SamATI | Rasmiy kanali
前往频道在 Telegram
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti rasmiy telegram sahifasi Tel: +99866 492 81 16, +99893 235 97 88 Veb-sayt: www.samaguni.uz Murojaat uchun: @SamATIinfo_bot Facebook: fb.com/Samaguni.uz https://www.instagram.com/samati_rasmiy
显示更多1 670
订阅者
-324 小时
-17 天
-4030 天
数据加载中...
吸引订阅者
六月 '26
六月 '26
+50
在6个频道中
五月 '26
+122
在37个频道中
Get PRO
四月 '26
+86
在51个频道中
Get PRO
三月 '26
+84
在46个频道中
Get PRO
二月 '26
+68
在60个频道中
Get PRO
一月 '26
+90
在33个频道中
Get PRO
十二月 '25
+51
在12个频道中
Get PRO
十一月 '25
+60
在20个频道中
Get PRO
十月 '25
+74
在24个频道中
Get PRO
九月 '25
+336
在36个频道中
Get PRO
八月 '25
+90
在2个频道中
Get PRO
七月 '25
+53
在9个频道中
Get PRO
六月 '25
+36
在8个频道中
Get PRO
五月 '25
+57
在46个频道中
Get PRO
四月 '25
+79
在36个频道中
Get PRO
三月 '25
+72
在62个频道中
Get PRO
二月 '25
+75
在72个频道中
Get PRO
一月 '25
+312
在3个频道中
Get PRO
十二月 '24
+41
在7个频道中
Get PRO
十一月 '24
+58
在17个频道中
Get PRO
十月 '24
+47
在28个频道中
Get PRO
九月 '24
+103
在18个频道中
Get PRO
八月 '24
+73
在10个频道中
Get PRO
七月 '24
+39
在9个频道中
Get PRO
六月 '24
+184
在2个频道中
Get PRO
五月 '24
+60
在11个频道中
Get PRO
四月 '24
+47
在11个频道中
Get PRO
三月 '24
+42
在1个频道中
Get PRO
二月 '24
+48
在3个频道中
Get PRO
一月 '24
+51
在14个频道中
Get PRO
十二月 '23
+33
在4个频道中
Get PRO
十一月 '23
+39
在3个频道中
Get PRO
十月 '23
+36
在3个频道中
Get PRO
九月 '23
+78
在0个频道中
Get PRO
八月 '23
+42
在0个频道中
Get PRO
七月 '23
+45
在0个频道中
Get PRO
六月 '23
+42
在0个频道中
Get PRO
五月 '23
+49
在0个频道中
Get PRO
四月 '23
+27
在0个频道中
Get PRO
三月 '23
+24
在0个频道中
Get PRO
二月 '23
+39
在0个频道中
Get PRO
一月 '23
+47
在0个频道中
Get PRO
十二月 '22
+24
在0个频道中
Get PRO
十一月 '22
+32
在0个频道中
Get PRO
十月 '22
+72
在0个频道中
Get PRO
九月 '22
+156
在0个频道中
Get PRO
八月 '22
+154
在0个频道中
Get PRO
七月 '22
+27
在0个频道中
Get PRO
六月 '22
+23
在0个频道中
Get PRO
五月 '22
+28
在0个频道中
Get PRO
四月 '22
+22
在0个频道中
Get PRO
三月 '22
+34
在0个频道中
Get PRO
二月 '22
+30
在0个频道中
Get PRO
一月 '22
+37
在0个频道中
Get PRO
十二月 '21
+17
在0个频道中
Get PRO
十一月 '21
+32
在0个频道中
Get PRO
十月 '21
+43
在0个频道中
Get PRO
九月 '21
+169
在0个频道中
Get PRO
八月 '21
+488
在0个频道中
| 日期 | 订阅者增长 | 提及 | 频道 | |
| 27 六月 | 0 | |||
| 26 六月 | 0 | |||
| 25 六月 | +1 | |||
| 24 六月 | +7 | |||
| 23 六月 | +1 | |||
| 22 六月 | +6 | |||
| 21 六月 | 0 | |||
| 20 六月 | +1 | |||
| 19 六月 | 0 | |||
| 18 六月 | +4 | |||
| 17 六月 | 0 | |||
| 16 六月 | +1 | |||
| 15 六月 | +2 | |||
| 14 六月 | +2 | |||
| 13 六月 | +1 | |||
| 12 六月 | +3 | |||
| 11 六月 | +5 | |||
| 10 六月 | +3 | |||
| 09 六月 | 0 | |||
| 08 六月 | 0 | |||
| 07 六月 | +1 | |||
| 06 六月 | +3 | |||
| 05 六月 | +3 | |||
| 04 六月 | +2 | |||
| 03 六月 | +3 | |||
| 02 六月 | 0 | |||
| 01 六月 | +1 |
频道帖子
Repost from Samarqand IIB | Kiberxavfsizlik
#DIQQAT_TARQATING
Tadbirkorlar va buxgalterlar diqqatiga: Kiberfiribgarlarning yangi tuzog‘i!
