ru
Feedback
EDU.DIGITAL.UZ

EDU.DIGITAL.UZ

Открыть в Telegram

Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi. Muhokama guruhi: @digitaleduchat Elektron pochta: education@digital.uz Manzil: 100164, Toshkent shahar, I.Muminov ko‘chasi, 4-uy. Tel: (71) 203-03-43

Больше
5 010
Подписчики
-1024 часа
-707 дней
+2930 день

Загрузка данных...

Облако тегов
Нет данных
Возникли проблемы? Пожалуйста, обновите страницу или обратитесь к нашему support-менеджеру .
Входящие и исходящие упоминания
---
---
---
---
---
---
Привлечение подписчиков
июль '26
июль '26
+163
в 165 каналах
июнь '26
+236
в 111 каналах
Get PRO
май '26
+362
в 98 каналах
Get PRO
апрель '26
+204
в 82 каналах
Get PRO
март '26
+434
в 51 каналах
Get PRO
февраль '26
+164
в 115 каналах
Get PRO
январь '26
+279
в 49 каналах
Get PRO
декабрь '25
+140
в 47 каналах
Get PRO
ноябрь '25
+312
в 174 каналах
Get PRO
октябрь '25
+235
в 41 каналах
Get PRO
сентябрь '25
+227
в 112 каналах
Get PRO
август '25
+225
в 73 каналах
Get PRO
июль '25
+177
в 59 каналах
Get PRO
июнь '25
+218
в 108 каналах
Get PRO
май '25
+237
в 59 каналах
Get PRO
апрель '25
+354
в 184 каналах
Get PRO
март '25
+261
в 93 каналах
Get PRO
февраль '25
+128
в 70 каналах
Get PRO
январь '25
+130
в 53 каналах
Get PRO
декабрь '24
+2 564
в 88 каналах
Get PRO
ноябрь '24
+339
в 51 каналах
Get PRO
октябрь '24
+568
в 106 каналах
Get PRO
сентябрь '24
+351
в 101 каналах
Get PRO
август '24
+279
в 60 каналах
Get PRO
июль '24
+199
в 59 каналах
Get PRO
июнь '24
+279
в 85 каналах
Get PRO
май '24
+249
в 57 каналах
Get PRO
апрель '24
+668
в 80 каналах
Get PRO
март '24
+613
в 68 каналах
Дата
Привлечение подписчиков
Упоминания
Каналы
23 июля0
22 июля+1
21 июля+4
20 июля+2
19 июля0
18 июля+2
17 июля+4
16 июля+2
15 июля+3
14 июля+2
13 июля+2
12 июля+3
11 июля+11
10 июля+30
09 июля+10
08 июля+1
07 июля+5
06 июля+4
05 июля+5
04 июля+9
03 июля+47
02 июля+3
01 июля+13
Посты канала
🌟Xalqaro informatika olimpiadasi ilk bor Oʻzbekistonda oʻtkaziladi 2026-yil 9–16-avgust kunlari Toshkent shahrida 38-Xalqaro
🌟Xalqaro informatika olimpiadasi ilk bor Oʻzbekistonda oʻtkaziladi 2026-yil 9–16-avgust kunlari Toshkent shahrida 38-Xalqaro informatika olimpiadasi bo‘lib o‘tadi. Nufuzli musobaqa 97 dan ortiq davlatdan 386 nafar yosh dasturchini jamlaydi. Mezbon mamlakat sifatida O‘zbekiston olimpiadada 2 ta terma jamoa bilan ishtirok etadi. Olimpiada IT sohasini jadal rivojlantirayotgan respublikaning xalqaro hamjamiyatda oʻz mavqeyini yanada oshirishga xizmat qiladi. Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/196681 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X

2
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahrida Kelajak texnologiyalari markaziga tamal toshi qo‘yish va boshqa yangi loyihal
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahrida Kelajak texnologiyalari markaziga tamal toshi qo‘yish va boshqa yangi loyihalarni boshlash marosimida ishtirok etmoqda. Davlatimiz rahbari insoniyat taraqqiyotining har bir bosqichi fundamental kashfiyotlar bilan bog‘liq ekanini ta’kidladi. Buyuk ajdodimiz Muhammad Xorazmiy nazariy asos solgan algoritmlar bugun global iqtisodiyot o‘zagi va insonlar kundalik hayotining ajralmas qismiga aylandi. Hozirgi dunyoda raqobat yillar yoki oylar bilan emas, balki daqiqalar va soniyalar bilan o‘lchanmoqda. Raqamlashtirishni ortga surgan, sun’iy