en
Feedback
Rahmonov Sherzod Shuxratovich

Rahmonov Sherzod Shuxratovich

Open in Telegram

Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig’i Ulanish: https://t.me/+SGQdyY2fisRjNzgy

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
9 027
Subscribers
-724 hours
-537 days
-40430 days

Data loading in progress...

Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
Oct '26
October '26
+3
in 0 channels
September '26
+28
in 20 channels
Get PRO
August '26
+12 526
in 26 channels
Get PRO
July '26
+896
in 23 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
05 October0
04 October0
03 October0
02 October+1
01 October+2
Channel Posts
✅ Yoshlar hayotidagi muhim voqealar dayjesti O‘tgan hafta yoshlarimizning xalqaro yutuqlari, ta’lim, tadbirkorlik, kasbiy riv
✅ Yoshlar hayotidagi muhim voqealar dayjesti O‘tgan hafta yoshlarimizning xalqaro yutuqlari, ta’lim, tadbirkorlik, kasbiy rivojlanish va yangi imkoniyatlar yo‘nalishida qator muhim voqealar amalga oshirildi. Hafta davomida ro‘y bergan asosiy voqealarni qisqacha yodga olamiz. • Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalari a’zolari bilan uchrashdi; • Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha muhim qadam; • Mahalladan — dunyoning yetakchi universitetlarigacha; • O‘quv kurslariga arizalar qabuli boshlandi; • O‘zbekcha Vikipediya uchun 80 mingdan ortiq faktlar yig‘ildi; • Mahalla yoshlarining katta maydondagi yutuqlari; • Yoshlar uchun yangi hamkorlik loyihalari; • O‘zbekistonlik talaba-tadbirkorlar uchun global imkoniyat; • Haftaning muhim yangiliklarini “Yoshlar ovozi” gazetasida mutolaa qiling. #Dayjest #YoshlarYangiliklari 🕊Telegram 📸Instagram 📺YouTube 🌍 Linkedin 🌍Veb sayt

