NAMDTU REKTORI | OYBEK ERGASHEV
Open in Telegram
Namangan davlat texnika universiteti rektori, Kimyo fanlari doktori, professor Ergashev Oybek Karimovich! Murojaat uchun @NamDTU_Rektoriga_Murojaat_bot Admin:@xs_tursunovff
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
1 252
Subscribers
+424 hours
-67 days
-7230 days
Data loading in progress...
Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+14
in 2 channels
August '26
+22
in 3 channels
Get PRO
July '26
+1 483
in 6 channels
Get PRO
June '260
in 4 channels
Get PRO
May '26
+6
in 6 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 08 September | +4 | |||
| 07 September | +7 | |||
| 06 September | +1 | |||
| 05 September | +1 | |||
| 04 September | 0 | |||
| 03 September | 0 | |||
| 02 September | +1 | |||
| 01 September | 0 |
Channel Posts
Rektorning rasmiy Instagram sahifasiga obuna bo‘ling!
Namangan davlat texnika universiteti rektori Oybek Ergashevning Instagram sahifasida universitet hayoti, muhim yangiliklar, uchrashuvlar va ta’lim sohasidagi jarayonlar haqida muntazam ma’lumotlar berib boriladi.
📲 Sahifaga obuna bo‘ling va yangiliklardan boxabar bo‘ling!
🔗 Instagram
| 2 | NamDTUda yangi o‘quv yili: Bilimlar kuni va “Kelajak soati”
Namangan davlat texnika universitetida 2026/2027-o‘quv yilining ilk kuni munosabati bilan barcha kampus va fakultetlarda tantanali tadbirlar hamda uchrashuvlar tashkil etildi.
Bilimlar kuni tadbirlarida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ishtirok etib, professor-o‘qituvchilar, talabalar, mehnat faxriylari va ota-onalarni yangi o‘quv yili bilan muborakbod etdi. Tadbirlar davomida ta’lim sifati, zamonaviy mutaxassislar tayyorlash va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikrlar bildirildi.
Shuningdek, fakultetlarda “Kelajak soati” mashg‘ulotlari “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusida o‘tkazilib, mustaqillik, birlik, huquq va imkoniyatlar hamda yoshlarning mas’uliyati yuzasidan ochiq muloqotlar tashkil etildi.
NamDTUda yangi o‘quv yilining ilk kuni mazmunli tadbirlar va katta maqsadlar bilan boshlandi.
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedIn | | 370 |
| 3 | Интеллект будущего и новые горизонты: в НамГТУ торжественно встретили первокурсников
Под девизом «Единой Родиной, единым народом мы построим новую жизнь, новое будущее!» в Наманганском государственном техническом университете прошло торжественное мероприятие, посвященное Дню знаний и началу 2026/2027 учебного года.
Подробнее на сайте nampravda.uz | 367 |
| 4 | NamDTUda yangi o‘quv yilining tantanali boshlanishi: yangi marralar va katta maqsadlar sari
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi ostida Namangan davlat texnika universitetida 2026/2027-o‘quv yilining ilk o‘quv kuni — Bilimlar kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir universitetning zamonaviy ilmiy-texnologik salohiyatini namoyon etuvchi Sun’iy intellekt laboratoriyasida tashkil etildi.
Unda Namangan viloyati hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Shavkatjon Abdurazakov, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, mehnat faxriylari, ota-onalar va talabalar ishtirok etdi.
Tantanali tadbirda so‘zga chiqqan Shavkatjon Abdurazakov yangi o‘quv yili boshlanishi bilan universitet jamoasi va talabalarni muborakbod etib, yoshlarning zamonaviy bilimlarni egallashi, ilm-fan va innovatsion faoliyatga keng jalb etilishi, hudud va mamlakat taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan malakali mutaxassislarni tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Tadbir davomida universitet mehnat faxriylari, ota-onalar va talabalar tomonidan yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan samimiy tilaklar bildirildi. So‘zga chiqqanlar universitetda ta’lim olish uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlarni e’tirof etib, yoshlarning puxta bilim va zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarni egallashi, kelgusida mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi muhimligini ta’kidladilar.
Tadbir davomida yangi o‘quv yilida universitet oldida turgan vazifalar, professor-o‘qituvchilarning mas’uliyati, talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ta’lim va ilm-fan samaradorligini yanada oshirish masalalari alohida ta’kidlandi.
