Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi/Rasmiy kanal
Open in Telegram
Veb-sayt: http://navoiymoi.uz Masofadan malaka oshirish veb-sayti: http://masofa.navoiymoi.uz Telegram: http://t.me/navmohm Facebook: https://www.facebook.com/navoimohm Kanal mas'uli bilan aloqa telefoni:
Show more1 363
Subscribers
No data24 hours
-57 days
-1030 days
Posts Archive
+2
🇺🇸 Oregon shtati 1-sentabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi
📆 AQShning Oregon shtati gubernatori Tina Kotek 2026-yil 1-sentabrni shtat miqyosida “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” (Uzbekistan Independence Day) deb rasman e’lon qildi. Tegishli proklamatsiya Oregon davlat kotibi Tobias Rid tomonidan ham tasdiqlangan.
Mazkur qaror O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan qabul qilingan. Proklamatsiyada mamlakatimizning suverenitetini mustahkamlash, boy madaniy merosini asrab-avaylash, tinchlik va farovonlikni ta’minlash, shuningdek, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni izchil amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlari qayd etilgan. Hujjatda O‘zbekistonning xalqaro maydondagi faolligi va Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishdagi o‘rni, shuningdek, O‘zbekiston–AQSh munosabatlarining savdo, investitsiyalar, texnologiyalar, ta’lim, toza energetika, turizm va xalqlararo almashinuvlar yo‘nalishlarida kengayib borayotgani e’tirof etilgan.O‘zbekiston Mustaqilligi kunining AQShning butun bir shtati miqyosida rasman e’tirof etilishi mamlakatimizga bo‘lgan xalqaro e’tibor va O‘zbekiston–AQSh munosabatlari tobora kengayib borayotganining muhim ifodasidir.
📌Ma’lumot uchun, Oregon AQShning Tinch okeani sohilidagi muhim iqtisodiy va texnologik markazlardan biri bo‘lib, shtat aholisi 4,3 milliondan ortiq. Shtatda yuqori texnologiyalar, xususan, yarimo‘tkazgichlar sanoati rivojlangan bo‘lib, Intel kompaniyasining yirik ilmiy-ishlab chiqarish majmuasi ham shu hududda joylashgan.Prezident Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosida jalb qilinadigan maslahatchisi, Prezident Administratsiyasining AQSHdagi vakili Komil Allamjonov ushbu tashabbus uchun amerikalik hamkorlarimizga samimiy minnatdorlik bildirdi. Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
#Эътироф
“Men pedagog ekanligimdan faxrlanaman!"
✅ Yulduz G‘aybullayeva Navoiy viloyatining olis hududlaridan biri — Uchquduq tumanidagi 10-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
🔰 Ustozning samarali mehnati, ta’lim-tarbiya sohasidagi fidoyiligi va kasbiga sadoqati munosib e’tirof etilib, Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Yulduz G‘aybullayeva "Shuhrat" medali bilan taqdirlandi.🎥 Batafsil — videolavhada. 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊Telegram 🌍Veb-sayt 📱Facebook📱Instagram 📺YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
«Mehnatning e’tiborda bo‘lishi — eng katta baxt!»
🇺🇿🇺🇿 "O‘zbekiston mustaqilligiga 35 yil" esdalik nishoni — bu faqat mening emas, ta’lim fidoyilari bo‘lgan barcha hamkasblarimning mehnati bo‘lsa kerak deb bilaman.
Ilm yo‘lidagi kamtarona mehnatimni qadrlab, e’tirofga loyiq ko‘rishgani uchun cheksiz shukronalik bildiraman. Bu ishonch yangi marralar va ezgu maqsadlar sari yanada kuch-g‘ayrat beradi.
✏️Dilfuza Karimova,
Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi Ijtimoiy-iqtisodiy va amaliy fanlar metodikasi kafedrasi dotsenti
🖋Navoiy viloyati PMM
matbuot xizmati
🕊Telegram 🌍Veb-sayt 📱Facebook📱Instagram 📺YouTube
⏳⏳⏳⏳
29-AVGUST
↪️ BAYRAMLAR:
🇺🇳 BMT - Xalqaro yadro sinovlariga qarshi kurash kuni
🌏 Mototsikl tug'ilgan kun
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇰🇿 Qozog'iston - Semipalatinsk yadro poligonining yopilish kuni.
🇺🇦 Ukraina - Halok bo'lgan Ukraina himoyachilarini xotirlash kuni.
🇦🇷 Argentina - Daraxt ekish kuni.
