uk
Feedback

Не попадись на ботовода! Telemetrio знаходить і позначає такі канали мітками 👉 Хочеш бачити мітку, оформляй підписку

Mikrofon kötargan ayol

Mikrofon kötargan ayol

Відкрити в Telegram

Donat uchun: https://tirikchilik.uz/mikrofonkotarganayol Sayohat blogi- @azitravel Murojaat uchun: @AQurbonovaBot

Показати більше
7 029
Підписники
+2424 години
+317 днів
+41430 днів
Архів дописів
Muhim suhbatlar boshlanib ketganda operatorimiz u mashinadan bu mashinaga shoshib qoldi. “Ikki yil oldin cho‘l edi bu yerlar” Prezidentimiz Buxoro tumanidagi neft-kimyo korxonasining texnik tafsilotlarigacha qiziqdi. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoroda yangi loyihalarga start berish marosimida: — To‘qqiz yilda 9 yarim milliard investitsiya jalb qilganimiz, 6 mingga yaqin yangi quvvatlar ishga tushgani, 120 ming ish o‘rni yaratganimiz — bu raqamlarning qadriga kim yetsa-yetmasa, men yetaman. Nimaga desangiz, men ham hokim bo‘lganman, men ham bosh vazir bo‘lganman. Bir yil emas, ikki yil emas — 14 yil. Lekin bunaqa raqamlarni O‘zbekistonda ham ko‘rmasdik, — dedi davlat rahbari. Prezident bu yil Buxoroda ipoteka asosida 7 mingdan ziyod uy-joy topshirilishini ta’kidladi. — Tasavvur qilaveringlar, qancha odamning uyiga nur kiradi, baxt kiradi, ishonch kiradi. Boshpana degan gap bor.

“Barcha ishlarimizning zamirida bitta maqsad bor: buyuk bobolarimiz ilmining davomchisi bo‘lish, yoshlarga to‘g‘ri tarbiya berish”- Shavkat Mirziyoyev Prezidentimizning Buxoroga tashrifi Kogon tumanidagi Bahouddin Naqshband maqbarasi ziyoratidan boshlandi. Qurʼon tilovat qilinib, xalqimizga tinchlik va farovonlik tilab, duoqilindi.

Bir guruh hamshiralar yanvardan Milanda ishlay boshlaydi Davlatimiz rahbari "Intil" markazida Italiyada ishlashga tayyorlanayotgan hamshiralar bilan suhbatlashdi. Ularga Migratsiya agentligi Italiyaning Perujа universiteti bilan birgalikda italyan tilida darslar tashkil etgan. O'qishlarning oltinchi oyi ketmoqda, bir oydan keyin imtihonlar bo'ladi. Yanvardan hamshiralar Milan shahridagi shifoxonada ishlay boshlaydi.

Xorijga ishga yuborish xususiy bandlik agentliklariga to'liq o'tkaziladi Davlatimiz rahbari chet elga ishga yuborish tizimida tub o'zgarish bo'lishini ma'lum qildi. «Chet elga ishga yuborish masalasini xususiy sektordagi eng ishonchli bandlik agentliklariga to'liq o'tkazamiz. Hozir davlat bilan fuqarolarimiz o'rtasida vositachi turibdi. O'rtadagi vositachini olib tashlasak, qancha o'zgarish bo'ladi», dedi Prezident. Davlat rahbari bu ish uchun xususiy sektorga imtiyozlar berilishini aytdi: «Xorijda yuqori daromadli ishga joylashtirilgan har bir odam uchun 1,5 million so'mdan rag'bat puli to'lanadi. Yoshlarni kasb va tilga tayyorlash uchun texnikum binosining bir qismi bepul ijaraga beriladi. Chet eldan jalb qilingan o'qituvchi va ekspertlar uchun ijtimoiy soliq 1 foiz bo'ladi. O'quv jarayoniga zarur uskuna va jihozlar bojxona bojidan ozod qilinadi». Shu bilan birga, agentliklar oldiga qat'iy talablar ham qo'yiladi: «Lekin qars ikki qo'ldan chiqadi. Xususiy bandlik agentliklari faoliyati to'liq shaffof tizimga o'tadi. Ularning reytingini yuritamiz». Prezident agentliklar ishini baholashning asosiy mezonini ham belgilab berdi: «Chet elga yuborilgan har bir odam aniq ishga joylashishi, haq-huquqi to'liq ta'minlanishi, yuqori daromad topishi va kafolatli ijtimoiy ta'minotga ega bo'lishi eng asosiy mezon bo'ladi».

