NamDTU • NamSTU • НамГТУ
Open in Telegram
Namangan davlat texnika universitetining rasmiy telegram kanali Official Telegram channel of Namangan State Technical University Официальный Telegram-канал Наманганского государственного технического университета
Show more5 874
Subscribers
+11024 hours
+4497 days
+1 16830 days
Data loading in progress...
Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+548
in 47 channels
August '26
+877
in 52 channels
Get PRO
July '26
+251
in 55 channels
Get PRO
June '26
+90
in 50 channels
Get PRO
May '26
+296
in 88 channels
Get PRO
April '26
+233
in 77 channels
Get PRO
March '26
+170
in 94 channels
Get PRO
February '26
+180
in 77 channels
Get PRO
January '26
+195
in 43 channels
Get PRO
December '25
+209
in 56 channels
Get PRO
November '25
+268
in 21 channels
Get PRO
October '25
+190
in 22 channels
Get PRO
September '25
+566
in 127 channels
Get PRO
August '25
+714
in 14 channels
Get PRO
July '25
+262
in 37 channels
Get PRO
June '25
+114
in 25 channels
Get PRO
May '25
+238
in 65 channels
Get PRO
April '25
+3 247
in 72 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 09 September | +23 | |||
| 08 September | +54 | |||
| 07 September | +112 | |||
| 06 September | +100 | |||
| 05 September | +39 | |||
| 04 September | +118 | |||
| 03 September | +44 | |||
| 02 September | +51 | |||
| 01 September | +7 |
Channel Posts
+1
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️
KETMA-KET IKKI TANLOV. NAMANGAN BO‘YICHA YANA FAQAT NAMDTU!
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkil etilgan “Akademik harakatchanlik” dasturining 2026-yilgi 2-bosqichi natijalari e’lon qilindi. Mazkur bosqichda respublika bo‘yicha 65 nafar tadqiqotchining loyihasi yuqori natija qayd etib, g‘oliblar safidan joy oldi.
Ular orasida Namangan davlat texnika universitetining ikki nafar doktoranti — Muxammetshina Elmira Talgatovna va Toxirova Maftuna Umidjon qizi ham bor.
Namangan viloyati bo‘yicha ikki nafar g‘olibning ikkalasi ham NamDTU doktorantlaridir.
E’tiborlisi, bu ko‘rsatkich ketma-ket ikkinchi bosqichda qayd etilmoqda. Dastur doirasidagi so‘nggi ikki natijada viloyat nomidan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan barcha tadqiqotchilar aynan NamDTU vakillari bo‘ldi.
Bu esa universitetning hududdagi ilmiy-tadqiqot salohiyati, doktorantlar faoliyati va ilmiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi izchil ishlar o‘z samarasini berayotganini ko‘rsatadi.
Ikki bosqich. Ikki nafar yangi g‘olib. Namangan bo‘yicha yana NamDTU.
Universitetimiz doktorantlarini ushbu munosib natija bilan muborakbod etamiz!
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedIn
| 2 | Intellektual mulk muhofazasiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
Namangan davlat texnika universitetida professor-o‘qituvchilar va doktorantlar ishtirokida intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Unda universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Muxammadjon Dadamirzayev, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazi direktori Bahodir Sa’dullayev, direktor o‘rinbosari Sunnatulla Rahmonov, viloyat Adliya boshqarmasi vakillari hamda universitetning “Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi” rahbari Dilshod Abduvaxobov qatnashdi.
Seminarda “Ixtiro talabnomasida analog va eng yaqin analog tushunchasi” mavzusida ixtiro talabnomasini rasmiylashtirish, analoglarni aniqlash va intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilishning muhim jihatlari tushuntirildi.
Shuningdek, universitet huzurida tashkil etilgan “Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi” faoliyati, uning yo‘lga qo‘yilgan ishlari va innovatsion faoliyatni rivojlantirishdagi vazifalari haqida ma’lumot berildi.
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedIn | 574 |
| 3 | Talabalar turar joyida — faol hayot va sog‘lom avlod sari!
Namangan davlat texnika universitetining talabalar turar joylarida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jismoniy faolligini oshirish maqsadida muntazam ravishda vorkaut va sport mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.
Mashg‘ulotlarda talabalar faol ishtirok etib, jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash va sportga bo‘lgan qiziqishini namoyon etmoqda.
