en
Feedback

Don't get caught by a cheater! Telemetrio finds and tags such channels 👉 If you want to see the tag, subscribe

Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi/Rasmiy kanal

Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi/Rasmiy kanal

Open in Telegram

Veb-sayt: http://navoiymoi.uz Masofadan malaka oshirish veb-sayti: http://masofa.navoiymoi.uz Telegram: http://t.me/navmohm Facebook: https://www.facebook.com/navoimohm Аloqa telefoni:

Show more
1 982
Subscribers
-824 hours
-187 days
-10330 days

Loading data

Attracting Subscribers
Nov '26
November '26
+20
in 1 channels
October '26
+349
in 5 channels
Get PRO
September '26
+560
in 4 channels
Get PRO
August '26
+67
in 4 channels
Get PRO
July '26
+51
in 4 channels
Get PRO
June '26
+88
in 5 channels
Get PRO
May '26
+105
in 5 channels
Get PRO
April '26
+59
in 4 channels
Get PRO
March '26
+73
in 3 channels
Get PRO
February '26
+91
in 5 channels
Get PRO
January '26
+232
in 4 channels
Get PRO
December '25
+52
in 7 channels
Get PRO
November '25
+102
in 4 channels
Get PRO
October '25
+70
in 9 channels
Get PRO
September '25
+78
in 1 channels
Get PRO
August '25
+28
in 3 channels
Get PRO
July '25
+18
in 3 channels
Get PRO
June '25
+29
in 2 channels
Get PRO
May '25
+127
in 3 channels
Get PRO
April '25
+175
in 7 channels
Get PRO
March '25
+112
in 7 channels
Get PRO
February '25
+261
in 7 channels
Get PRO
January '25
+339
in 6 channels
Get PRO
December '24
+206
in 9 channels
Get PRO
November '24
+156
in 3 channels
Get PRO
October '24
+48
in 2 channels
Get PRO
September '24
+41
in 2 channels
Get PRO
August '24
+45
in 4 channels
Get PRO
July '24
+15
in 0 channels
Get PRO
June '24
+20
in 3 channels
Get PRO
May '24
+14
in 2 channels
Get PRO
April '24
+24
in 0 channels
Get PRO
March '24
+36
in 5 channels
Get PRO
February '24
+1 025
in 1 channels
Get PRO
January '24
+11
in 1 channels
Get PRO
December '23
+18
in 4 channels
Get PRO
November '23
+14
in 1 channels
Get PRO
October '23
+23
in 1 channels
Get PRO
September '23
+2 038
in 0 channels
Get PRO
August '23
+25
in 0 channels
Get PRO
July '23
+7
in 0 channels
Get PRO
June '23
+5
in 0 channels
Get PRO
May '23
+10
in 0 channels
Get PRO
April '23
+1 006
in 0 channels
Get PRO
March '23
+5
in 0 channels
Get PRO
February '23
+27
in 0 channels
Get PRO
January '23
+6
in 0 channels
Get PRO
December '22
+1 000
in 0 channels
Get PRO
November '22
+20
in 0 channels
Get PRO
October '22
+17
in 0 channels
Get PRO
September '22
+27
in 0 channels
Get PRO
August '22
+14
in 0 channels
Get PRO
July '22
+1 001
in 0 channels
Get PRO
June '22
+26
in 0 channels
Get PRO
May '22
+2 099
in 0 channels
Get PRO
April '22
+1 047
in 0 channels
Get PRO
March '22
+2 696
in 0 channels
Get PRO
February '22
+192
in 0 channels
Get PRO
January '22
+637
in 0 channels
Get PRO
December '21
+602
in 0 channels
Get PRO
November '21
+81
in 0 channels
Get PRO
October '21
+1 197
in 0 channels
Get PRO
September '21
+180
in 0 channels
Get PRO
August '21
+486
in 0 channels
Get PRO
July '21
+786
in 0 channels
Get PRO
June '21
+1 548
in 0 channels
Get PRO
May '21
+2 624
in 0 channels
Get PRO
April '21
+2 136
in 0 channels
Get PRO
March '21
+77
in 0 channels
Get PRO
February '21
+3 648
in 0 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
10 November0
09 November+1
08 November+1
07 November0
06 November+4
05 November+1
04 November+8
03 November+1
02 November+2
01 November+2
Channel Posts
🔥🔥🔥🔥🔥🔥 🇺🇿 O‘ZBEK TILI TARAQQIYOTI — TA’LIMDAGI E’TIBORDAN BOSHLANADI “O‘zbek tili rivojida yangi davr boshlandi”. O‘z
+9
🔥🔥🔥🔥🔥🔥 🇺🇿 O‘ZBEK TILI TARAQQIYOTI — TA’LIMDAGI E’TIBORDAN BOSHLANADI “O‘zbek tili rivojida yangi davr boshlandi”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 21-oktabr kuni O‘zbek tili bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabrigida ana shu fikrni alohida ta’kidladi. Darhaqiqat, bugun mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeyini mustahkamlash, uning qo‘llanish doirasini kengaytirish, ilm-fan, zamonaviy texnologiyalar va xalqaro muloqot tiliga aylanishi yo‘lida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2025-yil 20-oktabrda qabul qilingan Prezidentning PQ–308-son qarori davlat tilini yanada rivojlantirishning yangi vazifalarini belgilab berdi. Unda ta’lim tashkilotlarida davlat tilini o‘qitish sifatini oshirish, tilning sofligini saqlash, lug‘at boyligini kengaytirish, zamonaviy axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish kabi ustuvor yo‘nalishlar nazarda tutilgan. Bu vazifalarning hayotga tatbiq etilishi, avvalo, maktabgacha ta’limdan boshlanadi. Zero, bolaga ona tilining boyligi, so‘zning mazmuni, fikrni aniq va ravon ifodalash madaniyati dastlabki ta’lim bosqichlaridayoq singdiriladi. Aynan shu yo‘nalishdagi ishlarning amaliy davomi sifatida Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida “Maktabgacha va maktab ta’limida o‘zbek tilini sifatli o‘qitish: zamonaviy metodika va innovatsion yondashuvlar” mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi. Ikki