Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi/Rasmiy kanal
Открыть в Telegram
Veb-sayt: http://navoiymoi.uz Masofadan malaka oshirish veb-sayti: http://masofa.navoiymoi.uz Telegram: http://t.me/navmohm Facebook: https://www.facebook.com/navoimohm Kanal mas'uli bilan aloqa telefoni:
Больше2 072
Подписчики
-424 часа
+2157 дней
+26930 дней
Загрузка данных...
Похожие каналы
Облако тегов
Нет данных
Возникли проблемы? Пожалуйста, обновите страницу или обратитесь к нашему support-менеджеру .
Входящие и исходящие упоминания
---
---
---
---
---
---
Привлечение подписчиков
октябрь '26окт. '26
октябрь '26
+324
в 3 каналах
сентябрь '26
+560
в 4 каналах
Get PRO
август '26
+67
в 4 каналах
Get PRO
июль '26
+51
в 4 каналах
Get PRO
июнь '26
+88
в 5 каналах
Get PRO
май '26
+105
в 5 каналах
Get PRO
апрель '26
+59
в 4 каналах
Get PRO
март '26
+73
в 3 каналах
Get PRO
февраль '26
+91
в 5 каналах
Get PRO
январь '26
+232
в 4 каналах
Get PRO
декабрь '25
+52
в 6 каналах
Get PRO
ноябрь '25
+102
в 4 каналах
Get PRO
октябрь '25
+70
в 9 каналах
Get PRO
сентябрь '25
+78
в 1 каналах
Get PRO
август '25
+28
в 3 каналах
Get PRO
июль '25
+18
в 3 каналах
Get PRO
июнь '25
+29
в 2 каналах
Get PRO
май '25
+127
в 3 каналах
Get PRO
апрель '25
+175
в 7 каналах
Get PRO
март '25
+112
в 7 каналах
Get PRO
февраль '25
+261
в 7 каналах
Get PRO
январь '25
+339
в 6 каналах
Get PRO
декабрь '24
+206
в 9 каналах
Get PRO
ноябрь '24
+156
в 3 каналах
Get PRO
октябрь '24
+48
в 2 каналах
Get PRO
сентябрь '24
+41
в 2 каналах
Get PRO
август '24
+45
в 4 каналах
Get PRO
июль '24
+15
в 0 каналах
Get PRO
июнь '24
+20
в 3 каналах
Get PRO
май '24
+14
в 2 каналах
Get PRO
апрель '24
+24
в 0 каналах
Get PRO
март '24
+36
в 5 каналах
Get PRO
февраль '24
+1 025
в 1 каналах
Get PRO
январь '24
+11
в 1 каналах
Get PRO
декабрь '23
+18
в 4 каналах
Get PRO
ноябрь '23
+14
в 1 каналах
Get PRO
октябрь '23
+23
в 1 каналах
Get PRO
сентябрь '23
+2 038
в 0 каналах
Get PRO
август '23
+25
в 0 каналах
Get PRO
июль '23
+7
в 0 каналах
Get PRO
июнь '23
+5
в 0 каналах
Get PRO
май '23
+10
в 0 каналах
Get PRO
апрель '23
+1 006
в 0 каналах
Get PRO
март '23
+5
в 0 каналах
Get PRO
февраль '23
+27
в 0 каналах
Get PRO
январь '23
+6
в 0 каналах
Get PRO
декабрь '22
+1 000
в 0 каналах
Get PRO
ноябрь '22
+20
в 0 каналах
Get PRO
октябрь '22
+17
в 0 каналах
Get PRO
сентябрь '22
+27
в 0 каналах
Get PRO
август '22
+14
в 0 каналах
Get PRO
июль '22
+1 001
в 0 каналах
Get PRO
июнь '22
+26
в 0 каналах
Get PRO
май '22
+2 099
в 0 каналах
Get PRO
апрель '22
+1 047
в 0 каналах
Get PRO
март '22
+2 696
в 0 каналах
Get PRO
февраль '22
+192
в 0 каналах
Get PRO
январь '22
+637
в 0 каналах
Get PRO
декабрь '21
+602
в 0 каналах
Get PRO
ноябрь '21
+81
в 0 каналах
Get PRO
октябрь '21
+1 197
в 0 каналах
Get PRO
сентябрь '21
+180
в 0 каналах
Get PRO
август '21
+486
в 0 каналах
Get PRO
июль '21
+786
в 0 каналах
Get PRO
июнь '21
+1 548
в 0 каналах
Get PRO
май '21
+2 624
в 0 каналах
Get PRO
апрель '21
+2 136
в 0 каналах
Get PRO
март '21
+77
в 0 каналах
Get PRO
февраль '21
+3 648
в 0 каналах
| Дата | Привлечение подписчиков | Упоминания | Каналы | |
| 13 октября | 0 | |||
| 12 октября | 0 | |||
| 11 октября | 0 | |||
| 10 октября | +1 | |||
| 09 октября | +37 | |||
| 08 октября | +80 | |||
| 07 октября | +133 | |||
| 06 октября | +64 | |||
| 05 октября | +6 | |||
| 04 октября | +1 | |||
| 03 октября | +2 | |||
| 02 октября | 0 | |||
| 01 октября | 0 |
Посты канала
Zo‘ravonlikning ko‘rinishi turlicha. Bolaning himoyasi esa har qanday holatda ta’minlanishi kerak.