Muntazam jismoniy mashg‘ulotlar salomatlikni mustahkamlash, intizom va iroda sifatlarini rivojlantirish, shuningdek, yoshlarning faol hayot tarzini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
NamDTUda talabalar salomatligi va faol hayot tarzini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedIn | 953 |
| 4 | 1-sonli talabalar turar joyida tong sport bilan boshlandi
Namangan davlat texnika universitetining 1-sonli talabalar turar joyida “Sport va salomatlik kuni” doirasida talabalar uchun jismoniy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Ertalabki mashg‘ulotlarda talabalar faol qatnashib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligini oshirish bilan birga, kunni serharakat va mazmunli boshladilar.
Talabalar turar joylarida bunday sport mashg‘ulotlarining muntazam tashkil etilishi yoshlarning sog‘lom turmush tarziga amal qilishi, jismoniy faolligini oshirishi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishida muhim ahamiyat kasb etadi.
NamDTUda sog‘lom turmush tarzi — talaba hayotining ajralmas qismi.
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedIn | 1 086 |
| 5 | NamDTUda “Sport va salomatlik kuni”
Namangan davlat texnika universitetining 3-sonli talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar ishtirokida “Sport va salomatlik kuni” tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalar ertalabki badantarbiya va jismoniy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etib, kunni sport va harakat bilan boshladilar.
Mazkur tadbir talabalarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratildi.
Sog‘lom turmush tarzi — kundalik hayotimizning muhim qismi.
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedIn | 1 092 |
| 6 | 🩵🩵🩵💙💙💙
TABAQALASHTIRILGAN (super) KONTRAKT UCHUN ARIZA BERISHINGIZ MUMKIN!
Tabaqalashtirilgan (super) kontrakt asosida tahsil olish istagida bo‘lgan abituriyentlar uchun ariza topshirish imkoniyati mavjud.
Ariza topshirish uchun pasportingiz bilan kelishingizning o‘zi kifoya.
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedIn | | 431 |
| 7 | Qurilish fakultetida dual ta’limni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
Namangan davlat texnika universiteti Qurilish fakulteti hamda O‘zbekiston standartlar instituti Namangan filiali —“UzTest” o‘rtasida talabalar ta’limini amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Hamkorlik doirasida Qurilish fakultetining Qurilish muhandisligi hamda Shahar qurilishi ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun 4+2 modeli asosida dual ta’limni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi va tomonlar o‘rtasida tegishli hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Kelishuvga muvofiq, talabalar o‘quv jarayonining nazariy qismini universitetda olib borish bilan birga, “UzTest” Namangan filialida amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etadi.
Uchrashuv davomida hamkorlikning keyingi yo‘nalishlari, jumladan, soha mutaxassislarini ta’lim jarayoniga jalb etish, amaliy mashg‘ulotlarni ishlab chiqarish jarayonlari bilan integratsiya qilish hamda talabalarni real ish muhitiga tayyorlash masalalari muhokama qilindi. | 1 429 |
| 8 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlandi
Qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun ushbu yuksak mukofotni davlatimiz rahbariga Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich topshirdi.
Davlatimiz rahbari yuksak mukofot uchun chuqur minnatdorlik bildirib, uni Serbiya xalqining O‘zbekistonga bo‘lgan yuksak hurmati, mustahkamlanib borayotgan do‘stlik va ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan qatʼiy intilish ramzi sifatida qabul qilishini taʼkidladi.
❗️Maʼlumot uchun: Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni mamlakatning oliy davlat mukofotlaridan biri bo‘lib, xorijiy davlatlarning taniqli arboblariga xalqlar o‘rtasida tinchlik, hamkorlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlash hamda Serbiya Respublikasi bilan do‘stona aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun beriladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 1 246 |
| 9 | TALABALAR BILAN OCHIQ MULOQOT: MUAMMOLAR, IMKONIYATLAR VA YANGI LOYIHALAR
Namangan davlat texnika universitetida talaba yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda mavjud muammolariga yechim topishga qaratilgan uchrashuvlar davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuv Iqtisodiyot hamda Biznesni boshqarish fakultetlari talabalari bilan tashkil etildi.
Unda universitet rektorining maslahatchisi G‘.Xusanov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Ergashev, universitet psixologlari A.Fayzullayev va F.Sharipova, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi O.Nazirova ishtirok etdi.
