uz
Feedback
Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi/Rasmiy kanal

Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi/Rasmiy kanal

Kanalga Telegram’da o‘tish

Veb-sayt: http://navoiymoi.uz Masofadan malaka oshirish veb-sayti: http://masofa.navoiymoi.uz Telegram: http://t.me/navmohm Facebook: https://www.facebook.com/navoimohm Kanal mas'uli bilan aloqa telefoni:

Ko'proq ko'rsatish
1 360
Obunachilar
+124 soatlar
-37 kun
-830 kun

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilarni jalb qilish
Sentabr '26
Sentabr '260
0 kanalda
Avgust '26
+67
4 kanalda
Get PRO
Iyul '26
+51
4 kanalda
Get PRO
Iyun '26
+88
5 kanalda
Get PRO
May '26
+105
5 kanalda
Get PRO
Aprel '26
+59
4 kanalda
Get PRO
Mart '26
+73
3 kanalda
Get PRO
Fevral '26
+91
5 kanalda
Get PRO
Yanvar '26
+232
4 kanalda
Get PRO
Dekabr '25
+52
6 kanalda
Get PRO
Noyabr '25
+102
3 kanalda
Get PRO
Oktabr '25
+70
9 kanalda
Get PRO
Sentabr '25
+78
1 kanalda
Get PRO
Avgust '25
+28
3 kanalda
Get PRO
Iyul '25
+18
3 kanalda
Get PRO
Iyun '25
+29
2 kanalda
Get PRO
May '25
+127
3 kanalda
Get PRO
Aprel '25
+175
7 kanalda
Get PRO
Mart '25
+112
7 kanalda
Get PRO
Fevral '25
+261
7 kanalda
Get PRO
Yanvar '25
+339
6 kanalda
Get PRO
Dekabr '24
+206
9 kanalda
Get PRO
Noyabr '24
+156
3 kanalda
Get PRO
Oktabr '24
+48
2 kanalda
Get PRO
Sentabr '24
+41
2 kanalda
Get PRO
Avgust '24
+45
4 kanalda
Get PRO
Iyul '24
+15
0 kanalda
Get PRO
Iyun '24
+20
3 kanalda
Get PRO
May '24
+14
2 kanalda
Get PRO
Aprel '24
+24
0 kanalda
Get PRO
Mart '24
+36
5 kanalda
Get PRO
Fevral '24
+1 025
1 kanalda
Get PRO
Yanvar '24
+11
1 kanalda
Get PRO
Dekabr '23
+18
4 kanalda
Get PRO
Noyabr '23
+14
1 kanalda
Get PRO
Oktabr '23
+23
1 kanalda
Get PRO
Sentabr '23
+2 038
0 kanalda
Get PRO
Avgust '23
+25
0 kanalda
Get PRO
Iyul '23
+7
0 kanalda
Get PRO
Iyun '23
+5
0 kanalda
Get PRO
May '23
+10
0 kanalda
Get PRO
Aprel '23
+1 006
0 kanalda
Get PRO
Mart '23
+5
0 kanalda
Get PRO
Fevral '23
+27
0 kanalda
Get PRO
Yanvar '23
+6
0 kanalda
Get PRO
Dekabr '22
+1 000
0 kanalda
Get PRO
Noyabr '22
+20
0 kanalda
Get PRO
Oktabr '22
+17
0 kanalda
Get PRO
Sentabr '22
+27
0 kanalda
Get PRO
Avgust '22
+14
0 kanalda
Get PRO
Iyul '22
+1 001
0 kanalda
Get PRO
Iyun '22
+26
0 kanalda
Get PRO
May '22
+2 099
0 kanalda
Get PRO
Aprel '22
+1 047
0 kanalda
Get PRO
Mart '22
+2 696
0 kanalda
Get PRO
Fevral '22
+192
0 kanalda
Get PRO
Yanvar '22
+637
0 kanalda
Get PRO
Dekabr '21
+602
0 kanalda
Get PRO
Noyabr '21
+81
0 kanalda
Get PRO
Oktabr '21
+1 197
0 kanalda
Get PRO
Sentabr '21
+180
0 kanalda
Get PRO
Avgust '21
+486
0 kanalda
Get PRO
Iyul '21
+786
0 kanalda
Get PRO
Iyun '21
+1 548
0 kanalda
Get PRO
May '21
+2 624
0 kanalda
Get PRO
Aprel '21
+2 136
0 kanalda
Get PRO
Mart '21
+77
0 kanalda
Get PRO
Fevral '21
+3 648
0 kanalda
Sana
Obunachilarni jalb qilish
Esdaliklar
Kanallar
01 Sentabr0
Kanal postlari
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📎2-sentabr kuni "Kelajak soati" mashg'ulotlarini o'tkazishda foydalaniladigan materiallar ✅ Maktabg
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📎2-sentabr kuni "Kelajak soati" mashg'ulotlarini o'tkazishda foydalaniladigan materiallarMaktabgacha ta'lim muassasalari uchun1-4-sinflar uchun5-8-sinflar uchun9-11-sinflar uchun Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!