Xorijdagi ish staji pensiyaga hisoblanishi kerak— Prezident Davlatimiz rahbari xorijda ishlayotgan yurtdoshlarimizning pensiya huquqini to’laqonli ta’minlash masalasiga to’xtaldi.
Bugun fuqarolarimiz 40 dan ortiq davlatda qonuniy mehnat qilmoqda. Ular u yerda soliq bilan birga pensiya badalini ham to'laydi. Ammo vatanga qaytganda xorijdagi ish staji hisobga olinmayapti.
Bu yil Qirg'iziston, Ozarbayjon va Turkiya bilan ish staji va pensiya huquqini tan olish to'g'risida ikki tomonlama bitim imzolandi. Biroq boshqa davlatlar bilan bunday kelishuvlar hali yo'q. Fuqarolarimiz eng ko'p ishlayotgan davlatlar bilan ham shunday kelishuvlar tuzilishi kerak. Bular Germaniya, Rossiya, Yaponiya, Koreya hamda Boltiqbo'yi va Bolqon davlatlari”,
dedi davlatimiz rahbari.

Prezident: “Chet elda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz — haqiqiy mard insonlar!” Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi “Intil” xalqaro til va kasbga o‘qitish markazida mehnat migratsiyasi sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Davlatimiz rahbari xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz haqida alohida to‘xtaldi: “Chet elda ishlayotgan har bir yurtdoshimiz oilasining rizqi, farzandlari kelajagi uchun tinimsiz mehnat qilayotgan haqiqiy mard insonlardir. Ular ham bizning fuqarolarimiz, bizning farzandlarimiz. Qayerda ishlashidan qat’i nazar, fuqarolarimiz huquqini himoya qilish — davlatning doimiy burchi va vazifasi”. Prezident xorijda mehnat qilayotgan birorta ham yurtdoshimiz o‘z muammosi bilan yolg‘iz qolmasligi kerakligini qat’iy ta’kidladi. Endilikda chet elda muammoga duch kelgan fuqaro elchi yoki konsulni izlab yurmaydi. “Onlayn mahalla” platformasi orqali yordam so‘rab murojaat qoldiradi. Zarur vaziyatda elchining o‘zi uning oldiga borib, huquqlarini himoya qiladi, muammosiga yechim topadi. Davlatimiz rahbari mutasaddilarga ushbu tizimni 10 kun ichida yo‘lga qo‘yish va samarali ishlashini ta’minlash bo‘yicha takliflar kiritishni topshirdi. Muhim jihati — mehnat migrantlariga munosabat o‘zgarmoqda. Xorijda ishlayotgan inson shunchaki pul jo‘natuvchi emas, balki davlat himoyasiga haqli, qadri baland fuqaro sifatida e’tirof etilmoqda.

+1
Galata kulesiga yarashgan bayrog’imiz 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi munosabati bilan 30-oktabr kuni Istanbulning tarixiy Galata minorasi uzra O‘zbekiston davlat bayrog‘i hilpiradi.

