ch
Feedback
EDU.DIGITAL.UZ

EDU.DIGITAL.UZ

前往频道在 Telegram

Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi. Muhokama guruhi: @digitaleduchat Elektron pochta: education@digital.uz Manzil: 100164, Toshkent shahar, I.Muminov ko‘chasi, 4-uy. Tel: (71) 203-03-43

显示更多
4 876
订阅者
+124 小时
+17 天
-7430 天

数据加载中...

标签云
无数据
有任何问题?请刷新页面或联系我们的客服
进出提及
---
---
---
---
---
---
吸引订阅者
九月 '26
九月 '26
+10
在5个频道中
八月 '26
+165
在93个频道中
Get PRO
七月 '26
+192
在182个频道中
Get PRO
六月 '26
+236
在111个频道中
Get PRO
五月 '26
+362
在98个频道中
Get PRO
四月 '26
+204
在83个频道中
Get PRO
三月 '26
+434
在51个频道中
Get PRO
二月 '26
+164
在115个频道中
Get PRO
一月 '26
+279
在49个频道中
Get PRO
十二月 '25
+140
在47个频道中
Get PRO
十一月 '25
+312
在174个频道中
Get PRO
十月 '25
+235
在41个频道中
Get PRO
九月 '25
+227
在112个频道中
Get PRO
八月 '25
+225
在73个频道中
Get PRO
七月 '25
+177
在59个频道中
Get PRO
六月 '25
+218
在108个频道中
Get PRO
五月 '25
+237
在59个频道中
Get PRO
四月 '25
+354
在184个频道中
Get PRO
三月 '25
+261
在93个频道中
Get PRO
二月 '25
+128
在70个频道中
Get PRO
一月 '25
+130
在53个频道中
Get PRO
十二月 '24
+2 564
在88个频道中
Get PRO
十一月 '24
+339
在51个频道中
Get PRO
十月 '24
+568
在106个频道中
Get PRO
九月 '24
+351
在101个频道中
Get PRO
八月 '24
+279
在60个频道中
Get PRO
七月 '24
+199
在59个频道中
Get PRO
六月 '24
+279
在85个频道中
Get PRO
五月 '24
+249
在57个频道中
Get PRO
四月 '24
+668
在80个频道中
Get PRO
三月 '24
+613
在68个频道中
日期
订阅者增长
提及
频道
04 九月0
03 九月+4
02 九月+5
01 九月+1
频道帖子
🥇“Seeds for the Future” flagman ta’lim dasturining 2019-yilgi ishtirokchisi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot
🥇“Seeds for the Future” flagman ta’lim dasturining 2019-yilgi ishtirokchisi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tayanch doktorantura (PhD) izlanuvchisi hamda Huawei ICT Competition 2024–2025 musobaqasining mintaqaviy bosqichi finalchisi Rixsivoyev Mohirjon Alisher o'g'li “Generation Connect Young Leadership Programme” (GCYLP) dasturining uchinchi avlod ishtirokchilari safidan joy oldi. Xalqaro elektraloqa ittifoqi (ITU) tomonidan Huawei bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan GCYLP dasturi yosh raqamli liderlarni qo‘llab-quvvatlashga, ularning innovatsion g‘oyalarini o‘z hamjamiyatlari uchun amaliy ahamiyatga ega yechimlarga aylantirishiga ko‘maklashishga qaratilgan. GCYLP dasturining uchinchi avlod ishtirokchilari 150 ta mamlakatdan 6 700 nafar nomzod orasidan xalqaro hakamlar hay’ati tomonidan o‘tkazilgan saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan yosh tashabbuskorlardir. Kelgusi bir yil davomida 24 ta mamlakatdan 30 nafar ishtirokchi ITU va Huawei ko‘magida raqamli rivojlanish loyihalarini amalga oshirish uchun zarur resurs va ko‘makka ega bo‘ladi. Ushbu loyihalar inklyuziv va yanada farovon raqamli kelajakni barpo etishga xizmat qiladi. 2026-yil 14–18-sentabr kunlari GCYLP dasturining uchinchi avlod ishtirokchilari innovatsiyalar, loyihalarni boshqarish va yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan maxsus o‘quv haftasida ishtirok etish uchun Jenevada jamlanadi. Ishtirokchilar o‘zlarining raqamli rivojlanish loyihalari va g‘oyalarini yangi bosqichga olib chiqish uchun ekspertlar ko‘magidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 🏆Mohirjonni ushbu yutug‘i bilan chin dildan tabriklaymiz va dasturdagi ishtirokida muvaffaqiyat tilaymiz! https://www.itu.int/generationconnect/empower/generation-connect-young-leadership-programme-in-partnership-with-huawei/itu-generation-connect-young-leadership-programme-cohort-2026/ 👍👍👍 🥇Участник флагманской