cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Santuagara of library (20+)

Kattaqo‘rg‘onlik Nurali Qahramon Karimovning bookblogerlik kanali: 📝Revyular; 📑Maqolalar; 🦠G‘oyalar; 📖Tarjima va yana bir nimalar... BDSM(Bookbloging, drawing, suggesting and more)

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
2 473
Obunachilar
-124 soatlar
-147 kunlar
+11930 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

​​#review #tr🇹🇷 🍀"Kur'an ve modern bilim uyumlu mu uyumsuz mu?" 🎗Doktor Zâkir Naik Qur'oni Karim nafaqat muqaddas, balki mo‘jizaviy kitob ekanligi ham sir emas. Bu haqida juda ko‘p asarlar yozilgan, ba'zilarida yanglishilgan, hatto Qur'on va hadislar rad etilgan o‘rinlar ham mavjud, ammo yil sayin ilm-fan rivoj topib, Qur'onda yozilmish har bir so‘z ilmiy isbotlanmoqda. Bu albatta, quvonarli, balki qo‘rqinchli holdir, chunki insoniyat tafakkuriyat orqali anglab yetmog‘i mumkin bo‘lgan narsa, fan orqali isbot etmoqni istamoqda. Shunday xavfli va globallashgan davrda Doktor Zâkir Naik, aynan Qur'oni Karimning bugungi zamonaviy bilimlar bilan qanchalik mos yoki mos emasligi haqida fikr yuritadi va bir qator argumentlarni keltiradi. Big Bangdan boshlanib, to fizik, geografik, geologik, okeanik, biyologik, botanik, zoologik, fiziologik, embriologik va genetik bilimlarni ham o‘z ichiga qamrab oladi. Har bir zamonaviy fanning asosiy konsepsiya va nazariyalari, bundan 1400 yil oldin isbotlab bo‘linganligi va bu ish oddiy badaviy arab Muhammad(s.a.v)ning qo‘lidan kelishi mantiqqa zid ekanligini ta'kidlaydi. Lekin Yaratganning izmi bilan, qaysi davr va makon bo‘lmasin bu ilmlar insoniyatga tuhfa etilaverar ekan. Xulosa o‘rnida aytish joizki, ushbu ixcham, ammo Zâkir Naik argumentlariga boy kitobi, muqaddas Qur'oni Karimning zamonaviy ilmlar bilan qanchalik mosligi va hali hamon aniqlanmagan bilim sohalarida ham uning keng qamrovi borligining isbotidir. Yoqimli mutolaa tilab, hurmat ila S.N.K P.s: 2024-yil o‘qilgan 8-kitob #photo_by Santuagara
Hammasini ko'rsatish...

🕊 15 4🐳 2🍌 2🍓 1
#asardan_parcha
Mo‘jiza - bu oddiy hayot oqimidan tashqarida sodir bo'ladigan va odamlar uchun hech qanday tushuntirishga ega bo'lmagan har qanday narsa.
©Doktor Zâkir Naik
Hammasini ko'rsatish...
15🤡 4 3🌚 3🐳 1🍌 1
#xarid
Hammasini ko'rsatish...
🐳 22🍾 14🗿 5👻 4 3🌚 2
​​#nazm "Men maddoh emasmman..." Men maddoh emasman, ey ona yurtim, Madh etolmasman go‘zal jamoling, Chunki men shoirman, telba qalamkash, Yagona istagim sening kamoling. Mayliga, sevmasin bizni odamlar, Yo‘llarimiz ayri, umuman boshqa. To‘xtamas yozishdan bu tun qalamlar, Axir chora yo‘q, yashashdan boshqa... Mayliga, qatl etsin bizni bahorlar, Mashrab osilgan dorga osishsin. Janozamiz o‘qib har kun nahorlar, Jadidlar otilgan soyda otishsin. Ammo to‘xtamam haqni yozishdan, Men shoirman, Haqning kuychisi. Avval-u oxirga bitilmish qismat, Azroil misoli o‘lim elchisi. Niyatim, tilagim, maqsadim yakka, Haddim sig‘armidi etmakka shakka, Sening zavolingni ko‘rmasam bo‘ldi, Mixlab tashlashsa ham, mayli terakka. Qaqnus timsol yoqib o‘z vujudimni, Tug‘ilaverman qaytadan takror, Lek seni asragum, volidam kabi, Humo bolasini asragan misol. Mayliga, qolmasin nomim tarixda, Mayliga, otashlar ichra yonayin, Qilich ko‘tarib kelganda o‘lim, Shoirdek tentirab, shunday o‘layin. Men maddoh emasman, bo‘lmam maddohiy, Men telba shoirman, shunchaki shoir. ©Nurali Qahramon
Hammasini ko'rsatish...

