cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Ko’rinmas Qo’l

Shahzod Yo’ldoshboyev Iqtisodiyot va jamiyat mavzularidagi mulohazalarim. Bog’lanish uchun: @korinmasqol_feedback_bot

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganTil belgilanmaganIqtisodiyot & Moliya46 038
Reklama postlari
1 298
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-57 kunlar
+3230 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Universitet talabalarining AQSh siyosatini o’zgartirishdagi o’rni, tarixga nazar so’ladigan bo’lsak, doimo juda ahamiyatli bo’lgan.
Hammasini ko'rsatish...
US has long history of college protests: Here's what happened in the past

Young people have demanded specific changes on their campuses and in their world in demonstrations that often escalated amid clashes with authorities.

👍 11🤔 2
Talabalar protestlari AQShni o’zgartirishmoqda. Bugungi New Yorker muqovasi. Asna Tabassum - bitiruv sinf valedoktorian (eng yaxshi bitiruvchi) edi Janubiy Kaliforniya Universitetida (USC), u so’zga chiqmasligi uchun, universitet katta bitiruv marosimini o’tkazmadi. Bugungi kichik marosimdan lavha - talabalarga qarang. Asnaning nutqi gazetada. Falastinlik Elyanna kecha Stepen Kolbertning “Late Show”da chiqdi. Muhimi - AQSh xujumkor qurollarni Isroilga sotishni to’xtatib turibdi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 12
👍 26
Ta’limning atrof-muhitga ta’siri haqida Bu semestr men olayotgan ekonometrika fanidan har bir talaba katta mustaqil empirik tadqiqot o’tkazishi kerak edi. Men tanlagan mavzu: mamlakatlarning ta’lim darajasining atrof-muhitga (aholi jon boshiga CO2 emissiyasiga va cho’llanishga) ta’siri. Jahon Banki tomonidan beriladigan ma’lumotlarga tayanib, jami 219 mamlakat uchun 24 yillik davr (1991-2014) mobaynida har xil ko’rsatkichlarni yig’dim va tahlil qildim. Mening natijalarim shuni ko’rsatadi-ki: 1. Oliy ta’lim maskanlarida tahsil oladigan aholi darajasining o’sishi yashillikni ko’paytiradi, o’rmonlarning maydonini kengaytiradi. Bundan tashqari, ushbu ko’rsatkichning oshishi iqlimga salbiy ta’sir o’tkazadigan CO2 emissiyalarini qisqartiradi. 2. Davlatning ta’limga kiritadigan sarmoyasi ham aholi jon boshiga CO2 emissiyasini kamaytiradi. Sabab: oliy ta’lim va davlat tomonidan ta’limga kiritiladigan sarmoya nafaqat aholi orasida atrof-muhit haqida to’g’ri ma’lumotlarni yoyadi, balki odamlarning qadriyatlarni ham shakllantiradi. Ya’ni, ilmli insonlar atrof-muhit va iqlim o’zgarishi haqida ko’proq qayg’urishadi. Jamiyatda shunday insonlar soning ko’payishi esa katta ehtimollik bilan mamlakat miqyosida ijobiy natijalarga olib kelishi mumkin. Tadqiqotimni shu po’stning tagiga yuklayman, o’qib chiqishingiz mumkin.
Hammasini ko'rsatish...
👍 28🤔 2
​​Bunyodkorona vayronalik (creative destruction) haqida Sog’lom raqobatli bozorlarda korxonalarning yoshi o’sgan sari, ularning hajmi ham o’sib borishi zarur. Ya’ni, shartli 20 yildan beri faoliyat ko’rsatib kelayotgan korxonaning ishchilar soni shartli 5 yil davomida ishlab kelayotgan korxonaning ishchilar sonidan ancha ko’proq bo’lishi kerak. Nimaga? Chunki raqobat jarayonida kuchli korxonalar yutib chiqib, mag’lublarning resurslarini, shu jumladan ularning ishchilarini, o’ziga jalb etishi kerak. Bu jarayon iqtisodchilar tomonidan bunyodkorona vayronalik (creative destruction) deb ataladi. Korxonalar o’zidan-o’zi yutib chiqmaydi, ularning raqobatchilariga nisbatan muvaffaqiyati odatda yaxshiroq sifat va/yoki pastroq narx taklif etish qobiliyati bilan bog’liq bo’ladi. Bu degani esa, yutib chiqadigan korxonalar resurslarni ancha effektivroq ishlatadi. Demak, agar unumdorligi pastroq bo’lgan korxonalarning resurslari unumdorligi baland firmalarga o’tsa, butun iqtisodiyot bundan manfaat ko’radi, va mamlakat rivojlanadi. Muammo shunda-ki, biz qaysi korxona unumdor va qaysi biri unumdor emasligi haqida oldindan axborotga ega emasmiz. Biz faqatgina ishlab chiqaruvchularga bir-biri bilan raqobatlashishi uchun sharoit yaratib berib, buni aniqlab olishimiz mumkin. O’zbekistonda bunyodkorona vayronalik jarayoni kuzatiladimi? Boy mamlakatlar bilan emas, bizga o’xshagan rivojlanayotgan mamlakat bo’lmish Vyetnam bilan solishtirsak, ko’rishimiz mumkin-ki: O’zbekistondagi korxonalar ulg’ayib borgan sari, ularning hajmi unchalik o’smaydi. Jahon Banki tomonidan keltirilgan ma’lumotga ko’ra, ikki mamlakat korxonalarining hajmidagi tafovut, ularning yoshi o’sishi qadar kattalashib boraveradi. Demak, O’zbekistonda unumdorsiz korxonalarning uzoq muddat davomida “jon saqlab qolish” ehtimolligi balandroq. Buning sabablari: 1. Importga cheklovlar: xorijiy korxonalar bizga yangi texnologiyalar va innovatsiyalarni olib kiradi, importni cheklash ortidan esa, bizdagi mavjud korxonalar uchun o’sish uchun bosim paydo bo’lmaydi. 2. Davlatning iqtisodiyotdagi ulushi kattaligi: davlat tomonidan boshqariladigan korxonalarning unumdorligi xususiy firmalarnikiga qaraganda pastroq bo’ladi, ularga ajratiladigan preferentsiyalar esa xususiy investitsiyalarni kamaytiradi (crowding out). 3. Rivojlanmagan kapital va pul bozorlari: kengayish uchun kichik va o’rta hajmdagi korxonalarga mablag’ talab etiladi, bizning sharoitimizda esa katta investitsiyalarni jalb etish uchun bozorlar deyarli mavjud emas.
Hammasini ko'rsatish...

