cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Martin Eden

Badiiy va badiiy boʻlmagan kitoblar uchun taqrizlar hamda iqtisodiy mavzularda fikrlarimnini yozib boraman. Kanal kundalik sifatida yuritiladi. Instagram: https://instagram.com/book.and_review?igshid=NzNkNDdiOGI=

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 315
Obunachilar
-524 soatlar
+1447 kunlar
+1230 kunlar
Postlar arxiv
#savol Siz bu haqida qanday fikrdasiz?
Hammasini ko'rsatish...
👍 10👎 3 2
Erkaklardagi Siyosiy Impotentlik Oʻzbekiston avtokratik davlat. Biznikiday davlatlarda ayollar bilan bir qatorda erkaklar ham har tomonlama ezilib yashaydi. Erkaklarning haq-huquqlari avtokratiyamizdagi ozuqa zanjirining eng tepasidagi boshqa erkaklar tomonidan cheklanadi. Tabiiy-ki, ozuqa zanjirining quyisida joylashgan, ezilib yashayotganidan ich-ichidan norozi boʻlgan, lekin qiyinchiligining sababini tushunmaydigan yoki tushunsa ham bunga qarshi hech narsa qilolmaydigan erkaklarda (ichki) norozilik va alamzadalik kayfiyati boʻladi. Endi oʻzining abgor holatiga qarshi siyosiy iroda topib, adolatsiz iyerarxiya va siyosiy rejimga qarshi biror gap aytishdan va amaliy nimadir qilishdan qoʻrqadigan erkakning gʻazabi oʻzidan koʻra pastroqda boʻlgan, zaifroq qatlamga qarshi yoʻnaladi: ayollarga (bolalarga ham). Mamlakatdagi abgor holatlar sababi boʻlgan siyosiy tizim bir chetda qolib, u yaratayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy krizisga qarshi bosh koʻtargan ayollar siyosiy impotent boʻlgan erkaklarning hujum nishoniga aylanib qoladi. Bunda, vaqti kelsa, soliqchilardan kaltak yeb zoʻrgʻa kun koʻradigan semichkachi; qishda gʻujinib, bir-biriga yopishib koʻchada turadigan yuzlab mardikor; Rossiyada erini ham boqayotgan; Dubay, Hindistonga chiqib fohishalik bilan kun koʻrayotgan ayollarga e'tibor berilmaydi. Ammo oʻz haq-huquqlari haqida gapirayotgan; oʻzining tanasiga, bevosita va bilvosita, oʻzidan boshqa hamma egalik qilayotganiga norozilik bildirgan ayollar siyosiy impotent erkaklar hujumiga duchor boʻlishadi. Bunday "man-child" erkaklarning gʻururini abgor holat emas, oʻzidan koʻproq ezilgan, lekin abgor holatga qarshi bosh koʻtargan ayollar toptab yuboradi. Gʻurur esa ogʻizda boʻladi. Ogʻiz esa ayollarning jinsiy a'zosi-yu, tanasiga ilib yuradigan latta-puttasida. Erkaklari rostdan ham kuchli va gʻururli, siyosiy ongi rivojlangan jamiyatlar oʻzlarini, ayollarini va bolalarini (kelajak avlodlarga qoʻshib) rasvo shart-sharoitga loyiq deb hisoblamaydi. Bir vaqtning oʻzida ham ezilib, ham ezib yurishni normal emas deb biladi. Mani shaxsiy fikrimcha, haqiqiy erkaklarning asosiy fokusi siyosiy zuğumga qarshi qaratilgan bõlishi kerak. Zugʻum ehtiyojlarni junbushga keltirishi kerak. Extiros aql bilan tartibga solinib zugʻumni yoʻqotishga sarflanishi kerak. Ezilganlarni badtar ezishga emas. Tamom. #twitterdan : Feckro Felix
Hammasini ko'rsatish...
👍 18 4
Photo unavailableShow in Telegram
🎙️@economist_Martin dan @StratFocusCA uchun maxsus tahliliy post Tolibon hukumatining savdoga qoʻygan cheklovlari va uning oqibatlari Tolibon hukumati tomonidan Ramazon oyida narxlarning oshirilishiga qarshi keskin choralar koʻrilayotgani va narxlarni belgilangan summadan oshirganlarning doʻkonlari yopib qoʻyilayotgani OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Bunday choralar davlatning iqtisodiy farovonligiga salbiy ta’sir koʻratishi turgan gap. #XalqaroMunosabatlar #Tahlil @economist_Martin @StratFocusCA
Hammasini ko'rsatish...
👍 4 3
Tolibon hukumatining savdoga qoʻygan cheklovlari va uning oqibatlari - davomi Narx tizimi ma’lumotni yaratish, toʻplash va uzatish jarayonini ta’minlaydi. Ushbu jarayonda yakka shaxs u yoqda tursin, hattoki hech bir markaziy rejalashtirish idorasi egalik yoki nazorat qila olmaydigan juda tarqoq ma’lumotlar jamlanadi. Taqchil resurslarning qimmatlashi bozorga oʻsha resursning muqobili yoki oʻsha mahsulotning oʻzi koʻproq yetkazib berilishi kerakligi haqida ishlab chiqaruvchilarga signal beradi. Natijda tadbirkorlarda bozordagi taqchillikni bartaraf etishga ragʻbat paydo boʻladi hamda qoʻshimcha qiymat yaratiladi. Bozordagi taqchillik erkin bozorda shakllangan narx tizimi orqali bartaraf etiladi. Bu albatta uzoq muddatli jarayon boʻlishi ham mumkin. Agar, aksincha, hukumat bozordagi narxlarni nazorat qilsa va talab koʻp boʻlgan mahsulotlarning narxlari tabiiy ravishda oʻsishiga yoʻl qoʻymasa, tadbirkorlarda oʻsha mahsulotni koʻproq ishlab chiqarishga ragʻbat paydo boʻlmaydi. Natijada taqchil resurslar yanada taqchil boʻlib, bozorda ishlab chiqarish hajmi oʻsmasligi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, savdoga qoʻyilgan cheklovlar jamiyatni qashshoqlashuviga olib keladigan eng muhim omil sanaladi. #XalqaroMunosabatlar #Tahlil @economist_Martin @StratFocusCA
Hammasini ko'rsatish...
