Rahmonov Sherzod Shuxratovich
Open in Telegram
Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig’i Ulanish: https://t.me/+SGQdyY2fisRjNzgy
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
9 332
Subscribers
-3524 hours
-1327 days
+6 26930 days
Number of Posts
Data loading in progress...
Reactions
Comments
Telegram Stars
TOP posts by
Data loading in progress...
Publication analysis
Posts | Views dynamics | |||||
♟️ Xalqaro shaxmat musobaqasiga volontyor yoshlar tayyor!
Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi doirasida xizmat ko‘rsatadigan volontyor yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida xalqaro musobaqani yuqori saviyada tashkil etishda volontyorlarning o‘rni, xorijiy delegatsiyalar va mehmonlarni kutib olish hamda kuzatish, ishtirokchilarga zarur ko‘mak ko‘rsatish va belgilangan vazifalarni mas’uliyat bilan bajarish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, volontyorlarning xizmat ko‘rsatish madaniyati, muloqot ko‘nikmalari, xorijiy mehmonlar bilan ishlash va tashkiliy jarayonlarga tayyorgarligi yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
🌍Volontyor yoshlar xalqaro miqyosdagi nufuzli sport tadbirini munosib o‘tkazishga tayyor ekanini bildirishdi! | 618 | 2 | 0 | 10 | Loading... | |
♟Samarqand 46-FIDE Shaxmat Olimpiadasiga mezbonlik qiladi
O‘zbekiston ilk bor dunyoning eng nufuzli shaxmat musobaqalaridan biri — FIDE Shaxmat Olimpiadasini qabul qilmoqda.
Joriy yilning 15–27-sentabr kunlari Samarqanddagi Silk Road Samarkand xalqaro ko‘rgazma markazida 46-FIDE Shaxmat Olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.
Musobaqada 400 ga yaqin terma jamoa hamda 4 000 dan ortiq shaxmatchi, murabbiy va delegatsiya a’zolari ishtirok etadi. Bellashuvlar ochiq va ayollar toifalarida 11 turdan iborat bo‘ladi.
@sherzod_rahmonov | 1 459 | 5 | 0 | 1 | Loading... | |
📊Yoshlar bilan ishlash samaradorligi tanqidiy tahlil qilindi
📝 Samarqand viloyatida mahallalarda yoshlar bilan ishlashning 8 oylik faoliyat yakunlari tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi.
📝 Yig‘ilishda yoshlar yetakchilari faoliyati, yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, “otaliqqa olingan” yoshlar bilan manzilli ishlash hamda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🫥 Tahlillar ayrim hududlarda yoshlar bilan ishlashda sustkashlik, manzillilikning yetishmasligi va belgilangan vazifalarga yuzaki yondashish holatlari mavjudligini ko‘rsatdi.
🫥 Shuningdek, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi tanlov va musobaqalarga yoshlarni tayyorlash, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning munosib ishtirokini ta’minlash borasidagi kamchiliklar ham muhokama qilindi.
🔹 Yig‘ilish yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, yoshlar bilan ishlashni yanada kuchaytirish va har bir hududda natijadorlikni oshirish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.
@sherzod_rahmonov | 594 | 4 | 0 | 7 | Loading... | |
🇺🇿 Felipe Paullier Samarqanddagi Yoshlar kreativ shaharchasida mehmon bo‘ldi
Yosh parlamentariylarning XII global konferensiyasi doirasida BMT Bosh kotibi yordamchisi Felipe Paullier va Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev Samarqanddagi Yoshlar kreativ shaharchasiga tashrif buyurdilar.
Suhbat davomida xalqaro mehmonga bu yerda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ta’limiy loyihalar va zamonaviy muhit haqida batafsil so‘zlab berildi. Eng muhimi, iqtidorli yigit-qizlarimiz o‘zlarining innovatsion g‘oya va loyihalarini bevosita taqdim etish imkoniga ega bo‘ldilar.
Yoshlarimizning tashabbuslari atrofida qizg‘in fikr almashilib, ularni kelgusida qanday qo‘llab-quvvatlash mumkinligi bo‘yicha yaxshi takliflar o‘rtaga tashlandi.
