en
Feedback
Rustam Tojiyev Blog

Rustam Tojiyev Blog

Open in Telegram

Farg’ona davlat texnika universiteti rektori, professor

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
544
Subscribers
+9224 hours
+2457 days
+25430 days
Posts Archive
⚡️ “Dunyoda rahbarlar tanqis, ammo O‘zbekistonda buyuk yetakchi bor” — Gruziya Bosh vaziri Prezident Shavkat Mirziyoyevning Gruziyaga amalga oshirgan tarixiy tashrifi yakunlandi. Davlat rahbarini aeroportda kuzatish chog‘ida jurnalist Jahongir Olimov Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidzedan eksklyuziv intervyu oldi. ❗️ Irakliy Kobaxidze oliy darajadagi muzokaralar hamda ularning natijalariga to‘xtaldi. Gruziya hukumati rahbari, shuningdek, global miqyosda siyosiy yetakchilar tanqisligi kuzatilayotgan bir paytda, O‘zbekiston buyuk rahbarga ega ekanini alohida ta’kidladi.
“Dunyoda rahbarlar tanqisligi bor, ammo O‘zbekistonda buyuk bir yetakchi bor. U O‘zbekistonni rivojlantirishga to‘liq o‘zini bag‘ishlagan chinakam rahbar. Uning ulkan yutuqlari o‘zining shaxsiy yetakchiligi samarasi”, - dedi Gruziya Bosh vaziri.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

Repost from Edu.uz
Gruziya bilan kasbiy va oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi Oʻzbekiston Respublikasi Prezid
+9
Gruziya bilan kasbiy va oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi deklaratsiyani imzoladilar. Shuningdek, qator ikki tomonlama hujjatlar almashildi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Премьер-министр Грузии Ираклий Кобахидзе подписали Декларацию об установлении отношений стратегического партнерства. Также состоялся обмен рядом двусторонних документов. #Mirziyoyev #tashrif #Gruziya #hujjatlar
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Gruziyaning oliy davlat mukofoti – “Oltin mo‘yna” ordeni bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston – Gruziya ko‘p qirrali munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun davlatimiz rahbariga ushbu mukofotni Gruziya prezidenti Mixail Kavelashvili topshirdi.
Turli yillarda mazkur yuksak mukofot bilan Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II, Iordaniya podshohi Abdulla II, Germaniya kansleri Gerxard Shryoder, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Ozarbayjon prezidenti Haydar Aliyev va boshqalar taqdirlangan.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Tabrik Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshayotgan bir guruh yoshlarga
+3
#Tabrik
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshayotgan bir guruh yoshlarga davlat mukofotlari topshirildi.
🔹Quvonarlisi, ushbu yuksak e’tirofga sazovor bo‘lganlar safida Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-bosqich magistranti, ko‘plab ilmiy-innovatsion loyihalar tashabbuskori Mahammadjonov Qudratbek Ulug‘bek o‘g‘li ham bor. U “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi. ✨Shu munosabat bilan universitet rektori, professor Rustam Tojiyev mukofot sohibini samimiy qutlab, bu yuksak e’tirof uning bilim va salohiyati, fidoyiligi hamda Vatan ravnaqi yo‘lidagi munosib xizmatlarining e’tirofi ekanini ta’kidladi. Qudratbek Mahammadjonovga kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Rektor_murojaati Aziz ota-onalar, qadrli abituriyentlar! Bugungi kunda oldimizda turgan ustuvor vazifalardan biri — oliy ta’
#Rektor_murojaati
Aziz ota-onalar, qadrli abituriyentlar!
