Rahmonov Sherzod Shuxratovich
رفتن به کانال در Telegram
Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig’i Ulanish: https://t.me/+SGQdyY2fisRjNzgy
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
9 139
مشترکین
-524 ساعت
-877 روز
-3 65730 روز
آرشیو پست ها
Repost from Yoshlar ishlari agentligi
+2
♟️ Shaxmat afsonasi Samarqadda
Samarqandda shaxmat olamining eng nufuzli musobaqalaridan biri — FIDE 46-Butunjahon Shaxmat Olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda. Dunyoning turli davlatlaridan eng kuchli shaxmatchilar, murabbiylar va shaxmat mutaxassislari Samarqandga tashrif buyurmoqda.
Bugun jahon shaxmatining afsonaviy vakili, sobiq jahon chempioni va FIDE faoliyatida yuqori lavozimlarda faoliyat yuritayotgan Vishvanatan Anandni Samarqand temir yo‘l vokzalida bir qator rahbarlar va volontyor yoshlar tomonidan kutib olindi.
🤝 Mehmonlarni munosib kutib olish, ularga zarur ma’lumot va yo‘nalishlarni ko‘rsatish, Samarqanddagi taassurotlarini yanada iliq qilishda volontyor yoshlarimiz faol ishtirok etyapti.
🇺🇿 Samarqand — nafaqat tarix va madaniyat, balki bugun jahon shaxmatining ham markaziga aylanmoqda!
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Vebsayt
Repost from Yoshlar ishlari agentligi
+1

Bugun jahon shaxmatining afsonaviy vakili, sobiq jahon chempioni va FIDE faoliyatida yuqori lavozimlarda faoliyat yuritayotgan Vishvanatan Anandni Samarqand temir yo‘l vokzalida bir qator rahbarlar va volontyor yoshlar bilan birgalikda kutib oldik.
🤝 Mehmonlarni munosib kutib olish, ularga zarur ma’lumot va yo‘nalishlarni ko‘rsatish, Samarqanddagi taassurotlarini yanada iliq qilishda volontyor yoshlarimiz faol ishtirok etyapti.
🇺🇿 Samarqand — nafaqat tarix va madaniyat, balki bugun jahon shaxmatining ham markaziga aylanmoqda!
@sherzod_rahmonov
+9
♟️ SHAXMAT OLIMPIADASI MEHMONLARI SAMARQANDDA
Samarqand shahrida FIDE 46-Butunjahon Shaxmat Olimpiadasini o‘tkazish jarayonlari davom etmoqda.
Bugun Samarqand xalqaro aeroportida musobaqada qatnashish uchun dunyoning turli davlatlaridan kelayotgan shaxmatchilar va xorijiy mehmonlarni volontyor yoshlarimiz kutib olmoqda.
Aeroportda mehmonlarni kutib olish va kuzatib qo‘yish, zarur ma’lumotlarni yetkazish hamda yo‘nalish berish ishlari volontyorlar tomonidan tashkil etilgan.
Samarqandga shaxmatchilar va xorijiy mehmonlarning kelishi davom etmoqda.
♟ SAMARQANDDA SHAXMATNING ENG KATTA BAYRAMI!
Dunyodagi eng kuchli shaxmatchilar bir maydonda. Endi esa siz ham bu tarixiy voqeaning bevosita guvohi bo‘lishingiz mumkin!
🇺🇿 46-FIDE Shaxmat Olimpiadasi Samarqandda bo‘lib o‘tmoqda. Bu nafaqat shaxmat musobaqasi, balki dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan yoshlar va shaxmat ishqibozlari uchun noyob uchrashuv maydoni.
Yoshlar ishlari agentligidan maxsus taklifnoma oling va Olimpiadani bevosita tomosha qiling.
📅 16–27 sentyabr
🕒 15:00–17:00
📍 “Buyuk Ipak Yo‘li” xalqaro ko‘rgazma markazi, Samarqand
👉 Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting:
chess-ticket.uz/uz
Joyingizni hoziroq band qiling va Samarqandda jahon shaxmat tarixining bir qismiga aylaning!
#Samarqand2026 #ChessOlympiad #FIDE #ShaxmatOlimpiadasi #YouthUzbekistan
♟️ SHAXMAT MAYDONIDA — BIZ BIRGAMIZ!
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Samarqand shahri dunyoning eng nufuzli shaxmat musobaqalaridan biri — 46-FIDE Butunjahon shaxmat olimpiadasiga mezbonlik qilmoqda.
🌍 Dunyoning turli mamlakatlaridan eng kuchli shaxmatchilar jam bo‘lgan ushbu xalqaro musobaqaga munosib ko‘mak va birdamlik namoyishini davom ettiramiz!
Shu munosabat bilan barcha yoshlarni “Shaxmatni qo‘llab-quvvatlash” chellenjida faol ishtirok etishga chorlaymiz.
📹 Shaxmatga bo‘lgan qiziqishingizni namoyon eting, chellenjga qo‘shiling va do‘stlaringizni ham chorlang!
Samarqand — shaxmat olamining markazida! 🇺🇿♟️
#FIDE2026 #Samarkand #ChessOlympiad
@sherzod_rahmonov
+6
Samarqand viloyatidagi nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun qadimiy va betakror Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahriga sayohat uyushtirildi.