👍 7 4
Barcha kanallarga obuna boʻlish uchun ushbu koʻk yozuvni ustiga bosing!
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Bugun sizlarga oʻzim kuzatadigan bir qancha kanallarni tavsiya qilmoqchiman Sharqshunos tarixchi - Tarix | Siyosat | Madaniyat. Yaponiyadan Ispaniyagacha. Sharq xalqalari boʻyicha ilmiy ommabop resurslar yig‘indisi Santuagara - falsafaning bugungi kunga evrilishi va uning kelajakka ta'siri xususida Diplomat - tarix, siyosat, kino va sotsiologiya bo‘yicha turli qiziqarli ma’lumotlar, sharhlar va tahlillar @xoshimovuz - Hayotimizda boʻlayotgan voqea-hodisalar yuzasidan kuzatuvlar, tahlillar, huquqiy sharhlar @jadidlar - Jadidlar xotirasini tiklash, yetuk namoyondalari ijodi va faoliyatini yetkazish yoʻlida ochilgan sahifa @Azizbekh17mem - Boshqa kanallarda uchramaydigan ijtimoiy, siyosiy mem, foto va videolar @korinmas_qol - ijtimoiy-iqtisodiy mavzularda tahlil hamda AQSHdagi ta’lim va hayot haqida @islom_urolov ushbu kanalda magistratura talabasining iqtisodiyot, AQShdagi oʻqish, hayot va universitetga topshirish jarayonlari boʻyicha fikrlari beriladi @Economics_ITE - ushbu blogda iqtisod va marketingga oid ma'lumotlar, fikrlar hamda sohaga aloqador booʻlmagan qiziq ma’lumotlar berib boriladi @foydali_moliya - Pul boshqaruvi, Moliyaviy savodxonlik va moliyachining oʻy-fikrlari berib boriladi @green_econ – iqtisodiyot va iqlim oʻzgarishi haqida, xorijda tahsil olayotgan talaba oʻz fikr-mulohazalari va olgan bilimlari bilan boʻlishib boradi @economist_martin - iqtisodiyot, siyosat, jamiyat hamda hayotimizdagi oʻzgarishlar haqida @Uzbekchilik17 - Har sohadan bir shingil
Hammasini ko'rsatish...
👍 6
#iqtibos #parcha Har bir shaxs oʻz qoʻli ostidagi kapitalni qanday qilib eng samarali faoliyatga yoʻnaltirish ustida tinmay izlanadi. Haqiqatan ham, bunda shaxs jamiyatning emas, balki oʻz manfaatini koʻzlaydi. Lekin oʻz manfaatini izlash uni tabiiy yoki muqarrar ravishda jamiyat uchun eng foydali faoliyatni tanlashga olib keladi. U faqat oʻz manfaatini koʻzlaydi va bunda uni koʻplab boshqa holatlardagi kabi koʻrinmas qoʻl pirovard maqsadga yoʻnaltiradi, garchi bu uning niyatiga bogʻliq boʻlmasa ham. Adam Smit (1776)
Hammasini ko'rsatish...
👍 17 5
Oʻqiganlarim ichida eng yoqqan kitob, “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” kitobiga yozilgan tanqidiy maqolani oʻqib koʻrishni tavsiya qilaman. Rostini aytsam, bu maqoladan soʻng kitobni tez orada yana bir bor oʻqib chiqishim zarur deb oʻylayapman. Oʻqiganimgayam 2 yil boʻldi chunki. Xoʻsh, maqoladan xulosam qanday? Man “why nations fail”dan keyin “guns germs and steel” asarini oʻqigan edim. Jared Meyson Daymondning nazariyasi ham, garchi Robinson va Achemogʻlu uning nazariyasini inkor etgan boʻlsada, asoslidek tuyulgan edi. Shuning uchun oʻzimga XVI asrga qadar J.M.Daymondning nazariyasi, ammo XVI asrdan soʻng J.Robinson va D.Achemogʻlu ilgari surgan nazariya albatta asosli degan xulosaga kelgan edim. Bu borada maqola muallifi Xurshid Yoʻldoshev bilan fikrimiz oʻxshash ekan. Ammo Xurshid aka “Why Natilns Fail” mualliflarini kitobda ilgari surilgan nazariyani toʻgri ekanligini va inkor etilgan nazariyalar notoʻgʻri ekanligini isbotlashda “tasdiqlash xatosi”ga yoʻl qoʻyganlikda ayblayabdi. Xullas, agar kitobni oʻqigan boʻlsangiz, maqola siz uchun qiziq boʻlishiga aminman.
Hammasini ko'rsatish...