Bu kabi uchrashuvlar yoshlarimizning salohiyatini xalqaro maydonda namoyon etish va ular uchun yangi hamkorlik eshiklarini ochishda ajoyib ko‘prik vazifasini o‘taydi.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt | 506 | 1 | 0 | 10 | Loading... | |
🎓 YANGI BOSQICH — YANGI IMKONIYATLAR!
Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida 1-kurs talabalarini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
1966-yilda tashkil topgan universitet bugun Prezident tashabbuslari asosida zamonaviy muhandislik va texnologiyalar bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlaydigan yirik ta’lim maskaniga aylanib bormoqda.
2026/2027-o‘quv yilida universitetga 3 130 nafar bakalavriat talabasi qabul qilindi.
Tadbirda Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i hamda bir qator soha rahbarlari, professor-o‘qituvchilar va yoshlar ishtirok etdi.
✨ Bugungi birinchi qadam — ertangi katta marralar sari yo‘l!
Yangi talabalarimizga bilim, izlanish va ulkan zafarlar tilaymiz!
@sherzod_rahmonov | 1 368 | 8 | 0 | 8 | Loading... | |
🇺🇿 Xalqaro mehmon Samarqanddagi yoshlar imkoniyatlari bilan tanishdi
Yosh parlament a’zolarining XII global konferensiyasi doirasida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev BMT Bosh kotibining yoshlar masalalari bo‘yicha yordamchisi, BMT Yoshlar ofisi rahbari Felipe Paullierni Samarqand shahridagi Yoshlar kreativ shaharchasi faoliyati bilan tanishtirdi.
Tashrif davomida mehmon shaharchada yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, kreativ va ta’limiy loyihalar, zamonaviy infratuzilma hamda Agentlik tomonidan amalga oshirilayotgan tashabbuslar bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, iqtidorli yoshlarning o‘z g‘oyalari va loyihalari taqdimotlari tinglandi. Yoshlarning innovatsion tashabbuslari yuzasidan fikr almashilib, istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar bildirildi.
Mazkur uchrashuv yoshlar salohiyatini xalqaro maydonda namoyon etish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va yangi hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
@sherzod_rahmonov | 1 752 | 16 | 0 | 13 | Loading... | |
“Kelajakning qanday bo‘lishi — bugungi yoshlarning qanday harakat qilishiga bog‘liq.”
@sherzod_rahmonov | 1 181 | 14 | 0 | 10 | Loading... | |
Samarqanddagi XII global konferensiya o‘z yakuniga yetdi
Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Yosh parlament aʼzolarining XII global konferensiyasi o‘z ishini yakunladi. Yopilish marosimida anjumanning yakuniy deklaratsiyasi o‘qib eshittirildi.
Hujjatda inson huquqlarini himoya qilish, iqtisodiy bandlikni taʼminlash, barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish, shuningdek, raqamli xavfsizlik va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.
To‘liq nutq — videoda.
#12IPU #Samarqand
@alisher_sadullaev | 334 | 3 | 0 | 7 | Loading... | |
🌍 Samarqandda Markaziy Osiyo yoshlarining iqlim o’zgarishlari bo’yicha konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Samarqandda RCOY Central Asia 2026 — Markaziy Osiyo yoshlarining uchinchi submintaqaviy iqlim konferensiyasi o‘tkazildi.
“Markaziy Osiyo yoshlari iqlim, suv va barqaror rivojlanish uchun” mavzusidagi konferensiyada mintaqaning 9 davlatidan 100 nafarga yaqin yoshlar va mutaxassislar ishtirok etdi.
Tadbirda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva, BMT Bosh kotibining yoshlar masalalari bo‘yicha yordamchisi, BMT Yoshlar ofisi rahbari Felipe Paullier, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova hamda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ishtirok etib, yoshlar bilan fikr almashdi.
Konferensiya davomida iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi, cho‘llanish, muzliklarning erishi, yashil innovatsiyalar va barqaror rivojlanish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, yoshlarning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy tashabbus va yechimlari ko‘rib chiqildi.
