es
Feedback

¡No caigas en manos de tramposos! Telemetrio encuentra y marca estos canales 👉 Si quieres ver la etiqueta, suscríbete

Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi/Rasmiy kanal

Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi/Rasmiy kanal

Ir al canal en Telegram

Veb-sayt: http://navoiymoi.uz Masofadan malaka oshirish veb-sayti: http://masofa.navoiymoi.uz Telegram: http://t.me/navmohm Facebook: https://www.facebook.com/navoimohm Kanal mas'uli bilan aloqa telefoni:

Mostrar más
2 066
Suscriptores
Sin datos24 horas
+847 días
+25930 días

Cargando datos

Nube de Etiquetas
Sin datos
¿Algún problema? Por favor, actualice la página o contacte a nuestro gerente de soporte.
Menciones Entrantes y Salientes
---
---
---
---
---
---
Atraer Suscriptores
oct '26
octubre '26
+327
en 3 canales
septiembre '26
+560
en 4 canales
Get PRO
agosto '26
+67
en 4 canales
Get PRO
julio '26
+51
en 4 canales
Get PRO
junio '26
+88
en 5 canales
Get PRO
mayo '26
+105
en 5 canales
Get PRO
abril '26
+59
en 4 canales
Get PRO
marzo '26
+73
en 3 canales
Get PRO
febrero '26
+91
en 5 canales
Get PRO
enero '26
+232
en 4 canales
Get PRO
diciembre '25
+52
en 6 canales
Get PRO
noviembre '25
+102
en 4 canales
Get PRO
octubre '25
+70
en 9 canales
Get PRO
septiembre '25
+78
en 1 canales
Get PRO
agosto '25
+28
en 3 canales
Get PRO
julio '25
+18
en 3 canales
Get PRO
junio '25
+29
en 2 canales
Get PRO
mayo '25
+127
en 3 canales
Get PRO
abril '25
+175
en 7 canales
Get PRO
marzo '25
+112
en 7 canales
Get PRO
febrero '25
+261
en 7 canales
Get PRO
enero '25
+339
en 6 canales
Get PRO
diciembre '24
+206
en 9 canales
Get PRO
noviembre '24
+156
en 3 canales
Get PRO
octubre '24
+48
en 2 canales
Get PRO
septiembre '24
+41
en 2 canales
Get PRO
agosto '24
+45
en 4 canales
Get PRO
julio '24
+15
en 0 canales
Get PRO
junio '24
+20
en 3 canales
Get PRO
mayo '24
+14
en 2 canales
Get PRO
abril '24
+24
en 0 canales
Get PRO
marzo '24
+36
en 5 canales
Get PRO
febrero '24
+1 025
en 1 canales
Get PRO
enero '24
+11
en 1 canales
Get PRO
diciembre '23
+18
en 4 canales
Get PRO
noviembre '23
+14
en 1 canales
Get PRO
octubre '23
+23
en 1 canales
Get PRO
septiembre '23
+2 038
en 0 canales
Get PRO
agosto '23
+25
en 0 canales
Get PRO
julio '23
+7
en 0 canales
Get PRO
junio '23
+5
en 0 canales
Get PRO
mayo '23
+10
en 0 canales
Get PRO
abril '23
+1 006
en 0 canales
Get PRO
marzo '23
+5
en 0 canales
Get PRO
febrero '23
+27
en 0 canales
Get PRO
enero '23
+6
en 0 canales
Get PRO
diciembre '22
+1 000
en 0 canales
Get PRO
noviembre '22
+20
en 0 canales
Get PRO
octubre '22
+17
en 0 canales
Get PRO
septiembre '22
+27
en 0 canales
Get PRO
agosto '22
+14
en 0 canales
Get PRO
julio '22
+1 001
en 0 canales
Get PRO
junio '22
+26
en 0 canales
Get PRO
mayo '22
+2 099
en 0 canales
Get PRO
abril '22
+1 047
en 0 canales
Get PRO
marzo '22
+2 696
en 0 canales
Get PRO
febrero '22
+192
en 0 canales
Get PRO
enero '22
+637
en 0 canales
Get PRO
diciembre '21
+602
en 0 canales
Get PRO
noviembre '21
+81
en 0 canales
Get PRO
octubre '21
+1 197
en 0 canales
Get PRO
septiembre '21
+180
en 0 canales
Get PRO
agosto '21
+486
en 0 canales
Get PRO
julio '21
+786
en 0 canales
Get PRO
junio '21
+1 548
en 0 canales
Get PRO
mayo '21
+2 624
en 0 canales
Get PRO
abril '21
+2 136
en 0 canales
Get PRO
marzo '21
+77
en 0 canales
Get PRO
febrero '21
+3 648
en 0 canales
Fecha
Crecimiento de Suscriptores
Menciones
Canales
15 octubre0
14 octubre+1
13 octubre+1
12 octubre+1
11 octubre0
10 octubre+1
09 octubre+37
08 octubre+80
07 octubre+133
06 octubre+64
05 octubre+6
04 octubre+1
03 octubre+2
02 octubre0
01 octubre0
Publicaciones del Canal
🔥🔥🔥🔥🔥🔥 INKLYUZIV TA’LIM: ILG‘OR TAJRIBA VA YANGI IMKONIYATLAR Samarqand shahrida inklyuziv ta’lim bo‘yicha ilg‘or kasbi
+6