образовательной программы Seeds For The Future 2019, соискатель степени PhD в Ташкентском университете информационных технологий имени Мухаммада аль-Хорезми, финалист регионального этапа Huawei ICT Competition 2024-2025 Мохиржон Рихсивоев стал участником третьей группы Программы Generation Connect Young Leadership Programme (GCYLP). Программа GCYLP, осуществляемая Международным Союзом Электросвязи (ITU/МСЭ) в партнерстве с компанией Huawei, помогает молодым лидерам в области цифровых технологий превращать инновационные идеи в эффективные решения на благо своих сообществ. Участники третьей группы GCYLP — молодые люди, стремящиеся к позитивным переменам, — были отобраны международным жюри из 6700 кандидатов, представляющих 150 стран. В течение года 30 человек из 24 стран при поддержке МСЭ и Huawei получат необходимые ресурсы и помощь для реализации своих проектов, направленных на построение инклюзивного и более процветающего цифрового будущего. С 14 по 18 сентября 2026 года участники третьего набора GCYLP соберутся в Женеве, Швейцария, для участия в насыщенной учебной неделе, посвященной инновациям, управлению проектами и развитию лидерских качеств. Участники получат экспертную поддержку, которая поможет им вывести свои проекты и идеи в сфере цифрового развития на качественно новый уровень. 🏆Мы поздравляем Мохиржона с достижением и желаем успешного участия в программе! https://www.itu.int/generationconnect/empower/generation-connect-young-leadership-programme-in-partnership-with-huawei/itu-generation-connect-young-leadership-programme-cohort-2026/

2
Tasvir va matnni tushunadigan sun’iy intellekt modellaridan samarali foydalanishni o‘rganing! 🌟 Bugungi kunda sun’iy intelle
Tasvir va matnni tushunadigan sun’iy intellekt modellaridan samarali foydalanishni o‘rganing! 🌟 Bugungi kunda sun’iy intellekt modellari jadal rivojlanib, tobora kuchli va ko‘p funksiyali vositaga aylanmoqda. Bu esa foydalanuvchilardan ham yangi bilim va ko‘nikmalarni talab qilmoqda. ✅Shunday muhim ko‘nikmalardan biri matn va tasvir bilan bir vaqtda ishlay oladigan multimodal AI modellariga to‘g‘ri prompt berish hamda kerakli natijani olishdir. Ushbu yo‘nalishdagi bilimlaringizni rivojlantirish uchun aileaders.uz platformasida Meta kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan “Introducing Multimodal Llama” kursidan foydalanishingiz mumkin. ⬇️Kurs davomida siz: ➡️multimodal sun’iy intellekt qanday ishlashini o‘rganasiz; ➡️AI’ning matn va tasvirlarni birgalikda tahlil qilish imkoniyatlarini tushunasiz; ➡️zamonaviy AI modellaridan amaliy vazifalarda samarali foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz; ➡️multimodal modellarga to‘g‘ri prompt yozish va aniqroq natija olish usullarini o‘zlashtirasiz. ⚡️Hoziroq quyidagi havola orqali tashrif buyuring va o‘rganishni boshlang! 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
577
3
AI ortida kuchli ma’lumotlar turadi 🏷Sun’iy intellektning samaradorligi — sifatli ma’lumotlarni yig‘ish, to‘g‘ri saqlash, ta
