en
Feedback
NAMDTU REKTORI | OYBEK ERGASHEV

NAMDTU REKTORI | OYBEK ERGASHEV

Open in Telegram

Namangan davlat texnika universiteti rektori, Kimyo fanlari doktori, professor Ergashev Oybek Karimovich! Murojaat uchun @NamDTU_Rektoriga_Murojaat_bot Admin:@xs_tursunovff

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
1 252
Subscribers
+424 hours
-67 days
-7230 days
Number of Posts

Data loading in progress...

Reactions
Comments
Telegram Stars
TOP posts by

Data loading in progress...

Publication analysis
Posts
Views dynamics
Rektorning rasmiy Instagram sahifasiga obuna bo‘ling! Namangan davlat texnika universiteti rektori Oybek Ergashevning Instagram sahifasida universitet hayoti, muhim yangiliklar, uchrashuvlar va ta’lim sohasidagi jarayonlar haqida muntazam ma’lumotlar berib boriladi. 📲 Sahifaga obuna bo‘ling va yangiliklardan boxabar bo‘ling! 🔗 Instagram
1 114506Loading...
NamDTUda yangi o‘quv yili: Bilimlar kuni va “Kelajak soati” Namangan davlat texnika universitetida 2026/2027-o‘quv yilining i
NamDTUda yangi o‘quv yili: Bilimlar kuni va “Kelajak soati” Namangan davlat texnika universitetida 2026/2027-o‘quv yilining ilk kuni munosabati bilan barcha kampus va fakultetlarda tantanali tadbirlar hamda uchrashuvlar tashkil etildi. Bilimlar kuni tadbirlarida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ishtirok etib, professor-o‘qituvchilar, talabalar, mehnat faxriylari va ota-onalarni yangi o‘quv yili bilan muborakbod etdi. Tadbirlar davomida ta’lim sifati, zamonaviy mutaxassislar tayyorlash va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikrlar bildirildi. Shuningdek, fakultetlarda “Kelajak soati” mashg‘ulotlari “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusida o‘tkazilib, mustaqillik, birlik, huquq va imkoniyatlar hamda yoshlarning mas’uliyati yuzasidan ochiq muloqotlar tashkil etildi. NamDTUda yangi o‘quv yilining ilk kuni mazmunli tadbirlar va katta maqsadlar bilan boshlandi. NamDTU rasmiy axborot kanallari: Web-site |  Telegram |   Instagram  | X Facebook |  YouTube |  LinkedIn |
379202Loading...
Интеллект будущего и новые горизонты: в НамГТУ торжественно встретили первокурсников Под девизом «Единой Родиной, единым наро+2
Интеллект будущего и новые горизонты: в НамГТУ торжественно встретили первокурсников Под девизом «Единой Родиной, единым народом мы построим новую жизнь, новое будущее!» в Наманганском государственном техническом университете прошло торжественное мероприятие, посвященное Дню знаний и началу 2026/2027 учебного года. Подробнее на сайте nampravda.uz
377101Loading...
NamDTUda yangi o‘quv yilining tantanali boshlanishi: yangi marralar va katta maqsadlar sari “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib+9
NamDTUda yangi o‘quv yilining tantanali boshlanishi: yangi marralar va katta maqsadlar sari “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi ostida Namangan davlat texnika universitetida 2026/2027-o‘quv yilining ilk o‘quv kuni — Bilimlar kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir universitetning zamonaviy ilmiy-texnologik salohiyatini namoyon etuvchi Sun’iy intellekt laboratoriyasida tashkil etildi. Unda Namangan viloyati hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Shavkatjon Abdurazakov, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, mehnat faxriylari, ota-onalar va talabalar ishtirok etdi. Tantanali tadbirda so‘zga chiqqan Shavkatjon Abdurazakov yangi o‘quv yili boshlanishi bilan universitet jamoasi va talabalarni muborakbod etib, yoshlarning zamonaviy bilimlarni egallashi, ilm-fan va innovatsion faoliyatga keng jalb etilishi, hudud va mamlakat taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan malakali mutaxassislarni tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Tadbir davomida universitet mehnat faxriylari, ota-onalar va talabalar tomonidan yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan samimiy tilaklar bildirildi. So‘zga chiqqanlar universitetda ta’lim olish uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlarni e’tirof etib, yoshlarning puxta bilim va zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarni egallashi, kelgusida mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi muhimligini ta’kidladilar. Tadbir davomida yangi o‘quv yilida universitet oldida turgan vazifalar, professor-o‘qituvchilarning mas’uliyati, talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ta’lim va ilm-fan samaradorligini yanada oshirish masalalari alohida ta’kidlandi. Namangan davlat texnika universitetida yangi o‘quv yili ta’lim sifati, ilmiy izlanishlar, innovatsiyalar va yuqori natijalarga yo‘naltirilgan aniq maqsadlar bilan boshlandi. NamDTU rasmiy axborot kanallari: Web-site |  Telegram |   Instagram  | X Facebook |  YouTube |  LinkedIn |
