ar
Feedback
EDU.DIGITAL.UZ

EDU.DIGITAL.UZ

الذهاب إلى القناة على Telegram

Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi. Muhokama guruhi: @digitaleduchat Elektron pochta: education@digital.uz Manzil: 100164, Toshkent shahar, I.Muminov ko‘chasi, 4-uy. Tel: (71) 203-03-43

إظهار المزيد
5 117
المشتركون
-224 ساعات
+317 أيام
+8030 أيام

جاري تحميل البيانات...

سحابة العلامات
لا توجد بيانات
هل تواجه مشاكل؟ يرجى تحديث الصفحة أو الاتصال بمدير الدعم الخاص بنا.
الإشارات الواردة والصادرة
---
---
---
---
---
---
جذب المشتركين
يوليو '26
يوليو '26
+142
في 157 قنوات
يونيو '26
+236
في 111 قنوات
Get PRO
مايو '26
+362
في 98 قنوات
Get PRO
أبريل '26
+204
في 82 قنوات
Get PRO
مارس '26
+434
في 51 قنوات
Get PRO
فبراير '26
+164
في 115 قنوات
Get PRO
يناير '26
+279
في 48 قنوات
Get PRO
ديسمبر '25
+140
في 47 قنوات
Get PRO
نوفمبر '25
+312
في 174 قنوات
Get PRO
أكتوبر '25
+235
في 41 قنوات
Get PRO
سبتمبر '25
+227
في 112 قنوات
Get PRO
أغسطس '25
+225
في 73 قنوات
Get PRO
يوليو '25
+177
في 59 قنوات
Get PRO
يونيو '25
+218
في 108 قنوات
Get PRO
مايو '25
+237
في 59 قنوات
Get PRO
أبريل '25
+354
في 184 قنوات
Get PRO
مارس '25
+261
في 93 قنوات
Get PRO
فبراير '25
+128
في 70 قنوات
Get PRO
يناير '25
+130
في 53 قنوات
Get PRO
ديسمبر '24
+2 564
في 88 قنوات
Get PRO
نوفمبر '24
+339
في 51 قنوات
Get PRO
أكتوبر '24
+568
في 106 قنوات
Get PRO
سبتمبر '24
+351
في 101 قنوات
Get PRO
أغسطس '24
+279
في 60 قنوات
Get PRO
يوليو '24
+199
في 59 قنوات
Get PRO
يونيو '24
+279
في 85 قنوات
Get PRO
مايو '24
+249
في 57 قنوات
Get PRO
أبريل '24
+668
في 80 قنوات
Get PRO
مارس '24
+613
في 68 قنوات
التاريخ
نمو المشتركين
الإشارات
القنوات
13 يوليو+1
12 يوليو+3
11 يوليو+11
10 يوليو+30
09 يوليو+10
08 يوليو+1
07 يوليو+5
06 يوليو+4
05 يوليو+5
04 يوليو+9
03 يوليو+47
02 يوليو+3
01 يوليو+13
منشورات القناة
“Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy va raqamli ta’lim tadbirlari tashkil etiladi ⚜️Joriy yilning 17
“Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy va raqamli ta’lim tadbirlari tashkil etiladi ⚜️Joriy yilning 17–18-iyul kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Olmos” konvensiya markazida “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi o‘tkaziladi. Tadbir Adliya vazirligi, O‘zbekiston nogironlar jamiyati hamda Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi hamkorligida boʻlib oʻtadi. ✅Loyiha doirasida respublikaning turli hududlaridan 70 nafar nogironligi bo‘lgan bolalar ishtirok etadi. Dasturdan “Maftunkor ranglar jilosi” tasviriy san’at ko‘rik-tanlovi hamda shaxmat musobaqasi o‘rin olgan. ✅Shuningdek, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar bo‘yicha ma’rifiy mashg‘ulotlar tashkil etadi. ⚡️Mazkur loyiha inklyuziv jamiyatni rivojlantirish hamda yoshlarning raqamli ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin

2
🟦🟦🟦 🌟 "Besh million sun'iy intellekt yetakchilari" loyihasi doirasidagi o'tkazilgan "Milliy tanlov" da maktab o'quvchilar
🟦🟦🟦 🌟 "Besh million sun'iy intellekt yetakchilari" loyihasi doirasidagi o'tkazilgan "Milliy tanlov" da maktab o'quvchilari va o'qituvchilari hamda universitetlar va talabalar, ish va o'qish bilan band bo'lmagan yoshlar kategoriyasi ishtirok etdi. 🗂 Nima deb o'ylaysiz, kelgusi yilda loyiha rivojiga qo’shgan hissasi uchun yana kimlarni rag’batlantirish kerak? Fikringizni izohlarda qoldiring. ✅ Eng ko'p nomi tilga olingan toifani tanlovga qo'shish masalasi ko'rib chiqiladi.
