cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Azimjon's Fikrlog

Fikrlar, Hazillar, Sayohatlar Asosiy kanal: @lazyprogrammer

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
8 658
المشتركون
+2024 ساعات
+707 أيام
+51130 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Firklog tugatilishi Bugun qiyin bir qarorni qabul qilyapman: @fikrlog da boshqa fikrlar bo'lmaydi, maslahatlar, tavsiyalar ham. Hazillar, sayohatlar, sarguzashlar va ko'rgan-kechirganlarim haqidagi blog & vloglar bilan ilinib turaman. Keyingi oy "residence permit" (propiska) tayyor bo'ladi, ungacha ham Polsha ichida sayohat qilib turaman. Fikrlog nomi o'rniga keyinroq yaxshiroq nom topamiz. Fikrlogdagi fikrlar kamayishi amallar ko'payishiga olib keladi deb umid qilaman: @qirikki da ko'proq darslar @lazyprogrammer da "Dasturchi Hikoyasi" davomi, ilmiy va kasbiy bilimlar bilan ulashish. Yetarlicha fikrladik, turib amal qilamiz.
إظهار الكل...
😭 225👍 146🫡 58 28🔥 10👎 9👀 4👏 3🍾 3😢 2🐳 1
Ko'proq xohlang [kuchliroq ma'nosida] Xohish insonning eng muhim hissiyotlaridan biri. Miyya xohlaganida ko'proq dofamin oladi, xohlagan narsani qo'lga kiritganidan ko'ra. G'alatiya? Endi faraz qiling: hech narsani xohlamaysiz - na o'rningizdan turishni, na borib bir ish qilishni. Dam olib ham hech qanday zavq olmayapsiz. Unda Jahongir akaning "Nega men yalqovman" maqolasi yordam berishi mumkin. Ular ham yordam bermasa psixologga uchrashing - yordam so'rash ojizlik emas, yordam so'ray olmaslik ojizlik. Depressiya degan g'alamis bir kasallik bor. Uni payqash oson - xohish hisi qolmaydi. Afsuski bu mavzuga kelganimizda, shundoq aylanib o'tib ketamiz. Chunki yurtimizda hech kimda depressiya yo'q!! Suitsid qilmoqchi bo'ldimi? Tezda jarimaga solinsin. Xullas oddiygina xohishni o'zi ham qanaqa ne'mat ekanligini anglang. Hech narsani xohlamaslik kasallik ekani, unday insonlarni uchratsangiz yordam bering, yordamga yuboring.
إظهار الكل...
104👍 74 16🔥 11🤯 2👾 2🤩 1
Muammo Ko'p Narsani Xohlashimizda Sog' odamning xohishlari ko'p, bemorning istagi esa yagona. So'glom bo'lsangiz, qorning to'q bo'lsa va yashashga joyingiz bo'lsa, demak sizning ham orzularingiz ko'p. Ammo... ko'p orzu qilish eski orzularni unutilishga oboradi. Instagramga kirib, har kuni 1 xovuch orzular yig'ib chiqib, kechagilarini unutasiz. Ertaga kirib bugunlarini unutasiz. Orzularni ichkiyimdek alashtirasiz. Orzular orzuligicha qolib ketaveradi. Orzular o'g'rilarimiz. Kimdir nimagadir erishsa, o'sha narsa orzuyimizga aylanadi. Boks, shaxmat, futbol hammasi bir orzu bo'lib ko'tariladi-yu keyin darrov natija ko'rinmagach tashlab yuboriladi. Dasturlashda ham shunday. Endi dasturlashni boshlaganlar, men hali Googleda ishlayman deb boshlab, 3 oydan keyin orzusini esidan chiqaradi. Orzu qilmang - natijani fantaziya qilib, matvatsaga ishonib ish boshlamang. Qiyinchilik tanlang. Ertami-kechmi qiynalasiz. Qiynalmayapsizmi? Demak keyinroqqa surib yuribsiz. Qiyinchilik xohlasangiz, kamroq xohlaysiz. Kamroq xohlang.
إظهار الكل...
👍 302 60🔥 46😁 12💯 9🤯 7😱 2 1👏 1😍 1🙈 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ingliz tilida “vijdon” so’zi yo’q. “Conscience” ya’ni tahminan ong deb tarjima qilinadi. Bizda shu so’z borligidan xursandman. Shu so’zni ham ruscha qilib yubormasak bo’ldi. Ha aytgancha, yaqin orada Google mahsulotlari O’zbekcha o’qishni va eshitishni boshlaydi. Biz yoshlar bilgandik, kungandik manashunday o’zgarishlar bo’lishini. Lekin tushimizga ham kirmagandi.
إظهار الكل...
271👍 123😁 48🔥 26😍 17👀 4👏 3🐳 3🍾 3🕊 2🏆 1
Tilimiz Kimligimizni Ko'rastadi Britaniyada juda ko'p yomg'ir yog'adi. Natijada ingliz tilida "yomg'ir yog'ayapti" deb 107 xil usulda aytishingiz mumkin. Til rijovlanishiga ko'p yillar kerak, xo'sh tilimiz qayoqqa qarab ketyapti? So'zlarimizni og'irligi bor -- ularni kimdirni tasvirlashda ishlatsak ularni maqtayotgan yoki kamsitayotgandek tuyuladi, yetmaganiga bu so'zlar ruscha. Masalan, kimdir navbatni buzib o'tib, ishini tezda hal qilsa uni - shustri (epchil - ijobiy) deymiz. Yoki kimdir kamroq pul sarflasa uni jmot (qurumsoq - salbiy) deymiz. Tejamkor degan so'zimiz bo'lsada, uni hech qachon eshitmaysiz - eslab ko'ring qachon kim uchun ishlatdingiz. Bolalikdan bizni tasvirlashda ishlatalidigan so'zlar bizni hayot davomida kim bo'lishimizni belgilaydi. Oddiy shunaqa so'zlarimiz tufayli ko'p katta xarajatlari bilan maqtanadigan maqtanchoqlar, mansabidan foydalanayotgan o'g'ri-shustrilar chiqadi. Moliyaviy savodxonlik dam oladi. Ko'proq tillar o'rganing, tilimizga boshqacha qaraysiz.
إظهار الكل...
👍 314 41🔥 36😁 12 11👾 5🤯 4🐳 4💯 4👌 2🕊 2
Sarhisob. 12 soatda 660 kishidan 21 960 964,25 UZS pul yig’ildi. O’zimdan yana shuncha qo’shib, palestinercs.org ga yuborish uchun Google’ning ichki tizimidan yuborib qo’ydim. Ma’lumot uchun, Google’da ishlaydigan 4100 kishi hozirgacha 2.7 million AQSh dollari donat qilgan va Google har bir ishchisi uchun 10 ming AQSh dollarigacha match - o’zidan shuncha qo’shgan. Hisoblash va yuborishdan lavlahar: - t.me/fikrlog/s/24 - t.me/fikrlog/s/25
إظهار الكل...
Story of Azimjon's Fikrlog