Namangan davlat texnika universitetida yangi o‘quv yili ta’lim sifati, ilmiy izlanishlar, innovatsiyalar va yuqori natijalarga yo‘naltirilgan aniq maqsadlar bilan boshlandi.
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedIn | | 385 |
| 5 | 🇺🇿 O‘zbekiston — “Yil mamlakati”: startap ekotizimi jadal rivojlanmoqda
O‘zbekistonning startap ekotizimi xalqaro miqyosda yana bir yuqori natijani qayd etdi.
StartupBlink Global Startup Ecosystem Index 2026 hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston startap ekotizimi o‘sish sur’ati bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi. Mamlakatning yillik ekotizim o‘sishi 227,3 foizni tashkil etgan. Mazkur natija asosida O‘zbekiston “Country of the Year 2026” — startap ekotizimi eng jadal rivojlanayotgan mamlakat sifatida e’tirof etildi.
📈 Global reytingdagi dinamika:
— 2023-yil — 111-o‘rin
— 2024-yil — 110-o‘rin
— 2025-yil — 98-o‘rin
— 2026-yil — 79-o‘rin
Shunday qilib, so‘nggi uch yil davomida O‘zbekiston global reytingda 32 pog‘onaga yuqoriladi.
Ayniqsa, Toshkent startap ekotizimidagi jadal o‘sish sur’ati bilan ajralib turibdi. Poytaxt bir yil davomida 155,7 foiz o‘sish qayd etib, global reytingda 121 pog‘onaga ko‘tarildi va 229-o‘rinni egalladi. Natijada Toshkent Markaziy Osiyodagi eng yuqori reytingga ega startap markaziga aylandi.
Yana bir e’tiborli jihat — startap faolligi faqat poytaxt bilan cheklanib qolmayapti. Samarqand va Farg‘ona shaharlari ilk bor dunyoning TOP-1000 startap ekotizimlari qatoridan joy oldi.
Hisobotda Markaziy Osiyo dunyodagi eng tez rivojlanayotgan startap submintaqasi sifatida qayd etilgan. Mintaqadagi ushbu o‘sishning asosiy drayverlari sifatida O‘zbekiston va Qozog‘iston ko‘rsatilgan.
✅ 227,3 foizlik o‘sish — shunchaki raqam emas. Bu mamlakatda startaplar, texnologik tadbirkorlik va innovatsion ekotizimni rivojlantirish borasidagi jarayonlar xalqaro reytinglarda ham o‘z aksini topayotganini ko‘rsatadi.
➡️ Manba: StartupBlink, Global Startup Ecosystem Index 2026.
StartupBlink — Global Startup Ecosystem Index 2026 (https://lp.startupblink.com/report/?utm_source=chatgpt.com) | 551 |
| 6 | 🇺🇿 O‘zbekiston — “Yil mamlakati”: startap ekotizimi jadal rivojlanmoqda
O‘zbekistonning startap ekotizimi xalqaro miqyosda yana bir yuqori natijani qayd etdi.
StartupBlink Global Startup Ecosystem Index 2026 hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston startap ekotizimi o‘sish sur’ati bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi. Mamlakatning yillik ekotizim o‘sishi 227,3 foizni tashkil etgan. Mazkur natija asosida O‘zbekiston “Country of the Year 2026” — startap ekotizimi eng jadal rivojlanayotgan mamlakat sifatida e’tirof etildi.
📈 Global reytingdagi dinamika:
— 2023-yil — 111-o‘rin
— 2024-yil — 110-o‘rin
— 2025-yil — 98-o‘rin
— 2026-yil — 79-o‘rin
Shunday qilib, so‘nggi uch yil davomida O‘zbekiston global reytingda 32 pog‘onaga yuqoriladi.
Ayniqsa, Toshkent startap ekotizimidagi jadal o‘sish sur’ati bilan ajralib turibdi. Poytaxt bir yil davomida 155,7 foiz o‘sish qayd etib, global reytingda 121 pog‘onaga ko‘tarildi va 229-o‘rinni egalladi. Natijada Toshkent Markaziy Osiyodagi eng yuqori reytingga ega startap markaziga aylandi.
Yana bir e’tiborli jihat — startap faolligi faqat poytaxt bilan cheklanib qolmayapti. Samarqand va Farg‘ona shaharlari ilk bor dunyoning TOP-1000 startap ekotizimlari qatoridan joy oldi.