636
3
Hududlardagi "IT shaharcha"larga mentorlikka ishga taklif etamiz 📖 Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi hududlardagi "IT-
Hududlardagi "IT shaharcha"larga mentorlikka ishga taklif etamiz 📖 Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi hududlardagi "IT-shaharcha" loyihasi uchun mentorlarni tanlov asosida ishga taklif etadi. "IT-shaharcha" – 5–11-sinf o‘quvchilariga raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni bepul o‘rgatishga qaratilgan loyiha bo‘lib, har bir markazda yiliga 400 nafargacha o‘quvchi malakali mentorlar rahbarligida tahsil oladi. ✅ Mentorlik yo‘nalishlari: ➡️Kompyuter savodxonligi; ➡️Dasturlash; ➡️Kibersport; ➡️Robototexnika; ➡️Grafik dizayn; ➡️Sun’iy intellekt; ➡️Ingliz tili; ➡️Koreys tili; ➡️Nemis tili ✅ Mentorlikka talablar: ➡️Ingliz tili - IELTS sertifikati 6,0 darajadan yuqori yoki ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha diplom (masalan, CELTA) kabi sertifikat; ➡️Koreys, yapon va nemis tillari: B2-C1 darajasi; ➡️Dasturlash - kamida bitta dasturlash tilini (masalan, Python, Java, C++, JavaScript, Frontend) chuqur bilish. Tizim boshqaruvi, ma’lumotlar bazalari, tarmoq va boshqa asosiy sohalar bo‘yicha chuqur bilim; ➡️Grafik dizayn - sohaga tegishli dasturlar bilan ishlashda mukammal ko‘nikmalar. Har xil turdagi grafikalar, jumladan UI/UX dizayni, 2D va 3D grafikalarni yaratish tajribasi; ➡️Game Development - o‘yinni ishlab chiqish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan Unity, Unreal Engine da ishlash tajribasi. C#, C++, Python va algoritmlarni ishlab chiqish tajribasi. ➡️IT sohasida ish tajribasi va tegishli sertifikat, diplomlarga ega bo‘lish. ✅Kerakli malaka va ko‘nikmalar: ➡️O‘quvchilar va hamkasblar bilan muloqotga kirishuvchanlik; ➡️Talabalar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va kelishmovchiliklarni hal qilishda yordam berish qobiliyati; ➡️Yuqori darajadagi professionallik va mas’uliyatga ega bo‘lishi kerak; ➡️Tahliliy ko‘nikmalar. 💰Ish haqi suhbat asosida belgilanadi. 📩 Ariza qoldirish uchun: havola ⌛ Shoshiling, bunday qulay imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang! 🚀 Telegram
4 457
4
Raqamlashtirish orqali insonlar hayotini yengillashtirish va qo‘shimcha daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha missiyamizni amalga oshirish jarayonlari doimiy Davlatimiz Rahbarining shaxsiy nazoratlarida bo‘lgani sababli, ko‘z tegmasin, yurtimizda IT sohasi ko‘pchilik boshqa davlatlarga nisbatan ancha yuqori sur’atlarda rivojlanishiga erishilmoqda. Nafaqat IT eksporti ilk bor milliard dollardan oshishiga erishildi, balki Startap ekotizimini o‘sish sur’ati bo‘yicha O‘zbekiston “Yil davlati” deb e’tirof etildi. Kuni kecha ham Prezidentimiz tomonlaridan raqamli xizmatlarni aholimiz va tadbirkorlarimiz uchun yana-da qulay qilish, chet ellik kompaniyalarni hududlarga olib kelib, joylarda yuqori daromadli ishchi o‘rinlarni ko‘paytirishga hamda startap ekotizimini yana-da rivojlantirishga qaratilgan qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi. Bu yurtimiz yoshlariga kelgusida yuqori daromadli ishga ega bo‘lishlari uchun yozdagi vaqtlarida ham imkoni boricha xorijiy tillarni hamda zamonaviy kasblarni o‘rganishdan to‘xtamasliklariga ishoradir. Juda ko‘p kurslarni onlayn o‘rgansa ham bo‘ladi: aileaders.uz