kunlik mashg‘ulotlar davomida pedagoglar o‘zbek tilini o‘qitishning zamonaviy konsepsiyasi, me’yoriy-huquqiy asoslari, CEFR va Milliy o‘quv dasturi bilan uyg‘unligi, kommunikativ yondashuv, bolalar nutqini rivojlantirish hamda o‘yin texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladilar. Seminarda alohida e’tibor tilni shunchaki o‘rgatishga emas, balki bolalarda ona tilida fikrlash, mustaqil mushohada yuritish, so‘z boyligidan o‘rinli foydalanish, o‘z fikrini erkin va savodli ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratildi. Seminar yakunida mashg‘ulotlarda faol ishtirok etgan va o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi direktorining o‘rinbosari Dilmurod Safarov tomonidan tantanali ravishda sertifikatlar topshirildi. O‘zbek tilining kelajagi faqat uni asrab-avaylash bilan emas, balki uni yangi avlodga mukammal o‘rgatish, zamon bilan hamnafas rivojlantirish va ta’lim-tarbiya jarayonida munosib o‘rin berish bilan ham belgilanadi. 🖊Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube

2
😘🥳🤬😠☹️🥵🥳 📚O‘QING! BIZ TAVSIYA ETGAN KITOBLAR! 📚Ba’zan bir kitob insonni o‘ylantiradi, ba’zan qalbida unutilmas iz qol
😘🥳🤬😠☹️🥵🥳 📚O‘QING! BIZ TAVSIYA ETGAN KITOBLAR! 📚Ba’zan bir kitob insonni o‘ylantiradi, ba’zan qalbida unutilmas iz qoldiradi, yana biri esa hayotga, odamlarga va o‘zimizga bo‘lgan qarashlarimizni o‘zgartiradi. Kitob mutolaasi — o‘z qalbimiz bilan suhbat qurish, hayot saboqlarini anglash va ma’naviy dunyomizni boyitishning eng go‘zal yo‘llaridan biridir. 📚 Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi O‘tapov Ziyo Bakirovich, siz aziz kitobxonlarga, mazmuni teran, hayotiy saboqlarga boy quyidagi sara asarlarni mutolaa qilishni tavsiya etadi: 📌 KITOBLAR RO‘YXATI ⬇️ 📖 Fyodor Dostoyevskiy — «Jinoyat va jazo» Inson qalbida kechadigan kurashlar, vijdon azobi, gunoh va tavba haqida o‘ylashga undaydigan mashhur roman. Asar o‘quvchini bir haqiqat bilan yuzlashtiradi: inson o‘z qilmishlaridan qochishi mumkin, ammo vijdonidan qocholmaydi. Adolat, kechirim va ruhiy poklanish haqida chuqur mushohada qilishni istaganlar uchun bebaho asar. 📖 Viktor Gyugo — «Xo‘rlanganlar» Mehr-oqibat, inson qadr-qimmati va adolat uchun kurash haqida yuraklarga ta’sir qiladigan ulkan roman. Qahramonlar taqdiri orqali yozuvchi bizga insonni uning o‘tmishi bilan emas, qalbidagi ezgulik bilan baholash kerakligini eslatadi. Bu kitob mehrning, kechirimning va insoniylikning naqadar buyuk kuch ekanini his qildiradi. 📖 Abdulla Qodiriy — «O‘tkan kunlar» O‘zbek adabiyotining bebaho durdonasi! Otabek va Kumushning muhabbati, sadoqati va fojeali taqdiri orqali bir davrning hayoti, urf-odatlari, orzu-armonlari mahorat bilan tasvirlangan. Bu asarni o‘qir ekansiz, muhabbat bilan birga milliy qadriyatlar, ota-ona roziligi, insoniy munosabatlar va tarixiy xotira haqida ham chuqur o‘ylanib qolasiz. 📖 Ernest Heminguey — «Chol va dengiz» Hajman ixcham, mazmunan esa nihoyatda teran asar. Chol Santyagoning dengizdagi kurashi orqali inson irodasi, sabr-toqati va matonati ulug‘lanadi. Kitob bizga mag‘lubiyat har doim ham yengilish emasligini, eng muhimi — qiyinchiliklar qarshisida insoniy g‘urur va kurashish ruhini yo‘qotmaslik ekanini o‘rgatadi. 📖 Chingiz Aytmatov — «Asrga tatigulik kun» Insoniyat, tarixiy xotira, milliy o‘zlik va vijdon haqida mushohadaga chorlaydigan betakror falsafiy roman. Asar o‘quvchini o‘tmishini unutgan inson kelajagini ham yo‘qotishi mumkinligi haqida o‘ylantiradi. Undagi voqealar orqali xotirani asrash, insoniylikni yo‘qotmaslik va avlodlar oldidagi mas’uliyat naqadar muhim ekanini anglaysiz. 💬 Aziz kitobxon! Siz uchun kitobning eng katta qadri nimada: yangi bilim berishidami, hayotga boshqacha nigoh bilan qarashga o‘rgatishidami yoki qalbimizda unutilmas taassurot qoldirishidami? Izohlarda o‘zingiz sevib o‘qigan, boshqalarga ham tavsiya etishni istagan kitobingiz nomini yozib qoldiring. Balki aynan siz tavsiya qilgan asar yana bir insonning sevimli kitobiga aylanar! 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook📱Instagram 📺YouTube
106
3
💜💜💜💜💜💜💜 💜💜💜💜💜💜💜 💜💜💜💜 Ta’lim islohotlari maktabgaça ta’limdan boşlanadi! ✌️Bugun mamlakatimizda ta’lim tizim+4
💜💜💜💜💜💜💜 💜💜💜💜💜💜💜 💜💜💜💜 Ta’lim islohotlari maktabgaça ta’limdan boşlanadi! ✌️Bugun mamlakatimizda ta’lim tizimini sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqiş, maktabgaça ta’lim qamrovini kengaytiriş bilan birga, ta’lim-tarbiya mazmunini takomillaştiriş, pedagoglarning kasbiy mahoratini oşirişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu jarayonda har bir pedagogning bilimi, izlanişi va zamonaviy metodlarni özlaştirişi muhim ahamiyatga ega. Ana şu maqsadda bugun Navoiy viloyatining barcha hududlaridagi tayanç DMTTlarda «Metodik mahorat kuni» tadbirlari taşkil etildi. 🤲Konimex tumanidagi 2-tayanç DMTTdagi tadbir davomida Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi metodistlari tomonidan maktabgaça ta’lim taşkilotidagi faoliyat tahlil qilinib, mavjud ehtiyojlar asosida pedagoglarga metodik yordam körsatildi. Mentor A.Manatova tomonidan pedagoglar uçun maşğulot ötkazilib, ta’lim-tarbiya jarayonida samarali foydalaniş mumkin bölgan zamonaviy metod va yondaşuvlar böyiça amaliy bilimlar berildi. Zero, maktabgaça ta’limdagi har bir ijobiy özgariş, avvalo, pedagogning kasbiy ösişi va maşğulotlar sifatida namoyon böladi. Metodik mahorat kunlari esa ana şu ösişga yöl oçadigan, tajriba va bilimni amaliyot bilan boğlaydigan muhim maydondir. 🖊Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