Agar hozir ogoh bo‘lmasangiz, bir necha daqiqa ichida firma hisobidagi barcha pullardan ayrilib qolasiz!
📉 sxema qanday ishlaydi? 👇
1-qadam. Ma’lumot yig‘ish: Firibgarlar Orginfo kabi ochiq saytlardan kompaniyangiz haqidagi ma’lumotlarni (nomlanishi, STIR/INN, elektron pochta) topib olishadi. 2-qadam. Soxta hujjat yuborish: Elektron pochtangizga go‘yoki soliq idorasidan kelgandek ko‘ringan xat keladi. Xatda “Kameral soliq tekshiruvi” yoki “Hisobvaraqlarni to‘xtatib turish” haqida soxta ogohlantirish (PDF fayl ko‘rinishida) bo‘ladi. 3-qadam. Virusli havola (link): Xat ichida hujjatni ochish uchun go‘yoki Java dasturini yangilash kerakligi aytiladi va sizga KameralTekshiruv1.0.3 kabi zararli ilovani yuklab olish taklif etiladi. 4-qadam. Pullarni o‘g‘irlash: Agar ushbu havolani bosib, faylni yuklab olsangiz, kompyuteringizga virus tushadi. Natijada firibgarlar qurilmangizni masofadan boshqarish huquqini qo‘lga kiritadi va bir necha daqiqa ichida firma hisobidagi barcha pullardan ayrilib qolasiz.Telegram | Instagram | Youtube
| 2 | 📌 SamATIda izlanuvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlari monitoringdan o‘tkazildi
✅ Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar hamda institut rektorining tegishli buyrug‘i asosida tayanch doktorantlar, doktorantlar, stajyor-tadqiqotchilar va mustaqil izlanuvchilarning (PhD, DSc) ilmiy-tadqiqot ishlari monitoringi o‘tkazildi.
Monitoring jarayonida izlanuvchilarning yarim yillik va yillik ish rejalari ijrosi, ilmiy tadqiqotlarning bajarilish holati hamda ularning natijadorligi o‘rganildi.
Shuningdek, ishchi guruh tomonidan ilmiy izlanishlarni uslubiy jihatdan takomillashtirish, tadqiqot sifatini oshirish va belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish yuzasidan tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.
🏛 SamATI Axborot xizmati
Website | Telegram | Facebook
| Instagram | YouTube | 303 |
| 3 | 📌 Institutimiz olimi doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi
✅ Sodiqjon Mamasoliyev Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutining “Iqtisodiyot va boshqaruv” fakulteti dekani hamda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining viloyat agroxizmatlar markazi rahbari lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan bo'lib, keyinchalik institut tomonidan ilmiy izlanishlarni davom ettirish maqsadida Yaponiyaning "Tokyo University of Agriculture and Technology" universitetiga yuborilgan edi.
