PolicyLab.UZ
前往频道在 Telegram
Jahon siyosati va iqtisodiyoti tahlili
显示更多未指定国家未指定类别
596
订阅者
+124 小时
+37 天
+4730 天
吸引订阅者
十一月 '2611月 '26
十一月 '26
+2
在0个频道中
十月 '26
+61
在5个频道中
Get PRO
九月 '26
+28
在1个频道中
Get PRO
八月 '26
+40
在5个频道中
Get PRO
七月 '26
+37
在5个频道中
Get PRO
六月 '26
+504
在7个频道中
Get PRO
五月 '260
在3个频道中
Get PRO
四月 '26
+26
在8个频道中
| 日期 | 订阅者增长 | 提及 | 频道 | |
| 03 十一月 | 0 | |||
| 02 十一月 | +2 | |||
| 01 十一月 | 0 |
频道帖子
Geopolitical futures: «Jahon geosiyosatidagi global keskinliklar»
Amerikalik geosiyosiy tahlilchi Jorj Fridman fikricha, bugun dunyoning turli mintaqalarida bir vaqtning o‘zida kuzatilayotgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy keskinliklar tasodifiy emas. Ular xalqaro tartibotning chuqur qayta shakllanishi bilan bog‘liq.
AQShda ichki siyosiy qarama-qarshiliklar, Yevropada norozilik namoyishlari, Yaqin Sharqda Eron atrofidagi urush, Xitoyda iqtisodiy muammolar va siyosiy elita ichidagi o‘zgarishlar, Rossiyada esa Ukraina urushi oqibatlari bir vaqtda namoyon bo‘lmoqda.
Fridmanning asosiy gipotezasi - ushbu jarayonlarning umumiy omili AQSh global strategiyasining o‘zgarishidir. Vashington Yevropa va Sharqiy yarimshardagi ayrim xavfsizlik majburiyatlarini mintaqaviy ittifoqchilari zimmasiga o‘tkazib, e’tiborini G‘arbiy yarimsharga qaratmoqda. Biroq bu jarayon izchil emas, balki keskin burilishlar va qarama-qarshi qarorlar bilan kechmoqda.
Natijada Yevropa AQShning an’anaviy rolini mustaqil to‘ldirishda qiynalmoqda. Yaqin Sharqda kuchlar muvozanati o‘zgarmoqda. Xitoy esa tashqi bozorlardagi beqarorlik sharoitida iqtisodiy modelini qayta ko‘rib chiqish zaruratiga duch kelmoqda. Muallifning ta’kidlashicha, jahon tizimining markaziy davlati o‘z tashqi siyosiy yo‘nalishini o‘zgartirganda, boshqa davlatlar ham o‘z strategiyalarini qayta moslashtirishga majbur bo‘ladi. Bu esa global miqyosda noaniqlik va keskinliklarni kuchaytiradi.
Kanalga a'zo bo'lish
| 2 | 🇹🇷 Lozanna shartnomasi Turkiya uchun nega muhim?
Lozanna shartnomasi haqida gap ketganda, avvalo, uning zamonaviy Turkiya davlatining shakllanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etganini ta’kidlash lozim.
1923-yil 24-iyulda Shveytsariyaning Lozanna shahrida Turkiya va Birinchi jahon urushida g‘olib chiqqan davlatlar - Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya, shuningdek, Gretsiya, Ruminiya va Serblar, xorvatlar va slovenlar qirolligi o‘rtasida tinchlik shartnomasi imzolandi.
Birinchi jahon urushida mag‘lub bo‘lgan Usmonli imperiyasiga 1920-yilda Sevr shartnomasi orqali og‘ir shartlar qo‘yilgan edi. Unga ko‘ra, mamlakat hududlari bo‘lib olinishi, iqtisodiy va siyosiy mustaqilligi keskin cheklanishi ko‘zda tutilgan.
Biroq Mustafo Kamol Otaturk boshchiligidagi milliy ozodlik kurashi natijasida bu rejalar amalga oshmadi.
Lozanna shartnomasining asosiy natijalari:
▪️ Turkiyaning mustaqilligi va suvereniteti xalqaro miqyosda tan olindi.
▪️ Mamlakatning asosiy hududlari saqlab qolindi, yangi chegaralari belgilandi.
▪️ Chet davlatlarning iqtisodiy va huquqiy imtiyozlari bekor qilindi, Turkiya o‘z ichki ishlarini mustaqil boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
▪️ Bosfor va Dardanel bo‘g‘ozlarining xalqaro maqomi belgilandi.
