Ahmad Ali Dilmurod
الذهاب إلى القناة على Telegram
Ahmad Ali Dilmurod ijodiy sahifasi. Kanalda siz muallif she’rlari va hikoyalarini o’qishingiz mumkin.
إظهار المزيدلم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
6 362
المشتركون
-524 ساعات
+1577 أيام
-17 33230 أيام
أرشيف المشاركات
6 362
***
sen bilan bo'lgan suhbatimiz:
men senga uzoq termuldim.
sen ham menga
uzoq termulding.
keyin men tabassum qildim
sen ham
tabassum qilding.
keyin biroz g'amgin tortdim
(ba'zi narsalarni o'ylab)
sen ham keyin g'amgin tortding
biz yana
bir-birimizga
uzoq termulishda
davom etdik...
shunday bo'ldi bizning
suhbatimiz.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 362
#kitob
bugun nashrga tayyorlash ishlari boshlandi, kitobga qiziqqanlar kanalga ulanib qo`ying, jarayon haqida postlar yozib boraman.
tez kunda: «dilm» kitobi
6 362
#kitob
bugun nashrga tayyorlash ishlari boshlandi, kitobga qiziqqanlar kanalga ulanib qo'ying, jarayon haqida postlar yozib boraman.
tez kunda: «dilm» kitobi
6 362
***
sen meni
beqaror
deysan
sen meni
erkin emassan
deysan
sen meni
qo'rqoq
deysan
sen meni
balandparvoz
deysan
sen meni
maqtanchoq
deysan
sen meni
dimog'dor
deysan
sen meni
tushunarsiz
deysan
sen meni
g'alati
deysan
sen meni
odamovi
deysan
sen meni
adashgan
deysan
sen meni
qaysar
deysan
sen meni
irodasiz
deysan
lekin
baribir
meni yaxshi ko'rasan
men esa
shundayligimcha qolaman
o'zgarsam, sevmay qo'yasan deb qo'rqib.
@ahmadali_writer
6 362
***
indamay sayr qilishga nima deysan?
men hali ham seni yaxshi ko'ramanmi?
sayr qilib, shular haqida
gaplashishga nima deysan?
qaytishda esa, kim ko'proq
xato qilgani haqida
kulishib gaplashishimiz mumkin.
"qaytamizmi o'zi?"
indamay sayr qilishga
nima deysan?
baxtli bo'lishga vaqting bormi?
nega insonlar bunaqa?
ular qayerga ketmoqda?
indamay sayr qilishga
nima deysan?
yig'lamay sayr qilishga nima deysan?
qaytishda esa,
seni hali ham
yaxshi ko'rishim haqida
gaplashamiz...
biz qaytamizmi o'zi?
qaytmasak,
"ular baxtli bo'ldi" deb
qayerga yozib qo'yishsin?
qaytmaslikka nima deysan?
menga yana nima deysan?
"ataylab qildi"
deb o'ylaysanmi?
qachon birga bo'lamiz?
qachon kech qolgan bo'lamiz?
kim ko'proq xato qildi?
nega seni yaxshi ko'raman?
"hammasini men rasvo qildim"
"ataylab qildi"
deb o'ylaysanmi?
indamay,
gaplashmay,
sayr qilishga nima deysan?
@ahmadali_writer
6 362
***
gaplarni eshitib jilmayish mumkin.
gaplarni eshitib...
o'ylab qolish mumkin
xayol kelishi
holatlarni eslashing
insonlarni eslashing
xotirani eslashing
"sen ham bor bo'lgansan-ku"
"sen ham yo'q bo'lasan-ku"
gaplarni eshitib o'rningdan turib ketish mumkin
eshitishni xohlamasliging
osmonga qarashni xohlashing
osmonni eshitging kelishi
gaplarni eshitib ovozni pasaytirish mumkin
gaplarni eshitib...
"sen ham chaqaloq bo'lgansan-ku"
gaplarni eshitib
jahling chiqishi mumkin
sovuq ter bosishi
soching tikka bo'lishi
hotirjam bo'lishing
"ular adashyapti"
"ularga vaqt berish kerak"
gaplarni eshitib...
"yo'q, yozuvchi xulosa chiqarmaydi"
"yozuvchi aql o'rgatmaydi"
unda men ketdim
osmonga qaragani.
2025
@ahmadali_writer
6 362
***
"ko'zdan kechiring" deganingda
oxirini o'qib
mendan "kechirim" so'rayaptimi, debman
aslida, bundan avval kechirim ham so'rading,
men sendan xafa emasman-ku,
jahlim ham chiqmadi,
"kechirim so'rama, shart emas" deyman,
ammo o'ylab qolaman,
inson nega bir-biridan kechirim so'raydi?
yaxshi ko'rganidanmi...
2025
@ahmadali_writer
6 362
***
mashinam buzilsa, yo'lda tashlab piyoda ketaman
yoshbola bo'lmadim
narx balandlik qilsa, boshqa sotuvchiga boraman
yoshbola bo'lmadim
gapirgim kelmasa
gapirmayman
qaragim kelmasa
qaramayman
kulmayman
kulmayman
yoshbola bo'lmadim
yolg'on boshlansa
eshitmayman oxirigacha
nima deyishingni bilsam
eshitmayman oxirigacha
eshitgim kelmasa
eshitmayman oxirigacha
nega seni eshitishim kerak?
nega seni eshitishim kerak?
yoshbola bo'lmadim
tushunsam
bahslashib o'tirmayman
tushunsang
bahslashib o'tirmayman
sog'inmayman
kutmayman
"qachon kelasan?" demayman
seni yaxshi ko'raman
yoshbola bo'lmadim.