👍 21🤔 2
​​Energiya subsidiyalari va ko’rinmas xarajatlar haqida Bundan ikki yarim yil avval Kun.uz uchun yozgan maqolamda nega energiya subsidiyalari O’zbekistonning rivojlanishini sekinlashtirib, mamlakatda iqtisodiy tengsizlikni kuchaytirayotganini tushuntirgan edim. O’tgan hafta e’lon qilingan elektr energiyasi va gaz tariflarining oshishi haqidagi xabar, tabiiyki, kamchilik tomonidan olqishlandi. Xususiylashtirish asosiy yechim bo’lsada, narx liberalizatsiyasi albatta og’riqli lekin o’ta zarur jarayon. Ma’lumotlarga ko’ra, 1 kilovatt-soat elektr energiyasining tannarxi 970 so’mni, gazning 1 kub metrinng tannarxi 1,890 so’mni tashkil etadi. Amaldagi aholi uchun tariflar esa 1 kilovatt-soat uchun 295 so’m va 1 kub metr gazga 380 so’m darajasida o’rnatilgan edi. Bu degani, o’zbekistonliklarning soliqlari va chet eldan jalb etilgan qarzlar tannarx bilan tariflar orasidagi farqni qoplash uchun ishlatiladi. Ya’ni, biz har bir iste’molchining qo’shimcha 1 kilovatt-soat elektr energiyasi uchun 675 so’m, 1 kub metr gaz iste’moli uchun esa 1,510 so’m to’lab beramiz. Lekin boyroq qatlam ko’proq gaz va elektr energiya iste’mol qilgani tufayli, ular shunday “moliyaviy yordamni” kambag’allarga qaraganda ko’proq olishadi. Bu esa, iqtisodiy mantiq yuzasidan, butunlay regressiv tizim. Subsidiyalarni davlat kam ta’minlangan iste’molchilarga vaucher ko’rinishida yo’naltirishi kerak. 2023-yilning davlat budjetidan energiya subsidiyasi uchun qariyb 20 trillion so’m ($1.5 millard), ya’ni, jami budjet defitsitining 33% ajratilgan. Subsidiyalarning ko’zga ko’rinadigan narxi o’ta katta. Ammo, ko’rinmaydigan xarajatlari ham xalqning gardaniga og’ir yuk bo’lib yotadi. Sir emas, davlat subsidiyalashgan narxda aholiga elektr energiyasini va gazni yetkazib berish uchun tez-tez tizimli o’chirishlarni amalga oshirib turadi. Ayniqsa yozning chillasida va qishning qahratonida bu holat kuchayadi. Gaz va elektrning o’chirishlari turli xil xarajatlarni vujudga keltiradi: elektr jihozlari ishdan chiqadi, xolodilnikda elektrsiz oziq-ovqat mahsulotlari uvol bo’ladi, isitkichlarsiz odamlar kasal bo’lib qolish ehtimoli oshadi, va hokazo. Korxonalar ishlab chiqarish to’xtab qolmasligi uchun generatorlar o’rnatishadi. Quyidagi rasmda ko’rishingiz mumkin, generatordan olinadigan elektr energiyasi rivojlanayotgan mamlakatlardagi korxonalar uchun markazlashgan elektr tarmog’ining narxidan 3-7 barobar qimmatroq. Bunday ko’rinmas xarajatlarning iqtisodiy qiymatini qanday chamalasa bo’ladi? Tasavvur qiling: siz uyingizni gaz va elektr energiyasi o’chishidan bir yilga sug’urtalash imkoniyatiga egasiz. Shunday imkoniyatni nechi pulga baholagan bo’lardingiz? O’rtacha o’zbekistonlik kamida $20 to’lashga tayyor deb olsak ham, bu yiliga $740 millionni tashkil qilyapti. Korxonalarni qo’shsak, ushbu summa $1 milliardga bemalol boradi. Demak, subsidiyalashgan tizimning iqtisodiyotimizga yetkazadigan yillik ziyoni kamida naqd $1 milliardni tashkil qiladi. Biz energiyani arzonlashtiramiz deb nafaqat iqtisodiy tengsizlikni kuchaytirib yuboryapmiz, balki bunga keragidan ortiq bir necha barobar ko’proq to’layapmiz. Tizimda zudlik bilan shaffof xususiylashtirish islohotini amalga oshirishimiz zarur.
Hammasini ko'rsatish...