🔥🔥🔥🔥🔥🔥 INKLYUZIV TA’LIM: ILG‘OR TAJRIBA VA YANGI IMKONIYATLAR Samarqand shahrida inklyuziv ta’lim bo‘yicha ilg‘or kasbiy rivojlanish dasturi 2-modulining ikkinchi kuni ham ko‘tarinki ruhda va amaliy mashg‘ulotlarga boy tarzda o‘tdi. Mazkur o‘quv-seminarda Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi vakillari — Laylo Ro‘ziyeva va Ziyo O‘tapovlar faol ishtirok etdilar. Seminarning ikkinchi kunida ishtirokchilar nazariy bilimlarni mustahkamlash bilan birga, bevosita amaliyotga ham alohida e’tibor qaratdilar. Xususan, pedagoglar bolalarning ta’lim olishi hamda darslarda to‘liq va faol ishtirok etishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni aniqlash, o‘qitish usullarini o‘quvchilarning turli ta’limiy ehtiyojlariga moslashtirish ko‘nikmalarini chuqur o‘rgandilar. Bugungi kun xulosasi sifatida seminar ishtirokchilari Samarqand shahridagi 13-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, inklyuziv ta’lim muhitida o‘tilayotgan darslar tahlilida bevosita qatnashdilar. Amaliy dars tahlillari zamonaviy pedagogik yondashuvlar hamda ilg‘or tajribalarni real ta’lim jarayonida ko‘rish va baholash imkonini berdi. Bunday o‘quv-seminarlar va amaliy mashg‘ulotlar pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish, ta’lim jarayonida individual yondashuvni kuchaytirish va barcha bolalar uchun teng hamda qulay ta’lim muhitini shakllantirishga xizmat qiladi. Har bir bola ta’lim olishga haqli. Har bir bola uchun keng imkoniyatlar yaratish — ta’lim tizimining eng muhim vazifasidir. 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook📱Instagram 📺YouTube

2
❗️❗️❗️❗️❗️ 📌UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA PSIXOLOG BO‘LIB ISHLASH ISTAGIDAGILAR UCHUN! ✔️ Navoiy viloyati pedagogik mahorat markaz
❗️❗️❗️❗️❗️ 📌UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA PSIXOLOG BO‘LIB ISHLASH ISTAGIDAGILAR UCHUN! ✔️ Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi umumta'lim maktablarida Psixolog huquqini berish bo‘yicha kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash kurslarini e’lon qiladi. 📅 Kurslarga qabul davom etmoqda. Shartnoma to‘lovini bo‘lib to‘lash imkoniyati bor. Darslar noyabr oyidan boshlanadi. Joylar soni chegaralangan. 💡 Kursga quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha oliy ma'lumotga ega bo‘lganlar qabul qilinadi: Pedagogik ma'lumotga ega bakalavr va magistrlar Kurs davomiyligi: 9 oy 🌐 Qayta tayyorlash kurslarining barcha yo‘nalishlariga arizalar retrain.uzedu.uz sayti orqali qabul qilinadi. 📞Bog'lanish uchun: +998770594544, +998936648785 💬 Hududiy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
156
3
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ FUQAROLAR VA YURIDIK SHAXSLAR VAKILLARI DIQQATIGA! Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Uktamjo
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ FUQAROLAR VA YURIDIK SHAXSLAR VAKILLARI DIQQATIGA! Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Uktamjon Mardanovning fuqarolar hamda yuridik shaxslar vakillari uchun qabuli o‘tkaziladi. 📅 Sana: 2026-yil 16-oktabr ⏰ Vaqti: 14:30–15:30 📍 Manzil: Karmana tumani, Mirsaid Bahrom MFY, Toshkent ko‘chasi, 41-uy, Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi binosi. Qabul davomida fuqarolar va yuridik shaxslar vakillarining murojaatlari, takliflari hamda muammolari tinglanib, tegishli masalalar ko‘rib chiqiladi. Qabulda ishtirok etish va murojaat qilish uchun quyidagi telefon raqamlariga bog‘lanishingiz mumkin: ☎️ +998 93 461 88 82 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
151
4
🇹🇷🇺🇿 Ta’limda an’ana va innovatsiya uyg‘unligi: O‘zbekiston va Turkiya hamkorligida yangi imkoniyatlar O‘zbekiston Respub+2
🇹🇷🇺🇿 Ta’limda an’ana va innovatsiya uyg‘unligi: O‘zbekiston va Turkiya hamkorligida yangi imkoniyatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Istanbulda Najmiddin Bilol Erdo‘g‘an bilan birgalikda Ibn Xaldun universiteti va “Yenidoğu” maktabiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida ta’lim muassasalarining o‘qitish uslublari, yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqarish va ularda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlar bilan tanishildi. “Bu yerda ta’lim sifatiga, yoshlarning iqtidorini ro‘yobga chiqarish va ularda mustaqil fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan”, - deya ta’kidladi Saida Mirziyoyeva. Uning qayd etishicha, tashrif davomida ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, tajriba almashish, maktab o‘quvchilari, talabalar va pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildi. 📌Ibn Xaldun universiteti — 2015-yilda tashkil etilgan xususiy tadqiqot universiteti. Unda gumanitar va ijtimoiy fanlarga alohida e’tibor qaratiladi, ta’lim ingliz, turk va arab tillarida olib boriladi. Universitetda 1 800 nafardan ortiq talaba tahsil oladi. Oliy ta’lim muassasasi O‘zbekistonning sakkizta yetakchi universiteti bilan hamkorlik memorandumlarini imzolagan. 📌“Yenidoğu” maktabi esa maktabgacha ta’limdan yuqori sinflargacha bo‘lgan bosqichlarni qamrab oladi. Ta’lim jarayonida an’anaviy qadriyatlar zamonaviy metodlar bilan uyg‘unlashtirilgan. Bolalarda tanqidiy va mustaqil fikrlashni rivojlantirish, xorijiy tillarni chuqur o‘rgatish, ijodiy hamda amaliy loyihalarga jalb etishga alohida e’tibor beriladi. Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