Olimning ilmiy ishi “Uzumchilikka ixtisoslashgan tomorqa xo‘jaliklarida suvdan foydalanish bo‘yicha hamkorlik munosabatlari: Samarqand viloyati misolida” mavzusiga bag‘ishlandi.
Bugungi kunga kelib, Sodiqjon Mamasoliyev mazkur institutda doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Ushbu yuksak ilmiy yutuq bilan tabriklaymiz va kelgusidagi ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
🏛 SamATI Axborot xizmati
Website | Telegram | Facebook
| Instagram | YouTube | 410 |
| 4 | #Qonunchilik_yangiliklari
❗Nodavlat ta’lim sohasida nazorat to‘liq raqamlashtirilmoqda: “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi joriy etildi!
📝 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 26-iyundagi 22-mh-son buyrug‘i bilan sohada qonunchilikka rioya etilishini masofaviy va shaffof nazorat qiluvchi “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Ushbu hujjat Adliya vazirligida 3866-raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
📨 Nizomga ko‘ra:
🚪 Ishlab chiqilgan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi asosida aniqlangan huquqbuzarlik xavfi qay darajada boʻlishidan qatʼi nazar, tadbirkorlik subyektiga nisbatan taʼsir choralarini qoʻllashga asos boʻla olmaydi.
➡️“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi — inson omilisiz, aniq mezonlar va 100 ballik shkala asosida nodavlat ta’lim tashkilotlarining qonunbuzilish xavfi darajasini o‘lchaydi.
📑Mazkur tahlil jarayoni tadbirkor faoliyatini to‘xtatib turish yoki unga to‘sqinlik qilishni nazarda tutmaydi.
➡️Tahlil davomida tadbirkordan hech qanday hujjat yoki axborot talab qilinmaydi!
➡️Barcha baholashlar faqat mavjud ma’muriy ma’lumotlar, statistika, EMIS/HEMIS tizimlari hamda fuqarolar murojaatlari va ochiq manbalar asosida masofaviy amalga oshiriladi.
➡️Baholash natijalariga ko‘ra tashkilotlar uchta toifaga ajratiladi:
🔴 Yuqori xavf: 81 dan 100 ballgacha;
🟡 O‘rta xavf: 61 dan 81 ballgacha;
🟢 Past xavf: 61 balldan kam.
❔Tizim qanday ishlaydi?
🟢Past xavf toifasidagi tashkilotlarda tekshiruvlar umuman o‘tkazilmaydi. Bu halol ishlayotgan muassasalarni ortiqcha bosimdan xalos etadi.
🟢Yuqori va o‘rta xavfli muassasalarda profilaktika va tekshiruvlar amaldagi qonunchilik asosida, faqat ta’lim talablariga rioya etilishini o‘rganish maqsadida o‘tkazilishi mumkin.
➡️Aniq xavf darajasi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, bu avtomatik ravishda tadbirkorga jazo yoki ta’sir chorasi qo‘llashga asos bo‘la olmaydi.
💠Xavf darajasining tahlili quyidagi maʼlumotlarni oʻrganish asosida amalga oshiriladi:
☑️maʼmuriy maʼlumotlar (litsenziya, ruxsat etuvchi va davlat organlarida
mavjud boshqa hujjatlar);
☑️davriy statistika maʼlumotlari, jumladan, avval huquqbuzarlik holatlari aniqlangan tadbirkorlik subyektini umumlashtiruvchi belgilar, xabarlar va boshqa korrelyatsion tahlil
natijalari;
☑️yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlar;
☑️OAVlaridan yoki boshqa tashqi manbalardan (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar) olingan
maʼlumotlar;
☑️nazorat xaridi natijalari asosida aniqlangan kamchiliklarning tahlili;
☑️qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan va tadbirkorlik subyektining odatiy faoliyatiga bevosita yoki bilvosita taʼsir koʻrsatmagan holda, davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olinishi mumkin boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
❗️Xavfni tahlil etish natijalaridan norozi bo‘lgan tadbirkorlar belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
✅ Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
📝 Hujjatni PDF shaklda yuklab olish.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 375 |
| 5 | 📌Tokio universiteti magistranti SamATIda ilmiy tadqiqot olib boradi
✅ Bugun instituti rektori, professor Sh. Hasanov Yaponiyaning Tokio universitetidan tashrif buyurgan tadqiqotchi Hirotaka Tanakani qabul qildi.