53
4
📰📰📰📰📰📰📰📰 🖥🖥🖥 Maktabida "Vijdon do'koni" tashkil etgan yil o'qituvchisi 🖊Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Te
📰📰📰📰📰📰📰📰 🖥🖥🖥 Maktabida "Vijdon do'koni" tashkil etgan yil o'qituvchisi 🖊Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
112
5
⏳⏳⏳⏳ 10-NOYABR 👍 BAYRAMLAR: 🇺🇳 Tinchlik va taraqqiyot uchun Butunjahon fan kuni. 🌎 Butunjahon yoshlar kuni. 🌍 Xalqaro bu
⏳⏳⏳⏳ 10-NOYABR 👍 BAYRAMLAR: 🇺🇳 Tinchlik va taraqqiyot uchun Butunjahon fan kuni. 🌎 Butunjahon yoshlar kuni. 🌍 Xalqaro buxgalteriya kuni. 🌏 Butunjahon keratokonus kuni. 👍 MILLIY BAYRAMLAR: 🇰🇬 Qirg'iziston - Yoshlar kuni. 🇲🇿 Mozambik - Maputo kuni. 🇮🇩 Indoneziya - Qahramonlar kuni. 🇹🇷 Turkiya - Mustafo Kamol Otaturkni xotirlash kuni. 🇦🇷 Argentina - An'analar kuni. 🇹🇯 Tojikiston - Militsionerlar kuni. 🇺🇸 AQSH - Amerika Qo'shma Shtatlari dengiz piyodalarining tug'ilgan kuni. 🇷🇺 Rossiya - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni. 🇵🇦 Panama - Los Santos qo'zg'oloni kuni. 👍 VOQEALAR: - 1444 - Salib yurishlari: Varna jangi. - 1885 - Gottlieb Daymler motorli velosipedni sinovdan o’tkazdi. - 1864 - Avstriya ersgersogi Maksimilian Meksika imperatori deb e'lon qilindi. - 1910 - Angliyada yangi hukumat inqirozi. - 1918 - Elzas Sovet Respublikasi e'lon qilindi. - 1917 - Rossiyada Kerenskiyning davlat to'ntarishni amalga oshirishga urinishi muvaffaqiyatsiz tugadi (voqealar 12-noyabrda tugaydi). - 1939 - Kanada Germaniyaga qarshi urush e'lon qildi. - 1945 - Jahon Demokratik Yoshlar Federatsiyasi (WFDY) tashkil etildi. - 1948 - Xalqaro kit ovlash konvensiyasi kuchga kirdi. - 1959 - BMT Bosh Assambleyasi Janubiy Afrikadagi aparteidni va dunyoning istalgan nuqtasida irqiy kamsitishni qoralaydi. - 1961 - Stalingrad Volgograd deb o'zgartirildi. - 1965 - Xitoyda “Madaniy inqilob” boshlandi.  - 1968 - "Zond-6" avtomatik stansiyasi Oy tomon uchirildi. - 1970 - SSSR «Luna-17» kosmik stansiyasini uchirdi. - 1975 - BMT Bosh Assambleyasi sionizmni rasizmga tenglashtirish haqida rezolyutsiya qabul qildi. - 1980 - Polshada "Birdamlik" rasman ro'yxatga olindi. - 1983 - Fred Koen kompyuter xavfsizligi bo'yicha seminarda birinchi kompyuter virusini taqdim etdi. - 1994 - Iroq Quvayt suvereniteti tan olinganligini e'lon qiladi. - 2007 - Ibero-Amerika sammitida Ispaniya qiroli Xuan Karlos I Venesuela Prezidenti Hugo Chavezga «chakagini o’chirishni» taklif etdi. - 2020 - Tog'li Qorabog'dagi qurolli mojaroning tugashi. 🎁TAVALLUDLAR: - 1433 - Karl Dovyurak (1477) - Valualardan bo‘lgan Burgundiyaning so'nggi gersogi (1467-1477). - 1483 - Martin Lyuter (1546) - nasroniy ilohiyotchisi, Germaniyadagi islohotlar yetakchisi. - 1759 - Shiller Iogann Kristof Fridrix - nemis shoiri, dramaturg, tarixchi, san'at nazariyotchisi. - 1801 - Vladimir Dal (adabiy taxallusi-Kazak Luganskiy) - rus leksikografi, etnografi va yozuvchisi. - 1888 - Andrey Tupolev (1972) - sovet olimi, samolyot konstruktori. - 1896 - Obid Jalilov (1963) - O'zbekiston xalq artisti (1939).  - 1909 - Irakliy Abashidze (1992) - gruzin shoiri. - 1918 - Ernst Otto Fisher (2007) - nemis organik kimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1973). - 1938 - Fayzi Shohismoil - shoir, jurnalist va tarjimon. - 1944 - Asqar Akayev - Qirg'izistonning sobiq prezidenti (1990-2005). - 1946 - Mustafo Bafoyev - kompozitor va dirijyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1995). - 1958 - Elmira Bositxonova - oʻzbek shifokori, davlat arbobi va siyosatchi. - 1975 - Tina Kandelaki - rus jurnalisti va teleboshlovchi. - 1985 - U Minxia - xitoylik suvga sakrash ustasi, 5 karra Olimpiya chempioni. - 2000 - Makkenzi Foy - amerikalik model va aktrisa. 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati ✅ Telegram  🌍Veb-sayt ✅ Instagram   ✅YouTube
106
6
✅✅✅✅✅ 🇺🇿Assalomu alaykum, qadrli ustozlar! “Buyuk ishlar bir kunda emas, har kungi izchil harakatlar natijasida amalga osha
✅✅✅✅✅ 🇺🇿Assalomu alaykum, qadrli ustozlar! “Buyuk ishlar bir kunda emas, har kungi izchil harakatlar natijasida amalga oshadi.” Mukammal darsga intilish, yangi metodikani o‘rganish, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish — bularning barchasi izchillikni talab qiladi. Bir kunda hamma narsani o‘zgartirish shart emas. Muhimi, har kuni oz bo‘lsa-da, oldinga siljish. Bugun bitta yangi g‘oyani o‘rganing. Ertaga uni amaliyotda qo‘llang. Keyin natijangizni tahlil qiling. Shu tariqa kichik qadamlar katta tajribaga aylanadi. 🌞 Bugungi kuningiz mazmunli, harakatlaringiz samarali, natijalaringiz quvonchli bo‘lsin! Har bir kun — mahoratingizni oshirish uchun yangi imkoniyat! 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook📱Instagram 📺YouTube