208
5
🗓🗓🗓🗓🗓🗓 15-OKTYABR 👉 BAYRAMLAR: 🇺🇳 Xalqaro qishloq ayollari kuni. 🌏 Butunjahon qo'l yuvish kuni. 🌏 Ko'krak salomatl
🗓🗓🗓🗓🗓🗓 15-OKTYABR 👉 BAYRAMLAR: 🇺🇳 Xalqaro qishloq ayollari kuni. 🌏 Butunjahon qo'l yuvish kuni. 🌏 Ko'krak salomatligi kuni. 💠 MILLIY BAYRAMLAR: 🇩🇰 Daniya - Valiahd shahzoda Kristianning tug'ilgan kuni 🇺🇸 AQSh - Milliy Pug kuni. 🇺🇸 AQSh, 🇨🇦 Kanada - Homiladorlik va chaqaloqni yo'qotishni xotirlash kuni. 🇧🇾 Belarus - Farmatsevtika va mikrobiologiya sanoati xodimlari kuni. 🇮🇳 Hindiston - Talabalar kuni. 🇧🇷 Braziliya - O‘qituvchilar kuni. 🇹🇳 Tunis - Evakuatsiya kuni. 🇲🇼 Malavi - Onalar kuni. 🇷🇺 Rossiya - Otalar kuni. 🇦🇷 Argentina - Onalar kuni. 🇹🇯 Tojikiston - Mehrjon bayrami. 🇰🇿 Qozogʻiston - O'rmon xo'jaligi xodimlari kuni. 🇷🇺 Rossiya - Yo'l xo'jaligi xodimlari kuni. 🇷🇺 Rossiya, 🇺🇦 Ukraina - Oziq-ovqat sanoati xodimlari kuni. 🇨🇱 Chili - Bobolar va buvilar kuni. ✅ VOQEALAR: - 533 - Vizantiya qo'mondoni Velisariy Karfagenga yurish qilib, uni vandallardan tortib oldi. - 1570 - Pxenyan shahriga asos solingan.  - 1581 - Parijda dunyo tarixda birinchi ommaviy baletni ko'rdi. - 1806 - Boku xonligi Rossiya imperiyasiga qo'shib olindi. - 1813 - “Xalqlar jangi”ga 300000dan ortiq askar kirishdi. - 1880 - Mashhur Kyoln ibodatxonasi qurib bitkazildi. - 1894 - fransuz zobiti Alfred Dreyfus josuslikda ayblanib hibsga olindi, «Dreyfus ishi» boshlandi. - 1908 - Rossiyada ilk film namoyish etilgan. - 1940 - AQShda Charli Chaplinning "Buyuk diktator" filmi chiqdi. U Germaniyada fashistlar rejimini kulgu ostiga olgan. - 1962 - Karib inqirozi: AQSh va SSSR o'rtasidagi qarama-qarshilik boshlandi. - 1978 - Ioann Pavel II Rim papasi etib saylandi. - 1990 - Mixail Gorbachyov Nobel tinchlik mukofotiga sazovor bo'ldi.  - 1991 - urushdan oldingi davr fuqarolari uchun Latviya fuqaroligi tiklandi. -1992 -Toshkentda Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi ochildi. - 1992 - O‘zbekiston Respublikasi Bangladesh Xalq Respublikasi  bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. - 1995 - Saddam Husayn Iroq prezidenti etib qayta saylandi. - 1997 - Saturn va Titan - Kassini - Gyuygensni o'rganish loyihasi ishga tushirildi. - 2002 - Misrda Aleksandr kutubxonasi ochildi. - 2003 - Ozarbayjondagi prezidentlik saylovlarida Ilhom Aliyev g‘alaba qozondi. - 2003 - XXR kosmonavt bilan birinchi kosmik kemasi - "Shenchjou -5" ni uchirdi. - 2007 - Intel mobil ilovalar uchun yangi protsessor - Intel Atom ishlab chiqarilishini e'lon qildi. 🗓 TAVALLUDLAR: - Mil. av. 99 - Tit Lucretsiy Car mil. av. 55) - qadimgi Rim shoiri va faylasufi. - Mil. av. 70 - Publiy Verjiliy Maron (mil. av. 19) - qadimgi rim shoiri. - 1608 - Evangelista Torrichelli - italiyalik matematik va fizik, simob barometrini ixtiro qilgan. - 1897 - Ilya Ilf (1937) - sovet yozuvchisi, jurnalist va ssenariynavis. - 1814 - Mixail Lermontov (1841) - rus shoiri, nasr yozuvchisi, dramaturg va rassom. - 1844 - Fridrix Nitsshe (1900) - nemis faylasufi, filologi, shoiri. - 1855 - Ivan Michurin (1935) - rus amaliyotchisi, seleksioneri, mevali va boshqa o'simliklar ilmiy selеksiyasi asoschisi. - 1905 - Kozlovskiy Aleksey (1977) - kompozitor, dirijyor, O'zbekiston xalq artisti (1955). - 1908 - Mirzakalon Ismoiliy (1986) - yozuvchi, tarjimon.  - 1913 - Saidkarim Ziyodullayev - iqtisodchi olim, Oʻzbekiston FA akademigi (1974), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan iqtisodchi (1973). - 1915 - Hakim Nazir (2008) - bolalar adibi, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1984).  - 1916 - Ibrohim Rahim (2001) - taniqli yozuvchi va jurnalist, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1976), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1966).  - 1929 - Obidov Abdurahim - mikrobiolog - immunolog olim, O‘zbekiston FA akademigi (2000). 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
166
6
✅✅✅✅✅ 🇺🇿 Assalomu alaykum, qadrli ustozlar! BUGUN KECHAGIDAN YAXSHIROQ BO‘LING! Yashang va o‘rganing! Ta’lim olamida o‘sish