👍 14 3
Davlatning ezgu niyatlari va xato amallari Yangi ish oʻrinlarining yaratilishi odatda, davlat siyosatining yutugʻi sifatida baholanadi. Yangi ish oʻrni yaratgan tadbirkorlarga davlat turli soliq imtiyozlari, subsidiyalar ajratadi. Importni cheklashga ham mamalakat ichida yaratilgan ish oʻrinlarining himoya qilinishi deb qaraladi. Albatta, ish oʻrinlarining yaratilishi bandlikni oshirish orqali boylik yaratishni koʻzda tutadi. Ammo, maqsad boylik yaratish emas, ish oʻrni yaratish boʻlib qolsa, davlat tashabbusi bilan yaratilgan faoliyatning bizga beradigan qiymati, shu faoliyat yoʻqqa chiqargan muqobil qiymatdan kichikroq boʻlib qolishi mumkin. Ehtiyojlarimiz cheksiz va resurslarimiz cheklangan ekan, qoʻshimcha ish oʻrni yaratish muammo emas, aslida. Muammo - resurslardan maksimal qiymat yarata oladigan ish oʻrinlarini yaratishda. Agar davlat qandaydir mahalliy tadbirkor bozorda faoliyat olib borishi uchun turli imtiyozlar bersa, tabiiyki bu faoliyat oʻzi mustaqil ravishda raqobat qila olmaydigan darajada zaifdir. Shunday zaif korxonaning tirik qolishi uchun davlat turli imtiyozlar beradi. Bu albatta, mamlakatdagi har bir soliq toʻlovchining zimmasiga tushadigan qoʻshimcha soliq degani. Boshqacha qilib aytganda, har bir soliq toʻlovchi oʻsha korxonada ishlayotgan ishchilarning oylik maoshini va korxona xarajatlarini toʻlaydi. Bu jarayon bevosita boʻlmasada, bilvosita amalga oshadi (ya’ni, oʻsha korxona faoliyati samarasizlik bilan yaratgan qimmat tovarni sotib olish bilan yoki qoʻshimcha soliq yuki bilan). Xoʻsh, agar davlat qoʻshimcha ish oʻrni yaratadigan loyihalar bilan shugʻullanmasa nima boʻladi, ishsizlar koʻpayadimi? Yoʻq, albatta. Agar davlat soliq imtiyozlari bermasa, import bojlarini qoʻllamasa hamda bozordagi oʻz ulushini kamaytirsa bu oʻz-oʻzidan davlat xarajatlarining kamayishiga olib keladi. Soliq yuki kamayishi odamlarning iste’mol xarjatlari oshishiga va bozordagi yalpi talabning oʻsishiga sabab boʻladi. Natijada, yalpi taklif hajmining kengayishi yangi ish oʻrinlarining yaratilishi bilan jamiyatga maksimal boylik olib keladi. Bozor sharoitida, har bir korxona mahsulot ishlab chiqarish hajmini erkin tanlaydi va bu bir vaqtning oʻzida iqtisodiyotning boshqa sohalarida boy berilgan qiymatini minimal miqdorga kamaytirishga harakat qiladi. Bunday holatga erishish uchun, korxonalarda minglab omillar ta’sirini oʻzida jamlagan bozor nomli mexanizm boʻlishi zarur. Hech qaysi davlat muassasasi bu qadar koʻp axborotga egalik qilish, uni doimiy yangilab turish va kerakli darajada foydalanishga qodir emas. Shunday ekan, davlat eng optimal sarmoyani amalga oshira olmasligining sababi - axborotning yetishmovchiligi deyish mumkin. Shuninch uchun ham, bozorlar resurslarni har doim tezroq va optimlaroq ishlatadi. Xulosa qiladigan boʻlsak, resurslarni eng samarali ssenariyda taqsimlash va maksimal boylik yaratish insonlarning tabiiy erkinligi boʻlmish mulk huquqining ta’minlanishi hamda bozor iqtisodiyotiga aralshuv boʻlmasligi bilan amalga oshadi. @economist_martin
Hammasini ko'rsatish...
👍 10 5
Doʻstlar, barchangizga ramazon muborak bolsin!
Hammasini ko'rsatish...
25👍 3
Bu taklifni 8-martga aloqasi yoʻq. Shuning uchun hamma a'zo boʻlaversin) @boqiy_darbadarr — Hayot kitoblar bilan yaxshiroq @economist_martin — Iqtisodiyot va ijtimoiy hayot haqida @kitobhouse — Kitobxonlar va kitoblar haqida koʻproq videoblog @qalam_sohibi — Qalam bilan ilm o'rgatdi! @ochopat_book — Turkiyadagi ta'lim, kitoblar va hayot @gullayotganyurak — Afsus, hayot faqat kitoblardan iborat emas @burxonov_lite — БДСМ Большой диалог с манипулятором @quyoshtaraflarda — Quyoshli makonga marxabo @Mutolaa_ustida — Kitoblarga estetik yondashuv @dildora_bookaholic — Kitoblar dunyosidan so’ngi xabarlar @fazodasblog — 18 yoshli qizdan yozgʻilar @RaxshonaAhmedova — Soyabon ostidagi ayol
Hammasini ko'rsatish...
👍 2 1
Hammasini ko'rsatish...