AI ortida kuchli ma’lumotlar turadi 🏷Sun’iy intellektning samaradorligi — sifatli ma’lumotlarni yig‘ish, to‘g‘ri saqlash, tahlil qilish va ulardan foydali xulosalar chiqarishga bog‘liq. ➡️Buning uchun Data Engineering va Data Analytics kabi yo‘nalishlar muhim o‘rin tutadi. Kuchli matematika, statistika va ma’lumotlar bilan ishlash ko‘nikmalariga ega mutaxassislar AI texnologiyalarini chuqurroq tushunish va yaratishda katta ustunlikka ega. ➡️MAAB Innovation akademiyasi asoschisi Sherzod Ibragimov bilan intervyumizda bugungi AI davrida data bilan ishlashni biladigan mutaxassislarga talab nega tobora ortib borayotgani haqida suhbatlashdik. 🔗Ma’lumot uchun: “IT talents” dasturi doirasida joriy qilingan crm.digital.uz tizimi ma’lumotlariga ko‘ra, MAAB Innovation Akademiyasi Data Engineering, Data Analytics va AI yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlaydi. Akademiya bitiruvchilarining 83 % ish bilan ta’minlangan bo‘lib, ularning bir qismi eksport qiluvchi kompaniyalarda faoliyat yuritmoqda. 📱 Videoni to'liq ko'rish: https://youtu.be/-hfzpntY0cg 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
738
4
Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumanida “IT-shaharcha” ochildi 🖥 Ushbu “IT-shaharcha”da 100 nafardan ortiq yoshlar bir vaqtda t
Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumanida “IT-shaharcha” ochildi 🖥 Ushbu “IT-shaharcha”da 100 nafardan ortiq yoshlar bir vaqtda tahsil olishi mumkin. Mazkur loyiha doirasida 5–11-sinf o‘quvchilari raqamli texnologiyalar hamda xorijiy tillar bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarni bepul egallash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. ⬇“IT-shaharcha”da quyidagi yo‘nalishlarda bepul ta’lim beriladi: ➡Kompyuter savodxonligi; ➡Dasturlash; ➡Sun’iy intellekt; ➡Robototexnika; ➡Grafik dizayn; ➡Ingliz tili. ✅Shu bilan birga, “IT-shaharcha”da zamonaviy jihozlangan kutubxona, shaxmat toʻgaragi hamda kibersport zonalari faoliyati yoʻlga qoʻyildi. ⚜Oʻz hududingizdagi “IT-shaharcha”da ta’lim olishni istasangiz, ushbu havola orqali ariza qoldiring! 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
959
5
1-SENTABR — O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIK KUNI! 🇺🇿 Mustaqillik – bu xalqimizning tanlagan yoʻli, mashaqqat ila erish
1-SENTABR — O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIK KUNI! 🇺🇿 Mustaqillik – bu xalqimizning tanlagan yoʻli, mashaqqat ila erishgan tinch-osoyishta hayoti. 🇺🇿 Mustaqillik - bu shunchaki bayram emas, milliy ozodlik kurashi yoʻlida jon berganlarning yodini chuqur anglash. Uni yurakdan his qilish va bugungi kunga shukrona bildirish kuni. 💻 Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi Sizlarni Istiqlolning 35 yilligi munosabati bilan qutlaydi. Oilaviy baxt-saodat, mustahkam sogʻliq, xonadonlaringizdan fayzu-baraka arimasin. 🎉 Mustaqillik shodiyonalari muborak, aziz vatandoshlar! 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
783
6
“Xavfsiz raqamli ish muhiti” kursida bepul tahsil oling! 🗣Mustaqillik bayrami munosabati bilan berilgan dam olish kunlarini
“Xavfsiz raqamli ish muhiti” kursida bepul tahsil oling! 🗣Mustaqillik bayrami munosabati bilan berilgan dam olish kunlarini foydali o‘tkazing! Dam olish kunlarida raqamli xavfsizlikning asosiy qoidalarini o‘rganib, internetda o‘z ma’lumotlaringizni himoya qilish ko‘nikmalarini mustahkamlang. ✅Buning uchun aileaders.uz platformasida Finlandiya Raqamli xizmatlar agentligi mutaxassislari tomonidan tayyorlangan “Xavfsiz raqamli ish muhiti” kursi mavjud. Raqamli xavfsizlik qoidalarini o‘rgatishga qaratilgan ushbu kurs 8 ta qisqa dars, amaliy savollar va topshiriqlardan iborat. ✅Kurs davomida raqamli xavfsizlik asoslari, tahdidlarni aniqlash, xavfsizlik bilan bog‘liq holatlarda to‘g‘ri harakat qilish hamda muhim ma’lumotlar va tizimlarni himoya qilish bo‘yicha zarur bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz. ⚡️Hoziroq aileaders.uzʼga tashrif buyuring va o‘rganishni boshlang! 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