Turkiy davlatlar taşkilotining Anqara sammitida Prezident Şavkat Mirziyoyev ilgari surgan taşabbuslar 🔹 “TDT plyus” formati. Uçinçi mamlakatlar bilan hamkorlikni sohaviy vazirlar uçraşuvlaridan boşlaş. Maqsad savdo, transport va investitsiya sohalarida aniq qöşma loyihalarni amalga oşiriş. 🔹 “Turkiy dunyo – 100” dasturi. 100 ta strategik qöşma investitsiya va sanoat loyihasini qamrab oladigan dastur. Loyihalarga Turkiy investitsiya jamğarmasi va xalqaro moliyaviy institutlar mablağlari yönaltiriladi. 🔹 Tadbirkorlar huquqini himoya qiliş. “Tijorat işlari böyiça özaro huquqiy yordam körsatiş töğrisida”gi köp tomonlama şartnoma işlab çiqiş. Şuningdek, huquqiy yordam sörovlari va hujjatlarni elektron almaşiş uçun raqamli platforma yaratiş. 🔹 Logistika tarmoği. Örta koridorni yaxlit iqtisodiy tizimga aylantiriş uçun Turkiy davlatlar logistika komplekslari tarmoğini tuziş va uni birgalikda boşqariş. 🔹 Turkiy turizm alyansi. Birgina 2025-yilda davlatlarimizga 100 milliondan ziyod xorijiy sayyoh taşrif buyurdi. Alyans turkiy xalqlarning tarixiy şaharlari, tabiati va madaniyatini dunyoga birgalikda taqdim etadi. 🔹 Fuqarolarning özaro safarlari töğrisidagi bitim. ID karta bilan safar qiliş imkoniyatini kengaytiriş, çegaradan ötiş tartibini soddalaştiriş. 🔹 Ta’lim grantlari. “Yangi Özbekiston” stipendiyasi doirasida 500 nafar xorijiy talabaga grant asosida ta’lim oliş imkoniyati yaratilgan. Endi Turkiy davlatlar yoşlariga har yili 200 ta ta’lim granti ajratiladi. 🔹 “Umumturkiy sözlar luğati”. Barça turkiy xalqlar uçun tuşunarli bölgan muştarak sözlarni jamlaydigan luğat yaratiş. 🔹 2027-yil – “Tabiatni asraş yili”. Özbekistonning 2027-yilni Taşkilot doirasida “Tabiatni asraş yili” deb e’lon qiliş taşabbusi qöllab-quvvatlandi. Ustuvor vazifalar Antaliyada ötadigan COP-31 doirasida ekologiya vazirlari yiğilişida körib çiqiladi. 🔹 Yangi Boş kotib. Özbekiston vakili Mirvohid Azimovning Taşkilot Boş kotibi lavozimiga nomzodi qöllab-quvvatlandi. 📌 Özbekiston Taşkilotning navbatdagi sammitini kelgusi yili ötkazişga tayyor. “Biz bir bölsak – yanada qudratlimiz.” deya so’zini yakunladi Prezidentimiz.

Repost from Daryo — LIVE
Shavkat Mirziyoyev turkiy davlatlar yoshlari uchun har yili 200 ta ta’lim granti ajratilishini ma’lum qildi Davlat rahbari texnologik taraqqiyotning asosi inson kapitali, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega yosh avlod ekanini ta’kidlab, yoshlar ta’limiga kiritilgan sarmoya uzoq muddatli hamkorlikning mustahkam poydevori bo‘lishini qayd etdi. @daryo_live

Repost from Platina.uz
⚡️Президент Шавкат Мирзиёев Туркий давлатлар ўртасида ID карта орқали сафар қилиш имкониятини кенгайтириш, чегарадан ўтиш ва мезбон давлат ҳудудида бўлиш тартибини соддалаштиришни таклиф қилди. @platinauzb

O‘rxun bitiklaridan kelajak nihollarigacha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan TDTga a’zo mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari va ularning rafiqalari ishtirokidagi madaniy dasturda qatnashdi. “Beshtepa” majmuasida Turkiy davlatlar sivilizatsiyasi bog‘i ochildi. Milliy pavilonlar, an’anaviy o‘tovlar va xalq amaliy san’ati namunalari orqali qardosh xalqlarning tarixi, madaniyati va bugungi taraqqiyoti namoyish etildi. Yetakchilar qadimgi O‘rxun bitiklari nusxasi bilan tanishdilar, milliy o‘yinlar va kamonchilar chiqishlarini tomosha qildilar. So‘ng eman ko‘chatlarini ekdilar. Bu manzarada ham ramziy ma’no bor: ildizlari mushtarak xalqlar kelajak uchun ham birga nihol qadamoqda. Dastur “Malazgirt” markazida davom etdi. Nomi 1071-yildagi tarixiy jangni yodga soluvchi ushbu markazda chavandozlar, akrobatlar va kaskadyorlar, shuningdek, a’zo mamlakatlardan keltirilgan otlar ishtirokida epik tomosha namoyish etildi. Ayni daqiqalarda Prezidentimiz qator turk kompaniyalari vakillari, sarmoyadorlarini qabul qilmoqda.