Muloqot davomida talabalarga darsdan keyingi bo‘sh vaqtni samarali tashkil etish, turli loyihalarda faol ishtirok etish, tanlov va tadbirlardan unumli foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, talabalarni qiynayotgan ijtimoiy va psixologik masalalar yuzasidan fikr almashilib, ularni hal etishning amaliy yo‘llari muhokama qilindi. | 1 641 |
| 10 | Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi
Namangan davlat texnika universitetida 2026/2027-o‘quv yilida xotin-qizlar bilan ishlashni tizimli tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda rektorning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi O.Nazirova, 9 ta fakultet dekan maslahatchilari hamda universitet psixologi ishtirok etdi. Shuningdek, Zoom platformasi orqali o‘tkazilgan yig‘ilishda vazir maslahatchisi Dildora Solixujayeva ishtirokchilar bilan yangi o‘quv yilidagi ustuvor vazifalarni muhokama qildi.
Yig‘ilishda talaba-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish, ijtimoiy faolligini oshirish, psixologik ko‘mak va manzilli ishlashni kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Shuningdek, rektor maslahatchisi, fakultet dekan maslahatchilari va universitet psixologi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha kelishib olindi.
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedIn | 1 532 |
| 11 | “KELAJAK SOATI”: TALABALARNING KASBIY RIVOJIGA E’TIBOR
Namangan davlat texnika universiteti Energetika fakultetida 1-bosqich talabalari ishtirokida “Kelajak soati” mashg‘uloti tashkil etildi.
Unda fakultet yoshlar ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari dotsent N.Mahmudov va guruh tyutori M.Boyjonov ishtirok etdi.
Mashg‘ulot davomida talabalarga oliy ta’lim jarayonidan samarali foydalanish, tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha zarur bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatga jalb etilish, xorijiy tillarni o‘rganish hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, talabalar bilan kelgusidagi maqsadlari, kasbiy rivojlanish istiqbollari va zamonaviy mehnat bozori talablariga mos kompetensiyalarni shakllantirish masalalari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedIn | 1 504 |
| 12 | NAMANGAN 2 QIROL SEJONG MARKAZIGA QABUL BOSHLANDI! 🇰🇷
Koreys tilini noldan o‘rganishni xohlaysizmi? Unda Namangan 2 Qirol Sejong Markazining 2026-yil 2-semestr koreys tili kurslariga taklif etamiz!
📚 Sejong Koreys tili 1A kurslari:
🔹 1-guruh — dushanba, chorshanba, juma | 10:00–12:00
🔹 2-guruh — dushanba, chorshanba, juma | 13:00–15:00
🔹 3-guruh — dushanba, chorshanba, juma | 15:00–17:00
📅 Muhim sanalar:
• Onlayn ro‘yxatdan o‘tish — 16-sentabrgacha
• Markazga tashrif buyurib ariza topshirish va to‘lov — 19-sentabrgacha
• O‘quv davri — 21-sentabr – 21-dekabr
• Yakuniy imtihon va sertifikat topshirish — 23-dekabr
🎓 Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan va belgilangan talablarni bajargan tinglovchilarga Qirol Sejong instituti sertifikati beriladi.
🌐 Ro‘yxatdan o‘tish:
Google Form orqali anketa to‘ldirish
📌 Eslatma: Koreys tilini avval o‘rganganlar darajasini aniqlash testi orqali mos guruhga joylashtiriladi. 15 yoshga to‘lmaganlar hujjat topshira olmaydi.
📍 Manzil: Namangan muhandislik-qurilish instituti bosh binosi, 1-qavat (Do‘stlik bozori yaqinida)
🕙 Ish vaqti: 10:00–17:30
☎️ Murojaat uchun: +998 50 874 55 00
📧 namangankr@gmail.com
🇰🇷 Koreys tilini o‘rganish va yangi imkoniyatlarga tayyorgarlikni bugundan boshlang!
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedIn | | 1 954 |
| 13 | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Belgrad shahriga keldi.
Prezidentimiz tashrifi sharafiga Serbiya poytaxtidagi “Kula Belgrade” osmono‘par binosi O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritildi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 1 531 |
| 14 | #korrupsiya
🔻Korrupsiya dastlab senga nimadirlar berishi mumkin ammo yakunda...
↪️U sendan eng kerakli narsalaringni tortib oladi!
Biz korrupsiyaga qarshimiz! Sizchi?
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram | 1 501 |
| 15 | #kontrakt #shartnoma
Barcha talabalar diqqatiga (1-kurslar ham)❗️
To‘lov shartnomasini olish uchun onlayn ariza yuborish
🖥 Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn ariza yuboring!
Arizalar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi.
