es
Feedback
Rustam Tojiyev Blog

Rustam Tojiyev Blog

Ir al canal en Telegram

Farg’ona davlat texnika universiteti rektori, professor

Mostrar más
El país no está especificadoLa categoría no está especificada
591
Suscriptores
+3324 horas
+2947 días
+30530 días
Archivo de publicaciones
#FDTUni_tanla #ATT_fakulteti
Raqamli texnologiyalar jadal rivojlanayotgan bugungi davrda axborot texnologiyalari, dasturlash, sun’iy intellekt va telekommunikatsiya yo‘nalishlarida malakali mutaxassislarga ehtiyoj tobora ortib bormoqda.
🔹 Farg‘ona davlat texnika universitetining Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya fakulteti zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarni uyg‘unlashtirgan holda, raqobatbardosh IT mutaxassislarini tayyorlaydi. ✨Kelajagingizni zamonaviy texnologiyalar bilan bog‘lashni istasangiz, to‘g‘ri tanlovni amalga oshiring. Farg‘ona davlat texnika universitetini tanlang! Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya fakulteti bilan raqamli kelajak sari dadil qadam tashlang!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#FDTU_OAV_nigohida Farg'ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyevning "O'zbekiston - Yevroosiyo makon
#FDTU_OAV_nigohida Farg'ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyevning "O'zbekiston - Yevroosiyo makonidagi logistika chorrahasi" nomli maqolasi "Xalq so'zi" gazetasining bugungi sonida chop etildi. Maqolani o'qish
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

Repost from Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarga yangi muhit olib kirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha t
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarga yangi muhit olib kirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha tashkil qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bolib otmoqda. Unda: Yurtimizda 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilingan. Shu asosda barcha sohalardagi islohotlar natijasi, avvalo, mahallada va odamlarning kayfiyatida namoyon bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi. Xalqimiz qadimdan kunni obodonchilikdan boshlagani, ozodalik va saranjomlik bor joyda fayz-u baraka bo‘lishi qayd etildi. Joriy yil Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” degan ezgu g‘oya asosida keng nishonlanadi. Eng ulug‘, eng aziz bayramni mahallalarda ko‘tarinki ruhda o‘tkazish uchun “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” e’lon qilindi. Har bir viloyat hokimi, uning o‘rinbosarlari va viloyat tashkilotlari rahbarlari bittadan tumanni, tumanlardagi mas’ullar esa bittadan mahallani olib, bir oy davomida ozodalik va obodonlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni tashkil etadi. Mahallada obodonchilik ishlarini tashkil etish bo‘yicha Bosh vazir boshchiligida respublika shtabi tuziladi. Hududiy shtablarga hokimlar rahbarlik qiladi. Bu ishlar bir oylik aksiya emas, balki yil bo‘yi ishlaydigan umummilliy harakatga aylantirilishi zarurligi ta’kidlandi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#FDTUni_tanla #Arxitektura_va_qurilish_fakulteti
Arxitektura va qurilish sohasi bo‘yicha zamonaviy bilim, xalqaro darajadagi ta’lim va amaliy tajribani bir joyda egallashni istaysizmi?
🔹Farg‘ona davlat texnika universitetining Arxitektura va qurilish fakulteti sizni kutmoqda! 📌Xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim yo‘nalishlari:
Qurilish muhandisligi; Geodeziya va geoinformatika; Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va ekspluatatsiyasi; Arxitektura
Farg‘ona davlat texnika universitetini tanlang! Arxitektura va qurilish fakulteti bilan kelajagingizni bugundan bunyod eting!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Xalqaro_hamkorlik Farg‘ona davlat texnika universitetiga KITECH (Koreya sanoat texnologiyalari instituti) hamda KOAMI (Korey
+5
#Xalqaro_hamkorlik
Farg‘ona davlat texnika universitetiga KITECH (Koreya sanoat texnologiyalari instituti) hamda KOAMI (Koreya mashinasozlik sanoati assotsiatsiyasi) vakillari tashrif buyurdi
🔹Mazkur uchrashuvda KOAMI direktori Dongryul Kim, menejer Hyuntae Yun, menejer yordamchisi Yunbeom Li, KITECH bosh tadqiqotchisi Yongjoo Cho hamda Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev, universitet mas’ullari ishtirok etishdi 🖇Uchrashuv davomida ishchi guruhlarni shakllantirish, professor-o‘qituvchilarni tayyorlash (TOT) dasturini amalga oshirish muddatlarini qayta ko‘rib chiqish, o‘quv dasturlari (syllabus) yuzasidan fikr almashish hamda markaz faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan o‘quv-uslubiy materiallar va ma’lumotlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Mazkur loyiha universitetda zamonaviy raqamli ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish, ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish hamda yuqori malakali muhandis kadrlarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Qabul2026 #Live 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinov
+6
#Qabul2026 #Live
2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarining ikkinchi kuni yuqori tashkiliy saviyada davom etmoqda.
🔹Farg‘ona davlat texnika universiteti vakillari kirish test sinovlarini tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida Marg‘ilon shahar 2-sonli sport maktabi test sinovlari o‘tkazilayotgan hududiga biriktirilgan bo‘lib, jarayonlarning belgilangan tartib asosida, shaffof va yuqori saviyada o‘tishini ta’minlashda faol ishtirok etmoqda. 🖇 Jarayonlarning ochiqligi va xolisligini ta’minlash, korrupsion holatlarning oldini olish hamda barcha ishtirokchilar uchun teng sharoit yaratish maqsadida zarur tashkiliy va nazorat choralari ko‘rilgan. ✨Shuningdek, test sinovlariga hamrohlik qilib kelgan ota-onalar va kuzatuvchilar uchun kutish joylari tashkil etilib, ularga qulay sharoitlar yaratilgan. Universitet mas’ullari tomonidan test jarayonlari davomida tartib-intizomni saqlash, ishtirokchilarga zarur ko‘mak ko‘rsatish hamda barcha tashkiliy masalalarni o‘z vaqtida hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