2
Mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrik — Поздравление школьникам, учителям и наставникам нашей с
Mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrik — Поздравление школьникам, учителям и наставникам нашей страны Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
76
3
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “ShHT plyus” formati majlisidagi nutqi — Выступление Президента Ре
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “ShHT plyus” formati majlisidagi nutqi — Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на заседании в формате «ШОС плюс» — Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the Meeting in the “SCO Plus” Format Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
87
4
😘🥳🤬😠☹️🥵🥳 📚O‘qing! Biz tavsiya etgan kitoblar! 📚Bilim va tajribani oshiruvchi sara kitoblar mutolaasiga taklif etamiz!
😘🥳🤬😠☹️🥵🥳 📚O‘qing! Biz tavsiya etgan kitoblar! 📚Bilim va tajribani oshiruvchi sara kitoblar mutolaasiga taklif etamiz! Insonning shaxsiy va kasbiy rivojlanishida, fikrlash doirasini kengaytirishda kitobning o‘rni beqiyosdir. Har bir o‘qilgan sahifa bizga yangicha qarash, boy tajriba hamda hayotiy muammolarga oqilona yechim topish ko‘nikmasini in'om etadi. 📧 Pedagogika, psixologiya va taʼlim texnologiyalari kafedrasi mudiri Elbek Doʻsanov barcha kitobxonlar hamda soha mutaxassislariga quyidagi foydali asarlarni mutolaa qilishni tavsiya etadi: 📌Kitoblar ro‘yxati 📥 📖 Robert Chaldini — «Ta’sir psixologiyasi» Odamlarni "ha" deyishga nima majbur qiladi? Ta’sir o‘tkazish va ishontirishning eng samarali tamoyillari yoritilgan ushbu mashhur asar odamlar bilan ishlaydigan har bir mutaxassis — pedagoglar, menejerlar, biznesmenlar va rahbarlar uchun ta'sirchan muloqot sirlarini ochib beradi. 📖 Deyl Karnegi — «Inson qanday qilib o‘zida ishonch hosil qila bilishi va omma oldida gapira turib, odamlarga qanday ta’sir o‘tkaza bilishi haqida» Ushbu qo‘llanmada o‘z-o‘ziga ishonch va jasurlikni shakllantirish, omma oldida so‘zlashda muvaffaqiyatga erishish hamda mashhur notiqlarning nutqqa tayyorgarlik ko‘rish sirlari haqida atroflicha hikoya qilinadi. 📖 Deyl Karnegi — «Qalb halovat topmasa» Insoniy kechinmalar va ruhiy xotirjamlikka bag‘ishlangan ushbu asar kitobxonni hayotiy sinovlarda sabr-toqatli bo‘lishga hamda qalb halovatini topish yo‘llarini mushohada qilishga chorlaydi. 📖 Deyl Karnegi — «Do‘st orttirish va odamlarga ta’sir etish» Jamiyatdagi munosabatlarning nozik jihatlari, muomala madaniyati, tinglovchini qiziqtirish hamda boshqalarni hurmat qilish orqali obro‘-e’tibor topish usullari sodda va ta’sirchan hayotiy misollar orqali yoritib beriladi. 📖 Deyl Karnegi — «Bezovtalikdan qanday qutulib yashash mumkin» Ruhiy bezovtalik va xavotirning salbiy oqibatlari, ularni tahlil qilish hamda ish jarayonidagi va kundalik hayotdagi bezovtalikni yengib, xotirjam yashashning amaliy yechimlari taklif etiladi. ✨ Har bir mutolaa — bu o‘z ustingizda ishlash va yangi marralar sari tashlangan muhim qadamdir. 💭 Ushbu ro‘yxatdagi kitoblarning qaysi birini o‘qib chiqqansiz va u sizda qanday taassurot qoldirgan? Izohlarda ulashing! 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook📱Instagram 📺YouTube
91
5
⏳⏳⏳⏳ 1-SENTYABR ↪️ BAYRAMLAR: 🇺🇿O‘zbekiston – Mustaqillik kuni. 🇦🇲Armaniston, 🇧🇾Belarus, 🇰🇿Qozog‘iston, 🇲🇩Moldova,
⏳⏳⏳⏳ 1-SENTYABR ↪️ BAYRAMLAR: 🇺🇿O‘zbekiston – Mustaqillik kuni. 🇦🇲Armaniston, 🇧🇾Belarus, 🇰🇿Qozog‘iston, 🇲🇩Moldova, 🇷🇺Rossiya, 🇹🇲Turkmaniston, 🇺🇦Ukraina – Bilimlar kuni. 👉VOQEALAR: 🔹870 – islom olamining yirik mutafakkiri, buyuk muhaddis, hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy Samarqandning Xartang qishlog‘ida vafot etdi. 🔹1991 – “O‘zbekiston ovozi” gazetasi ilk marotaba nashrdan chiqdi. 🔹1993 – Toshkentda Mirzo Ulug‘bek haykali ochildi. 🔹1997 – Toshkent hayvonot bog‘i tashkil etildi. 🔹1998 – “Yoshlar” telekanali o‘z ish faoliyatini boshladi. 🔹2009 – Toshkent shahrining 2200 yilligi nishonlandi. 🗓TAVALLUDLAR: 🔹1909 – Ahror Muzaffarov – biolog olim, O‘zbekiston FA akademigi. 🔹1922 – Toshxo‘ja Xo‘jayev – taniqli teatr rejissyori va aktyori. 🔹1926 – Faxriddin Umarov – lirik xonanda va bastakor, O‘zbekiston xalq hofizi. 🔹1945 – Mustafo Balel – turk yozuvchisi, dramaturg, tarjimon. 🔹1955 – Jahongir Mamatov – siyosiy arbob, tilshunos olim, yozuvchi va jurnalist. 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