🇮🇳 Hindiston - Milliy sport kuni.
🇮🇳 Hindiston - Telugu tili kuni.
🇸🇰 Slovakiya - Slovakiya milliy qo‘zg‘oloni kuni.
👉 VOQEALAR:
- 1030 - Boku yaqinida ruslar Shirvan shohi Manuchix I ibn Yazidning lashkarini mag‘lubiyatga uchratishdi.
- 1191 - Angliya qiroli Richard I ning buyrug‘i bilan Akre shahrida (Falastin) salibchilar asirlikda bo‘lgan uch ming musulmonni qatl qildilar.
- 1526 - Turklar Vengriyani bosib oldilar.
- 1533 - Ispanlar oxirgi Inka imperatori Atahualpani bo‘g‘ib o‘ldirdilar.
- 1698 - Buyuk Pyotr o‘z fuqarolariga soqollarini olishni va Yevropa kiyimlarini kiyishni buyurdi.
- 1756 - Buyuk Fridrix Saksoniyaga bostirib kirdi.
- 1758 - Nyu-Jersida birinchi hindu rezervatsiyasi tashkil etildi.
- 1793 - Santo-Domingoda qullik bekor qilindi.
- 1825 - Portugaliya qiroli Djon VI Braziliyaning mustaqilligini tan oldi.
- 1831 - Ingliz fizigi Maykl Faradey elektromagnit induksiya hodisasini kashf etdi.
- 1842 - Nankin shartnomasi
Birinchi afyun urushini yakunlab berdi.
- 1883 - kanadalik ixtirochi va tadbirkor Tomas Ahern Ottavada birinchi elektroplitani namoyish qildi.
- 1885 - Gotlib Daymler mototsikl uchun patent oldi
- 1905 - Portsmut shartnomasi imzolandi (1904-1905 yillardagi Rus-Yapon urushi tugadi).
- 1907 - Kvebek koʻprigi qulab tushdi.
- 1910 - Koreya yapon koloniyasiga aylandi.
- 1926 - Nepalda qullik bekor qilindi.
- 1946 - Shvetsiya, Afg‘oniston va Islandiya BMTga qabul qilindi.
- 1949 - SSSRda atom bombasi sinovi.
- 1967 - 150 ga yaqin misrlik ofitserlar Misr prezidenti Nosirni ag‘darishga tayyorlanishda ayblanib hibsga olindi.
- 1975 - Oqqush yulduz turkumida yangi superyulduz paydo bo‘ldi.
- 1982 - Darmshtadt (G‘arbiy Germaniya) olimlari Mendeleyev davriy sistemasining 109-elementi - meytneriy topilganligi haqida xabar berishdi.
- 1991 - Qozog‘istondagi Semipalatinsk yadro poligoni yopildi.
- 1996 - «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni ta’sis etildi.
- 2003 - «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni ta’sis etildi.
🗓 TAVALLUDLAR:
- 1632 - Jon Lokk (1704) - ingliz faylasufi va ma’rifatparvari, bilimning empirik nazariyasi muallifi.
- 1780 - Jan Avgust Dominik Engr (1867) - fransuz rassomi.
- 1862 - Mauris Maeterlink (1949) - belgiyalik yozuvchi, dramaturg, Nobel mukofoti sovrindori (1911).
- 1876 - Charlz Kettering (1958) - amerikalik muhandis, ixtirochi va tadbirkor.
- 1904 - Verner Forsmann (1979) - nemis jarrohi va urologi, yurak kateterizatsiyasi usuli mualliflaridan biri, Nobel mukofoti sovrindori (1956).
- 1934 - Joʻldosbek Quttimurodov - haykaltarosh, qoraqalpoq haykaltaroshligi asoschisi, Oʻzbekistonda (1982) va Qoraqalpogʻistonda (1970) xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi.
- 1958 - Maykl Jekson (2009) - amerikalik qo'shiqchi, raqqos, bastakor, "pop qiroli".
- 1976 - Abduqodir Toshqulov - Termiz davlat universiteti rektori.
- 1982 - Marina Aleksandrova - rus teatr va kino aktrisasi.
- 1989 - Rustam Sultonov - yunon-rum kurashchisi, 82 kg gacha vazn toifasida.
- 1994 - Firuza Sharipova - qozogʻistonlik professional bokschi, WIBA chempioni (2019).
- 2000 - Nilufar Yoqubboeva - oʻzbekistonlik shaxmatchi. Xalqaro darajadagi ayol master (2020).