Repost from Edu.uz
#Olimlar_minbari #15.06-21.06.2026 📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda “Ger
#Olimlar_minbari #15.06-21.06.2026 📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda “Germaniyaning dual ta’lim tajribasi: O‘rganiladigan jihatlar nimada?” Rustam TOJIYEV, Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor; “Taraqqiyotga ishonch belgisi” Bahodirjon SHERMUHAMMADOV, Farg‘ona davlat universiteti rektori, professor; “Toshkent – sarmoyadorlar uchun eng ishonchli manzil”Iskandar YULDASHEV, Toshkent xalqaro universiteti rektori, PhD; “Fidoyilik saodati: Mohir ustozning ibratli fenomeniga chizgilar” Abduxalil MAVRULOV, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori; «Инвестиционная устойчивость: новые рубежи, новые партнерства» Нодира АБДУСАЛОМОВА, заведующая кафедрой Ташкентского государственного економического университета профессор; «Путешествие в приаралье: путешествие в приаралье: знакомство с памятниками древности и чудесами природы» Нозима ЗУФАРОВА, декан факультета туризма ТГЭУ, профессор; “Xalqaro hamkorlik va ijtimoiy barqarorlik asosi” Ekinjon BOTIROV, iqtisodiyot fanlari doktori; “Bilim va malaka ezgulikka xizmat qilishi kerak” Azizbek SOBIROV, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent; «Борьба с наркопреступностью - борьба с наркопреступностью - вопрос общественной ответственности»Рустам АБДУЛЛАЕВ, доцент ТГЮУ; “Axborot texnologiyalari o‘qitishda o‘ziga xos yondashuv” Ma’muraxon MUSAYEVA, Renessans universiteti o‘qituvchisi;
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Qabul2026 #Live Bugun, 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish tes
+9
#Qabul2026 #Live
Bugun, 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarining birinchi kuni boshlandi.
✨Test jarayonlarini tartibli, shaffof va yuqori saviyada tashkil etish maqsadida Farg‘ona davlat texnika universiteti jamoasi oliygoh rahbariyati boshchiligida ushbu muhim jarayonda faol ishtirok etmoqda. Barcha abituriyentlarga test sinovlarida yuksak natijalar, omad va muvaffaqiyat tilaymiz. Kelajak sari dadil qadam tashlang!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Qabul2026
Joriy yilning 14–28-iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan 2026–2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Farg‘ona davlat texnika universitetida ham test sinovlarini yuksak tashkiliy saviyada o‘tkazish bo‘yicha barcha zarur chora-tadbirlar to‘liq amalga oshirildi.
🔹Test sinovlari o‘tkaziladigan hududlarda abituriyentlar va ularning yaqinlari uchun qulay muhit yaratildi. Binolar zamonaviy texnik vositalar va axborot infratuzilmasi bilan ta’minlanib, tibbiy xizmatlar, yong‘in xavfsizligi hamda jamoat tartibini saqlash tizimlari shay holatga keltirildi. Ota-onalar uchun kutish joylari tashkil etilib, zarur targ‘ibot va ma’lumot berish ishlari yo‘lga qo‘yildi. 🖇️Farg‘ona davlat texnika universiteti test sinovlarining ochiqligi, shaffofligi va xolisligini ta’minlash hamda har bir abituriyent uchun munosib sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratmoqda. Universitet jamoasi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