Uch oy muddatga mo‘ljallangan ilmiy tashrif davomida magistrant institut professor-o‘qituvchilari hamda Samarqand viloyatidagi fermer xo‘jaliklari bilan hamkorlikda qishloq xo‘jaligi sohasiga oid ilmiy tadqiqotlar olib boradi.
Uchrashuv davomida Hirotaka Tanaka o‘zining ilmiy izlanishi va ularning amaliy ahamiyati yuzasidan taqdimot qildi. Jumladan, “O‘zbekiston qishloq hududlarida raqamli qishloq xo‘jaligi bilimlariga kirish va mahalla tizimi: Samarqand viloyatida past bo‘yli Fuji olma yetishtirish texnologiyasini joriy etish misolida” mavzusidagi tadqiqot bo'yicha fikr almashildi...
Batafsil: 👉 https://samaguni.uz/#/news/746
🏛 SamATI Axborot xizmati
Website | Telegram | Facebook
| Instagram | YouTube | 506 |
| 6 | 🟦🟦🟦🟦🟦
Xorijiy stajirovkaga oid tanlovlar:
📥Yosh olimlarni AQShning "Texas A&M" Universitetiga "(Xalqaro qishloq xo‘jaligi va rivojlanish bo‘yicha Norman Borlaug instituti) qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov
Muddat: 30.07.2026
📥Yosh olimlarni Koreya Respublikasining Sejong universitetiga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov
Muddat: 30.07.2026
📥Yosh olimlarni Germaniyaning Freiburg konchilik va texnologiyalar universitetiga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov
Muddat: 30.07.2026
📥“Singapur–O‘zbekiston kelajak ilm-fan yetakchilari dasturi” doirasida qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov
Muddat: 30.07.2026
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn | 432 |
| 7 | #Rektor #Murojaatnoma
✅ Xabaringiz bor, bir necha kun avval Samarqand viloyat hokimi Adiz Boboyev oliy ta’lim muassasalari rektorlari bilan uchrashuv o'tkazdi.
Muloqot davomida muhokama qilingan asosiy masalalar, ularning mazmun-mohiyati, yurtimiz, xususan, viloyatimiz obodligi yo'lida ilgari surilgan tashabbuslar haqida Samarqand agroinnovatsiyalar rektori, professor Shavkat Hasanov tomonidan munosabat bildirildi.
🏛 SamATI Axborot xizmati
Website | Telegram | Facebook
| Instagram | YouTube | 646 |
| 8 | #diqqat_tanlov
“Maqsadli fundamental” tadqiqotlar tanlovi eʼlon qilinadi!
Mazkur tanlovga quyidagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha loyihalar qabul qilinadi.
⚪️Matematika, fizika va mexanika fanlari;
⚪️Filologiya va ijtimoiy fanlar;
⚪️Texnika fanlari;
⚪️Tarix va arxeologiya fanlari;
⚪️Tibbiyot fanlari;
⚪️Qishloq xo‘jaligi fanlari;
Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar loyiha.ilmiy.uz orqali 2026-yilning 22-iyuligacha (shu kuni ham 23:55 ga qadar) faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
➡️ Bajarilishi to‘rt yilga mo‘ljallangan fundamental loyihalar mavzulari bilan tanishing.
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn | 428 |
| 9 | 🟥🟥🟥🟩🟩🟩
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovini e’lon qiladi.
📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, 30-iyunga qadar (rasmdagi) 3 ta kitobni o‘qishi va ular asosida tuzilgan testlarni yechishi kerak bo‘ladi.
✅Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:
🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5);
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Samsung planshet;
🔵4-o‘rin (4 nafar) – Lenovo planshet;
🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32;
✅“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:
🔵1-o‘rin (1 nafar) – Samsung planshet;
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Lenovo planshet;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32;
🔖 Tanlovda faol qatnashgan ishtirokchilar rasmiy, QR kodli elektron sertifikat bilan taqdirlanadi.
➡️Tanlov nizomini o‘qish
Kitob o‘qing, testlarni ishlang. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan o‘rin egallang. | 254 |
| 10 | 🏐 Sport kuni doirasida voleybol musobaqasi o'tkazildi
✅ Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida Chorshanba – “Sport kuni” munosabati bilan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida voleybol musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqadan ko‘zlangan maqsad jamoada sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Bunday sport tadbirlari professor-o‘qituvchilar va xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda jamoa birdamligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
🏛 SamATI Axborot xizmati
Website | Telegram | Facebook
| Instagram | YouTube | 437 |
| 11 | #TalabaExpo2026 #KelajakkaQadam
📣 “TalabaExpo–2026” Kasb va ta'lim ko'rgazmasi
🎓 Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi kurs talabalari hamda yurtimizning turli hududlarida tahsil olayotgan samarqandlik barcha talabalarni“TalabaExpo–2026” Kasb va ta'lim ko'rgazmasiga taklif etamiz!
🕑 Mazkur ko'rgazma “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchilar bandligini ta’minlash maqsadida 2026-yil 2-iyul kuni Samarqand shahrining "Universitet xiyoboni"da bo'lib o'tadi!
Ko'rgazmada ishtirok etish orqali siz mehnat bozoriga muvaffaqiyatli kirib borishda ko‘mak olish va ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish imkoniga ega bo'lasiz!
Bunday imkoniyatni qo'ldan boy bermang! Sizni “TalabaExpo–2026” Kasb va ta'lim ko'rgazmasida kutib qolamiz!
🏛 SamATI Axborot xizmati
Website | Telegram | Facebook
| Instagram | YouTube | 449 |
| 12 | #olimpiada #geografiya
#Yoshlar_festivali
📌 Geografiya fani bo‘yicha "Viloyat hokimi" olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi
✅ Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida “Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi!” shiori ostida Samarqand viloyatidagi umumta’lim maktablarining 10–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan geografiya fani bo‘yicha "Viloyat hokimi" olimpiadasi yakunlandi.
Olimpiadada viloyatning barcha tuman va shaharlaridan geografiya faniga qiziqadigan iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar hakamlar hay’ati qarori asosida diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Mazkur olimpiada yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularning bilimlarini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.
🏛 SamATI Axborot xizmati
Website | Telegram | Facebook
| Instagram | YouTube | 547 |
| 13 | 🥔 Kartoshkachilikda Janubiy Koreya tajribasi o‘rganilmoqda
✅ Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti vakillaridan iborat delegatsiya “O‘zbekistonda kartoshka urug‘chiligini rivojlantirishda kadrlar salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida 22-iyun – 3-iyul kunlari Janubiy Koreya Respublikasida bo‘lib, o‘quv-amaliy seminar va uchrashuvlarda ishtirok etmoqda.
Tashrifning dastlabki kunlarida delegatsiya loyiha hamkori hisoblangan Xalqaro bog‘dorchilik institutida bo‘lib, kartoshka urug‘chiligi, viruslardan holi urug‘lik materiallarini yetishtirish hamda sohani rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan tanishdi. Institut direktori Lee Yong-Beom tomonidan muassasa faoliyati va istiqboldagi rejalar taqdim etildi...
