NAMDTU REKTORI | OYBEK ERGASHEV
Open in Telegram
Namangan davlat texnika universiteti rektori, Kimyo fanlari doktori, professor Ergashev Oybek Karimovich! Murojaat uchun @NamDTU_Rektoriga_Murojaat_bot Admin:@xs_tursunovff
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
1 251
Subscribers
No data24 hours
-37 days
-7130 days
Posts Archive
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
“Yurtimizda odamlarni ishli qilib, yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga xizmat qilayotgan eng asosiy qatlam, bu – tadbirkorlar. Ularning orasida bilimli va tashabbuskor yoshlarimiz bor ekan, bizni hech kim hech qachon rivojlanishdan to‘xtata olmaydi”,– dedi Prezidentimiz. Hozirda yillik aylanmasi 500 milliard so‘mdan oshgan yosh tadbirkorlar soni 15 nafarga, 100 milliard so‘mdan oshgani 194 nafarga, 50 milliard so‘mlik marradan o‘tganlari esa 68 nafarga yetgani ta’kidlandi. Endilikda yoshlarni muvaffaqiyatli biznes sari yetaklaydigan yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi. Bank-moliya akademiyasi yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha “aql markazi” sifatida belgilanadi. Bundan buyon akademiya tinglovchilari hududlarda yoshlar va tadbirkorlar bilan uchrashadi va tayyor biznes loyihalarni shakllantiradi. Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasi tayyor loyihani biznes rejasi bilan qulay shartda yoshlarga taklif qiladi. Jamg‘arma yoshlarning yuqori daromad keltirib, ko‘plab ish o‘rni yaratadigan loyihalariga 5 milliard so‘mgacha investitsiya kiritadi. Eng yaxshi loyihalar akademiya tinglovchilarining magistrlik dissertatsiyasi sifatida qabul qilinadi. Bunday loyiha mualliflari hududiy bank rahbari va hokimlarning iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlariga eng birinchi nomzod bo‘ladi. Ushbu tizim kamida 300 ming yoshga o‘z biznesini boshlashi uchun yo‘l ochadi. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Hozirda 14 mingdan ortiq o‘g‘il-qizlarimiz AQSh, Yevropa, Yaponiya, Xitoy, Koreyaning yetakchi oliygohlarida ta’lim olmoqda.
Bunday yoshlar ta’tilda yurtimizdagi vazirlik, hokimlik, davlat va xususiy kompaniyalarda amaliyot va stajirovka o‘tashi uchun sharoit yaratiladi.
Buning uchun bir oyda ish beruvchilar va xorijda o‘qiyotgan talabalarni bir-biri bilan bog‘laydigan raqamli muloqot platformasi ishga tushiriladi.
Shuningdek, “El-yurt umidi” jamg‘armasi hisobidan har yili 700 ga yaqin o‘g‘il-qizlarimiz dunyoning top oliygohlariga yuborilmoqda.
“Biz islohotlarimizning ilk bosqichida iqtidorli yoshlarimizni asosan davlat tashkilotlarida ishlab berish sharti bilan chet elda o‘qishga yubordik. Xususiy sektorda ham bunday kadrlarga ehtiyoj kundan-kunga ortib boryapti. Endi yoshlarimiz xususiy sektor buyurtmasi asosida ham “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali nufuzli xorijiy oliygohlarda o‘qishi mumkin bo‘ladi”,– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
“O‘zbekiston yoshlar ligasi” platformasi ishga tushiriladi. Yoshlarimiz o‘z natijasini platformaga kiritadi. Bu ma’lumotlar vazirliklar tomonidan o‘rganiladi va yoshlarga ball beriladi.
Yuqori ball to‘plagan o‘g‘il-qizlarimizga ta’limda grant, kontraktga chegirma, “kasb vaucheri” beriladi, xorijda o‘qish puli qoplanadi. Tadbirkorlikda imtiyozli kredit olish, akselerator dasturida qatnashish imkoni yaratiladi. Ish joyida xorijiy stajirovka tashkil etiladi, davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasiga kiritiladi, uy-joy olishda imtiyozli ipoteka ajratiladi.
Yil yakunida eng yuqori natijalarga erishgan yoshlar tantanali taqdirlanadi.