Bugungi kunda oldimizda turgan ustuvor vazifalardan biri — oliy ta’lim qamrovini yanada kengaytirish bilan birga, mehnat bozori talablariga javob beradigan, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashdir. Shu maqsadda oliy ta’lim muassasalariga, jumladan, Fargʻona davlat texnika universitetiga ham qator yangi imkoniyatlar va vakolatlar berildi. So‘nggi yillarda amalga oshirilgan eng muhim islohotlardan biri — qabul jarayonlarining to‘liq raqamlashtirilgani va onlayn tizim asosida tashkil etilganidir. Test hamda ijodiy imtihonlar, o‘qishni ko‘chirish va tiklash kabi barcha jarayonlar bugun shaffof elektron platformalar orqali amalga oshirilmoqda. Bu esa Siz, aziz ota-onalar va yoshlarimiz uchun ortiqcha ovoragarchilik, qog‘ozbozlik va ortiqcha xarajatlarning oldini olib, vaqtingizni tejashga xizmat qilmoqda. Hurmatli ota-onalar va abituriyentlar! Qabul jarayonlari bilan bogʻliq savollaringiz, murojaat va takliflaringiz uchun universitetning “Maslahat markazi” va “Call-markaz” xizmatlariga 95-400-00-82, 95-400-00-85, 95-400-00-86 telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin. Shuningdek, qabul jarayonlariga oid murojaatlar, shikoyatlar, korrupsiyaviy holatlar yuzasidan Ishonch telefoni: +998 73 241 13 17 orqali murojaat qilishingiz mumkin. Fargʻona davlat texnika universitetida barcha qabul va imtihon jarayonlari ochiqlik, adolatlilik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etiladi. Xususan, ijodiy imtihonlar keng jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar hamda jamoatchilik nazorati ostida o‘tkaziladi. Universitet rahbariyati tomonidan adolat mezonlarini buzishga qaratilgan har qanday noqonuniy holatlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘riladi. Batafsil 👉На руcском 👉In English
Kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Tabrik Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshayotgan bir guruh yoshlarga davlat mu
#Tabrik
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshayotgan bir guruh yoshlarga davlat mukofotlarini topshirdi
✨Mana shu yoshlar orasida Farg’ona davlat texnika universiteti 2-bosqich magistranti, ko'plab ilmiy- innovatsion loyihalar tashabbuskori Mahammadjonov Qudratbek Ulug‘bek o‘g‘li "Mard o'g'lon" davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Ushbu yuksak e'tirof bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusidagi faoliyatida ulkan zafarlar, yangi marralar va ezgu maqsadlari yo'lida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. #Mirziyoyev #marosim #yoshlar #mukofotlash
Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt

Repost from Edu.uz
Bugun narkotik va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar aholi genofondiga katta tahdid solyapti. Bunday jinoyatlarning
Bugun narkotik va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar aholi genofondiga katta tahdid solyapti. Bunday jinoyatlarning uchdan biri yoshlar tomonidan sodir etilayotgani esa juda xavotirli. Shu bois, O‘zbekistonda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish masalasi umummilliy harakatga aylantirilib, barcha kuch va vositalar safarbar qilinmoqda. Yaqinda ushbu jinoyatlarga nisbatan javobgarlikni keskin kuchaytirish bo‘yicha qonun qabul qilindi.
Bu illatni yoshlarimiz orasida ildiz otishiga aslo yo‘l qo‘ymaymiz, buni tag-tomiri bilan quritmaguncha to‘xtamaymiz. Giyohvandlik insonning eng qimmatli boyligi – sog‘lig‘i, aql-irodasi, orzu-maqsadlaridan ayiradi. Unutmang! Hayot insonga bir marta beriladi. Bunday illatlarga nisbatan murosasiz bo‘ling, umrning har bir daqiqasini ezgu ishlarga sarflang!