intellektni o‘zlashtirmagan va innovatsiyalarga sarmoya kiritmagan davlatlar global rivojlanishdan orqada qolishi qayd etildi. – Hayotimizning barcha jabhalarini raqamlashtirish bilan jiddiy shug‘ullanmasdan turib, rivojlanish mumkin emas. Busiz kelajagimiz yo‘qligini barchamiz teran anglashimiz kerak, – dedi Prezident. Joriy yilning o‘zida O‘zbekistonda venchur investitsiyalar hajmi 5 barobar ko‘paydi, milliy startap ekotizimi qariyb 4,5 milliard dollarga yetdi. Innovatsion g‘oyalarni rag‘batlantirish maqsadida mukofot jamg‘armasi 5 million dollar bo‘lgan Prezident startap tanloviga start berildi. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
492
3
🌱 AgriTech Gov Challenge uchun arizalar qabuli boshlandi! AgriTech yechimingizni O‘zbekistonning yirik agroklasterlaridan bi
🌱 AgriTech Gov Challenge uchun arizalar qabuli boshlandi! AgriTech yechimingizni O‘zbekistonning yirik agroklasterlaridan biri bilan sinab ko‘rishni istaysizmi? 🟢 StartupBase platformasida mamlakatning yetakchi agroklasterlaridan biri tomonidan 7ta Gov Challenge e’lon qilindi. Ochiq yo‘nalishlar: 🟢Agri EdTech platformasi 🟢 Agrologistika platformasi 🟢 Agromarketpleys 🟢 Aqlli fermani boshqarish uchun ERP tizimi 🟢 AgriFinTech platformasi 🟢 Aqlli qishloq xo‘jaligi uchun IoT platformasi 🟢 Innovatsion AgriTech yechimlari Tanlab olingan startaplar: 🟢 yirik agroklaster bilan pilot loyihani ishga tushirish; 🟢 mahsulotni amaliy sharoitda sinovdan o‘tkazish; 🟢 yirik korporativ buyurtmachi bilan ishlash; 🟢 mijozlar bazasini kengaytirish; 🟢 uzoq muddatli strategik hamkorlik o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 🗓 Arizalar 30-iyulgacha qabul qilinadi. 📖 Vazifalar bilan tanishing va ariza topshiring AgriTech startapingizni yangi bosqichga olib chiqing va raqamli transformatsiyaning bir qismiga aylaning! @startupbaseuz Читать на русском Read in English LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
548
4
Sun’iy intellekt assistenti va agenti farqi nimada? ✅Bugungi kunda ko‘plab ilova va xizmatlarda sun’iy intellekt assistentlar
Sun’iy intellekt assistenti va agenti farqi nimada? ✅Bugungi kunda ko‘plab ilova va xizmatlarda sun’iy intellekt assistentlari hamda agentlaridan foydalanilmoqda. Ular bir-biriga o‘xshash ko‘rinsa-da, vazifalari va imkoniyatlari jihatidan sezilarli farq qiladi. ➡️Sun’iy intellekt assistenti – foydalanuvchining savollariga javob beradi, matn yozadi, ma’lumot izlaydi va tavsiyalar beradi. ChatGPT, Gemini hamda Claude bunga misol bo‘la oladi. ➡️Sun’iy intellekt agenti – foydalanuvchi qo‘ygan maqsadni tushunadi, reja tuzadi va zarur bo‘lsa, vazifani bir necha bosqichda mustaqil bajaradi. ❗️Soddaroq aytganda, assistent savolingizga javob beruvchi yordamchi bo‘lsa, agent topshiriqni boshidan oxirigacha mustaqil bajaruvchi raqamli ijrochidir. ⚡️Siz ham sun’iy intellekt assistentlari va agentlari hamda boshqa zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, hoziroq aileaders.uz platformasiga tashrif buyuring. Kurslarda tahsil oling! 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
1 318
5
“Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy va raqamli ta’lim tadbirlari boʻlib oʻtdi ⚜️Joriy yilning 17–18+3
“Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy va raqamli ta’lim tadbirlari boʻlib oʻtdi ⚜️Joriy yilning 17–18-iyul kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Olmos” konvensiya markazida “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi o‘tkazildi. Tadbir Adliya vazirligi, O‘zbekiston nogironlar jamiyati hamda Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi hamkorligida tashkil etildi. ✅Loyiha doirasida respublikaning turli hududlaridan 70 nafar nogironligi bo‘lgan bolalar ishtirok etdi. ✅Shuningdek, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar bo‘yicha ma’rifiy mashg‘ulotlar tashkil etildi hamda 14 nafar iqtidorli yoshlarga noutbooklar topshirildi. ⚡️Mazkur loyiha inklyuziv jamiyatni rivojlantirish hamda yoshlarning raqamli ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
1 077
6
🤩IT-Park rezidenti boʻlgan TOP-5 ta’lim markazlar reytingi (17.07.2026) ❗️Mazkur reyting tegishli mezonlar asosida shakllant
🤩IT-Park rezidenti boʻlgan TOP-5 ta’lim markazlar reytingi (17.07.2026) ❗️Mazkur reyting tegishli mezonlar asosida shakllantirildi. Reyting bilan tanishing: ➡️1. “IT Hub Samarkand 1” MCHJ; ➡️2. “Sensorika” MCHJ; ➡️3. “Mohirdev” MCHJ; ➡️4. “IT Park Xorazm” MCHJ; ➡️5. “Digital Academy Sirdaryo” MCHJ. ✅Maʼlumotlar real vaqt rejimida yangilanadi. ➡️AT taʼlim rezidentlaridan reytingda yuqori o‘rinlarni qayd etish uchun CRM platformasiga maʼlumotlarni to‘liq kiritib borishlarini so‘rab qolamiz! 🔗Farzandi kelajagini oʻylab, ishonchli AT taʼlim markazi qidirib yurgan yaqinlaringizga yuboring! 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
1 298
7
IT’ga qiziqasiz, lekin qayerdan boshlashni bilmayapsizmi? ⚜️Ko‘plab o‘quvchilar IT sohasiga qiziqadi, ammo qaysi yo‘nalishni
IT’ga qiziqasiz, lekin qayerdan boshlashni bilmayapsizmi? ⚜️Ko‘plab o‘quvchilar IT sohasiga qiziqadi, ammo qaysi yo‘nalishni tanlash va qanday boshlashni bilmaydi. 📖 “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi shu ehtiyojga yechim beradi. Ta’lim, yozgi oromgoh, amaliyot, ish va startap imkoniyatlarini birlashtirgan ushbu kompleks ekotizim Sizga IT sohasida o‘z yo‘lini topishga yordam beradi. Kelajak kasblarini maktab davridayoq o‘rganing! Loyiha doirasida o‘quvchilar 8-sinfdan boshlab bugungi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan IT va xorijiy til yo‘nalishlarda 4 yil davomida quyidagi mutlaqo bepul tahsil oladilar: ➡Front-end va UI/UX dizayn; ➡Back-end; ➡DevOps; ➡Kiberxavfsizlik; ➡Ma’lumotlar tahlili (Data Analytics); ➡IoT; ➡O‘yinlar dizayni (Game Design); ➡Mobil dasturlash; ➡Ingliz tili. Dastur so‘ngida Siz: ➡️ Xalqaro IT va til sertifikatlariga ega bo‘lasiz ➡️ Maktab davridayoq daromad topish imkoniyatiga ega bo‘lasiz ➡️ Xalqaro IT bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan talabgir mutaxassisga aylanasiz. Kelajak imkoniyatlarini qo‘ldan boy bermang! 🔊 Respublikamizning barcha hududlarida ochilishi kutilayotgan ushbu loyihaning o‘quvchisiga aylaning va zamonaviy IT ekotizimida o‘z yo‘lingizni boshlang. 🔰Saralash imtihonida ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘ting. havola 🚀Telegram |📷 Instagram
1 214
8
Data center nima va nega ular butun dunyoda ko‘paymoqda? 📌Forbes nashrining xabar berishicha, sun'iy intellekt, bulutli xizm