“Umuman, “O‘zbekiston yoshlar ligasi” barcha maktab va texnikum o‘quvchilari, o‘zimizda va xorijiy oliygohlarda o‘qiyotgan va ilm-fan bilan shug‘ullanayotgan yigit-qizlarimiz, davlat va xususiy sektorda ishlayotgan yoshlarimiz, chet eldagi vatandoshlarimizning farzandlarini Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida birlashtiradigan umummilliy harakatga aylanadi”,– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Yoshlar uchun kasb va til o‘rganish, ishga joylashish, tadbirkorlik bo‘yicha o‘nlab xizmatlar mavjud. Bu xizmatlardan “yagona darcha” tamoyili asosida foydalanish uchun Yoshlar xablari tashkil etiladi. Ushbu tajriba Surxondaryodan boshlanib, bosqichma-bosqich boshqa hududlarda ham ommalashtiriladi.
Hozirda 87 ming davlat xizmatchisidan 16,5 ming nafarini 30 yoshgacha bo‘lganlar tashkil qiladi. Shundan 902 nafari rahbarlik lavozimida ishlamoqda.
“Salohiyatli yoshlarimiz juda ko‘p. Vazir va hokimlar yoshlarga ishonch bildirib, mas’uliyatli lavozimga qo‘yishdan cho‘chimasligi kerak”,– dedi Prezidentimiz. Shu maqsadda yosh liderlarni aniqlash bo‘yicha 5 ta yo‘nalishda “TOP-100” dasturi amalga oshiriladi. Dastur doirasida “yangi iqtisodiyot”, AT va sun’iy intellekt, ta’lim, tibbiyot va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yurtimizdagi yoshlar hamda chet eldagi vatandoshlarimiz uchun ochiq tanlov e’lon qilinadi. Har ikki yilda bir marta o‘tadigan mazkur tanlovning 100 nafar g‘olibi 50 million so‘mdan mukofotlanadi va rahbarlik lavozimiga tayinlanadi. Har bir vazirlik va tarmoq o‘z yo‘nalishida “TOP-100” iqtidorli yoshlar” dasturini boshlaydi va o‘z yo‘nalishidagi xalqaro tashkilotlarga stajirovkaga yuboradi. Mutasaddilarga yiliga 2 ming nafar yoshni xalqaro tashkilotlarga stajirovkaga yuborish bo‘yicha rejani tasdiqlash va ijrosini ta’minlash topshirildi. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezidentimiz oliygoh bitiruvchisini ishga olgan tadbirkorga yosh mutaxassis uchun daromad va ijtimoiy soliq bir yil ichida 1 foiz etib belgilanishini e’lon qildi. Bu 200 mingga yaqin oliygoh bitiruvchisini ishga olgan tadbirkorlar uchun katta rag‘batga aylanadi.
Hozirda ijtimoiy reyestrga kirmagan, lekin ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, harbiy xizmat, migratsiya va jazoni o‘tab qaytgan, jismoniy imkoniyati cheklangan yana 1 million yoshlarimiz bor. Ularga ozgina yordam berilsa, o‘z yo‘lini topa oladi.
Bunday yoshlar bilan ishlash bo‘yicha “Kafolatlangan birinchi qadam” paketi joriy etiladi. Bu jarayonda “ustoz-talaba” dasturi asosida uyushmagan yoshlarni o‘qitib, oliygohga kirishiga ko‘maklashgan talabalarga magistraturaga kirishda qo‘shimcha ball, davlat stipendiyalarini olishda ustuvorlik beriladi.
Hozirda savdo, servis, ishlab chiqarish sohalarida o‘z brendiga ega minglab yoshlarimiz bor. Prezidentimiz ularni uyushmagan tengdoshlariga biznesni o‘rgatishga, o‘z brendi asosida ishlashga sharoit yaratib, daromad topishiga ko‘maklashishga chaqirdi.
Shu maqsadda “Yoshlar mini-franshizasi” dasturi ishga tushiriladi. Ularga faoliyatini kengaytirish uchun imtiyozli shartlarda yer va kredit beriladi.
Mahalliy brendlar franshizasini oladigan yigit-qizlarga Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasidan 300 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratiladi. Mazkur dasturlarni moliyalashtirish uchun 500 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Bugun xorijiy tillarni mukammal biladigan yoshlarimiz soni 650 mingdan oshdi.