858
7
ChatGPT yordamida o‘z AI ilovangizni yarating! ✅Yangi o‘quv yili boshlanishiga ham oz fursat qoldi. Uni yangi bilim va amaliy
ChatGPT yordamida o‘z AI ilovangizni yarating! ✅Yangi o‘quv yili boshlanishiga ham oz fursat qoldi. Uni yangi bilim va amaliy ko‘nikmalar bilan boshlashga tayyorlaning. Atigi 4 soatda aileaders.uz platformasida Coursera tomonidan taqdim etilgan “Build AI Apps with ChatGPT, DALL·E, and GPT-4” kursini oʻqing. ⬇️Kurs davomida siz: ➡️OpenAI API bilan ishlash asoslari; ➡️ChatGPT va GPT-4 imkoniyatlarini ilovalarga integratsiya qilish; ➡️DALL·E yordamida tasvirlar yaratish; ➡️samarali promptlar tuzish; ➡️AI ilovalarini yaratish va internetga joylashtirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz. ✅Sun’iy intellektdan shunchaki foydalanuvchi emas, u bilan mahsulot yarata oladigan mutaxassisga aylaning! ⚡️Hoziroq aileaders.uzʼga tashrif buyuring va o‘rganishni boshlang! 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
33 873
8
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #Mustaqillik35 #Uzb35 📌O‘zbekiston — jahon ilm-fanini o‘zgartirgan buyuk mutafakkirlar yurti. Bugun
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #Mustaqillik35 #Uzb35 📌O‘zbekiston — jahon ilm-fanini o‘zgartirgan buyuk mutafakkirlar yurti. Bugun biz ana shu buyuk merosga munosib raqamli kelajakni barpo etmoqdamiz. Prezidentimizning keng ko‘lamli islohotlari va uzoqni ko‘ra oladigan siyosati sababli O‘zbekiston texnologik rivojlanishda katta sakrashni amalga oshirdi. Mamlakatimizdagi barcha maktablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, sogʻliqni saqlash muassasalari va mahalla binolari yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlandi. 🌐Mobil internet qamrovi 66 foizdan 98 foizgacha oshirildi. Bir vaqtlar qimmat hisoblangan mobil internet bugun dunyodagi eng hamyonbop xizmatlardan biriga aylandi — so‘nggi 5 yil ichida internet tezligi bo‘yicha 65 ta davlatni ortda qoldirib, narxlar bo‘yicha dunyoda 22-o‘rinni egalladik. Endilikda fuqarolarga davlat xizmatlaridan foydalanish uchun navbatlarda turish shart emas — qariyb 900 ta xizmatni my.gov.uz orqali onlayn olish mumkin. 📌150 dan ortiq turdagi hujjatlarni taqdim etish talabi bekor qilindi. Agar ilgari davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga borish talab etilgan bo‘lsa, bugungi kunda fuqarolar va tadbirkorlarning 90 foizi xizmatlardan onlayn foydalanmoqda. Natijada O‘zbekiston Jahon bankining GovTech Maturity Index reytingida dunyoda 9-o‘rinni egalladi. Prezident tomonidan tasdiqlangan Sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasi doirasida qariyb 100 ta loyiha amalga oshirilmoqda. ➡️20 ta oliy ta’lim muassasasida sun’iy intellekt laboratoriyalari tashkil etilmoqda. Ular ta’lim va ilm-fanni real ishlab chiqarish masalalarini hal etish bilan bog‘lamoqda. NVIDIA bilan hamkorlikda davlat loyihalari uchun zamonaviy GPU-klaster ishga tushirildi. Xorijiy investitsiyalar hisobidan qiymati 3 milliard dollargacha bo‘lgan sun’iy intellekt uchun mo‘ljallangan yashil data-markazning birinchi bosqichi barpo etilmoqda. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Government AI Readiness Index reytingida 62-pog‘onaga koʻtarildi. ⏩O‘zbekiston xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalar uchun jozibador markazga aylandi: 2017-yilda bunday kompaniyalar soni atigi 4 ta bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda har oyda 70 dan ortiq shunday kompaniya, jumladan, mamlakat hududlarida ham IT Park rezidentiga aylanmoqda. Hozirda IT Park rezidentlari soni qariyb 4 mingtaga yetdi. 100 dan ortiq mamlakatga IT xizmatlari eksporti 1,1 milliard dollardan oshdi. 🟣O‘zbekiston StartupBlink reytingida startap ekotizimi o‘sish sur’atlari bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinni egallab, "Yil mamlakati" deb e’tirof etildi. Ingliz huquqi asosida faoliyat yurituvchi Enterprise Uzbekistan Xalqaro raqamli texnologiyalar markazi tashkil etildi. AT mutaxassislarini tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari soni 145 taga yetdi. Mamlakat bo‘ylab IT Parkning 1000 dan ortiq ta’lim rezidenti zamonaviy ko‘nikmalarni o‘rgatmoqda. ⚪️"5 million sun’iy intellekt yetakchilari" dasturi doirasida 1 milliondan ortiq kishi ta’lim oldi, ularning yarmi ayollardir. Coursera platformasida O‘zbekiston zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha onlayn ta’lim olayotganlar ulushi bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinni egalladi. Shuningdek, sun’iy intellektni o‘rganishda ayollarni jalb qilish bo‘yicha namunaviy tajriba sifatida e’tirof etildi: AI kurslaridan foydalanuvchilar orasida ayollar ulushi 58,9 foizga yetdi. Joriy yilda O‘zbekiston ilk bor Xalqaro informatika olimpiadasi — IOI 2026ga mezbonlik qildi. Unda rekord darajadagi ishtirokchilar jamlandi. Buyuk merosdan buyuk kelajak sari. Oldinda biz allaqachon yoza boshlagan yangi tarix sahifalari turibdi. Bayram muborak!
596
9
Ta’lim bilan bir qatorda ilm-fan, zamonaviy texnologiya va innovatsiyalar taraqqiyotimizning hal qiluvchi omili sifatida belg
Ta’lim bilan bir qatorda ilm-fan, zamonaviy texnologiya va innovatsiyalar taraqqiyotimizning hal qiluvchi omili sifatida belgilandi.   AT, sun’iy intellekt va kreativ iqtisodiyot rivojiga yangi ruh berilib, 10 million yoshni raqamli industriya va kelajak kasblariga olib kirish maqsad qilindi.   Istiqlol bayrami arafasida xitoylik hamkorlar bilan “Samarqand – 2028” sun’iy yo‘ldoshi fazoga uchirilgani alohida g‘urur bilan qayd etildi.   – Mening niyatim: O‘zbekiston texnologiya sohalarida jahonga ilg‘or tashabbuslarni taklif qiladigan markazga aylanishi zarur. O‘zbek tili raqamli dunyoda ilm va texnologiya yaratiladigan til bo‘lishi lozim, – dedi davlatimiz rahbari.   Inson qadri haqida so‘z yuritganda, aholi salomatligiga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi. So‘nggi yillarda sohaga ajratilayotgan mablag‘ 8 karradan ziyod oshirilib, sifatli tibbiy xizmat olish imkoniyati markazda ham, hududlarda ham yaratildi. Facebook|Instagram|X
695
10
IOI-2026: Iqtidorli yoshlar — yetakchi kompaniyalar uchun strategik kapital 🏷Toshkentda o‘tkazilgan IOI-2026 — kelajakni qur
