Rustam Tojiyev Blog
Open in Telegram
Farg’ona davlat texnika universiteti rektori, professor
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
544
Subscribers
+9224 hours
+2457 days
+25430 days
Posts Archive
+5
#Xalqaro_hamkorlik
Farg‘ona davlat texnika universitetiga KITECH (Koreya sanoat texnologiyalari instituti) hamda KOAMI (Koreya mashinasozlik sanoati assotsiatsiyasi) vakillari tashrif buyurdi🔹Mazkur uchrashuvda KOAMI direktori Dongryul Kim, menejer Hyuntae Yun, menejer yordamchisi Yunbeom Li, KITECH bosh tadqiqotchisi Yongjoo Cho hamda Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev, universitet mas’ullari ishtirok etishdi 🖇Uchrashuv davomida ishchi guruhlarni shakllantirish, professor-o‘qituvchilarni tayyorlash (TOT) dasturini amalga oshirish muddatlarini qayta ko‘rib chiqish, o‘quv dasturlari (syllabus) yuzasidan fikr almashish hamda markaz faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan o‘quv-uslubiy materiallar va ma’lumotlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Mazkur loyiha universitetda zamonaviy raqamli ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish, ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish hamda yuqori malakali muhandis kadrlarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
+6
#Qabul2026 #Live
2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarining ikkinchi kuni yuqori tashkiliy saviyada davom etmoqda.🔹Farg‘ona davlat texnika universiteti vakillari kirish test sinovlarini tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida Marg‘ilon shahar 2-sonli sport maktabi test sinovlari o‘tkazilayotgan hududiga biriktirilgan bo‘lib, jarayonlarning belgilangan tartib asosida, shaffof va yuqori saviyada o‘tishini ta’minlashda faol ishtirok etmoqda. 🖇 Jarayonlarning ochiqligi va xolisligini ta’minlash, korrupsion holatlarning oldini olish hamda barcha ishtirokchilar uchun teng sharoit yaratish maqsadida zarur tashkiliy va nazorat choralari ko‘rilgan. ✨Shuningdek, test sinovlariga hamrohlik qilib kelgan ota-onalar va kuzatuvchilar uchun kutish joylari tashkil etilib, ularga qulay sharoitlar yaratilgan. Universitet mas’ullari tomonidan test jarayonlari davomida tartib-intizomni saqlash, ishtirokchilarga zarur ko‘mak ko‘rsatish hamda barcha tashkiliy masalalarni o‘z vaqtida hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
Repost from Edu.uz
#Olimlar_minbari
#15.06-21.06.2026
📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda
“Germaniyaning dual ta’lim tajribasi: O‘rganiladigan jihatlar nimada?” — Rustam TOJIYEV, Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor;
“Taraqqiyotga ishonch belgisi” — Bahodirjon SHERMUHAMMADOV, Farg‘ona davlat universiteti rektori, professor;
“Toshkent – sarmoyadorlar uchun eng ishonchli manzil” — Iskandar YULDASHEV, Toshkent xalqaro universiteti rektori, PhD;
“Fidoyilik saodati: Mohir ustozning ibratli fenomeniga chizgilar” — Abduxalil MAVRULOV, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori;
«Инвестиционная устойчивость: новые рубежи, новые партнерства» — Нодира АБДУСАЛОМОВА, заведующая кафедрой Ташкентского государственного економического университета профессор;
«Путешествие в приаралье: путешествие в приаралье: знакомство с памятниками древности и чудесами природы» — Нозима ЗУФАРОВА, декан факультета туризма ТГЭУ, профессор;
“Xalqaro hamkorlik va ijtimoiy barqarorlik asosi” — Ekinjon BOTIROV, iqtisodiyot fanlari doktori;
“Bilim va malaka ezgulikka xizmat qilishi kerak” — Azizbek SOBIROV, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent;
«Борьба с наркопреступностью - борьба с наркопреступностью - вопрос общественной ответственности» — Рустам АБДУЛЛАЕВ, доцент ТГЮУ;
“Axborot texnologiyalari o‘qitishda o‘ziga xos yondashuv” — Ma’muraxon MUSAYEVA, Renessans universiteti o‘qituvchisi;
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
+9
#Qabul2026 #Live
Bugun, 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarining birinchi kuni boshlandi.✨Test jarayonlarini tartibli, shaffof va yuqori saviyada tashkil etish maqsadida Farg‘ona davlat texnika universiteti jamoasi oliygoh rahbariyati boshchiligida ushbu muhim jarayonda faol ishtirok etmoqda. Barcha abituriyentlarga test sinovlarida yuksak natijalar, omad va muvaffaqiyat tilaymiz. Kelajak sari dadil qadam tashlang!
