cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Martin Eden

Badiiy va badiiy boʻlmagan kitoblar uchun taqrizlar hamda iqtisodiy mavzularda fikrlarimnini yozib boraman. Kanal kundalik sifatida yuritiladi. Instagram: https://instagram.com/book.and_review?igshid=NzNkNDdiOGI=

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 205
Obunachilar
-224 soatlar
-267 kunlar
+6230 kunlar
Postlar arxiv
Qobiliyatsizlik va Erksizlik haqida Erkinlik - bu siz qilmoqchi boʻlgan ishni boshqalarning aralashuvisiz amalga oshirishingizdir. Agar qaysidir darajada biror ishni amalga oshirmoqchi boʻlsangiz-u qarshilikka uchrasangiz, demak oʻsha darajada sizning erkinligingiz cheklanishni boshlaydi. Aralashuv doirasining minimal hajmdan kengayishi sizning erkinlik hududingizning torayishi hisobiga amalga oshadi. Buning maksimal limitini biz “qullik” deb ataymiz. Aralashuv doirasining kengayish jarayonini esa “qullika yoʻl” yoki “qullashish jarayoni” deb nomlashimiz mumkin. Buning yomon tomoni shundaki, erkinlikning cheklanishi imkoniyatsizlik doirasining kenagyishiga olib keladi. Shunga qaramay, erksizlik insonning barcha imkoniyatsizlik shakllarini oʻz ichiga olmaydi. Erkinlik bizga maqsadga erishishimiz uchun imkoniyat beruvchi tabiiy vosita. Ammo maqsadga erisha olmaslik shunchaki qobiliyatsizlik tufayli boʻlsa, bu erkinlikning yoʻqligini anglatmaydi. Masalan kimdir tez yugura olmasa, basketbol toʻpini savatga tushira olmasa yoki murakkab kitoblarni oʻqib tushuna olmasa unga nisbatan “majburlanyapti” yoki “erksizlantirilyapti” deb aytish gʻalati boʻlar edi. Majburlash deganda siz qarama-qarshi holatda qilishingiz mumkin boʻlgan ishni boshqalarning qasddan aralashuvi tufayli qila olmasligingiz tushuniladi. Siz erkinlikdan odamlar sizga biror ishni qilishga toʻsqinlik qilganda mahrum boʻlasiz. Ammo oʻsha ishni shunchaki qobiliyatsiz boʻlganingiz uchun qila olmasangiz unda bu erkinlik yoʻqligini anglatmaydi. Agar inson kambagʻal ekanligi bois biror tovar yoki xizmatni sotib ololmasa, bu - uning imkoniyatlari erksizligi yoki boshqalardan kamroq erkli boʻlgani bois cheklanganini anglatmaydi. Aksincha, inson biror tovar yoki xizmatni sotib olishga qodir emasligi boshqalar tomonidan qabul qilingan qarorlar bilan bogʻliq boʻlib, unga yetarlicha pulga egalik qilishga toʻsqinlik qilinganda, unga nisbatan “majburlashyapti” deyish mumkin. Bozor erkinligi, ayniqsa siyosiy erkinlik darajasi yuqori mamlakatlarda boy va kambagʻal insonlar oʻrtasidagi daromad nomutanosibligi ham yuqori boʻladi. Buning sababi insonlardagi erkinlik darajasi bir xil boʻlsada qobiliyatlar darajasi har xil ekanligida deyishimiz mumkin. Boshqacha qilib aytganda kambagʻallarning kambagʻalroq ekanligi boylarning boyroq ekanligi tufayli emas, balki hamma har xil qobiliyat bilan turlicha mehnat qilishi tufaylidir. Koʻpincha shu ikki tushuncha adashtirib yuborilgani bois “boylar kambagʻallar hisobiga boyroq boʻladi, chunki imkoniyatlar turlicha taqsimlangan” degan mif’ni eshitib qolamiz. Bu esa xato mantiq! @economist_martin
Hammasini ko'rsatish...
👍 8 6
Repost from Ko’rinmas Qo’l
​​Bozor iqtisodiyoti va barqarorlik haqida Yaqinda bir qiziq grafikka ko’zim tushib qoldi. Unda keltirilgan ma’lumotga ko’ra, insoniyat 2016-2021 yillar orasida butun 20-asr davomida ishlatilgan materiallarning 75%dan ortig’ini iste’mol qilgan emish. Ya’ni, biz oldin 100 yilda iste’mol qilgan resurslarimizni hozirgi davrga kelib 10 yilga bormay ishlatib qo’yyapmiz. “The Circularity Gap Report 2024” mualliflarining fikriga ko’ra, bu juda achinarli trend. Ular keltirayotgan sabab: “Yer sayyorasida yangi resurslar chegaralangan, biz esa bunday ketishda davom etsak, oxir-oqibat resurs zaxiralarimizni tezda bo’shatib qo’yamiz.” Avvalambor, bu grafikni ko’rib men xavotirga tushishni o’rniga juda xursand bo’ldim. Oldin ham aytganimday, mamlakatlarning boylik darajasi ishlab chiqariladigan va iste’mol qilinadigan mahsulot va xizmatlarning hajmi bilan o’lchanadi. Insoniyat ancha ko’proq materiallar ishlatayotgani biz boyroq hayot kechirayotganimizni bildiradi. Mualliflarning xavotiriga keladigan bo’lsak esa, insoniyatning resurslari tugab qoladi deb o’ylash ham noo’rin. Hisobotni tuzgan ekspertlarning tavsiyasi- mamlakatlar ko’proq qayta ishlashga urg’u berishlari kerak. Ammo, bozor mexanizmlari to’g’ri ishlaydigan bo’lsa, qachon yangi materiallardan qayta ishlashga o’tish kerakligini narxlar belgilab beradi. Hozirgi kunda qayta ishlash darajasi pastmi? Demak, qayta ishlash bilan bog’liq xarajatlar yangi resurslarni ishlatishga ketadigan xarajatlardan balandroq. Agar yangi resurslar tanqis bo’lib qolsa, shunda ular qimmatlashishni boshlaydi, va biz qayta ishlashga o’tamiz. Buning uchun narxlar hukumatlar tomonidan emas, balki erkin bozor orqali belgilanishi kerak. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak: bozor mexanizmlari bizni nafaqat boyroq qiladi, balki barqarorroq hayot kechirishimizni ham ta’minlab beradi.
Hammasini ko'rsatish...