3891011Loading...
🇺🇿 O‘zbekiston — “Yil mamlakati”: startap ekotizimi jadal rivojlanmoqda O‘zbekistonning startap ekotizimi xalqaro miqyosda yana bir yuqori natijani qayd etdi. StartupBlink Global Startup Ecosystem Index 2026 hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston startap ekotizimi o‘sish sur’ati bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi. Mamlakatning yillik ekotizim o‘sishi 227,3 foizni tashkil etgan. Mazkur natija asosida O‘zbekiston “Country of the Year 2026” — startap ekotizimi eng jadal rivojlanayotgan mamlakat sifatida e’tirof etildi. 📈 Global reytingdagi dinamika: — 2023-yil — 111-o‘rin — 2024-yil — 110-o‘rin — 2025-yil — 98-o‘rin — 2026-yil — 79-o‘rin Shunday qilib, so‘nggi uch yil davomida O‘zbekiston global reytingda 32 pog‘onaga yuqoriladi. Ayniqsa, Toshkent startap ekotizimidagi jadal o‘sish sur’ati bilan ajralib turibdi. Poytaxt bir yil davomida 155,7 foiz o‘sish qayd etib, global reytingda 121 pog‘onaga ko‘tarildi va 229-o‘rinni egalladi. Natijada Toshkent Markaziy Osiyodagi eng yuqori reytingga ega startap markaziga aylandi. Yana bir e’tiborli jihat — startap faolligi faqat poytaxt bilan cheklanib qolmayapti. Samarqand va Farg‘ona shaharlari ilk bor dunyoning TOP-1000 startap ekotizimlari qatoridan joy oldi. Hisobotda Markaziy Osiyo dunyodagi eng tez rivojlanayotgan startap submintaqasi sifatida qayd etilgan. Mintaqadagi ushbu o‘sishning asosiy drayverlari sifatida O‘zbekiston va Qozog‘iston ko‘rsatilgan. ✅ 227,3 foizlik o‘sish — shunchaki raqam emas. Bu mamlakatda startaplar, texnologik tadbirkorlik va innovatsion ekotizimni rivojlantirish borasidagi jarayonlar xalqaro reytinglarda ham o‘z aksini topayotganini ko‘rsatadi. ➡️ Manba: StartupBlink, Global Startup Ecosystem Index 2026. StartupBlink — Global Startup Ecosystem Index 2026 (https://lp.startupblink.com/report/?utm_source=chatgpt.com)
557009Loading...
🇺🇿 O‘zbekiston — “Yil mamlakati”: startap ekotizimi jadal rivojlanmoqda O‘zbekistonning startap ekotizimi xalqaro miqyosda yana bir yuqori natijani qayd etdi. StartupBlink Global Startup Ecosystem Index 2026 hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston startap ekotizimi o‘sish sur’ati bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi. Mamlakatning yillik ekotizim o‘sishi 227,3 foizni tashkil etgan. Mazkur natija asosida O‘zbekiston “Country of the Year 2026” — startap ekotizimi eng jadal rivojlanayotgan mamlakat sifatida e’tirof etildi. 📈 Global reytingdagi dinamika: — 2023-yil — 111-o‘rin — 2024-yil — 110-o‘rin — 2025-yil — 98-o‘rin — 2026-yil — 79-o‘rin Shunday qilib, so‘nggi uch yil davomida O‘zbekiston global reytingda 32 pog‘onaga yuqoriladi. Ayniqsa, Toshkent startap ekotizimidagi jadal o‘sish sur’ati bilan ajralib turibdi. Poytaxt bir yil davomida 155,7 foiz o‘sish qayd etib, global reytingda 121 pog‘onaga ko‘tarildi va 229-o‘rinni egalladi. Natijada Toshkent Markaziy Osiyodagi eng yuqori reytingga ega startap markaziga aylandi. Yana bir e’tiborli jihat — startap faolligi faqat poytaxt bilan cheklanib qolmayapti. Samarqand va Farg‘ona shaharlari ilk bor dunyoning TOP-1000 startap ekotizimlari qatoridan joy oldi. Hisobotda Markaziy Osiyo dunyodagi eng tez rivojlanayotgan startap submintaqasi sifatida qayd etilgan. Mintaqadagi ushbu o‘sishning asosiy drayverlari sifatida O‘zbekiston va Qozog‘iston ko‘rsatilgan. ✅ 227,3 foizlik o‘sish — shunchaki raqam emas. Bu mamlakatda startaplar, texnologik tadbirkorlik va innovatsion ekotizimni rivojlantirish borasidagi jarayonlar xalqaro reytinglarda ham o‘z aksini topayotganini ko‘rsatadi. ➡️ Manba: StartupBlink, Global Startup Ecosystem Index 2026. StartupBlink — Global Startup Ecosystem Index 2026 (https://lp.startupblink.com/report/?utm_source=chatgpt.com)
1000Loading...
MUHANDISLIK MAKTABIDA “KELAJAK SOATI” Bugun Namangan shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi+9