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
#Qabul2026
Joriy yilning 14–28-iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan 2026–2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Farg‘ona davlat texnika universitetida ham test sinovlarini yuksak tashkiliy saviyada o‘tkazish bo‘yicha barcha zarur chora-tadbirlar to‘liq amalga oshirildi.🔹Test sinovlari o‘tkaziladigan hududlarda abituriyentlar va ularning yaqinlari uchun qulay muhit yaratildi. Binolar zamonaviy texnik vositalar va axborot infratuzilmasi bilan ta’minlanib, tibbiy xizmatlar, yong‘in xavfsizligi hamda jamoat tartibini saqlash tizimlari shay holatga keltirildi. Ota-onalar uchun kutish joylari tashkil etilib, zarur targ‘ibot va ma’lumot berish ishlari yo‘lga qo‘yildi. 🖇️Farg‘ona davlat texnika universiteti test sinovlarining ochiqligi, shaffofligi va xolisligini ta’minlash hamda har bir abituriyent uchun munosib sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratmoqda. Universitet jamoasi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
Repost from Edu.uz
Soha mutasaddilari, viloyat hokimlari, kombinatlar, “aql markazlari”, ilmiy muassasalar rahbarlari va oliygoh rektorlari bugun aytilgan har bir topshiriq ijrosini so‘zsiz ta’minlashi shartligi qayd etildi.
Qora metallurgiyada xomashyo bazasini kengaytirish, importga bog‘liqlikni kamaytirish, raqamlashtirish va sun’iy intellektni keng joriy etish, yangi mahsulotlarni mahalliylashtirish hamda xususiy sektor bilan kooperatsiyani kuchaytirish asosiy vazifalar sifatida belgilandi.
Ilmiy muassasalar va oliygohlarning tadqiqotlari amaliyotdagi muammolarga yechim topish, korxonalarni rivojlantirish va texnologik yangilanishni tezlashtirishga qaratilgan bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, ilmiy ishlanmalarni moliyalashtirish va amaliyotga joriy qilish bo‘yicha venchur fond tashkil etish vazifasi qo‘yildi.
Davlatimiz rahbari sohada “texnologik sakrash” qilish zarurligini ta’kidlab, yil yakuni bilan har bir mas’ul rahbardan qat’iy so‘rov va javobgarlik bo‘lishi haqida ogohlantirdi.
Yig‘ilishda mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyev qora metallurgiya sanoatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.
Yig‘ilishda metallurgiya sanoatining “aql markazi” sifatida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi belgilandi.
Shuningdek, sohaga Navoiy kombinatining markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, Olmaliq kombinatining ilmiy-texnologik markazi, Texnologik metallar kombinatining “O‘zbekiston – Koreya” ilmiy-texnologik markazi, Toshkent texnika universiteti, Navoiy konchilik va texnologiyalar universiteti, Olmaliq texnika instituti hamda “Moskva po‘lat va qorishmalar instituti”ning Olmaliq filiali biriktirildi.
Ushbu ilmiy muassasalar va oliygohlar yangi turdagi materiallarga talabni, uni qoplash uchun qaysi hududda qanday loyiha qilish va qanday texnologiyadan foydalanish zarurligini, qaysi yo‘nalishlarda kadr tayyorlash kerakligini tahlil qiladi.
Sohani rivojlantirish bo‘yicha har bir hudud kesimida bir yillik, uch yillik va besh yillik dasturlar ishlab chiqilib, viloyat hokimlariga yetkaziladi.
Yangi o‘quv yilidan Bekobod kombinatida qora metallurgiya bo‘yicha kafedra ochilib, dual ta’lim yo‘lga qo‘yiladi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markaziga metallurgiya sohasidagi muammolarni bir joyga jamlaydigan raqamli platformani ishga tushirish topshirildi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
+5
Prezident farmoni ijrosi
🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi "Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga davlat ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 258-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, Fargʻona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev Qoʻqon shahridagi "Aziztepa" MFYda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar oldi.
🖇Tashrif davomida oilalarning yashash sharoiti, ijtimoiy ahvoli va mavjud muammolari bilan yaqindan tanishilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Shuningdek, ehtiyojmand fuqarolarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularga amaliy yordam koʻrsatish hamda davlat tomonidan yaratilayotgan ijtimoiy himoya mexanizmlaridan samarali foydalanishni taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Bunday ezgu tashabbuslar jamiyatda mehr-oqibat va inson qadrini ulugʻlash tamoyillarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | Web sayt
Repost from Edu.uz
+9
#Mirziyoyev #tashrif #Belarus #hujjatlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi deklaratsiyani imzoladilar.
