en
Feedback
NAMDTU REKTORI | OYBEK ERGASHEV

NAMDTU REKTORI | OYBEK ERGASHEV

Open in Telegram

Namangan davlat texnika universiteti rektori, Kimyo fanlari doktori, professor Ergashev Oybek Karimovich! Murojaat uchun @NamDTU_Rektoriga_Murojaat_bot Admin:@xs_tursunovff

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
1 251
Subscribers
No data24 hours
-37 days
-7130 days
Posts Archive
Yaponiya kompaniyalari bilan hamkorlikning yangi bosqichi boshlandi Namangan davlat texnika universiteti rektori, professor O
+6
Yaponiya kompaniyalari bilan hamkorlikning yangi bosqichi boshlandi Namangan davlat texnika universiteti rektori, professor Oybek Ergashev Yaponiyaning ASIBIZ va OUKAWAY kompaniyalari vakillarini qabul qildi. Uchrashuv davomida ta'lim, ishlab chiqarish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, bitiruvchi talabalarni Yaponiya mehnat bozoriga tayyorlash hamda ularning bandligini ta'minlash masalalari yuzasidan amaliy muzokaralar olib borildi. Muloqotda universitet huzurida Yaponiya tili markazini tashkil etish, talabalarni Yaponiya korxonalari va tashkilotlariga haq to'lanadigan amaliyotlarga yuborish, shuningdek, shaharsozlik, energetika, arxitektura va qurilish yo'nalishlarida yapon kompaniyalari bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar xalqaro standartlarga mos malakali kadrlar tayyorlash bo'yicha o'zaro manfaatli tashabbuslarni qo'llab-quvvatlashga kelishib oldilar. Uchrashuv yakunida hamkorlikni amaliy bosqichga olib chiqish yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishildi. Xususan, joriy yil iyul oyining o'rtalarida ASIBIZ, OUKAWAY hamda yana to'rtta yirik Yaponiya kompaniyasi vakillarining Namangan davlat texnika universitetiga tashrifi rejalashtirildi. Mazkur tashrif doirasida talabalar amaliyoti, malaka oshirish va kelgusida Yaponiya kompaniyalarida mehnat faoliyatini yo'lga qo'yishga qaratilgan hamkorlik loyihalarini boshlash ko'zda tutilgan.

Namangan davlat texnika universitetida Boshqaruv kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi Yig‘ilish davomida davlatimi
+9
Namangan davlat texnika universitetida Boshqaruv kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi Yig‘ilish davomida davlatimiz rahbarining Namangan viloyatiga, xususan universitetimizga amalga oshirgan tashrifi yakunlari hamda tashrif doirasida tashkil etilgan Sun’iy intellekt ilmiy laboratoriyasi faoliyati bilan tanishuvi alohida muhokama qilindi. Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan universitet oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalar, zamonaviy oliy ta’lim muassasasini shakllantirish, ilm-fan va innovatsiyalarni yangi bosqichga olib chiqish, ta’lim sifatini oshirish hamda boshqaruv samaradorligini kuchaytirishga qaratilgan topshiriqlarning mazmun-mohiyati Kengash a’zolariga atroflicha yetkazildi. Muhokamalar yakunida universitet faoliyatini qisqa muddatda tubdan transformatsiya qilish, ilg‘or boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ilmiy salohiyatni oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va universitetni zamonaviy, raqobatbardosh oliy ta’lim maskaniga aylantirish bo‘yicha bir oylik aniq chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi. Namangan davlat texnika universitetida boshlangan yangilanishlar — yangi davr talablari va yuksak maqsadlar sari qat’iy qadamdir.

#OAV_BIZ_HAQIMIZDA O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan davlat texnika universitetiga tashrifi yuzasidan universitet rektori, professor Oybek Ergashev O’zbekiston24 telekanaliga intervyu berdi.