79
6
Qadrli yurtdoshlar, hurmatli ustozlar va aziz o‘quvchi-yoshlar! Barchangizni xalqimiz uchun eng ulug‘ va eng aziz bayram — O‘
Qadrli yurtdoshlar, hurmatli ustozlar va aziz o‘quvchi-yoshlar! Barchangizni xalqimiz uchun eng ulug‘ va eng aziz bayram — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman! Bugun davlatimiz rahbari tomonidan ta’limga qaratilayotgan yuksak e’tibor, maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar zamirida ham ulug‘ bir maqsad mujassam — farzandlarimizning baxtli kelajagini ta’minlash, ularni bilimli, mustaqil fikrlaydigan, Vatan taqdiriga daxldor avlod etib tarbiyalash. Hurmatli ustozlar! Har bir farzandning qalbida ilmga mehr uyg‘otish, uning iste’dodini yuzaga chiqarish, hayotda o‘z yo‘lini topishiga ko‘maklashishdek ulug‘ vazifani sidqidildan ado etib kelmoqdasiz. O‘quvchilarimizning har bir yutug‘ida sizning bilimingiz, sabr-toqatingiz va fidokorona mehnatingiz bor. Buning uchun barchangizga chuqur minnatdorlik bildiraman. Aziz o‘quvchilar! Sizlarning har bir yutug‘ingiz biz uchun quvonch va faxrdir. Bugun olayotgan bilimingiz, qilayotgan izlanishlaringiz va oldingizga qo‘yayotgan maqsadlaringiz ertaga nafaqat o‘z hayotingizni, balki Vatanimiz kelajagini ham belgilaydi. O‘z kuchingizga ishoning, bilim olishdan va izlanishdan hech qachon to‘xtamang. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini, albatta, barchamiz birgalikda yaratamiz! Aziz yurtdoshlar! Shu qutlug‘ ayyomda har bir xonadonga tinchlik, fayz-u baraka va farovonlik tilayman. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Hurmat bilan, E’zoza Karimova Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri ✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
105
7
Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz! Bizga mustaqillik ne’matini bergan
Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz! Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin! Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin! Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan tabriklayman. Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin! Yashasin O‘zbekiston Respublikasi! Yashasin O‘zbekiston xalqi! Shavkat Mirziyoyev, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti — Все вместе мы обязательно создадим золотую эпоху, новую великую историю нашей Родины! Мы благодарны Всевышнему за поистине бесценное богатство – нашу независимость! Слава нашему народу – созидателю независимости! С 35-летием государственной независимости Республики Узбекистан. Пусть в нашей стране всегда царит мир, в наших домах будут благополучие и достаток! Да здравствует Республика Узбекистан! Да здравствует народ Узбекистана! Шавкат Мирзиёев, Президент Республики Узбекистан Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
88
8
✅✅✅✅✅ 🖇 Tajribalar kitobdan o‘qilmaydi. Ammo kitoblar tajribalardan foydalanishga yordam beradi! ✍️ Abbos Mahmud Aqqod 🖋Nav
✅✅✅✅✅ 🖇 Tajribalar kitobdan o‘qilmaydi. Ammo kitoblar tajribalardan foydalanishga yordam beradi! ✍️ Abbos Mahmud Aqqod 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
100
9
🌟🌟🌟🌟🌟🌟 🥰 Aziz vatandoshlar, hurmatli pedagoglar! Bugun jonajon O‘zbekistonimiz bo‘ylab har bir yurakda cheksiz g‘urur