MUHANDISLIK MAKTABIDA “KELAJAK SOATI” Bugun Namangan shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-278-son qarori asosida tashkil etilgan zamonaviy muhandislik maktabida ilk muhim darslardan biri — “Kelajak soati” bo‘lib o‘tdi. Namangan davlat texnika universiteti rektori Oybek Ergashev tomonidan o‘tilgan dars “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida tashkil etildi. Yangi avlod muhandislarini tayyorlashga qaratilgan ushbu ta’lim maskanida o‘tkazilgan muloqotda yoshlarning bilim olishi, zamonaviy texnologiyalarni egallashi, muhandislik tafakkurini shakllantirishi hamda mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni haqida so‘z yuritildi. Bugun muhandislik maktabi o‘quvchilari oldida katta imkoniyatlar turibdi. Zamonaviy bilim, texnik tafakkur va amaliy ko‘nikmalarni uyg‘unlashtirgan holda ular kelajakda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan mutaxassislar bo‘lib yetishadi. Namangan davlat texnika universiteti Axborot xizmati
8551018Loading...
“Kelajak soati” — “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” Namangan davlat texnika universiteti+6
“Kelajak soati” — “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” Namangan davlat texnika universiteti rektori Oybek Ergashev Namangan shahridagi 96-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Kelajak soati” darsini o‘tdi. Dars “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida yoshlarning o‘rni va mas’uliyati, ta’lim orqali o‘z kelajagini belgilash masalalari muhokama qilindi. Rektor Oybek Ergashev o‘quvchilar bilan suhbatda bugungi davr yoshlaridan chuqur bilim, keng dunyoqarash va zamonaviy ko‘nikmalar talab etilayotganini ta’kidladi. Prezidentimizning Bilimlar kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigida qayd etilganidek, inson hayotida uchraydigan murakkab masalalarning yechimi va kelajakdagi muvaffaqiyatlarning asosiy omili bilim ekaniga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, o‘quvchilarning puxta bilim olishi bilan birga, kamida bitta zamonaviy kasb-hunarni egallashi, xorijiy tillar va zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishi bugungi kunning muhim talabi ekani qayd etildi. Namangan davlat texnika universiteti Axborot xizmati
7390012Loading...
Maktab ostonasidagi quvonch: “Prezident sovg‘alari” topshirildi Yangi 2026/2027-o‘quv yilida Namangan shahridagi 96-sonli umu+9
Maktab ostonasidagi quvonch: “Prezident sovg‘alari” topshirildi Yangi 2026/2027-o‘quv yilida Namangan shahridagi 96-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1-sinfiga qabul qilingan o‘quvchilar uchun unutilmas va quvonchli lahzalar tashkil etildi. Yurtimizda ezgu an’anaga aylangan “Prezident sovg‘alari”ni birinchi sinf o‘quvchilariga topshirish marosimi ushbu maktabda ham tantanali tarzda o‘tkazildi. Tadbir doirasida maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan jajji o‘quvchilarga 12 turdagi zarur o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘alari” topshirildi. “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etgan Namangan davlat texnika universiteti rektori Oybek Ergashev birinchi sinf o‘quvchilarini yangi hayot bosqichi bilan muborakbod etib, ularga kelgusidagi ta’lim jarayonida muvaffaqiyatlar tiladi. Namangan davlat texnika universiteti Axborot xizmati
4890012Loading...
Namangan davlat texnika universiteti rektori “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi 2026/2027-o‘quv yilining boshlanis+9
Namangan davlat texnika universiteti rektori “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan Namangan shahridagi 96-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” va Bilimlar kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Namangan davlat texnika universiteti rektori Oybek Ergashev, maktab jamoasi, o‘quvchilar va ota-onalar ishtirok etdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari, ustoz va murabbiylariga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Prezident tabrigida qayd etilganidek, bu yil mamlakatimiz bo‘ylab 800 ming nafarga yaqin o‘g‘il-qizlar katta orzu-intilishlar bilan ilk bor maktab ostonasiga qadam qo‘ymoqda. Yangi o‘quv yili mamlakatimiz ta’lim tizimida yangi ma’rifiy yuksalish yili bo‘lishi, yoshlarning puxta bilim bilan bir qatorda zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi uchun barcha imkoniyatlar yaratilishi alohida ta’kidlangan. Tadbirda so‘zga chiqqan Namangan davlat texnika universiteti rektori Oybek Ergashev o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan qutlab, Prezidentimiz tomonidan yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor va yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, bugungi kunda yoshlarning chuqur bilim olishi, zamonaviy texnologiyalarni egallashi, mustaqil fikrlashi va o‘z kelajagini puxta rejalashtirishi muhim ekanligi qayd etildi. Namangan davlat texnika universiteti Axborot xizmati
5000010Loading...