#Axborot24 | 23.06.2026 Prezidentimizning Namangan viloyatiga tashrifi mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram

Namangan oʻzining tadbirkorlari, sanoat, qishloq xoʻjaligi, ilm-fan, madaniyat, sanʼat va sportdagi yutuqlari, bilimli va shijoatli yoshlari bilan yanada katta natijalarga erishishga qodir. — Наманган с его предпринимателями, достижениями в промышленности и сельском хозяйстве, науке, культуре, искусстве и спорте, образованной и целеустремленной молодежью способен достичь еще больших успехов. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning uchinchi Xalqaro maqom sanʼati anjumanining ochilish marosimidagi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning uchinchi Xalqaro maqom sanʼati anjumanining ochilish marosimidagi nutqiВыступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на церемонии открытия третьего Международного форума искусства макома Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#live Namangan davlat texnika universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari O‘zbekiston milliy terma jamoasini qo‘ll
+9
#live Namangan davlat texnika universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari O‘zbekiston milliy terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Navbahor markaziy stadioniga fan-klub paradi safida tantanali ravishda kirib kelishdi. “Oq bo‘rilar”ga bo‘lgan yuksak ishonch va sadoqatni namoyon etgan universitet jamoasi stadionga ko‘tarinki kayfiyat, jo‘shqin shiorlar va g‘alabaga bo‘lgan ishonch bilan kirib keldi. Bugun Navbahor markaziy stadioni futbolsevarlar, muxlislar va yoshlarning birdamlik maskaniga aylanib, unda haqiqiy futbol bayrami muhiti hukm surmoqda. Namangan davlat texnika universiteti jamoasi O‘zbekiston milliy terma jamoasiga omad va yorqin g‘alabalar tilaydi! Olg‘a, O‘zbekiston! Olg‘a, Oq bo‘rilar!

Prezident Shavkat Mirziyoyev futbolchilarimizga omad tiladi. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezidentimiz Namangandagi xalqaro gullar festivaliga tashrif buyurdi. — Президент нашей страны посетил международный фестиваль цветов в Намангане. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahridagi anʼanaviy gullar festivaliga tashrif buyurdi. — Президент Шавкат Мирзиёев по
+6
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahridagi anʼanaviy gullar festivaliga tashrif buyurdi. — Президент Шавкат Мирзиёев посетил традиционный фестиваль цветов в городе Намангане. #Mirziyoyev #safar #Namangan #festival Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

PREZIDENTIMIZ BELGILAB BERGAN VAZIFALAR — UNIVERSITETIMIZ UCHUN AMALIY HARAKAT DASTURIDIR Muhtaram Prezidentimizning Namangan
PREZIDENTIMIZ BELGILAB BERGAN VAZIFALAR — UNIVERSITETIMIZ UCHUN AMALIY HARAKAT DASTURIDIR Muhtaram Prezidentimizning Namangan davlat texnika universitetiga tashrifi jamoamiz hayotidagi alohida tarixiy voqea bo‘ldi. Davlatimiz rahbarining universitetimizga ilk bor tashrif buyurib, sun’iy intellekt laboratoriyasi faoliyati hamda istiqboldagi rivojlanish loyihalari bilan yaqindan tanishgani biz uchun katta ishonch va mas’uliyat ifodasidir. Tashrif davomida Prezidentimizga sun’iy intellekt laboratoriyasi negizida shakllantirilayotgan yangi ekotizim taqdim etildi. Ushbu yondashuvning asosiy maqsadi ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar, texnologiyalar transferi va startaplarni yagona tizim asosida rivojlantirishdan iborat. Mazkur ekotizim “Tarmoq – korxona – oliygoh” hamkorlik zanjirini sun’iy intellekt tadqiqotlari bilan uyg‘unlashtirgan holda ilm-fan natijalarini amaliyotga olib chiqishga xizmat qiladi. Bugungi kunda sun’iy intellekt, robototexnika, raqamli iqtisodiyot, energetika, transport va logistika, arxitektura va qurilish, qishloq xo‘jaligi hamda ekologiya kabi yo‘nalishlarda yuz berayotgan o‘zgarishlar yangi yondashuvlarni talab qilmoqda. Taqdim etilgan ekotizimning asosiy ustunligi ham aynan turli sohalarni yagona ilmiy-amaliy muhitda birlashtira olishi bilan ahamiyatlidir. Prezidentimiz laboratoriya faoliyati bilan tanishar ekan, yoshlarning intellektual va ilmiy salohiyatini mamlakatimiz taraqqiyoti uchun muhim bo‘lgan sohalarga yanada keng jalb etish zarurligini alohida ta’kidladi. Ushbu fikrni biz laboratoriya faoliyatiga berilgan baho sifatida emas, balki oldimizga qo‘yilgan yangi vazifa sifatida qabul qilamiz. Bugun universitetlar oldida faqat mutaxassis tayyorlash vazifasi turmaydi. Ular yangi texnologiyalar yaratiladigan, ilmiy natijalar iqtisodiyotga tatbiq etiladigan, istiqbolli startaplar shakllanadigan va eng muhimi, kelajak taraqqiyotini belgilaydigan bilimlar makoniga aylanishi zarur. Prezidentimiz tomonidan bildirilgan fikrlar bizdan aynan shunday natijalarni kutayotganini anglatadi. Tashrif davomida sun’iy intellekt bo‘yicha maslahatchilar tomonidan tayyorlangan startap loyihalarining taqdim etilgani ham ushbu yo‘nalishdagi ishlarning amaliy natijalar bera boshlaganini ko‘rsatdi. Davlatimiz rahbarining yoshlar bilan samimiy muloqoti esa bilim va tashabbusga asoslangan taraqqiyot yo‘li bugungi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini yana bir bor tasdiqladi. Biz Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalarni universitetimiz faoliyatining navbatdagi bosqichi sifatida qabul qilamiz. Oldimizdagi eng muhim maqsad — sun’iy intellekt va ilg‘or texnologiyalar sohasida shakllanayotgan ekotizimni yanada rivojlantirish, ilmiy natijadorlikni oshirish, yoshlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish va yaratilayotgan bilim hamda texnologiyalarni mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qildirishdir. Ishonchim komilki, Prezidentimiz tashrifi davomida belgilab berilgan vazifalar nafaqat sun’iy intellekt laboratoriyasi, balki universitetimizning kelgusi taraqqiyot strategiyasini belgilovchi muhim yo‘nalish bo‘lib xizmat qiladi. Oybek Ergashev Karimovich, Namangan davlat texnika universiteti rektori 📲NamDTU rasmiy axborot kanallari: Web-siteTelegram |   Instagram  |  X FacebookYouTubeLinkedIn |