IOI-2026: Iqtidorli yoshlar — yetakchi kompaniyalar uchun strategik kapital 🏷Toshkentda o‘tkazilgan IOI-2026 — kelajakni qurayotgan iste’dodlar uchun katta maydon vazifasini o‘tadi. 🔗Ana shunday iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlayotgan IOI-2026 homiylaridan biri — Amerikaning yetakchi IT kompaniyasi Squarepoint bilan intervyu tashkil etdik. ➡ Kompaniya matematik modellar, algoritmlar va ilg‘or texnologiyalar asosida sistematik savdo bilan shug‘ullanadi. Squarepoint vakilining ta’kidlashicha, kompaniya uchun eng katta ustunlik — insonlar. —IOI ishtirokchilari o‘z avlodining eng iqtidorli problem solver’laridir. Ular intizomli, kreativ va raqobatni yaxshi ko‘rishadi. ©️Benjamin Garnier-Peti ➡ Shu sababli kompaniya Oxford, Cambridge, NTU kabi yetakchi universitetlar hamda xalqaro fan olimpiadalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Squarepoint dunyo bo‘ylab yoshlarning fan, muhandislik va texnologiyaga qiziqishini rivojlantirishni muhim deb hisoblaydi. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
1 146
11
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasini quyidagi havolalar orqali tomo
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasini quyidagi havolalar orqali tomosha qiling: — Смотрите празднование 35-й годовщины государственной независимости Республики Узбекистан по следующим ссылкам: Telegram Youtube Facebook Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
520
12
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi rahbariyati va xodimlari Mustaqillikning 35 yilligi ko‘krak+2
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi rahbariyati va xodimlari Mustaqillikning 35 yilligi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi 📖Markaz rahbariyati va xodimlari davlatimiz taraqqiyoti, raqamli transformatsiya jarayonlari hamda axborot texnologiyalari sohasini izchil rivojlantirishga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi. ⬇️Quyida mukofotlanganlar bilan tanishing: ➡️Eshankulov Azamat Kambaraliyevich; ➡️Asqarov Jasur Jamshid o‘g‘li; ➡️Xaydarov Ulugʻbek Ulkanbayevich; ➡️Xudayberganova Muxlisa Kamiljon qizi; ➡️Rapiyev Alisher Parda o‘g‘li. ✅Mazkur mukofotlar Markaz jamoasining raqamli ta’limni yangi bosqichga olib chiqish, zamonaviy bilim va texnologiyalarni keng joriy etish hamda Yangi O‘zbekistonning raqamli kelajagini barpo etish yo‘lidagi fidokorona mehnati va samarali faoliyatiga berilgan yuksak bahodir. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
904
13
Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumanida “IT-shaharcha” faoliyati yoʻlga qoʻyildi 🖥 Bugun, 27-avgust kuni Xorazm viloyati Tuproq+6
Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumanida “IT-shaharcha” faoliyati yoʻlga qoʻyildi 🖥 Bugun, 27-avgust kuni Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumanida “IT-shaharcha”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. ⚜Ushbu “IT-shaharcha”da bir yilda 100 nafardan ortiq yoshlar tahsil oladi. Mazkur loyiha doirasida 5–11-sinf o‘quvchilari raqamli texnologiyalar hamda xorijiy tillar bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarni bepul egallash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. ⬇“IT-shaharcha”da quyidagi yo‘nalishlarda bepul ta’lim beriladi: ➡Kompyuter savodxonligi; ➡Dasturlash; ➡Sun’iy intellekt; ➡Robototexnika; ➡Grafik dizayn; ➡Ingliz tili. ✅Shu bilan birga, “IT-shaharcha”da zamonaviy jihozlangan kutubxona, shaxmat toʻgaragi hamda kibersport zonalari faoliyati yoʻlga qoʻyildi. ✅Bugungi kunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo, Samarqand, Farg‘ona, Buxoro, Toshkent, Navoiy, Qashqadaryo va Jizzax, Andijon viloyatlaridagi “IT shaharcha”larda 2 100 dan ortiq yoshlar zamonaviy axborot texnologiyalari hamda xorijiy tillarga o‘qitilmoqda. ⚜Oʻz hududingizdagi “IT-shaharcha”da ta’lim olishni istasangiz, ushbu havola orqali ariza qoldiring! 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