Zo‘ravonlik faqat jismoniy zarar yetkazish bilan cheklanmaydi. Tahdid qilish, kamsitish, haqoratlash, qo‘rqitish yoki bolaning zarur ehtiyojlarini e’tiborsiz qoldirish ham uning hayoti va rivojlanishiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
Bugun, 14-oktabr kuni Prezident tomonidan imzolangan qonun bolalarga nisbatan zo‘ravonlik, jumladan, jinsiy zo‘ravonlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutadi. Shuningdek, zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki unga guvoh bo‘lgan bolalarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish hamda tergov va sud jarayonlarida ularning manfaatlarini himoya qilish kafolatlari mustahkamlanmoqda.
🤝 Bolalarni himoya qilishda har birimizning e’tiborimiz muhim. Agar bola zo‘ravonlik haqida aytib bersa, uni xotirjam tinglang, ayblamang va yordam so‘rashini qo‘llab-quvvatlang.
📞 Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari haqida 1246 ishonch telefoniga xabar berishingiz mumkin.
Befarq bo‘lmang. Sizning murojaatingiz bolaning himoya va yordam olishiga yo‘l ochishi mumkin.
Har bir bola zo‘ravonliksiz, xavfsiz muhitda ulg‘ayishga haqli.
🎬 Batafsil videoda ko‘rishingiz mumkin.
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
| 2 | ❗️❗️❗️❗️❗️
📌 UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA TABIIY FANLAR O‘QITUVCHISI BO‘LIB ISHLASH ISTAGIDAGILAR UCHUN!
✔️ Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi umumta'lim maktablarida Tabiiy fanlarni o‘qitish huquqini berish bo‘yicha kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash kurslarini e’lon qiladi.
📅 Kurslarga qabul davom etmoqda. Shartnoma to‘lovini bo‘lib to‘lash imkoniyati bor.
💡 Kursga quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha oliy ma'lumotga ega bo‘lganlar qabul qilinadi:
Ekologiya o‘qituvchisi
Kimyo o‘qituvchisi
Kurs davomiyligi: 11 oy
🌐 Qayta tayyorlash kurslarining barcha yo‘nalishlariga arizalar retrain.uzedu.uz sayti orqali qabul qilinadi.
📞Bog'lanish uchun: +998 97 321 02 92, +998 93 664 87 85
💬 Hududiy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring!
🖋Navoiy viloyati PMM
matbuot xizmati
🕊 Telegram 🌍Veb-sayt 📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube | 68 |
| 3 | 💙🤳👩🦲💓🤳
😑💥😞👦🤳💚👺
Ularning "aybi" — buyuk bo‘lgani
✅ Ular xalqni ilmli ko‘rishni istadilar. Millatni jaholatdan chiqarish, yosh avlodga ma’rifat berish, yurtni taraqqiyot sari boshlashni orzu qildilar. Ammo bu ezgu niyatlar ko‘plab jadidlarimiz va ziyolilarimizning fojeali taqdiriga sabab bo‘ldi.
Qatag‘on yillarida qancha ma’rifatparvarlarimiz tuhmat qurboni bo‘ldi, qancha iste’dodlar so‘ndirildi, qancha oilalar ayriliq azobini tortdi. Ularning nomlarini unutishga, merosini yo‘q qilishga urinishdi. Ammo xalq xotirasidan ularni o‘chirib bo‘lmadi. Ularning "aybi" — buyuk bo‘lgani. Bizning burchimiz esa ularni unutmaslikdir. Bugun ularning hayot yo‘llarini o‘rganish, qoldirgan merosini avlodlarga yetkazish va xotirasini e’zozlash har birimiz uchun muhim.