Data center nima va nega ular butun dunyoda ko‘paymoqda? 📌Forbes nashrining xabar berishicha, sun'iy intellekt, bulutli xizmatlar (Cloud) va raqamli texnologiyalarga talab oshgani sari dunyo bo'ylab data centerlar soni ham tez sur'atlarda ortmoqda. 🔗Data center - internet, mobil ilovalar, sun'iy intellekt va bulutli xizmatlarning uzluksiz ishlashini ta'minlaydigan serverlar joylashgan texnologik markazdir. Siz video tomosha qilganingizda, fayl yuklaganingizda yoki ChatGPTdan javob olganingizda, aslida aynan shu data centerlardagi serverlar ishlayotgan bo'ladi. 📊Shu sababli bugungi kunda data centerlar, cloud texnologiyalari va sun'iy intellekt bilan ishlashni biladigan mutaxassislarga talab ham tobora ortib bormoqda. 📑Data Center, Cloud va Sun'iy intellekt bo‘yicha bilimlaringizni rivojlantirishni istasangiz, “5 million sun'iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasidagi aileaders.uz platformasida taqdim etilgan Coursera, Oracle va Huawei ta'lim dasturlari asosidagi bepul kurslardan foydalanishingiz mumkin. ⚜️Egallagan bilim va ko‘nikmalaringizni IT-Istedod.uz sayti orqali xalqaro AT sertifikatlari bilan tasdiqlang hamda sertifikat olish uchun sarflagan xarajatingizni my.gov.uz portali orqali kompensatsiya qilib oling. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
1 254
9
🥇 Dasturlar bilan tanishing. President Tech Award | Best Startup Project Startapingiz bilan yirik investitsiyalar sari qadam
🥇 Dasturlar bilan tanishing. President Tech Award | Best Startup Project Startapingiz bilan yirik investitsiyalar sari qadam tashlashga tayyormisiz? 🔎 Best Startup Project — President Tech Award doirasidagi tanlov yo‘nalishi bo‘lib, eng istiqbolli texnologik startaplarni aniqlash, ularning o‘sishini qo‘llab-quvvatlash va investitsiya bilan ta’minlashga qaratilgan. G‘olib startaplar investitsiya, ekspert ko‘magi va xalqaro rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kimlar uchun? 🔹FinTech, 🔹Enterprise, 🔹AdTech, 🔹GovTech, 🔹GameDev, 🔹EdTech, 🔹Logistics, 🔹HealthTech 🔹DeepTech Yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan, mahsuloti va bozor natijalariga ega bo‘lgan startup jamoalari uchun. Nimalarga ega bo‘lasiz? 🥇 1-o‘rin — $125 000 investitsiya 🥈 2-o‘rin — $75 000 investitsiya 🥉 3-o‘rin — $50 000 investitsiya 🗓 Ro‘yxatdan o‘tish: 1-iyul – 31-avgust 🏆 G‘oliblar: 30 ta startup 📍 Final: 23-dekabr 🔗 Ro'yxatdan o'ting President Tech Award g‘oliblari safidan joy oling! @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
907
10
Qozogʻistonda IOI 2026 ga tayyorgarlik mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi ✅Joriy yil 3–15-iyul kunlari Qozog‘istonning Ostona shahri
Qozogʻistonda IOI 2026 ga tayyorgarlik mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi ✅Joriy yil 3–15-iyul kunlari Qozog‘istonning Ostona shahridagi “Astana IT University”da “ACTSxCPFED 2026” xalqaro o‘quv-mashg‘ulotlari oʻtkazildi. ✅Mashgʻulotlar Qozog‘iston Sport dasturlash federatsiyasi hamda “Algorithm and Code Training School” xalqaro maktabi tomonidan tashkil etilgan boʻlib, unda Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston va Ozarbayjon milliy terma jamoalari ishtirok etdi. ✅Mashg‘ulotlar IOI 2026 ga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida xalqaro murabbiylar ishtirokida oʻtkazildi. Unda O‘zbekiston terma jamoasining 4 nafar a'zosi va 1 nafar murabbiy qatnashdi. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
950
11
“Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy va raqamli ta’lim tadbirlari tashkil etiladi ⚜️Joriy yilning 17
“Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy va raqamli ta’lim tadbirlari tashkil etiladi ⚜️Joriy yilning 17–18-iyul kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Olmos” konvensiya markazida “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi o‘tkaziladi. Tadbir Adliya vazirligi, O‘zbekiston nogironlar jamiyati hamda Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi hamkorligida boʻlib oʻtadi. ✅Loyiha doirasida respublikaning turli hududlaridan 70 nafar nogironligi bo‘lgan bolalar ishtirok etadi. Dasturdan “Maftunkor ranglar jilosi” tasviriy san’at ko‘rik-tanlovi hamda shaxmat musobaqasi o‘rin olgan. ✅Shuningdek, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar bo‘yicha ma’rifiy mashg‘ulotlar tashkil etadi. ⚡️Mazkur loyiha inklyuziv jamiyatni rivojlantirish hamda yoshlarning raqamli ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
1 398
12
🟦🟦🟦 🌟 "Besh million sun'iy intellekt yetakchilari" loyihasi doirasidagi o'tkazilgan "Milliy tanlov" da maktab o'quvchilar
🟦🟦🟦 🌟 "Besh million sun'iy intellekt yetakchilari" loyihasi doirasidagi o'tkazilgan "Milliy tanlov" da maktab o'quvchilari va o'qituvchilari hamda universitetlar va talabalar, ish va o'qish bilan band bo'lmagan yoshlar kategoriyasi ishtirok etdi. 🗂 Nima deb o'ylaysiz, kelgusi yilda loyiha rivojiga qo’shgan hissasi uchun yana kimlarni rag’batlantirish kerak? Fikringizni izohlarda qoldiring. ✅ Eng ko'p nomi tilga olingan toifani tanlovga qo'shish masalasi ko'rib chiqiladi.
1 428
13
Hududlardagi "IT shaharcha"larga mentorlikka ishga taklif etamiz 📖 Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi hududlardagi "IT-
Hududlardagi "IT shaharcha"larga mentorlikka ishga taklif etamiz 📖 Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi hududlardagi "IT-shaharcha" loyihasi uchun mentorlarni tanlov asosida ishga taklif etadi. "IT-shaharcha" – 5–11-sinf o‘quvchilariga raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni bepul o‘rgatishga qaratilgan loyiha bo‘lib, har bir markazda yiliga 400 nafargacha o‘quvchi malakali mentorlar rahbarligida tahsil oladi. ✅ Mentorlik yo‘nalishlari: ➡️Kompyuter savodxonligi; ➡️Dasturlash; ➡️Kibersport; ➡️Robototexnika; ➡️Grafik dizayn; ➡️Sun’iy intellekt; ➡️Ingliz tili; ➡️Koreys tili; ➡️Nemis tili ✅ Mentorlikka talablar: ➡️Ingliz tili - IELTS sertifikati 6,0 darajadan yuqori yoki ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha diplom (masalan, CELTA) kabi sertifikat; ➡️Koreys, yapon va nemis tillari: B2-C1 darajasi; ➡️Dasturlash - kamida bitta dasturlash tilini (masalan, Python, Java, C++, JavaScript, Frontend) chuqur bilish. Tizim boshqaruvi, ma’lumotlar bazalari, tarmoq va boshqa asosiy sohalar bo‘yicha chuqur bilim; ➡️Grafik dizayn - sohaga tegishli dasturlar bilan ishlashda mukammal ko‘nikmalar. Har xil turdagi grafikalar, jumladan UI/UX dizayni, 2D va 3D grafikalarni yaratish tajribasi; ➡️Game Development - o‘yinni ishlab chiqish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan Unity, Unreal Engine da ishlash tajribasi. C#, C++, Python va algoritmlarni ishlab chiqish tajribasi. ➡️IT sohasida ish tajribasi va tegishli sertifikat, diplomlarga ega bo‘lish. ✅Kerakli malaka va ko‘nikmalar: ➡️O‘quvchilar va hamkasblar bilan muloqotga kirishuvchanlik; ➡️Talabalar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va kelishmovchiliklarni hal qilishda yordam berish qobiliyati; ➡️Yuqori darajadagi professionallik va mas’uliyatga ega bo‘lishi kerak; ➡️Tahliliy ko‘nikmalar. 💰Ish haqi suhbat asosida belgilanadi. 📩 Ariza qoldirish uchun: havola ⌛ Shoshiling, bunday qulay imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang! 🚀 Telegram
