgun qilgan, butun millatni paxta quliga aylantirib, ustimizdan tinimsiz dori sepgan, Orolimizni quritgan, salgina hur fikrli ajdodlarimizni qamoqqa tiqqan bosqinchilardan mustaqil bo’lganimizni ko’rsatuvchi siyosiy bayonot edi. Bu zamonaviy O’zbekiston davlatchiligi Turkiston muxtoriyatining vorisi va davomchisi ekanligi haqidagi siyosiy bayonot edi. O’zbekiston fuqarosi sifatida ushbu siyosiy bayonotlarning har bir nuqta-verguliga imzo chekishga tayyorman! Shu sahnani tayyorlagan, g’oyasini aytgan, chiqarishga ruxsat bergan barchaga rahmat. Oldingizda ta’zimdaman. 👉 @xushnudbek 👈

Ilk marta Movarounnahr zaminidagi shakllangan barcha davlatchilik bayroqlari sahnada uchrashdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev o’z nutqida O’zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini yod etdi:
Mana shu tarixiy sanada o‘tgan 35 yil davomida mustaqilligimizni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan barcha marhum yurtdoshlarimizning fidokorona mehnati va jasoratini yana bir bor e’tirof etishni joiz, deb bilamiz. Birinchi Prezidentimiz, atoqli davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yorqin xotirasini ehtirom bilan yod etamiz.

Bayram boshidayoq syurpriz: boshimizdan samolyot uchib o’tdi.

Vatanimizning mustaqillik to’yi boshlanmoqda: https://t.me/shmirziyoyev/35462

Barakalla, Metropoliten!

Мустақиллик байрами арафасида медиа соҳасидан кимлар мукофотланди? Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон мустақиллигининг
Мустақиллик байрами арафасида медиа соҳасидан кимлар мукофотланди? Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон мустақиллигининг 35 йиллиги муносабати билан имзолаган фармонларида журналистика, телевидение, радио, интернет медиа ва давлат коммуникациялари соҳасининг бир қатор вакиллари ҳам давлат мукофотларига сазовор бўлди. «Дўстлик» ордени билан: - Шерзод Асадов — Президент Администрацияси Коммуникациялар департаменти бошлиғи — Президент матбуот котиби; - Рашид Галиев — «Тошкент ҳақиқати» ва «Ташкентская правда» газеталари фотомухбири; - Нилуфар Умирзакова — «O‘zbekiston» радиоканали катта муҳаррири. Шунингдек, Президент Администрацияси раҳбарининг шартнома асосида жалб қилинадиган маслаҳатчиси ва Президент Администрациясининг АҚШдаги вакили Комил Алламжонов ҳам «Дўстлик» ордени билан тақдирланди. «Келажак бунёдкори» медали билан: - Отабек Исроилов — Ўрта Чирчиқ тумани ва Нурафшон шаҳри «Машъал» ижтимоий-сиёсий газетаси бош муҳаррири. «Соғлом турмуш» медали билан: - Комилахон Ташматова — «Bolajon» телеканали телелойиҳалар ишлаб чиқариш муҳарририяти бош муҳаррири. «Шуҳрат» медали билан: - Мираъзам Абдуллаев — ижтимоий тармоқлардаги Teacher Azam саҳифаси асосчиси; - Умиджон Ғафуров — Troll.uz лойиҳаси асосчиси; - Шахлохон Абидова — «Namangan» радиоканали шарҳловчиси; - Дилшодбек Аскаров — Vodiy1.uz таҳририяти муҳаррири; - Сарварбек Тураев — «Сурхондарё телеканали» муҳарририяти бош муҳаррири; - Абдухамид Мухтаров — Ўзбекистон халқаро исломшунослик академияси ҳузуридаги «Зиё» медиа маркази директори; - Иродахон Бакирова — Ўзбекистон Республикаси Одил судлов академиясининг матбуот котиби. Бундан ташқари, Президент Администрациясида нутқ ва коммуникация йўналишида ишловчи Муртаза Қаршибоев — Президент маслаҳатчиси — спичрайтер ўринбосари ҳам «Дўстлик» ордени билан тақдирланган. @jurnalistikauzbek