Konferensiya Markaziy Osiyo yoshlarining ekologik masalalardagi faolligini oshirish, tajriba almashish va mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qildi.
@sherzod_rahmonov | 1 106 | 4 | 0 | 8 | Loading... | |
🌍 Samarqanddagi XII global konferensiya: Yoshlar huquqlari, raqamli xavfsizlik va iqlim barqarorligi muhokama qilindi
Samarqand shahrida davom etayotgan Parlamentlararo Ittifoqning Yosh parlament aʼzolarining XII global konferensiyasi doirasida yoshlar hayotiga oid dolzarb masalalarga bag‘ishlangan muhim panel sessiyalari bo‘lib o‘tdi.
Asosiy yo‘nalishlar:
Yoshlar huquqlarini himoya qilish: Inqirozli vaziyatlarning yoshlar hayotiga taʼsiri, ularning taʼlim olishi va xavfsiz muhitda yashashini taʼminlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Raqamli makonda inson huquqlari: Raqamli muhitda shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish, onlayn xavfsizlik va yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish muhokama qilindi.
Iqlim xavfsizligi va barqarorlik: Kelajak avlodlar uchun toza, sog‘lom va barqaror atrof-muhitni taʼminlash hamda iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirish masalalari ilgari surildi.
Sessiyalarda xalqaro tashkilotlar va turli mamlakatlar parlamentlari vakillari o‘zaro tajriba almashib, yoshlar manfaatlarini himoya qilishda parlamentlararo hamkorlikni kuchaytirish muhimligini ta’kidladilar.
Konferensiya o‘z yo‘nalishi bo‘yicha muhokama va sessiyalarni davom ettirmoqda.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt | 503 | 2 | 0 | 4 | Loading... | |
“Orzu yo‘l ko‘rsatadi, intizom esa manzilga yetkazadi.”
@sherzod_rahmonov | 694 | 5 | 0 | 11 | Loading... | |
😂😘
Ayni paytda Samarqand shahrida iqlim o‘zgarishi, suv resurslari va barqaror rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan RCOY Central Asia 2026 — Markaziy Osiyo yoshlarining uchinchi submintaqaviy iqlim konferensiyasi davom etmoqda…
“Markaziy Osiyo yoshlari iqlim, suv va barqaror rivojlanish uchun” mavzusidagi konferensiyada mintaqaning 9 davlatidan 100 nafarga yaqin yoshlar va mutaxassislar ishtirok etmoqda…
@sherzod_rahmonov | 899 | 4 | 0 | 7 | Loading... | |
Samarqandlik yoshlar xalqaro konferensiyada faol ishtirok etmoqda
Samarqand shahrida Parlamentlararo Ittifoqning Yosh parlament a’zolari XII global konferensiyasi davom etmoqda.
«Murakkab davrda inson huquqlari, adolat va inson qadr-qimmatini tiklash yo‘lida» mavzusida o‘tkazilayotgan nufuzli xalqaro anjumanda dunyoning 58 ta mamlakatidan yosh parlament a’zolari hamda 11 ta xalqaro tashkilot vakillaridan iborat 250 ga yaqin ishtirokchi qatnashmoqda.
Anjuman 6-sentyabrga qadar davom etadi.
Samarkand.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 597 | 7 | 0 | 5 | Loading... | |
🇺🇿 Yosh parlament a’zolari Samarqandda
Ayni damda Samarqand viloyatida Oliy Majlis Senati va Parlamentlararo ittifoq hamkorligida Yosh parlament a’zolarining XII global konferensiyasi bo’lib o’tmoqda.
Konferensiyada yoshlarning siyosiy jarayonlardagi ishtiroki, huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilinmoqda.
Mazkur konferensiyaning Samarqandda o‘tkazilayotgani katta ahamiyatga ega. Chunki bu tadbir yoshlarning siyosiy va ijtimoiy jarayonlardagi faolligini oshirish, ularning fikr va tashabbuslarini xalqaro darajada ilgari surish uchun muhim maydon yaratadi.