6 652
14
Raqamlashtirish orqali insonlar hayotini yengillashtirish va qo‘shimcha daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha missiyamizni amalga oshirish jarayonlari doimiy Davlatimiz Rahbarining shaxsiy nazoratlarida bo‘lgani sababli, ko‘z tegmasin, yurtimizda IT sohasi ko‘pchilik boshqa davlatlarga nisbatan ancha yuqori sur’atlarda rivojlanishiga erishilmoqda. Nafaqat IT eksporti ilk bor milliard dollardan oshishiga erishildi, balki Startap ekotizimini o‘sish sur’ati bo‘yicha O‘zbekiston “Yil davlati” deb e’tirof etildi. Kuni kecha ham Prezidentimiz tomonlaridan raqamli xizmatlarni aholimiz va tadbirkorlarimiz uchun yana-da qulay qilish, chet ellik kompaniyalarni hududlarga olib kelib, joylarda yuqori daromadli ishchi o‘rinlarni ko‘paytirishga hamda startap ekotizimini yana-da rivojlantirishga qaratilgan qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi. Bu yurtimiz yoshlariga kelgusida yuqori daromadli ishga ega bo‘lishlari uchun yozdagi vaqtlarida ham imkoni boricha xorijiy tillarni hamda zamonaviy kasblarni o‘rganishdan to‘xtamasliklariga ishoradir. Juda ko‘p kurslarni onlayn o‘rgansa ham bo‘ladi: aileaders.uz
1 003
15
🏢“Mirzo Ulug‘bek vorislari” markazining 160 nafar bitiruvchisiga sertifikatlar topshirildi. 🏆 Poytaxtimizda Raqamli texnolo+9
🏢“Mirzo Ulug‘bek vorislari” markazining 160 nafar bitiruvchisiga sertifikatlar topshirildi. 🏆 Poytaxtimizda Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti hamkorligida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” markazining 2025/2026-o‘quv yili bitiruvchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik va idoralar rahbariyati, jumladan, Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov ishtirok etdi. 🔗 Ma'lumot o'rnida, ushbu markazda ta’lim jarayonlari 34 hafta davomida ilg'or «Blended learning» (aralash ta’lim) texnologiyasi asosida tashkil etiladi. Bu yilgi o'quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan 160 nafar iqtidorli yoshlar raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt yo'nalishlarida chuqur bilim hamda zamonaviy malakaga ega bo'ldilar. ➡ Tadbir davomida bitiruvchilar tomonidan sun’iy intellekt va neyron tarmoqlarga asoslangan eng yaxshi innovatsion loyihalar namoyish etildi. Xususan, markaz tinglovchilari tomonidan yaratilgan "Qaqajon AI" startapi Markaziy Osiyoning eng istiqbolli loyihalari qatorida "Startup Booster Demo Day 2026" dasturida g'olib bo'lib, 25 000 AQSh dollari miqdoridagi grantni qo‘lga kiritgani alohida e'tirof etildi. ➡️ Marosim so'nggida barcha bitiruvchilarga maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirilib, ularning kelgusidagi o'qish hamda mehnat faoliyatlariga ulkan zafarlar tilandi. Ushbu imkoniyatdan siz ham foydalanmoqchi bo‘lsangiz Qabul ochiq: ➡ Ro‘yxatdan o‘tish ➡ Murojaat uchun telefon: 📞(90) 177 20 22; 📞 (95) 474 19 19 🌐dscience.uz 🌐creativetech.uz Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
1 478
16
#IOI2026 #Uzbekistan 🏆 Yana bir tarixiy voqea: Oʻzbekiston ilk bor nufuzli IOI 2026 xalqaro olimpiadasiga mezbonlik qiladi!