✅✅✅✅✅ 🇺🇿 Assalomu alaykum, qadrli ustozlar! BUGUN KECHAGIDAN YAXSHIROQ BO‘LING! Yashang va o‘rganing! Ta’lim olamida o‘sishning chegarasi yo‘q. Kecha o‘rganganlaringiz bugun tajribangizga aylanadi, bugun egallagan bilimlaringiz esa ertangi muvaffaqiyatingizga xizmat qiladi. Zamonaviy ustoz doimo izlanadi, yangiliklarni o‘rganadi va o‘z faoliyatiga yangicha nigoh bilan qaraydi. Bugun o‘zingizga bitta savol bering: “Kecha bilmagan qaysi narsamni bugun o‘rganishim mumkin?” 📚 Har bir yangi bilim sizni yanada mahoratli pedagog bo‘lishga yaqinlashtirsin! Yangi kuningiz izlanish, o‘sish va yutuqlarga boy bo‘lsin! 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
176
7
Zo‘ravonlikning ko‘rinishi turlicha. Bolaning himoyasi esa har qanday holatda ta’minlanishi kerak. Zo‘ravonlik faqat jismoniy
Zo‘ravonlikning ko‘rinishi turlicha. Bolaning himoyasi esa har qanday holatda ta’minlanishi kerak. Zo‘ravonlik faqat jismoniy zarar yetkazish bilan cheklanmaydi. Tahdid qilish, kamsitish, haqoratlash, qo‘rqitish yoki bolaning zarur ehtiyojlarini e’tiborsiz qoldirish ham uning hayoti va rivojlanishiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Bugun, 14-oktabr kuni Prezident tomonidan imzolangan qonun bolalarga nisbatan zo‘ravonlik, jumladan, jinsiy zo‘ravonlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutadi. Shuningdek, zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki unga guvoh bo‘lgan bolalarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish hamda tergov va sud jarayonlarida ularning manfaatlarini himoya qilish kafolatlari mustahkamlanmoqda. 🤝 Bolalarni himoya qilishda har birimizning e’tiborimiz muhim. Agar bola zo‘ravonlik haqida aytib bersa, uni xotirjam tinglang, ayblamang va yordam so‘rashini qo‘llab-quvvatlang. 📞 Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari haqida 1246 ishonch telefoniga xabar berishingiz mumkin. Befarq bo‘lmang. Sizning murojaatingiz bolaning himoya va yordam olishiga yo‘l ochishi mumkin. Har bir bola zo‘ravonliksiz, xavfsiz muhitda ulg‘ayishga haqli. 🎬 Batafsil videoda ko‘rishingiz mumkin. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
223
8
❗️❗️❗️❗️❗️ 📌 UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA TABIIY FANLAR O‘QITUVCHISI BO‘LIB ISHLASH ISTAGIDAGILAR UCHUN! ✔️ Navoiy viloyati pedag
❗️❗️❗️❗️❗️ 📌 UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA TABIIY FANLAR O‘QITUVCHISI BO‘LIB ISHLASH ISTAGIDAGILAR UCHUN! ✔️ Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi umumta'lim maktablarida Tabiiy fanlarni o‘qitish huquqini berish bo‘yicha kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash kurslarini e’lon qiladi. 📅 Kurslarga qabul davom etmoqda. Shartnoma to‘lovini bo‘lib to‘lash imkoniyati bor. 💡 Kursga quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha oliy ma'lumotga ega bo‘lganlar qabul qilinadi: Ekologiya o‘qituvchisi Kimyo o‘qituvchisi Kurs davomiyligi: 11 oy 🌐 Qayta tayyorlash kurslarining barcha yo‘nalishlariga arizalar retrain.uzedu.uz sayti orqali qabul qilinadi. 📞Bog'lanish uchun: +998 97 321 02 92, +998 93 664 87 85 💬 Hududiy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
322
9
💙🤳👩‍🦲💓🤳 😑💥😞👦🤳💚👺 Ularning "aybi" — buyuk bo‘lgani ✅ Ular xalqni ilmli ko‘rishni istadilar. Millatni jaholatdan ch
💙🤳👩‍🦲💓🤳 😑💥😞👦🤳💚👺 Ularning "aybi" — buyuk bo‘lgani ✅ Ular xalqni ilmli ko‘rishni istadilar. Millatni jaholatdan chiqarish, yosh avlodga ma’rifat berish, yurtni taraqqiyot sari boshlashni orzu qildilar. Ammo bu ezgu niyatlar ko‘plab jadidlarimiz va ziyolilarimizning fojeali taqdiriga sabab bo‘ldi. Qatag‘on yillarida qancha ma’rifatparvarlarimiz tuhmat qurboni bo‘ldi, qancha iste’dodlar so‘ndirildi, qancha oilalar ayriliq azobini tortdi. Ularning nomlarini unutishga, merosini yo‘q qilishga urinishdi. Ammo xalq xotirasidan ularni o‘chirib bo‘lmadi. Ularning "aybi" — buyuk bo‘lgani. Bizning burchimiz esa ularni unutmaslikdir. Bugun ularning hayot yo‘llarini o‘rganish, qoldirgan merosini avlodlarga yetkazish va xotirasini e’zozlash har birimiz uchun muhim. 