6 698
14
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlarig+2
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan bir guruh vatandoshlarimizni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. — С участием Президента Шавката Мирзиёева состоялась церемония награждения группы соотечественников, удостоенных высоких государственных наград в связи с 35-летием независимости нашей страны. #Mirziyoyev #marosim #mustaqillik35 #taqdirlash Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1 046
15
Prezidentimiz davlat mukofotini olgan har bir insonning mehnati va ko‘rsatgan jasorati alohida e’tirofga munosib ekanini ta’k
Prezidentimiz davlat mukofotini olgan har bir insonning mehnati va ko‘rsatgan jasorati alohida e’tirofga munosib ekanini ta’kidladi. Shu kunlarda joylarda unvon, orden va medallarni qabul qilib olayotgan yurtdoshlarimizga ham samimiy tabriklar aytildi. Mukofotlanganlar orasida islohotlarni qo‘llab-quvvatlab, yurtimizga katta-katta sarmoya va zamonaviy texnologiyalarni olib kelayotgan xorijlik hamkorlar borligi qayd etilib, ularga ham minnatdorlik bildirildi. Mamlakatimiz yetakchisi mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi. – Ko‘ksingizga yarashib turgan yuksak unvon, orden va medallarga odamlar havas bilan qaraydi, yoshlarimiz sizlarga o‘xshashga intiladi. Bu sizlarga kelgusi ishlaringizda yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi deb ishonaman, – dedi davlatimiz rahbari marosim yakunida. Facebook|Instagram|X
804
16
🇺🇿 🇵🇰Pokiston bilan raqamli texnologiyalar sohasida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi+9
🇺🇿 🇵🇰Pokiston bilan raqamli texnologiyalar sohasida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi 📌Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Pokiston Davlat vaziri Bilol bin Soqib bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida ikki mamlakat o‘rtasida raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, AT xizmatlari eksporti, startaplar va investitsiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. 🟢Uchrashuvda Pokistonning raqamli iqtisodiyotdagi salohiyati, xususan, mamlakatdagi katta inson kapitali, AT mutaxassislari, frilanserlar va texnologik kompaniyalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🔰Tomonlar sun’iy intellekt va data-markazlar sohasida hamkorlik qilish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqdi. Shuningdek, “Yashil” energetika asosidagi loyihalar, jumladan, raqamli infratuzilmani rivojlantirish bilan bog‘liq tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi. ➡️Frilanser salohiyatini yangi bosqichga olib chiqish masalasi ham muhokama qilindi. Bunda frilanserlarni faqat xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassis sifatida emas, balki o‘z raqamli mahsulotlari va kompaniyalarini yaratadigan startap asoschilariga aylantirish muhim vazifalardan biri ekani qayd etildi. Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/210626 🇬🇧 English Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
709
17
Kompensatsiyaga ariza topshirish juda oson - Faxriddin Ibragimov 🏷Faxriddin dasturlash yo‘nalishida faoliyat yuritib keladi.
Kompensatsiyaga ariza topshirish juda oson - Faxriddin Ibragimov 🏷Faxriddin dasturlash yo‘nalishida faoliyat yuritib keladi. U mustaqil tayyorlanib, oʻzining tinimsiz mehnati natijasida Oracle Database SQL Associate Credential hamda OCP (Professional) kabi xalqaro sertifikatlariga ega bo'ldi. ✅Qahramonimiz xalqaro AT sertifikatlarini olish uchun sarflagan xarajatlarini kompensatsiya qilib olgan. Xususan, Faxriddin OCA sertifikati uchun sarflangan xarajatlarning 40 foizini, OCP sertifikati uchun esa 100 foizigacha kompensatsiya sifatida qaytarib olgan. 📑Siz ham it-istedod.uz saytida koʻrsatilgan xalqaro darajadagi AT sertifikatini qoʻlga kriting va sertifikat olish uchun ketgan xarajatingizni kompensatsiya qilib oling! 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
870
18
Kecha Ozarbayjonlik mehmonlarimiz uchun tayyorlangan rolikni rus tilidagi tanishlaringizga tarqatsangiz, O‘zbekistondagi o‘zg
Kecha Ozarbayjonlik mehmonlarimiz uchun tayyorlangan rolikni rus tilidagi tanishlaringizga tarqatsangiz, O‘zbekistondagi o‘zgarishlar haqida kengroq fikrga ega bo‘lishadi. ----- Распространяйте ролик среди знакомых и друзей, чтобы у них тоже было представление об изменениях в последние годы в Узбекистане в нашей сфере. Мы поможем развитию их бизнеса. Более подробно: - по открытию или релокации компаний: outsource.gov.uz - по развитию стартапов: startupbase.uz #Mustaqillik35 #Uzb35 #Independence35
637
19
“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida AT kasblarini bepul o‘rganing! 📖Loyiha Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘ist
“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida AT kasblarini bepul o‘rganing! 📖Loyiha Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan keyin, endilikda Andijon, Buxoro, Qarshi, Navoiy, Namangan, Samarqand, Termiz, Nurafshon, Farg‘ona va Guliston shaharlari, shuningdek, Mirzacho‘l hamda Zomin tumanlarida yo’lga qo’yiladi. ✅“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida tahsil olishni istagan 8-sinf o‘quvchilari saralash imtihonlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. ✅Saralash jarayonida o‘quvchilarning tanqidiy va mantiqiy fikrlash, axborot texnologiyalari, ingliz tili hamda muammoli masalalarni yechish bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi. ⚡️Bilimingizni sinab ko‘ring hamda “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi ishtirokchisiga aylanish imkoniyatini qo‘lga kiriting! 🗣Saralash imtihonlarida ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting. 🚀Telegram |📷 Instagram
733
20
🇺🇿 Bayram shukuhi — sovrinli fotochellenjda ishtirok eting! O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati
🇺🇿 Bayram shukuhi — sovrinli fotochellenjda ishtirok eting! O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan #Mustaqillik35 #Uzb35 fotochellenjini e’lon qilamiz. Ishtirok etish uchun: 🔘 bayramga bag‘ishlangan rasmiy fotozonada suratga tushing; 🔘 uni Instagram profilingizga joylashtiring; 🔘 #Mustaqillik35 #Uzb35 heshteglaridan foydalaning; 🔘 postda Digital.uz va IT Park Uzbekistan sahifalarini belgilang. Tanlov yakunida 35 nafar g‘olib tasodifiy tanlov asosida aniqlanadi. ⏳ Barcha shartlarni 27-avgustga qadar bajarib, tanlovda ishtirok eting hamda g‘olib bo‘ling! Yanada batafsil ma’lumot: https://sites.google.com/view/mustaqillik35-uzb35/ — 🇺🇿 Праздник в кадре — участвуйте в фотоконкурсе с призами! В честь 35-летия Независимости Республики Узбекистан объявляем фоточеллендж #Mustaqillik35 #Uzb35. Чтобы принять участие: 🔘 сделайте фото в официальной фотозоне, посвящённой празднику; 🔘 опубликуйте его в своём Instagram-профиле; 🔘 используйте хештеги #Mustaqillik35 #Uzb35; 🔘 отметьте в публикации страницы Digital.uz и IT Park Uzbekistan. По итогам челленджа 35 победителей будут определены случайным образом. ⏳ Выполните все условия до 27 августа, примите участие в конкурсе и побеждайте! Подробнее: https://sites.google.com/view/mustaqillik35-uzb35/ — 🇺🇿 Celebrate. Capture. Share. Win! To celebrate the 35th anniversary of the Independence of the Republic of Uzbekistan, we are launching the #Mustaqillik35 #Uzb35 photo challenge. To participate: 🔘 a photo at the official photo zone dedicated to the celebration; 🔘 post it on your Instagram profile; 🔘 use the #Mustaqillik35 #Uzb35 hashtags; 🔘 tag Digital.uz and IT Park Uzbekistan in your post. At the end of the challenge, 35 winners will be selected at random. ⏳Fulfill all the requirements by August 27th, enter the contest, and win! Learn more: https://sites.google.com/view/mustaqillik35-uzb35/ Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
1 143