– deya yoshlarga murojaat qildi Prezidentimiz. Davlatimiz rahbari ota-onalarga yuzlanib, farzand oilada kamol topishi, voyaga yetishi, uning yorqin kelajagi uchun mustahkam poydevorni, eng avvalo, ota-onalar yaratishini ta’kidladi. Ularni kun sayin o‘zgarib borayotgan o‘ta nozik sharoitda farzand tarbiyasiga har qachongidan ham e’tiborli bo‘lishga, mas’uliyat bilan qarashga chaqirdi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
Endilikda AT va sun’iy intellekt sohalari uchun kadr tayyorlaydigan oliygohlarning 3-kurs talabalari AT parkda “dual ta’lim”
Endilikda AT va sun’iy intellekt sohalari uchun kadr tayyorlaydigan oliygohlarning 3-kurs talabalari AT parkda “dual ta’lim” asosida o‘qishni davom ettiradi. Mazkur yo‘nalishlardagi iqtidorli talabalar uchun “Muhammad al-Xorazmiy” nomidagi davlat stipendiyasi joriy etiladi. Iqtidorli qizlar uchun muhandislik, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlari bo‘yicha “Muhandis qizlar” stipendiyasi ta’sis etiladi. Yangi o‘quv yilidan to‘lanadigan ushbu stipendiyalar xususiy oliygoh talabalariga ham beriladi. Bugungi kunda kimyo, biologiya, fizika, matematika va informatika fanlari bo‘yicha nufuzli xalqaro olimpiadalar g‘oliblari 1 milliard so‘m, ustozlari 200 million so‘m mukofot olmoqda. Endi bu rag‘bat sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro olimpiada g‘oliblariga ham tatbiq etiladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
“Raqamli hukumat” markazida birinchi superkompyuter klasteri ishga tushirildi. Keyingi yil klaster quvvati 3 karra oshiriladi
“Raqamli hukumat” markazida birinchi superkompyuter klasteri ishga tushirildi. Keyingi yil klaster quvvati 3 karra oshiriladi. Joriy yilda 20 ta oliygohda sun’iy intellekt laboratoriyasi tashkil etiladi. Yoshlar tarmoq va hududdagi masalalarga sun’iy intellekt orqali yechim topishda ushbu superkompyuter va laboratoriyadan bepul foydalanadi. So‘nggi yillarda Toshkent, Nukus, Qarshi, Termiz, Urganch, Farg‘ona shaharlarida zamonaviy AT parklar ishga tushirildi. O‘tgan hafta Yangi Namanganda yana bir yirik loyihaga start berildi. Andijon, Samarqand, Jizzax, Buxoro, Guliston, Chirchiq, Nurafshon, Navoiy shaharlarida ham umumiy maydoni 100 ming kvadrat metr bo‘lgan yirik AT parklar barpo etish boshlanyapti. Bular hisobiga 20 mingdan ziyod o‘g‘il-qizlar uchun yuqori daromadli ish o‘rni yaratiladi. Shuningdek, “Mening birinchi kompyuterim” dasturi boshlanadi. Ehtiyojmand oiladagi 10 ming yoshga noutbuk olish xarajatining yarmi Raqamli texnologiyalar jamg‘armasidan qoplab beriladi, qolgan qismiga esa uch yilda bo‘lib to‘lash sharti bilan foizsiz ssuda ajratiladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
“Biz 2030-yilgacha iqtisodiyot hajmini 240 milliard dollardan oshirishni reja qilganmiz. Bunga erishish uchun barcha sohalarg
“Biz 2030-yilgacha iqtisodiyot hajmini 240 milliard dollardan oshirishni reja qilganmiz. Bunga erishish uchun barcha sohalarga yangi g‘oya olib kiradigan innovatsion startaplar kerak,