📚 Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazining Ijtimoiy va amaliy fanlarni o‘qitish metodikasi kafedrasi va Axborot resurs markazi, Karmana tumani axborot-kutubxona markazi hamkorligida ana shu muqaddas xotira va tarixga hurmat tuyg‘ulari bilan uyg‘unlikda tashkil etilgan tadbirda tarix fani kursi tinglovchilari, ziyolilar va faxriy ustozlar ishtirok etdilar. Tadbir doirasida karmanalik tarixchi olim, iqtisod fanlari nomzodi Samandar Kabulovning “Afsonaviy Karmana” kitobi taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Kitob taqdimoti davomida Karmananing boy tarixi, qadimiy obidalari va ma’naviy merosi haqida fikr yuritildi. Asar ishtirokchilarni ona yurt tarixiga yana bir bor nazar tashlashga, o‘tmishning unutilmas sahifalarini yodga olishga undadi. Suhbat esa o‘z-o‘zidan jadidlar hayoti va qatag‘on qurbonlari xotirasiga ulanib ketdi. Ishtirokchilar xalqimizning ma’rifatli farzandlari bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘l, ularning ilm-ma’rifat yo‘lidagi fidoyiligi va mustabid tuzum davrida yuz bergan adolatsizliklar haqida fikr almashdilar. Zero, tarixni o‘rganish — shunchaki sanalar va voqealarni yod olish emas. Bu ajdodlarimizning orzu-umidlarini anglash, ularning jasoratidan saboq olish va o‘zligimizni chuqurroq his etishdir. 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
230
10
🧠🧠🧠🧠 Oʻzbek tili sirlari haqida yagona savol berilsa, bir daqiqada to‘g‘ri javob topa olarmidingiz? 🧠 Bilimlar toqnashuv
🧠🧠🧠🧠 Oʻzbek tili sirlari haqida yagona savol berilsa, bir daqiqada to‘g‘ri javob topa olarmidingiz? 🧠 Bilimlar toqnashuvi, samimiy muloqot va bayramona kayfiyat bir nuqtada tutashganda davrada o‘zgacha bir intellektual jo‘shqinlik paydo bo‘ladi. O‘zbek tili bayrami hamda Filologiya fanlari oyligi munosabati bilan Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida ana shunday qizg‘in “Zakovat” intellektual bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi ustozlari hamda markaz tinglovchilarining bir davrada jam bo‘lishi davraga o‘zgacha samimiyat va shijoat bag‘ishladi. Maydonda esa bilimlari va chaqqon mushohadasi bilan ajralib turgan 3 ta jamoa bellashdi: 🇺🇿 O‘zbek tili kursi tinglovchilari 🇷🇺 Rus tili kursi tinglovchilari 🇬🇧 Ingliz tili kursi tinglovchilari Kutilmagan mantiqiy savollar, shiddatli muhokamalar va bir daqiqa ichida tug‘ilgan durdona fikrlar... Har bir jamoa ona tilimiz jozibasi va o‘z bilim salohiyatini namoyon etish uchun oxirgi daqiqagacha chin dildan kurashdi. Murosasiz qizg‘in kechgan bellashuv yakunida markaz direktori Uktamjon Mardanov so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarni yaqinlashib kelayotgan til bayrami bilan samimiy qutladi. Ma’rifat va bilim yo‘lida faollik ko‘rsatgan jamoalarga tashakkurnomalar tantanali ravishda topshirildi. Aqliy bahs g‘oliblarni aniqlagan bo‘lsa-da, aslida eng katta zafar — ona tilimizga bo‘lgan yuksak ehtirom va ma’naviy birlikda namoyon bo‘ldi! Ona tilimizning jozibasi va bilimlarga intilish shijoati aslo so‘nmasin! #Zakovat #fan_oyligi 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook📱Instagram 📺YouTube
291
11
Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz bo‘lishi shart. O‘zbekiston Pre
Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz bo‘lishi shart. O‘zbekiston Prezidenti birdaniga 5 ta kodeks va 6 ta qonunga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Bolaga zulm qilgan, unga jismoniy yoki ruhiy azob bergan har bir kimsa — u xoh ta’lim muassasasi xodimi bo‘lsin, xoh yaqin qarindoshi — javobgarlikka tortiladi. Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar uchun berilgan jazo aslo yengillashtirilmaydi. Bundan buyon 14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanadi. Bunday og‘ir jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish muddatida cheklov bo‘lmaydi. Yosh bolaning xavfsizligi shart-sharoit yoki vaziyatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas. Bolalar hayoti, sog‘lig‘i, or-nomusiga tajovuz qilgan har qanday kimsa qat’iy jazodan qochib qutula olmasligini bilishi shart. — Насилие над ребёнком неприемлемо, а наказание должно быть суровым. Президент Узбекистана подписал закон, предусматривающий изменения сразу в 5 кодексах и 6 законах. Ответственность понесёт каждый, кто причинит вред и боль ребёнку: от сотрудников образовательных учреждений до родных, совершивших насилие. За любое преступление, которое повлечёт смерть ребёнка, не будет никаких смягчений. Отныне лицам, совершившим сексуальное насилие над ребёнком младше 14 лет, грозит до 25 лет или пожизненное заключение. Срока давности по таким преступлениям не будет. Безопасность ребёнка не может зависеть от обстоятельств. Каждый, кто посягнёт на жизнь, здоровье и достоинство детей, должен знать, что от строгого наказания он не уйдёт.