🔥 452👍 134 69 17🕊 7😍 6👏 5🐳 1
01:00
Video unavailableShow in Telegram
video.mp47.60 MB
🔥 522 124👍 101🏆 20 15🎉 11🤩 8🕊 1
Demak Re'ja Bunday. Keyingi 12 soat ichida https://tirikchilik.uz/azim sahifasida donatlar qabul qilamiz. (Tushgan barcha pulni + o'zimdan yana shuncha qo'shib) keyin uni Google orqali https://www.palestinercs.org/en ga donate qilamiz. Demak 100 so'm yuborsangiz, men o'zimdan 100 qo'shib Google'ga, Google unga 200 so'm qo'shib Benevityga, Benevity esa 400 so'mni palestinercs.org tashkilotiga yuboradi va bu tashkilot Falastinga yordam sifatida tibbiy yordam va oziq-ovqat yuboradi, InshaAlloh.
إظهار الكل...
705👍 208😍 56🔥 47👏 20 11😁 5🤯 5🏆 5🍾 4😱 2
Photo unavailableShow in Telegram
YouTube kanalimni 10 ming kishi kuzata boshladi. @Fikrlog hamda Linkedin'da 8 ming, @LazyProgrammer da esa 7 ming kishi, 42.uz da 6 ming foydalanuvchi. 30 kishi oldiga chiqib bir she'r aytishni o'zi qancha qiyin. Endi 10 ming kishiga nimadir deyishni o'ylayvering. Tasavvur qilishni o'zi qiyin. Yozish fikrlashni charxlaydi. Firkni g'oyaga, g'oyani amalga aylantiradi. Ulashsangiz, ergashadiganlar bo'ladi. Yaxshilik uchun yozing, yarating, ulashing.
إظهار الكل...
282🔥 129👍 75 21👏 9🐳 5🏆 5😁 4🕊 4🍾 4🤩 3
Hayit ayyomingiz muborak 🌙
إظهار الكل...
🔥 216 93🎉 61👍 28🕊 19🐳 6 4🤩 3🫡 3 2
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.