es
Feedback
Ahmad Ali Dilmurod

Ahmad Ali Dilmurod

Ir al canal en Telegram

Ahmad Ali Dilmurod ijodiy sahifasi. Kanalda siz muallif she’rlari va hikoyalarini o’qishingiz mumkin.

Mostrar más
El país no está especificadoLa categoría no está especificada
6 362
Suscriptores
-524 horas
+1577 días
-17 33230 días
Archivo de publicaciones
*** men sevadi-sevmaydi degan o'yin o'ynamaganman men u gulni uzmaganman u gulning barglarini yulmaganman bitta-bitta men u gulga va senga qarab meni sevsang kerak deb o'ylayveraman. @ahmadali_writer tez kunda: «dilm» kitobi

' tez kunda: «dilm» kitobi

*** muhammad deb chaqirsang senga qarayman ahmad desang ham qarayman senga aliy deyishing ham mumkin dilmurod desang ham mayli dilm desang ham senga qarayman meni chaqiryapti deb o'ylab. chaqirsang bo'ldi. faqat, chaqirsang bo'ldi. @ahmadali_writer tez kunda: «dilm» kitobi

*** sen bilan bo’lgan suhbatimiz: men senga uzoq termuldim. sen ham menga uzoq termulding. keyin men tabassum qildim sen ham tabassum qilding. keyin biroz g’amgin tortdim (ba’zi narsalarni o’ylab) sen ham keyin g’amgin tortding biz yana bir-birimizga uzoq termulishda davom etdik... shunday bo’ldi bizning suhbatimiz. @ahmadali_writer tez kunda: «dilm» kitobi

*** sen bilan bo'lgan suhbatimiz: men senga uzoq termuldim. sen ham menga uzoq termulding. keyin men tabassum qildim sen ham tabassum qilding. keyin biroz g'amgin tortdim (ba'zi narsalarni o'ylab) sen ham keyin g'amgin tortding biz yana bir-birimizga uzoq termulishda davom etdik... shunday bo'ldi bizning suhbatimiz. @ahmadali_writer tez kunda: «dilm» kitobi

Repost from N/a
kitob ishchi nomi: dilm

#kitob bugun nashrga tayyorlash ishlari boshlandi, kitobga qiziqqanlar kanalga ulanib qo`ying, jarayon haqida postlar yozib boraman. tez kunda: «dilm» kitobi

#kitob bugun nashrga tayyorlash ishlari boshlandi, kitobga qiziqqanlar kanalga ulanib qo'ying, jarayon haqida postlar yozib boraman. tez kunda: «dilm» kitobi

*** sen meni beqaror deysan sen meni erkin emassan deysan sen meni qo'rqoq deysan sen meni balandparvoz deysan sen meni maqtanchoq deysan sen meni dimog'dor deysan sen meni tushunarsiz deysan sen meni g'alati deysan sen meni odamovi deysan sen meni adashgan deysan sen meni qaysar deysan sen meni irodasiz deysan lekin baribir meni yaxshi ko'rasan men esa shundayligimcha qolaman o'zgarsam, sevmay qo'yasan deb qo'rqib. @ahmadali_writer

*** indamay sayr qilishga nima deysan? men hali ham seni yaxshi ko'ramanmi? sayr qilib, shular haqida gaplashishga nima deysan? qaytishda esa, kim ko'proq xato qilgani haqida kulishib gaplashishimiz mumkin. "qaytamizmi o'zi?" indamay sayr qilishga nima deysan? baxtli bo'lishga vaqting bormi? nega insonlar bunaqa? ular qayerga ketmoqda? indamay sayr qilishga nima deysan? yig'lamay sayr qilishga nima deysan? qaytishda esa, seni hali ham yaxshi ko'rishim haqida gaplashamiz... biz qaytamizmi o'zi? qaytmasak, "ular baxtli bo'ldi" deb qayerga yozib qo'yishsin? qaytmaslikka nima deysan? menga yana nima deysan? "ataylab qildi" deb o'ylaysanmi? qachon birga bo'lamiz? qachon kech qolgan bo'lamiz? kim ko'proq xato qildi? nega seni yaxshi ko'raman? "hammasini men rasvo qildim" "ataylab qildi" deb o'ylaysanmi? indamay, gaplashmay, sayr qilishga nima deysan? @ahmadali_writer

*** gaplarni eshitib jilmayish mumkin. gaplarni eshitib... o'ylab qolish mumkin xayol kelishi holatlarni eslashing insonlarni eslashing xotirani eslashing "sen ham bor bo'lgansan-ku" "sen ham yo'q bo'lasan-ku" gaplarni eshitib o'rningdan turib ketish mumkin eshitishni xohlamasliging osmonga qarashni xohlashing osmonni eshitging kelishi gaplarni eshitib ovozni pasaytirish mumkin gaplarni eshitib... "sen ham chaqaloq bo'lgansan-ku" gaplarni eshitib jahling chiqishi mumkin sovuq ter bosishi soching tikka bo'lishi hotirjam bo'lishing "ular adashyapti" "ularga vaqt berish kerak" gaplarni eshitib... "yo'q, yozuvchi xulosa chiqarmaydi" "yozuvchi aql o'rgatmaydi" unda men ketdim osmonga qaragani. 2025 @ahmadali_writer

