en
Feedback
Ahmad Ali Dilmurod

Ahmad Ali Dilmurod

Open in Telegram

Ahmad Ali Dilmurod ijodiy sahifasi. Kanalda siz muallif she’rlari va hikoyalarini o’qishingiz mumkin.

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
6 366
Subscribers
+1 00124 hours
+1637 days
-10 34630 days
Posts Archive
*** o'zim haqimda hech nima degim yo'q. sen borsan-ku! 2025 @ahmadali_writer

*** "ko'zdan kechiring" deganingda oxirini o'qib mendan "kechirim" so'rayaptimi, debman aslida, bundan avval kechirim ham so'rading, men sendan xafa emasman-ku, jahlim ham chiqmadi, "kechirim so'rama, shart emas" deyman, ammo o'ylab qolaman, inson nega bir-biridan kechirim so'raydi? yaxshi ko'rganidanmi... 2025 @ahmadali_writer

*** mashinam buzilsa, yo'lda tashlab piyoda ketaman yoshbola bo'lmadim narx balandlik qilsa, boshqa sotuvchiga boraman yoshbola bo'lmadim gapirgim kelmasa gapirmayman qaragim kelmasa qaramayman kulmayman kulmayman yoshbola bo'lmadim yolg'on boshlansa eshitmayman oxirigacha nima deyishingni bilsam eshitmayman oxirigacha eshitgim kelmasa eshitmayman oxirigacha nega seni eshitishim kerak? nega seni eshitishim kerak? yoshbola bo'lmadim tushunsam bahslashib o'tirmayman tushunsang bahslashib o'tirmayman sog'inmayman kutmayman "qachon kelasan?" demayman seni yaxshi ko'raman yoshbola bo'lmadim. 2025 @ahmadali_writer

*** bahorning ilk kunlari, xususan, men tongda ishga ketmoqdaman osmondagi qushlarga qarab p.s. seni yaxshi ko'raman. yozning jazirama issig'i men yerga boqaman suv xohlaydi tanam tomoqlarim qurib qoladi p.s. seni yaxshi ko'raman kuz yomg'iri, menga endi sariq ranglar yoqmaydi men ishga tezroq borishim kerak p.s. seni yaxshi ko'raman men qorni eshikni ochib ko'raman yo'lning loyligi bilinmaydi bugun p.s. seni yaxshi ko'raman 2025 @ahmadali_writer

*** senga yozib o'zim bilan o'zim gaplashdim. 2025 @ahmadali_writer

*** o'chib ketadi yozganing o'chib ketadi yozganing ha, o'chib ketadi yozganing! mana, men aytyapman o'chib ketadi yozganing! bugun o'chib ketadi, ertaga o'chib ketadi, yo'q, o'chib ketadi yozganing ha, o'chib ketadi yozganing o'zing o'chirasan kanal o'chiradi bu siyoh emas o'chib ketadi yozganing! bu qon emas o'chib ketadi yozganing menga desa yig'lamaysanmi menga desa yig'lamaysanmi menga desa yig'lamaysanmi deb yig'layman o'chib ketadi yozganing yo'q, o'chib ketadi yozganing ha, o'chib ketadi yozganing qolsa, faqat yaxshi ko'rganing qoladi qolsa, faqat yaxshi ko'rishing qoladi, yaxshi ko'rishing qoladi faqat menga desa yig'lamaysanmi o'chib ketadi yozganing. 2025 @ahmadali_writer

*** yaxshi ko'raman, desam demak yaxshi ko'raman sevaman, desam demak sevaman ko'rishaman, desam demak ko'rishaman ko'risha olmayman, desam demak ishim chiqib qolgan bo'ladi do'stimsan, desam demak do'stimsan tanimayman, desam demak tanimayman sabr qil, desam demak sabr qilishing kerak, termulib tursam demak termulib turgan bo'laman, kutsam, demak sabr qilyapman ammo, ko'p kuta olmayman yaxshi ko'rsam, yaxshi ko'raman deyman kutsam, demak sabr qilyapman ammo ko'p kuta olmayman, chunki yolg'onni yomon ko'raman va kutishni shuning uchun, yaxshi ko'raman, desam doim yaxshi ko'rayotgan bo'laman yolg'onni esa yomon ko'raman va kutishni bog'cha paytimdan beri yomon ko'raman... 2025 @ahmadali_writer

*** qachon kelasan? sen meni kutmading, o'zingni kutding qachon kelasan? sendan so'ramadim-ku, sendan so'ramadim-ku qachon kelasan? yo'ling yo'q, soatim yo'q, men seni kutmadim, o'zimni kutdim qachon kelasan? bular nega aldaydi? insonlar nega ko'p? insonlar nega arzon? qachon kelasan? bu meni asabimga tegmayapti men erkakman mening vaqtim yo'q qachon kelasan? keyin ko'rdim keyin tushundim indamadim qachon kelasan, men seni kutmadim. 2025 @ahmadali_writer