❤‍🔥 10🔥 5 3🤔 3
Repost from Ko’rinmas Qo’l
Mamlakatlarning kambag’allik sabablari haqida Ko’pchilik kambag’allikning asosiy sababi - bu mamlakatdagi boyliklar oqilona taqsimlanmasligidir deb hisoblaydi. Bu, albatta, xato fikr. Rivojlanayotgan mamlakatlarda muammo resurslarning qayta taqsimlanishi nomaqbulligida emas, balki taqsimlanadigan resurslarning hajmi o’ta kichikligida. Keling, “maksimal iqtisodiy adolat” ssenariyi bizning sharoitda qanday ko’rinishga ega bo’lishi haqida faraz qilib ko’ramiz. Buning hisob-kitobi unchalik murakkab ham emas. O’zbekistonning 2023-yildagi YAIM ko’rsatkichi 91 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Butun respublika bo’yicha hamma boyliklarni jamlagan holimizda ham, $410 milliarddan ko’proq mablag’ni yeg’a olmaymiz (umumjahon boylikning global YAIMga nisbati 4.5ga teng). Hamma boyliklarimizni chet elga sotib yuborib, shundan kelib tushgan daromadni oqilona ravishda har bir 36 million fuqaroga bo’lib bergan taqdirimizda ham, kishi boshiga $11,400dan kamroq mablag’ to’g’ri keladi. Buning uchun, albatta, butun iqtisodiyotni vayrona qilib yuborish kerak, ya’ni, qiymat ishlab chiqara oladigan har bir kapital birligi sotilib yuborilishi zarur. Tasavvur qilishingiz uchun, ushbu natija har bir ferma, uy, mashina, hatto xonadonlardagi oxirgi ketmongacha chet elga sotilib yuborilishi evaziga erishiladi. Endi savol: $11,400ga inson boshqa ishlamasdan qanchalik uzoq va qulay hayot kechira oladi? Ko’p emas, to’g’rimi? Bu esa quyidagini anglatadi: eng oqilona qayta taqsimlash mexanizmi ham bizni boy qilib qo’ymaydi. Bir bo’lak nonni 100ta insonga qanchalik adolatli bo’lmang, hech kim baribir to’ymaydi. Demak, biz bo’linadigan resurslarning hajmi haqida qayg’urishimiz kerak. Boylikning asosiy manbasi - bu iqtisodiy o’sish. U, o’z o’rnida esa, to’g’ri ishlaydigan institutlar va bozor iqtisodiyoti orqaligina vujudga keladi. Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun eng katta xavflardan - bu boy bo’lishdan avval resurslarni qayta taqsimlashga o’tib ketishdir.
Hammasini ko'rsatish...
👍 6❤‍🔥 2 1🔥 1
Foyda va Zarar resurslarni samarali taqsimlashi haqida Korxona bozor iqtisodiyoti sharoitida resurslarni jalb qilish uchun resurs egalariga ular resurslardan muqobil faoliyatdan olishlari mumkin bo‘lgan daromadga teng haq to‘lashlari kerak. Korxona foyda olishi uchun ishlab chiqarilgan tovarning qiymati tovar uchun sarflangan resurslardan boshqa potensial yo‘nalishlarda foydalanganda olinishi mumkin bo‘lgan qiymatdan yuqori yoki unga teng bo‘lishi kerak. Agar korxona ishlab chiqargan tovarning qiymati sarflangan resurslarning muqobil qiymatini qoplay olmasa unda bu resurslarning boshqa maqsadda ishlatilishi maqsadga muvofiq. Foyda = Jami daromad > jami xarajatning muqobil qiymati Foyda bu - resurslarni qadrliroq buyumlarga aylantirish uchun olinadigan rag‘bat. Iste’molchilar tovarning ular uchun qiymati tovarning narxiga teng yoki undan yuqori bo‘lsa uni sotib oladilar. Aksincha bo‘lsa, iste’molchilar xuddi shunday tovarning sifatli hamda arzonroq ishlab chiqarilgan muqobilini tanlaydilar. Savdodan olingan jami daromad, mahsulotni ishlab chiqarishda foydalanilgan resurslarning muqobil qiymatidan kamroq bo‘lsa bu zararga olib keladi. Zarar – tovarning iste’molchilar uchun qiymati ularni ishlab ciqarish uchun zarur bo‘lgan resurslarning (potensial) qiymatidan kamroq bo‘lganda vujudga keladi. Zarar = Jami daromad < jami xarajat va uning muqobil qiymati Zararlar resurslardan samarasiz foydalanganlik uchun “jarima” bo‘lib, yaratilgan mahsulotning qiymati resurslardan samarali foydalangan holda yaratilishi mumkin bo‘lgan mahsulotning qiymatidan past bo‘ladi. Tushunganingizdek, bozor iqtisodiyoti samarasiz korxonalar faoliyatining to‘xtashiga yoki samarali bo‘lishga rag‘batlantiradi. Korxona muvaffaqiyatsizligi resurslarni ko‘proq qadrlanadigan tovarlarni ishlab chiqarishga yo‘naltiradi. Samarasiz korxonalarning faoliyatiga nuqta qo‘yilishi bir qancha investorlar va ishchilar uchun alamli bo‘lsada jamiyat ya’ni umumiy iqtisodiyot uchun foydali bo‘ladi. Negaki, samarasiz sarflanayotgan resurslardan boylik yarata oluvchi boshqa loyihalarda foydalanish mumkin. Bozor iqtisodiyoti bizga taqdim etadigan manashunday imkoniyatni proteksionizm iqtisodiy siyosati yoʻqqa chiqaradi. Iqtisodiyotga davlatning aralashuvi ko‘pincha proteksionizm iqtisodiy siyosati bilan ko‘zga tashlanadi. Proteksioznizm samarasiz faoliyat olib borayotgan, bozorda raqobatbardosh bo‘lolmagan korxonalarni importga tarif va notarif to‘siqlar qo‘yish orqali himoya qiladi. Natijada, proteksionizmdan manfaatdor bo‘lgan korxonalar ishlab chiqaradigan tovar uchun sarflangan resurslar yaratishi mumkin bo‘lgan muqobil qiymat yo‘qqa chiqadi. Boshqacha qilib aytganda, raqobatbardosh bo‘la olmagan, samarasiz korxonalarning davlat himoyasida bo‘lishi resurslardan samarali foydalanib, ko‘proq va qadrliroq qiymat yarata oladigan loyihalarning tug‘ilmasligiga sabab bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda, mamlakat resurslari – yer, bino, ishchi kuchi va tadbirkorlik qobiliyatidan foydali tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishda foydalanilsa jamiyat farovonligi oshadi. Aksincha, resurslarning noto‘g‘ri taqsimlanishiga olib keladigan qarorlar jamiyatni yanada kambag‘allashtiradi. Shunday ekan, agar, mavjud resurslardan samarali foydalanishni istasak, resurslarning qiymatini oshiruvchi loyihalarni rag‘batlantirib, resurslardan samarasiz foydalanadigan loyihalarni bartaraf etishimiz kerak. Ayni shu vazifani erkin bozor sharoitida vujudga keladigan foyda va zarar bajaradi. @economist_martin
Hammasini ko'rsatish...