78
7
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ 📢 ILM-FAN VA TA’LIM KELAJAGI HAQIDA FIKR ALMASHAMIZ! 🤖 Raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va innovatsi
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ 📢 ILM-FAN VA TA’LIM KELAJAGI HAQIDA FIKR ALMASHAMIZ! 🤖 Raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va innovatsion yondashuvlar bugungi ta’lim jarayonini qanday o‘zgartirmoqda? Bu boradagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari qanday? Ana shu savollarga ilmiy va amaliy jihatdan yechim izlash, ilg‘or tajribalarni o‘rtoqlashish hamda yangi g‘oyalarni muhokama qilish maqsadida Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida “Umumta’lim maktablari ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning dolzarb muammolari va yechimlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi. 📅 Sana: 2026-yil 25-noyabr Anjumanda yetakchi olimlar, professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, shuningdek, maktabgacha va maktab ta’limi tizimi pedagoglari ishtirok etishlari mumkin. Anjuman doirasida quyidagi yo‘nalishlar muhokama qilinadi: 🔹 Ta’lim samaradorligini oshirishda raqamli ta’lim resurslari va innovatsion pedagogik texnologiyalar; 🔹 Ta’lim sifatini baholashda raqamli pedagogik diagnostika, milliy va xalqaro baholash dasturlari; 🔹 O‘quvchilar kompetensiyalarini rivojlantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining pedagogik-psixologik asoslari; 🔹 Umumiy o‘rta ta’limda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari va istiqbollari. 📝 Maqolalar uchun talablar: - O‘zbek, rus yoki ingliz tillaridan birida; - IMRAD talablari asosida; - 3–5 sahifa hajmda; - 14 shrift, 1,5 intervalda; - Annotatsiya va kalit so‘zlar rus hamda ingliz tillarida taqdim etilishi lozim. 📚 Anjuman materiallari elektron ilmiy to‘plam shaklida nashr etilib, maqolasi bilan qatnashgan mualliflarga elektron sertifikat taqdim etiladi. To‘plam anjumanlar.uz platformasiga joylashtiriladi. 🌐 Anjumanning rasmiy tillari: o‘zbek, rus va ingliz tillari. 📩 Maqolalarni qabul qilish muddati: 2026-yil 25-noyabrga qadar. 📲 Maqolalar Telegram orqali quyidagi raqamga yuboriladi: +998 94 418-16-61 ✍️Anjuman koordinatori: Rajabov Kozim Komil o‘g‘li, “Fanlarni rivojlantirish” bo‘limi bosh mutaxassisi. ☎️ Telefon: +998 99 418 16 61 📍 Manzil: Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi, Karmana tumani, Toshkent ko‘chasi, 41A-uy. 🔔 Ilmiy izlanishlaringiz, ilg‘or tajribangiz va yangi g‘oyalaringiz bilan ta’lim taraqqiyotiga hissa qo‘shing! Sizni anjumanda kutamiz! 🖊Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
244
8
📝📝📝📝📝📝 📝📝📝📝📝📝📝📝📝📝📝 📝📝📝📝 🤖 SUN’IY INTELLEKT VA PEDAGOG MAS’ULIYATI: IMKONIYATLAR VA MUHIM SAVOLLAR Bugun
📝📝📝📝📝📝 📝📝📝📝📝📝📝📝📝📝📝 📝📝📝📝 🤖 SUN’IY INTELLEKT VA PEDAGOG MAS’ULIYATI: IMKONIYATLAR VA MUHIM SAVOLLAR Bugun ta’lim jarayoniga sun’iy intellekt tobora çuqur kirib kelmoqda. Bu esa pedagoglar oldiga yangi imkoniyatlar bilan birga, jiddiy savollar va mas’uliyatli vazifalarni ham qöymoqda. Navbahor tumanida bugun texnologiya fani yetakçi öqituvçilari iştirokida taşkil etilgan «Kasbiy rivojlaniş kuni» tadbiri aynan şu mavzuga bağişlandi. Mentor öqituvçi Nilufar Norova tomonidan olib borilgan maşğulotda «Pedagogik faoliyatda sun’iy intellektdan foydalanişning etik va huquqiy asoslari» mavzusi atrofliça muhokama qilindi. Ayniqsa, «Ta’lim va baholaşda sun’iy intellektdan foydalaniş xatarlimi?», «Sun’iy intellekt mendan yaxşiroq biladimi?», «Kelajakda öqituvçilar örnini sun’iy intellekt egallaydimi?» kabi bahsli savollar iştirokçilarni muşohadaga çorladi. Har bir fikr dalillar asosida tahlil qilinib, sun’iy intellektdan foydalanişda pedagogik mas’uliyat, axloqiy me’yorlar va huquqiy talablarning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Maşğulot yuqori kayfiyat, faol muloqot va qizğin munozaralar ruhida ötdi. Zero, sun’iy intellekt qançalik rivojlanmasin, ta’limning qalbi — inson, uning tafakkuri, mehr-muhabbati va mas’uliyatidir. Muhimi, zamonaviy texnologiyalardan töğri foydalanişni örganiş va ularni ta’lim sifati yölida samarali vositaga aylantirişdir. 🖊Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
175
9
📰📰📰📰📰📰📰📰 🖥🖥🖥 Pedagogik mahorat markazida "Metodik marafon" 🖊Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram 🌍Veb
📰📰📰📰📰📰📰📰 🖥🖥🖥 Pedagogik mahorat markazida "Metodik marafon" 🖊Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
192
10
❤️❤️❤️🩷❤️❤️❤️❤️❤️ 🩷🩵🩵🩵❤️🩵❤️💛🩵 📚 Har bir natija ortida hamjihatlik va mas’uliyat bor! Ta’lim jarayonining samarali ta+2