16🕊 7 4🌭 2💯 1
​​#nazm "Men maddoh emasmman..." Men maddoh emasman, ey ona yurtim, Madh etolmasman go‘zal jamoling, Chunki men shoirman, telba qalamkash, Yagona istagim sening kamoling. Mayliga, sevmasin bizni odamlar, Yo‘llarimiz ayri, umuman boshqa. To‘xtamas yozishdan bu tun qalamlar, Axir chora yo‘q, yashashdan boshqa... Mayliga, qatl etsin bizni bahorlar, Mashrab osilgan dorga osishsin. Janozamiz o‘qib har kun nahorlar, Jadidlar otilgan soyda otishsin. Ammo to‘xtamam haqni yozishdan, Men shoirman, Haqning kuychisi. Avval-u oxirga bitilmish qismat, Azroil misoli o‘lim elchisi. Niyatim, tilagim, maqsadim yakka, Haddim sig‘armidi etmakka shakka, Sening zavolingni ko‘rmasam bo‘ldi, Mixlab tashlashsa ham, mayli terakka. Qaqnus timsol yoqib o‘z vujudimni, Tug‘ilaverman qaytadan takror, Lek seni asragum, volidam kabi, Humo bolasini asragan misol. Mayliga, qolmasin nomim tarixda, Mayliga, otashlar ichra yonayin, Qilich ko‘tarib kelganda o‘lim, Shoirdek tentirab, shunday o‘layin. Men maddoh emasman, bo‘lmam maddohiy, Men telba shoirman, oddiy bir shoir. ©Nurali Qahramon
Hammasini ko'rsatish...

10
​​#review ❤️‍🔥"Jon" 🍃Andrey Platonov Hayot - har joyda hayot, quvonch-u baxtga intilsang - har dam yetisharsan. Andrey Platonov qalamiga mansub ushbu roman, Turkmaniston SSRning 10 yillik tavalludiga bag‘ishlab yozilgan. Platonovda Turkmanistonga bo‘lgan ikkinchi safarida davomida Sariqamish ko‘li bo‘yida yashagan "Jon" qavmi haqida yozish haqida g‘oyalar tug‘iladi va 3 oy ichida ushbu kitobni yozib yakunlaydi. Lekin asar Stalin sotsialistik realizmiga asoslanganligi uchun ham 1999-yilgacha to‘liq holda nashr etilmay bir qator senzuralarga duch keladi. Asar ilk bor o‘zbek tilida 2019-yil "Akademnashr" nashriyotida, kirill alifbosida, Sharifjon Ahmad mutarjimligi ostida nashr etilgan. E'tiborli jihati tarjimon asarni jevirish uchun bir necha o‘n yillik umrini bag‘ishlagan va kitobning kirish qismiga 20 sahifaga yaqin Andrey Platonov asarlarining tadqiqotchisi va ingliz tarjimoni Robert Chandelning kirish so‘zining ham mavjudligidir. Bu kitobxo uchun o‘ziga xos bir kompos vazifasini o‘taydi. Men ikki yil oldin Tillanisodan asar haqida eshitgan edim, lekin kirill yozuvida bo‘lgani uchun o‘qigim kelmagandi, shu kunga nasib qilgan ekan. Asar haqida aytar so‘z ko‘p va ularning eng asosiysini Hamid Ismoil, Ahmadjon Sharif va Robert Chandellar aytib bo‘lishgan. Ular Platonovni naqadar sodda bir qavm orqali, butun insoniyat tafakkuriga ko‘zgu tutganligi bilan ardoqlashadi. Ismoilov hatto bu asar Sharq tasavvufining davomiy izchilligini yo‘qotmaganlidi, Fariduddin Attorning "Mantiq ut-tayr" va Muhammadniyoz Nishotiyning "Husn-u dil" asarlarining mantiqiy davomi sifatida mutolla qilish mumkinligini ta'kidlaydi. Men oddiy bir kitobxon sifatida esa, Nazar Chig‘atoyevning qahramona harakatlari, bir shohdan ikkinchi shohga qo‘nib o‘tuvchi muhabbati va sadoqatini qadrlayman. P.s: 2024-yil o‘qilgan 7-kitob #photo_by Santuagara
Hammasini ko'rsatish...

13 6🐳 3🍌 1
9🌚 3
Telegram`da foydali va qiziqarli kanallar tobora ko'payib bormoqda. Bugun biz sizning e'tiboringizga adabiyot va kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi eng sara kanallarni havola etamiz. Barcha kanallarga a'zo bo‘lish uchun havolani BOSING!
Hammasini ko'rsatish...
Bookblogs

Nazarbek invites you to add the folder “Bookblogs”, which includes 28 chats.

Borolmaganlar uchun)
Hammasini ko'rsatish...
🍾 13🤬 5🌚 4🌭 1