4👍 1
Podcastni koʻrib antiutopik asarlar, jumladan, Oldos Hakslining “Brave New World” va Yevgeniy Zamyatinning “Biz” asarlari yodimga tushdi. Shuningdek aktyor Joaquin Phoenix ishtirokidagi “Her” filmi ham kelajakda oilalar yoki jamiyatlar qanday boʻladi degan savolga farazan javob beradi. Ha, yaqin kelajak haqidagi tasavvurlar allaqachon reallikka koʻchayotgandek goʻyo! Yuqoridagi ikkita asar uchun film va seriallar ham suratga olingan, tavsiya qilaman.
Hammasini ko'rsatish...
👍 6 6
Start-uplar va venchur investitsiyalar, sun’iy intellekt hamda Oʻzbekistondagi iqtisodiy jarayonlar haqida qiziq suhbat boʻlgan, buni ham tavsiya qilaman. https://youtu.be/AzRleDIVlOE?si=CnfFEl9kOW27wh-6
Hammasini ko'rsatish...
👍 4 2
Nim uchun oilaning jamiyatdagi rolining oʻzgarib borayotganligi ijtimoiy yelimlar orqali yaxshi ochib berilibdi. Er va xotin, qolaversa kelin va qayniqarindoshlar munosabatlaridagi oʻzgarishlarning sabablari, an’anaviy va zamonaviy oiladagi farqlar haqida gapirilgan. Xullas qiziq suhbat boʻlibdi, tavsiya qilaman. https://youtu.be/P6nWVMmGvGE?si=LYsIeMEKtHyW-3sr
Hammasini ko'rsatish...
👍 8
Hayit ayyomingiz muborak boʻlsin!
Hammasini ko'rsatish...
25👍 2
Repost from N/a
Demografik jarayonlar haqida qisqacha P.S. sabr bilan o'qiylar)
Hammasini ko'rsatish...
👍 11 9
Photo unavailableShow in Telegram
#sovgʻa uchun tashakkur, xursandman @mutolaa_ustida
Hammasini ko'rsatish...
25👍 6💔 4👎 2
Photo unavailableShow in Telegram
Ertaga Seul Mun’da “Sarmoya books” kitob doʻkoni 6-filialining ochilish munosabati bilan mani ham taklif qilishibdi. Shahrimizda kitob doʻkonlari, kutubxonalar soni koʻpayayotgani kishini xursand qiladi. Manfaatli boʻladi degan umiddaman.
Hammasini ko'rsatish...
👍 15 6
#qonunlarruhi Monteskye demokratiyaning tabiati va xususiyatlari haqida yozar ekan, davlat boshqaruvi vakillarini xalq saylashi kerakligini aytadi. Chunki xalq kim qaysi lavozimga koʻproq munosib ekanligini yaxshiroq biladi. Ya’ni Monteskye xalq oʻziga manfaat keltira oluvchilarni bilish uchun koʻp va sifatli ma’lumotlangan boʻladi deydi. Shuning uchun demokratiya orqali meritokratik jamiyat yuzaga kelishiga ishora qiladi. Ammo, monarxiyada lavozim uchun munosib nomzod haqidagi ma’lumotlar saroygacha toʻliq yoki umuman yetib kelmaydi. Natijada lavozimni aslida loyiq boʻlganlar oʻrniga potensiali pastroq boʻlgan boshqalar egallaydi. Ayniqsa shu nuqtai nazardan Demokratiya Monarxiya yoki Avtokratiyadan yaxshiroqdir. Yana bir fikr juda yoqdi. Bu fikr oʻzbekistonlik amaldorlarga ayniqsa tegishli ekan:
Agar kimdir xalqning oʻzi saylagan shaxslar fazilatini (munosibligini) oʻzi tanib olishi tabiiy qobiliyati borligiga shubha qiladigan boʻlsa (xalq kim yaxshi-yu kim yomon ekanligini bilmaydi deb oʻylaydiganlar boʻlsa), u afinaliklar va rimliklar tomonidan hayratda qolarli darajada muvaffaqiyatli oʻtkazilgan va tasodifga yoʻyish mumkin boʻlmagan saylovlar ketma-ketligiga nazar tashlasin. Sharl Lui Monteskye
Hammasini ko'rsatish...
👍 6 5
#qonunlarruhi
Oliy hokimiyat egasi boʻlgan xalq oʻzi yaxshi amalga oshira oladigan hamma narsani oʻzi bajarishi kerak, oʻzi amalga oshira olmaydiganini esa oʻz vakillari orqali bajarishi kerak. Sharl Lui Monteskye
Bu juda ham toʻgʻri gap. Monteskye ham koʻp hollarda insonlarning har biri oʻzi toʻgʻri qaror qabul qila olishiga ishongan. Lekin qabul qilinishi kerak boʻlgan qaror har biri uchun notoʻgʻri-yu, jamiyat sifatida toʻgʻri boʻlganda, vakillari orqali bajarishi kerak. Ya’ni bozor ham shunday. Ijtimoiy ne’matlar (qaysiki umumiy iste’mol qilinadigan va toʻlovda istisnosizlikka boriladigan) va tashqi ta’sirlarga ega mahsulotlarni yetkazib berishda bozor muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Bunday tovarlar jamiyat sifatida hammaga foydali boʻlsada, har bir insonga foydasi kam boʻlgani uchun davlat aralshuvi orqali tartibga solinadi va bu toʻgʻri koʻmak hisoblanadi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 12 1
#qonunlarruhi Odatda barcha faylasuflar inson tabiatini oʻrganish orqali turli ilmlarni kashf qilishadi. Sharl Lui Monteskye ham inson tabiatini oʻrganish bilan nima uchun qonunlar zarurligini tushuntiradi. Uning fikricha inson aql idrok egasi sifatida xudo tomonidan oʻrnatilgan qonunlarni buzadi va oʻzi oʻrnatgan qonunlarni/prinsiplarni oʻzgartiradi. U oʻz-oʻzini boshqarish uchun imkoniyatlari cheklangan ojiz mavjudotdir. Inson hissiyotli va ongli mavjudot sifatida uzoq muddatda oqibati ayanchli boʻlgan qarorlarni ham qabul qilishga moyil boʻladi. Shuning uchun ham xudo vaqti-vaqti bilan insonlarga din joʻnatib, umumaxloqiy normalarni/qonunlarni oʻrnatib turadi deydi Monteskye. Xuddi shu kabi qonun chiqaruvchilar ham siyosiy va fuqarolik qonunlari orqali insonlarga oʻz majburiyatlarini eslatib turishi kerakligini aytadi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 13 3
#sovgʻa uchun tashakkur @kitobhouse aka🤝🏻
Hammasini ko'rsatish...