164
12
📖📖📖📖📖 📚 Kitob o‘qimaydigan ustoz o‘z bilimini qanday yangilaydi? Bugun mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini yuksalti+3
📖📖📖📖📖 📚 Kitob o‘qimaydigan ustoz o‘z bilimini qanday yangilaydi? Bugun mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida mutolaa an’analarini keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero, kitobxon jamiyatning ma’naviy salohiyati yuksak, fikri teran va kelajakka intilishi kuchli bo‘ladi. Ta’lim tizimida esa kitobning o‘rni yanada muhim. Chunki o‘qituvchi nafaqat bilim beruvchi, balki o‘zining dunyoqarashi, tafakkuri va shaxsiy namunasi bilan o‘quvchilarni tarbiyalovchi insondir. Muntazam mutolaa qiladigan pedagogning fikri teranlashadi, dunyoqarashi kengayadi, darslariga yangicha yondashuvlar olib kirish imkoniyati ortadi. 📖 Kitob — ustozning hamrohi, tafakkurining oziqi va kasbiy rivojlanishining muhim manbai. Shu maqsadda bugun Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida “Kitoblar — ovozsiz muallimlardir” mavzusida mazmunli davra suhbati tashkil etildi. Markaz Axborot-resurs markazi bosh mutaxassisi Bobur Ergashev hamda Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Nafosat Soliyeva hamkorligida o‘tkazilgan ma'rifiy soatda kitobxonlikning inson hayotidagi o‘rni, zamonaviy ta’lim jarayonida mutolaaning ahamiyati va kitobga mehr uyg‘otish masalalari muhokama qilindi. Tadbir davomida raqamli texnologiyalar rivojlanayotgan davrda an’anaviy kitob mutolaasining ahamiyati, pedagoglarning kasbiy mahorati va intellektual salohiyatini oshirishda kitobning o‘rni, yoshlar va pedagoglar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, elektron va an’anaviy kutubxonalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Samimiy muloqot va fikr almashuvlarga boy kechgan uchrashuv ishtirokchilarga mutolaa haqida yana bir bor mushohada yuritish, kitobga bo‘lgan munosabatni chuqurroq anglash imkonini berdi. 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
276
13
🔥🔥🔥🔥🔥🔥 INKLYUZIV TA’LIM: ILG‘OR TAJRIBA VA YANGI IMKONIYATLAR Samarqand shahrida inklyuziv ta’lim bo‘yicha ilg‘or kasbi+4
🔥🔥🔥🔥🔥🔥 INKLYUZIV TA’LIM: ILG‘OR TAJRIBA VA YANGI IMKONIYATLAR Samarqand shahrida inklyuziv ta’lim bo‘yicha ilg‘or kasbiy rivojlanish dasturining 2-moduli doirasida ikki kunlik o‘quv-seminar o‘z ishini boshladi. Mazkur o‘quv seminarida Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi vakillari — Laylo Ro‘ziyeva va Ziyo O‘tapovlar ham ishtirok etmoqda. Seminarning asosiy maqsadi inklyuziv ta’limni samarali tashkil etish, pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda har bir bolaning individual imkoniyatlari va ta’limiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda ta’lim jarayonini takomillashtirishdan iborat. Bugungi kunda inklyuziv ta’lim tizimning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Uning asosiy tamoyili — har bir bolaning sifatli ta’lim olishiga teng imkoniyat yaratish, o‘ziga xos qobiliyat va ehtiyojlarini inobatga olish hamda ta’lim muhitida o‘zini erkin va ishonchli his etishini ta’minlashdir. Ikki kunlik seminar davomida ishtirokchilarning inklyuziv ta’limga oid bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni o‘rganish, ilg‘or tajribalarni almashish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratilishi kutilmoqda. Bunday o‘quv-seminarlar pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish, ta’lim jarayonida individual yondashuvni kuchaytirish va barcha bolalar uchun qulay ta’lim muhitini shakllantirishga xizmat qiladi. Har bir bola ta’lim olishga haqli. Har bir bola uchun imkoniyat yaratish — ta’limning muhim vazifasidir. 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
225
14
Bizga yangi texnologiyalar yarata oladigan yosh muhandislar kerak Bugun “FIRST Global Challenge — 2026” xalqaro robototexnika
Bizga yangi texnologiyalar yarata oladigan yosh muhandislar kerak Bugun “FIRST Global Challenge — 2026” xalqaro robototexnika musobaqasi g‘oliblari va ularning murabbiylariga Prezidentimiz Farmoniga muvofiq davlat mukofotlarini topshirdik. Koreya Respublikasining Inchxon shahrida 190 mamlakat vakillari qatnashgan musobaqada jamoamiz g‘olib alyans tarkibida oltin medalni qo‘lga kiritib, eng ko‘p ball to‘plagani uchun xalqaro mukofotga ham sazovor bo‘ldi. Farzandlarimiz olgan bilimini amalda qo‘llashi va o‘z g‘oyasini sinab ko‘rishi uchun sharoit yaratishimiz kerak. Har bir hududda robototexnika va muhandislikka qiziqqan bolalarning iqtidorini erta payqab, izlanishlariga ko‘maklashishimiz zarur. Ularning kelgusida ishlab chiqarish samaradorligini oshiradigan hamda insonlar hayotini yengillashtiradigan texnologiyalar yaratishiga ishonaman.