Repost from Edu.uz
Soha mutasaddilari, viloyat hokimlari, kombinatlar, “aql markazlari”, ilmiy muassasalar rahbarlari va oliygoh rektorlari bugu
Soha mutasaddilari, viloyat hokimlari, kombinatlar, “aql markazlari”, ilmiy muassasalar rahbarlari va oliygoh rektorlari bugun aytilgan har bir topshiriq ijrosini so‘zsiz ta’minlashi shartligi qayd etildi. Qora metallurgiyada xomashyo bazasini kengaytirish, importga bog‘liqlikni kamaytirish, raqamlashtirish va sun’iy intellektni keng joriy etish, yangi mahsulotlarni mahalliylashtirish hamda xususiy sektor bilan kooperatsiyani kuchaytirish asosiy vazifalar sifatida belgilandi. Ilmiy muassasalar va oliygohlarning tadqiqotlari amaliyotdagi muammolarga yechim topish, korxonalarni rivojlantirish va texnologik yangilanishni tezlashtirishga qaratilgan bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, ilmiy ishlanmalarni moliyalashtirish va amaliyotga joriy qilish bo‘yicha venchur fond tashkil etish vazifasi qo‘yildi. Davlatimiz rahbari sohada “texnologik sakrash” qilish zarurligini ta’kidlab, yil yakuni bilan har bir mas’ul rahbardan qat’iy so‘rov va javobgarlik bo‘lishi haqida ogohlantirdi. Yig‘ilishda mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev qora metallurgiya sanoatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yi
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyev qora metallurgiya sanoatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda. Yig‘ilishda metallurgiya sanoatining “aql markazi” sifatida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi belgilandi. Shuningdek, sohaga Navoiy kombinatining markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, Olmaliq kombinatining ilmiy-texnologik markazi, Texnologik metallar kombinatining “O‘zbekiston – Koreya” ilmiy-texnologik markazi, Toshkent texnika universiteti, Navoiy konchilik va texnologiyalar universiteti, Olmaliq texnika instituti hamda “Moskva po‘lat va qorishmalar instituti”ning Olmaliq filiali biriktirildi. Ushbu ilmiy muassasalar va oliygohlar yangi turdagi materiallarga talabni, uni qoplash uchun qaysi hududda qanday loyiha qilish va qanday texnologiyadan foydalanish zarurligini, qaysi yo‘nalishlarda kadr tayyorlash kerakligini tahlil qiladi. Sohani rivojlantirish bo‘yicha har bir hudud kesimida bir yillik, uch yillik va besh yillik dasturlar ishlab chiqilib, viloyat hokimlariga yetkaziladi. Yangi o‘quv yilidan Bekobod kombinatida qora metallurgiya bo‘yicha kafedra ochilib, dual ta’lim yo‘lga qo‘yiladi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markaziga metallurgiya sohasidagi muammolarni bir joyga jamlaydigan raqamli platformani ishga tushirish topshirildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Prezident farmoni ijrosi 🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi "Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qat
+5
Prezident farmoni ijrosi 🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi "Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga davlat ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 258-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, Fargʻona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev Qoʻqon shahridagi "Aziztepa" MFYda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar oldi. 🖇Tashrif davomida oilalarning yashash sharoiti, ijtimoiy ahvoli va mavjud muammolari bilan yaqindan tanishilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Shuningdek, ehtiyojmand fuqarolarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularga amaliy yordam koʻrsatish hamda davlat tomonidan yaratilayotgan ijtimoiy himoya mexanizmlaridan samarali foydalanishni taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Bunday ezgu tashabbuslar jamiyatda mehr-oqibat va inson qadrini ulugʻlash tamoyillarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | Web sayt