Hisobotda Markaziy Osiyo dunyodagi eng tez rivojlanayotgan startap submintaqasi sifatida qayd etilgan. Mintaqadagi ushbu o‘sishning asosiy drayverlari sifatida O‘zbekiston va Qozog‘iston ko‘rsatilgan.
✅ 227,3 foizlik o‘sish — shunchaki raqam emas. Bu mamlakatda startaplar, texnologik tadbirkorlik va innovatsion ekotizimni rivojlantirish borasidagi jarayonlar xalqaro reytinglarda ham o‘z aksini topayotganini ko‘rsatadi.
➡️ Manba: StartupBlink, Global Startup Ecosystem Index 2026.
StartupBlink — Global Startup Ecosystem Index 2026 (https://lp.startupblink.com/report/?utm_source=chatgpt.com) | 1 |
| 7 | MUHANDISLIK MAKTABIDA “KELAJAK SOATI”
Bugun Namangan shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-278-son qarori asosida tashkil etilgan zamonaviy muhandislik maktabida ilk muhim darslardan biri — “Kelajak soati” bo‘lib o‘tdi.
Namangan davlat texnika universiteti rektori Oybek Ergashev tomonidan o‘tilgan dars “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida tashkil etildi.
Yangi avlod muhandislarini tayyorlashga qaratilgan ushbu ta’lim maskanida o‘tkazilgan muloqotda yoshlarning bilim olishi, zamonaviy texnologiyalarni egallashi, muhandislik tafakkurini shakllantirishi hamda mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni haqida so‘z yuritildi.
Bugun muhandislik maktabi o‘quvchilari oldida katta imkoniyatlar turibdi. Zamonaviy bilim, texnik tafakkur va amaliy ko‘nikmalarni uyg‘unlashtirgan holda ular kelajakda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan mutaxassislar bo‘lib yetishadi.
Namangan davlat texnika universiteti
Axborot xizmati | 855 |
| 8 | “Kelajak soati” — “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
Namangan davlat texnika universiteti rektori Oybek Ergashev Namangan shahridagi 96-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Kelajak soati” darsini o‘tdi. Dars “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida yoshlarning o‘rni va mas’uliyati, ta’lim orqali o‘z kelajagini belgilash masalalari muhokama qilindi.
Rektor Oybek Ergashev o‘quvchilar bilan suhbatda bugungi davr yoshlaridan chuqur bilim, keng dunyoqarash va zamonaviy ko‘nikmalar talab etilayotganini ta’kidladi. Prezidentimizning Bilimlar kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigida qayd etilganidek, inson hayotida uchraydigan murakkab masalalarning yechimi va kelajakdagi muvaffaqiyatlarning asosiy omili bilim ekaniga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, o‘quvchilarning puxta bilim olishi bilan birga, kamida bitta zamonaviy kasb-hunarni egallashi, xorijiy tillar va zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishi bugungi kunning muhim talabi ekani qayd etildi.
Namangan davlat texnika universiteti
Axborot xizmati | 739 |
| 9 | Maktab ostonasidagi quvonch: “Prezident sovg‘alari” topshirildi
Yangi 2026/2027-o‘quv yilida Namangan shahridagi 96-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1-sinfiga qabul qilingan o‘quvchilar uchun unutilmas va quvonchli lahzalar tashkil etildi.
Yurtimizda ezgu an’anaga aylangan “Prezident sovg‘alari”ni birinchi sinf o‘quvchilariga topshirish marosimi ushbu maktabda ham tantanali tarzda o‘tkazildi. Tadbir doirasida maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan jajji o‘quvchilarga 12 turdagi zarur o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘alari” topshirildi.
“Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etgan Namangan davlat texnika universiteti rektori Oybek Ergashev birinchi sinf o‘quvchilarini yangi hayot bosqichi bilan muborakbod etib, ularga kelgusidagi ta’lim jarayonida muvaffaqiyatlar tiladi.
Namangan davlat texnika universiteti
Axborot xizmati | 489 |
| 10 | Namangan davlat texnika universiteti rektori “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi
2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan Namangan shahridagi 96-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” va Bilimlar kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Namangan davlat texnika universiteti rektori Oybek Ergashev, maktab jamoasi, o‘quvchilar va ota-onalar ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari, ustoz va murabbiylariga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.