👍 35🤔 2
Birinchi mifga nisbatan nazariy fikr shuki “valyuta chiqib ketishi” degan qo’rquv asossiz. Hech bir mamlakat o’zi ishlab chiqarganidan ko’proq tashqaridan sotib ola olmaydi. Agar farqni ko’rsangiz, savol bering, nima hisobdan shunday? Katta ehtimol bilan, o’sha farq investitsiyalar yoki transfertlar orqali moliyalashtiriladi. Bu narsa esa albatta yaxshi. Albatta davlat o’z valyutasini suniy tarzda “kuchli” qilib turmasligi kerak.
Hammasini ko'rsatish...
👍 16
Meni doim o’ylantiradigan narsa, O’zbekiston nihoyatda savdoga yopiq mamlakat bo’lishiga qaramasdan, undan ham yomon ya’ni undan ham yopiqroq bo’lishini xohlaydigan lar bor. Men tepadagi birinchi toifani emas - ya’ni yopiq siyosatdan manfaat oladiganlarni emas, aynan bilmasdan shunday o’ylaydigan qaror qabul qiluvchilar mavjudligiga hayron qolaman. Menimcha, dunyodagi eng yopiq iqtisodlardan ekanligimiz hammaga ayon. 98% dunyo iqtisodiyotlari a’zo bo’lgan JSTni a’zosi ham emasmiz, bojlarimiz ham dunyoda eng balandlardan. Buni ustiga dengizlardan uzoqda joylashaganmiz, ya’ni tabiiy savdo chegaralari ham mavjud, bizga tovarlarni chetdan olib kelishni o’zi bir mushkulot va juda qimmat. Bu narsa baxtimiz emas - omadsizligimiz (proteksionist mantig’iga ko’ra, import kelishi qancha qiyin bo’lsa shuncha yaxshi, absurd mantiq albatta). Bunga ham qo’shib, juda samarasiz va davlatga tegishli bo’lgan logistika: temir yo’llari va havo yo’llari, rivojlanmagan infratuzilma va o’ta sekin ishlaydigan bojxona xizmatlari ham bor. Aytmoqchimanki, shundoq ham dunyodagi erkin savdoga eng yopiq mamlakatlar qatoridamiz, lekin shunda ham, mahalliy samarasiz ishlab chiqaruvchilarni samarasizligini vaj qilib, savdoga cheklovlarni yanada ko’tarmoqchi bo’lamiz. Bu falsafamiz mana 1995 yildan beri ish bermay kelmoqda, lekin qayta qayta shu xatoni qilishni va har gal o’zimizcha yangi argumentlar bilan xato qilishni davom ettirmoqdamiz. Mayli ekan, Singapur yoki Gonkongdek savdoga ochiq mamlakat bo’lganimizda, tushunar edim “sal pal” boj qo’ymoqchi bo’lganlarni hissiyotlarini (xato mantiq bo’lar edi Singapurda ham), eng proteksionist mamlakatlardan birida bo’lib, undan ham qattiq yopilishni xohlaydigan qaror qabul qiluvchilar borligi, meni to’g’risi taajubga soladi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 37🤔 1
​​Proteksionizmga oid mashhur miflar haqida Oxirgi bir necha kunlarda o’zbek media maydonida shov-shuv ko’targan taniqli blogerlarning chiqishlari keng muhokama qilinyapti. Milliondan oshiq auditoriyaga ega bo’lgan ushbu blogerlar taxminan quyidagicha argumentni oldinga surishyapti:
“elektr mashinalarning bojsiz importi xalq uchun zo’r bo’ldi, ammo valyutaning xorijga chiqib ketishi va shu bilan mahalliy avtosanoatning noni yarimta bo’lishi kelajakda iqtisodiyotimizga katta ziyon yetkazadi”