146
15
▪️▪️▪️▪️ XORIJIY TAJRIBA — TA’LIMDAGI YANGI IMKONIYATLAR 📎Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida pedagoglarning kasbiy
▪️▪️▪️▪️ XORIJIY TAJRIBA — TA’LIMDAGI YANGI IMKONIYATLAR 📎Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida pedagoglarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish, malaka oshirish kurslari sifatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishga qaratilgan navbatdagi seminar-trening tashkil etildi. Mashg‘ulotda Prezident maktabi o‘qituvchisi, markazning xorijiy maslahatchisi Bernardo Melchor geografiya fani bo‘yicha malaka oshirish kursi tinglovchilari bilan “Sinfxonadan tashqarida” mavzusida amaliy mashg‘ulot olib bordi. 💬Seminar doirasida zamonaviy ta’lim yondashuvlari, o‘quvchilarni faol fikrlashga undash, dars jarayonini samarali tashkil etish hamda ta’limni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiladigan metodik yechimlarga e’tibor qaratildi. Xorijiy maslahatchilar — islohotlarni amaliyot bilan bog‘lovchi muhim kuch. Bugungi kunda jahon ta’lim tizimida o‘quvchini tayyor bilimlarni qabul qiluvchi emas, balki mustaqil izlanadigan, muammolarga yechim topadigan va o‘z fikrini asoslay oladigan shaxs sifatida rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Loyiha asosida o‘qitish, fanlararo integratsiya, muammoli ta’lim va o‘quvchilar faolligiga asoslangan metodlar xalqaro ta’lim amaliyotining muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi. ▶️Xorijiy maslahatchilarning ta’lim jarayoniga jalb etilishi ushbu yondashuvlarni o‘rganish, ularni milliy ta’lim sharoitiga moslashtirish va pedagoglarning amaliy kompetensiyalarini rivojlantirish uchun muhim imkoniyat yaratadi. Ayniqsa, xalqaro tajribaga ega mutaxassislarning pedagoglar bilan bevosita ishlashi nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalarga aylantirish, darslarni zamonaviy talablar asosida loyihalash va ta’lim natijadorligini oshirishga xizmat qiladi. Bu kabi hamkorlik O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlarining muhim maqsadlari — ta’lim sifatini yuksaltirish, pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish hamda o‘quvchilarda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga hissa qo‘shadi. Seminar-trening xorijiy tajribani o‘rganish bilan birga, uni mahalliy ta’lim amaliyotiga tatbiq etish yo‘llarini anglash uchun ham muhim maydon bo‘ldi. 🔖Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or metodikalarni ommalashtirish va ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi ishlarini izchil davom ettiradi. 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
194
16
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ ⭐️HURMATLI PEDAGOGLAR, ILM-FAN SOHASIDA FAOLIYAT YURITUVCHI MUTAXASSISLAR! Navoiy viloyati pedagogik mahorat m
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ ⭐️HURMATLI PEDAGOGLAR, ILM-FAN SOHASIDA FAOLIYAT YURITUVCHI MUTAXASSISLAR! Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida 2026-yil 22-oktabr kuni “Global ta’lim tendensiyalari sharoitida maktabgacha ta’lim mazmunini modernizatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida quyidagi sho‘balar ishi rejalashtirilgan: 🔂1-sho‘ba: Barqaror rivojlanish sharoitida maktabgacha ta'limda innovatsion pedagogik menejment va samarali ta'lim texnologiyalarini joriy etish. 🔂2-sho‘ba: Maktabgacha ta'lim mazmunini modernizatsiya qilish jarayonida innovatsion yondashuvlar va davlat-jamiyat hamkorligi istiqbollari. 🔂3-sho‘ba: Xalqaro tajriba va hamkorlik istiqbollari: maktabgacha ta'limda raqamli muhit va media ta'limni rivojlantirish. 🔂4-sho‘ba: Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim uzviyligini ta'minlashning zamonaviy pedagogik mexanizmlari hamda kompetensiyaviy yondashuvlar. 🔂5-sho‘ba: Inklyuziv va maxsus ta'lim sharoitida bolalarning individual rivojlanishini qo'llab-quvvatlashning innovatsion metodlari va amaliyotlari. 🆕Maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida IMRAD talablari asosida (3-5 sahifa, 14-shrift, 1.5 interval) qabul qilinadi. Anjuman materiallari to‘plami "anjumanlar.uz" platformasiga kiritiladi hamda ishtirokchilarga elektron sertifikat taqdim etiladi. 📩 Maqolalarni 2026-yil 21-oktabrga qadar Telegram orqali yuborishingiz mumkin: ➡️ +998944181661 👨‍💼Anjuman koordinatori: Rajabov Kozim Komil o‘g‘li 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
293
17
🟦🟦🟦 “SEN ISTE’DODLISAN” — HAR BIR BOLANING IQTIDORINI NAMOYON ETISH IMKONIYATI 📍Zarafshon shahrida “Men ham shu Vatanning+9
🟦🟦🟦 “SEN ISTE’DODLISAN” — HAR BIR BOLANING IQTIDORINI NAMOYON ETISH IMKONIYATI 📍Zarafshon shahrida “Men ham shu Vatanning bunyodkoriman” shiori ostida “Sen iste’dodlisan” tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. 🎨Tanlovda shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining inklyuziv ta’lim sinflarida tahsil olayotgan hamda uyda yakka tartibda ta’lim oluvchi 3–9-sinf o‘quvchilari estrada-vokal va tasviriy san’at yo‘nalishlarida o‘z iste’dod va mahoratlarini namoyish etdilar. 🟠Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, qobiliyatlarini yuzaga chiqarish hamda ularni qo‘llab-quvvatlashdan iborat. 😀Tanlov g‘oliblari va sovrindorlari shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