#IOI2026 #Uzbekistan 🏆 Yana bir tarixiy voqea: Oʻzbekiston ilk bor nufuzli IOI 2026 xalqaro olimpiadasiga mezbonlik qiladi! ✅Joriy yilning 9–16-avgust kunlari O‘zbekiston tarixda birinchi marta 38-Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI 2026)ga mezbonlik qiladi. IOI — maktab o‘quvchilari orasidagi eng nufuzli dasturlash musobaqasi bo‘lib, u texnologik gigantlar va yetakchi global ilmiy-tadqiqot muassasalari uchun eng iqtidorli yoshlarni saralab olish maydonidir. ✅Alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan IOI -2026 tarixida eng ko’p mamkalatlarni ro’yxatdan o’tishi yuzasidan rekord natija qayd etdi. ⚜️97 mamlakatdan 386 nafar iqtidorli o‘quvchi ro'yxatdan o‘tdi. ⚡️2025-yilgi Boliviya olimpiadasidan kumush va bronza medallar bilan qaytgan O‘zbekiston terma jamoasi endi o‘z uyida yangi rekordlarga tayyor! ⏰9-16-avgust 🗺CAEx koʻrgazmalar markazi 🖥Veb-sayt: ioi2026.uz 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
10 985
17
Hududingizdagi “IT-shaharcha” haqida ma’lumot kerakmi? 🏘 O‘quv yo‘nalishlari, qabul jarayoni hamda ta’lim bo‘yicha qo‘shimch
Hududingizdagi “IT-shaharcha” haqida ma’lumot kerakmi? 🏘 O‘quv yo‘nalishlari, qabul jarayoni hamda ta’lim bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olish uchun o‘zingiz yashayotgan hududdagi “IT-shaharcha” menejeri bilan bog‘lanishingiz mumkin. ⬇️Hududlar bo'yicha mas'ullar: ➡️Qoraqalpog'iston Respublikasi ➡️Bayram Kalilaev Bog'lanish uchun: +998 93 704 07 73 ➡️Sirdaryo viloyati ➡️Jurabek Toshbekov Bog'lanish uchun: +998 99 405 90 00 ➡️Samarqand viloyati ➡️Jamshid Botirov Bog'lanish uchun: +998 99 338 04 26 ➡️Farg'ona viloyati ➡️Ubaydulloxon Tovoldiyev Bog'lanish uchun: +998 93 435 11 11 ➡️Buxoro viloyati ➡️Shuhrat Qahramonov Bog'lanish uchun: +998 91 411 67 77 ➡️Toshkent viloyati ➡️Zafarjon Shovrikov Bog'lanish uchun: +998 99 323 83 85 ➡️Navoiy viloyati ➡️Umidjon Ubaydullayev Bog'lanish uchun: +998 20 006 63 00 ➡️Qashqadaryo viloyati ➡️Muxriddin Xaydarov Bog'lanish uchun: +998 77 040 28 22 ➡️Jizzax viloyati ➡️Hikmatilla Ummatqulov Bog'lanish uchun: +998 90 296 00 11 ➡️Andijon viloyati ➡️Sherzodbek Madaminjanov Bog'lanish uchun: +998 90 254 11 00 🏷“IT-shaharcha”da o‘qishni istayotgan do‘stlaringizga ham ushbu postni yuborishni unutmang! 🗺Hududingizdagi “IT-shaharcha” menejeri bilan bog‘lanib, o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob oling va o‘zingizga mos yo‘nalishda tahsil olish uchun ariza qoldiring! @IT_shaharcha
2 990
18
Apple ekspertlari O’zbekistonda yangi malaka oshirish dasturini boshlashdi 🗣Joriy yilning 6–10-iyul kunlari Apple kompaniyas+5