#12IPU #Samarqand
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt | 590 | 3 | 0 | 5 | Loading... | |
Parlamentlararo Ittifoqning XII Yosh parlament aʼzolari butunjahon konferensiyasi ishtirokchilariga tabrik
Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram | 📱Instagram 📱Facebook | 📺YouTube | 788 | 3 | 0 | 5 | Loading... | |
🇺🇿 Yosh parlament a’zolari Samarqandda
Bugun Samarqandda Oliy Majlis Senati va Parlamentlararo ittifoq hamkorligida Yosh parlament a’zolarining XII global konferensiyasi boshlandi.
Konferensiyada yoshlarning siyosiy jarayonlardagi ishtiroki, huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilinmoqda.
Ochilish marosimida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tabrigi Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva tomonidan o‘qib eshittirildi.
Mazkur konferensiyaning Samarqandda o‘tkazilayotgani katta ahamiyatga ega. Chunki bu tadbir yoshlarning siyosiy va ijtimoiy jarayonlardagi faolligini oshirish, ularning fikr va tashabbuslarini xalqaro darajada ilgari surish uchun muhim maydon yaratadi.
Bugungi yoshlar — ertangi kunning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy yetakchilaridir. Shu bois ularning bilim va tajriba almashishi, turli mamlakatlardan kelgan tengdoshlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishi kelajakdagi samarali hamkorliklar uchun mustahkam zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Samarqandda bunday nufuzli xalqaro anjumanning o‘tkazilishi yurtimizda yoshlarga, ularning tashabbuslari va yetakchilik salohiyatiga yuksak e’tibor qaratilayotganining yana bir yorqin ifodasidir.
@sherzod_rahmonov | 1 030 | 9 | 0 | 7 | Loading... | |
📚 Javlon Jovliyev — «Qo‘rqma»
«Qo‘rqma» — tarix, millat, Vatan va ajdodlar xotirasi haqida hikoya qiluvchi, o‘quvchini chuqur o‘yga toldiradigan ta’sirli asar.
📖 Bir kitob — ko‘plab savollar.
Qo‘rqma. O‘qi. Angla. Tafakkur qil.
@sherzod_rahmonov | 717 | 1 | 0 | 7 | Loading... | |
#Maxsus_reportaj | 03.09.2026
Qadam shahrining yangi qiyofasi
mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram |X (twitter) | 565 | 1 | 0 | 3 | Loading... | |
Дунёнинг 183 мамлакатидан ёш парламентарийлар Самарқандга келмоқда
4–6 сентябр кунлари Самарқанд шаҳрида Парламентлараро иттифоқ ёш парламент аъзоларининг XII глобал конференцияси бўлиб ўтади. Президент Шавкат Мирзиёев ташаббуси билан ташкил этилаётган халқаро анжуманда дунёнинг турли мамлакатларидан 300 га яқин иштирокчи қатнашиши кутилмоқда.
👉 https://kun.uz/kr/06848041
Kun.uz расмий канали | 542 | 3 | 0 | 4 | Loading... | |
Viloyat va tuman hokimlari shtablar faoliyatini samarali tashkil etib, yangi imkoniyatlardan to‘liq foydalanishi shartligi ta’kidlandi.
Ular sentabr-dekabr oylarida 350 ming odamni doimiy ishga joylashtirish va yana 1 million aholining daromadini ko‘paytirish majburiyatini oladi.
Shuningdek, yil yakuniga qadar 230 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish vazifasi belgilandi.
Har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq mexanizm va harakatlar algoritmini ishlab chiqish, mahalla darajasida mas’ullarni belgilash zarurligi qayd etildi.
Xitoy tajribasi asosida tuman va mahallada aholi bilan bevosita ishlaydigan xodimlar uchun aniq ko‘rsatmalar ishlab chiqish topshirildi.
Yig‘ilish yakunida mutasaddilar va hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi.
Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram | 📱Instagram 📱Facebook | 📺YouTube | 689 | 1 | 0 | 4 | Loading... |