🌟🌟🌟🌟🌟🌟 🥰 Aziz vatandoshlar, hurmatli pedagoglar! Bugun jonajon O‘zbekistonimiz bo‘ylab har bir yurakda cheksiz g‘urur va iftixor uyg‘otayotgan eng ulug‘, eng aziz ayyom – Vatanimiz Mustaqilligining 35 yillik shonli to‘yi katta shukuh bilan nishonlanmoqda. Ayni ushbu samimiy va quvonchli damlarda Siz, azizlarni, Milliy Mustaqillik kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman. Har biringizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-omonlik va xonadoningizga qut-baraka tilashdan mamnunman. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: «Yangi O‘zbekiston bo‘sаg‘asi maktabdan boshlanadi, o‘qituvchining mehnatini qadrlash esa davlatimiz va jamiyatimizning eng ustuvor vazifasidir». Ortda qolgan davrda ta’lim tizimida amalga oshirilgan chuqur va shiddatli islohotlar yurtimiz solnomasida o‘chmas iz qoldirmoqda. Zamonaviy ta’lim muhitini yaratish va pedagoglar maqomini yuksaltirish ishlari davlat siyosatining markaziga qo‘yildi. Ushbu tizimli e’tibor va fidokorona mehnatlarning amaliy natijasi sifatida joriy yilda viloyatimiz o‘quvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha Respublikada faxrli 1-o‘rinni egallagani barchamizga cheksiz g‘urur bag‘ishlaydi. Bu bevosita Navoiy viloyati pedagoglarining matonati va ta’lim sohasidagi yuksalishning yaqqol isbotidir. Muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida inson qadrini ulug‘lash va yosh avlodga berilayotgan yuksak e’tibor ertangi kunga bo‘lgan ishonchimizni yanada mustahkamlamoqda. Mustaqillik berayotgan bebaho imkoniyatlar barchamizni yangi marralar sari ruhlantiraveradi. Aziz yurtdoshlar! Bayramingiz yana bir bor muborak bo‘lsin! Sizlarga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, jonajon Vatanimiz taraqqiyoti va ta’lim rivoji yo‘lidagi sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman. Iqtisodiy va intellektual salohiyati bilan dunyo e’tirofiga sazovor bo‘layotgan Ozod va Obod O‘zbekistonimizda mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 🔔 UKTAMJON MARDANOV, Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook📱Instagram 📺YouTube
113
10
☺️😉😉☺️😉☺️ Қадрли вилоятдошлар! Барчангизни юртимиз ҳаётидаги энг улуғ ва энг азиз байрам — Ўзбекистон Республикаси Мустақи
☺️😉😉☺️😉☺️ Қадрли вилоятдошлар! Барчангизни юртимиз ҳаётидаги энг улуғ ва энг азиз байрам — Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 35 йиллиги билан чин қалбимдан самимий муборакбод этаман! Мустақиллик — биз учун шунчаки сана эмас. У — ўз тақдиримизни ўзимиз белгилаш, миллий қадриятларимизни асраб-авайлаш, фарзандларимизга эркин ва муносиб ҳаёт барпо этиш имконидир. Ўттиз беш йиллик тараққиёт йўлимизга назар ташласак, бугунги ютуқларимиз замирида халқимизнинг фидокорона меҳнати, бунёдкорлиги ва келажакка бўлган юксак ишончи мужассам эканини кўрамиз. Бугун Навоий вилоятида ҳам катта ўзгаришлар, улкан бунёдкорлик ишлари амалга оширилмоқда. Янги корхоналар, замонавий шаҳар ва маҳаллалар, таълим ва тиббиёт муассасалари, йўллар ва обод масканлар барпо этилмоқда. Янги иш ўринлари яратилиб, вилоятимизнинг иқтисодий салоҳияти янада юксалмоқда. Аммо биз учун энг катта қадрият — инсон ва унинг қадри. Ҳар бир оилада тинчлик ва хотиржамлик, ҳар бир хонадонда файз-барака, ҳар бир юртдошимиз ҳаётида муносиб шароит бўлиши — барча саъй-ҳаракатларимизнинг бош мақсадидир. Азиз юртдошлар! Бугунги улуғ айёмда барчангизга мустаҳкам соғлик, оилавий бахт, хотиржамлик ва фаровон ҳаёт тилайман. Президентимиз Шавкат Мирзиёев таъкидлаганидек, «Ватанимизнинг олтин даврини, янги буюк тарихини албатта барчамиз биргаликда яратамиз!» Бу эзгу мақсад биз, аввало, Навоий вилоятида яшаётган ва меҳнат қилаётган ҳар бир инсонни янада катта масъулият, янги марралар ва бунёдкорлик ишларига чорлайди. Ишонаман, сизлар билан биргаликда Навоий вилоятининг бугунгидан ҳам фаровон, обод ва қудратли эртасини барпо этамиз. Фарзандларимиз биздан-да гўзал, биздан-да фаровон юртда улғайсин. Хонадонларимиздан кулгу, қалбларимиздан умид ва ишонч аримасин. Мустақиллигимиз абадий бўлсин! Юртимиз тинч, осмонимиз мусаффо бўлсин! Ҳар бир хонадонга файз-барака, ҳар бир оилага бахт ва қувонч ёр бўлсин! Барчангизни Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 35 йиллик қутлуғ айёми билан яна бир бор чин дилдан муборакбод этаман! Байрамингиз муборак, азиз вилоятдошлар! 📕 Ҳурмат ва эҳтиром билан, Навоий вилояти ҳокими Нормат ТУРСУНОВ
121
11
☺️😉😉☺️😉☺️ Қадрли вилоятдошлар! Барчангизни юртимиз ҳаётидаги энг улуғ ва энг азиз байрам — Ўзбекистон Республикаси Мустақи