❤️❤️❤️🩷❤️❤️❤️❤️❤️ 🩷🩵🩵🩵❤️🩵❤️💛🩵 📚 Har bir natija ortida hamjihatlik va mas’uliyat bor! Ta’lim jarayonining samarali taşkil etilişida nafaqat öqituvçi va tinglovçilarning faolligi, balki ular örtasidagi hamkorlik, özaro axborot almaşinuvi va aniq tartib ham muhim örin tutadi. Ayniqsa, malaka oşiriş jarayonida har bir yangilik va muhim ma’lumotning barça tinglovçilarga öz vaqtida yetib borişi umumiy natijaga bevosita ta’sir körsatadi. Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida aynan şu maqsadda öquv guruhlari sardorlari bilan alohida uçraşuv taşkil etildi. Markaz direktori örinbosari Dilmurod Safarov iştirokidagi oçiq muloqotda guruh sardorlarining vazifa va mas’uliyati, tinglovçilar bilan samarali aloqani yölga qöyiş, öquv jarayonida yagona tartib-intizomni ta’minlaş masalalari muhokama qilindi. Xususan, ta’lim sifatini oşiriş va öquv jarayonini takomillaştirişga qaratilgan yangilik hamda talablarni barça tinglovçilarga birdek yetkaziş, maşğulotlarga öz vaqtida qatnaşiş, içki tartib-qoidalarga rioya qiliş, vaqtni qadrlaş va yakuniy loyiha işlarini belgilangan muddatlarda bajariş zarurligi ta’kidlandi. Şuningdek, yonğin xavfsizligi talablari, internetdan foydalanişda kiberxavfsizlik qoidalariga amal qiliş va ta’lim jarayonida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda böliş masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Uçraşuv oddiy tuşuntirişlar bilan çeklanib qolmadi. Sardorlar özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, taklif va fikrlarini bildirişdi, markaz rahbariyatidan batafsil javoblar olişdi. Zero, guruh sardori — bu şunçaki taşkiliy vazifani bajaruvçi emas, balki tinglovçilar va markaz örtasidagi muhim boğlovçi böğin, umumiy tartib va hamjihatlikni ta’minlaşga hissa qöşuvçi faol iştirokçidir. Har bir tinglovçi öz vazifasini anglab, belgilangan talablarga mas’uliyat bilan yondaşgandagina malaka oşiriş jarayoni kutilgan samarani beradi. 🖊Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
205
11
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ FUQAROLAR VA YURIDIK SHAXSLAR VAKILLARI DIQQATIGA! Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Uktamjo
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ FUQAROLAR VA YURIDIK SHAXSLAR VAKILLARI DIQQATIGA! Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Uktamjon Mardanovning fuqarolar hamda yuridik shaxslar vakillari uchun sayyor qabuli o‘tkaziladi. 📅 Sana: 2026-yil 13-noyabr ⏰ Vaqti: 14:30–15:30 📍 Manzil: Navoiy viloyati, Xatirchi tumani, "Yangi" MFY, 15-umumta’lim maktabi binosi (faollar zali). Qabul davomida fuqarolar va yuridik shaxslar vakillarining murojaatlari, takliflari hamda muammolari tinglanadi. Jumladan, pedagog kadrlarni malaka oshirish va qayta tayyorlash, Kasbiy rivojlanish kuni va kasbiy rivojlanish soatlari, Metodik mahorat kuni va metodik mahorat soatlarini tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek, ta’lim jarayonini metodik qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar ko‘rib chiqiladi. Sayyor qabulda ishtirok etish, murojaat va takliflar bilan chiqish uchun quyidagi telefon raqamiga bog‘lanishingiz mumkin: ☎️ +998 93 461 88 82 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
174
12
⏳⏳⏳⏳ 10-NOYABR 👍 BAYRAMLAR: 🇺🇳 Tinchlik va taraqqiyot uchun Butunjahon fan kuni. 🌎 Butunjahon yoshlar kuni. 🌍 Xalqaro bu
⏳⏳⏳⏳ 10-NOYABR 👍 BAYRAMLAR: 🇺🇳 Tinchlik va taraqqiyot uchun Butunjahon fan kuni. 🌎 Butunjahon yoshlar kuni. 🌍 Xalqaro buxgalteriya kuni. 🌏 Butunjahon keratokonus kuni. 👍 MILLIY BAYRAMLAR: 🇰🇬 Qirg'iziston - Yoshlar kuni. 🇲🇿 Mozambik - Maputo kuni. 🇮🇩 Indoneziya - Qahramonlar kuni. 🇹🇷 Turkiya - Mustafo Kamol Otaturkni xotirlash kuni. 🇦🇷 Argentina - An'analar kuni. 🇹🇯 Tojikiston - Militsionerlar kuni. 🇺🇸 AQSH - Amerika Qo'shma Shtatlari dengiz piyodalarining tug'ilgan kuni. 🇷🇺 Rossiya - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni. 🇵🇦 Panama - Los Santos qo'zg'oloni kuni. 👍 VOQEALAR: - 1444 - Salib yurishlari: Varna jangi. - 1885 - Gottlieb Daymler motorli velosipedni sinovdan o’tkazdi. - 1864 - Avstriya ersgersogi Maksimilian Meksika imperatori deb e'lon qilindi. - 1910 - Angliyada yangi hukumat inqirozi. - 1918 - Elzas Sovet Respublikasi e'lon qilindi. - 1917 - Rossiyada Kerenskiyning davlat to'ntarishni amalga oshirishga urinishi muvaffaqiyatsiz tugadi (voqealar 12-noyabrda tugaydi). - 1939 - Kanada Germaniyaga qarshi urush e'lon qildi. - 1945 - Jahon Demokratik Yoshlar Federatsiyasi (WFDY) tashkil etildi. - 1948 - Xalqaro kit ovlash konvensiyasi kuchga kirdi. - 1959 - BMT Bosh Assambleyasi Janubiy Afrikadagi aparteidni va dunyoning istalgan nuqtasida irqiy kamsitishni qoralaydi. - 1961 - Stalingrad Volgograd deb o'zgartirildi. - 1965 - Xitoyda “Madaniy inqilob” boshlandi.  - 1968 - "Zond-6" avtomatik stansiyasi Oy tomon uchirildi. - 1970 - SSSR «Luna-17» kosmik stansiyasini uchirdi. - 1975 - BMT Bosh Assambleyasi sionizmni rasizmga tenglashtirish haqida rezolyutsiya qabul qildi. - 1980 - Polshada "Birdamlik" rasman ro'yxatga olindi. - 1983 - Fred Koen kompyuter xavfsizligi bo'yicha seminarda birinchi kompyuter virusini taqdim etdi. - 1994 - Iroq Quvayt suvereniteti tan olinganligini e'lon qiladi. - 2007 - Ibero-Amerika sammitida Ispaniya qiroli Xuan Karlos I Venesuela Prezidenti Hugo Chavezga «chakagini o’chirishni» taklif etdi. - 2020 - Tog'li Qorabog'dagi qurolli mojaroning tugashi. 