Prezidentimiz dunyoga mashhur "Ayaks" akademiyasi bilan hamkorlik qilayotgan "Navbahor" futbol akademiyasida bo‘ldi. — Президент нашей страны посетил футбольную академию "Навбахор", сотрудничающую со всемирно известной академией "Аякс". Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Davlatimiz rahbari Namangan viloyatiga safari doirasida “Navbahor” futbol klubi akademiyasiga tashrif buyurdi. — В рамках пое
+6
Davlatimiz rahbari Namangan viloyatiga safari doirasida “Navbahor” futbol klubi akademiyasiga tashrif buyurdi. — В рамках поездки в Наманганскую область глава нашего государства посетил академию футбольного клуба «Навбахор». #Mirziyoyev #safar #Namangan #futbol Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Namangan viloyatidagi ustuvor vazifalar muhokamasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. — Состоялось совещание по обсуждению приоритетных задач в Наманганской области. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyati vaziyatlar markazida mutasaddilarning hududni rivojlantirish yuzasidan axborot
+6
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyati vaziyatlar markazida mutasaddilarning hududni rivojlantirish yuzasidan axborotlarini tingladi. — Президент Шавкат Мирзиёев в ситуационном центре Наманганской области заслушал доклады ответственных лиц о развитии региона. #Mirziyoyev #safar #Namangan #rejalar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Sun’iy intellektga asoslangan startap loyihalar Prezidentimizga taqdimot qilindi. — Президенту нашей страны представили стартап-проекты на базе искусственного интеллекта. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan davlat texnika universitetining sun’iy intellekt laboratoriyasi faoliyati bilan tanishd
+6
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan davlat texnika universitetining sun’iy intellekt laboratoriyasi faoliyati bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью лаборатории искусственного интеллекта Наманганского государственного технического университета. #Mirziyoyev #safar #Namangan #SI Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezidentimiz Namangan viloyatida IT-park qurilishini boshlab berdi va yangi loyihalarga start berdi. — Президент нашей страны дал старт строительству IT-парка и новым проектам в Наманганской области. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Namangan shaharchasi hududida IT-park qurilishiga tamal toshi qoʻyish hamda yangi hududiy
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Namangan shaharchasi hududida IT-park qurilishiga tamal toshi qoʻyish hamda yangi hududiy loyihalarni ishga tushirish marosimida ishtirok etdi. — Президент Шавкат Мирзиёев принял участие в церемонии закладки первого камня в строительство IT-парка на территории городка Янги Наманган и запуска новых региональных проектов. #Mirziyoyev #safar #Namangan #loyihalar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

To‘liq zanjirli parrandachilik majmuasi faoliyati davlatimiz rahbariga namoyish etildi. — Главе нашего государства представлена работа птицеводческого комплекса полного цикла. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X