📚 Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazining Ijtimoiy va amaliy fanlarni o‘qitish metodikasi kafedrasi va Axborot resurs markazi, Karmana tumani axborot-kutubxona markazi hamkorligida ana shu muqaddas xotira va tarixga hurmat tuyg‘ulari bilan uyg‘unlikda tashkil etilgan tadbirda tarix fani kursi tinglovchilari, ziyolilar va faxriy ustozlar ishtirok etdilar.
Tadbir doirasida karmanalik tarixchi olim, iqtisod fanlari nomzodi Samandar Kabulovning “Afsonaviy Karmana” kitobi taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.
Kitob taqdimoti davomida Karmananing boy tarixi, qadimiy obidalari va ma’naviy merosi haqida fikr yuritildi. Asar ishtirokchilarni ona yurt tarixiga yana bir bor nazar tashlashga, o‘tmishning unutilmas sahifalarini yodga olishga undadi.
Suhbat esa o‘z-o‘zidan jadidlar hayoti va qatag‘on qurbonlari xotirasiga ulanib ketdi. Ishtirokchilar xalqimizning ma’rifatli farzandlari bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘l, ularning ilm-ma’rifat yo‘lidagi fidoyiligi va mustabid tuzum davrida yuz bergan adolatsizliklar haqida fikr almashdilar.
Zero, tarixni o‘rganish — shunchaki sanalar va voqealarni yod olish emas. Bu ajdodlarimizning orzu-umidlarini anglash, ularning jasoratidan saboq olish va o‘zligimizni chuqurroq his etishdir.
🖋Navoiy viloyati PMM
matbuot xizmati
🕊 Telegram 🌍Veb-sayt 📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube | 86 |
| 4 | 🧠🧠🧠🧠
Oʻzbek tili sirlari haqida yagona savol berilsa, bir daqiqada to‘g‘ri javob topa olarmidingiz?
🧠 Bilimlar toqnashuvi, samimiy muloqot va bayramona kayfiyat bir nuqtada tutashganda davrada o‘zgacha bir intellektual jo‘shqinlik paydo bo‘ladi. O‘zbek tili bayrami hamda Filologiya fanlari oyligi munosabati bilan Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida ana shunday qizg‘in “Zakovat” intellektual bellashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi ustozlari hamda markaz tinglovchilarining bir davrada jam bo‘lishi davraga o‘zgacha samimiyat va shijoat bag‘ishladi.
Maydonda esa bilimlari va chaqqon mushohadasi bilan ajralib turgan 3 ta jamoa bellashdi:
🇺🇿 O‘zbek tili kursi tinglovchilari
🇷🇺 Rus tili kursi tinglovchilari
🇬🇧 Ingliz tili kursi tinglovchilari
Kutilmagan mantiqiy savollar, shiddatli muhokamalar va bir daqiqa ichida tug‘ilgan durdona fikrlar... Har bir jamoa ona tilimiz jozibasi va o‘z bilim salohiyatini namoyon etish uchun oxirgi daqiqagacha chin dildan kurashdi.
Murosasiz qizg‘in kechgan bellashuv yakunida markaz direktori Uktamjon Mardanov so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarni yaqinlashib kelayotgan til bayrami bilan samimiy qutladi. Ma’rifat va bilim yo‘lida faollik ko‘rsatgan jamoalarga tashakkurnomalar tantanali ravishda topshirildi.
Aqliy bahs g‘oliblarni aniqlagan bo‘lsa-da, aslida eng katta zafar — ona tilimizga bo‘lgan yuksak ehtirom va ma’naviy birlikda namoyon bo‘ldi!
Ona tilimizning jozibasi va bilimlarga intilish shijoati aslo so‘nmasin!
#Zakovat
#fan_oyligi
🖋Navoiy viloyati PMM
matbuot xizmati
🕊Telegram 🌍Veb-sayt 📱Facebook📱Instagram 📺YouTube | 102 |
| 5 | Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz bo‘lishi shart. O‘zbekiston Prezidenti birdaniga 5 ta kodeks va 6 ta qonunga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.
Bolaga zulm qilgan, unga jismoniy yoki ruhiy azob bergan har bir kimsa — u xoh ta’lim muassasasi xodimi bo‘lsin, xoh yaqin qarindoshi — javobgarlikka tortiladi. Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar uchun berilgan jazo aslo yengillashtirilmaydi.
Bundan buyon 14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanadi. Bunday og‘ir jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish muddatida cheklov bo‘lmaydi.