Shuningdek, davlat rahbarlari huzurida qator ikki tomonlama hujjatlar almashildi. Jumladan, Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi deklaratsiya doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Belarus Respublikasi Fundamental tadqiqotlar jamgʻarmasi oʻrtasida ham memorandum imzolandi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Qabul2026 #Texnikum #Suhbat
❗️Texnikum bitiruvchilari uchun 2-kursdan talabalikka suhbat asosida qabul boshlandiBugun, 5-iyuldan boshlab texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida 2-kursdan o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi. Arizalar 25-iyulga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda topshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida abituriyentlardan diplomning asl nusxasi talab etilmaydi — faqat shaxsni tasdiqlovchi ma’lumotlarni kiritish kifoya bo‘lib, zarur ma’lumotlar tizim tomonidan avtomatik ravishda shakllantiriladi. ❓Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga kimlar kiradi? Ushbu toifaga texnikumdagi o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari 5 (a’lo) va 4 (yaxshi) bo‘lgan, biroq baholarining kamida 50 foizi 5 (a’lo) (tibbiyot yo‘nalishlarida kamida 85 foizi) bo‘lgan bitiruvchilar kiradi. ❓Kimlar talabalikka tavsiya etiladi? Suhbat natijalariga ko‘ra, OTT komissiyasi tomonidan tasdiqlangan yakuniy baholash varaqasida suhbat komissiyasi a’zolari qo‘ygan ballarning o‘rtacha ko‘rsatkichi 67 ball va undan yuqori bo‘lsa, abituriyent suhbatdan o‘tgan hisoblanadi hamda to‘lov-kontrakt asosida 2-kursdan talabalikka tavsiya etiladi. ℹ️ Ma’lumot uchun, ushbu tartib oliy harbiy, oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari, Toshkent davlat yuridik universiteti, shuningdek O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga tatbiq etilmaydi. 📋 O‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati 👈
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | Web sayt
Repost from Edu.uz
+9
Joriy yil oxiriga qadar qoʻshma turizm, tibbiyot va taʼlim forumlari tashkil etiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko tor doirada hamda rasmiy delegatsiyalar aʼzolari ishtirokida muzokara oʻtkazdilar.
#Mirziyoyev #tashrif #Belarus #muzokaralar
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
Minsk shahridagi Mustaqillik saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
+6
#Kasbiy_ijodiy_imtihon
#Qabul_2026
Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetida Arxitektura ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha "Chizmachilik" fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lib o‘tmoqda🔹Imtihon boshlanishidan avval universitet rektori, professor Rustam Tojiyev, abituriyentlarga omad va muvaffaqiyat tiladi. Shuningdek, rektor R.Tojiyev kasbiy (ijodiy) imtihonlarni adolatli va shaffof tashkil etish, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik maqsadida barcha zarur sharoit va nazorat mexanizmlari yaratilganini alohida ta’kidlab o‘tdi. 🖇Imtihon jarayonining shaffofligini ta’minlash maqsadida abituriyentlarning ota-onalari uchun qulay kutish sharoitlari yaratildi. Shuningdek, imtihonni onlayn kuzatish imkoniyati ham yo‘lga qo‘yildi. Onlayn kuzatib borish uchun Farg‘ona davlat texnika universiteti — kelajagingiz sari ishonchli qadam!