594
5
🏢“Mirzo Ulug‘bek vorislari” markazining 160 nafar bitiruvchisiga sertifikatlar topshirildi. 🏆 Poytaxtimizda Raqamli texnolo+9
🏢“Mirzo Ulug‘bek vorislari” markazining 160 nafar bitiruvchisiga sertifikatlar topshirildi. 🏆 Poytaxtimizda Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti hamkorligida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” markazining 2025/2026-o‘quv yili bitiruvchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik va idoralar rahbariyati, jumladan, Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov ishtirok etdi. 🔗 Ma'lumot o'rnida, ushbu markazda ta’lim jarayonlari 34 hafta davomida ilg'or «Blended learning» (aralash ta’lim) texnologiyasi asosida tashkil etiladi. Bu yilgi o'quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan 160 nafar iqtidorli yoshlar raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt yo'nalishlarida chuqur bilim hamda zamonaviy malakaga ega bo'ldilar. ➡ Tadbir davomida bitiruvchilar tomonidan sun’iy intellekt va neyron tarmoqlarga asoslangan eng yaxshi innovatsion loyihalar namoyish etildi. Xususan, markaz tinglovchilari tomonidan yaratilgan "Qaqajon AI" startapi Markaziy Osiyoning eng istiqbolli loyihalari qatorida "Startup Booster Demo Day 2026" dasturida g'olib bo'lib, 25 000 AQSh dollari miqdoridagi grantni qo‘lga kiritgani alohida e'tirof etildi. ➡️ Marosim so'nggida barcha bitiruvchilarga maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirilib, ularning kelgusidagi o'qish hamda mehnat faoliyatlariga ulkan zafarlar tilandi. Ushbu imkoniyatdan siz ham foydalanmoqchi bo‘lsangiz Qabul ochiq: ➡ Ro‘yxatdan o‘tish ➡ Murojaat uchun telefon: 📞(90) 177 20 22; 📞 (95) 474 19 19 🌐dscience.uz 🌐creativetech.uz Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
674
6
#IOI2026 #Uzbekistan 🏆 Yana bir tarixiy voqea: Oʻzbekiston ilk bor nufuzli IOI 2026 xalqaro olimpiadasiga mezbonlik qiladi!
#IOI2026 #Uzbekistan 🏆 Yana bir tarixiy voqea: Oʻzbekiston ilk bor nufuzli IOI 2026 xalqaro olimpiadasiga mezbonlik qiladi! ✅Joriy yilning 9–16-avgust kunlari O‘zbekiston tarixda birinchi marta 38-Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI 2026)ga mezbonlik qiladi. IOI — maktab o‘quvchilari orasidagi eng nufuzli dasturlash musobaqasi bo‘lib, u texnologik gigantlar va yetakchi global ilmiy-tadqiqot muassasalari uchun eng iqtidorli yoshlarni saralab olish maydonidir. ✅Alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan IOI -2026 tarixida eng ko’p mamkalatlarni ro’yxatdan o’tishi yuzasidan rekord natija qayd etdi. ⚜️97 mamlakatdan 386 nafar iqtidorli o‘quvchi ro'yxatdan o‘tdi. ⚡️2025-yilgi Boliviya olimpiadasidan kumush va bronza medallar bilan qaytgan O‘zbekiston terma jamoasi endi o‘z uyida yangi rekordlarga tayyor! ⏰9-16-avgust 🗺CAEx koʻrgazmalar markazi 🖥Veb-sayt: ioi2026.uz 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