– dedi davlatimiz rahbari. So‘nggi to‘qqiz yilda mahalliy startap ekotizimi 15 barobar o‘sib, 4 milliard dollardan oshdi. Venchur jamg‘armalar soni 23 taga, ularning umumiy kapitali 200 million dollarga yetdi. O‘tgan davrda 1 ming 200 dan ziyod istiqbolli startap loyihalar paydo bo‘ldi. Ayni yo‘nalishda 3 mingdan ziyod yoshlar yuqori daromad topyapti. Ushbu yo‘nalishdagi ishlar xalqaro tashkilotlar tomonidan ham e’tirof etilmoqda. “Global startap indeksi”da O‘zbekiston 31 pog‘ona ko‘tarilib, dunyoda eng tez rivojlanayotgan startap ekotizimi, “2026-yil mamlakati” deb e’lon qilingani ham buning yaqqol isbotidir. Hali bu sohada juda katta imkoniyatlar borligi ta’kidlandi. Endi har bir vazir, tarmoq rahbari va hokimlar “1 mingta masalaga – yoshlardan 1 mingta yechim” loyihasini ishga tushiradi. Bunda har bir rahbar o‘z tizimidagi dolzarb muammolarni ochiq platformada joylashtirib, eng yaxshi yechimlar uchun mukofot e’lon qiladi. Buning uchun har bir vazir va hokim kamida 10 milliard so‘mlik venchur jamg‘arma tashkil etadi. Ushbu mablag‘lar g‘oliblarni mukofotlash va 20 tadan eng yaxshi startapni g‘oyadan amaliyotgacha barcha bosqichlarni moliyalashtirishga sarflanadi. Yoshlar agentligi biznes, AT, kreativ iqtisodiyot yo‘nalishida 100 ta eng yaxshi loyihani tanlab, ularga 1 milliard so‘mgacha investitsiya kiritadi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
Yoshlar uchun kasb va til o‘rganish, ishga joylashish, tadbirkorlik bo‘yicha o‘nlab xizmatlar mavjud. Bu xizmatlardan “yagona
Yoshlar uchun kasb va til o‘rganish, ishga joylashish, tadbirkorlik bo‘yicha o‘nlab xizmatlar mavjud. Bu xizmatlardan “yagona darcha” tamoyili asosida foydalanish uchun Yoshlar xablari tashkil etiladi. Ushbu tajriba Surxondaryodan boshlanib, bosqichma-bosqich boshqa hududlarda ham ommalashtiriladi. Hozirda 87 ming davlat xizmatchisidan 16,5 ming nafarini 30 yoshgacha bo‘lganlar tashkil qiladi. Shundan 902 nafari rahbarlik lavozimida ishlamoqda.
“Salohiyatli yoshlarimiz juda ko‘p. Vazir va hokimlar yoshlarga ishonch bildirib, mas’uliyatli lavozimga qo‘yishdan cho‘chimasligi kerak”,
– dedi Prezidentimiz. Shu maqsadda yosh liderlarni aniqlash bo‘yicha 5 ta yo‘nalishda “TOP-100” dasturi amalga oshiriladi. Dastur doirasida “yangi iqtisodiyot”, AT va sun’iy intellekt, ta’lim, tibbiyot va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yurtimizdagi yoshlar hamda chet eldagi vatandoshlarimiz uchun ochiq tanlov e’lon qilinadi. Har ikki yilda bir marta o‘tadigan mazkur tanlovning 100 nafar g‘olibi 50 million so‘mdan mukofotlanadi va rahbarlik lavozimiga tayinlanadi. Har bir vazirlik va tarmoq o‘z yo‘nalishida “TOP-100” iqtidorli yoshlar” dasturini boshlaydi va o‘z yo‘nalishidagi xalqaro tashkilotlarga stajirovkaga yuboradi. Mutasaddilarga yiliga 2 ming nafar yoshni xalqaro tashkilotlarga stajirovkaga yuborish bo‘yicha rejani tasdiqlash va ijrosini ta’minlash topshirildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
Prezidentimiz oliygoh bitiruvchisini ishga olgan tadbirkorga yosh mutaxassis uchun daromad va ijtimoiy soliq bir yil ichida 1