+1
Turkiya savdo vaziri Omar Bolat imzolangan hujjatlar haqida:
— Biz — Turkiya va O‘zbekiston savdo vazirliklari — amaldagi Imtiyozli savdo bitimini kengaytirish to‘g‘risidagi bayonnomani imzoladik. Avval har ikki tomondan imtiyoz berilgan 12 tadan mahsulotga qo‘shimcha ravishda yana 8 tadan mahsulotni o‘zaro kelishib oldik. Ikki hurmatli davlat rahbari huzurida ushbu hujjatni imzoladik. Xayrli va barakali bo‘lsin. Ikki mamlakat o‘rtasidagi yillik savdo hajmi qariyb 3 milliard 250 million dollarni tashkil etadi. Rahbarlarimiz bu ko‘rsatkichni qisqa muddatda 5 milliard, o‘rta muddatda esa 10 milliard dollarga yetkazish uchun birgalikda ishlashimiz kerakligini ta’kidladilar. Shuningdek, ikki davlat bojxona idoralari o‘rtasida tovarlar savdosiga oid oldindan axborot almashish bo‘yicha ham bayonnoma imzoladik. Bojxona hamkorligiga doir ushbu hujjatni Baxtiyor janoblari bilan imzoladik. Bu ham xayrli bo‘lsin. Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida transport tashuvlari hamda tranzit savdoda ham o‘zaro yengilliklar qo‘llanmoqda. Bundan tashqari, yaqin kunlarda Turkiya Savdo vazirligi delegatsiyasi erkin savdo zonalari bo‘yicha tajriba almashish uchun Toshkentga tashrif buyuradi. Shuningdek, vitse-prezidentimiz Jevdet Yilmaz boshchiligidagi turkiyalik ishbilarmonlarning katta delegatsiyasi 2026-yil 18-noyabr kuni Toshkentga muhim tashrifni amalga oshiradi. Har bir tadbirkorning o‘zbekistonlik hamkorlari bilan uchrashuvlari, muzokaralari va ehtimoliy kelishuvlarini nazarda tutuvchi, biz katta ahamiyat berayotgan dastur tashkil etiladi. Dekabr oyida esa Turkiya tomonidan vitse-prezidentimiz Jevdet Yilmaz raislik qiladigan Turkiya–O‘zbekiston qo‘shma iqtisodiy komissiyasi yig‘ilishi Anqarada o‘tkaziladi. Ushbu sa’y-harakatlar orqali Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo, investitsiya, transport va energetika hamkorligini eng yuqori darajaga olib chiqish uchun, nasib etsa, ikki mamlakat hukumatlari, tegishli vazirliklari va ishbilarmonlari birgalikda astoydil ishlaymiz.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan Anqara shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yuqori darajadagi kengashni taʼsis etish toʻgʻrisidagi bitimni imzoladilar. Bundan tashqari, koʻp qirrali va uzoq muddatli sheriklikning turli yoʻnalishlarini qamrab oluvchi ikki tomonlama hujjatlar toʻplami imzolandi. Xususan: – Imtiyozli savdo bitimi doirasida tovarlar roʻyxatini kengaytirish toʻgʻrisidagi bayonnoma; – Ijtimoiy taʼminot toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitim va uni amalga oshirish boʻyicha maʼmuriy bitim; – 2022-yil 29-martda imzolangan davlat chegaralari orqali tovarlar va transport vositalarining oʻtishi haqida oldindan axborot almashish toʻgʻrisidagi bayonnomaga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi qoʻshimcha bayonnoma. Imzolangan hujjatlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, ishbilarmon doiralar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ikki mamlakat fuqarolarining ijtimoiy huquqlarini samarali himoya qilishga qaratilgan.