👍 7 2🆒 2
Pangeya “Xuddi shunday” you tube kanalida “Pangeya” nazariyasi haqida ajoyib video chiqibdi. Tavsiya qilaman.
Hammasini ko'rsatish...
👍 4🔥 2 1🆒 1
Nega atrof-muhit ifloslanishini butunlay bartaraf etish yoki avtomobillarni inson hayoti uchun butunlay xavfsiz qilib ishlab chiqarish notoʻgʻri qaror boʻlar edi? Koʻpchilik, singari man ham atrof muhit ifloslanishini butunlay bartaraf etilishini istayman. Ammo bunday qaror oqilona boʻlmas edi. Negaki atrof muhit ifloslanishining oldini olish uchun qilingan har bir marjinal xarajat oshib, undan olinadigan marjinal foyda kamayib boraveradi. Va qaysidir nuqtaga kelganda marjinal xarajat uning marjinal foydasidan kattaroq boʻlib qoladi. Ya’ni biz, sarflaganimizdan koʻra kamrogʻiga erishamiz. Havo eng ifloslangan davrda, tozalash ishlari uchun xarajat qilish albatta oʻzini oqlaydi. Ammo ifloslanish darajasi pasaygani sayin, uning marjinal foydasi ya’ni havoning qoʻshimcha tozaligining qiymati ham kamayib beraveradi. Yanada tozaroq havo foydali boʻlsada, unga erishish uchun sarflaydigan marjinal xarajatimiz oshib borgani tufayli tozalashni davom ettirish iqtisodiy ma’noda isrofgarchilik sanaladi. Boshqacha qilib aytganda ifloslanish darajasi pasayishi bilan uning marjinal foydasi kamayib, evaziga voz kechishimiz kerak boʻlgan resurslarning qiymati oshib boraveradi. Masalan: havo ifloslanganligining qiymati 100$ ga teng deb olsak, uni tozalash uchun sarflangan qoʻshimcha xarajat 10$ ni tashkil qilsa-yu, tozalanganlik qiymati 10$ dan past qiymatga teng boʻlsa, unda marjinal xarajat oʻzini oqlamaydi. Havo ifloslanish darajasini shu nuqtada qoldirish oqilona qaror hisoblanadi. Negaki, endi inson salomatligi uchun sarflash kerak boʻlgan 10$ ni havo ifloslanishiga qarshi emas, balki marjinal qiymati balandroq boʻlgan tarmoqlarga sarflagan ma’qulroq boʻlib qoladi. Demak, atrof-muhit ifloslanishini butunlay bartaraf qilish foydali emas balki zararli boʻlishi ham mumkin. Xuddi shu mantiq nega korxonalar avtomobillarni inson hayoti uchun butunlay xavfsiz qilib ishlab chiqarmaydi degan savolga ham javob bera oladi. Negaki, inson hayotining marjinal qiymati bebaho emas. Bozor sharoitida shakllangan narx va koʻproq foyda olish istagi korxonalarga mijozlar qanday sifatdagi avtomobil istashlari haqida ma’lumot beradi. Bilamizki, narx shakllanishiga resurs taqchilligi ham ta’sir koʻrsatadi. Shuning uchun ham avtomobil ishlab chiqaruvchilar oʻz mahsulotlarini tanklar kabi zirhlangan, ogʻir va xavfsiz qilib ishlab chiqarmaydi. Chunki bunday tankomobilni hech kim sotib olmaydi. Tushunganingizdek, bunday tankomobillar ishlab chiqarilmasligining sababi mijozlarning bunday tankomobillarni xarid qilishni istamasliklari bilan bogʻliq. Chunki, koʻp yoqilgʻi sarflaydigan, noqulay va sekin yuradigan avtomobillar hamyonbop emas. Boshqacha qilib aytganda, xavfsizlik uchun toʻlanadigan marjinal xarajat undan olinadigan marjinal foydadan yuqori. Qolaversa, insonlarda xavfsiz va uzoq yashash uchun muqobil qiymat ham mavjud. Koʻplab odamlar avtomobil xavfsizligidan voz kechib, tejalgan mablagʻni ta’lim, dori-darmon, kiyim-kechak va oziq ovqatga sarflashadi. Negaki ta’lim darajasining oshishi, oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joy sifatining yaxshilanishi umr koʻrish davomiyligiga (tankomobil sotib olishdan koʻra) koʻproq ta’sir koʻrstadi deb hisoblashadi.
