Rahmonov Sherzod Shuxratovich
Open in Telegram
Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig’i Ulanish: https://t.me/+SGQdyY2fisRjNzgy
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
9 243
Subscribers
-524 hours
-1307 days
+5 72530 days
Posts Archive
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🇺🇿"Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!"
Yoshlarimizning har bir yutug‘i — mustaqilligimiz bergan imkoniyatlar va erkinlik samarasidir. Erkinligimiz va taraqqiyotimiz timsoli bo‘lgan ushbu qutlug‘ bayram barcha yurtdoshlarimizga muborak bo‘lsin!
#Mustaqillik_35yil
+6
Samarqandda Mustaqillikning 35 yilligi tantanali nishonlanmoqda
Ayni paytda Samarqand shahridagi “Mo‘jiza” amfiteatrida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazilmoqda. Unda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan fidoyi yurtdoshlarimiz, jamoatchilik vakillari, yoshlar ishtirok etmoqda.
Tantanali marosimda Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni xalqimiz hayotidagi eng ulug‘ va qutlug‘ bayram — Mustaqillik kuni bilan samimiy muborakbod etdi.
Bayram tadbiri davom etmoqda.
Repost from SAMARQANDLIK YOSHLAR
+6
Ayni paytda
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i kubogi”ning “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqada hududlardan saralangan bilimdon yoshlar jamoalari ishtirok etib, mantiqiy fikrlash, tezkorlik va bilimlarini sinovdan o‘tkazmoqda.
Jarayonlar qizg‘in va murosasiz ruhda davom etmoqda…
Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube
Repost from SAMARQANDLIK YOSHLAR
+6
⚽️ Ayni paytda
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan futbol bo‘yicha Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i kubogi musobaqasining viloyat bosqichi ochilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqada tuman va shahar bosqichlarida faol ishtirok etib, saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan jamoalar viloyat bosqichida bosh sovrin uchun maydonga chiqmoqda.
Bellashuvlar davomida yosh futbolchilarning sport mahorati, jamoaviy hamjihatligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishi namoyon bo‘ladi.
Musobaqada viloyatning 1063 ta mahallalaridan yoshlar yetakchilari va tizim xodimlari qatnashib, jami 1 ming 200 nafar yoshlar qamrab olindi
Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasini quyidagi havolalar orqali tomosha qiling:
—
Смотрите празднование 35-й годовщины государственной независимости Республики Узбекистан по следующим ссылкам:
Telegram
Youtube
Facebook
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+3
🌱 Yoshlar bilan ishlash sifati — e’tibor markazida
Kattaqo‘rg‘on shahrida mahalla yoshlar yetakchilarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish, yoshlar bilan ishlashda zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish maqsadida respublika mas’ullari ishtirokida navbatdagi o‘quv-seminarni o’tkazdik.
📝 Seminar davomida yoshlar bandligini ta’minlash, otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash, Yoshlar ishlari agentligining yirik loyihalari hamda “Yoshlar daftari” imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
🤝 Shuningdek, yoshlar muammolarini aniqlash va manzilli hal etish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha tajriba almashildi.
🎯 Maqsad — yoshlar yetakchilari faoliyatini yanada takomillashtirish va har bir yoshga manzilli ko‘mak ko‘rsatish.
@sherzod_rahmonov
Repost from SAMARQANDLIK YOSHLAR
+2
Kattaqo’rg’on shahridagi uchinchi mintaqaviy hudud 7-son tergov hibsxonasidagi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Unda Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Rahmonov hamda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimining o‘rinbosari Jasur G‘aniyev ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yoshlarga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlar uchun ajratilayotgan davlat grantlari va subsidiyalar, ularning imkoniyatlaridan maqsadli foydalanish, tadbirkorlik va zamonaviy kasblarga jalb etish, shuningdek, yoshlarni bandligini ta’minlash bo‘yicha yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va jamiyatga moslashuviga ko‘maklashish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida Sh.Rahmonov hibsxonada saqlanayotgan voyaga yetmaganlar bilan uchrashib, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi hamda ular bilan suhbatlashdi.
+8
Yangi yoshlar markazi foydalanishga topshirildi
Kattaqo‘rg‘on shahrida yoshlar uchun zamonaviy imkoniyatlarni bir joyga jamlagan yangi Yoshlar markazi foydalanishga topshirildi.
Markazning ochilish marosimida Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev ishtirok etdi va yangi maskanni rasman ochib berdi.
Markazda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqish va iste’dodlarini rivojlantirish, kasb-hunar o‘rganishi, turli ta’limiy va ijodiy loyihalarda ishtirok etishi uchun sharoitlar yaratilgan.
Bu yerda yoshlar bilan ishlashga yo‘naltirilgan tadbirlar, uchrashuvlar, tanlov va loyihalarni muntazam tashkil etish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan.
Yangi markaz Kattaqo‘rg‘on shahridagi yoshlar bilan ishlash tizimini yanada kuchaytirib, ularning o‘z qiziqishlari va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.
@sherzod_rahmonov
Repost from SAMARQANDLIK YOSHLAR
+9
✨“MODA YO‘LI”: RESPUBLIKA BOSQICHIGA YO‘LLANMA OLINGANLAR ANIQLANDI!
Samarqand viloyati Yoshlar markazida “Moda yo‘li” Respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan saralangan yosh dizaynerlar o‘z kolleksiyalarini namoyish etdi.
🏆Tanlov yakunlariga ko‘ra, munosib deb topilgan ishtirokchilar respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
✅G‘olib va faol ishtirokchilar Respublika mas’ullari va viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i tomonidan taqdirlandi.
Barcha ishtirokchilarni muborakbod etamiz! Respublika bosqichida omad yor bo‘lsin!
Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube
“Orzu qil, izlan, harakat qil — buyuk natijalar aynan shundan boshlanadi.”
@sherzod_rahmonov
Repost from SAMARQANDLIK YOSHLAR
+2
🇺🇿 Payshanba — “Rahbar va yoshlar kuni”
Samarqand viloyati hokimi A. Boboyev Samarqand shahrida joylashgan Oxford International Schoolda tahsil olayotgan yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari, shuningdek, ularni qiynayotgan muammolar atroflicha tinglanib, har bir masalaga alohida e’tibor qaratildi.
Yoshlar bilan bunday ochiq muloqotlar — ularning fikrini eshitish, muammolariga yechim topish va kelajakdagi ezgu maqsadlarini qo‘llab-quvvatlash uchun muhimdir.
Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube
Repost from SAMARQANDLIK YOSHLAR
+5
Samarqand viloyati yoshlar ishlari boshqarma boshligʻi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan musobaqalar doirasida Kattaqoʻrgʻon tuman yoshlar yetakchilari ham bir maydonda jam bo’ldi. Futbol musobaqalari qizg’in davom etmoqda…
Repost from SAMARQANDLIK YOSHLAR
+8
Ayni damda Paxtachi tumanida Yoshlar yetakchilari o‘rtasida Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi kubogi uchun sportning futbol turi bo‘yicha musobaqalarga start berildi.
🔥 Musobaqaning dastlabki bahsida 1-sektor jamoasi va 2-sektor jamoasi o‘zaro kuch sinashmoqda.
🏆 Jamoalarga omad va g‘alaba tilaymiz!
Repost from Samarqand viloyati hokimligi 🇺🇿
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda
Ayni paytda viloyat hokimi Adiz Boboyev payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan Samarqand shahridagi “Oxford International School” ta’lim muassasasida tahsil olayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda.
Uchrashuv davomida yoshlarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari, shuningdek, ularni qiynayotgan muammolar tinglanmoqda.
Samarkand.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Hududlar bo‘ylab Viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i kubogi uchun Zakovat intellektual o’yini va futbol musobaqalari e’lon qilingan.
Hozirda ushbu musobaqalarning tuman va shahar bosqichlari qizg‘in davom etmoqda.
🏆Yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat, jamoaviylik va sportga bo‘lgan qiziqishni oshirishga qaratilgan bahslarda jamoalar g‘oliblik uchun munosib kurash olib bormoqda.
✅Qadrli sportsevar yoshlar!
Siz ham faol bo‘ling, jamoangiz bilan musobaqalarda ishtirok eting va o‘z mahoratingizni namoyon qiling!
Musobaqaning viloyat bosqichida ishtirok etib, esdalik sovg’alariga ega bo’ling!
Qizg’in bahslar va futbolda o‘zingizni sinang — g‘alaba sari yo’l oling!
#Futbol #ViloyatKubogi
@sherzod_rahmonov
Hududlar bo‘ylab Viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i kubogi uchun Zakovat intellektual o’yini va futbol musobaqalari e’lon qilingan.
Hozirda ushbu musobaqalarning tuman va shahar bosqichlari qizg‘in davom etmoqda.
🏆Yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat, jamoaviylik va sportga bo‘lgan qiziqishni oshirishga qaratilgan bahslarda jamoalar g‘oliblik uchun munosib kurash olib bormoqda.
✅Qadrli sportsevar yoshlar!
Siz ham faol bo‘ling, jamoangiz bilan musobaqalarda ishtirok eting va o‘z mahoratingizni namoyon qiling!
Musobaqaning viloyat bosqichida ishtirok etib, esdalik sovg’alariga ega bo’ling!
Qizg’in bahslar va futbolda o‘zingizni sinang — g‘alaba sari yo’l oling!
#Futbol #ViloyatKubogi
@sherzod_rahmonov
⚽️ FUTBOL MUSOBAQALARI DAVOM ETMOQDA!
Hududlar bo‘ylab Viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i kubogi uchun futbol musobaqalarining tuman va shahar bosqichlari qizg‘in davom etmoqda.
🏆Yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat, jamoaviylik va sportga bo‘lgan qiziqishni oshirishga qaratilgan bahslarda jamoalar g‘oliblik uchun munosib kurash olib bormoqda.
✅Qadrli sportsevar yoshlar!
Siz ham faol bo‘ling, jamoangiz bilan musobaqalarda ishtirok eting va o‘z mahoratingizni namoyon qiling!
Musobaqaning viloyat bosqichida ishtirok etib, esdalik sovg’alariga ega bo’ling!
⚽️ Futbol maydonida o‘zingizni sinang — g‘alaba sari yo’l oling!
#Futbol #ViloyatKubogi
@sherzod_rahmonov
“Millatning kelajagi yoshlarning tarbiyasi va ma’rifatiga bog‘liq.”
— Abdulla Avloniy
@sherzod_rahmonov