🖋Navoiy viloyati PMM
matbuot xizmati
🕊 Telegram 🌍Veb-sayt 📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
🖥"Maxsus reportaj" | Ustozlar milliy forumi Navbahor tumanida
🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati
Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
✨✨✨✨✨
Yangi O‘zbekiston ta’limi: sifat, kasb va xalqaro e’tirof sari!
🇺🇿🇺🇿 Maktablarda xalqaro baholash tizimini to‘liq joriy etish, 10 ta universitetimizni TOP-1000 talikka olib chiqish hamda texnikumlar orqali 1 million yoshni daromadli kasblarga o‘qitish — pedagogik jamoamiz oldidagi eng ustuvor vazifadir.
Maqsad aniq: mamlakatimizda kasbsiz va bilimsiz birorta ham yigit-qiz qolmaydi!
🖋Navoiy viloyati PMM
matbuot xizmati
🕊Telegram 🌍Veb-sayt 📱Facebook📱Instagram 📺YouTube
✨✨✨✨✨
🇺🇿 Yangi taraqqiyot va milliy yuksalish davrida inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan 7 ta milliy dastur amalga oshiriladi, unda bilim va taʼlim kelajagimizning asosiy poydevori qilib belgilanmoqda.
Bu haqida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ayni damda boʻlib oʻtayotgan Mustaqilligimizning 35 yillik tantanalaridagi nutqida taʼkidlab oʻtdi.
🖋Navoiy viloyati PMM
matbuot xizmati
🕊Telegram 🌍Veb-sayt 📱Facebook📱Instagram 📺YouTube
🇺🇿Sietl shahri 1-sentabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi
AQSHning Sietl shahri meri Keti B.Uilson 2026-yil 1-sentabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb rasman e’lon qildi. Bu haqda shahar meri tomonidan imzolangan maxsus proklamatsiyada qayd etilgan.🔷Hujjatda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi, mamlakatning shu davr mobaynida suverenitet, taraqqiyot va keng ko‘lamli o‘zgarishlar yo‘lini bosib o‘tgani alohida ta’kidlangan. 🔷Shuningdek, proklamatsiyada O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi eng ko‘p aholiga ega davlat ekani, iqtisodiyot yillik 5–6 foiz atrofida o‘sib borayotgani, ochiq bozor va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga intilayotgani qayd etilgan. 🔷Hujjatda O‘zbekistonning qadimiy Ipak yo‘li markazida joylashgani va bugungi kunda 100 milliondan ortiq iste’molchini qamrab oluvchi mintaqaga strategik darvoza vazifasini bajarayotganiga ham urg‘u berilgan. Bu esa savdo, investisiya, logistika, texnologiya va energetika sohalarida Sietl biznes hamjamiyati bilan hamkorlik uchun katta imkoniyat sifatida baholangan. 🔷Bundan tashqari, O‘zbekistonning Sietldagi Bosh konsulligi faoliyati ikki tomon o‘rtasida odamlar, biznes va davlat idoralari darajasida uzoq muddatli aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlangan.
Bizni kuzating:❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
+9
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🇺🇿🇺🇿«Oʻzbekiston Mustaqilligiga 35 yil» esdalik nishoni oʻz egalariga topshirildi
Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbir doirasida markaz rivojiga, taʼlim-tarbiya sohasini yangi bosqichga olib chiqishga hamda pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan bir guruh fidoyi xodimlar yuksak eʼtirof etilib, koʻkrak nishonlari bilan taqdirlandilar.
🇺🇿 Tantanali marosimda Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Oʻktamjon Mardаnov soʻzga chiqib, barcha yigʻilganlarni va markaz jamoasini eng ulugʻ, eng aziz bayramimiz — Mustaqilligimizning 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi hamda taʼlim va maʼrifat sohasidagi fidoyilarga yangi muvaffaqiyatlar tiladi.
Тaʼlim sohasidagi koʻp yillik samarali mehnati, yoshlarga bilim berish va ilmiy-metodik ishlarni takomillashtirishdagi alohida xizmatlari uchun markazning taniqli pedagog va olimlari — Dilyara Tuxfatullina, Abdurayim Pulotov, Elbek Doʻsanov, Dilfuza Karimova hamda Rahima Usmanovalar «Oʻzbekiston Mustaqilligiga 35 yil» esdalik nishoni bilan tantanali ravishda mukofotlandi.