Prezidentimiz oliygoh bitiruvchisini ishga olgan tadbirkorga yosh mutaxassis uchun daromad va ijtimoiy soliq bir yil ichida 1 foiz etib belgilanishini e’lon qildi. Bu 200 mingga yaqin oliygoh bitiruvchisini ishga olgan tadbirkorlar uchun katta rag‘batga aylanadi. Hozirda ijtimoiy reyestrga kirmagan, lekin ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, harbiy xizmat, migratsiya va jazoni o‘tab qaytgan, jismoniy imkoniyati cheklangan yana 1 million yoshlarimiz bor. Ularga ozgina yordam berilsa, o‘z yo‘lini topa oladi. Bunday yoshlar bilan ishlash bo‘yicha “Kafolatlangan birinchi qadam” paketi joriy etiladi. Bu jarayonda “ustoz-talaba” dasturi asosida uyushmagan yoshlarni o‘qitib, oliygohga kirishiga ko‘maklashgan talabalarga magistraturaga kirishda qo‘shimcha ball, davlat stipendiyalarini olishda ustuvorlik beriladi. Hozirda savdo, servis, ishlab chiqarish sohalarida o‘z brendiga ega minglab yoshlarimiz bor. Prezidentimiz ularni uyushmagan tengdoshlariga biznesni o‘rgatishga, o‘z brendi asosida ishlashga sharoit yaratib, daromad topishiga ko‘maklashishga chaqirdi. Shu maqsadda “Yoshlar mini-franshizasi” dasturi ishga tushiriladi. Ularga faoliyatini kengaytirish uchun imtiyozli shartlarda yer va kredit beriladi. Mahalliy brendlar franshizasini oladigan yigit-qizlarga Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasidan 300 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratiladi. Mazkur dasturlarni moliyalashtirish uchun 500 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
Bugun xorijiy tillarni mukammal biladigan yoshlarimiz soni 650 mingdan oshdi. “Ularga buyuk tariximiz, boy madaniy merosimiz
Bugun xorijiy tillarni mukammal biladigan yoshlarimiz soni 650 mingdan oshdi.
“Ularga buyuk tariximiz, boy madaniy merosimiz to‘g‘risida xorijiy tillarda kontent tayyorlashni o‘rgatsak, yurtimiz turizm salohiyatini targ‘ib qilishga katta hissa qo‘shib, yuqori daromadga ham ega bo‘ladi”,
– dedi Prezidentimiz. Shu maqsadda “raqamli kontent” platformasi ishga tushirilib, har yili 20 milliard so‘mdan ajratib boriladi. Hozirda 150 mingdan ziyod yoshlar xorijda ta’lim olyapti, ilm-fan bilan shug‘ullanyapti. Yurtimiz turizm va eksport salohiyatini oshirishda bu yoshlarning imkoniyatidan foydalanib, ularni o‘ziga ham daromad keltiradigan tizim yaratiladi. Talabalar o‘zi o‘qiyotgan davlatdagi bozor, mahsulot va xizmatlarga talabni tahlil qilib, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga yetkazadi, yurtimiz salohiyatini namoyish etadigan stendlarni joylashtirib, turistik marshrut va mahalliy mahsulotlarni taqdimot qilib boradi. Buning uchun ularga grantlar ajratiladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
Qo‘lida kasbi bo‘lib, xalqaro talablar asosida yangi ko‘nikmalarni egallamoqchi bo‘lgan yoshlarga “kasb vaucheri”ni berish yo