Prezident tabrigida qayd etilganidek, bu yil mamlakatimiz bo‘ylab 800 ming nafarga yaqin o‘g‘il-qizlar katta orzu-intilishlar bilan ilk bor maktab ostonasiga qadam qo‘ymoqda. Yangi o‘quv yili mamlakatimiz ta’lim tizimida yangi ma’rifiy yuksalish yili bo‘lishi, yoshlarning puxta bilim bilan bir qatorda zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi uchun barcha imkoniyatlar yaratilishi alohida ta’kidlangan.
Tadbirda so‘zga chiqqan Namangan davlat texnika universiteti rektori Oybek Ergashev o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan qutlab, Prezidentimiz tomonidan yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor va yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi.
Shuningdek, bugungi kunda yoshlarning chuqur bilim olishi, zamonaviy texnologiyalarni egallashi, mustaqil fikrlashi va o‘z kelajagini puxta rejalashtirishi muhim ekanligi qayd etildi.
Namangan davlat texnika universiteti
Axborot xizmati | 500 |
| 11 | 🇺🇿🇺🇸 АҚШнинг UGL HOLDING компанияси вакиллари Наманганда
АҚШнинг транспорт-логистика соҳасида фаолият юритувчи UGL HOLDING компанияси вакиллари вилоятимизга келди.
Хорижий меҳмонлар АйТи Park Наманган филиали ҳамда Наманган давлат техника университети қошидаги Сунъий интеллект лабораторияси фаолияти билан танишдилар.
Учрашувда ҳудуднинг инвестициявий салоҳияти, транспорт-логистика соҳасини ривожлантириш, замонавий технологияларни жорий этиш ва янги лойиҳаларни амалга ошириш масалалари муҳокама қилинди.
Шунингдек, халқаро компаниялар ва олий таълим муассасалари ўртасида ҳамкорликни кенгайтириш, малакали АйТи мутахассислар тайёрлаш истиқболлари юзасидан фикр алмашилди.
—————————
🇺🇿🇺🇸 AQShning UGL HOLDING kompaniyasi vakillari Namanganda
AQShning transport-logistika sohasida faoliyat yurituvchi UGL HOLDING kompaniyasi vakillari viloyatimizga keldi.
Xorijiy mehmonlar AyTi Park Namangan filiali hamda Namangan davlat texnika universiteti qoshidagi Sunʼiy intellekt laboratoriyasi faoliyati bilan tanishdilar.
Uchrashuvda hududning investitsiyaviy salohiyati, transport-logistika sohasini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, xalqaro kompaniyalar va oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida hamkorlikni kengaytirish, malakali AyTi mutaxassislar tayyorlash istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | X | YouTube | 408 |
| 12 | #video
YOSHLAR KUNI MUNOSABATI BILAN REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI
Yoshlar kuni munosabati bilan Namangan davlat texnika universitetida universitet rektori, professor Oybek Ergashev yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Unda viloyat hokimining raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi Sherzod Tursunov ham ishtirok etdi. | 875 |
| 13 | YOSHLAR KUNI MUNOSABATI BILAN REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI
Yoshlar kuni munosabati bilan Namangan davlat texnika universitetida universitet rektori, professor Oybek Ergashev yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Unda viloyat hokimining raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi Sherzod Tursunov ham ishtirok etdi.
Suhbat markazida bugungi mehnat bozori talab qilayotgan zamonaviy kasblar, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni puxta o‘zlashtirish, startap g‘oyalarni real loyihalarga aylantirish masalalari bo‘ldi.
Uchrashuv davomida Namangan davlat universiteti magistranti M.Sheraliyevaning faoliyati ham alohida e’tirof etildi. Rektor Oybek Ergashev uning raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va innovatsion tashabbuslarni ilgari surish borasidagi faolligi hamda qo‘shayotgan hissasini munosib baholab, taqdirladi.
Ochiq muloqotda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollar berib, fikr va takliflarini bildirdilar.
Namangan davlat texnika universiteti
Axborot xizmati | 916 |
| 14 | NAMDTU VA “O‘ZBEKGIDROENERGO” AJ: ENERGETIKA SOHASIGA KADRLAR TAYYORLASHDA YANGI HAMKORLIK
Namangan davlat texnika universiteti va “O‘zbekgidroenergo” AJ o‘rtasida energetika tarmog‘i uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari belgilandi. Norin tumanida Qo‘g‘ay-1 va Qo‘g‘ay-2 kichik GESlarining ishga tushirilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda NamDTU rektori Oybek Ergashev ishtirok etdi.