“Qayerda bo‘lmanglar, men vatandoshlarimizni doimo sog‘inib, eslab yuraman. Sizlarning yaxshi yashashingiz, tezroq Vatanga qaytishingiz uchun O‘zbekistonda barcha sharoitlarni yaratishga harakat qilyapmiz. Ilm olish, bilim egallash, uy-joyli bo‘lish uchun imkoniyatlarni kengaytiryapmiz”, — dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiyadagi vatandoshlar bilan muloqotda.

Prezidentimiz va uning rafiqasi Anqara shahriga yetib keldi. Prezidentimizni Turkiya vitse-prezidenti Jevdat Yilmaz va boshqa rasmiy shaxslar kutib olishdi. Turkiya poytaxtida yomg’ir shivalab turibdi. “Baraka yomg’irini ko’ring” deya lutf qildi davlatimiz rahbari. Tashrif ana shunday samimiy kayfiyatda boshlandi.

Tilda, fikrda va işda birlik: turkiy dunyo Anqarada uçraşmoqda Keça Istanbulning Bosfor böğozi uzra qad rostlagan köprigi, bi
+3
Tilda, fikrda va işda birlik: turkiy dunyo Anqarada uçraşmoqda Keça Istanbulning Bosfor böğozi uzra qad rostlagan köprigi, biz Anqarada kelib joylaşgan mehmonxona Özbekiston va Turkiy davlatlar taşkilotiga a’zo mamlakatlarning bayroqlari bilan bezatilganiga guvoh böldik. Turkiya turkiy dunyo yetakçilarining navbatdagi sammitiga hozirlik körmoqda. 30-oktabr kuni Anqarada Turkiy davlatlar taşkilotining XIII sammiti “Turkiy asr: tilda, fikrda va işda birlik” şiori ostida ötkaziladi. Bundan 34 yil avval, 1992-yil 30-oktabrda aynan Anqarada Turkiya Prezidenti Turğut Özal taşabbusi bilan turkiy tilli davlatlar rahbarlarining ilk sammiti ötkazilgan. 1996-yilda Toşkentda muntazam uçraşuvlar kotibiyatini taşkil etiş masalasi kötarilgan. 2009-yilda Turkiy kengaş tuzildi, 2021-yilda esa u Turkiy davlatlar taşkilotiga aylandi. Ammo Özbekistonning bu jarayondagi iştiroki doim ham faol bölmagan. 2000-yillardan boşlab mamlakatimiz turkiy sammitlardan uzoqlaşdi, keyinçalik esa ulardagi iştirökini amalda töxtatdi. Prezident Şavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi va oçiq taşqi siyosati tufayli Özbekiston turkiy hamkorlik maydoniga qaytdi. 2018-yilda davlatimiz rahbari Çölponotadagi sammitda faxriy mehmon sifatida qatnaşdi. 2019-yilda esa mamlakatimiz taşkilotga tölaqonli a’zo böldi. Bu qaytiş nafaqat Özbekiston, balki taşkilotning öz faoliyatiga ham yangi sur’at bağişladi. Prezident Şavkat Mirziyoyev turkiy hamkorlikni tarixiy va madaniy yaqinlikdan aniq iqtisodiy manfaatlar maydoniga olib çiqişga qaratilgan qator taşabbuslarni ilgari surdi. 2019-yildan buyon Özbekiston Prezidenti tomonidan 100 dan ortiq taşabbus ilgari surilgan. Ular orasida Turkiy investitsiya fondini işga tuşiriş, yangi iqtisodiy imkoniyatlar makonini yaratiş, sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş va transport yölaklarini rivojlantiriş alohida örin tutadi. 2022-yilda Samarqandda ötkazilgan sammitda qoşilgan qiymat yaratadigan işlab çiqariş zanjirlarini barpo etiş, tayyor mahsulotlar bilan uçinçi davlatlar bozorlariga çiqiş masalalari ilgari surildi. 2025-yilda Budapeştda Prezident turkiy davlatlar örtasidagi savdo uçun “TURK-TRADE” platformasini, Sanoat kooperatsiyasi dasturini va yagona investitsiya portalini yarat işni taklif etdi. Ozarbayjonning Gabala şahridagi sammitda esa Turkiy davlatlarning iqtisodiy şeriklik böyiça doimiy kengaşini, Sanoat alyansini, “Turkiy yaşil yölaklar” elektron tizimini va yaşil energetika loyihalari uçun konsorsium taşkil etiş taşabbuslari ilgari surildi. 2026-yil Turkiston sammitida davlatimiz rahbari “Turkiy raqamli yölak” loyihasini işlab çiqiş, kiberxavfsizlik alyansini tuziş, sun’iy intellektdan iqlim xavflarini oldindan aniqlaşda foydalaniş kabi takliflarni bildirdi. Özbekiston uçun yana bir muhim masala — Transkaspiy transport yölagini Xitoy–Qirğiziston–Özbekiston temir yöli bilan boğlaş. Bu mamlakatimizning Yevropa va Osiyo bozorlariga çiqiş imkoniyatlarini kengaytiradi. Natijalar raqamlarda ham körinmoqda. Özbekistonning taşkilotga a’zo va kuzatuvçi mamlakatlar bilan savdo aylanmasi 2018-yildagi qariyb 6 milliard dollardan 2025-yilda 10,8 milliard dollarga yetdi. 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida esa qariyb 9 milliard dollarni taşkil etdi. Hamkorlik madaniyat va ma’rifat sohasida ham mustahkamlanmoqda. Alişer Navoiy nomidagi xalqaro mukofotning ta’sis etilişi, 100 jildlik “Turkiy adabiyot durdonalari” töplamining naşr qilinişi şunday taşabbuslar samarasidir. Anqara sammitida savdo, investitsiya, transport, energetika, raqamli transformatsiya va madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantiriş masalalari muhokama qilinişi kutilmoqda. Biz esa ayni vaqtda davlatimiz rahbarining Anqaraga uçib kelişlarini kutyapmiz. Videolar — Farrux Aliyevga tegishli