Bu azaldan proteksionizmni qo’llab quvvatlash uchun ishlatilgan safsata gaplar hech qanday iqtisodiy mantiqqa ega emas, albatta. Lekin, keling, quyidagi o’zbek mediasida mashhur bo’lgan ikkita iqtisodiy mifga barham bersak. Mif No. 1: Import hajmining eksport hajmiga nisbatan oshib ketishi xorijiy valyutani chiqib ketishiga olib kelib, hammamizni kambag’allashtiradi. Javob: Xorijiy valyuta - mamlakatlarning boylik manbasi emas va, shuning uchun, uni yig’ib o’tirish iqtisodiy rivojlanishga olib kelmaydi. Jahon Bankining 1960-2022 yillardagi butun dunyo mamlakatlarining ma’lumotlari asosida quyidagi grafikni tuzdim. Ko’rishingiz mumkin-ki, iqtisodiy o’sish bilan savdo balansi orasidagi munosabat deyarli mavjud emas (korrelyatsiya koeffitsienti bor yo’g’i 0.04ga teng). Ya’ni, mamlakatning import hajmi eksport hajmidan ancha baland bo’ladimi yoki ancha pastmi (y’ani, valyuta chiqib ketadimi yoki kiradimi) - bu iqtisodiy o’sishni belgilab beradigan omil emas. Xorijiy valyuta bizga faqat chet eldan tovar va xizmatlarni sotib olish qobiliyatini taqdim qilishi uchungina qadrli. U chet elga chiqib ketmasligi uchun importni cheklash esa iste’molchilarga, va shu bilan birga, butun iqtisodiyotga katta va real zarar keltiradi. Mif No. 2: Importni bugun cheklasak, ozgina vaqt o’tib, bizning mahalliy ishlab chiqaruvchilarimiz raqobatbardosh bo’la olishadi va eksport gigantlariga aylanib qolishadi. Javob: Import cheklovlari mahalliy ishlab chiqaruvchilarga ko’proq foyda olib keladi, mahalliy iste’molchilar uchun esa katta yo’qotishlarni anglatadi. Muhimi shu-ki, iste’molchilarning yalpi yo’qotishlari ishlab chiqaruvchilarning foydasiga qaraganda doimo karrasiga balandroq bo’ladi. Demak, butun iqtisodiyot (iste’molchilar + ishlab chiqaruvchilar) umumiy hisobda zarar ko’radi. Har bir import cheklovlari qo’llanilgan yilda biz zararda bo’lishimizani bilsak, qachondir shu umumiqtisodiy yo’qotishlarning yig’indisi oqlanishi kerak-ku, to’g’rimi? Proteksionistlarning gapi to’g’ri bo’lib chiqsa ham va bizning ishlab chiqaruvchilar, aytaylik, 50 yilda katta eksportchilarga aylangan taqdirida ham, shu 50 yillik yoqotishlarni tiklab olish uchun yana 50 yil talab qilinishi mumkin. Ya’ni, biz faqat 100 yildan keyin “minusdan” 0ga chiqib olamiz. Aslida esa, import bojlari bilan himoyalangan ishlab chiqaruvchilar deyarli hech qachon raqobatbardosh bo’la olishmaydi. Ularning asosiy maqsadi har xil qo’rqitishlar va va’dalar orqali importga mavjud cheklovlarni saqlab qolish bo’ladi. Bugun chet ellik korxonalar bilan O’zbekistonda raqobatlasha olmayotgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar, 50 yildan keyin ham, 150 yildan keyin ham xorijiy bozorlarda ular bilan raqobatlasha olishmaydi. Buning sababi - texnologik rivojlanish. Import cheklansa, mamlakatga yangi texnologiyalarning oqimi sezilarli pasayadi, va, natijada, ochiq muhitda ish olib boradigan xorijiy korxonalar o’z gegemoniyasini saqlab qolaveradi.
Hammasini ko'rsatish...

👍 51