ru
Feedback
Ahmad Ali Dilmurod

Ahmad Ali Dilmurod

Открыть в Telegram

Ahmad Ali Dilmurod ijodiy sahifasi. Kanalda siz muallif she’rlari va hikoyalarini o’qishingiz mumkin.

Больше
Страна не указанаКатегория не указана
6 361
Подписчики
-324 часа
+1607 дней
-2 55430 дней
Архив постов
*** mening jahlimni chiqarma menda "jahl yo'q" menda "jahl yo'q" sen - jahlimga o'xshaysan. @ahmadali_writer tez kunda: «dilm» kitobi

*** maktubingni qayta o'qidim, nega menga maktub yozgansan? onam esimga tushdi. @ahmadali_writer tez kunda: «dilm» kitobi

*** seni yaxshi bilmas ekanman - meni yaxshi ko'rishingni bilib shuni tushundim. @ahmadali_writer tez kunda: «dilm» kitobi

*** sendan maktub olmaganimga pochtalyon bilan urushdim. @ahmadali_writer tez kunda: «dilm» kitobi

*** hali hammasi oldinda dedim-da o'zim ortga qarab ketdim. @ahmadali_writer tez kunda: «dilm» kitobi

*** yo'lda meni uchratib qolsang, senga boqmay o'tib ketsam xayol surib - sen haqingda o'ylab ketayotgan bo'laman. @ahmadali_writer tez kunda: «dilm» kitobi

*** yo'lda ketayotgan odamga nazar soling, uning nimasi bor? yo'li bor, oyog'i bor, bir o'zi bor, jimjitlik bor. unga salom berib, chalg'itmang, u ketaversin yo'lida indamay, jim ketaversin. yo'lining o'ngga, chapga o'zgarishini ham u sezmay ketayotir - bechora. uning nimasi bor? ortida qolgani - kimdirlari. @ahmadali_writer tez kunda: «dilm» kitobi

*** reja qilmayman - ajalim yetib, vafot etishim mumkin! seni uchratib qolishim mumkin, hayotimni qayta o'ylab ko'rishim mumkin... reja qilmayman, shuning uchun. @ahmadali_writer tez kunda: «dilm» kitobi

*** o'rningga yotasan chiroqni o'chirasan so'ng - uxlab qolasan... senga qo'shilib dardlaring ham uxlab qoladi. xursand bo'lasan - tez uxlab qolganingga... @ahmadali_writer tez kunda: «dilm» kitobi

*** meni izlama! men yo'qman uyimda ham yo'qman ishxonada ham. meni topolmaysan topolmaysan uyimga kelsang darvozaga ilingan so'zni ko'rasan - meni izlama, meni qaytib topolmaysan, "men yoningga ketdim". @ahmadali_writer tez kunda: «dilm» kitobi

*** men sevadi-sevmaydi degan o'yin o'ynamaganman men u gulni uzmaganman u gulning barglarini yulmaganman bitta-bitta men u gulga va senga qarab meni sevsang kerak deb o'ylayveraman. @ahmadali_writer tez kunda: «dilm» kitobi

' tez kunda: «dilm» kitobi

*** muhammad deb chaqirsang senga qarayman ahmad desang ham qarayman senga aliy deyishing ham mumkin dilmurod desang ham mayli dilm desang ham senga qarayman meni chaqiryapti deb o'ylab. chaqirsang bo'ldi. faqat, chaqirsang bo'ldi. @ahmadali_writer tez kunda: «dilm» kitobi

*** sen bilan bo’lgan suhbatimiz: men senga uzoq termuldim. sen ham menga uzoq termulding. keyin men tabassum qildim sen ham tabassum qilding. keyin biroz g’amgin tortdim (ba’zi narsalarni o’ylab) sen ham keyin g’amgin tortding biz yana bir-birimizga uzoq termulishda davom etdik... shunday bo’ldi bizning suhbatimiz. @ahmadali_writer tez kunda: «dilm» kitobi

*** sen bilan bo'lgan suhbatimiz: men senga uzoq termuldim. sen ham menga uzoq termulding. keyin men tabassum qildim sen ham tabassum qilding. keyin biroz g'amgin tortdim (ba'zi narsalarni o'ylab) sen ham keyin g'amgin tortding biz yana bir-birimizga uzoq termulishda davom etdik... shunday bo'ldi bizning suhbatimiz. @ahmadali_writer tez kunda: «dilm» kitobi

Repost from N/a
kitob ishchi nomi: dilm

#kitob bugun nashrga tayyorlash ishlari boshlandi, kitobga qiziqqanlar kanalga ulanib qo`ying, jarayon haqida postlar yozib boraman. tez kunda: «dilm» kitobi

#kitob bugun nashrga tayyorlash ishlari boshlandi, kitobga qiziqqanlar kanalga ulanib qo'ying, jarayon haqida postlar yozib boraman. tez kunda: «dilm» kitobi

*** sen meni beqaror deysan sen meni erkin emassan deysan sen meni qo'rqoq deysan sen meni balandparvoz deysan sen meni maqtanchoq deysan sen meni dimog'dor deysan sen meni tushunarsiz deysan sen meni g'alati deysan sen meni odamovi deysan sen meni adashgan deysan sen meni qaysar deysan sen meni irodasiz deysan lekin baribir meni yaxshi ko'rasan men esa shundayligimcha qolaman o'zgarsam, sevmay qo'yasan deb qo'rqib. @ahmadali_writer

*** indamay sayr qilishga nima deysan? men hali ham seni yaxshi ko'ramanmi? sayr qilib, shular haqida gaplashishga nima deysan? qaytishda esa, kim ko'proq xato qilgani haqida kulishib gaplashishimiz mumkin. "qaytamizmi o'zi?" indamay sayr qilishga nima deysan? baxtli bo'lishga vaqting bormi? nega insonlar bunaqa? ular qayerga ketmoqda? indamay sayr qilishga nima deysan? yig'lamay sayr qilishga nima deysan? qaytishda esa, seni hali ham yaxshi ko'rishim haqida gaplashamiz... biz qaytamizmi o'zi? qaytmasak, "ular baxtli bo'ldi" deb qayerga yozib qo'yishsin? qaytmaslikka nima deysan? menga yana nima deysan? "ataylab qildi" deb o'ylaysanmi? qachon birga bo'lamiz? qachon kech qolgan bo'lamiz? kim ko'proq xato qildi? nega seni yaxshi ko'raman? "hammasini men rasvo qildim" "ataylab qildi" deb o'ylaysanmi? indamay, gaplashmay, sayr qilishga nima deysan? @ahmadali_writer