☺️😉😉☺️😉☺️ Қадрли вилоятдошлар! Барчангизни юртимиз ҳаётидаги энг улуғ ва энг азиз байрам — Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 35 йиллиги билан чин қалбимдан самимий муборакбод этаман! Мустақиллик — биз учун шунчаки сана эмас. У — ўз тақдиримизни ўзимиз белгилаш, миллий қадриятларимизни асраб-авайлаш, фарзандларимизга эркин ва муносиб ҳаёт барпо этиш имконидир. Ўттиз беш йиллик тараққиёт йўлимизга назар ташласак, бугунги ютуқларимиз замирида халқимизнинг фидокорона меҳнати, бунёдкорлиги ва келажакка бўлган юксак ишончи мужассам эканини кўрамиз. Бугун Навоий вилоятида ҳам катта ўзгаришлар, улкан бунёдкорлик ишлари амалга оширилмоқда. Янги корхоналар, замонавий шаҳар ва маҳаллалар, таълим ва тиббиёт муассасалари, йўллар ва обод масканлар барпо этилмоқда. Янги иш ўринлари яратилиб, вилоятимизнинг иқтисодий салоҳияти янада юксалмоқда. Аммо биз учун энг катта қадрият — инсон ва унинг қадри. Ҳар бир оилада тинчлик ва хотиржамлик, ҳар бир хонадонда файз-барака, ҳар бир юртдошимиз ҳаётида муносиб шароит бўлиши — барча саъй-ҳаракатларимизнинг бош мақсадидир. Азиз юртдошлар! Бугунги улуғ айёмда барчангизга мустаҳкам соғлик, оилавий бахт, хотиржамлик ва фаровон ҳаёт тилайман. Президентимиз Шавкат Мирзиёев таъкидлаганидек, «Ватанимизнинг олтин даврини, янги буюк тарихини албатта барчамиз биргаликда яратамиз!» Бу эзгу мақсад биз, аввало, Навоий вилоятида яшаётган ва меҳнат қилаётган ҳар бир инсонни янада катта масъулият, янги марралар ва бунёдкорлик ишларига чорлайди. Ишонаман, сизлар билан биргаликда Навоий вилоятининг бугунгидан ҳам фаровон, обод ва қудратли эртасини барпо этамиз. Фарзандларимиз биздан-да гўзал, биздан-да фаровон юртда улғайсин. Хонадонларимиздан кулгу, қалбларимиздан умид ва ишонч аримасин. Мустақиллигимиз абадий бўлсин! Юртимиз тинч, осмонимиз мусаффо бўлсин! Ҳар бир хонадонга файз-барака, ҳар бир оилага бахт ва қувонч ёр бўлсин! Барчангизни Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 35 йиллик қутлуғ айёми билан яна бир бор чин дилдан муборакбод этаман! Байрамингиз муборак, азиз вилоятдошлар! 📕 Ҳурмат ва эҳтиром билан, Навоий вилояти ҳокими Нормат ТУРСУНОВ
1
12
✅✅✅✅✅ Biz kimligimizni bilamiz, ammo kim bo‘lishimiz mumkinligini bilmaymiz. ✍️Uilyam Shekspir 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot
✅✅✅✅✅ Biz kimligimizni bilamiz, ammo kim bo‘lishimiz mumkinligini bilmaymiz. ✍️Uilyam Shekspir 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
136
13
Главное из заявления Президента Шавката Мирзиёева представителям СМИ по итогам переговоров с Премьер-министром Индии Нарендро
Главное из заявления Президента Шавката Мирзиёева представителям СМИ по итогам переговоров с Премьер-министром Индии Нарендрой Моди: 📌Прошедшие в духе открытости переговоры стали ярким выражением искренней дружбы, высокого уважения и взаимного доверия между нашими государствами;   📌Индия является нашим крупным стратегическим партнером, обладающим большим авторитетом и влиянием на мировой арене;   📌Наше сотрудничество вышло на новый качественный уровень – всеобъемлющего стратегического партнерства;   📌Мы приняли решение создать отдельный механизм на уровне министров иностранных дел для полного обеспечения реализации достигнутых договоренностей;   📌В прошлом году объем взаимной торговли вырос на 33 процента, превысив 1,3 миллиарда долларов. К 2030 году мы намерены довести этот показатель до 5 миллиардов;   📌Договорились активизировать деятельность Межправительственной комиссии и Делового совета;   📌Будет усилено сотрудничество в сферах энергетики, критических минералов, здравоохранения, фармацевтики, электроники, ювелирной промышленности и сельского хозяйства;   📌Мы и впредь будем продолжать поддерживать друг друга в рамках таких авторитетных структур, как ООН, ШОС, Движение неприсоединения, БРИКС, а также в рамках Глобального Юга.   📌Узбекский и индийский народы тесно связывают тысячелетние исторические, культурные и духовные корни;   📌Наряду с проведением взаимных недель культуры, кинофестивалей и других крупных мероприятий мы также запустим новые совместные туристические маршруты;   📌Введение 30-дневного безвизового режима будет способствовать дальнейшей активизации взаимных поездок;   📌Будет разработана всеобъемлющая «Дорожная карта» для полного и своевременного обеспечения реализации принятых документов и достигнутых договоренностей. Facebook|Instagram|X