6 332
7
Hududingizdagi “IT-shaharcha” haqida ma’lumot kerakmi? 🏘 O‘quv yo‘nalishlari, qabul jarayoni hamda ta’lim bo‘yicha qo‘shimch
Hududingizdagi “IT-shaharcha” haqida ma’lumot kerakmi? 🏘 O‘quv yo‘nalishlari, qabul jarayoni hamda ta’lim bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olish uchun o‘zingiz yashayotgan hududdagi “IT-shaharcha” menejeri bilan bog‘lanishingiz mumkin. ⬇️Hududlar bo'yicha mas'ullar: ➡️Qoraqalpog'iston Respublikasi ➡️Bayram Kalilaev Bog'lanish uchun: +998 93 704 07 73 ➡️Sirdaryo viloyati ➡️Jurabek Toshbekov Bog'lanish uchun: +998 99 405 90 00 ➡️Samarqand viloyati ➡️Jamshid Botirov Bog'lanish uchun: +998 99 338 04 26 ➡️Farg'ona viloyati ➡️Ubaydulloxon Tovoldiyev Bog'lanish uchun: +998 93 435 11 11 ➡️Buxoro viloyati ➡️Shuhrat Qahramonov Bog'lanish uchun: +998 91 411 67 77 ➡️Toshkent viloyati ➡️Zafarjon Shovrikov Bog'lanish uchun: +998 99 323 83 85 ➡️Navoiy viloyati ➡️Umidjon Ubaydullayev Bog'lanish uchun: +998 20 006 63 00 ➡️Qashqadaryo viloyati ➡️Muxriddin Xaydarov Bog'lanish uchun: +998 77 040 28 22 ➡️Jizzax viloyati ➡️Hikmatilla Ummatqulov Bog'lanish uchun: +998 90 296 00 11 ➡️Andijon viloyati ➡️Sherzodbek Madaminjanov Bog'lanish uchun: +998 90 254 11 00 🏷“IT-shaharcha”da o‘qishni istayotgan do‘stlaringizga ham ushbu postni yuborishni unutmang! 🗺Hududingizdagi “IT-shaharcha” menejeri bilan bog‘lanib, o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob oling va o‘zingizga mos yo‘nalishda tahsil olish uchun ariza qoldiring! @IT_shaharcha
2 329
8
Apple ekspertlari O’zbekistonda yangi malaka oshirish dasturini boshlashdi 🗣Joriy yilning 6–10-iyul kunlari Apple kompaniyas+5
Apple ekspertlari O’zbekistonda yangi malaka oshirish dasturini boshlashdi 🗣Joriy yilning 6–10-iyul kunlari Apple kompaniyasi hamkorligida “Fergana Digital Hub” majmuasida Oʻzbekistonda ilk bor iOS dasturlash yoʻnalishi boʻyicha mentorlar malakasini oshirish treningi boʻlib oʻtmoqda. ✅Mazkur trening iOS dasturlash yo‘nalishi bo‘yicha malakali mentorlarni tayyorlash, ularni Apple ekotizimi, Swift dasturlash tili hamda zamonaviy o‘qitish metodikalari bilan tanishtirishga qaratilgan. ⚜️Treningni muvaffaqiyatli yakunlagan mentorlarga Apple kompaniyasi xalqaro sertifikatlari taqdim etiladi. ✅Malaka oshirish kurslarining barchasini muvaffaqiyatli tamonlagan professional trenerlar, joriy yil tashkil etiladigan 10 ta “iOS Development Center” markazlarda yoshlarimizga ta’lim berishadi. Agar Siz Apple tomonidan xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan mentorlardan professional ta'lim olmoqchi bo'lsangiz havola orqali hozirdan ro‘yxatdan o‘ting.