Apple ekspertlari O’zbekistonda yangi malaka oshirish dasturini boshlashdi 🗣Joriy yilning 6–10-iyul kunlari Apple kompaniyasi hamkorligida “Fergana Digital Hub” majmuasida Oʻzbekistonda ilk bor iOS dasturlash yoʻnalishi boʻyicha mentorlar malakasini oshirish treningi boʻlib oʻtmoqda. ✅Mazkur trening iOS dasturlash yo‘nalishi bo‘yicha malakali mentorlarni tayyorlash, ularni Apple ekotizimi, Swift dasturlash tili hamda zamonaviy o‘qitish metodikalari bilan tanishtirishga qaratilgan. ⚜️Treningni muvaffaqiyatli yakunlagan mentorlarga Apple kompaniyasi xalqaro sertifikatlari taqdim etiladi. ✅Malaka oshirish kurslarining barchasini muvaffaqiyatli tamonlagan professional trenerlar, joriy yil tashkil etiladigan 10 ta “iOS Development Center” markazlarda yoshlarimizga ta’lim berishadi. Agar Siz Apple tomonidan xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan mentorlardan professional ta'lim olmoqchi bo'lsangiz havola orqali hozirdan ro‘yxatdan o‘ting.
930
19
Apple kompaniyasi ekspertlari Farg’ona IT Parkda 10 nafar o’zbekistonlik mentorlarni o’qitishni boshladi 🗣Joriy yilning 6–10+4
Apple kompaniyasi ekspertlari Farg’ona IT Parkda 10 nafar o’zbekistonlik mentorlarni o’qitishni boshladi 🗣Joriy yilning 6–10-iyul kunlari Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi hamda Apple kompaniyasi hamkorligida “Fergana Digital Hub” majmuasida Oʻzbekistonda ilk bor iOS dasturlash yoʻnalishi boʻyicha mentorlar malakasini oshirish treningi boʻlib oʻtmoqda. ✅Mazkur trening iOS dasturlash yo‘nalishi bo‘yicha malakali mentorlarni tayyorlash, ularni Apple ekotizimi, Swift dasturlash tili hamda zamonaviy o‘qitish metodikalari bilan tanishtirishga qaratilgan. ✅Ma’lumot uchun, treningni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilar Apple kompaniyasining sertifikatiga ega bo‘lib, hududlarda ochilishi kutilayotgan 10 ta “iOS Development Center”larda mentor sifatida faoliyat yuritadilar. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
3
20
“IT Talents” loyihasi doirasida oʻquv markazlariga 2 milliard so‘mdan ortiq subsidiya ajratildi 🗣Mazkur subsidiya 2026-yilni
“IT Talents” loyihasi doirasida oʻquv markazlariga 2 milliard so‘mdan ortiq subsidiya ajratildi 🗣Mazkur subsidiya 2026-yilning birinchi yarim yilligida respublika bo‘yicha 72 nafar bitiruvchilari AT xizmatlari eksportini amalga oshiruvchi kompaniyalarga ishga joylashgani uchun IT ta’lim markazlariga ajratildi. 🏷IT Parkning taʼlim rezidentlari diqqatiga, Siz ham “IT Talents” dasturidan foydalanib har bir bitiruvchingiz uchun 31 million soʻmgacha subsidiya olishingiz mumkinligini eslatib oʻtamiz. Buning uchun: ✅CRM platformasiga o’quvchilaringiz haqidagi maʼlumotni kiriting; ✅IT eksportyorlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻying va ularning talablari asosida kadrlarni tayyorlang; ✅Eksportyor kompaniyalar roʻyxati bilan quyidagi havolada tanishing. 💻Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi xodimlari sizga o‘quvchilar va ish beruvchi o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘tashda ko‘mak beradi. 🤙Murojaat uchun: (71) 203-03-43 (104) 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
1 427