“Ularga buyuk tariximiz, boy madaniy merosimiz to‘g‘risida xorijiy tillarda kontent tayyorlashni o‘rgatsak, yurtimiz turizm salohiyatini targ‘ib qilishga katta hissa qo‘shib, yuqori daromadga ham ega bo‘ladi”,– dedi Prezidentimiz. Shu maqsadda “raqamli kontent” platformasi ishga tushirilib, har yili 20 milliard so‘mdan ajratib boriladi. Hozirda 150 mingdan ziyod yoshlar xorijda ta’lim olyapti, ilm-fan bilan shug‘ullanyapti. Yurtimiz turizm va eksport salohiyatini oshirishda bu yoshlarning imkoniyatidan foydalanib, ularni o‘ziga ham daromad keltiradigan tizim yaratiladi. Talabalar o‘zi o‘qiyotgan davlatdagi bozor, mahsulot va xizmatlarga talabni tahlil qilib, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga yetkazadi, yurtimiz salohiyatini namoyish etadigan stendlarni joylashtirib, turistik marshrut va mahalliy mahsulotlarni taqdimot qilib boradi. Buning uchun ularga grantlar ajratiladi. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Qo‘lida kasbi bo‘lib, xalqaro talablar asosida yangi ko‘nikmalarni egallamoqchi bo‘lgan yoshlarga “kasb vaucheri”ni berish yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu “kasb vaucheri” foizsiz ssuda shaklida bo‘lib, har yili 50 ming nafar yoshning zamonaviy kasblarni o‘rganish xarajatlari qoplab beriladi.
Ehtiyojmand oilalardagi 85 ming ishsiz yoshlar xususiy o‘quv markazida kasb egallashi uchun bepul “vaucher” taqdim etiladi.
Shu yilning o‘zida “kasb vaucheri” va bepul “vaucher” tizimi uchun 120 milliard so‘m ajratiladi. Talab bo‘lsa, ushbu mablag‘ ko‘paytirib boriladi.
Xorijiy tilni puxta o‘rganib, yuqori natija bilan sertifikat olgan yoshlarga bu xarajatini qoplash tizimi o‘zini oqladi. Prezidentimiz buni xalqaro kasb sertifikatini olganlarga ham tatbiq qilishni taklif etdi.
Yoshlarga kasb o‘rgatishning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lgan texnikumlarda xususiy sektor ishtiroki yanada kengaytiriladi.
Buning uchun texnikum ochishdagi litsenziya sharti soddalashtirilib, 20 dan ortiq talab bekor qilinadi. Yangi o‘quv yilidan xususiy texnikumlarga ham kasbga o‘qitish bo‘yicha davlat granti beriladi.
Yana bir yangilik – xalqaro kasb tanlovlarida g‘olib bo‘lgan davlat va xususiy texnikum o‘quvchilari 100 million so‘mdan, ularni tayyorlagan ustozlari 50 million so‘mdan mukofot oladi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
“Bugungi kunning muvaffaqiyat formulasi, ertangi taraqqiyotning mustahkam zamini uchta eng muhim ustunga tayanadi. Bu – bilim, kasb va texnologiya! Mening niyatim – har bir yigit-qiz ana shunday imkoniyatga ega bo‘lib, hayotda munosib o‘rnini topsin”,– dedi Prezidentimiz. Shuning uchun har yili 500 ming o‘g‘il-qizni zamonaviy kasbga ega bo‘lishini ta’minlaydigan “Kelajak bilimlari ekotizimi” yo‘lga qo‘yiladi. Hududlarimizda “O‘quv markazi qurib, yoshlarga kasb va til o‘rgataman” degan o‘g‘il-qizlar ko‘payib bormoqda. Endilikda bu maqsadlar uchun yer va davlat obyektlari imtiyozli narxda auksionga chiqariladi. Yoshlar to‘lovni besh yilda foizsiz bo‘lib to‘laydi. Infratuzilmaga zarurat bo‘lsa, davlat qilib beradi. O‘quv markazini qurish va jihozlash uchun kredit stavkasining 7 foizi kompensatsiya qilinadi. Yoshlar o‘quv markazlariga xorijiy ilg‘or o‘quv dasturlari va o‘qituvchilarni olib kelsa, davlat ushbu xarajatning yarmini qoplashga ham tayyor. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezidentimiz O‘zbekiston milliy terma jamoasining futbol bo‘yicha jahon chempionatidagi ishtirokiga to‘xtalib o‘tdi.