🎁TAVALLUDLAR: - 1433 - Karl Dovyurak (1477) - Valualardan bo‘lgan Burgundiyaning so'nggi gersogi (1467-1477). - 1483 - Martin Lyuter (1546) - nasroniy ilohiyotchisi, Germaniyadagi islohotlar yetakchisi. - 1759 - Shiller Iogann Kristof Fridrix - nemis shoiri, dramaturg, tarixchi, san'at nazariyotchisi. - 1801 - Vladimir Dal (adabiy taxallusi-Kazak Luganskiy) - rus leksikografi, etnografi va yozuvchisi. - 1888 - Andrey Tupolev (1972) - sovet olimi, samolyot konstruktori. - 1896 - Obid Jalilov (1963) - O'zbekiston xalq artisti (1939).  - 1909 - Irakliy Abashidze (1992) - gruzin shoiri. - 1918 - Ernst Otto Fisher (2007) - nemis organik kimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1973). - 1938 - Fayzi Shohismoil - shoir, jurnalist va tarjimon. - 1944 - Asqar Akayev - Qirg'izistonning sobiq prezidenti (1990-2005). - 1946 - Mustafo Bafoyev - kompozitor va dirijyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1995). - 1958 - Elmira Bositxonova - oʻzbek shifokori, davlat arbobi va siyosatchi. - 1975 - Tina Kandelaki - rus jurnalisti va teleboshlovchi. - 1985 - U Minxia - xitoylik suvga sakrash ustasi, 5 karra Olimpiya chempioni. - 2000 - Makkenzi Foy - amerikalik model va aktrisa. 🖊Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
275
13
✅✅✅✅✅ ☀️ Assalomu alaykum, qadrli ustozlar! “Odamzodning eng katta boyligi — erkin fikr va toza vijdon.” ✍️ Usmon Nosir O‘qit
✅✅✅✅✅ ☀️ Assalomu alaykum, qadrli ustozlar! “Odamzodning eng katta boyligi — erkin fikr va toza vijdon.” ✍️ Usmon Nosir O‘qituvchilik shunchaki kasb emas, bu qalbi toza, fikri hurlar avlodini tarbiyalashdek oliy mas’uliyatdir. Shogirdlarining qalbiga toza vijdon urug‘ini sepish, ularni erkin va mustaqil fikrlaydigan shaxs qilib kamolga yetkazish ustozning eng buyuk vazifasidir. Tadbirkorlik va innovatsiyalar, ilm-fan va jamiyat taraqqiyoti aynan xolis vijdon va erkin fikrli o‘qituvchilar bergan ta’lim ortidan keladi. Ziyo ulashuvchi har bir darsingiz ortida kelajak avlodning ma’naviy poydevori yaratilmoqda. 💐 Bugun ham o‘quvchilaringizga nafaqat bilim, balki to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatuvchi toza vijdon va sergak fikr namunasini ulashing! Mehnatingiz doim qadrlansin, kuningiz fayzli va unumli bo‘lsin! 🖊Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
180
14
🔠🔠🔠🔠🔠🔠 🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠 🔠🔠🔠🔠🔠 📚 Yaxşi ustoz — umri boqiy izlanişdagi inson! Bugungi ta’lim jarayonida ustoz+3
🔠🔠🔠🔠🔠🔠 🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠 🔠🔠🔠🔠🔠 📚 Yaxşi ustoz — umri boqiy izlanişdagi inson! Bugungi ta’lim jarayonida ustozdan nafaqat bilim beriş, balki doimiy izlaniş, öz ustida işlaş va zamon bilan hamnafas böliş ham talab etiladi. Zero, pedagogning kasbiy mahorati qançalik yuksalsa, ta’lim sifati ham şunçalik ortadi. Ana şu maqsadda viloyatimizdagi barça umumta’lim maktablarida «Kasbiy rivojlaniş soatlari» muntazam taşkil etilib, pedagoglarning bilim va könikmalarini boyitiş, ilğor tajribalarni ommalaştiriş hamda özaro tajriba almaşişi uçun muhim maydon yaratilmoqda. Mazkur jarayonlarning taşkil etilişi va samaradorligini örganiş maqsadida Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi metodistlari Xatirçi tumanidagi 5-, 72-, 12-, 66- va 13-sonli maktablarda bölişdi. Jarayonda «Kasbiy rivojlaniş soatlari»ning mazmun-mohiyati, maşğulotlarni taşkil etişda qöllanilayotgan zamonaviy yondaşuvlar, metodik ta’minot, pedagoglarning özaro tajriba almaşişi va kasbiy rivojlaniş jarayonlari atrofliça örganildi. Şuningdek, öqituvçilar bilan fikr almaşilib, maşğulotlar sifatini yanada oşiriş yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi. Eng muhimi, bunday uçraşuvlar şunçaki jarayonni kuzatiş bilan çeklanmaydi. Ular pedagoglarning metodik izlanişlarini qöllab-quvvatlaş, tajribasini boyitiş va ta’limdagi yangi yondaşuvlarni amaliyotga tatbiq etişga xizmat qiladi. 🖊Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook📱Instagram 📺YouTube
229
15
📹#OAV_BIZ_HAQIMIZDA 🖥🖥🖥 Yangilanish shiddati | Navoiy viloyatida taʼlimda erishilayotgan yutuqlar 👌Navoiy viloyati hokim
📹#OAV_BIZ_HAQIMIZDA 🖥🖥🖥 Yangilanish shiddati | Navoiy viloyatida taʼlimda erishilayotgan yutuqlar 👌Navoiy viloyati hokimligi Axborot xizmati 🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube
207
16
⏳⏳⏳⏳ 8-NOYABR 👍 BAYRAMLAR: 🌏 Butunjahon Wi-Fisiz kun. 🌏 Xalqaro radiologiya kuni. 🌏 Butunjahon shaharsozlik kuni. 🌏 Butu