Repost from Edu.uz
#Mirziyoyev #tashrif #Belarus #hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezi
+9
#Mirziyoyev #tashrif #Belarus #hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi deklaratsiyani imzoladilar. Shuningdek, davlat rahbarlari huzurida qator ikki tomonlama hujjatlar almashildi. Jumladan, Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi deklaratsiya doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Belarus Respublikasi Fundamental tadqiqotlar jamgʻarmasi oʻrtasida ham memorandum imzolandi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Qabul2026 #Texnikum #Suhbat
❗️Texnikum bitiruvchilari uchun 2-kursdan talabalikka suhbat asosida qabul boshlandi
Bugun, 5-iyuldan boshlab texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida 2-kursdan o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi. Arizalar 25-iyulga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda topshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida abituriyentlardan diplomning asl nusxasi talab etilmaydi — faqat shaxsni tasdiqlovchi ma’lumotlarni kiritish kifoya bo‘lib, zarur ma’lumotlar tizim tomonidan avtomatik ravishda shakllantiriladi. ❓Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga kimlar kiradi? Ushbu toifaga texnikumdagi o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari 5 (a’lo) va 4 (yaxshi) bo‘lgan, biroq baholarining kamida 50 foizi 5 (a’lo) (tibbiyot yo‘nalishlarida kamida 85 foizi) bo‘lgan bitiruvchilar kiradi. ❓Kimlar talabalikka tavsiya etiladi? Suhbat natijalariga ko‘ra, OTT komissiyasi tomonidan tasdiqlangan yakuniy baholash varaqasida suhbat komissiyasi a’zolari qo‘ygan ballarning o‘rtacha ko‘rsatkichi 67 ball va undan yuqori bo‘lsa, abituriyent suhbatdan o‘tgan hisoblanadi hamda to‘lov-kontrakt asosida 2-kursdan talabalikka tavsiya etiladi. ℹ️ Malumot uchun, ushbu tartib oliy harbiy, oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari, Toshkent davlat yuridik universiteti, shuningdek O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga tatbiq etilmaydi. 📋 O‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati 👈
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | Web sayt

Repost from Edu.uz
Joriy yil oxiriga qadar qoʻshma turizm, tibbiyot va taʼlim forumlari tashkil etiladi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shav
+9
Joriy yil oxiriga qadar qoʻshma turizm, tibbiyot va taʼlim forumlari tashkil etiladi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko tor doirada hamda rasmiy delegatsiyalar aʼzolari ishtirokida muzokara oʻtkazdilar. #Mirziyoyev #tashrif #Belarus #muzokaralar
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
Minsk shahridagi Mustaqillik saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Kasbiy_ijodiy_imtihon #Qabul_2026 Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetida Arxitektura ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha "Chizm
+6
#Kasbiy_ijodiy_imtihon #Qabul_2026
Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetida Arxitektura ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha "Chizmachilik" fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lib o‘tmoqda
🔹Imtihon boshlanishidan avval universitet rektori, professor Rustam Tojiyev, abituriyentlarga omad va muvaffaqiyat tiladi. Shuningdek, rektor R.Tojiyev kasbiy (ijodiy) imtihonlarni adolatli va shaffof tashkil etish, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik maqsadida barcha zarur sharoit va nazorat mexanizmlari yaratilganini alohida ta’kidlab o‘tdi. 🖇Imtihon jarayonining shaffofligini ta’minlash maqsadida abituriyentlarning ota-onalari uchun qulay kutish sharoitlari yaratildi. Shuningdek, imtihonni onlayn kuzatish imkoniyati ham yo‘lga qo‘yildi. Onlayn kuzatib borish uchun Farg‘ona davlat texnika universiteti — kelajagingiz sari ishonchli qadam!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | Web sayt

#Kasbiy_ijodiy_imtihon #Qabul_2026
Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetida Arxitektura ta’lim yo‘nalishi uchun "Chizmachilik" fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon oldidan konsultatsiya muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
✨Konsultatsiya davomida abituriyentlarga imtihon jarayoni, baholash mezonlari hamda chizmachilik faniga oid muhim tavsiyalar berildi 📌 Eslatib o'tamiz, Kasbiy (ijodiy) imtihon9-iyul kuni soat 09:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan imtihon boshlanishidan 1 soat oldin, ya'ni soat 08:00 da imtihon hududiga yetib kelishlari so‘raladi. Barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat, ishonch va yuqori natijalar tilaymiz! Murojaat uchun: 📞 +998954000082 📞 +998954000085 📞 +998954000086 📍 Imtihon manzili Batafsil ma’lumot uchun
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Qudratbek Mahammadjonov - “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohibi, Farg‘ona davlat texnika universiteti magistranti   Yaratib berilgan sharoitlar va ishonchni yoshlarimiz doimo oqlashi kerak Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

#Yangi_loyiha
"Muvaffaqiyat formulasi" — muvaffaqiyatga eltuvchi yo'llar, hayotiy tajribalar va ilhom baxsh etuvchi suhbatlar
🔹Loyihamizning ilk soni mehmoni — Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, Farg‘ona davlat texnika universitetining muvaffaqiyatli bitiruvchisi Mirzohid Ubaydullayev Suhbat davomida mehmonimiz:
—  talabalik yillarida hayotiga eng katta ta'sir ko'rsatgan inson va voqealar; — bugungi talabalar uchun muvaffaqiyat sari muhim tavsiyalar; — nima uchun Farg‘ona davlat texnika universitetini yoshlarga tavsiya etishi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlshdi
Loyiha Farg‘ona davlat texnika universiteti Matbuot xizmati tomonidan taqdim etildi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | Web sayt