“Milliy jamoamizning AQSh va Meksika maydonlaridagi o‘yinlarini butun xalqimiz bilan bir tan-u, bir jon bo‘lib, katta his-hayajon bilan kuzatib bordik. Futbolchilarimiz FIFA reytingida 5-o‘rinda turgan Portugaliya, 13-o‘rindagi Kolumbiya hamda ko‘plab futbolchilari Yevropaning yetakchi klublarida toʻp suradigan Kongo terma jamoalari bilan o‘tkazilgan o‘yinlar orqali o‘ziga tajriba orttirdi, mundial nafasini his qildi desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Abbos Fayzullayev va Eldor Shomurodov jahon chempionatidagi ilk gollarini kiritib, xalqimizga xursandchilik bag‘ishladi. Milliy terma jamoamizning jahon chempionatidagi ishtiroki to‘g‘risida turli fikrlar bildirilmoqda. Lekin Vatanimiz sharafini himoya qilgan terma jamoamiz a’zolariga ortiqcha his-tuyg‘u bilan e’tiroz bildirish, ulardan ayb qidirish xalqimizga xos ish emas. Aksincha, bugun ularni qo‘llab-quvvatlash, ruhini ko‘tarish har qachongidan ham muhim”,– dedi Prezidentimiz. Katta g‘alabalar hali oldinda ekani, buning uchun futbolni rivojlantirishga yanada keng sharoitlar yaratilishi, bu sohaga investitsiya ko‘paytirilishi taʼkidlandi. Eng avvalo, bolalar futboliga eʼtibor kuchaytirilib, mazkur sport umummilliy harakatga aylantiriladi. Kelasi yilning yanvarida Saudiya Arabistoni maydonlarida o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha Osiyo kubogiga tayyorgarlik hozirdan boshlanadi.
“Biz jamoamizga ishonamiz va ushbu musobaqada ham butun xalqimiz bilan qo‘llab-quvvatlaymiz!”– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
“Bugun o‘zining bilimi, iste’dodi, tashabbuskorligi va fidoyiligi bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan yoshlarimiz safi kengayib borayotgani barchamizni xursand qiladi”,– dedi davlatimiz rahbari. Kecha Prezidentimiz mana shunday o‘g‘il-qizlarimizdan bir guruhini “Kelajak bunyodkori” medali va “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash haqidagi farmon va qarorni imzoladi. Bugun ushbu mukofotlar o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.
“Butun xalqimiz nomidan bugungi davlat mukofotlari sohiblarini yana bir bor tabriklayman. Mazkur yuksak e’tirof sizlarni yangi marralar sari yetaklasin! Safingiz yanada kengayaversin!”– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
“Bilinglar, endi davlatlar hududi bilan emas, bilimi bilan, aholi soni bilan emas, texnologiyasi bilan, tabiiy boyliklari bilan emas, inson kapitali bilan raqobatga kirishmoqda. Bilim, ilm-fan va tafakkur mahsuli bo‘lgan yangi “Bilimlar iqtisodiyoti” hal qiluvchi kuchga aylanib bormoqda. Men bilaman, o‘g‘il-qizlarimizning har birida katta salohiyat bor, iste’dod bor, iqtidor bor. Sizlar o‘z davrida buyuk kashfiyotlari bilan dunyo sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan, Birinchi va Ikkinchi Renessansning “aql chirog‘i” bo‘lgan buyuk ajdodlarimizning munosib vorislarisiz. Albatta, vorislik faqat faxrlanish emas, vorislik bu ulkan mas’uliyat hamdir! Ajdodlarimiz insoniyat taraqqiyoti uchun qanday buyuk ishlar qilgan bo‘lsa, sizlar Yangi O‘zbekistonda yangi uyg‘onish davri – Uchinchi Renessans poydevorini yaratadigan kuch bo‘lishingiz kerak!”,– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezidentimiz amalga oshirilgan sa’y-harakatlar hisobiga yurtimizda yoshlar bilan ishlash muhiti tubdan o‘zgarganini ta’kidladi.
Xususan, bilim olish, kasb-hunar egallash, til o‘rganish, ish topish va biznes boshlashda qiyinchilikka uchragan 1,5 million yoshlarning muammosi “Yoshlar daftari” orqali hal qilindi. Alohida dasturlar asosida jozibador biznes muhiti va imtiyozli resurslar natijasida yosh tadbirkorlar soni 5 karra ko‘payib, 287 mingdan oshdi.