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | Web sayt
#Kasbiy_ijodiy_imtihon
#Qabul_2026
Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetida Arxitektura ta’lim yo‘nalishi uchun "Chizmachilik" fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon oldidan konsultatsiya muvaffaqiyatli o‘tkazildi.✨Konsultatsiya davomida abituriyentlarga imtihon jarayoni, baholash mezonlari hamda chizmachilik faniga oid muhim tavsiyalar berildi 📌 Eslatib o'tamiz, Kasbiy (ijodiy) imtihon — 9-iyul kuni soat 09:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan imtihon boshlanishidan 1 soat oldin, ya'ni soat 08:00 da imtihon hududiga yetib kelishlari so‘raladi. Barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat, ishonch va yuqori natijalar tilaymiz! Murojaat uchun: 📞 +998954000082 📞 +998954000085 📞 +998954000086 📍 Imtihon manzili Batafsil ma’lumot uchun
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Farg'ona viloyati hokimligi
Qudratbek Mahammadjonov - “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohibi, Farg‘ona davlat texnika universiteti magistranti
Yaratib berilgan sharoitlar va ishonchni yoshlarimiz doimo oqlashi kerak
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
#Yangi_loyiha
"Muvaffaqiyat formulasi" — muvaffaqiyatga eltuvchi yo'llar, hayotiy tajribalar va ilhom baxsh etuvchi suhbatlar🔹Loyihamizning ilk soni mehmoni — Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, Farg‘ona davlat texnika universitetining muvaffaqiyatli bitiruvchisi Mirzohid Ubaydullayev Suhbat davomida mehmonimiz:
— talabalik yillarida hayotiga eng katta ta'sir ko'rsatgan inson va voqealar; — bugungi talabalar uchun muvaffaqiyat sari muhim tavsiyalar; — nima uchun Farg‘ona davlat texnika universitetini yoshlarga tavsiya etishi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlshdiLoyiha Farg‘ona davlat texnika universiteti Matbuot xizmati tomonidan taqdim etildi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | Web sayt
+9
#Ilmiy_kengash
Farg‘ona davlat texnika universitetida navbatdagi Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi🔹Yig‘ilishda, ilmiy kengash a'zolari ishtirok etishdi. Kun tartibidan o‘rin olgan 8 ta muhim masala hamda 60 ga yaqin turli ilmiy va tashkiliy masalalar keng muhokama qilindi. Batafsil: Jarayondan fotolavhalar
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
Repost from Edu.uz
Shavkat Mirziyoyev: ...ilm-ma’rifat, ma’naviy va intellektual taraqqiyot jamiyat ravnaqining hal qiluvchi kuchi...
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan Islom sivilizatsiyasi xalqaro forumi ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida bugungi murakkab va tahlikali davrda ilm-fan, ma'rifat, madaniyat hamda yuksak axloqiy qadriyatlar tinchlik, o‘zaro ishonch va barqaror taraqqiyotning mustahkam poydevori ekanini ta'kidladi.
Davlatimiz rahbari islom sivilizatsiyasi asrlar davomida jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo‘shganini, Yangi O‘zbekiston esa buyuk ajdodlar merosini chuqur o‘rganish, asrab-avaylash va keng targ‘ib etishni davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida izchil davom ettirayotganini qayd etdi.
"Biz ilm va ma'rifat zamonamizning eng buyuk birlashtiruvchi kuchi ekaniga, uning bunyodkorlik asosi, tinchlik va barqaror taraqqiyotning mustahkam poydevori bo‘lib qolishiga qat'iy ishonamiz", — deyiladi Prezident murojaatida.Shuningdek, Prezident O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bugungi kunda Sharq va G‘arbni, tarix va zamonaviy ilmni bog‘lovchi nufuzli xalqaro ilmiy-gumanitar maydonga aylanayotganini ta'kidlab, barcha davlatlar va xalqaro tashkilotlarni ilm, ma'rifat va o‘zaro hamkorlik yo‘lida birgalikda harakat qilishga chaqirdi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Eksklyuziv_intervyu
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlangan Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-bosqich magistranti, ko‘plab ilmiy-innovatsion loyihalar tashabbuskori Mahammadjonov Qudratbek Ulug‘bek o‘g‘li bilan Farg‘ona davlat texnika universiteti Matbuot xizmati tomonidan eksklyuziv intervyu tashkil etildi.🔹Intervyu davomida mukofot sohibi ilm-fanga bo‘lgan qiziqishi, ilmiy izlanishlari, muvaffaqiyat sari bosib o‘tgan yo‘li, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Intervyuning to‘liq tafsilotlarini videolavha orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | Web sayt
Repost from Edu.uz
#Kasbiy_imtihon #Qabul2026
DIQQAT, ABITURIYENTLAR!Farg‘ona davlat texnika universitetining 2026–2027-o‘quv yili qabuli doirasida arxitektura ta’lim yo‘nalishi uchun “Chizmachilik” fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lib o‘tadi. 📌 Mazkur konsultatsiya joriy yilning 7–8-iyul kuni soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.
O‘zbek guruhlari — 1-G; Rus guruhlari — 2-G🖇 Kasbiy (ijodiy) imtihon joriy yilning 9-iyul kuni soat 09:00 da bo‘lib o‘tadi Abituriyentlardan imtihon boshlanishidan 1 soat oldin (soat 08:00 da) belgilangan manzilga yetib kelishlari so‘raladi. Murojaat uchun: 📞 +998954000082 📞 +998954000085 📞 +998954000086 📍 Imtihon manzili Batafsil ma’lumot uchun
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