Batafsil: 👉 https://samaguni.uz/#/news/744
🏛 SamATI Axborot xizmati
Website | Telegram | Facebook
| Instagram | YouTube | 625 |
| 14 | 💰✍️ 🤩🤩🤩🤩
❗SAT sertifikati bilan qoʻshimcha davlat grantiga qabul qilish shartlari belgilandi
☑️2026/2027-oʻquv yilida abituriyentlarni oliy taʼlim tashkilotlariga qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilishda “College Board” tashkiloti tomonidan oʻtkaziladigan “Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatini qoʻllash quyidagicha amalga oshiriladi.
➡️“Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatiga (1200 va undan yuqori ball) ega boʻlgan abituriyentlar uchun qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari oliy taʼlim tashkilotining kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha fanlar majmuasi (taʼlim yoʻnalishiga mos ikkita fan) “matematika” va “chet tili” fanlari boʻlgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari qabul parametrining 50 foizi miqdorida belgilanadi.
📝 Bunda:
🟢 qabul parametrining 50 foizi butun son boʻlmagan holatda ushbu bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida qoʻshimcha qabul koʻrsatkichi yuqori songa yaxlitlangan holda belgilanadi;
🟢 roʻyxatdan oʻtishda fanlar majmuasi sifatida “matematika” va “chet tili” fanlarini tanlagan hamda SAT sertifikati 2026-yil 25-iyun kuniga qadar (shu kuni ham) DI kod orqali Bilim va malakalarni baholash agentligiga kelib tushgan abituriyentlarga belgilangan imtiyoz tatbiq etiladi;
🟢 abituriyentlarning SAT sertifikati boʻyicha ballari ularni qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul parametrlariga qabul qilishda asosiy mezon hisoblanadi;
🟢 abituriyentlar tanlagan beshtagacha oliy taʼlim tashkiloti, bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga SAT sertifikati boʻyicha ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida talabalikka tavsiya etiladi;
🟢 ajratilgan qoʻshimcha qabul koʻrsatkichining quyi chegarasidagi abituriyentning SAT sertifikati boʻyicha baliga undan keyingi abituriyent(lar)ning bal(lar)i teng boʻlib qolgan taqdirda, ushbu abituriyent(lar) ham ushbu bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga talabalikka tavsiya etiladi;
🟢 SAT sertifikatiga ega abituriyentlarga ushbu imtiyozdan foydalanish yoki imtiyozdan foydalanmasdan test sinovi natijasiga koʻra umumiy tartibda tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratiladi;
🟢 SAT sertifikatiga ega, biroq roʻyxatdan oʻtishda tanlagan beshtagacha yoʻnalishga talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, vakant (boʻsh) qolgan qoʻshimcha grant joylariga kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilingan sanadan bir haftadan soʻng bir hafta muddat davomida qayta roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi;
🟢 Bilim va malakalarni baholash agentligining qaydnomalari ushbu abituriyentlarni talabalikka qabul qilish boʻyicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish uchun asos boʻladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 388 |
| 15 | Samarqand viloyatida “Intellektual faoliyat bo‘yicha” respublika tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda oliy ta’lim tashkilotlari professor-o‘qituvchilari va yosh olimlar o‘zlarining intellektual mulk obyektlari hamda innovatsion ishlanmalari bilan ishtirok etdilar.
Loyihalar ekspertlar komissiyasi tomonidan innovatsionlik darajasi, amaliy ahamiyat va ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik mezonlari asosida baholandi. Tanlov g‘oliblari respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.
G‘oliblar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
🌐 Batafsil
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn | 447 |
| 16 | Bugungi kunda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 1,5 milliondan ziyod talaba tahsil olmoqda. Quvonarlisi, ularning yarmidan ko‘pini qizlar tashkil etadi. Bu mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasidir.
Qiz farzandining ilm olishiga ishongan minglab oilalar... O‘zi qiziqqan kasbni tanlayotgan minglab qizlar... Ular o‘qimoqda, izlanmoqda, bu qizlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi hamda shijoati kun sayin ortib bormoqda. Bilimli qiz nafaqat o‘z hayotini, balki oilasini, atrofidagi muhitni va butun mamlakat kelajagini o‘zgartirishga qodir.