Yosh bolaning xavfsizligi shart-sharoit yoki vaziyatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas. Bolalar hayoti, sog‘lig‘i, or-nomusiga tajovuz qilgan har qanday kimsa qat’iy jazodan qochib qutula olmasligini bilishi shart.
—
Насилие над ребёнком неприемлемо, а наказание должно быть суровым. Президент Узбекистана подписал закон, предусматривающий изменения сразу в 5 кодексах и 6 законах.
Ответственность понесёт каждый, кто причинит вред и боль ребёнку: от сотрудников образовательных учреждений до родных, совершивших насилие. За любое преступление, которое повлечёт смерть ребёнка, не будет никаких смягчений.
Отныне лицам, совершившим сексуальное насилие над ребёнком младше 14 лет, грозит до 25 лет или пожизненное заключение. Срока давности по таким преступлениям не будет.
Безопасность ребёнка не может зависеть от обстоятельств. Каждый, кто посягнёт на жизнь, здоровье и достоинство детей, должен знать, что от строгого наказания он не уйдёт. | 117 |
| 6 | 📖📖📖📖📖
📚 Kitob o‘qimaydigan ustoz o‘z bilimini qanday yangilaydi?
Bugun mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida mutolaa an’analarini keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero, kitobxon jamiyatning ma’naviy salohiyati yuksak, fikri teran va kelajakka intilishi kuchli bo‘ladi.
Ta’lim tizimida esa kitobning o‘rni yanada muhim. Chunki o‘qituvchi nafaqat bilim beruvchi, balki o‘zining dunyoqarashi, tafakkuri va shaxsiy namunasi bilan o‘quvchilarni tarbiyalovchi insondir. Muntazam mutolaa qiladigan pedagogning fikri teranlashadi, dunyoqarashi kengayadi, darslariga yangicha yondashuvlar olib kirish imkoniyati ortadi.
📖 Kitob — ustozning hamrohi, tafakkurining oziqi va kasbiy rivojlanishining muhim manbai. Shu maqsadda bugun Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida “Kitoblar — ovozsiz muallimlardir” mavzusida mazmunli davra suhbati tashkil etildi.
Markaz Axborot-resurs markazi bosh mutaxassisi Bobur Ergashev hamda Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Nafosat Soliyeva hamkorligida o‘tkazilgan ma'rifiy soatda kitobxonlikning inson hayotidagi o‘rni, zamonaviy ta’lim jarayonida mutolaaning ahamiyati va kitobga mehr uyg‘otish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida raqamli texnologiyalar rivojlanayotgan davrda an’anaviy kitob mutolaasining ahamiyati, pedagoglarning kasbiy mahorati va intellektual salohiyatini oshirishda kitobning o‘rni, yoshlar va pedagoglar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, elektron va an’anaviy kutubxonalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Samimiy muloqot va fikr almashuvlarga boy kechgan uchrashuv ishtirokchilarga mutolaa haqida yana bir bor mushohada yuritish, kitobga bo‘lgan munosabatni chuqurroq anglash imkonini berdi.
🖋Navoiy viloyati PMM
matbuot xizmati
🕊 Telegram 🌍Veb-sayt 📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube | 196 |
| 7 | 🔥🔥🔥🔥🔥🔥
INKLYUZIV TA’LIM: ILG‘OR TAJRIBA VA YANGI IMKONIYATLAR
Samarqand shahrida inklyuziv ta’lim bo‘yicha ilg‘or kasbiy rivojlanish dasturining 2-moduli doirasida ikki kunlik o‘quv-seminar o‘z ishini boshladi. Mazkur o‘quv seminarida Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi vakillari — Laylo Ro‘ziyeva va Ziyo O‘tapovlar ham ishtirok etmoqda.
Seminarning asosiy maqsadi inklyuziv ta’limni samarali tashkil etish, pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda har bir bolaning individual imkoniyatlari va ta’limiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda ta’lim jarayonini takomillashtirishdan iborat.
Bugungi kunda inklyuziv ta’lim tizimning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Uning asosiy tamoyili — har bir bolaning sifatli ta’lim olishiga teng imkoniyat yaratish, o‘ziga xos qobiliyat va ehtiyojlarini inobatga olish hamda ta’lim muhitida o‘zini erkin va ishonchli his etishini ta’minlashdir.
Ikki kunlik seminar davomida ishtirokchilarning inklyuziv ta’limga oid bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni o‘rganish, ilg‘or tajribalarni almashish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratilishi kutilmoqda.