*** o'zim haqimda hech nima degim yo'q. sen borsan-ku! 2025 @ahmadali_writer

*** "ko'zdan kechiring" deganingda oxirini o'qib mendan "kechirim" so'rayaptimi, debman aslida, bundan avval kechirim ham so'rading, men sendan xafa emasman-ku, jahlim ham chiqmadi, "kechirim so'rama, shart emas" deyman, ammo o'ylab qolaman, inson nega bir-biridan kechirim so'raydi? yaxshi ko'rganidanmi... 2025 @ahmadali_writer

*** mashinam buzilsa, yo'lda tashlab piyoda ketaman yoshbola bo'lmadim narx balandlik qilsa, boshqa sotuvchiga boraman yoshbola bo'lmadim gapirgim kelmasa gapirmayman qaragim kelmasa qaramayman kulmayman kulmayman yoshbola bo'lmadim yolg'on boshlansa eshitmayman oxirigacha nima deyishingni bilsam eshitmayman oxirigacha eshitgim kelmasa eshitmayman oxirigacha nega seni eshitishim kerak? nega seni eshitishim kerak? yoshbola bo'lmadim tushunsam bahslashib o'tirmayman tushunsang bahslashib o'tirmayman sog'inmayman kutmayman "qachon kelasan?" demayman seni yaxshi ko'raman yoshbola bo'lmadim. 2025 @ahmadali_writer

*** bahorning ilk kunlari, xususan, men tongda ishga ketmoqdaman osmondagi qushlarga qarab p.s. seni yaxshi ko'raman. yozning jazirama issig'i men yerga boqaman suv xohlaydi tanam tomoqlarim qurib qoladi p.s. seni yaxshi ko'raman kuz yomg'iri, menga endi sariq ranglar yoqmaydi men ishga tezroq borishim kerak p.s. seni yaxshi ko'raman men qorni eshikni ochib ko'raman yo'lning loyligi bilinmaydi bugun p.s. seni yaxshi ko'raman 2025 @ahmadali_writer

*** senga yozib o'zim bilan o'zim gaplashdim. 2025 @ahmadali_writer

*** o'chib ketadi yozganing o'chib ketadi yozganing ha, o'chib ketadi yozganing! mana, men aytyapman o'chib ketadi yozganing! bugun o'chib ketadi, ertaga o'chib ketadi, yo'q, o'chib ketadi yozganing ha, o'chib ketadi yozganing o'zing o'chirasan kanal o'chiradi bu siyoh emas o'chib ketadi yozganing! bu qon emas o'chib ketadi yozganing menga desa yig'lamaysanmi menga desa yig'lamaysanmi menga desa yig'lamaysanmi deb yig'layman o'chib ketadi yozganing yo'q, o'chib ketadi yozganing ha, o'chib ketadi yozganing qolsa, faqat yaxshi ko'rganing qoladi qolsa, faqat yaxshi ko'rishing qoladi, yaxshi ko'rishing qoladi faqat menga desa yig'lamaysanmi o'chib ketadi yozganing. 2025 @ahmadali_writer

*** yaxshi ko'raman, desam demak yaxshi ko'raman sevaman, desam demak sevaman ko'rishaman, desam demak ko'rishaman ko'risha olmayman, desam demak ishim chiqib qolgan bo'ladi do'stimsan, desam demak do'stimsan tanimayman, desam demak tanimayman sabr qil, desam demak sabr qilishing kerak, termulib tursam demak termulib turgan bo'laman, kutsam, demak sabr qilyapman ammo, ko'p kuta olmayman yaxshi ko'rsam, yaxshi ko'raman deyman kutsam, demak sabr qilyapman ammo ko'p kuta olmayman, chunki yolg'onni yomon ko'raman va kutishni shuning uchun, yaxshi ko'raman, desam doim yaxshi ko'rayotgan bo'laman yolg'onni esa yomon ko'raman va kutishni bog'cha paytimdan beri yomon ko'raman... 2025 @ahmadali_writer

*** qachon kelasan? sen meni kutmading, o'zingni kutding qachon kelasan? sendan so'ramadim-ku, sendan so'ramadim-ku qachon kelasan? yo'ling yo'q, soatim yo'q, men seni kutmadim, o'zimni kutdim qachon kelasan? bular nega aldaydi? insonlar nega ko'p? insonlar nega arzon? qachon kelasan? bu meni asabimga tegmayapti men erkakman mening vaqtim yo'q qachon kelasan? keyin ko'rdim keyin tushundim indamadim qachon kelasan, men seni kutmadim. 2025 @ahmadali_writer

*** uchta yulduz qo'ydim otam yoziqqa aylandi. 2025 @ahmadali_writer