O‘quv markazlarini ko‘paytirishga qulay sharoit yaratilgani uchun xorijiy tillarni intensiv o‘rganayotgan yigit-qizlarimiz 3,5 millionga yetdi. Iqtidorli o‘quvchi va talabalarimiz nufuzli fan olimpiadalarida 434 ta, yosh sportchilarimiz xalqaro musobaqalarda 2 ming 245 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Tarbiyasi og‘ir yoshlarga huquq-tartibot idoralari va hokimlar biriktirilgani uchun ikki yilda yoshlar jinoyatchiligi 2,5 karra kamaydi.
“Lekin bu – yoshlar bilan bog‘liq barcha masalalar hal bo‘ldi, degani emas”,– dedi davlatimiz rahbari. Yoshlar masalalari uchun mas’ul idoralar, vazirlar, hokimlar, rektorlar, texnikum va maktab direktorlari yoshlar muammosi, ehtiyoj va qiziqishlari bo‘yicha tinimsiz ishlashi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Davlatimiz rahbari yurtimizdagi barcha yoshlarni bayram bilan samimiy tabrikladi.
“Biz islohotlarimizning ilk kunlaridan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu va intilishlarini ro‘yobga chiqarishni davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab olganmiz”,– dedi Prezidentimiz. Yurtimizning har bir mahallasida o‘g‘il-qizlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, ularga ko‘makchi bo‘ladigan yoshlar yetakchilari korpusi shakllantirildi. Yosh avlodni milliy qadriyatlarga sadoqat, Vatanga muhabbat, kattalarga hurmat va ezgu insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash maqsadida nuroniy otaxon va onaxonlarimizning boy hayotiy tajribasidan foydalanish keng yo‘lga qo‘yildi. Mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb e’lon qilinib, barcha vazirlik va idoralar yoshlar muammolarini o‘rganish va yechim topish masalasiga to‘liq safarbar qilindi. Facebook|Instagram|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezidentimiz tashabbuskor yoshlarning loyihalari bilan tanishdi.
—
Президент нашей страны ознакомился с проектами инициативной молодежи.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Yangi O‘zbekistonda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu va intilishlarini ro‘yobga chiqarish – davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasida Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan maxsus koʻrgazmada mamlakatimizning faol va izlanuvchan yoshlari bilan uchrashdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев встретился с активной и инициативной молодежью страны на специальной выставке, организованной по случаю Дня молодежи в Олимпийском городке.
#Mirziyoyev #tanishuv #yoshlar #kurgazma
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from NamDTU • NamSTU • НамГТУ
Aziz va navqiron yoshlar!
Hurmatli talabalar!
Sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Namangan davlat texnika universiteti jamoasi hamda shaxsan o‘z nomimdan samimiy muborakbod etaman.
Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining bugungi bosqichida yoshlar masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar zamirida inson kapitalini yuksaltirish, bilimli va raqobatbardosh avlodni voyaga yetkazish, yoshlarning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish bosh maqsad sifatida belgilangan.
Shu bois so‘nggi yillarda yoshlarning sifatli ta'lim olishi, zamonaviy kasb va mutaxassisliklarni egallashi, ilm-fan bilan shug‘ullanishi, xorijiy tillarni puxta o‘rganishi, innovatsion g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishi hamda munosib bandligini ta'minlash borasida mutlaqo yangi tizim shakllantirildi. Oliy ta'lim qamrovi kengaytirildi, davlat grantlari soni sezilarli oshirildi, ta'lim kreditlari takomillashtirildi, zamonaviy talabalar turar joylari barpo etilmoqda. "Yoshlar daftari", "Kelajakka qadam", "Bir million dasturchi" kabi dasturlar, startap va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, IT sohasidagi yangi imkoniyatlar, Prezident va davlat stipendiyalari, xalqaro ta'lim hamda akademik almashinuv dasturlari minglab yigit-qizlarning o‘z salohiyatini namoyon etishi uchun mustahkam zamin yaratmoqda. Bu imkoniyatlardan oqilona foydalanish, bilim va salohiyatni amaliy natijaga aylantirish esa har bir yoshning eng muhim vazifasidir.
Sun'iy intellekt, raqamli texnologiyalar, muhandislik va yuqori texnologiyalar shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi davrda mamlakatimizning ertangi taraqqiyoti aynan bilimli, tashabbuskor va yuksak malakali yoshlarga bog‘liq. Shu bois Namangan davlat texnika universitetida zamonaviy muhandislik ta'limini rivojlantirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, innovatsion fikrlaydigan, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash ustuvor vazifa sifatida izchil amalga oshirilmoqda.