«Ushbu mukofot — faqat mening emas, butun jamoamizning taʼlim fidoyilariga berilgan yuksak bahodir,» — deydi “Pedagogika, psixologiya va taʼlim texnologiyalari kafedrasi” mudiri, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Elbek Do‘sanov. — «Mustaqilligimizning 35 yillik toʻyida bunday eʼtirofga sazovor boʻlish men uchun katta sharaf va masʼuliyat. Kelgusida ham sifatli taʼlim hamda mahoratli pedagoglar safini kengaytirish yoʻlida bor kuch-gʻayratimizni safarbar etamiz.»Markaz jamoasi va barcha hamkasblar nomidan ushbu yuksak eʼtirof va mukofotga sazovor boʻlgan barcha taqdirlanganlarni samimiy muborakbod etamiz! 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊Telegram 🌍Veb-sayt 📱Facebook📱Instagram 📺YouTube
🔠🔠🔠🔠
🔠🔠🔠🔠🔠🔠
📚 Yillar o‘tsa-da, qadri zarracha kamaymaydigan, har bir inson kalom surib, hayotga qadam qo‘yadigan muqaddas dargoh — bu maktabdir. Aynan shu maskanda kelajak poydevori, komillik va ziyolilik sari ilk odimlar shakllanadi.
🇺🇿🇺🇿 “Jonajon maktabimga kitob sovg‘a qilaman” ezgu aksiyasi doirasida Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Uktamjon Mardanov bugungi kunda farzandlari saboq olayotgan Karmana tumanidagi 5-sonli umumta’lim maktabiga sara kitoblar to‘plamini taqdim etdi.
📖 Ushbu ma’rifiy tashabbus oddiy sovg‘adan ustunroq ma’noga ega. Bu — ilm maskaniga bo‘lgan yuksak hurmat, yosh avlod kelajagiga befarq emaslik hamda jamiyatda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qo‘shilgan munosib hissadir.
🔺 Siz ham o‘zingiz yoxud farzandlaringiz tahsil olayotgan maktab kutubxonasini boyitishga tayyormisiz?
🖋Navoiy viloyati PMM
matbuot xizmati
🕊 Telegram 🌍Veb-sayt 📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
#Siyosiy_ma’rifat_soati
✈️“Siyosiy ma’rifat soati” #33_son
Hurmatli pedagoglar, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.
Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.
📹Ko‘rishni tavsiya etamiz.
🖋Navoiy viloyati PMM
matbuot xizmati
🕊 Telegram 🌍Veb-sayt 📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🇺🇿🇺🇿 Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston buyuk kelajak sari” mavzusida bayramona “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
#Zakovat
🖋Navoiy viloyati PMM
matbuot xizmati
🕊Telegram 🌍Veb-sayt 📱Facebook📱Instagram 📺YouTube
+8
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
“Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi
🇺🇿🇺🇿 Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston buyuk kelajak sari” mavzusida bayramona “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Tadbirni markaz direktori O‘ktamjon Mardanov kirish so‘zi bilan ochib berib, ishtirokchilarni qutladi hamda istiqlol qadriyatlari, pedagoglarning ilmiy va ma’naviy salohiyatini yuksaltirishning ahamiyati haqida alohida ta’kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng, boshlovchi Ulfatjon Raxmonov bellashuv qoidalari va tartibi bilan tanishtirib, intellektual bahsga start berdi.
Markazning Axborot-resurs markazi tomonidan tashkil etilgan ushbu bilimlar bellashuvida 30 nafar xodimlar, pedagoglar va tinglovchilar ishtirok etib, o‘zlarining mantiqiy fikrlash va jamoaviy hamjihatlik mahoratlarini namoyon etdilar.
#Zakovat
🖋Navoiy viloyati PMM
matbuot xizmati
🕊Telegram 🌍Veb-sayt 📱Facebook📱Instagram 📺YouTube
⏳⏳⏳⏳
27-AVGUST
↪️ BAYRAMLAR:
🌏 Xalqaro boks kuni.
🌏 Xalqaro lotereya kuni.
🌎 Butunjahon tosh qog'oz qaychi o‘yini kuni.
📷 MILLIY BAYRAMLAR:
🇲🇩 Moldova - Mustaqillik kuni.
🇮🇷 Eron - Dorixona kuni.
🇷🇺 Rossiya - Rossiya kinosi kuni.
🇺🇸 AQSh - Milliy neft kuni.
🌐 VOQEALAR:
- Mil. av. 49 - Sezar tomonidan uzoq vaqt Ispaniya qamali oqibatida Pompeyliklarning Ilerda (zamonaviy Lerida) da taslim bo'lishi.