Baxtsiz hodisa tufayli kimlar hayotdan ko'z yumganini aniqlash qiyin emas, lekin bozor narxlari va foyda orqali boshqarilgan iqtisodiy tizim natijasida erishilgan farovonlik tufayli kimlar bevaqt oʻlimdan saqlab qolinganini biz hech gachon bilmaymiz. Biroq, ikkinchi guruhga kiruvchi odamlar soni birinchi guruhga kiruvchilar sonidan ancha kattaligi shubhasiz. (c) Duayt R. Li
Xulosa qilib aytganda, marjinal qiymat oʻzini oqlamasa, xarajat muqobil qiymati kattaroq boʻlgan faoliyat uchun sarflanadi. @economist_martin
Hammasini ko'rsatish...
👍 8🔥 2 1💯 1
Gʻazodan boshqa mavzu haqida yozsam adolatsizdek tuyilmoqda. Chunki bugungi kundagi eng muhim mavzu - albatta G’azo. Meni va butun dunyodagi barcha normal insonlarni qalbi Gʻazoliklar bilan. Qanday katta tarixiy fojiani koʻrib, shohidi boʻlib turibmiz. Tasavvur qilish qiyin, lekin har kuni oʻnlab, yuzlab oʻlimlar, adolatsiz tugatilgan hayotlar haqida oʻqiyapmiz, koʻryapmiz. Masalan bugun Associated Press 10 yildan beri farzand orzusidagi boʻlgan oila juda qiynalib oxir oqibat egizaklik boʻlgani lekin shu ikki orziqib kutilgan besh oylik goʻdaklar oʻz otasi bilan birga bombardimon natijasida halok boʻlgani haqida yozibdi. Bu oila bugun o’ldirilgan bir nechta oilalardan biri xolos. Ukraina urushi boshlanganida, yigirma birinchi asrda bunday qirgʻinbarot boʻlishiga ishonish qiyin deb oʻylagan edim, yozgan edim. 2022 yilni boshida boshlangan urushda, bugungi kunga kelib sal kam 600 ta bola halok boʻldi — nihoyatda katta fojia. Gʻazoda oxirgi toʻrt oyda taxminan 12000 bola oʻldirildi - buni nima deb atashni ham bilmayman. “Fojia” so’zi kulfatni o’lchamini yetarli darajada adolatli ko’rsatib bera olmayapti, menimcha.
Hammasini ko'rsatish...
💔 9👍 3 2
Marjinalizm va Samaradorlik haqida “Marjinal” soʻzi “qoʻshimcha” soʻzi bilan bir ma’noni anglatadi. Qachonki faoliyatimizdan keladigan foyda uning xarajatidan yuqori boʻlsa, u bilan shugʻullanish biz uchun manfaatli boʻladi. Xuddi shu kabi, faoliyatimizning marjinal foydasi uning marjinal xarajatidan yuqori boʻlishi kerak. Marjinalizm - faoliyatimizning har bir qoʻshimcha xarajati oʻzgarmas boʻlgan taqdirda ham, har bir qoʻshimcha foyda kamayib borishini, va me’yoriy tenglik faoliyatning maksimal darajada samarali ekanligini anglatadi. Tasavvur qiling: chanqab turganingizda 1$ ga 1 stakan suv sotib oldingiz. 1-stakan suvning chanqogʻingizni qondirish qiymati 1$ dan yuqori, shartli 1.8$ ga teng ediki siz uni sotib oldingiz. Sizda yana bir stakan suv ichish istagi bor. Lekin bu istak endi avvalgidek kuchli emas. Ya’ni 2-stakan suvning marjinal xarajati hali hamon 1$ ga teng boʻlsada, marjinal foyda 1.8$ dan pastroq, shartli 1,5$ ga teng boʻlib qoldi. Shunday qilib, suv ichish - har bir keyingi stakan suvning marjinal xarajati uning marjinal foydasiga teng boʻlgunga qadar davom etsa maksimal darajada foydali/toʻyimli boʻladi degani. Xuddi shu qonuniyat shaxslar, korxonalar va davlatlarga ham taaluqlidir. Bozor iqtisodiyotining rejali iqtisodiyotdan afzalligi shundaki, talab va taklif orqali shakllangan narx muvozanati korxonalarni marjinal qiymatga erishish tufayli cheklangan resurslarni maksimal darajada oqilona taqsimlashga undaydi. Raqobat bozorida teng imkoniyatlar bilan faoliyat olib borayotgan korxonalarning asosiy maqsadi foydani maksimallashtirishdan iborat. Shunday ekan, iqtisodiyotning qaysidir sohasida yangi, samaraliroq ishlab chiqaruvchi korxonalarning paydo boʻlishi, samarasizroq ishlayotgan boshqa korxonalarning yopilishiga sabab boʻladi. Samaraliroq korxonalar ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun, tabiiyki, koʻproq resursdan foydalanadi va natijada boshqa korxonalar kamroq hajmda ishlab chiqarishga toʻgʻri keladi. Boshqacha aytganda, samaraliroq korxonalar faoliyatining qoʻshimcha qiymati, iqtisodiyotning boshqa sohalarida boy berilayotgan qiymatni minimallashtirishga harakat qiladi. Qolaversa bu orqali, boshqa korxonalar uchun resurslarning eng samarali kombinatsiyasi aslida qanday boʻlishi kerakligi ham aniqlanadi. @economist_martin
Hammasini ko'rsatish...
7👍 3❤‍🔥 2🔥 1👌 1
Bahor yangilanish fasli. Nafaqat tabiatni balki, fikrlarimiz, shaxsiyatimizni ham o‘zgartirishimizning ayni payti. Bugun biz sizlar uchun Telegram tarmog‘idagi adabiyot va kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi eng sara kanallarni to‘plab, havola etmoqdamiz. Tarixiy, ilmiy, falsafiy, diniy va mifologik asarlar bilan tanishib borish uchun — @stoik_kutubxonasi Kitoblar ila Quyosh taftini his eting — @quyoshtaraflarda Iqtisodiyot va ijtimoiy hayot haqida —@economist_martin Adabiyot, sanʼat, tarjima va hokazo — @usmonosphere Kitoblar, filmlar va sizni qiziqtirishi mumkin bo'lgan hamma narsa haqida — @bookerberg BDSM - @santuagaraoflibrary Biroz telba va biroz qimorboz Ivan Karamazov kanali — @Karamazovlar Jahon adabiyotiga bir nazar — @dunyo_klassikasi Kitoblar, fikrlar, tuygʻular haqida – @salimov_blogi Kitoblar dunyosidan so’ngi xabarlar - @dildora_bookaholic Kitoblar, jamiyat va siyosat haqida — @panda_books Kitob, psixologiya va hayotiy mulohazalar — @marufjonblogi Gʻaroyib doktorning gʻaroyib kitoblari — @Xushnudbek_kutubxonasi Ijobiy odatlarni shakllantirish va kitoblar haqida — @kitobxorr Har kuni yangilan, har kuni tug‘il — @perezagruzka_2021 Soyabon ostidagi hayot — @RaxshonaAhmedova ☔️ Kitoblar olamidan bitiklar) — @Mirahmedovas_blog Faqat kitoblar haqida gaplashamiz — @doctorsmind📖 Kitoblar haqida fikr-mulohazalar, taqrizlar berib boriluvchi kundalik-kanal — @mutolaa_olami Adabiyot, noshirlik, san'at va siyosat haqida mulohazalar — @timur_books Kitoblar, tabiat, hislar olami –  @nigohlarda
Hammasini ko'rsatish...
🆒 3👍 2
Erkin bozor haqida Erkin bozor bu insonlar shu kunga qadar oʻylab topgan eng yaxshi mexanizm. U insonlarning tabiiy erkinliklarini uygʻunlashtiradi va teng imkoniyatlar taqdim etadi. Insonlarning xususiy mulkka ega boʻlishi, oʻz mulki bilan istagan ishini amalga oshirishi insonlar oʻrtasida iqtisodiy munosabatlarning vujudga kelishiga, savdoning shakllanishiga olib keladi Savdo, tovarlarni kamroq qadrlaydigan odamlardan ularni koʻproq qadrlaydigan odamlar tomon yoʻllaydi. Ya’ni savdo, yangi narsa ishlab chiqarmasa ham, mavjud tovarning qiymatini oshira oladi. Agar siz eski buyumlar sotiladigan Yangiobod bozoriga borsangiz, bozordagi sotuvchilar uchun sotilayotgan buyumlarning qiymati, unga toʻlanadigan pulning qiymatidan ancha past boʻlishi mumkin. Shuningdek eski buyumlar kolleksioneri uchun toʻlanadigan pulning qiymatidan koʻra, eski buyumning qiymati ancha yuqori. Shuning uchun, tovarlarni ayirboshlash ikkala tomon uchun ham manfaatli boʻladi. Bundan xulosa qilish mumkinki, insonlarning farovon hayot kechirishi mamlakatdagi resurslarning toʻgʻri taqsimlanganiga ham bogʻliq. Savdoning yana bir afzalligi shundaki, insonlarning unumdorlik darajasi ularning iste’mol hajmini maksimal darajada oshirib beradi. Ular buni aynan bir sohaga ixtisoslashish bilan amalga oshiradi. Odamlar oʻzining mehnat salohiyatiga qarab, biror faoliyat turiga ixtisoslashgach, ishlab chiqarilgan mahsulot yoki xizmatni sotishlari mumkin. Sotishdan tushgan pulga esa, oʻzlari mustaqil ishlab chiqarishi imkonsiz boʻlgan yoki qimmat boʻlgan mahsulotlarni sotib olishi mumkin. Bu har bir inson qiyosiy ustunlikka ega ekanidan dalolatdir. Xuddi shunday qiyosiy ustunlik kambagʻal va boy mamlakatlar oʻrtasida ham mavjud. Shunday ekan, savdoning erkin boʻlishi har doim, har qanday mamlakatga manfaatli boʻladi. @economist_martin
Hammasini ko'rsatish...
👍 13🆒 3❤‍🔥 2 1
Photo unavailableShow in Telegram
#twitterdan
Hammasini ko'rsatish...
💔 15😢 6🤷‍♂ 3 1 1
Makiavelli shunday yozadi:
Bu xuddi terlama kasaliga o‘xshaydi. Tabiblar aytganidek, bu dardni boshlanishida aniqlash qiyin, lekin davolash oson. Biroq o‘tkazib yuborilsa, uni aniqlash oson, ammo davolash qiyin. Davlat ishida ham shunday: boshlanib kelayotgan kasallik o‘z vaqtida aniqlansa (dono hukmdorgina shunday qila oladi), undan xalos bo‘lish qiyin emas. Biroq u hamma ko‘raditan darajada chuqurlashib ketsa, endi unga xech qanday dori-darmon yordam bermaydi.