Tadbir doirasida “O‘zbekgidroenergo” AJ rahbari Abdurahmonov Islom Abdug‘aniyevich bilan uchrashuvda universitet va korxona o‘rtasidagi aloqalarni ta’limdan ishlab chiqarishgacha bo‘lgan yagona tizim asosida rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
2026/2027-o‘quv yilidan boshlab energetika yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarni korxonaning ishlab chiqarish obyektlariga biriktirish, dual ta’limni yo‘lga qo‘yish, amaliy mashg‘ulotlarni bevosita soha mutaxassislari ishtirokida tashkil etish hamda zamonaviy gidroenergetika tajribasini o‘quv jarayoniga tatbiq etish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilari uchun ishlab chiqarish obyektlarida malaka oshirish, talabalar uchun stajirovka imkoniyatlarini kengaytirish, qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish va istiqbolli bitiruvchilarni korxona ehtiyojlaridan kelib chiqib tayyorlashga e’tibor qaratiladi.
Hamkorlikning muhim ko‘rsatkichi — joriy yilda NamDTUning 13 nafar bitiruvchisi “O‘zbekgidroenergo” AJ tizimida ish bilan ta’minlanganidir. Mazkur natija oliy ta’lim muassasasida egallanayotgan mutaxassisliklarning real sektor ehtiyojlari bilan uyg‘unlashayotganini ko‘rsatadi.
Endilikda ushbu tajriba yanada kengaytirilib, talabalarning o‘qish davridayoq muayyan ishlab chiqarish yo‘nalishlariga moslashuvi va kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiladigan mexanizmlar joriy etiladi.
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedIn | | 856 |
| 15 | 😎😎😎😎😎😎
#Қонунчиликдаги_янгиликлар
❗️ Касбий таълим ташкилотлари директорларига менежерлик сертификатини бериш тартиби белгиланди
Ҳукумат қарори (451-сон, 20.08.20026 й.) билан “Касбий таълим ташкилотлари директорлари ва директор ўринбосарларини менежерлик ўқув курсларида ўқитиш ва уларга менежерлик сертификатини бериш тартиби тўғрисида”ги низом тасдиқланди.
🔰 Ушбу Низом касбий таълим ташкилотлари директорлари ва директор ўринбосарларини менежерлик ўқув курсларида ўқитиш ва уларга менежерлик сертификатини бериш тартибини белгилайди.
📜 Техникумларда фаолият юритаётган директорлар ва директор ўринбосарлари ушбу Низом талабларига мувофиқ менежерлик сертификатини оладилар.
🧾 Менежерлик ўқув курсини муваффақиятли якунлаганларга давлат намунасидаги менежерлик сертификати электрон рақамли имзо билан тасдиқланган ҳамда QR-код қўйилган ҳолда электрон шаклда берилади.
✉️ Директорлар ва ўринбосарлар махсус портал орқали рўйхатдан ўтади ҳамда ўқув курсида ўқиш учун ариза топширади.
⌛️ Илмий даража ёки илмий унвонга эга бўлган директорлар ва ўринбосарлар учун сертификат уларнинг аризасига асосан тўғридан-тўғри 3 йил муддатга берилади.
📲 Якуний синовда ижобий натижага эришган тингловчига якуний синов натижалари эълон қилинган кундан бошлаб 1 ҳафта ичида ўқув ташкилоти раҳбарининг буйруғи асосида сертификат берилади.
Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot | 769 |
| 16 | Sun’iy intellekt laboratoriyasi: ilmiy tadqiqotlar va innovatsion texnologiyalar markazi
Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov hamda Namangan viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i Dilmurod Ahmedov Namangan davlat texnika universitetida tashkil etilgan Sun’iy intellekt ilmiy laboratoriyasi faoliyati bilan tanishdi.