Qo‘lida kasbi bo‘lib, xalqaro talablar asosida yangi ko‘nikmalarni egallamoqchi bo‘lgan yoshlarga “kasb vaucheri”ni berish yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu “kasb vaucheri” foizsiz ssuda shaklida bo‘lib, har yili 50 ming nafar yoshning zamonaviy kasblarni o‘rganish xarajatlari qoplab beriladi. Ehtiyojmand oilalardagi 85 ming ishsiz yoshlar xususiy o‘quv markazida kasb egallashi uchun bepul “vaucher” taqdim etiladi. Shu yilning o‘zida “kasb vaucheri” va bepul “vaucher” tizimi uchun 120 milliard so‘m ajratiladi. Talab bo‘lsa, ushbu mablag‘ ko‘paytirib boriladi. Xorijiy tilni puxta o‘rganib, yuqori natija bilan sertifikat olgan yoshlarga bu xarajatini qoplash tizimi o‘zini oqladi. Prezidentimiz buni xalqaro kasb sertifikatini olganlarga ham tatbiq qilishni taklif etdi. Yoshlarga kasb o‘rgatishning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lgan texnikumlarda xususiy sektor ishtiroki yanada kengaytiriladi. Buning uchun texnikum ochishdagi litsenziya sharti soddalashtirilib, 20 dan ortiq talab bekor qilinadi. Yangi o‘quv yilidan xususiy texnikumlarga ham kasbga o‘qitish bo‘yicha davlat granti beriladi. Yana bir yangilik – xalqaro kasb tanlovlarida g‘olib bo‘lgan davlat va xususiy texnikum o‘quvchilari 100 million so‘mdan, ularni tayyorlagan ustozlari 50 million so‘mdan mukofot oladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
“Bilinglar, endi davlatlar hududi bilan emas, bilimi bilan, aholi soni bilan emas, texnologiyasi bilan, tabiiy boyliklari bil
“Bilinglar, endi davlatlar hududi bilan emas, bilimi bilan, aholi soni bilan emas, texnologiyasi bilan, tabiiy boyliklari bilan emas, inson kapitali bilan raqobatga kirishmoqda. Bilim, ilm-fan va tafakkur mahsuli bo‘lgan yangi “Bilimlar iqtisodiyoti” hal qiluvchi kuchga aylanib bormoqda. Men bilaman, o‘g‘il-qizlarimizning har birida katta salohiyat bor, iste’dod bor, iqtidor bor. Sizlar o‘z davrida buyuk kashfiyotlari bilan dunyo sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan, Birinchi va Ikkinchi Renessansning “aql chirog‘i” bo‘lgan buyuk ajdodlarimizning munosib vorislarisiz. Albatta, vorislik faqat faxrlanish emas, vorislik bu ulkan mas’uliyat hamdir! Ajdodlarimiz insoniyat taraqqiyoti uchun qanday buyuk ishlar qilgan bo‘lsa, sizlar Yangi O‘zbekistonda yangi uyg‘onish davri – Uchinchi Renessans poydevorini yaratadigan kuch bo‘lishingiz kerak!”,
– dedi Prezidentimiz.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
Prezidentimiz amalga oshirilgan sa’y-harakatlar hisobiga yurtimizda yoshlar bilan ishlash muhiti tubdan o‘zgarganini ta’kidla
Prezidentimiz amalga oshirilgan sa’y-harakatlar hisobiga yurtimizda yoshlar bilan ishlash muhiti tubdan o‘zgarganini ta’kidladi. Xususan, bilim olish, kasb-hunar egallash, til o‘rganish, ish topish va biznes boshlashda qiyinchilikka uchragan 1,5 million yoshlarning muammosi “Yoshlar daftari” orqali hal qilindi. Alohida dasturlar asosida jozibador biznes muhiti va imtiyozli resurslar natijasida yosh tadbirkorlar soni 5 karra ko‘payib, 287 mingdan oshdi. O‘quv markazlarini ko‘paytirishga qulay sharoit yaratilgani uchun xorijiy tillarni intensiv o‘rganayotgan yigit-qizlarimiz 3,5 millionga yetdi. Iqtidorli o‘quvchi va talabalarimiz nufuzli fan olimpiadalarida 434 ta, yosh sportchilarimiz xalqaro musobaqalarda 2 ming 245 ta medalni qo‘lga kiritdi. Tarbiyasi og‘ir yoshlarga huquq-tartibot idoralari va hokimlar biriktirilgani uchun ikki yilda yoshlar jinoyatchiligi 2,5 karra kamaydi.