Shartnomaning tarixiy ahamiyati shundaki, u Mustafo Kamol Otaturk boshchiligida 1919–1922-yillarda olib borilgan Turkiya mustaqillik urushida, xususan, Gretsiya qo‘shinlari ustidan qozonilgan harbiy g‘alabani diplomatik yutuqqa aylantirdi. Natijada Turkiyaning suvereniteti va hududiy yaxlitligi xalqaro miqyosda tan olindi hamda zamonaviy Turkiya Respublikasining tashkil topishi uchun siyosiy-huquqiy zamin yaratildi.
Oradan uch oy o‘tib, 1923-yil 29-oktabrda Turkiya Respublikasi e’lon qilindi. | 227 |
| 3 | 🇹🇷 Turkiya Respublikasi tashkil topganining 103 yilligini nishonlamoqda
1923-yil 29-oktabrda Turkiya rasman respublika deb e’lon qilingan. Mustafo Kamol Otaturk mamlakatning birinchi Prezidenti etib Buyuk Millat Majlisi deputatlari tomonidan bir ovozdan saylangan.
Respublika e’lon qilinishidan avval mamlakatda siyosiy inqiroz yuzaga kelgan. 1923-yil 27-oktabrda hukumat iste’foga chiqqan, shundan so‘ng Otaturk respublika boshqaruv shaklini joriy etish taklifini ilgari surgan.
1923-yil 24-iyulda imzolangan Lozanna shartnomasi Turkiya suverenitetining xalqaro miqyosda tan olinishini mustahkamlagan.
1925-yilda esa 29-oktabr rasman milliy bayram - Respublika kuni deb e’lon qilingan. | 211 |
| 4 | 没有文字... | 220 |
| 5 | 没有文字... | 182 |
| 6 | 没有文字... | 171 |
| 7 | 没有文字... | 192 |
| 8 | 没有文字... | 201 |
| 9 | 没有文字... | 353 |
| 10 | Eron elchisi Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligiga chaqirtirilib, unga nota topshirildi!
Xususan, 2026-yil 23-oktabr kuni Eron Islom Respublikasining Özbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elçisi Muhammad Ali Iskandariy Taşqi işlar vazirligiga çaqirtirildi.
Eron tomoniga Özbekistonning qatʼiy eʼtirozini ifodalovçi norozilik notasi topşirildi.
Eʼtirozga Eronning xorijiy davlatlardagi bir qator diplomatik vakolatxonalari tomonidan «X» ijtimoiy tarmoğida Samarqand şahrining tarixiy-madaniy merosini biryoqlama va siyosiy maqsadlarda talqin qiluvçi materiallarning eʼlon qilinişi sabab böldi.
Uçraşuv davomida Samarqand, Buxoro, Xiva va Özbekistonning boşqa tarixiy şaharlari merosi köp asrlar davomida şakllangan boy va köp qirrali tarixiy-madaniy taraqqiyotning ajralmas qismi ekani taʼkidlandi. Samarqandning tarixiy-madaniy qiyofasi özbek xalqining köp asrlik tarixi, davlatçilik anʼanalari va madaniy taraqqiyotini aks ettirişi uqtirildi.
Şuningdek, diplomatik vakolatxonalarning rasmiy axborot resurslarida eʼlon qilinadigan materiallar özaro hurmat va işonç tamoyillariga muvofiq bölişi, tarixiy-madaniy masalalarning siyosiylaştirilişiga olib kelmasligi lozimligi urğulandi.
Eron tomoniga tegişli postlarni diplomatik vakolatxonalarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan olib taşlaş hamda kelgusida bunday holatlarning takrorlanişiga yöl qöymaslik böyiça zarur çoralar köriş talabi bildirildi.
Özbekiston Eron bilan özaro hurmat va işonçga asoslangan munosabatlarni qadrlaydi. Şu bilan birga, mamlakatimizning tarixiy-madaniy merosini biryoqlama talqin qilişga nisbatan prinsipial pozitsiyasini saqlab qoladi.
@u_generalissimus | 220 |
| 11 | 没有文字... | 2 436 |
| 12 | 没有文字... | 245 |
| 13 | 🌍 FOREIGN POLICY: ERON URUSHI DUNYO TARTIBINI BUTUNLAY O‘ZGARTIRDI
Amerikalik taniqli tahlilchi, Yaqin Sharq instituti vitse-prezidenti Kennet Pollack fikricha, AQSh va Isroilning Eron bilan urushi nafaqat Yaqin Sharqdagi kuchlar muvozanatini, balki xalqaro munosabatlarning fundamental qoidalarini ham o‘zgartirishi mumkin.
Muallif urushning beshta uzoq muddatli geosiyosiy oqibatiga e’tibor qaratadi.