- 1389 - Usmoniylar armiyasi serblarni Kosova maydoni muhorabasida mag‘lubiyatga uchratdi.
- 1689 - Rossiya va Xitoy o'rtasida Nercha shartnomasi imzolandi.
- 1813 - Drezden jangi - Napoleonning ittifoqchilar qo'shini ustidan g'alabasi.
- 1828 - Axalsixining ruslar tomonidan egallanishi.
- 1855 - Xiva xoni Said Abdullaxon yovmutlarga qarshi kurashda halok bo‘ldi.
- 1875 - Lekok de Buabodran Mendeleyev bashorat qilgan galliy elementini kashf etdi.
- 1896 - Angliya-Zanzibar urushi.
- 1900 - Angliyada birinchi shaharlararo avtobuslar qatnay boshladi.
- 1908 - Belgiyada "Anderlext" futbol klubiga asos solingan.
- 1911 - Rossiyada “SSKA” futbol klubi tashkil etilgan.
- 1939 - birinchi reaktiv samolyot parvozi.
- 1946 - Pragada Xalqaro Talabalar Ittifoqi tashkil etildi.
- 1946 - AQShda avtomatik katapultali uchuvchi o'rindig'i sinovdan o'tkazildi.
- 1955 - Ginnesning Rekordlar kitobining 198 betlik birinchi nashri nashr etildi.
- 1978 - Eronda siyosiy partiyalar faoliyatini taqiqlash bekor qilindi.
- 1985 - Discovery STS -51I parvozi boshlandi.
- 1991 - Moldova mustaqilligining e'lon qilinishi.
- 2000 - Ostankino teleminorasidagi yongʻin.
- 2003 - Mars Yerga 60.000 yil ichidagi eng yaqin masofada yaqinlashdi.
- 2004 - C/2004 Q2 (Makxolz) kometasi kashf qilindi.
- 2008 - Baykalda to'qqiz balli zilzila.
🗓 TAVALLUDLAR:
- 865 - Abu Bakr Muhammad ar-Roziy (925) - fors qomusiy olimi, tabib, alkimyogar, faylasuf.
- 1770 - Gegel Georg Vilgelm Fridrix (1831) - yirik nemis faylasufi va nemis mumtoz falsafasining eng mashhur vakili.
- 1843 - Dmitriy Anuchin (1923) - Rus antropologi, geografi, etnografi va arxeologi.
- 1865 - Charlz Geyts Dauyes (1951) - AQSh davlat arbobi, tadbirkor va harbiy shaxs, Tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori (1925), Dauyes rejasi muallifi.
- 1871 - Teodor Drayzer (1945) - Amerika yozuvchisi va jamoat arbobi.
- 1874 - Karl Bosh (1940) - Nemis kimyogar texnologi, Nobel mukofoti sohibi.
- 1896 - Faina Ranevskaya (1984) - teatr va kino aktrisasi, SSSR xalq artisti.
Kun tarixi kanalidan olindi.
- 1908 - Lindon Jonson (1973) - AQSHning 36-prezidenti (1963-69).
- 1910 - Agnes Bojaksua - Mehr-shafqat malikasi.
- 1915 - Norman Foster Ramsay (2011) - amerikalik fizik, Nobel mukofoti sovrindori (1989).
- 1940 - Genadiy Krasniskiy (1988) - futbolchi, sport ustasi, O‘zbekistonning XX asrdagi eng mashhur futbolchisi.
- 1949 - O‘razboy Abdurahmonov - O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi.
- 1983 - Jamala (Susana Jamaladdinova) - ukrainalik opera va jazz qo‘shiqchisi (soprano).
- 1991 - Monika Xoynish - polshalik biatlonchi, Yevropa chempioni (2013).
- 1995 - Yelizaveta Nazarenkova - rossiyalik gimnastikachi, Rossiya va O‘zbekiston sharafini xalqaro musobaqalarda himoya qilgan.
🖋Navoiy viloyati PMM
matbuot xizmati
🕊 Telegram 🌍Veb-sayt 📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
“Qaysi soha yoki vazifada ishlamasin, o‘z mehnatining munosib e’tirofini ko‘rish – har bir inson uchun katta baxt”.— Президент Шавкат Мирзиёев:
«В какой бы сфере и на какой бы должности ни трудился человек, заслуженное признание его труда — большое счастье».Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami arafasida davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев торжественно вручил государственные награды в преддверии празднования Дня независимости.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