211
18
🗓🗓🗓🗓🗓🗓 14-OKTYABR 👉 BAYRAMLAR: 🌏 Butunjahon Standartlash kuni. 🌏 Butunjahon metropoliten kuni. 💠 MILLIY BAYRAMLAR:
🗓🗓🗓🗓🗓🗓 14-OKTYABR 👉 BAYRAMLAR: 🌏 Butunjahon Standartlash kuni. 🌏 Butunjahon metropoliten kuni. 💠 MILLIY BAYRAMLAR: 🇧🇾 Belarus - Onalar kuni. 🇹🇭 Tailand - Demokratiya kuni. 🇲🇩 Moldova - Kishinyov kuni. 🇹🇯 Tojikiston - Tadbirkorlar kuni. 🇵🇱 Polsha - Taʼlim kuni. 🌏 Lotin Amerikasi - Kolumb kuni. 🇸🇽 Sent Martin - Konstitutsiya kuni. 🇧🇸 Baham orollari - Milliy qahramonlar kuni. 🇹🇿 Tanzaniya - Nyerere kuni. 🇯🇵 Yaponiya - Salomatlik va sport kuni. 🇾🇪 Yaman - Ozodlik kuni. 🇨🇦 Kanada - Shukrona kuni. 🇺🇸 AQSh - Mahalliy xalqlar kuni. 🇺🇸 AQSh - Kolumb kuni. ✅ VOQEALAR: - 1066 - Gastings jangi. - 1815 - Napoleon I Muqaddas Yelena oroliga surgun qilindi. - 1843 - Birinchi bor “Mendelson” marshi sadolari yangragan kun. - 1884 - Jorj Eastman fotoplyonkani patentladi. - 1900 - Zigmund Freydning mashhur "Tushlar ta’biri" kitobi nashr etildi. - 1905 - Parijda Xalqaro aviatsiya federatsiyasi tashkil etildi. - 1913 - Janubiy Uelsdagi shaxtada metan portlashi natijasida 439 kishi halok bo'ldi. - 1924 - Tojikiston ASSR va Qora-Qirg'iz Avtonom viloyati tuzildi. - 1928 - „Graf Zeppelin“ Atlantika okeanidan uchib oʻtib Nyu Jersi shtatida qoʻndi. - 1933 - fashistlar Germaniyasi Millatlar Ligasidan chiqishini e'lon qildi. - 1944 - Ukraina SSR fashist bosqinchilaridan ozod qilingan kuni. - 1966 - AQSHda „Qora qoplonlar“ partiyasi tuzildi. - 1970 - Gaagada havo kemalarini noqonuniy olib qo'yilishiga qarshi kurash to'g'risidagi xalqaro konvensiya qabul qilindi. - 1972 - Bernardo Bertoluchchining mashhur "Parijdagi so'nggi tango" filmi Nyu-York kinofestivalida namoyish etildi. - 1994 - Shotlandiyalik Fiona Kempbell Yer sayyorasini piyoda bosib o'tgan birinchi ayol bo'ldi. - 2003 - Xitoy „Chenzhou“ kosmik kemasini fazoga uchirdi. - 2012 - Feliks Baumgartner 39 km (128100 fut) balandlikdan muvaffaqiyatli sakradi. - 2017 - Mogadishodagi teraktlar, 580 dan ortiq odam halok bo'ldi. 🗓 TAVALLUDLAR: - 1542 - Akbar Jaloliddin Muhammad (1605) - Hindistondagi Boburiylar saltanatining hukmdori (1556 yildan), Boburning nabirasi, Humoyunning o'g'li. - 1585 - Shuts Genri (1672) - nemis bastakori, organist, tarbiyachi, milliy kompozitorlik maktabining asoschisi. - 1644 - Uilyam Penn (1718) - nomi Pensilvaniya shtatiga qo‘yilgan ingliz jamoat arbobi. - 1873 - Jyul Rimet (1956) - fransuz huquqshunosi, futbol bo‘yicha Jahon chempionatining tashabbuskori va tashkilotchisi, FIFA prezidenti (1921-54). - 1890 - Duayt Devid Eyzenxauer (1969) - AQShning 34-prezidenti (1953-1961). - 1893 - Ip Man (1972) - Xitoy jang san'atlari ustasi, Bryus Lining  ustozi. - 1906 -  Raymond Devis (2006) - amerikalik fizik, Nobel mukofoti sovrindori (2002). - 1936 - Habibullayev Poʻlat (2010) - fizik olim va jamoat arbobi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1984), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1994). - 1941 - Mamedova Tursunoy (1996) - xonanda, O'zbekiston xalq artisti (1991). - 1947 - Mo'minov Qodir - raqqos, xoreograf, Oʻzbekiston xalq artisti (1997). - 1955 -  Kozim Qayumov - xonanda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist. - 1981 - Shabnam Surayyo - tojik estrada yulduzi va Tojikistondagi mashhur zamonaviy ijrochilarning biri. 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
182
19
✅✅✅✅✅ 🇺🇿 Assalomu alaykum, qadrli ustozlar! Haqiqiy oʻqituvchi hech qachon sizga nima qilishni aytmaydi. Ammo u sizga eng y
✅✅✅✅✅ 🇺🇿 Assalomu alaykum, qadrli ustozlar! Haqiqiy oʻqituvchi hech qachon sizga nima qilishni aytmaydi. Ammo u sizga eng yaxshi narsani tanlashingiz mumkin boʻlgan bilimlarni beradi. ✏️ Kristofer Pike Bugungi mashaqqatlaringiz ertaga yurtimiz va jamiyatimiz uchun bebaho meva berishiga ishonamiz. ✨ Yangi kun sizga yuqori energiya va xush kayfiyat bag‘ishlasin! 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
194
20
📚 “Milliy kitobxonlik harakati”da ishtirok etish uchun qaysi kitoblarni o‘qish kerak? “Milliy kitobxonlik harakati” — 1–11-s+1
📚 “Milliy kitobxonlik harakati”da ishtirok etish uchun qaysi kitoblarni o‘qish kerak? “Milliy kitobxonlik harakati” — 1–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaa savodxonligini oshirish va yoshlarning bilimga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirishga qaratilgan umummilliy tanlov. Tanlovda ishtirokchilar 3 ta toifaga ajratiladi: 1–5-sinflar, 6–8-sinflar hamda 9–11-sinflar. Har bir toifa uchun mutolaa qilinishi lozim bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati belgilangan. Yuqoridagi rasmlarda tanlovning har bir sinf toifasi uchun tavsiya etilgan kitoblar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin. Eslatma, barcha adabiyotlar mutolaa ilovasida mavjud. Kitob o‘qing, bilim to‘plang va kelajakni yarating! 📚 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube
408