Bugun juda og’ir xabar eshitdik. “O’zbekiston 24” ijodiy birlashmasi Strategik rivojlantirish xizmatining bosh muharriri, ustoz jurnalist Ozod aka Hamidxo’jayev bevaqt hayotdan ko’z yumdilar. Ozod aka tinib-tinchimas, mehnatkash, har gapida sarkazmi bor, suhbatining mag’zini chaqish kerak bo’lgan inson edilar. Kasbga butun qalbi bilan berilgan, har bir ishga yuksak mas’uliyat bilan yondashadigan mohir jurnalist edilar. Ozod akani ko’pincha montaj ustida, yosh muxbirlarning materiallariga muharrirlik qilayotgan paytlarida uchratardim. U kishi o’z bilimi va tajribasini yoshlarga beminnat ulashardi. Marhumning oila a’zolari, yaqinlari va butun “O’zbekiston 24” jamoasiga chuqur ta’ziya izhor etaman. O’g’illari, hamkasbimiz Bekzod Hamidxo’jayevga sabr-u bardosh tilayman. Alloh Ozod akani rahmatiga olgan bo’lsin, joylari jannatdan bo’lsin.

Repost from Pressuzb
Президент параспортчи ёшларнинг матонати ва жасоратини алоҳида эътироф этди Яқинда якунланган Параосиё ўйинларида Ўзбекистон терма жамоаси 45 та олтин, 49 та кумуш ва 51 та бронза — жами 145 та медаль билан умумжамоа ҳисобида учинчи ўринни эгаллади. @pressuzb

Repost from Minbar ortida
Prezident Shavkat Mirziyoyev bu yil ham “Prezident olimpiadasi”ning ochilish marosimida shaxsan ishtirok etmoqda 🇺🇿