1. Fors ko‘rfazi davlatlari mudofaadan hujum strategiyasiga o‘tmoqda.
Urush shuni ko‘rsatdiki, hatto 90 foiz samaradorlikka ega havo mudofaasi tizimlari ham iqtisodiy xavfsizlikni to‘liq kafolatlay olmaydi. Arzon dronlar va raketalar qimmat mudofaa tizimlarini iqtisodiy jihatdan samarasiz holatga keltirmoqda.
Shu sababli Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar va boshqa davlatlar o‘zlarining hujumkor dron va raketa salohiyatini rivojlantirishga kirishmoqda. Bu esa mintaqada yangi qurollanish poygasi va harbiy to‘qnashuvlar xavfini kuchaytirishi mumkin.
2. Xitoy Yaqin Sharqda harbiy kuchga aylanishi mumkin.
So‘nggi o‘n yilliklarda Pekin mintaqadagi iqtisodiy manfaatlarini AQSh ta’minlab kelgan xavfsizlik tizimiga tayangan holda rivojlantirdi.
Biroq urush Xitoyning iqtisodiy qudrati harbiy-siyosiy ta’sirga avtomatik ravishda aylanmasligini ko‘rsatdi. Energiya importining qariyb yarmi Fors ko‘rfaziga bog‘liq bo‘lgan Pekin kelajakda o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun mintaqada bevosita harbiy ishtirokini kengaytirishi mumkin.
3. Isroil doimiy harbiy ustunlik strategiyasiga o‘tmoqda.
Pollack Isroilning yangi xavfsizlik yondashuvini Rim imperiyasining chegaralarni himoya qilish doktrinasiga qiyoslaydi.
Unga ko‘ra, Isroil o‘z chegaralari atrofida bufer hududlar yaratish va ehtimoliy tahdidlarni oldindan bartaraf etish uchun muntazam harbiy operatsiyalar olib borishga intilmoqda.
Biroq bunday strategiya uzoq muddatda mamlakat iqtisodiyoti, jamiyati va AQSh bilan munosabatlariga jiddiy bosim o‘tkazishi mumkin.
4. Eron harbiy jihatdan zaiflashsa-da, geosiyosiy jihatdan kuchayishi mumkin.
Maqolaning eng muhim paradoksi shundaki, Eronning harbiy salohiyatini cheklashga qaratilgan urush aksincha, uning mintaqaviy ta’sirini oshirishi ehtimoldan xoli emas.
Tehron Hormuz bo‘g‘ozi orqali global energiya ta’minotiga ta’sir ko‘rsatish va Fors ko‘rfazi davlatlariga raketa-dron tahdidi orqali bosim o‘tkazish imkoniyatini namoyish etdi.
Muallif fikricha, Eron rahbariyatidagi o‘zgarishlar, Rossiya va Xitoy bilan harbiy hamkorlikning kuchayishi hamda yadroviy tiyib turishga intilish ushbu tendensiyani yanada mustahkamlashi mumkin.
5. AQShning mintaqaviy xavfsizlik kafolatchisi sifatidagi roli qayta baholanmoqda.
Urush AQShning harbiy ustunligi har doim ham siyosiy natijani kafolatlamasligini ko‘rsatdi. Fors ko‘rfazi davlatlari Vashington xavfsizlik kafolatlariga to‘liq tayanish o‘rniga mustaqil harbiy imkoniyatlarini rivojlantirishga intilmoqda.
Bu esa AQSh markazida shakllangan xavfsizlik tizimining asta-sekin ko‘proq mustaqil kuch markazlariga asoslangan tartibga aylanishi ehtimolini kuchaytiradi.
Shunday qilib, Eron urushi xalqaro siyosatda uchta fundamental o‘zgarishni tezlashtirmoqda: harbiy kuchning qayta taqsimlanishi, an’anaviy xavfsizlik kafolatlariga ishonchning susayishi va o‘rta davlatlarning strategik mustaqillikka intilishi.
🔗 https://foreignpolicy.com/2026/10/19/iran-war-effects-world-gulf-china-israel/ | 290 |
| 14 | Ona tilim
👉@suhrob_buranov👈 | 213 |
| 15 | AQSH davlat kotibi Marko Rubio O’zbekistonga kelmoqda. Safardan asosiy maqsad “AQSH va O’zbekiston hamda mintaqa davlatlari bilan munosabatlarni rivojlantirish” deb ta’kidladi Rubio. Davlat kotibi Markaziy Osiyo+AQSH (C5+1) formatidagi tashqi ishlari vazirlari uchrashuvida ishtirok etadi. | 298 |
| 16 | 没有文字... | 1 027 |
| 17 | 没有文字... | 265 |
| 18 | 没有文字... | 258 |
| 19 | 没有文字... | 248 |
| 20 | 没有文字... | 1 119 |