149
14
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha OAV vakillari uchun
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha OAV vakillari uchun bayonotidan asosiy fikrlar:   📌Ochiq ruhda kechgan muloqotlar davlatlarimiz o‘rtasidagi samimiy do‘stlik, yuksak hurmat va o‘zaro ishonchning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi;   📌Hindiston bizning jahon miqyosida katta obro‘-e’tibor va nufuzga ega bo‘lgan salohiyatli strategik sherigimizdir;   📌Hamkorligimiz yangi sifat darajasi – keng qamrovli strategik sheriklik bosqichiga ko‘tarildi;   📌Kelishuvlarimizning ijrosini to‘liq ta’minlash maqsadida Tashqi ishlar vazirlari darajasida alohida mexanizm yaratishga qaror qildik;   📌O‘tgan yili o‘zaro savdo aylanmasi hajmi 33 foizga o‘sib, 1,3 milliard dollardan ortdi, 2030-yilga qadar ushbu raqamni 5 milliardga yetkazmoqchimiz;   📌Hukumatlararo qo‘shma komissiya va Ishbilarmonlar kengashi faoliyatini yanada jadallashtirishga kelishdik;   📌Energetika, o‘ta muhim minerallar, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, elektronika, zargarlik va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlik kuchaytiriladi;   📌BMT, ShHT, Qo‘shilmaslik harakati, BRICS kabi nufuzli tuzilmalar va Global Janub doirasida bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashni bundan keyin ham davom ettiramiz;   📌O‘zbek va hind xalqlarini bir necha ming yillik tarixiy, madaniy va ma’rifiy ildizlar chambarchas bog‘lab turadi;   📌O‘zaro madaniyat haftaliklari, kinofestivallar va boshqa yirik tadbirlarni o‘tkazish bilan birga yangi qo‘shma sayyohlik yo‘nalishlarini ham ishga tushiramiz;   📌30 kunlik vizasiz tartib joriy etilishi o‘zaro qatnovlarni yanada faollashtirishga xizmat qiladi;   📌Qabul qilingan hujjatlar, erishilgan kelishuvlar ijrosini to‘liq va o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida keng qamrovli “yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi. Facebook|Instagram|X
116
15
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ 📢 XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMANGA TAKLIF ETAMIZ! Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi barcha professor-o‘qi
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ 📢 XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMANGA TAKLIF ETAMIZ! Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi barcha professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, amaliyotchi pedagoglar va soha mutaxassislarini xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etishga taklif etadi! 📌 Anjuman mavzusi: «Ta’limda innovatsiyalar, investitsiyalar va intellektual salohiyat: muammolar, tahlillar va istiqbollar» 🗓 O‘tkazilish kuni: 2026-yil 16-sentabr 📍 Manzil: Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi, Navoiy viloyati, Karmana tumani, Toshkent ko‘chasi, 41A-uy. 🌐 ANJUMAN SHO‘BALARI: 📍 1-sho‘ba: Ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalar va pedagogik tadqiqotlarning zamonaviy tendensiyalari. 📍2-sho‘ba: Intellektual salohiyatni rivojlantirish va inson kapitalini shakllantirishning dolzarb masalalari. 📍 3-sho‘ba: Fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish va kompetensiyaviy yondashuv. 📍 4-sho‘ba: Raqamli ta’lim, sun’iy intellekt va AKTni ta’lim jarayoniga integratsiyalash. 📍 5-sho‘ba: Milliy va umuminsoniy qadriyatlar, xorijiy tillar hamda xalqaro hamkorlik asosida ta’lim sifatini oshirish. 🤩 MAQOLALARNI RASMIYLASHTIRISH VA TAQDIM ETISH TALABLARI: Rasmiy tillar: O‘zbek, rus va ingliz tillari. Hajmi va formati: 3–5 sahifa, IMRAD talabi asosida, 14-shrift, 1,5 interval. Annotatsiya va kalit so‘zlar: 3 tilda (o‘zbek, rus, ingliz) bo‘lishi shart. Sertifikat va nashr: Anjuman materiallari to‘plami anjumanlar.uz platformasiga joylashtiriladi. Maqolasi qabul qilingan ishtirokchilarga elektron sertifikat beriladi. ⏰ Maqolalarni qabul qilish muddati: 2026-yil 15-sentabrga qadar. 📲 ISHTIROK ETISH VA MAQOLA TOPSHIRISH UCHUN: 📱 Telegram orqali: +998 (94) 418-16-61 👤 Anjuman koordinatori: Rajabov Kozim Komil o‘g‘li (Fanlarni rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi) 🌟Mas’ul bo‘limlar: Fanlarni rivojlantirish bo‘limi, Ijtimoiy-iqtisodiy va amaliy fanlar metodikasi kafedrasi 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
122
16
✅✅✅✅✅ Odamdagi asosiy narsa aql emas, balki uni boshqaradigan narsalar: xarakter, yurak va yaxshi his-tuyg‘ulardir. ✍️Dostoye
✅✅✅✅✅ Odamdagi asosiy narsa aql emas, balki uni boshqaradigan narsalar: xarakter, yurak va yaxshi his-tuyg‘ulardir. ✍️Dostoyevskiy 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
134
17
🇺🇸 Oregon shtati 1-sentabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi 📆 AQShning Oregon shtati gubernatori Tina Kot+2
🇺🇸 Oregon shtati 1-sentabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi 📆 AQShning Oregon shtati gubernatori Tina Kotek 2026-yil 1-sentabrni shtat miqyosida “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” (Uzbekistan Independence Day) deb rasman e’lon qildi. Tegishli proklamatsiya Oregon davlat kotibi Tobias Rid tomonidan ham tasdiqlangan. Mazkur qaror O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan qabul qilingan. Proklamatsiyada mamlakatimizning suverenitetini mustahkamlash, boy madaniy merosini asrab-avaylash, tinchlik va farovonlikni ta’minlash, shuningdek, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni izchil amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlari qayd etilgan. Hujjatda O‘zbekistonning xalqaro maydondagi faolligi va Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishdagi o‘rni, shuningdek, O‘zbekiston–AQSh munosabatlarining savdo, investitsiyalar, texnologiyalar, ta’lim, toza energetika, turizm va xalqlararo almashinuvlar yo‘nalishlarida kengayib borayotgani e’tirof etilgan. O‘zbekiston Mustaqilligi kunining AQShning butun bir shtati miqyosida rasman e’tirof etilishi mamlakatimizga bo‘lgan xalqaro e’tibor va O‘zbekiston–AQSh munosabatlari tobora kengayib borayotganining muhim ifodasidir. 📌Ma’lumot uchun, Oregon AQShning Tinch okeani sohilidagi muhim iqtisodiy va texnologik markazlardan biri bo‘lib, shtat aholisi 4,3 milliondan ortiq. Shtatda yuqori texnologiyalar, xususan, yarimo‘tkazgichlar sanoati rivojlangan bo‘lib, Intel kompaniyasining yirik ilmiy-ishlab chiqarish majmuasi ham shu hududda joylashgan. Prezident Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosida jalb qilinadigan maslahatchisi, Prezident Administratsiyasining AQSHdagi vakili Komil Allamjonov ushbu tashabbus uchun amerikalik hamkorlarimizga samimiy minnatdorlik bildirdi. Bizni kuzating ❤ Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
124
18
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #Эътироф “Men pedagog ekanligimdan faxrlanaman!" ✅ Yulduz G‘aybullayeva Navoiy viloyatining olis hud
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #Эътироф “Men pedagog ekanligimdan faxrlanaman!" ✅ Yulduz G‘aybullayeva Navoiy viloyatining olis hududlaridan biri — Uchquduq tumanidagi 10-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. 🔰 Ustozning samarali mehnati, ta’lim-tarbiya sohasidagi fidoyiligi va kasbiga sadoqati munosib e’tirof etilib, Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Yulduz G‘aybullayeva "Shuhrat" medali bilan taqdirlandi. 🎥 Batafsil — videolavhada. 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook📱Instagram 📺YouTube
104
19
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 «Mehnatning e’tiborda bo‘lishi — eng katta baxt!» 🇺🇿🇺🇿 "O‘zbekiston mustaqilligiga 35 yil" esdal
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 «Mehnatning e’tiborda bo‘lishi — eng katta baxt!» 🇺🇿🇺🇿 "O‘zbekiston mustaqilligiga 35 yil" esdalik nishoni — bu faqat mening emas, ta’lim fidoyilari bo‘lgan barcha hamkasblarimning mehnati bo‘lsa kerak deb bilaman. Ilm yo‘lidagi kamtarona mehnatimni qadrlab, e’tirofga loyiq ko‘rishgani uchun cheksiz shukronalik bildiraman. Bu ishonch yangi marralar va ezgu maqsadlar sari yanada kuch-g‘ayrat beradi. ✏️Dilfuza Karimova, Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi Ijtimoiy-iqtisodiy va amaliy fanlar metodikasi kafedrasi dotsenti 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook📱Instagram 📺YouTube
137
20
⏳⏳⏳⏳ 29-AVGUST ↪️ BAYRAMLAR: 🇺🇳 BMT - Xalqaro yadro sinovlariga qarshi kurash kuni 🌏 Mototsikl tug'ilgan kun 🔹 MILLIY BAY
⏳⏳⏳⏳ 29-AVGUST ↪️ BAYRAMLAR: 🇺🇳 BMT - Xalqaro yadro sinovlariga qarshi kurash kuni 🌏 Mototsikl tug'ilgan kun 🔹 MILLIY BAYRAMLAR: 🇰🇿 Qozog'iston - Semipalatinsk yadro poligonining yopilish kuni. 🇺🇦 Ukraina - Halok bo'lgan Ukraina himoyachilarini xotirlash kuni. 🇦🇷 Argentina - Daraxt ekish kuni. 🇮🇳 Hindiston - Milliy sport kuni. 🇮🇳 Hindiston - Telugu tili kuni. 🇸🇰 Slovakiya - Slovakiya milliy qo‘zg‘oloni kuni. 👉 VOQEALAR: - 1030 - Boku yaqinida ruslar Shirvan shohi Manuchix I ibn Yazidning lashkarini mag‘lubiyatga uchratishdi. - 1191 - Angliya qiroli Richard I ning buyrug‘i bilan Akre shahrida (Falastin) salibchilar asirlikda bo‘lgan uch ming musulmonni qatl qildilar. - 1526 - Turklar Vengriyani bosib oldilar. - 1533 - Ispanlar oxirgi Inka imperatori Atahualpani bo‘g‘ib o‘ldirdilar. - 1698 - Buyuk Pyotr o‘z fuqarolariga soqollarini olishni va Yevropa kiyimlarini kiyishni buyurdi. - 1756 - Buyuk Fridrix Saksoniyaga bostirib kirdi. - 1758 - Nyu-Jersida birinchi hindu rezervatsiyasi tashkil etildi. - 1793 - Santo-Domingoda qullik bekor qilindi. - 1825 - Portugaliya qiroli Djon VI Braziliyaning mustaqilligini tan oldi. - 1831 - Ingliz fizigi Maykl Faradey elektromagnit induksiya hodisasini kashf etdi. - 1842 - Nankin shartnomasi Birinchi afyun urushini yakunlab berdi. - 1883 - kanadalik ixtirochi va tadbirkor Tomas Ahern Ottavada birinchi elektroplitani namoyish qildi. - 1885 - Gotlib Daymler mototsikl uchun patent oldi - 1905 - Portsmut shartnomasi imzolandi (1904-1905 yillardagi Rus-Yapon urushi tugadi). - 1907 - Kvebek koʻprigi qulab tushdi. - 1910 - Koreya yapon koloniyasiga aylandi. - 1926 - Nepalda qullik bekor qilindi. - 1946 - Shvetsiya, Afg‘oniston va Islandiya BMTga qabul qilindi. - 1949 - SSSRda atom bombasi sinovi. - 1967 - 150 ga yaqin misrlik ofitserlar Misr prezidenti Nosirni ag‘darishga tayyorlanishda ayblanib hibsga olindi. - 1975 - Oqqush yulduz turkumida yangi superyulduz paydo bo‘ldi. - 1982 - Darmshtadt (G‘arbiy Germaniya) olimlari Mendeleyev davriy sistemasining 109-elementi - meytneriy topilganligi haqida xabar berishdi. - 1991 - Qozog‘istondagi Semipalatinsk yadro poligoni yopildi. - 1996 - «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni ta’sis etildi. - 2003 - «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni ta’sis etildi. 🗓 TAVALLUDLAR: - 1632 - Jon Lokk (1704) - ingliz faylasufi va ma’rifatparvari, bilimning empirik nazariyasi muallifi. - 1780 - Jan Avgust Dominik Engr (1867) - fransuz rassomi. - 1862 - Mauris Maeterlink (1949) - belgiyalik yozuvchi, dramaturg, Nobel mukofoti sovrindori (1911). - 1876 - Charlz Kettering (1958) - amerikalik muhandis, ixtirochi va tadbirkor. - 1904 - Verner Forsmann (1979) - nemis jarrohi va urologi, yurak kateterizatsiyasi usuli mualliflaridan biri, Nobel mukofoti sovrindori (1956). - 1934 - Joʻldosbek Quttimurodov - haykaltarosh, qoraqalpoq haykaltaroshligi asoschisi, Oʻzbekistonda (1982) va Qoraqalpogʻistonda (1970) xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi. - 1958 - Maykl Jekson (2009) - amerikalik qo'shiqchi, raqqos, bastakor, "pop qiroli". - 1976 - Abduqodir Toshqulov - Termiz davlat universiteti rektori. - 1982 - Marina Aleksandrova - rus teatr va kino aktrisasi. - 1989 - Rustam Sultonov - yunon-rum kurashchisi, 82 kg gacha vazn toifasida. - 1994 - Firuza Sharipova - qozogʻistonlik professional bokschi, WIBA chempioni (2019). - 2000 - Nilufar Yoqubboeva - oʻzbekistonlik shaxmatchi. Xalqaro darajadagi ayol master (2020). 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
151