⏳⏳⏳⏳ 8-NOYABR 👍 BAYRAMLAR: 🌏 Butunjahon Wi-Fisiz kun. 🌏 Xalqaro radiologiya kuni. 🌏 Butunjahon shaharsozlik kuni. 🌏 Butunjahon radiografiya kuni. 🌏 Xalqaro pianinochilar kuni. 👍 MILLIY BAYRAMLAR: 🇰🇬 Qirg'iziston - Siyosiy qatag'on qurbonlarini xotirlash kuni. 🇦🇿 Ozarbayjon - Boku metropoliteni xodimlari kuni. 🇫🇲 Mikroneziya - Ponpey Konstitutsiyasi kuni. 🇨🇳 Xitoy - Jurnalistlar kuni. 🇰🇿 Qozog‘iston - Statistika kuni. 🇦🇿 Ozarbayjon - G‘alaba kuni. 🇰🇬 Qirg'iziston - Tarix va xotira kunlari. 👍 VOQEALAR: - 1492 - Buyuk shoir va mutafakkir Abdurahmon Jomiy vafot etdi. - 1519 - Hernan Kortes Tenochtitlanga keldi. - 1520 - Stokgolmda "Qonli hammom". - 1602 - Oksfordda Bodlian kutubxonasi ochildi. - 1620 - Praga yaqinidagi Belogorsk jangi. - 1793 - Luvr keng omma uchun muzeyga aylandi. - 1888 - Siklon paytida Britaniya Hindistoni bayrog'i ostida suzib yurgan Vaitarna (ingliz) kemasi Gujarat qirg'oqlarida g'oyib bo'ldi, 746 kishi vafot etgan. - 1893 - AQShning Kolorado shtatida ayollarga ovoz berish huquqi berildi. - 1895 - Nemis fizigi Vilgelm Rentgen “rentgen” nurlarini kashf etdi. - 1903 - Gollandiyada elektrokardiograf ixtirosi haqida xabar berildi. - 1922 - Buxoro davlat muzey qo'riqxonasi tashkil etildi. - 1923 - Myunxenda "Pivo isyoni". - 1939 - “Pivo isyoni”ning 16 yilligida Georg Elser Myunxenda Adolf Gitlerga muvaffaqiyatsiz suiqasdga urinish qildi: Fyurer portlovchi qurilmaning soat mexanizmi ishlamasdan oldin suiqasd joyini tark etdi. 8 kishi halok bo'ldi. - 1941 - Albaniya Kommunistik partiyasi tashkil topdi. - 1961 - "Quvnoqlar va zukkolar" klubi tashkil topdi. - 1971 - Led Zeppelin guruhi Led Zeppelin IV albomini chiqardi. - 1977 - Grek arxeologi Manolis Andronikos Vergina yaqinida Makedoniyalik Filipp II dafn etilgan joyni topdi. - 1988 - Jorj Bush AQSh ning 41-prezidenti bo‘ldi. - 1995 - O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi “Jahon” axborot agentligiga asos solindi. - 2002 - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Qatag‘on qurbonlari xotirasi" muzeyi faoliyatini tashkil etish to‘g'risida”gi qarori qabul qilindi. - 2008 - K-152 "Nerpa" atom suvosti kemasida avariya. - 2016 - Donald Tramp AQSh ning 45-prezidenti etib saylandi. 🎁TAVALLUDLAR: - 1622 - Karl X Gustav (1660) - Shvetsiya qiroli (1654-1660). - 1656 - Galley Edmund (1742) - ingliz astronomi va geofizigi, birinchi mukammal geomagnit xaritani tuzgan (1701). - 1711 - Mixail Lomonosov (1765) - rus tabiatshunos olimi, rus adabiy tilining asoschisi, shoir, rassom, tariхchi. - 1770 - Ivan Kruzenshtern (1846) - rus dengizchisi, admiral (1842). - 1911 - Sora Eshonto'rayeva - aktrisa, jamoat arbobi. O'zbekiston xalq artisti (1937). - 1913 - Mixail Postolov (1990) - jarroh olim O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi. - 1924 - Dmitriy Yazov (2020) - Sovet Ittifoqi mudofaa vaziri (1987—1991). - 1935 - Alen Delon - Fransuz aktyori, prodyuser.  - 1936 - Akmal Azizxo’jaуev - futbolchi, sport ustasi (1966), O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sport ustozi (1992). - 1946 - Gus Xiddink - gollandiyalik futbol murabbiyi. - 1975 - Tara Rid - amerikalik aktrisa. - 1979 - Emi Purdi - amerikalik aktrisa, model va para-snoubordchi. - 1980 - Arefe Mansuriy - eronlik model va liboslar dizayneri. - 1983 - Pavel Pogrebnyak - rossiyalik futbolchi. - 1985 - Magda Apanovich - asli polshalik kanadalik aktrisa va raqqosa. - 2001 - Yoxannes Lamparter - avstriyalik biatlonchi, ikki karra jahon chempioni. 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati ✅ Telegram  🌍Veb-sayt ✅ Instagram   ✅YouTube
220
17
✅✅✅✅✅ 🤲Assalomu alaykum, aziz murabbiylar! «Muvaffaqiyatli o‘qituvchi — o‘quvchisini o‘zidan o‘zib ketishiga erishgan insond
✅✅✅✅✅ 🤲Assalomu alaykum, aziz murabbiylar! «Muvaffaqiyatli o‘qituvchi — o‘quvchisini o‘zidan o‘zib ketishiga erishgan insondir.» ✏️ Vasiliy Klyuchevskiy Shogirdlaringiz kamoli va muvaffaqiyati sizga hamisha faxr va g‘urur bag‘ishlasin! ✨ Ishlaringizda baraka, oilangizda tinchlik-totuvlik tilaymiz! 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
192
18
🔥🔥🔥🔥🔥🔥 ✅ Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida "Pedagogık mahorat markazida sifat madaniyatı, samarali monitori+9
🔥🔥🔥🔥🔥🔥 ✅ Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida "Pedagogık mahorat markazida sifat madaniyatı, samarali monitoring va xalqaro tajriba" mavzusidagi Respublika amaliy seminar-treningi qizğin bahs-munozaralar ruhida bölib ötdi. 📝 Tadbirda hududiy ta’lim sifati nazorati bölimlari xodimlari hamda Turkiyalik mutaxassislar onlayn qatnaşib, ta’lim sifati, monitoring samaradorligi va xalqaro tajriba yuzasidan fikr almaşdılar. Jumladan, seminarda Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi Ta'lim sifati nazorati bölimi boşliği Ilyos Hamrayev iştirok etdi. 🖊Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook📱Instagram 📺YouTube
246
19
#Qonunchilikdagi_yangiliklar ❗️ Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat bo‘ladi
#Qonunchilikdagi_yangiliklar ❗️ Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat bo‘ladi O‘zbekiston Respublikasining "Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish kiritish haqida"gi Qonuni (O‘RQ–1184-son, 21.10.2026 y.) qabul qilindi. 🔰 Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida lotin yozuviga asoslangan, 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat o‘zbek alifbosi joriy etiladi. 🔎 Mazkur o‘zgartirishga muvofiq, alifbo 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi o‘rniga 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan tashkil topadi. 📝 Alifbo tarkibi: A a, B b, D d, E e, F f, G g, Ğ ğ, H h, I i, J j, K k, L l, M m, N n, O o, Ö ö, P p, Q q, R r, S s, Ş ş, Ç ç, T t, U u, V v, X x, Y y, Z z va ’ (tutuq belgisi). 📜 Shuningdek, Qonunda quyidagilar belgilandi: 🔹 Qonun kuchga kirguniga qadar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlarda takomillashtirilgan harflarning avvalgi shakli mavjud bo‘lishi ularning amal qilishiga va muomalada bo‘lishiga monelik qilmaydi; 🔹 davlat organlari va tashkilotlarining takomillashtirilgan harflarning avvalgi shakli mavjud bo‘lgan ramziy belgilari va boshqa atributlaridan, ularning binolarida aks ettirilgan davlat gerbining bo‘rtma tasviridan, geografik obyektlarning nomlari tushirilgan peshlavha va ko‘rsatkichlardan hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boshqa ashyolar va manbalardan ular yaroqsiz holatga kelib qolguniga yoxud Qonun ijrosiga doir chora-tadbirlar dasturida belgilangan muddatga qadar foydalaniladi. 📌 Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach kuchga kiradi. 🖊Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
186
20
⏳⏳⏳⏳ 7-NOYABR 👍 BAYRAMLAR: 🌏 Xalqaro afrikalik yozuvchilar kuni. 🌏 Xalqaro tibbiy fizika kuni. 🌏 Xalqaro Inuit kuni. 👍 M
⏳⏳⏳⏳ 7-NOYABR 👍 BAYRAMLAR: 🌏 Xalqaro afrikalik yozuvchilar kuni. 🌏 Xalqaro tibbiy fizika kuni. 🌏 Xalqaro Inuit kuni. 👍 MILLIY BAYRAMLAR: 🇷🇺 Rossiya - 1917-yil oktyabr inqilobi kuni. 🇹🇯 Tojikiston - Tojik teatri kuni. 🇭🇺 Vengriya - Venger operasi kuni. 🇰🇬 Qirg'iziston - Matbuot kuni. 🇰🇬 Qirg'iziston - Tarix va ajdodlarni xotirlash kunlari. 🇧🇾 Belarus - Oktyabr inqilobi kuni. 👍 VOQEALAR: - 680 - Konstantinopolda VI Vselenskiy sobori ochildi. - 1226 - Jaloliddin Manguberdi Hilot qal‘asini qamal qilishni boshladi. - 1398 - Amir Temur qo‘shinlari Batnir qal‘asini qamal qildi. - 1631 - Pyer Gassendi birinchi marta Merkuriyning Quyosh diski orqali o'tishini kuzatgan, buni Yoxannes Kepler ilmiy bashorat qilgan. - 1659 - Pireney tinchlik kelishuvi tuzildi. - 1841 - Qo‘qon xoni Muhammad Alixon o‘z ukasi Sulton Mahmud foydasiga taxtdan voz kechdi. - 1891 - Amerikalik Uitkomb Leo Jadson molniyaning birinchi ma'lum prototipini patentladi. - 1902 - Rossiyada “Mastlar uchun qo‘nalg‘a” nomli birinchi hushyorxona ochildi. - 1917 - Rossiyada Oktyabr inqilobi sodir bo'ldi. - 1918 - Sovet Rossiyasining birinchi markalari chiqarildi. - 1931 - Mao Szidun Xitoy Xalq Respublikasi tuzilganligini eʼlon qildi. - 1940 - "Tacoma Narrows Bridge" osma ko'prigi shamol kuchi oz hisoblanganligi sababli qulab tushdi. - 1941 - Moskvadagi  Qizil maydonda Sovet qo'shinlarining paradi bo'lib o'tdi. - 1941 - Nemislar bortida 7000 kishi bo‘lgan „Armeniya“ sanitar teploxodini choʻktirib yubordi. - 1972 - AQShda prezident saylovlari: amaldagi prezident - Richard Nikson g‘alaba qozondi. - 1987 - Tunisda “Jasmin inqilobi“, Ben Ali prezident bo'ldi. - 1990 - Chilangar Aleksandr Shmonov bayram namoyishida Mixail Gorbachyovga o'q uzdi. - 1994 - «O‘zbekiston temir yo‘llari» davlat aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etildi. - 1995 - Asakabank tashkil topdi. - 2007 - Yokela shahrida litseydagi qirg'in (Finlyandiya). - 2012 - Medvedkovodagi qirg'in (Moskva, Rossiya). - 2012 - Gvatemalada 7,4 balli zilzila sodir bo‘ldi. 🎁TAVALLUDLAR: - 1413 - Kamoliddin Abdurazzoq ibn Jaloliddin Is‘hoq Samarqandiy (1482) - mashhur sayyoh, elchi va tarixchi. - 1414 - Jomiy (Nuriddin Abdurahmon ibn Ahmad) (1492) - fors-tojik shoiri, naqshbandiylik tariqatining yirik vakili. - 1867 - Mariya Skladovskaya-Kyuri - fransuz fizigi va kimyogari, ikki marotaba Nobel mukofoti laureati. - 1891 - Dmitriy Furmanov - Sovet yozuvchisi, nasr yozuvchisi, "Chapayev" romanining muallifi. - 1902 - Rina Zelyonaya - sovet teatr va kino aktrisasi, RSFSR xalq artisti. - 1903 - Konrad Lorenz (1989) -  avstriyalik zoolog, etolog va zoopsixolog, Nobel mukofoti sohibi (1973). - 1903 - Georgiy Millar - sovet kino va teatr aktyori, RSFSR xalq artisti. - 1911 - Nabi Rahimov (1994) - O'zbekiston xalq artisti. - 1911 - Gavhar Rahimova - raqqosa, baletmeyster, O'zbekiston xalq artisti (1965). - 1911 - Mixail Yangel - sovet olimi, raketa va kosmik texnologiyalar sohasidagi konstruktor. - 1913 - Alber Kamyu (1960) - fransuz yozuvchisi va jurnalisti, Nobel mukofoti sohibi (1957). - 1914 - Azimov Sodiq (1988) - fizik olim, O'zbekiston FA akademigi (1962), O'zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1964). - 1917 - Nazarmat Egamnazarov - Shoir va jurnalist. - 1918 - Obid Tolipov (1994) - Oʻzbekiston xalq artisti (1978). - 1958 - Nabi Abdurahmonov - rejissyor, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (2005). - 1972 - Hasim Sharif Rahman - AQShlik superogʻir vazn toifasidagi bokschi. Bir necha karra jahon chempioni. - 1988 - Elza Hosk - shved top modeli. 🖊Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
194