767
9
Apple kompaniyasi ekspertlari Farg’ona IT Parkda 10 nafar o’zbekistonlik mentorlarni o’qitishni boshladi 🗣Joriy yilning 6–10+4
Apple kompaniyasi ekspertlari Farg’ona IT Parkda 10 nafar o’zbekistonlik mentorlarni o’qitishni boshladi 🗣Joriy yilning 6–10-iyul kunlari Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi hamda Apple kompaniyasi hamkorligida “Fergana Digital Hub” majmuasida Oʻzbekistonda ilk bor iOS dasturlash yoʻnalishi boʻyicha mentorlar malakasini oshirish treningi boʻlib oʻtmoqda. ✅Mazkur trening iOS dasturlash yo‘nalishi bo‘yicha malakali mentorlarni tayyorlash, ularni Apple ekotizimi, Swift dasturlash tili hamda zamonaviy o‘qitish metodikalari bilan tanishtirishga qaratilgan. ✅Ma’lumot uchun, treningni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilar Apple kompaniyasining sertifikatiga ega bo‘lib, hududlarda ochilishi kutilayotgan 10 ta “iOS Development Center”larda mentor sifatida faoliyat yuritadilar. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
3
10
“IT Talents” loyihasi doirasida oʻquv markazlariga 2 milliard so‘mdan ortiq subsidiya ajratildi 🗣Mazkur subsidiya 2026-yilni
“IT Talents” loyihasi doirasida oʻquv markazlariga 2 milliard so‘mdan ortiq subsidiya ajratildi 🗣Mazkur subsidiya 2026-yilning birinchi yarim yilligida respublika bo‘yicha 72 nafar bitiruvchilari AT xizmatlari eksportini amalga oshiruvchi kompaniyalarga ishga joylashgani uchun IT ta’lim markazlariga ajratildi. 🏷IT Parkning taʼlim rezidentlari diqqatiga, Siz ham “IT Talents” dasturidan foydalanib har bir bitiruvchingiz uchun 31 million soʻmgacha subsidiya olishingiz mumkinligini eslatib oʻtamiz. Buning uchun: ✅CRM platformasiga o’quvchilaringiz haqidagi maʼlumotni kiriting; ✅IT eksportyorlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻying va ularning talablari asosida kadrlarni tayyorlang; ✅Eksportyor kompaniyalar roʻyxati bilan quyidagi havolada tanishing. 💻Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi xodimlari sizga o‘quvchilar va ish beruvchi o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘tashda ko‘mak beradi. 🤙Murojaat uchun: (71) 203-03-43 (104) 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
1 189
11
Ostona shahrida Milliy terma jamoani IOI 2026 ga tayyorgarlik mashg’ulotlari boshlandi 🏷3–15-iyul kunlari Qozog‘istonning Os+6
Ostona shahrida Milliy terma jamoani IOI 2026 ga tayyorgarlik mashg’ulotlari boshlandi 🏷3–15-iyul kunlari Qozog‘istonning Ostona shahridagi Astana IT University’da “ACTSxCPFED 2026” xalqaro o‘quv-mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda. 📑Qozog‘iston Sport dasturlash federatsiyasi hamda “Algorithm and Code Training School” xalqaro maktabi tomonidan tashkil etilgan yig‘inda Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston va Ozarbayjon milliy terma jamoalari ishtirok etmoqda. ➡️Mashg‘ulotlar IOI 2026ga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida xalqaro murabbiylar ishtirokida ingliz tilida olib borilmoqda. Unda O‘zbekiston terma jamoasining 4 nafar a'zosi va 1 nafar murabbiy ishtirok etmoqda. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
780
12
▫️ OPPORTUNITY TO STUDY IN EUROPE WITH FOUNDATION PROGRAM OF INHA Inha University in Tashkent is launching Foundation Program+3
▫️ OPPORTUNITY TO STUDY IN EUROPE WITH FOUNDATION PROGRAM OF INHA Inha University in Tashkent is launching Foundation Program in partnership with CIRPS (Interuniversity Research Centre for Sustainable Development). This is one-year program developed in accordance with the principles of the Bologna Process and is recognized in 48 European countries. 🌐 Designed for applicants planning to continue their studies at universities in Italy and across Europe 🎓 The program is equivalent to the first year of higher education and is open to 11th-grade students, as well as graduates of high schools and academic lyceums. 