Aziz yoshlar!
Sizlar Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlari, mamlakatimizning sanoat salohiyati, ilm-fani va texnologik taraqqiyotini yuksaltiradigan kuchsiz. Sizlarning bilimga chanqoqligingiz, izlanuvchanligingiz, Vatanga muhabbatingiz va fidokorona mehnatingiz yurtimizning ertangi taraqqiyotini belgilaydi.
Ishonamanki, yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, zamonaviy bilim va kasbni puxta egallagan, yuksak ma'naviyat va vatanparvarlik fazilatlariga ega barkamol mutaxassislar sifatida mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shasiz.
Barchangizga mustahkam sog‘liq, yuksak marralar sari qat'iyat, ilmiy va kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, oilaviy baxt va farovonlik tilayman.
Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Oybek Ergashev Karimovich,
Namangan davlat texnika universiteti rektori, professor
📲NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedIn |
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Haftaning eng muhim voqealari sharhi: Davlatimiz rahbari Namangan viloyatida bo‘ldi. O‘zbekiston Prezidenti AQSh Savdo vakilini qabul qildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrik yo‘lladi.
—
Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Mámleketimiz basshısı Namangan wálayatında boldı. Ózbekstan Prezidenti AQSh sawda wákilin qabılladı. Prezident Shavkat Mirziyoyev baspasóz hám ǵalaba xabar qurallarınıń xızmetkerlerine qutlıqlaw jolladı.
—
Обзор важнейших событий за неделю: Глава нашего государства посетил Наманганскую область. Президент Узбекистана принял Торгового представителя США. Президент Шавкат Мирзиёев направил поздравление работникам печати и средств массовой информации.
— Weekly review of the most important events: The Head of State visited the Namangan Region. The President of Uzbekistan received the U.S. Trade Representative. President Shavkat Mirziyoyev sent congratulations to press and mass media workers.
Facebook|Instagram|X
Hurmatli jurnalistlar, matbuot va ommaviy axborot vositalari sohasi fidoyilari!
Sizlarni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Mamlakatimizda ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash, jamiyat hayotidagi muhim voqealarni xolis va tezkor yoritish, ezgu g'oyalar hamda bunyodkorlik tashabbuslarini keng targ'ib etishda sizlarning mashaqqatli mehnatingiz alohida e'tirofga loyiq. Xususan, oliy ta'lim tizimidagi islohotlar, ilm-fan, innovatsiyalar va yoshlar yutuqlarini keng jamoatchilikka yetkazishda OAV vakillarining hissasi beqiyosdir.
Barchangizga mustahkam sog'lik, ijodiy ilhom, kasbiy muvaffaqiyat va oilaviy baxt-saodat tilayman. Qalamingiz o'tkir, so'zingiz xolis, ezgu maqsadlarga xizmat qiladigan faoliyatingiz bardavom bo'lsin!
Hurmat bilan,
Oybek Ergashev
Namangan davlat texnika universiteti rektori
+6
Qurilish fakulteti bitiruvchilari bilan ochiq muloqot: shaffof attestatsiya jarayonlari muhokama qilindi
Namangan davlat texnika universiteti rektori, professor Oybek Ergashev Qurilish fakulteti bitiruvchilari bilan ochiq muloqot o'tkazdi. Uchrashuvda bitiruv malakaviy ishlari himoyasi hamda fanlardan yakuniy davlat attestatsiyalarini tashkil etish, baholash mezonlari va jarayonlarning ochiq hamda shaffof o'tkazilishi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Muloqot davomida bitiruvchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarilib, akademik halollik tamoyillariga qat'iy rioya etish, baholashda xolislikni ta'minlash hamda attestatsiya jarayonlarining amaldagi me'yoriy hujjatlar asosida tashkil etilishi alohida ta'kidlandi. Talabalarga bitiruv bosqichidagi mas'uliyatli jarayonlarni muvaffaqiyatli yakunlash bo'yicha amaliy tavsiyalar ham berildi.
Ochiq muloqotda universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish va "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i Muhammadjon Zokirov hamda Qurilish fakulteti dekani Zokirxon Munavvarxonov ishtirok etdi. Ular bitiruv malakaviy ishlari himoyasi va yakuniy davlat attestatsiyalarini adolat, shaffoflik hamda teng imkoniyatlar tamoyillari asosida tashkil etish universitet faoliyatining ustuvor yo'nalishlaridan biri ekanini qayd etdilar.