18👍 3
Aslida manashunday insonlar qotil yoki oʻgʻridan koʻra jamiyat uchun koʻproq xavf soluvchi mavjudot hisoblanadi. Oʻzining yovuz gʻoyasi bilan insonni dini, millati va shaxsiy tanlovlari tufayli diskriminatsiya qilgan inson vaqti kelsa oʻzining jirkanch gʻoyasi tufayli begunoh insonlarni genotsid qilishdan ham toymaydi. Zararli gʻoyalarning jamiyatga soladigan xavfi jismoniy tajovuz xavfidan karrasiga kuchliroq. Bunday insonlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga koʻra keskin jazolanishi zarur!
Hammasini ko'rsatish...
👍 16👎 1 1💔 1
Repost from Ko’rinmas Qo’l
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun LinkedIn ijtimoiy tarmog’ida shunday post ko’rib qoldim: mamlakatimizda 200dan ortiq xodimi mavjud bo’lgan “AX Technology” kompaniyasi yangi IT mutaxassislarni ishga olish jarayonida suhbat vaqtida ularning dini haqida savol berar ekan. Nomzod musulmonligini tasdiqlaganidan keyin, Katya Makarchenko ismli HR-menejer suhbatni yakunlagan ekan. Postning tagida ushbu kompaniya bilan xuddi shunday holatga uchragan hamyurtlarimiz ko’plab izohlar qoldirishibdi. Katya Makarchenkoning LinkedIn sahifasiga ko’ra, u o’tgan yili Rossiyadan O’zbekistonga muhojir bo’lib kelgan. Sahifasida Isroilning G’azodagi genotsidini olqishlaydigan postlar ham mavjud. Makarchenko O’zbekiston qonunchiligi xuddi Isroilnikiday diskriminatsion deb o’ylashi mumkin. Ammo, O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksining 4-moddasiga binoan, ish beruvchilar shaxslarga nisbatdan ularning dinga bo’lgan munosabati va e’tiqodi asosida cheklovlar qo’llashi noqonuniy hisoblanadi. Shunday ekan, “AX Technology” va Katya Makarchenkoga O’zbekiston Respublikasining qonunchiligi doirasida choralar ko’rilishi zarur. Mehnat Kodeksiga oid qoidabuzarliklarni o’rganadigan mas’ullar ushbu holatga e’tibor qaratishlarini istagan bo’lar edim.
Hammasini ko'rsatish...
👍 16 3
Hammasini ko'rsatish...
👍 2 2
#iqtibos Bir xil savdodagi tadbirkorlar hatto xursandchilik yoki o'yin-kulgu uchun ham bir-birlari bilan kamdan kam uchrashadilar, lekin shunday bo'lsa ham, suhbatlari jamiyatga qarshi til biriktirish yoki narxlarni oshirish boʻyicha qandaydir fitna bilan yakunlanadi. Adam Smit
Hammasini ko'rsatish...
😁 24👍 4💔 3 1
#shaxsiyfikrlar Xavotirlarim haqida bir-ikki fikrlar Ming yillar davomida davlat rahbarlari xudo sifatida, uning oʻgʻli, yerdagi soyasi va yana allaqanday qarindoshi sifatida, ota sifatida yoki insoniyatning homiysi sifatida koʻrib kelindi. Insonlar hukmdor va xalq oʻrtasida shakllangan mana shunday munosabatni tabiiy jarayondek qabul qilishardi. Hukmdorlar cheklanmagan vakolatga ega edi. Xohlagan paytida yangi soliqlarni joriy qilar va xohlaganicha yigʻib olardi. Oʻrta asrlarga kelib faylasuflar davlat va jamiyat oʻrtasidagi munosabatlar aslida qanday boʻlishi kerakligini savol ostiga oldilar. Natijada minimal davlat va maksimal erkinlik gʻoyasini ilgari suruvchi tamoyil - liberalizm vujudga keldi. Shu gʻoya ustiga iqtisodiy- siyosiy institutlar qurildi. Bunda Jon Lokk, Sharl Lui de Monteskye, Jan Jak Russo, Jon Styuart Mill, Adam Smit va David Rikardolarning hissasi katta. Agar siz oxirgi 200 yilda inson umrining uzayishi, chaqaloqlar oʻlimining kamayishi va global ochlikning tugatilishini iqtisodiy oʻsish tufayli sodir boʻlgan desangiz oʻz oʻrnida liberalizmni ham e’tirof etgan boʻlasiz. Xullas, xavotirlarim ham dunyoda liberalizm va demokratiyaning degloballashuvi jarayon boshlangani bilan bogʻliq. Liberalizm gʻoyasi tufayli rivojlangan, inson huquqlari haqida bong urgan, tolerant boʻlishga chaqirgan davlatlar bugun insoniylikka nisbatan eng yomon xunrezliklarni amalga oshiryapti. Buning natijasida vakolatlari cheklanmasligini istasada oʻzini liberal demokratdek koʻrsatishga harakat qilib kelgan rahbarlarlarda liberal demokratiyani ochiqchasiga tanqid qilib hokimiyatini mustahkamlashga imkoniyat paydo boʻlyapti. Agar shunday boʻlsa, dunyo uchun ( yoki faqat dunyoning sharqiy qutubi uchun) alternativ iqtisodiy-siyosiy gʻoya kerak boʻladi. Bunday gʻoyani jadal rivojlanib kelayotgan Xitoydan olish mumkin. Xitoy paternalizmga ega avtoritar mamlakat. Iqtisodiy modeli ham ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan rejali iqtisodiyot. Agar Xitoyning iqtisodiy siyosiy rejimi globallashuvi boshlansa, bu yuqorida aytib oʻtganim, oʻzini demokratdek koʻrsatishga majbur boʻlib kelgan potensial avtokratlarga juda qoʻl keladi. Bizdaka mamlakatlarda ham erkinlikdan voz kechilishi va bu afsuski, qullikka yoʻlning qurilishiga olib kelishi mumkin.
Hammasini ko'rsatish...
👍 10 4💔 2
Demokratiyaga oʻtish Iqtisodiy oʻsish bilan amalga oshadimi? Bilamizki iqtisodiy oʻsish inson taraqqiyoti ( va inson kapitali ) darajasini oshiradi. Bu esa odamlarning ijtimoiy fanlarni chuqurroq oʻrganishiga va shu tufayli siyosiy ovozga talabni paydo boʻlishiga sabab boʻladi. Bu demokratiyaga erishishga kerakli boʻlgan ammo yetarli boʻlmagan omil. Sergey Guriyev oʻzining Spin Dictator kitobida demokratiyaga evrilish uchun modernizatsiya kokteyli haqida yozadi. Kokteylning tarkibi quyidagilardan iborat: 1. Industrial jamiyatlardan Postindustrial jamiyatlarga oʻtish. Bugungi kunda, postindistrial jamiyatlarning koʻpayishi natijasida avtoritar mamlakatlar ham iqtisodiy qoloq mamlakat boʻlib qolmasligi uchun oʻz iqtisodiyotidagi driverlarni tovar ishlab chiqarishdan xizmat ishlab chiqarishga diversifikatsiya qilishga majbur boʻladi. Natijada kreativ soha vakillari, ya’ni aqliy faoliyat bilan shugʻullanuvchilar koʻpayadi. Ammo bu o'z navbatida avtokrat uchun oliy ma'lumotli ishchilarni koʻpaytirishdek rejimga xavf solishi mukin bo'lgan islohotni amalga oshirish kerak degani. 2. Axborot va Iqtisodning glovallashuvi. Internetning arzonlashuvi va keng tarqalishi insonlarning axborot almashinuvini osonlashtiradi. Hamfikr odamlarni jamlaydi, fikr almashinuviga zamin yaratadi. Iqtisodning oʻsishi dunyo kezishga va dunyo qarashni kengaytirishga imkoniyat yaratadi. 3. Liberal tartibotning xalqaro maydonda yuksalishi Liberalizm va Demokratiya gʻoyalarining globallashuvi tolerantlik gʻoyalarini ilgari suruvchi xalqaro tashkilotlarning oʻrnini mustahkamlaydi. Dunyoda bunday tartibotning boʻlishi avtoritar mamlakatlarni rivojlangan demokratik mamlakatlar bilan iqtisodiy-ijtimoiy aloqalarini imkon qadar rivojlantirmaydi. Natijada avtoritar mamlakatlar demokratiyaga evrilishiga, hukumat vakolatini minimallashuviga hamda tolerantlik gʻoyalarni cheklanmasligiga ragʻbat paydo boʻladi. @economist_martin
Hammasini ko'rsatish...
👍 8 3
Telegram`da foydali va qiziqarli kanallar tobora koʻpayib bormoqda. Bugun biz sizning e'tiboringizga adabiyot va kitobxonlikni targʻib qiluvchi eng sara kanallarni havola etamiz. Barcha kanallarga a'zo bo‘lish uchun havolani BOSING!
Hammasini ko'rsatish...
👍 5💔 3
#review Frederik Bastianing “Sham ishlab chiqaruvchilar nomidan arznoma” nomli satirik asari haqida qisqacha Frederik Bastianing ushbu satirasi proteksionistlarning mantigʻini xato ekanligini isbotlashda, mantiqni kinoya sifatida maksimal limitga oshirish orqali ifoda etadi. Shundan koʻrinadiki import tovarlari arzon boʻlgani uchun narxni oshirish maqsadida import bojlarini qoʻllash bizga berilayotgan begʻaraz sovgʻadan voz kechish bilan teng. Satirada dastlab davlat shu paytga qadar importni cheklashining asosiy sababi ishlab chiqaruvchilar va ishchilarning manfaati iste’molchilarning manfaati bilan toʻqnash kelganda ishlab chiqaruvchilar va ishchilarning manfaatini oʻylashi ekanligi aytiladi. Import boʻlib kelgan koʻmir, temir, makkajoʻxori va matolar arzon boʻlgani uchun bundan iste’molchilar manfaatdor ekanligi ayon boʻlsada, mahalliy ishlab chiqaruvchilar importni cheklashdan manfaatdor, shunday ekan, davlat har doim boʻlganidek ishlab chiqaruvchilar tomon yon bosishi kerak. Ushbu mantiqdan kelib chiqib sham ishlab chiqaruvchilar davlatdan quyosh nuridan foydalanmaslik uchun derazalarni, tuynuklarni va barcha teshiklarni yopib tashlash toʻgʻrisida qonun qabul qilish kerakligini soʻraydi. Chunki quyosh nuridan iste’molchilar manfaatdor boʻlsada, uni cheklashdan mahalliy sham ishlab chiqaruvchilari manfaatdor. Bundan tashqari sham ishlab chiqaruvchilarining davlatga yozgan murojaatnomasida chet eldan kelgan apelsinlarning arzon ekanligini sababi, ularni yetishtirishda tabiiy sharotining yaxshiligi tufayli inson mehnati kamroq sarflangani aytiladi. Mamlakatning oʻzida esa apelsin tayyor boʻlgunicha toʻliq inson mehnati sarflanadi va shu sababdan narx qimmatalshadi. Negaki mahsulotni ishlab chiqarishda tabiat ishtirok etgan qism begʻarazdir, lekin inson mehnati ishtirok etgan qismi qiymatga ega boʻlib, unga haq toʻlanadi. Shunday ekan, ishlab chiqarish uchun tabiatning roli qanchalik katta boʻlsa, mahsulot narxi shunchalik nolga qarab intiladi. Davlat esa mamlakat ichida ishlab chiqarishda butunlay inson mehnati sarflangan tovarlar qimmatroq boʻlgani va shu sababdan tabiat begʻaraz ishtirok etgan tovarlar bilan raqobat qila olmagani uchun, narxni tenglashtirish maqsadida begʻaraz in’omdan import bojlari orqali voz kechadi. Shunday ekan, sham ishlab chiqaruvchilar quyosh bilan raqobatda yutqazayotgan va kun boʻyi shamlarini sotolmay qiynalidhayotgan bir paytda, yuqoridagi adolatli proteksionistlarning mantigʻiga binoan, xizmatning yarmi emas, hammasi tekin boʻlgan in’omdan voz kechish juda toʻgʻri qaror boʻlar edi. Axir, quyosh nurining narxi boshqa tovarlar kabi nolga intilayotgan emas, allaqachon nolga teng boʻlgan-ku! @economist_martin
Hammasini ko'rsatish...
👍 8 4💔 3
Photo unavailableShow in Telegram
#nazm #munosabat Zamona zayliga kuy chalar dutor, Zamonin zaylidan or etarlar, or, Forsiylar kelganda erkaklar zoti Unutishdi siynalarga bo‘lganlarin zor!
Lola Yuldoshevani tanqid qilayotganlar, o‘z tarixini unutgan, erkaklari qirg‘in bo‘lgan on, qiz farzandlarning ko‘kraklaridan voz kechib, kamonchi qilib tarbiyalagan massaget xalqining XXI asrdagi isnodidir!
Zamona To‘marislari o‘lmadi, ammo ularni o‘ldirmoq istamoqdalar. Mahinda bir gal Penelopa hayoti, iztiroblari yoritilgan asar revyusini o‘qigan edim. Bunday asar har bir ayol qahramon uchun yozilmog‘i darkor. Bo‘lmasa biz qayerdan bilamiz tul malika To‘marisning farzand dog‘ida yongan onlarida chekkan iztiroblarini. O‘ylab ko‘ring shu haqida ijod ahli. Hurmat ila Nurali Qahramon
Hammasini ko'rsatish...
14👎 6👍 2
https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/16/democracy/?utm_source=push&utm_medium=twitter Avtoritar tizimda ham rivojlanish mumkindir, ammo avtokratiya yomon ekanligini ta’kidlash uchun ikkita yaxshi diktatorga yuzlab yomon diktatorlar, tiranlarni misol qilishni oʻzi yetarli. Bu haqida oʻylaganimizda yoʻlboshlovchi qanday xususiyatlarga ega boʻlishi kerakligi haqida emas, tizim kerakli xususiyatlarga ega boʻlgan yoʻlboshlovchini saralab olishi haqida bosh qotirishimiz kerak. Yaxshiyamki ushbu boshqotirma allaqachon yechilgan va bizda nima qilmasligimiz kerakligi haqida oʻrgatuvchi tayyor empirik dalillar mavjud. Ha, bu mavzuda empirizmning mavjudligi qarorlarimiz ratsional yoki irratsionalligi haqida boshqotirish yukidan xalos etadi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 6 1
Bozor va Erkinlik Har bir insonning shaxsiy hududida qoldirilgan tabiiy erkinliklar, davlat deb atalmish tashkilotga olib berilgan tabiiy erkinliklarning hajmidan qancha katta boʻlsa, mamlakat aholisi shu qadar baxtliroq, farovonroq va boyroq hayot kechiradi. Har bir inson erkinligining hajmi qanchalik kengroq boʻlsa uning xohish istaklarini maksimal darajada qondirish ham shu qadar osonlashadi. Boshqacha qilib aytganda, cheklangan resurslarimizni qayerga yoʻnaltirishni hal qilishdek qiyin va biroz qaygʻuli vazifani bajarishga xojat qolmaydi. Koʻp hollarda, bozor biz insonlarni jamiyat sifatida qaygʻurishimiz kerak boʻlgan va tiriklikni saqlab qolishdek muhim boʻlgan vazifadan ya’ni ogʻir yukdan xalos etadi. Bozor bunday vazifani oʻz zimmasiga olishi uchun nimadir qilish emas balki xalaqit qilmaslik talab etiladi, xolos. Qisqa qilib aytganda, erkinlik zarur! Bozorning sehrli kuchi shundaki, u odamlarga boshqalarning harakatlaridan oladigan manfaatlari toʻgʻrisida hamda, boshqalarning manfaatlari yoʻlida oʻz hatti-harakatlari bilan bogʻliq xarajatlar toʻgʻrisida axborot beradi. Olinadigan foyda va sarflanadigan xarajatlarning optimalligi vaziyatga qarab, har bir individning tanlovlari orqali belgilanadi. Oʻzingiz oʻylab koʻring: mahsulotni iste’mol qilgan yoki xizmatdan foydalangan odamdan boshqa yana kim olingan foyda qiymatini aniqroq baholay oladi? Hech kim! Avstriya maktabi tarafdorlari shunday fikrni ilgari suradilar: Hech kim hamma narsani bila olmaydi, shuning uchun hammani oʻz holiga qoʻying. Ularning “hech kim hamma narsani bila olmaydi” deb ta’kidlashining boisi, insonlar mutlaq ratsional boʻla olmasligi bilan izohlanadi. Markaziy rejalashtirish va nazorat qilish bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar, hatto ularda har bir bozor haqidagi ma’lumotlarni yigʻish va hisoblash qudrati boʻlgan taqdirda ham, barcha insonlarning cheksiz xohish istaklari qanday ekanligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarga ega boʻla olmaydi. Ha, dunyo juda murakkab va noaniq tuzilgan. Shuning uchun, Avstriya maktabi tarafdorlari juda dono va hamma narsani bilganliklaridan emas balki, hamma narsani bila olmaganliklari sababli bozorning erkin boʻlishi, hamda raqobat natijasida oʻzaro manfaatli savdo bitimlari tuzilishi orqali iqtisodiy oʻsishga erishish mumkinligini aytishadi. Soʻngi soʻz oʻrnida shunday deyman: har bir inson oʻzi uchun nima yaxshi ekanligini va maqsadiga qanday yetishish kerakligini boshqalardan koʻra yaxshiroq biladi. Negaki u, nimadandir voz kechish evaziga qoʻlga kiritgan narsasining qiymatini boshqalardan koʻra yaxshiroq baholay oladi! @economist_martin
Hammasini ko'rsatish...
👍 4 4
01:44
Video unavailableShow in Telegram
“Ўзимизда ишлаб чиқармасак, валюта четга чиқиб кетади” деган гап нега миф? Айрим блогерлар маҳаллий автосаноатни ҳимоя қилиш кераклигини айтиб чиқиши ортидан ижтимоий тармоқлар яна протекционизм ҳақидаги баҳслар билан тўлиб-тошди. Kun.uz бу борадаги саволларга асосли ва илмий жавоблар олиш учун АҚШда фаолият юритаётган иқтисодчилар Ботир Қобилов ва Беҳзод Ҳошимовга мурожаат қилди. Иқтисодиёт илми мутахассислари суҳбат давомида “валютанинг четга чиқиб кетиши” ҳақидаги хавотирлар нега асоссиз экани, импортга чеклов қўйиш қандай қилиб экспортга ҳам тушов бўлиши, оқилона фискал ва монетар шарт-шароитларда импортнинг экспортдан кўп бўлиши нима учун муаммоли ҳолат эмаслигини тушунтириб беришди. 📹 ИНТЕРВЮНИ ТОМОША ҚИЛИНГ
Hammasini ko'rsatish...
Мои видео.mp412.00 MB
4💔 1
Meni doim o’ylantiradigan narsa, O’zbekiston nihoyatda savdoga yopiq mamlakat bo’lishiga qaramasdan, undan ham yomon ya’ni undan ham yopiqroq bo’lishini xohlaydiganlar bor. Men tepadagi birinchi toifani emas - ya’ni yopiq siyosatdan manfaat oladiganlarni emas, aynan bilmasdan shunday o’ylaydigan qaror qabul qiluvchilar mavjudligiga hayron qolaman. Menimcha, dunyodagi eng yopiq iqtisodlardan ekanligimiz hammaga ayon. 98% dunyo iqtisodiyotlari a’zo bo’lgan JSTni a’zosi ham emasmiz, bojlarimiz ham dunyoda eng balandlardan. Buni ustiga dengizlardan uzoqda joylashaganmiz, ya’ni tabiiy savdo chegaralari ham mavjud, bizga tovarlarni chetdan olib kelishni o’zi bir mushkulot va juda qimmat. Bu narsa baxtimiz emas - omadsizligimiz (proteksionist mantig’iga ko’ra, import kelishi qancha qiyin bo’lsa shuncha yaxshi, absurd mantiq albatta). Bunga ham qo’shib, juda samarasiz va davlatga tegishli bo’lgan logistika: temir yo’llari va havo yo’llari, rivojlanmagan infratuzilma va o’ta sekin ishlaydigan bojxona xizmatlari ham bor. Aytmoqchimanki, shundoq ham dunyodagi erkin savdoga eng yopiq mamlakatlar qatoridamiz, lekin shunda ham, mahalliy samarasiz ishlab chiqaruvchilarni samarasizligini vaj qilib, savdoga cheklovlarni yanada ko’tarmoqchi bo’lamiz. Bu falsafamiz mana 1995 yildan beri ish bermay kelmoqda, lekin qayta qayta shu xatoni qilishni va har gal o’zimizcha yangi argumentlar bilan xato qilishni davom ettirmoqdamiz. Mayli ekan, Singapur yoki Gonkongdek savdoga ochiq mamlakat bo’lganimizda, tushunar edim “sal pal” boj qo’ymoqchi bo’lganlarni hissiyotlarini (xato mantiq bo’lar edi Singapurda ham), eng proteksionist mamlakatlardan birida bo’lib, undan ham qattiq yopilishni xohlaydigan qaror qabul qiluvchilar borligi, meni to’g’risi taajubga soladi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 8 2
Bunday fikr ham bor. Kimdir ahmoq, bilmay zarar keltiradi, kimdir esa atayin qiladi deyaptilar. https://t.me/the_bakiroo/7973
Hammasini ko'rsatish...
👍 6
Repost from Iqtisod4i
Парадокс шундаки, миллий иқтисодиётга энг катта зарар келтирувчи қарорлар миллий иқтисодиётни қўллаб-қувватлаш деган важ билан қабул қилинади. Истеъмолчилар ҳуқуқларини энг кўп камситувчи қарорлар истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш важи билан имзоланади. Маҳаллий корхоналар рақобатбардошлигини энг кўп кучсизлантирувчи қарорлар маҳаллий корхоналар рақобатбардошлигини ошириш деган чиройли сарлавҳалар билан эълон қилинади. Қандай қилиб сизни рақибларингиз билан ҳисоби 0-0 дан бошланувчи ўйин ўйнашга қўймасдан рақобатбардошлигингизни ошириш мумкин? Ички бозорда сизга рақибларга нисбатан маъмурий, сунъий устунлик берилаверса, бу сизни кучлироқ қиладими? Ëки шу маъмурий ёрдамсиз исталган рақобатда ютқазадиган қиладими? Қайсидир саноат жаҳон бозорида рақобатбардош бўлиши учун уни тариф ва нотариф тўсиқлар билан ҳимоя қилишимиз керак деган фикр - мутлоқ мантиқсиз, истеъмолчига зарарли қараш.
Hammasini ko'rsatish...
👍 7 1
Repost from Ko’rinmas Qo’l
​​Proteksionizmga oid mashhur miflar haqida Oxirgi bir necha kunlarda o’zbek media maydonida shov-shuv ko’targan taniqli blogerlarning chiqishlari keng muhokama qilinyapti. Milliondan oshiq auditoriyaga ega bo’lgan ushbu blogerlar taxminan quyidagicha argumentni oldinga surishyapti:
“elektr mashinalarning bojsiz importi xalq uchun zo’r bo’ldi, ammo valyutaning xorijga chiqib ketishi va shu bilan mahalliy avtosanoatning noni yarimta bo’lishi kelajakda iqtisodiyotimizga katta ziyon yetkazadi”
Bu azaldan proteksionizmni qo’llab quvvatlash uchun ishlatilgan safsata gaplar hech qanday iqtisodiy mantiqqa ega emas, albatta. Lekin, keling, quyidagi o’zbek mediasida mashhur bo’lgan ikkita iqtisodiy mifga barham bersak. Mif No. 1: Import hajmining eksport hajmiga nisbatan oshib ketishi xorijiy valyutani chiqib ketishiga olib kelib, hammamizni kambag’allashtiradi. Javob: Xorijiy valyuta - mamlakatlarning boylik manbasi emas va, shuning uchun, uni yig’ib o’tirish iqtisodiy rivojlanishga olib kelmaydi. Jahon Bankining 1960-2022 yillardagi butun dunyo mamlakatlarining ma’lumotlari asosida quyidagi grafikni tuzdim. Ko’rishingiz mumkin-ki, iqtisodiy o’sish bilan savdo balansi orasidagi munosabat deyarli mavjud emas (korrelyatsiya koeffitsienti bor yo’g’i 0.04ga teng). Ya’ni, mamlakatning import hajmi eksport hajmidan ancha baland bo’ladimi yoki ancha pastmi (y’ani, valyuta chiqib ketadimi yoki kiradimi) - bu iqtisodiy o’sishni belgilab beradigan omil emas. Xorijiy valyuta bizga faqat chet eldan tovar va xizmatlarni sotib olish qobiliyatini taqdim qilishi uchungina qadrli. U chet elga chiqib ketmasligi uchun importni cheklash esa iste’molchilarga, va shu bilan birga, butun iqtisodiyotga katta va real zarar keltiradi. Mif No. 2: Importni bugun cheklasak, ozgina vaqt o’tib, bizning mahalliy ishlab chiqaruvchilarimiz raqobatbardosh bo’la olishadi va eksport gigantlariga aylanib qolishadi. Javob: Import cheklovlari mahalliy ishlab chiqaruvchilarga ko’proq foyda olib keladi, mahalliy iste’molchilar uchun esa katta yo’qotishlarni anglatadi. Muhimi shu-ki, iste’molchilarning yalpi yo’qotishlari ishlab chiqaruvchilarning foydasiga qaraganda doimo karrasiga balandroq bo’ladi. Demak, butun iqtisodiyot (iste’molchilar + ishlab chiqaruvchilar) umumiy hisobda zarar ko’radi. Har bir import cheklovlari qo’llanilgan yilda biz zararda bo’lishimizani bilsak, qachondir shu umumiqtisodiy yo’qotishlarning yig’indisi oqlanishi kerak-ku, to’g’rimi? Proteksionistlarning gapi to’g’ri bo’lib chiqsa ham va bizning ishlab chiqaruvchilar, aytaylik, 50 yilda katta eksportchilarga aylangan taqdirida ham, shu 50 yillik yoqotishlarni tiklab olish uchun yana 50 yil talab qilinishi mumkin. Ya’ni, biz faqat 100 yildan keyin “minusdan” 0ga chiqib olamiz. Aslida esa, import bojlari bilan himoyalangan ishlab chiqaruvchilar deyarli hech qachon raqobatbardosh bo’la olishmaydi. Ularning asosiy maqsadi har xil qo’rqitishlar va va’dalar orqali importga mavjud cheklovlarni saqlab qolish bo’ladi. Bugun chet ellik korxonalar bilan O’zbekistonda raqobatlasha olmayotgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar, 50 yildan keyin ham, 150 yildan keyin ham xorijiy bozorlarda ular bilan raqobatlasha olishmaydi. Buning sababi - texnologik rivojlanish. Import cheklansa, mamlakatga yangi texnologiyalarning oqimi sezilarli pasayadi, va, natijada, ochiq muhitda ish olib boradigan xorijiy korxonalar o’z gegemoniyasini saqlab qolaveradi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 6 1
Mantiqiy_iqtisodiyot_Shaxsiy_va_milliy_farovonlikning_dolzarb_masalalari.pdf9.85 MB
👍 10 2
Proteksionizm va proteksionizm atrofidagi gʻoyalarning xato ekanligi haqida “Mantiqiy Iqtisodiyot” kitobida yaxshi yozilgan ekan.
Hammasini ko'rsatish...
👍 9 3
Photo unavailableShow in Telegram
Ish o'rinlarini «saqlab goluvchilar»ning ko'pchiligi go'yoki xorijliklar tovarlarni yetkazib berishni istaydi- yu, lekin dollar yoki yevroda olgan daromadlariga ular hech narsa xarid qilmaydigandek harakat qiladilar. Aslida esa unday emas. Agar xorijliklar mahsulotlarni Amerikaliklarga dollarga yoki Evropaliklarga yevroga sotsa, lekin olingan dollar yoki yevrolarni mahsulot xarid qilish uchun ishlatmasa, bu xuddi Amerikaliklar yoki Evropaliklar import uchun chek yozib bergan-u, lekin chekni hech kim naqd pulga almashtirmaganga yoki milliy gahramonlar rasmi tushirilgan (Qo'shma Shtatlari banknotalari) yohud xayoliy ko'priklar rasmi chizilgan (yevro banknotalari) chiroyli qog'ozlarni eksport qilganga o 'xshaydi. Bu chakki bo'Imasdi, to'g'rimi? Haqigatda esa, import qilingan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarganlar olgan cheklarini naqd pulga almashtiradilar. Ularga gog'ozlarning o'zi kerak emas, balki istagan narsalarni sotib olish yoki ishlab chigarish aktivlariga investitsiya qilish uchun ushbu gog'ozlarning xarid gobiliyati kerak. Ular ko'pincha Amerika yoki Evropa eksport mahsulotlarini sotib olishni istaydilar. Demak, import eksportga bo'lgan talabni keltirib chqarishga yordamlashadi.
Hammasini ko'rsatish...
0.02 KB
#tavsiya Liberalizmning tarixi yohud liberalizm tarixga aylanadimi?” mavzusida Boricha podcast’da yaxshi podcast chiqqan ekan. Unda globallashuv va degloballashuv, liberalizmning tarixi va ahamiyati hamda muqobil gʻoya qanday boʻlishi haqida yaxshi suhbat boʻlibdi, tavsiya qilaman. Man uchun inklyuzivlik liberalizmni inkor etishdan koʻra koʻproq davom ettiruvchi, liberalizm xususiyatlarini meros qilib oluvchi gʻoyaga oʻxshab koʻrindi. https://youtu.be/cineoX8bSkI?si=mCzSoc35cuqsgELw
Hammasini ko'rsatish...
👍 11👎 3 2
Erkin va Raqobatdosh bozorning ahamiyati Bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi bu - raqobat. Raqobat jarayoni korxonalarni samarali faoliyat koʻrsatishga va iste’molchilarning manfaatlarini oʻylashga undaydi. Jumladan, bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi gʻoyalarni amalga oshirish hech qanday toʻsiqqa uchramaydi. Bunday yangiliklarning bozorda yashab qolish/qolmasligi ular taqdim qiladigan mahsulotning “iste’molchilar nazorati”dan oʻtish/oʻtmasligiga bogʻliq. Agar iste’molchilar mahsulotning qiymatini uning narxidan yuqori baholasalar, unda korxona foyda oladi va faoliyatini davom ettiradi. Ammo, aksincha, iste’molchilar mahsulotning qadrini uning narxidan past baholasalar, unda bu korxona zarar koʻradi va faoliyatini yakunlaydi. Demak, qaysi korxonaning “oʻyinda” qolishini belgilaydigan hakam bu - iste’molchilar. Ba’zida, faoliyatini endi boshlagan korxonalar ishlab chiqargan dastlabki mahsulotlar juda qimmat turadi. Shuning uchun, uning dastlabki mijozlari kam sonli, daromadi yuqori insonlar boʻlishi mumkin. Dastlabki sotuvni amalga oshira olgan korxonada tajriba orttirish, mahsulot sifatini oshirish va narxini arzonlashtirishga vaqt va imkoniyat paydo boʻladi. Negaki bozorda, raqobat muhitida “yashab qolish instinkti” korxonani narx/sifat borasida samarali boʻlishga majburlaydi. Natijada korxona bozordagi ulushini kengaytirishi va yanada samarali faoliyat koʻrsatishi mumkin. Proteksionizm iqtisodiy siyosati tarafdorlari “yangi tugʻilgan” korxonalarni turli imtiyozlar bilan qoʻllab-quvvatlash, dastlabki sotuvlarni amalga oshirish orqali ularni samarali qilishiga imkoniyat beradi deb ishonishadi. Ayni paytda, korxonani samarali boʻlishga majburlovchi mexanizm boʻlmish raqobat muhitini yoʻq qilishadi. Natijada, davlat himoyasida boʻlgan korxonaning bozorda “tirik qolish intinkti” boʻlmaydi hamda narx/sifat borasida qaygʻurmaydi. Proteksionistlarning xatosi - korxonaning yashab ketishi uchun dastlabki sotuvlarni amalga oshirishiga imkon berish raqobat muhitini yoʻq qilish evaziga boʻlganida. Kim nimani, qanday va kim uchun ishlab chiqarishini belgilaydigan hakam davlat emas, iste’molchilar boʻlishi kerak. @economist_martin
Hammasini ko'rsatish...
👍 10👎 5 2
Repost from Ko’rinmas Qo’l
Tanlab kuzatish xatosi (selection bias) haqida Kundalik hayotimizdagi har xil kuzatuvlar bizni sabab va oqibat bog’liqliklari to’g’risida o’ylantirishi tabiiy holat. Ammo ko’pchilik statistika fanining eng bazaviy va, mening nazarimda, eng muhim konsepsiyasini shunday kuzatuvlarni tahlil qilayotganda qo’llamaydi. Bu esa xulosalardagi xatolarga olib keladi. Men aytayotgan konsepsiya quyidagicha ifodalanadi: “ikki hodisa bir biri bilan bog’liq bo’lishi sababiyatni anglatmaydi” (correlation doesn’t imply causation). Bog’liqlik sababiyat orqali emas, balki tanlab olish tufayli vujudga kelishi mumkin. Misol uchun: Harvard va u kabi nufuzli universitetlarning bitiruvchilari ko’pincha o’ta aqlli va muvaffaqiyatli insonlar. Shuning uchun, aksariyat odamlar Harvardda o’qishni muvaffaqiyat sababi deb hisoblaydi. Aslida esa, Harvard tasodifan talabalarini tanlab olmaydi, balki o’ta raqobatli jarayon asosida hujjat topshirganlarning orasida eng aqllilarini o’qishga qabul qiladi. Tadqiqotlarga ko’ra, nufuzli universitetlarning bitiruvchilari bilan o’sha oliygohlarga qabul qilingan lekin u yerda o’qimagan insonlarning daromadlari orasidagi farq mavjud emas. Ya’ni, Harvardga kelganda, eng muhim omil - bu u yerga o’qishga qabul qilinish uchun yetarli qobiliyatlarga ega bo’lish, u yerda o’qish emas. Boshqa misol: basketbol bo’yni o’stiradi deb hisoblash. To’g’ri, professional basketbolchilar ko’pincha baland bo’yli bo’ladi. Ammo bu ular yoshligidan basketbol o’ynagani sababli degani emas. Baland bo’yli insonlar basketbolda tabiiy ustunlikka ega bo’lgani uchun, ular ushbu sport turi bilan professional darajada shug’ullanishga moyilroq bo’ladi. Ya’ni, professional basketbol bo’ydor o’yinchilarni, xuddi Harvard aqlli talabalarni tanlaganday, tanlab oladi. Bu degani esa, farzandingizni bo’yi baland bo’lishini xohlasangiz, uni basketbolga berishingiz sizga katta ehtimollik bilan yordam bermaydi. Tanlab kuzatish xatosi asosida qabul qilingan qarorlar keng ko’lamli fojialarga olib kelishi ham mumkin. Masalan, bugungi kunda dunyoning ko’pgina rivojlangan mamlakatlarida davlatning iqtisodiyotdagi ulushi katta va soliqlar stavkasi baland. Bunday bog’liqlikni kuzatib, biz “davlatning ulushini oshirish iqtisodiy rivojlanish uchun foydali” degan xulosaga borishimiz mumkin. Bu, albatta, tanlab kuzatish xatosi tufayli butunlay noto’g’ri fikr bo’ladi. Rivojlanayotgan mamlakatlar shunday xato tufayli davlatning iqtisodiyotdagi ulushini oshirsalar, iqtisodiy o’sishning o’rniga jiddiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishadi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 19👎 4 3
Nemis faylasufi Karl Yaspers oʻzining “Aybdorlik haqida savol” nomli kitobida nemis xalqining “millatchilik rejimi”ga nisbatan tutgan munosabatini ayblaydi. Uning soʻzlari bugungi Rossiya va Isroil xalqi misolida ham dolzarb boʻlib qolmoqda. U nemis xalqiga qarab “siz aybdorsiz” deydi. 1. “Siz aybdorsiz” jumlasi: Rejimning jinoyatlariga chidab turganingiz uchun siz javobgarsiz -bu bizning siyosiy aybimizdir. Ushbu rejimda ishtirok etib, uni qoʻllab-quvvatladingiz - bu bizning ma’naviy aybimizdir. Yon-atrofingizda jinoyat sodir etilayotgan bir vaqtda siz harakatsiz edingiz (ya’ni hech narsa qilmadingiz) -bu bizning metafizik aybimizdir. 2. Hokimiyat tuzilmasini shakllantirishda va qonun ustuvorligiga xizmat qilish ma’nosida hokimiyat uchun kurashda ishtirok etmaslik asosiy siyosiy ayb bo‘lib, ayni vaqta ma’naviy ayb sanaladi. @economist_martin
Hammasini ko'rsatish...
👍 10👎 4 1
Kirish qilib, tafsilotli ma'lumotlarga ega bo'ling

Biz sizga ushbu hazinani tasdiqlashdan so'ng ochamiz. Va'da qilamiz, tezroq!