📈 The program is taught in English Admissions are now open! ➡️ Registration link 🔗 Admission rules ✈️ For more information: 71 289 99 94 @admissioniut @askinhabot ➖➖➖ ▫️ INHA FOUNDATION DASTURI ORQALI YEVROPADA TA'LIM OLISH IMKONI Toshkent shahridagi Inha Universiteti CIRPS (Interuniversity Research Centre for Sustainable Development) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan Foundation dasturiga qabul boshlanganini e'lon qiladi. Ushbu bir yillik dastur Boloniya ta'lim tizimi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, Yevropaning 48ta davlatida qabul qilinadi. 🌐 Dastur Italiya va Yevropadagi universitetlarda ta'limni davom ettirishni rejalashtirayotgan abituriyentlar uchun mo‘ljallangan. 🎓 Dastur oliy ta'limning 1-kursiga tenglashtirilgan bo‘lib, unda 11-sinf o‘quvchilari hamda maktab va akademik litsey bitiruvchilari tahsil olishlari mumkin. 📈 Ta'lim ingliz tilida olib boriladi Qabul ochiq! ➡️ Ro‘yxatdan o‘tish 🔗 Qabul tartibi ➡️ Murojaat uchun telefon: 71 289 99 94 @admissioniut @askinhabot ➖➖➖ ▫️ ВОЗМОЖНОСТЬ ОБУЧЕНИЯ В ЕВРОПЕ ЧЕРЕЗ ПРОГРАММУ FOUNDATION УНИВЕРСИТЕТА INHA Университет Инха в Ташкенте объявляет набор на программу Foundation, реализуемую совместно с CIRPS (Interuniversity Research Centre for Sustainable Development). Это годичная программа, разработанная в соответствии с принципами Болонского процесса и признаваемая в 48 странах Европы. 🌐 Предназначена для абитуриентов, планирующих продолжить обучение в университетах Италии и других стран Европы 🎓 Программа приравнивается к первому курсу высшего образования и предназначена для учащихся 11-х классов, а также выпускников школ и академических лицеев. 📈 Обучение ведется на английском языке Прием открыт! ➡️ Ссылка для регистрации 🔗 Правила приема ✈️ Тел. для справок: 71 289 99 94 @admissioniut @askinhabot
960
13
Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi hamda Mohirdev oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi 🗣Memorandum doirasida mohir+2
Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi hamda Mohirdev oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi 🗣Memorandum doirasida mohirdev.uz platformasidagi bepul taʼlim kurslarini “Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida tashkil etilgan aileaders.uz platformasiga integratsiya qilish koʻzda tutilgan. ✅Hamkorlikning asosiy maqsadi aholining raqamli va sunʼiy intellekt sohasidagi bilim hamda koʻnikmalarini oshirish, sifatli taʼlim resurslarini yagona milliy platforma orqali keng jamoatchilikka yetkazishdan iborat. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
1 323
14
🟦🟦🟦 Axborot texnologiyalari yo‘nalishida faoliyat yurituvchi mentorlar diqqatiga! 🗣Joriy yilning 6–10-iyul kunlari Raqaml
🟦🟦🟦 Axborot texnologiyalari yo‘nalishida faoliyat yurituvchi mentorlar diqqatiga! 🗣Joriy yilning 6–10-iyul kunlari Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi hamda Apple kompaniyasi tomonidan “Fergana Digital Hub” majmuasida Oʻzbekistonda ilk bor iOS dasturlash yoʻnalishi boʻyicha mentorlar malakasini oshirish treningi tashkil etiladi. ✅Mazkur trening iOS dasturlash yo‘nalishi bo‘yicha malakali mentorlarni tayyorlash, ularni Apple ekotizimi, Swift dasturlash tili hamda zamonaviy o‘qitish metodikalari bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgan. ⬇️Treningda ishtirok etish uchun talabgorlarga quyidagi talablar qo‘yiladi: ➡️Python, Java, JavaScript, C#, Kotlin yoki boshqa dasturlash tillaridan birida 1–3 yillik professional tajribaga ega bo‘lish; ➡️OOP yoki funksional dasturlash, API, ma’lumotlar bazalari hamda Git bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish; ➡️Flutter, Android yoki Kotlin bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lish (qo‘shimcha ustunlik sifatida baholanadi); ➡️Google, Meta, Microsoft, AWS, Oracle, Coursera yoki boshqa tan olingan xalqaro sertifikatlardan kamida bittasiga ega bo‘lish; ➡️axborot texnologiyalari va xorijiy tillar bo‘yicha zamonaviy bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘lish; ➡️tegishli yo‘nalishda professional va pedagogik tajribaga ega bo‘lish; ➡️murakkab texnik mavzularni yangi boshlovchilarga sodda, tushunarli va qiziqarli tarzda yetkaza olish; ➡️o‘quvchilarning bilim darajasi va ehtiyojidan kelib chiqib, dars jarayonini moslashtira olish; ➡️ingliz tilini kamida B2 darajasida bilish; ➡️ijodkorlik, jamoada ishlash va samarali muloqot ko‘nikmalariga ega bo‘lish. ➡️Talabgorlar quyidagi havola orqali ariza topshirishlari mumkin. 