Tasdiqlangan shartnomani yuklab olib, belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingiz so‘raladi.
Ma’lumot uchun, shartnoma uchun arizalarni “KONTRAKT EDU” mobil ilovasi orqali ham yuborish mumkin.
Ilovani yuklab olish:👇
📲 iOS uchun 📲 Android uchun
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram | 1 542 |
| 16 | Namangan davlat texnika universitetida “Tanishtiruv haftaligi”
Universitetga yangi qadam qo‘ygan 1-bosqich talabalarini oliy ta’lim muhitiga moslashtirish, ularni mavjud imkoniyatlar va zamonaviy infratuzilma bilan yaqindan tanishtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
“Tanishtiruv haftaligi” doirasida Qurilish fakultetining 1-bosqich talabalari universitetning Sun’iy intellekt laboratoriyasi bilan yaqindan tanishtirildi.
Tashrif davomida talabalarga laboratoriyaning faoliyat yo‘nalishlari, sun’iy intellekt asosidagi zamonaviy texnologiyalar, amaliy loyihalar, robototexnika va innovatsion ishlanmalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Laboratoriyada mavjud texnologik imkoniyatlar va amaliy jarayonlar namoyish etildi.
Ayniqsa, sun’iy intellekt texnologiyalarining qurilish, muhandislik va ishlab chiqarish jarayonlaridagi amaliy qo‘llanilishi bo‘yicha tushunchalar berilgani talabalar uchun muhim bo‘ldi.
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedIn | | 1 838 |
| 17 | QOIDA EMAS. MADANIYAT.
#05 | VAQT MADANIYATI
Universitet hayotida hamma narsaning o‘z vaqti bor.
⏰ Dars.
🤝 Uchrashuv.
📌 Topshiriq.
🎓 Tadbir.
Bir necha daqiqa kim uchundir oddiy tuyulishi mumkin.
Ammo ta’lim jarayonida vaqt — umumiy resurs.
O‘z vaqtida kelish — faqat soatga qarash emas.
Bu o‘z vaqtingizni ham, boshqalarning vaqtini ham qadrlash.
Vaqtga munosabat — munosabatning o‘zi.
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedIn | | 1 684 |
| 18 | #UzbekGiftContest #dizaynerlar #rassomlar #ijodkorlar #tanlov
Turizm qo‘mitasi tomonidan “Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda
Tanlovning mazkur bosqichida dizaynerlar, rassomlar va ijodkorlar 25 ta hunarmandchilik yo‘nalishi bo‘yicha turistlar uchun ixcham, jozibador va hamyonbop sovg‘a mahsulotlari eskizi va dizayn g‘oyasini taqdim etishlari kerak bo‘ladi.
Har bir ishtirokchi bir vaqtda barcha yo‘nalishda qatnashishi mumkin.
10 nafar g‘oliblarning har biri 12,5 mln so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
➡️Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: https://forms.gle/h3XKYkwsjByRDHAa8
♾️Arizalar 21-sentyabrga qadar qabul qilinadi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/uzbektourism/news/view/209250
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram | 1 498 |
| 19 | Rektorning rasmiy Instagram sahifasiga obuna bo‘ling!
Namangan davlat texnika universiteti rektori Oybek Ergashevning Instagram sahifasida universitet hayoti, muhim yangiliklar, uchrashuvlar va ta’lim sohasidagi jarayonlar haqida muntazam ma’lumotlar berib boriladi.
📲 Sahifaga obuna bo‘ling va yangiliklardan boxabar bo‘ling!
🔗 Instagram | 1 |
| 20 | YANGI KUN. YANGI NIGOH. YANGI INTILISH. YANGI NATIJALAR SARI…
Har tong — yangi imkoniyat.
Har qadam — yangi tajriba.
Har intilish — yangi marralar sari yo‘l.
Bugun auditoriyalarda yangi bilimlar, laboratoriyalarda yangi izlanishlar, yoshlar qalbida esa ulkan orzu va maqsadlar uyg‘onmoqda.
Vaqt yangilanmoqda.
Maqsadlar yuksalmoqda.
Izlanish, taraqqiyot va natijaga bo‘lgan ishonch esa yanada mustahkamlanmoqda.
Bugun — kechagidan bilimliroq, kuchliroq va qat’iyatliroq bo‘lish uchun yana bir imkoniyat.
Yangi kuningiz ilhom, g‘oya, izlanish va yutuqlarga boy bo‘lsin!
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedIn | | 1 838 |