Sayohat davomida ishtirokchilar Shahrisabzning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor maskanlari bilan yaqindan tanishib, mazmunli va ko‘tarinki kayfiyatda vaqt o‘tkazdilar.
Tadbirda O‘zbekiston Bolalar Tashkiloti sardorlari ham faol ishtirok etib, nogironligi bo‘lgan yoshlarga sayohat davomida amaliy yordam va ko‘mak ko‘rsatdilar.
Bunday tashabbuslar yoshlar o‘rtasida mehr-oqibat, hamjihatlik, insonparvarlik va o‘zaro hurmat kabi ezgu fazilatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Mehr ulashish — insoniylikning eng go‘zal ko‘rinishidir!
@sherzod_rahmonov
Repost from SAMARQANDLIK YOSHLAR
+9
🔵 Triatlon: Mahoratli atletlar Samarqandda bellashmoqda
Samarqand xalqaro turizm markazida triatlon bo‘yicha “Challenge Samarkand-2026” xalqaro sport festivaliga start berildi.
Bugungi bahslar 750 metr suzish, 19 kilometr velopoyga va 5 kilometr yugurish bosqichlaridan iborat bo‘lib, unda professional sportchilar bilan birga havaskorlar ham o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi. Musobaqa ishtirokchilari yosh toifasiga ajratilgan holda saralandi hamda g‘olib va sovrindorlar ushbu mezon asosida aniqlandi.
Xalqaro sport festivalining birinchi kungi dasturi ayollar o‘rtasidagi yugurish bahslari bilan yakunlanadi. Eslatib o‘tamiz, ertaga musabaqaning asosiy bahslari o‘tkaziladi. Unda ishtirokchi sportchilar 1,9 kilometr suzish, 88 kilometr velopoyga hamda 21,5 kilometr yugurish bosqichlaridan o‘tishi talab etiladi.
Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram | 📱Instagram 📱Facebook | 📺YouTube
“O‘zgarishni kutma — o‘zingdan boshla. Chunki kelajak bugungi qarorlaringdan quriladi.”
@sherzod_rahmonov
+5
🎓 SAMARQAND YOSHLARIDAN DUNYO DARAJASIDAGI NATIJA!
Samarqand shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari xalqaro SAT imtihonida yuqori natijalarni qayd etib, tengdoshlariga munosib namuna bo‘lmoqda.
🏆Firdavs Nag‘matullayev — 1600 ball!
🏆Hojiakbar Mardonov — 1590 ball!
📚Bunday natija ortida yoshlarning izlanishi, qat’iyati va bilimga bo‘lgan intilishi, shuningdek, ustozlari va ota-onasining mehnatlari mujassam.
🇺🇿Firdavs va Hojiakbarning yutug‘i — Samarqand yoshlarining salohiyati va imkoniyatlari naqadar yuqori ekanining yana bir yorqin ko‘rinishidir.
✊Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin, aziz yoshlar!
@sherzod_rahmonov
Javohir Sindarov tezkor shaxmat bo'yicha dunyoning 2-raqamli shaxmatchisiga aylandi
Grossmeysterimiz Javohir Sindarov Live Rapid (tezkor shaxmat) reytingida 4 pog‘ona yuqorilab, 2742.6 ochko bilan dunyo bo‘yicha 2-o‘ringa ko‘tarildi.
Hamyurtimiz so‘nggi bellashuvlarda +10.6 reyting ochkosini qo‘lga kiritib, dunyoning eng kuchli shaxmatchilari — Ian Nepomniachtchi, Hikaru Nakamura va Alireza Firouzjalarni ortda qoldirishga erishdi.
Top-5 Live Rapid reytingi:
🇳🇴Magnus Carlsen — 2806.5 (+3.5)
🇺🇿Javohir Sindarov — 2742.6 (+10.6)
🏳️Ian Nepomniachtchi — 2740.2 (+11.2)
🇺🇸Hikaru Nakamura — 2738.0 (0.0)
🇫🇷Alireza Firouzja — 2736.8 (-11.2)
@sherzod_rahmonov
📖Bitta kitob — iPhone 17 Pro Max!
Kitob o‘qish nafaqat bilim, balki katta imkoniyat ham olib kelishi mumkin.
15–25-sentyabr kunlari “Mutolaa” platformasida o‘tkaziladigan “Mutolaa marrasi” kitobxonlik marafonida ishtirok eting va “Chol va dengiz” asarini 10 kun davomida har kuni 20 daqiqadan o‘qing.
Marafon yakunida eng faol kitobxonlarni quyidagi sovg‘alar kutmoqda:
1-o‘rin — iPhone 17 Pro Max va 1 yillik Mutolaa Premium;
2-o‘rin — planshet va 1 yillik Mutolaa Premium;
3-o‘rin — quloqchin va 1 yillik Mutolaa Premium;
4–50-o‘rinlar — 1 yillik Mutolaa Premium.
Demak, sizga atigi 10 kun, kuniga 20 daqiqa va bitta yaxshi kitob kerak.
“Mutolaa marrasi”ga qo‘shiling:
https://mutolaa.com/davra/post/474753
@sherzod_rahmonov
“Har bir yurish — bir qaror, har bir qaror — kelajak sari qadam.” ♟️
@sherzod_rahmonov
Repost from N/a
National Policy Announcements for September.rB.exe8.55 MB
Samarqand mezbonlik qiladigan Shaxmat olimpiadasining rasmiy roligi e’lon qilindi