📞Murojaat uchun telefon: +998909849741. 🗺Manzil: havola. ⚡️️Maʼlumot uchun, treningni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga Apple kompaniyasining sertifikatlari topshiriladi. Shuningdek, “iOS development center”larda mentor sifatida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
167 014
15
Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi va “Korea IT Academy” oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi 📖Joriy yilning 29-iy+3
Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi va “Korea IT Academy” oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi 📖Joriy yilning 29-iyun kuni Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi hamda “Korea IT Academy” vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda “Uzbekistan Summer Camp 2026” xalqaro yozgi oromgohi doirasida ikki mamlakat yoshlari uchun zamonaviy raqamli taʼlimni rivojlantirish, hamkorlik loyihalarini kengaytirish hamda oʻzaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi. ✅Tomonlar raqamli texnologiyalar sohasida ilgʻor oʻquv dasturlarini joriy etish, qoʻshma seminar va treninglar tashkil etish, shuningdek, yoshlarning global axborot texnologiyalari bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdilar. ✅Uchrashuv yakunida Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi hamda “Korea IT Academy” oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan anglashuv memorandumi imzolandi. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
1 378
16
🇺🇿 2-iyul — O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qili
🇺🇿 2-iyul — O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganiga 34 yil to‘ldi. 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun bilan Davlat gerbi mamlakatimizning rasmiy davlat ramzlaridan biri sifatida tasdiqlangan. Davlat gerbi xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, milliy qadriyatlari, tinchlik va farovonlikka intilishi, bunyodkorlik ruhi hamda mustaqil O‘zbekistonning buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan muqaddas timsoldir. Gerb tasvirida quyosh nurlari yog‘dusi ostidagi serhosil vodiy, tog‘lar va daryolar, bug‘doy boshoqlari hamda g‘o‘za shoxlari, baxt va erksevarlik ramzi bo‘lgan Humo qushi, shuningdek, sakkiz qirrali yulduz, yarim oy va yulduz tasvirlari aks etgan. Ushbu ramzlar yurtimizning tinchligi, farovonligi, birlik va taraqqiyot sari intilishini ifodalaydi. Davlat gerbiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish har bir fuqaroning burchidir. Uni asrab-avaylash va e'zozlash Vatanga, uning tarixi hamda milliy qadriyatlariga bo‘lgan hurmatning muhim ifodasidir. 2-iyul — O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun muborak bo‘lsin! Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
1 043
17
✈️ Harbiy xizmatchilar “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida o‘qitilmoqda Raqamli texnologiyalar va+9
✈️ Harbiy xizmatchilar “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida o‘qitilmoqda Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari R. Karimjonov hamda Mudofaa vaziri o‘rinbosari, polkovnik B. O‘rmonov Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa institutiga tashrif buyurdi. 💬Tashrif davomida institutning zamonaviy infratuzilmasi, harbiy texnikalarning o‘quv simulyatsion trenajyorlari, maxsus laboratoriyalar hamda Yoshlar radiosi xonasi bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, harbiy xizmatchilarning kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt va robototexnika yo'nalishlarida erishgan yutuqlari namoyish etildi. 