“Lekin bu – yoshlar bilan bog‘liq barcha masalalar hal bo‘ldi, degani emas,
– dedi davlatimiz rahbari. Yoshlar masalalari uchun mas’ul idoralar, vazirlar, hokimlar, rektorlar, texnikum va maktab direktorlari yoshlar muammosi, ehtiyoj va qiziqishlari bo‘yicha tinimsiz ishlashi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Davlatimiz rahbari yurtimizdagi barcha yoshlarni bayram bil
Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Davlatimiz rahbari yurtimizdagi barcha yoshlarni bayram bilan samimiy tabrikladi.
Biz islohotlarimizning ilk kunlaridan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu va intilishlarini ro‘yobga chiqarishni davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab olganmiz”,
– dedi Prezidentimiz. Yurtimizning har bir mahallasida o‘g‘il-qizlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, ularga ko‘makchi bo‘ladigan yoshlar yetakchilari korpusi shakllantirildi. Yosh avlodni milliy qadriyatlarga sadoqat, Vatanga muhabbat, kattalarga hurmat va ezgu insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash maqsadida nuroniy otaxon va onaxonlarimizning boy hayotiy tajribasidan foydalanish keng yo‘lga qo‘yildi. Mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb e’lon qilinib, barcha vazirlik va idoralar yoshlar muammolarini o‘rganish va yechim topish masalasiga to‘liq safarbar qilindi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#YoshlarKuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasida Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan maxsus koʻrgaz
+9
#YoshlarKuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasida Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan maxsus koʻrgazmada mamlakatimizning faol va izlanuvchan yoshlari bilan uchrashdi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bugun, Yoshlar kunida Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqot qiladi hamda faol va tashabbuskor yigit-qizlardan bi
Bugun, Yoshlar kunida Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqot qiladi hamda faol va tashabbuskor yigit-qizlardan bir guruhiga davlat mukofotlarini topshiradi. Shuningdek, davlatimiz rahbari iqtidorli yoshlar bilan uchrashib, ularning turli sohalardagi loyihalari bilan tanishadi.   — Сегодня, в День молодежи, Президент Шавкат Мирзиёев проведет диалог с молодежью и вручит государственные награды группе активных и инициативных юношей и девушек. Также глава нашего государства встретится с талантливыми молодыми людьми и ознакомится с их проектами в различных сферах. Facebook|Instagram|X

Repost from Edu.uz
#YoshlarKuni Qadrli yurtimiz yoshlari! 🇺🇿30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan barchangizni samimiy muborakbod etamiz! Bu
#YoshlarKuni Qadrli yurtimiz yoshlari! 🇺🇿30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan barchangizni samimiy muborakbod etamiz! Bu sana – sizlarning ezgu orzularingiz, fidokorona mehnatingiz, cheksiz salohiyatingiz hamda Vatanga bo‘lgan sadoqatingizni e’tirof etuvchi muhim bayramdir. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi sizlarga mustahkam sog‘liq, yuksak marralar, ulkan zafarlar va yorqin kelajak tilaydi. Sizlar – Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlari, ilm-fan, innovatsiya va texnologiyalar taraqqiyotini harakatga keltiruvchi eng katta kuchsiz. Bilim olishga bo‘lgan intilishingiz, yangilikka ochiqligingiz, izlanuvchanligingiz va mehnatsevarligingiz mamlakatimiz taraqqiyoti hamda farovon kelajagining mustahkam poydevoridir. Doimo ilm izlang, yuksak maqsadlar sari dadil odimlang, Vatanga sadoqat bilan xizmat qiling. Yangi g‘oyalar, kreativ tashabbuslar va zamonaviy yondashuvlar orqali yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shing. Har bir kuningiz yangi imkoniyatlar, ulkan yutuqlar va unutilmas muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin! Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram