Rahmonov Sherzod Shuxratovich
Ir al canal en Telegram
Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig’i Ulanish: https://t.me/+SGQdyY2fisRjNzgy
Mostrar másEl país no está especificadoLa categoría no está especificada
9 030
Suscriptores
-824 horas
-537 días
-41130 días
Archivo de publicaciones
Repost from Samarqand viloyati hokimligi 🇺🇿
+8
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi: 5-tur boshlandi!
Samarqandda davom etayotgan nufuzli shaxmat musobaqasining 5-tur bahslari start oldi.
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasining Vengriyaga qarshi uchrashuvini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo‘yicha vakili Odil Abdurahmonov, ayollar terma jamoasining AQSh terma jamoasiga qarshi bahsini esa Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev ilk yurish bilan boshlab berdi.
Samarkand.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+2
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi: 5-tur taxtalar bo‘yicha juftliklari!
@sherzod_rahmonov
+8
♟️ REGISTONDA TAFAKKUR MAYDONI
Kuni kecha Samarqandning tarixiy Registon maydonida qadimiy muhit va zamonaviy shaxmat ruhi uyg‘unlashdi.
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi ni qo’llab-quvvatlash maqsadida Viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi, Shaxmat fideratsiyasi hamda Elite chess Academy shaxmat klubi hamkorligida samarqandlik yoshlar ishtirokida shaxmat musobaqasi tashkil etilib, unda ishtirokchilar o‘zaro bellashdi.
Shaxmat taxtasi qarshisida har bir yurish puxta o‘ylangan qaror, har bir vaziyat esa diqqat va strategik fikrlashni talab etadi. Yoshlar ham o‘z mahoratini namoyish etib, mantiqiy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va oldindan strategiya tuzish qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazdi.
Yoshlarning tafakkuri, qiziqishi va intilishini namoyon etuvchi ushbu o’yinda 100 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etib, g’olib deb topilganlar munosib taqdirlandi.
@sherzod_rahmonov
😂😘
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi: 4-tur o'yinlari davom etmoqda. Unda yosh muxlislarimizning ham ishtirokini kuzatishingiz mumkin...
@sherzod_rahmonovz
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi: 4-tur boshlanmoqda!
⚡️Samarqand shahrida boshlangan nufuzli musobaqaning 4-tur bahslari jonli efirda namoyish etilmoqda! Terma jamoalarimiz ishtirokidagi shiddatli uchrashuvlarni o‘tkazib yubormang.
🔴jonli efir
@sherzod_rahmonov
+2
SAMARQANDLIK STARTAPCHILAR ENDI NAVBAT — SIZNIKI!
🚀 Samarqand Startuplar Ofisi tomonidan mahalliy startaplarni rivojlantirish va investorlar bilan bog‘lash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘z samarasini bermoqda.
🌱 Microgreen Uzbekistan — gidroponika asosida mikroko‘katlar yetishtiruvchi AgriTech/FoodTech startap loyihasiga 35 ming dollar investitsiya berildi. Keyingi bosqichda 300 ming dollargacha
🍰 Bonu — 3D texnologiya asosida tort dizaynini tanlash va buyurtma qilish imkonini beruvchi FoodTech startap. 40 ming dollar soft commitment 30 ming dollar texnologik kredit. Jami: $75 ming investitsiya yo‘nalishi!
⚡️Bu hali boshlanishi! Sizda ham startap g‘oya bormi? Uni yashirib o‘tirmang — Samarqand Startuplar Ofisiga olib keling!
Keyingi investitsiya hikoyasi aynan Sizning loyihangizniki bo‘lishi mumkin!
💡 G‘oyangizni ayting — startapingizni yarating — natijaga erishing! 👉 https://t.me/Samstf
@sherzod_rahmonov
Repost from SAMARQANDLIK YOSHLAR
+9
✅TOP-100 dagi Yoshlar yetakchilarining ota-onalari e‘tirof etildi
🇺🇿Xabaringiz bor, 2026-yilning II-choragi davomida mahallada yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda yuqori natijadorlikka erishayotgan Yoshlar yetakchilarining TOP-100 reytingi e‘lon qilingan edi.
Ushbu reytingdan o‘rin egallagan bir qator samarqandlik yoshlar yetakchilari hamda ularning ota-onalari e’tirof etildi.
Samarqand viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Rahmonov e‘tirof etilgan yetakchilarning ota-onalariga mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi raisi Qahramon Quronboyev hamda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa‘dullayevning tashakkurnomasini o‘qib eshittirdi va boshqarmaning esdalik sovg‘alarini topshirdi.#etirof Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram | 📱Instagram 📱Facebook | 📺YouTube
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Qoraqalpog‘istonda 1 million 100 ming yoshlar bor, shundan 505 mingi 14-30 yoshda. Davlatimiz rahbari bu katta kuch ekanini, yoshlarga to‘g‘ri yo‘nalish berish muhimligini ta’kidladi.
Bir yilda 1 ming, kelgusi ikki yilda yana 5 ming yoshni axborot texnologiyalari va logistika sohasida yuqori daromadli ish bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi.
Hududda xorijiy til sertifikatiga ega 98 ming, axborot texnologiyalari bo‘yicha 127 ming, aniq fanlar bo‘yicha sertifikat olgan 5,5 ming yosh bor. Ularning 10 mingi chet tili va axborot texnologiyalarini mukammal biladi.
Koreyadagi vatandoshimizning olis hududlardagi yoshlarga axborot texnologiyalarini o‘rgatib, ularni yuqori daromadli qilish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.
Yil yakunigacha shunday kamida 10 nafar iqtidorli vatandoshni Qoraqalpog‘istonga jalb etib, loyihalar boshlash topshirildi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Davlatimiz rahbari mustaqilligimizning 35 yillik bayrami shukuhi davom etayotgan kunlarda Qoraqalpog‘iston ahli bilan yuzma-yuz ko‘rishib turganidan mamnunligini bildirdi.
So‘nggi yillarda hudud uchun katta mablag‘, imtiyoz va sharoitlar yaratildi. Foyda, yer va mol-mulk soliqlari 2 karra, sanoat uchun elektr tarifi 15 foizga pasaytirildi, ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilandi.
O‘tgan yili Qoraqalpog‘istonga 1 milliard 700 million dollar investitsiya kiritildi. Bu 2021-yildagidan 22 karra ko‘p.
Bu yil Qoraqalpog‘iston iqtisodiyoti eng tez o‘sayotgan hududlardan biriga aylandi. Joriy yilning birinchi yarmida iqtisodiyot 10,2 foiz o‘sib, hudud Toshkent shahridan keyingi ikkinchi o‘rinni egalladi.
Facebook|Instagram|X
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi: 4-tur juftliklari!
⚡️To‘rtinchi turda ayollar terma jamoalarimiz quyidagi raqiblarga qarshi bahs olib borishadi:
🇺🇿O‘zbekiston — 🇦🇷Argentina
🇺🇿O‘zbekiston-2 — 🇰🇬Qirg‘iziston
🇨🇺Kuba — 🇺🇿O‘zbekiston-3
Vakillarimizga navbatdagi bahslarda omad va zafarlar tilaymiz!
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi: 4-tur juftliklari!
⚡To‘rtinchi turda erkaklar terma jamoalarimiz quyidagi raqiblarga qarshi bahs olib borishadi:
🇺🇿O‘zbekiston — 🇹🇷Turkiya
🇳🇿Yangi Zelandiya — 🇺🇿O‘zbekiston-2
🇺🇿O‘zbekiston-3 — 🇾🇪Yaman
Vakillarimizga navbatdagi bahslarda omad va zafarlar tilaymiz!
+2
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi: 3-tur natijalari!
⚡️O‘zbekistonning barcha terma jamoalari uchinchi tur bahslarini yakunlashdi:
🔴Erkaklar terma jamoalari:
O‘zbekiston-1 — Avstriya: 3 : 1
O‘zbekiston-2 — Germaniya: 1.5 : 2.5
O‘zbekiston-3 — Marokash: 3.5 : 0.5
🔴Ayollar terma jamoalari:
O‘zbekiston-1 — Indoneziya: 3 : 1
O‘zbekiston-2 — Ispaniya: 1 : 3
O‘zbekiston-3 — Saudiya Arabistoni: 4 : 0
Sportchilarimizga keyingi tur bahslarida ham ulkan zafarlar tilaymiz!
+8
Bugun o‘zbek shaxmatining yorqin yulduzi, xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov o‘zining 22 yoshini qarshi olmoqda!
Uzchess jamoasi nomidan Nodirbekni tavallud ayyomi bilan chin daldan tabriklaymiz. Unga mustahkam sog‘lik, shaxmat taxtasida yangi cho‘qqilarni zabt etishida ulkan zafarlar tilaymiz.
Ayni kunlarda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida hamyurtimizga mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilishida va jamoamiz bilan birgalikda yorqin g‘alabalarga erishishida omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi: 3-tur juftliklari!
⚡Uchinchi turda erkaklar terma jamoalarimiz quyidagi raqiblarga qarshi bahs olib borishadi:
🇦🇹Avstriya — 🇺🇿O‘zbekiston
🇺🇿O‘zbekiston-2 — 🇩🇪Germaniya
🇺🇿O‘zbekiston-3 — 🇲🇦Marokash
Vakillarimizga navbatdagi bahslarda omad va zafarlar tilaymiz!
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi: 3-tur juftliklari!
⚡Uchinchi turda ayollar terma jamoalarimiz quyidagi raqiblarga qarshi bahs olib borishadi:
🇺🇿O‘zbekiston — 🇮🇩Indoneziya
🇪🇸Ispaniya — 🇺🇿O‘zbekiston-2
🇸🇦Saudiya Arabistoni — 🇺🇿O‘zbekiston-3
Vakillarimizga navbatdagi bahslarda omad va zafarlar tilaymiz!