🔗Dastur doirasida institutning shaxsiy tarkibi bilan o'tkazilgan davra suhbatida AKT sohasida malakali kadrlar tayyorlash va ta’lim jarayoniga ilg'or raqamli yechimlarni keng joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. ▫️Shuningdek, hududdagi harbiy qismga tashrif buyurilib, "Besh million sun'iy intellekt yetakchilari" dasturi doirasida muddatli harbiy xizmatchilarni o‘qitish jarayonlari va ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi. 😎 Yakunda tomonlar ta'lim va innovatsiyalar yo'nalishida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amaliyotga tatbiq etish, 5 ming nafar muddatli harbiy xizmatchilarni o‘qitishni jadallashtirish bo‘yicha amaliy kelishuvlarga erishdilar. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
1 232
18
Endilikda AT va sun’iy intellekt sohalari uchun kadr tayyorlaydigan oliygohlarning 3-kurs talabalari AT parkda “dual ta’lim”
Endilikda AT va sun’iy intellekt sohalari uchun kadr tayyorlaydigan oliygohlarning 3-kurs talabalari AT parkda “dual ta’lim” asosida o‘qishni davom ettiradi. Mazkur yo‘nalishlardagi iqtidorli talabalar uchun “Muhammad al-Xorazmiy” nomidagi davlat stipendiyasi joriy etiladi. Iqtidorli qizlar uchun muhandislik, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlari bo‘yicha “Muhandis qizlar” stipendiyasi ta’sis etiladi. Yangi o‘quv yilidan to‘lanadigan ushbu stipendiyalar xususiy oliygoh talabalariga ham beriladi. Bugungi kunda kimyo, biologiya, fizika, matematika va informatika fanlari bo‘yicha nufuzli xalqaro olimpiadalar g‘oliblari 1 milliard so‘m, ustozlari 200 million so‘m mukofot olmoqda. Endi bu rag‘bat sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro olimpiada g‘oliblariga ham tatbiq etiladi. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
2
19
Ikki yil avval Xorazmda “Al-Xorazmiy vorislari” loyihasi boshlanib, 4 mingdan ortiq iqtidorli o‘quvchilarni xorijiy til va ax
Ikki yil avval Xorazmda “Al-Xorazmiy vorislari” loyihasi boshlanib, 4 mingdan ortiq iqtidorli o‘quvchilarni xorijiy til va axborot texnologiyalariga o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan edi. Mazkur loyihani joriy yildan viloyat markazlari va Qoraqalpog‘istonning barcha tumanida, keyingi yillardan barcha tuman va shaharlarda ishga tushirib, 50 ming yoshni qamrab olish topshirildi. “Biz yoshlarimiz qalbida milliy ruhni shakllantirish, Vatanga muhabbat, el-yurtga hurmat hissini singdirish to‘g‘risida ko‘p gapiryapmiz. Bu juda dolzarb masala. Ochiq aytishimiz kerak, bugun yoshlarimiz asosiy vaqtini raqamli makonda o‘tkazyapti”, – dedi Prezidentimiz. Birgina misol, o‘tgan yili 84 million dollarlik kompyuter va mobil o‘yinlar eksport qilindi. Mutasaddilarga barcha 15 ta AT park hududida kompyuter va mobil o‘yinlar yaratuvchilari uchun inkubatsion markaz ochib, milliy ruhdagi o‘yinlarni ko‘paytirish bo‘yicha yangi tizimni yo‘lga qo‘yish topshirildi. Shu bilan birga, har yili milliy ruhdagi kamida 20 ta kompyuter va mobil o‘yin yaratish bo‘yicha davlat buyurtmasi berib boriladi. Facebook|Instagram|X
2 479
20
Endilikda AT va sun’iy intellekt sohalari uchun kadr tayyorlaydigan oliygohlarning 3-kurs talabalari AT parkda “dual ta’lim”
Endilikda AT va sun’iy intellekt sohalari uchun kadr tayyorlaydigan oliygohlarning 3-kurs talabalari AT parkda “dual ta’lim” asosida o‘qishni davom ettiradi. Mazkur yo‘nalishlardagi iqtidorli talabalar uchun “Muhammad al-Xorazmiy” nomidagi davlat stipendiyasi joriy etiladi. Iqtidorli qizlar uchun muhandislik, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlari bo‘yicha “Muhandis qizlar” stipendiyasi ta’sis etiladi. Yangi o‘quv yilidan to‘lanadigan ushbu stipendiyalar xususiy oliygoh talabalariga ham beriladi. Bugungi kunda kimyo, biologiya, fizika, matematika va informatika fanlari bo‘yicha nufuzli xalqaro olimpiadalar g‘oliblari 1 milliard so‘m, ustozlari 200 million so‘m mukofot olmoqda. Endi bu rag‘bat sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro olimpiada g‘oliblariga ham tatbiq etiladi. Facebook|Instagram|X
770