2025
@ahmadali_writer
6 362
***
bahorning ilk kunlari,
xususan, men tongda
ishga ketmoqdaman
osmondagi qushlarga qarab
p.s. seni yaxshi ko'raman.
yozning jazirama issig'i
men yerga boqaman
suv xohlaydi tanam
tomoqlarim qurib qoladi
p.s. seni yaxshi ko'raman
kuz yomg'iri,
menga endi sariq ranglar yoqmaydi
men ishga
tezroq borishim kerak
p.s. seni yaxshi ko'raman
men qorni
eshikni ochib ko'raman
yo'lning loyligi
bilinmaydi bugun
p.s. seni yaxshi ko'raman
2025
@ahmadali_writer
6 362
***
o'chib ketadi yozganing
o'chib ketadi yozganing
ha, o'chib ketadi yozganing!
mana, men aytyapman
o'chib ketadi yozganing!
bugun o'chib ketadi,
ertaga o'chib ketadi,
yo'q, o'chib ketadi yozganing
ha, o'chib ketadi yozganing
o'zing o'chirasan
kanal o'chiradi
bu siyoh emas
o'chib ketadi yozganing!
bu qon emas
o'chib ketadi yozganing
menga desa yig'lamaysanmi
menga desa yig'lamaysanmi
menga desa yig'lamaysanmi deb yig'layman
o'chib ketadi yozganing
yo'q, o'chib ketadi yozganing
ha, o'chib ketadi yozganing
qolsa, faqat yaxshi ko'rganing qoladi
qolsa, faqat yaxshi ko'rishing qoladi,
yaxshi ko'rishing qoladi faqat
menga desa yig'lamaysanmi
o'chib ketadi yozganing.
2025
@ahmadali_writer
6 362
***
yaxshi ko'raman, desam demak yaxshi ko'raman
sevaman, desam demak sevaman
ko'rishaman, desam demak ko'rishaman
ko'risha olmayman, desam demak ishim chiqib qolgan bo'ladi
do'stimsan, desam demak do'stimsan
tanimayman, desam demak tanimayman
sabr qil, desam demak sabr qilishing kerak,
termulib tursam demak termulib turgan bo'laman,
kutsam, demak sabr qilyapman
ammo, ko'p kuta olmayman
yaxshi ko'rsam, yaxshi ko'raman deyman
kutsam, demak sabr qilyapman
ammo ko'p kuta olmayman,
chunki yolg'onni yomon ko'raman
va kutishni
shuning uchun, yaxshi ko'raman, desam doim yaxshi ko'rayotgan bo'laman
yolg'onni esa yomon ko'raman
va kutishni
bog'cha paytimdan beri yomon ko'raman...
2025
@ahmadali_writer
6 362
***
qachon kelasan?
sen meni kutmading,
o'zingni kutding
qachon kelasan?
sendan so'ramadim-ku,
sendan so'ramadim-ku
qachon kelasan?
yo'ling yo'q,
soatim yo'q,
men seni kutmadim,
o'zimni kutdim
qachon kelasan?
bular nega aldaydi?
insonlar nega ko'p?
insonlar nega arzon?
qachon kelasan?
bu meni asabimga tegmayapti
men erkakman
mening vaqtim yo'q
qachon kelasan?
keyin ko'rdim
keyin tushundim
indamadim
qachon kelasan,
men seni kutmadim.
2025
@ahmadali_writer
6 362
***
insonlarga otalar kerak,
qaramaslik uchun,
ko'rmaslik uchun,
qarab turib ko'rmaslik uchun
tong otganda "xayrli tong"
tilamaslik uchun
har kim o'zining ishi bilan
ko'chaga chiqib ketishi uchun
insonga otalar kerak
savdolashish
sotib olmaslik,
narx so'rash,
arzonlatish,
baribir sotib olmaslik uchun
insonga otalar kerak,
kutmaslik,
taklif qilish va taklifni o'z kuchida qoldirmaslik uchun
insonga otalar kerak
dunyo "ro'yxatida" yozilmagandek
borligingni qadamda bildirish uchun
baribir yashash uchun
baribir yashash uchun
insonga otalar kerak.
2025
@ahmadali_writer
6 362
***
insonga qaytib kelish mumkin -
inson shunaqa.
bechora inson
baxtli inson
kulgan inson -
qaytib kelganingga ham
xursand bo'ladi u.
"nega ketganding?" demaydi,
urushmaydi,
gullarni qurutmaydi,
kapalakni tomosha qiladi,
yo'lni supurib turadi.
insonga qaytib kelish mumkin -
bechora inson,
"qayerga ham" borardi.
bir bechora qaytib keladi.
boshqa bechora qaytganiga xursand bo'ladi.
inson shunaqa -
gullarni qurutmaydi,
yo'lni supurib turadi.
2025
@ahmadali_writer