Bunday o‘quv-seminarlar pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish, ta’lim jarayonida individual yondashuvni kuchaytirish va barcha bolalar uchun qulay ta’lim muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.
Har bir bola ta’lim olishga haqli. Har bir bola uchun imkoniyat yaratish — ta’limning muhim vazifasidir.
🖋Navoiy viloyati PMM
matbuot xizmati
🕊 Telegram 🌍Veb-sayt 📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube | 175 |
| 8 | Bizga yangi texnologiyalar yarata oladigan yosh muhandislar kerak
Bugun “FIRST Global Challenge — 2026” xalqaro robototexnika musobaqasi g‘oliblari va ularning murabbiylariga Prezidentimiz Farmoniga muvofiq davlat mukofotlarini topshirdik. Koreya Respublikasining Inchxon shahrida 190 mamlakat vakillari qatnashgan musobaqada jamoamiz g‘olib alyans tarkibida oltin medalni qo‘lga kiritib, eng ko‘p ball to‘plagani uchun xalqaro mukofotga ham sazovor bo‘ldi.
Farzandlarimiz olgan bilimini amalda qo‘llashi va o‘z g‘oyasini sinab ko‘rishi uchun sharoit yaratishimiz kerak. Har bir hududda robototexnika va muhandislikka qiziqqan bolalarning iqtidorini erta payqab, izlanishlariga ko‘maklashishimiz zarur. Ularning kelgusida ishlab chiqarish samaradorligini oshiradigan hamda insonlar hayotini yengillashtiradigan texnologiyalar yaratishiga ishonaman. | 117 |
| 9 | ▪️▪️▪️▪️
XORIJIY TAJRIBA — TA’LIMDAGI YANGI IMKONIYATLAR
📎Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida pedagoglarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish, malaka oshirish kurslari sifatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishga qaratilgan navbatdagi seminar-trening tashkil etildi.
Mashg‘ulotda Prezident maktabi o‘qituvchisi, markazning xorijiy maslahatchisi Bernardo Melchor geografiya fani bo‘yicha malaka oshirish kursi tinglovchilari bilan “Sinfxonadan tashqarida” mavzusida amaliy mashg‘ulot olib bordi.
💬Seminar doirasida zamonaviy ta’lim yondashuvlari, o‘quvchilarni faol fikrlashga undash, dars jarayonini samarali tashkil etish hamda ta’limni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiladigan metodik yechimlarga e’tibor qaratildi.
Xorijiy maslahatchilar — islohotlarni amaliyot bilan bog‘lovchi muhim kuch. Bugungi kunda jahon ta’lim tizimida o‘quvchini tayyor bilimlarni qabul qiluvchi emas, balki mustaqil izlanadigan, muammolarga yechim topadigan va o‘z fikrini asoslay oladigan shaxs sifatida rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Loyiha asosida o‘qitish, fanlararo integratsiya, muammoli ta’lim va o‘quvchilar faolligiga asoslangan metodlar xalqaro ta’lim amaliyotining muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
▶️Xorijiy maslahatchilarning ta’lim jarayoniga jalb etilishi ushbu yondashuvlarni o‘rganish, ularni milliy ta’lim sharoitiga moslashtirish va pedagoglarning amaliy kompetensiyalarini rivojlantirish uchun muhim imkoniyat yaratadi. Ayniqsa, xalqaro tajribaga ega mutaxassislarning pedagoglar bilan bevosita ishlashi nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalarga aylantirish, darslarni zamonaviy talablar asosida loyihalash va ta’lim natijadorligini oshirishga xizmat qiladi.
Bu kabi hamkorlik O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlarining muhim maqsadlari — ta’lim sifatini yuksaltirish, pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish hamda o‘quvchilarda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga hissa qo‘shadi.
Seminar-trening xorijiy tajribani o‘rganish bilan birga, uni mahalliy ta’lim amaliyotiga tatbiq etish yo‘llarini anglash uchun ham muhim maydon bo‘ldi.
🔖Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or metodikalarni ommalashtirish va ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi ishlarini izchil davom ettiradi.
🖋Navoiy viloyati PMM
matbuot xizmati
🕊 Telegram 🌍Veb-sayt 📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube | 157 |
| 10 | ⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️
⭐️HURMATLI PEDAGOGLAR, ILM-FAN SOHASIDA FAOLIYAT YURITUVCHI MUTAXASSISLAR!
Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida 2026-yil 22-oktabr kuni “Global ta’lim tendensiyalari sharoitida maktabgacha ta’lim mazmunini modernizatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi.
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida quyidagi sho‘balar ishi rejalashtirilgan:
🔂1-sho‘ba: Barqaror rivojlanish sharoitida maktabgacha ta'limda innovatsion pedagogik menejment va samarali ta'lim texnologiyalarini joriy etish.
🔂2-sho‘ba: Maktabgacha ta'lim mazmunini modernizatsiya qilish jarayonida innovatsion yondashuvlar va davlat-jamiyat hamkorligi istiqbollari.
🔂3-sho‘ba: Xalqaro tajriba va hamkorlik istiqbollari: maktabgacha ta'limda raqamli muhit va media ta'limni rivojlantirish.
🔂4-sho‘ba: Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim uzviyligini ta'minlashning zamonaviy pedagogik mexanizmlari hamda kompetensiyaviy yondashuvlar.
🔂5-sho‘ba: Inklyuziv va maxsus ta'lim sharoitida bolalarning individual rivojlanishini qo'llab-quvvatlashning innovatsion metodlari va amaliyotlari.
🆕Maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida IMRAD talablari asosida (3-5 sahifa, 14-shrift, 1.5 interval) qabul qilinadi. Anjuman materiallari to‘plami "anjumanlar.uz" platformasiga kiritiladi hamda ishtirokchilarga elektron sertifikat taqdim etiladi.
📩 Maqolalarni 2026-yil 21-oktabrga qadar Telegram orqali yuborishingiz mumkin: ➡️ +998944181661
👨💼Anjuman koordinatori: Rajabov Kozim Komil o‘g‘li
🖋Navoiy viloyati PMM
matbuot xizmati
🕊 Telegram 🌍Veb-sayt 📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube | 242 |
| 11 | 🟦🟦🟦
“SEN ISTE’DODLISAN” — HAR BIR BOLANING IQTIDORINI NAMOYON ETISH IMKONIYATI
📍Zarafshon shahrida “Men ham shu Vatanning bunyodkoriman” shiori ostida “Sen iste’dodlisan” tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🎨Tanlovda shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining inklyuziv ta’lim sinflarida tahsil olayotgan hamda uyda yakka tartibda ta’lim oluvchi 3–9-sinf o‘quvchilari estrada-vokal va tasviriy san’at yo‘nalishlarida o‘z iste’dod va mahoratlarini namoyish etdilar.
🟠Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, qobiliyatlarini yuzaga chiqarish hamda ularni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
😀Tanlov g‘oliblari va sovrindorlari shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
🖋Navoiy viloyati PMM
matbuot xizmati
🕊 Telegram 🌍Veb-sayt 📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube | 172 |
| 12 | 🗓🗓🗓🗓🗓🗓
14-OKTYABR
👉 BAYRAMLAR:
🌏 Butunjahon Standartlash kuni.
🌏 Butunjahon metropoliten kuni.
💠 MILLIY BAYRAMLAR:
🇧🇾 Belarus - Onalar kuni.
🇹🇭 Tailand - Demokratiya kuni.
🇲🇩 Moldova - Kishinyov kuni.
🇹🇯 Tojikiston - Tadbirkorlar kuni.
🇵🇱 Polsha - Taʼlim kuni.
🌏 Lotin Amerikasi - Kolumb kuni.
🇸🇽 Sent Martin - Konstitutsiya kuni.
🇧🇸 Baham orollari - Milliy qahramonlar kuni.
🇹🇿 Tanzaniya - Nyerere kuni.
🇯🇵 Yaponiya - Salomatlik va sport kuni.
🇾🇪 Yaman - Ozodlik kuni.
🇨🇦 Kanada - Shukrona kuni.
🇺🇸 AQSh - Mahalliy xalqlar kuni.
🇺🇸 AQSh - Kolumb kuni.
✅ VOQEALAR:
- 1066 - Gastings jangi.
- 1815 - Napoleon I Muqaddas Yelena oroliga surgun qilindi.
- 1843 - Birinchi bor “Mendelson” marshi sadolari yangragan kun.
- 1884 - Jorj Eastman fotoplyonkani patentladi.
- 1900 - Zigmund Freydning mashhur "Tushlar ta’biri" kitobi nashr etildi.
- 1905 - Parijda Xalqaro aviatsiya federatsiyasi tashkil etildi.
- 1913 - Janubiy Uelsdagi shaxtada metan portlashi natijasida 439 kishi halok bo'ldi.
- 1924 - Tojikiston ASSR va Qora-Qirg'iz Avtonom viloyati tuzildi.
- 1928 - „Graf Zeppelin“ Atlantika okeanidan uchib oʻtib Nyu Jersi shtatida qoʻndi.
- 1933 - fashistlar Germaniyasi Millatlar Ligasidan chiqishini e'lon qildi.
- 1944 - Ukraina SSR fashist bosqinchilaridan ozod qilingan kuni.
- 1966 - AQSHda „Qora qoplonlar“ partiyasi tuzildi.
- 1970 - Gaagada havo kemalarini noqonuniy olib qo'yilishiga qarshi kurash to'g'risidagi xalqaro konvensiya qabul qilindi.
- 1972 - Bernardo Bertoluchchining mashhur "Parijdagi so'nggi tango" filmi Nyu-York kinofestivalida namoyish etildi.
- 1994 - Shotlandiyalik Fiona Kempbell Yer sayyorasini piyoda bosib o'tgan birinchi ayol bo'ldi.
- 2003 - Xitoy „Chenzhou“ kosmik kemasini fazoga uchirdi.
- 2012 - Feliks Baumgartner 39 km (128100 fut) balandlikdan muvaffaqiyatli sakradi.
- 2017 - Mogadishodagi teraktlar, 580 dan ortiq odam halok bo'ldi.
🗓 TAVALLUDLAR:
- 1542 - Akbar Jaloliddin Muhammad (1605) - Hindistondagi Boburiylar saltanatining hukmdori (1556 yildan), Boburning nabirasi, Humoyunning o'g'li.
- 1585 - Shuts Genri (1672) - nemis bastakori, organist, tarbiyachi, milliy kompozitorlik maktabining asoschisi.
- 1644 - Uilyam Penn (1718) - nomi Pensilvaniya shtatiga qo‘yilgan ingliz jamoat arbobi.
- 1873 - Jyul Rimet (1956) - fransuz huquqshunosi, futbol bo‘yicha Jahon chempionatining tashabbuskori va tashkilotchisi, FIFA prezidenti (1921-54).
- 1890 - Duayt Devid Eyzenxauer (1969) - AQShning 34-prezidenti (1953-1961).
- 1893 - Ip Man (1972) - Xitoy jang san'atlari ustasi, Bryus Lining ustozi.
- 1906 - Raymond Devis (2006) - amerikalik fizik, Nobel mukofoti sovrindori (2002).
- 1936 - Habibullayev Poʻlat (2010) - fizik olim va jamoat arbobi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1984), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1994).
- 1941 - Mamedova Tursunoy (1996) - xonanda, O'zbekiston xalq artisti (1991).
- 1947 - Mo'minov Qodir - raqqos, xoreograf, Oʻzbekiston xalq artisti (1997).
- 1955 - Kozim Qayumov - xonanda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist.
- 1981 - Shabnam Surayyo - tojik estrada yulduzi va Tojikistondagi mashhur zamonaviy ijrochilarning biri.
🖋Navoiy viloyati PMM
matbuot xizmati
🕊 Telegram 🌍Veb-sayt 📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube | 159 |
| 13 | ✅✅✅✅✅
🇺🇿 Assalomu alaykum, qadrli ustozlar!
Haqiqiy oʻqituvchi hech qachon sizga nima qilishni aytmaydi. Ammo u sizga eng yaxshi narsani tanlashingiz mumkin boʻlgan bilimlarni beradi.
✏️ Kristofer Pike
Bugungi mashaqqatlaringiz ertaga yurtimiz va jamiyatimiz uchun bebaho meva berishiga ishonamiz.
✨ Yangi kun sizga yuqori energiya va xush kayfiyat bag‘ishlasin!
🖋Navoiy viloyati PMM
matbuot xizmati
🕊 Telegram 🌍Veb-sayt 📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube | 161 |
| 14 | 📚 “Milliy kitobxonlik harakati”da ishtirok etish uchun qaysi kitoblarni o‘qish kerak?
“Milliy kitobxonlik harakati” —
1–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaa savodxonligini oshirish va yoshlarning bilimga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirishga qaratilgan umummilliy tanlov.
Tanlovda ishtirokchilar 3 ta toifaga ajratiladi:
1–5-sinflar,
6–8-sinflar hamda
9–11-sinflar.
Har bir toifa uchun mutolaa qilinishi lozim bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati belgilangan. Yuqoridagi rasmlarda tanlovning har bir sinf toifasi uchun tavsiya etilgan kitoblar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin. Eslatma, barcha adabiyotlar mutolaa ilovasida mavjud.
Kitob o‘qing, bilim to‘plang va kelajakni yarating! 📚
🖋Navoiy viloyati PMM
matbuot xizmati
🕊 Telegram 🌍Veb-sayt 📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube | 372 |
| 15 | Нет текста... | 284 |
| 16 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Robototexnika bo‘yicha xalqaro musobaqa g‘oliblari va ularning murabbiylarini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni
—
Указ Президента Республики Узбекистан «О награждении победителей международного турнира по робототехнике и их тренеров»
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 298 |
| 17 | #Infografika_1
Maktab bitiruvchilarining oliy ta’limga kirish test sinovlaridagi sifat ko‘rsatkichlari 11 BALLGA OSHDI
📊 Maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha o‘rtacha ball ko‘rsatkichlari
➖ O'rtacha ball ko‘rsatkichlari bo‘yicha hududlar kesimida Navoiy viloyati peshqadamlik qilmoqda (112,8 ball).
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin | 227 |
| 18 | ❗️Diqqat! Vazir nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov nomidan fuqarolarga soxta xabarlar yuborilayotgani aniqlandi.
Xususan, Telegram orqali vazirlikda olimlar faoliyati yuzasidan ichki tekshiruv o‘tkazilayotgani, shu munosabat bilan fuqarolar bilan Davlat xavfsizlik xizmati mayori bog‘lanishi haqida asossiz xabarlar tarqatilmoqda.
Ma’lum qilamizki, vazir nomidan yuborilayotgan mazkur xabarlar haqiqiy emas.
Fuqarolardan bu kabi shubhali xabarlarga nisbatan ehtiyotkor bo‘lishlarini va quyidagilarga amal qilish so‘raladi:
▪️ Noma’lum akkauntlardan kelgan xabarlarga ishonib, shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etmang.
▪️ Pasport ma’lumotlari, SMS-kodlar va boshqa maxfiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga bermang.
▪️ Shubhali xabarlarni boshqalarga tarqatmang.
▪️ Vazirlik faoliyatiga oid ma’lumotlarni faqat rasmiy manbalar orqali tekshiring.
Vazir yoki vazirlik nomidan tarqatilayotgan shubhali xabarlarga duch kelsangiz, ularning haqqoniyligini rasmiy axborot kanallari orqali aniqlashtirishingizni tavsiya etamiz.
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin | 230 |
| 19 | 📚Rahmonov Ulfat Ubaydullayevichning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
🔻OʻzAning telegram kanallariga aʼzo boʻling
O`zbekcha | Ўзбекча | Русский | Илм-фан | Тезкор | 215 |
| 20 | 🅰🅰🅰🅰🅰🅰
🅰🅰🅰🅰🅰🅰
🇺🇿 KAYFIYATNI O‘ZBEKCHA ULASHAMIZ!
🍂 Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida Filologiya fanlari oyligi doirasidа Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi hamda O‘zbek tili kursi tinglovchilari hamkorligida “Kayfiyatni o‘zbekcha ulashamiz!” mavzusida ko‘tarinki ruhdagi tonggi tadbir tashkil etildi.
🎯Tadbirning asosiy maqsadi — ona tilimizga bo‘lgan mehr va hurmatni yanada oshirish, o‘zbek tilining boy imkoniyatlari va jozibasini targ‘ib etish, ishtirokchilarda ijobiy kayfiyat uyg‘otish hamda o‘zaro samimiy muloqot va hamkorlik muhitini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
🩷Kun boshlanishini samimiy tabassum, iliq muloqot va ko‘tarinki kayfiyat bilan qarshi olishga qaratilgan tadbir ishtirokchilarga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Unda turli interaktiv o‘yinlar, qiziqarli topshiriqlar va energayzerlar orqali ishtirokchilarning faolligi oshirilib, o‘zaro hamjihatlik va do‘stona muhit yanada mustahkamlandi.
📚 Tadbir davomida ona tilimizning jozibasi, so‘zning sehri va o‘zbekona samimiyatning insonlar kayfiyatiga ta’siri yana bir bor namoyon bo‘ldi. Zero, til — nafaqat muloqot vositasi, balki qalblarni yaqinlashtiruvchi, insonlarga quvonch va iliqlik ulashuvchi bebaho boylikdir.
#fan_oyligi
🖋Navoiy viloyati PMM
matbuot xizmati
🕊 Telegram 🌍Veb-sayt 📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube | 434 |