Ta’lim insonga hayot yo‘lini mustaqil tanlashda kuch va erkinlik baxsh etadi. Qizlarimizga orzulari sari dadil qadam tashlashlari uchun imkon beraylik.
—
Сегодня в вузах Узбекистана учатся более 1,5 миллиона студентов. И больше половины из них — девушки. Это результаты образовательной реформы, инициированной президентом нашей страны.
Тысячи семей, верящих в образование своих дочерей. Тысячи девушек, выбирающих профессию по душе — они учатся, развиваются и с каждым днём обретают все большую уверенность и смелость. Образованная девушка меняет не только свою жизнь. Она меняет семью, среду вокруг себя и будущее страны.
Образование даёт человеку возможность выбирать свой путь в жизни, свою свободу.
Дайте девочкам шанс следовать за своей мечтой. | 436 |
| 17 | Prezident jurnalistlarga Milliy jamoamizning bugungi o‘yini haqida gapirdi:
🎤 Birinchi g‘alabamiz – bayrog‘imiz hilpiragani – bu Vatanimizni jahon hamjamiyati bilan tepa-tengligidan dalolat!
❗️Eslatib o‘tamiz, Portugaliyaga qarshi o‘yin bugun soat 22:00 da boshlanadi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 463 |
| 18 | ⚖️ SamATIda “Huquqiy savodxonlik” tadbiri o‘tkazildi
✅ Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida “Huquqiy savodxonlik” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Samarqand viloyati adliya boshqarmasi sho‘ba mudiri N. Ro‘ziyev ishtirok etib, yoshlarning huquq va erkinliklari, qonunchilikdagi yangiliklar hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari yuzasidan ma’ruza qildi.
Unda institut professor-o‘qituvchilari va talabalari faol qatnashib, mavzu bo‘yicha zarur ma’lumotlarga ega bo‘ldilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan batafsil javob oldilar.
🏛 SamATI Axborot xizmati
Website | Telegram | Facebook
| Instagram | YouTube | 852 |
| 19 | 📌 Yaponiyaning “Nippon travel agency” kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
✅ Bugun institutga Yaponiyaning yetakchi turizm va xalqaro hamkorlik kompaniyalaridan biri bo‘lgan “Nippon travel agency” kompaniyasi vakillari Baba Naoki, kompaniyaning katta maslahatchisi va Noguchi Kazuya, biznes strategiyasi va innovatsiyalar departamenti bosh menejer o‘rinbosari tashrif buyurdi. Mehmonlarni institut rektori, professor Sh. Hasanov kutib oldi.
Tashrif davomida institut rektori mehmonlarga institutning faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, xalqaro hamkorlik aloqalari hamda talabalarga yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil taqdimot qildi. Shuningdek, institutda amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar va xorijiy hamkorlar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi...
Batafsil: 👉 https://samaguni.uz/#/news/743
🏛 SamATI Axborot xizmati
Website | Telegram | Facebook
| Instagram | YouTube | 695 |
| 20 | 📌 SamATI professori xalqaro konferensiyada ishtirok etdi
✅ Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti Dorivor o‘simliklar va oziq-ovqat xavfsizligi texnologiyasi kafedrasi professori Sh. Amirov Tojikiston Respublikasining Xo‘jand shahrida bo‘lib o‘tgan “Qishloq xo‘jaligi hayvonlari genetik resurslaridan foydalanishning innovatsion usullari va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.
Konferensiya davomida professor “O‘zbekistonda chorvachilikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari” mavzusida ma’ruza qildi. Shuningdek, Tojikistonning So‘g‘d viloyati Chorvachilik va yaylovchilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Tomonlar kelgusida qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish va xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
🏛 SamATI Axborot xizmati
Website | Telegram | Facebook
| Instagram | YouTube | 801 |
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