Mehmonlarni Namangan davlat texnika universiteti rektori Oybek Ergashev kutib olib, laboratoriyaning faoliyat yo‘nalishlari, yaratilgan sharoitlar va amalga oshirilayotgan ilmiy-amaliy loyihalar haqida ma’lumot berdi. Bu yerda Tahlil markazi, Robototexnika va bionika markazlari, startap-akselerator, 9 ta “aqlli” xona hamda sun’iy intellekt bo‘yicha maxsus tayyorgarlik xonalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Tashrif davomida mehmonlarga laboratoriyada yaratilgan imkoniyatlar, yoshlar tomonidan ishlab chiqilayotgan innovatsion ishlanmalar, sun’iy intellektga asoslangan loyihalar va startap tashabbuslari namoyish etildi.
Shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalarini ta’lim va ilmiy tadqiqotlarga keng joriy etish, yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Namangan davlat texnika universitetining Sun’iy intellekt laboratoriyasi ilmiy izlanishlar, innovatsion ishlanmalar va zamonaviy kadrlar tayyorlashni uyg‘unlashtirgan ilmiy-amaliy markaz sifatida rivojlanmoqda.
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedIn | | 853 |
| 17 | MUSTAQILLIK — YUKSAK G‘URUR, BUYUK KELAJAK!
Mustaqillik — bu shunchaki bayram emas. Bu ozod va obod Vatan, yuksak orzular, katta imkoniyatlar hamda kelajakka dadil intilayotgan yoshlar timsolidir.
Namangan davlat texnika universitetining iqtidorli va tashabbuskor talabalari Mustaqillik bayramini ko‘tarinki kayfiyat, cheksiz g‘urur va Vatanga bo‘lgan mehr bilan qarshi olmoqda.
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan tayyorlangan videorolik orqali universitetimiz yoshlarining bayramona kayfiyati va mustaqillik ruhini his eting!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedIn | | 607 |
| 18 | “35 000 tashabbus” — Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga faol ishtirok eting!
Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yoʻlga qoʻyilgan.
Siz ham yurtimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz?
Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya yoki tashabbusingizni taqdim eting.
Taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa istalgan yoʻnalishdagi har bir foydali tashabbus muhim.
Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz
Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi
Katta oʻzgarishlar bitta tashabbusdan boshlanadi. Sizning gʻoyangiz esa Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining navbatdagi qadami boʻlishi mumkin.
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedIn | | 757 |
| 19 | #ректор_табриги
Азиз ёшлар!
2026/2027-ўқув йили учун олий таълим муассасаларига қабулнинг якуний натижалари — мандат эълон қилинди. Талабаликка тавсия этилган барча ёшларни ушбу унутилмас ва қувончли кун билан самимий муборакбод этаман!
Бугун сизлар ҳаётингизнинг янги ва муҳим босқичига қадам қўймоқдасиз. Бу натижа ортида сизларнинг йиллар давомидаги изланиш ва меҳнатингиз, устозларингизнинг меҳри, ота-оналарингизнинг дуоси ва ишончи мужассам.
Энди олдингизда янги имкониятлар, янги мақсадлар ва катта марралар турибди. Университетда олган замонавий билим ва кўникмаларингизни юксалтириб, танлаган соҳангизнинг етук мутахассиси бўлишингизга ишонаман.
Айниқса, Наманган давлат техника унивверситети талабалари сафига қўшилаётган ёшларни алоҳида қутлайман. Сизларни университетимизда катта имкониятлар, замонавий таълим муҳити ва янги ютуқлар сари интилишлар кутиб турибди.
Барча янги талабаларни яна бир бор чин қалбимдан муборакбод этаман!
Талабалик мақомингиз муборак бўлсин! Оқ йўл, азиз ёшлар!
@namdturektori | 2 492 |
| 20 | Namangan davlat texnika universitetida xalqaro logistika kompaniyasi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Namangan davlat texnika universitetida xalqaro logistika kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rektori, professor Oybek Ergashev hamda viloyat hokimining raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi Sherzod Tursunov ishtirok etdi.
Muloqot davomida logistika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun zamonaviy amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, ularning darsdan bo‘sh vaqtlarida mutaxassisligi bo‘yicha daromadli faoliyat bilan shug‘ullanishi, shuningdek, bitiruvchilarning bandligini ta’minlashga ko‘maklashadigan hamkorlik mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida universitet va xalqaro logistika kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, talabalar uchun amaliy imkoniyatlar yaratish hamda bitiruvchilarni soha korxonalariga ishga yo‘naltirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari belgilab olindi. Mazkur tashabbuslar mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan malakali logistika mutaxassislarini tayyorlashga xizmat qiladi. | 1 238 |