*** uchta yulduz qo'ydim otam yoziqqa aylandi. 2025 @ahmadali_writer

*** bir ko'rganda taniyman seni. faqat, sodir bo'lmayapti bir ko'rish. 2025 @ahmadali_writer

*** bolalik chog'im ishonardim inson parvoziga. qaniydi, yana ishonsam. 2025 @ahmadali_writer

*** insonlarga otalar kerak, qaramaslik uchun, ko'rmaslik uchun, qarab turib ko'rmaslik uchun tong otganda "xayrli tong" tilamaslik uchun har kim o'zining ishi bilan ko'chaga chiqib ketishi uchun insonga otalar kerak savdolashish sotib olmaslik, narx so'rash, arzonlatish, baribir sotib olmaslik uchun insonga otalar kerak, kutmaslik, taklif qilish va taklifni o'z kuchida qoldirmaslik uchun insonga otalar kerak dunyo "ro'yxatida" yozilmagandek borligingni qadamda bildirish uchun baribir yashash uchun baribir yashash uchun insonga otalar kerak. 2025 @ahmadali_writer

*** insonga qaytib kelish mumkin - inson shunaqa. bechora inson baxtli inson kulgan inson - qaytib kelganingga ham xursand bo'ladi u. "nega ketganding?" demaydi, urushmaydi, gullarni qurutmaydi, kapalakni tomosha qiladi, yo'lni supurib turadi. insonga qaytib kelish mumkin - bechora inson, "qayerga ham" borardi. bir bechora qaytib keladi. boshqa bechora qaytganiga xursand bo'ladi. inson shunaqa - gullarni qurutmaydi, yo'lni supurib turadi. 2025 @ahmadali_writer

*** soatim yo'q yoningga necha soat kech qolayotganimni bilmayman. o'zimga qolsa kech qolmasdim o'zimga qolsa soatim bo'lardi. 2025 @ahmadali_writer

*** nima qilmoqchi ekanim esimdan chiqdi, keyin yoningga bordim. 2025 @ahmadali_writer

*** kanalni o'chirish. ko'ngilni o'chirish. insonni o'chirish. sevgini o'chirish. xotirani o'chirish. faqat birinchisini qila olaman. faqat birinchisi. 2025 @ahmadali_writer

*** suratingni o'chirib yubordim. yo'q, hech nima demoqchi emasman, ishora emas bu, ketdingmi, ketmadingmi tushunmadim. suratingni o'chirib yubordim. yo'q, men bilmayman inson nechtasini sevishi mumkin yo'q, men bilmayman bir - bu sensanmi? yo'q, men bilmayman yana sevamanmi suratingni o'chirib yubordim, bu oson emas edi - nima oson bo'lgan o'zi? ketdingmi, ketmadingmi, bilmadim agar... nimadir bo'lsa, suratingni o'chirib yubordim, agar... nimadir bo'lsa, shuni eslayman birinchi - men suratingni o'chirib yubordim. 2025 @ahmadali_writer

*** sen ona bo'lmoqchimiding? turmush qurib, to'qqiz oydan keyin, ona bo'lmoqchimiding? kimdan? qanday? qanday qilib? sen ona bo'lmoqchimiding? inson bo'lganing yetmaydimi? g'olib bo'lib - g'olib bo'lmoqchimiding? rahbar bo'lmoqchimiding? xodim? tadbirkor? quruvchi? oshpaz? ovqat qilishni bilmaydigan sen ona bo'lmoqchimiding? kim aytdi senga buni? kim aytdi shunday qilsa bo'lishini? mumkin ishlarni qilasanmi? kimsan sen? nimasan? sen mumkin ishlarni qilasanmi? sen ona bo'lmoqchimiding? men dilmurod bo'lmoqchi edim. 2025 @ahmadali_writer

*** kulma ular haqiqiy odam emas kulma ular ataylab qilyapti kulma kulib o'tirma kulma - kulgili emas. kulma vaqt bo'ldi soat olti bo'ldi kulma! mashina qizdir mashina bor mashina yo'q rulda o'tirib kulma insonlar ko'p insonlar bor insonlar o'lmoqda insonlar tug'ilmoqda odamlar haqiqiy emas kulma. kulma qarash mumkin emas qarash mumkin emas hammasi tushunarsiz hammasi yosh hammasi bor kulma osmon bor bulut bor yomg'ir bor mashina qizdir kulma gazni bos kulma. kulma kech bo'ldi shom kiradi hozir odamlar haqiqiy emas kulma. ishonmaysan hotirjam bo'lmaysan tinchimaysan kulma. qaytadan o'qib chiqmaysan tahrirlamaysan to'liq bittada o'tirib yozolmaysan hotirjam tinch uyda bittada yozolmaysan vaqting bo'lganda kirib fikring chalg'ib yozasan kulma. qarash mumkin emas odamlar haqiqiy emas shuni bittada yozolmaysan kulma. 2025 @ahmadali_writer

*** seni tushimda ko'rganimga boshqa narsani bahona qilib yig'lab oldim. 2025 @ahmadali_writer