2
Yoshlar bilan ishlashda natija va mas’uliyat muhim Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha+6
Yoshlar bilan ishlashda natija va mas’uliyat muhim   Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat komissiyasining yig‘ilishi o‘tkazildi. Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning 29-sentabr kuni Toyloq tumanida yoshlar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o'rganib chiqildi. Bugun viloyat hokimi o‘rinbosari Xusan To‘xtayev, tuman hokimi Behzod Raxmatullayev, DХХ mas'ul xodimi, Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig'i Sherzod Rahmonov hamda soha mas’ullari ishtirokida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan muhokama yig'ilishi o'tkazildi. Unda tashkilotlar tomonidan yo'l qo'yilgan kamchiliklar qisqa muddatlarda bartaraf etish bo'yicha topshiriqlar berildi.   Muhokamada ishsiz yoshlar, harbiy xizmatdan qaytganlar va bitiruvchilar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi. Biriktirilgan tashkilot va korxona rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda yoshlar yetakchilarining faoliyati yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.   Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, “Besh tashabbus olimpiadasi”ga keng jalb qilish, shuningdek, otaliqqa olingan va og‘ir toifadagi yoshlar bilan manzilli ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.   Yig‘ilish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yoshlarning bandligini ta’minlash va ular bilan ishlashni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi. ✅Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇 🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram | 📹 Youtube
410
3
🎯 YOSHLAR MASALASI: MUAMMO, TAHLIL VA ANIQ VAZIFALAR 📌 Bulung‘ur tumanida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, m+9
🎯 YOSHLAR MASALASI: MUAMMO, TAHLIL VA ANIQ VAZIFALAR 📌 Bulung‘ur tumanida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan tumanda yoshlar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan yig‘ilish tashkil etildi. Unda viloyat hokimi o‘rinbosari Xusan To‘xtayev, Bulung‘ur tumani hokimi Samandar Astonov, Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi mas’ul xodimi, Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Rahmonov hamda soha mas’ullari ishtirok etdi. 🔹 Yig‘ilishda ishsiz yoshlar, harbiy xizmatdan qaytganlar va bitiruvchilar bandligini ta’minlash, ularning muammolarini manzilli o‘rganish va yechim topish borasidagi ishlar tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi. 🔺 Shuningdek, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, “Besh tashabbus olimpiadasi”ga keng jalb qilish, otaliqqa olingan hamda og‘ir toifadagi yoshlar bilan individual ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yig‘ilish yakunida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, yoshlar bandligini ta’minlash va ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifa va topshiriqlar berildi. Ulaning va ulashing: 📱Telegram •📱Instagram•📱YouTube •📱Web-sayt •  📱Facebook
323
4
Kattaqo‘rg‘on shahridagi yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqot o’tkazildi ➡️Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi+1
Kattaqo‘rg‘on shahridagi yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqot o’tkazildi ➡️Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Rahmonov Kattaqo‘rg‘on shahridagi mahalla yoshlar yetakchilari bilan Zoom platformasi orqali muloqot o‘tkazdi. ➡️Samimiy ruhda kechgan muloqotda avvalo yoshlar yetakchilarining muammo va takliflari ham tinglandi. Ularni bartaraf etish bo’yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. ✅ Mahallalarda yoshlar bilan ishlash samaradorligi, bitiruvchi yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka qiziqayotgan yoshlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish, “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Yosh kitobxon” va “Yosh kitobxon oila” tanlovlariga yoshlarni keng jalb etish masalalari muhokama qilindi. ✅ Shuningdek, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, “E-ijtimoiy profilaktika” platformasi bilan ishlash, yoshlar yetakchilarining ish hujjatlarini yuritish hamda mahallabay ishlash samaradorligi yuzasidan tahliliy fikrlar bildirildi. ✅ Muloqot davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yoshlar bilan ishlashda faqat hisobot ko‘rsatkichlariga emas, amaliy natijaga e’tibor qaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi. ✅Asosiy maqsad — har bir mahalladagi yoshning muammosi va taklifini o‘rganish, unga amaliy yechim topish hamda yoshlar yetakchilari faoliyatining samaradorligini oshirishdir. Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram | 📱Instagram 📱Facebook | 📺YouTube
412
5
Inson borki, kamolga yetgan sayin ko’plab ustoz va murabbiylar o’gitini, ta’lim-tarbiyasini olib boradi. Dastavval, oilada, s+2
Inson borki, kamolga yetgan sayin ko’plab ustoz va murabbiylar o’gitini, ta’lim-tarbiyasini olib boradi. Dastavval, oilada, so’ngra, bog’chada, maktabda, nasib etsa oliy ta’lim dargohida va albatta amaliyotda tegishli ustozlarga ehtiyoji ortib boraveradi. Bu jarayonlar esa to keksayguncha davom etadi. Mening ham hayot yo’limda ko’plab aziz ustozlar o’gitini olish nasib etgan. Shulardan biri, 2008-yil maktabni tugallab Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga qabul qilinganimizda guruhimiz rahbari bo’lgan, ko’plab shogirdlari qatori meni ham hayot yo’limni topishimda alohida iz qoldirgan, ayni paytda shu ilm dargohida o’quv ishlari bo’yicha prorektorlik lavozimida faoliyatini davom ettirayotgan ustoz To’lqin Sharipovdir. Ustoz va murabbiylar bayrami baxonasida ustozni yo’qladik, suxbatini va duolarini oldik, sog’inchli ko’ngillar ancha ravshan tortdi. U kishidan bizga saboq bergan barcha ustozlarimizga salom va tabrigimizni yetkazishlarini iltimos qildik. Shu o’rinda, barcha ustoz va murabbiylarni yana bir bor bugungi kun bilan yana bir bor tabriklayman. Ustoz qadri - millat qudrati!
648
6
No text...
659
7
Yuksak e’tibor va e’tirof: Ko‘ksaroyda shaxmatchilarimiz sharaflandi. @alisher_sadullaev
Yuksak e’tibor va e’tirof: Ko‘ksaroyda shaxmatchilarimiz sharaflandi. @alisher_sadullaev
545
8
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan shaxmat rivoji, xalqaro maydondagi yuksak natijalar va mamlakat sport+9
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan shaxmat rivoji, xalqaro maydondagi yuksak natijalar va mamlakat sport nufuzini oshirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun bir qator sportchilar, murabbiylar va mutaxassislar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni • Muxiddin Madaminov — milliy terma jamoa a’zosi Xizmat ko‘rsatgan sportchi faxriy unvoni • Nodirbek Abdusattorov — milliy terma jamoa a’zosi • Shamsiddin Vohidov — milliy terma jamoa a’zosi • Nodirbek Yakubboev — milliy terma jamoa a’zosi Xizmat ko‘rsatgan sport ustozi faxriy unvoni • Rustam Qosimjonov — erkaklar terma jamoasi bosh murabbiyi • Samandar Shermuhammadov — parashaxmat terma jamoasi murabbiyi Xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi faxriy unvoni • Komil Sindarov — O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi o‘rinbosari “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni • Javohir Sindarov — milliy terma jamoa a’zosi “Do‘stlik” ordeni • Nafisa Muminova — ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi • Bobir Sattarov — O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi bosh kotibi • Rashid Talipov — Vazirlar Mahkamasining sport yo‘nalishi bo‘yicha mas’ul xodimi “Mardlik” ordeni • Jaxongir Vakhidov — milliy terma jamoa a’zosi • Sirojiddin Zaynidinov — parashaxmat terma jamoasi a’zosi • Selbi Kakishova — parashaxmat terma jamoasi a’zosi • Axadxon Kimsanboev — parashaxmat terma jamoasi a’zosi • Sardorbek Mamarajabov — parashaxmat terma jamoasi a’zosi • Marsel Shayusupov — parashaxmat terma jamoasi a’zosi “Kelajak bunyodkori” medali • Abdimalik Abdisalimov — milliy terma jamoa a’zosi • Komiljon Azizov — O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi mutaxassisi • Humoyun Begmuratov — milliy terma jamoa a’zosi • Javlon Mardonov — O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi mutaxassisi • Ortiq Nigmatov — milliy terma jamoa a’zosi • Muhammadzohid Suyarov — milliy terma jamoa a’zosi “Sog‘lom turmush” medali • Baxtiyor Djumaev — O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi mutaxassisi, sharhlovchi • Nilufarkhon Imomqo‘zieva — ayollar terma jamoasi a’zosi • Guldona Karimova — ayollar terma jamoasi a’zosi • Umida Omonova — ayollar terma jamoasi a’zosi • Gulrukhbegim Tokhirjonova — ayollar terma jamoasi a’zosi • Afruza Khamdamova — ayollar terma jamoasi a’zosi YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
864
9
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va 3-Parashaxmat olimpiadasi g‘oliblari va ishtiro
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va 3-Parashaxmat olimpiadasi g‘oliblari va ishtirokchilarini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni — Указ Президента Республики Узбекистан «О награждении победителей и участников 46-й Всемирной шахматной олимпиады и 3-й Парашахматной олимпиады» Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
536
10
#Jarayon Bayram tadbirlari “Davr nur” bazmgohida davom etdi. Mehmonlar uchun yozilgan fayzli dasturxon atrofida samimiy suhba+9
#Jarayon Bayram tadbirlari “Davr nur” bazmgohida davom etdi. Mehmonlar uchun yozilgan fayzli dasturxon atrofida samimiy suhbatlar, ezgu tilaklar va qadrdon uchrashuvlar yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Tuman hokimi Anvar Boliyev yig‘ilganlarni Narpayning 100 yillik qutlug‘ sanasi bilan samimiy muborakbod etdi. Shuningdek, tuman rivoji va ravnaqiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan yurtdoshlarga tuman hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi. Ayni paytda davra samimiy tilaklar, dilga yaqin suhbatlar va kuy-qo‘shiqlar jo‘rligida davom etmoqda. Bir davrada jam bo‘lgan narpayliklar — bir tarix, bir xotira, bir mehr! Narpay — 100 yoshda! 🎉 #Narpay100 #Narpay100yil #Narpayliklar #NarpayTumaniga100Yil
634
11
Narpayliklar — qadrdon maskanda! Narpay tumanining 100 yilligi munosabati bilan respublikamizning turli hududlaridan jam bo‘l+9
Narpayliklar — qadrdon maskanda! Narpay tumanining 100 yilligi munosabati bilan respublikamizning turli hududlaridan jam bo‘lgan narpayliklar tuman hokimligi binosiga tashrif buyurishdi. Mehmonlar hokimlikdagi ish jarayonlari, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, ayni vaqtda tumanda amalga oshirilayotgan loyihalar va yangilanishlar haqida ma’lumot olmoqda. Tashrif davomida tuman hokimi Anvar Boliyev mehmonlarga shaxsan hamrohlik qilib, Narpayda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, yangi loyihalar va hudud rivoji bilan bog‘liq jarayonlar haqida so‘zlab bermoqda. 100 yil — tarix, xotira va bugunning bunyodkorlik ruhi mujassam bo‘lgan qutlug‘ sana! #Narpay100 #Narpay100yil #Narpayliklar #NarpayTumani #100Yillik
597
12
Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik — Поздравление членам сборной команды Узбекистана по шахматам Pr
Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik — Поздравление членам сборной команды Узбекистана по шахматам Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
463
13
Chempionlarimiz bilan!
Chempionlarimiz bilan!
562
14
Samarqanddagi Olimpiada o‘z nihoyasiga yetdi. Yakuniy natijalar Open yo‘nalishi: 🥇 O‘zbekiston – 20 ochko 🥈 Hindiston – 18+1
Samarqanddagi Olimpiada o‘z nihoyasiga yetdi. Yakuniy natijalar Open yo‘nalishi: 🥇 O‘zbekiston – 20 ochko 🥈 Hindiston – 18 ochko 🥉 Germaniya – 18 ochko Ayollar yo‘nalishi: 🥇 Xitoy – 20 ochko 🥈 Qozog‘iston – 18 ochko 🥉 Hindiston – 17 ochko 🏆 O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi – FIDE Butunjahon shaxmat olimpiadasi 2026 chempioni! 🇺🇿 O‘zbekiston ayollar terma jamoasi esa 15 match ochkosi bilan Olimpiadani 13-o‘rinda yakunladi. Yurtimiz sharafini himoya qilgan barcha jamoamizga munosib kurash va mehnat uchun rahmat! @sherzod_rahmonov
3 041
15
Atmosfera super!🔥
534
16
Video message
540
17
Video message
562
18
Barchaga g’alaba muborak! 🇺🇿 @sherzod_rahmonov
502
19
Barchaga g’alaba muborak! 🇺🇿 @sherzod_rahmonov
1
20
Barchaga g’alaba muborak! https://t.me/Rahmonov_Sherzod_Shuxratovich
1