Bu fikrni vatanimizda olib borilayotgan notoʻgʻri iqtisodiy siyosatga qiyoslasa boʻladi. Davlat tomonidan tadbirkorlarga ajratilayotgan subsidiyalar, importga qoʻyilayotgan tarif va notarif bojlar, xususiylashtirishdagi xatolar, investitsion muhit jozibadorligiga salbiy ta’sir koʻrsatayotgan qarorlar uzoq muddatda salbiy oqibatlarni yuzaga keltiraveradi. Shunday xatolarga yoʻl qoʻygan davlatlar, oxir-oqibat ogʻriqli davrlarni boshidan kechirgani barchaga ma’lum. Makiavelli aytganidek, kasallik qancha uzoq davom etsa uning kasallik ekanligi hammaga ayon boʻlib qoladi (hatto proteksionizmni oqlovchilarga ham), ammo da’volashni imkoni boʻlmaydi. @economist_martin
Hammasini ko'rsatish...
❤‍🔥 10👍 2 2🔥 2
Bugungi zamonaviy davlatchilik asoslari Tomas Gobbs, Jon Lokk, Monteskye va Russo kabi faylasuflarning gʻoyalari ustiga qurilgan. Ularning har biri insonning tabiiy hayoti, erkinliklari qanday ekanligi toʻgʻrisida turli fikrlarni turlicha talqin qilishgan. Shu haqida faylasuf Xurshid Yoʻldoshev yaxshi kontent qilgan ekan. Tavsiya qilaman, juda foydali kontent boʻlgan. https://youtu.be/AYVT29JUdeE?si=TqpUF7cUOHUVSd6w
Hammasini ko'rsatish...
👍 6🔥 2
Repost from Ko’rinmas Qo’l
Xalqaro savdoga cheklovlar va “muvaffaqiyat jarimasi” haqida Tasavvur qiling: siz bir korxona boshlig’isiz. Sizning xodimlaringiz, tabiiyki, har xil unumdorlik darajasiga ega. Birlari vazifalarini tez va yaxshi bajarsalar, boshqalari sekinroq yoki sifatsizroq ishlaydi. Ularning oylik maoshlari unumdorlik ko’rsatkichlariga bog’liq deb olaylik. Qaysidir sabablarga ko’ra, aytaylik, xodimlaringizning yarimining maoshlarini qisqartirib, iqtisod qilingan mablag’larni qolgan yarimning maoshlarini oshirishga sarflashingiz kerak. Shuni qanday qilgan ma’qul? Tasodifiy ravishda ishchilaringizni ikkiga bo’libmi, yoki yuqori samarali xodimlarning maoshlarini qisqartirib, unumdorligi past bo’lganlarnikini ko’paytirish orqalimi? Albatta, hech qaysi menejer yaxshi ishchilarini jazolash evaziga yomonlarini rag’batlantirmaydi. “Ushbu ish yuritish modeli uzoqqa bormasligi yosh bolaga ham aniq-ku,” deyishingiz mumkin. Ammo biz xuddi shunday mantiqsiz yondashuvni kundalik hayotimizda ko’p uchratamiz. Gap proteksionizm haqida. Biz bilamizki, proteksionist savdo siyosati importni cheklash tufayli mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab quvvatlaydi. Import hajmini cheklash, o’z o’rnida, mahalliy valyutaning kursini sun’iy ravishda oshiradi. Bu esa eksport qiladigan ishlab chiqaruvchilarni daromadlarini qisqartiradi. Boshqacha qilib aytganda, import bojlari eksport qiladigan mahalliy korxonalarni jazolash evaziga eksport qilmaydiganlarni rag’batlantiradi. Muammo nimada? Ko’plab tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, faqatgina yuqori samarali korxonalar eksport qila oladi. Unumdorlik darajasi past bo’lgan ishlab chiqaruvchilar esa xorijiy bozorlarda raqobat qila olmasligi sababli eksport qilmaydi. Ya’ni, xalqaro savdoga cheklovlar bizning eng unumdor mahalliy ishlab chiqaruvchilarimizni jazolaydi, eng samarasizlarini esa qo’llab quvvatlaydi. Mashhur iqtisodiy modelga ko’ra, shunga o’xshash buzuq rag’batlarni yaratadigan siyosatlar dunyo mamlakatlarining rivojlanish darajalaridagi katta farqlarni keltirib chiqaradi. Importga qarshi kurash nafaqat mahalliy iste’molchilarni kambag’allashtiradi, balki ishlab chiqaruvchilar uchun ham “muvaffaqiyat jarimasi”ga aylanadi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 7 1🔥 1
#review #tavsiya #movie 🎞️ Otamdan Qolgan Dalalar ✍🏻 Togʻay Murod asari asosida Ozodlik - eng buyuk ne’matdir. Har qanday imkoniyat erkinlik boʻlmagan joyda oʻz qiymatini yoʻqotadi. Tarix ham bizga eng avvalo erkinlik uchun kurashishimiz kerakligini koʻrsatadi. Negaki, usiz qoʻl oyogʻimiz bogʻliqligicha qolaveradi. “Otamdan qolgan dalalar” filmi, erkinlik naqadar ulugʻ ne’mat ekanligini ayanchli oʻtmishimizni hikoya qilish bilan anglatadi. Filmda rus imperiyasi Turkiston hududiga bostirib kelgach, eng avvalo zodagonlar va amaldorlar vatanni bosqinchilarga sotganini koʻrish mumkin. Film qahramonlaridan biri Jamoliddin Ketmonning ushbu soʻzlari esa kishini allaqanday oxiri berk koʻchaga tiqib qoʻygandek boʻladi:
Boʻlaman degich el bir-birini botirim deydi. Boʻlmiman degich el bir-birini etini yeydi.
Jamoliddin, oʻz yeriga mehr berib undan hosil oladigan oddiy bir dehqon. Dehqonchilik bilan shugʻullangani uchun ham qishloqda uni Jamoliddin Ketmon deb chaqirishadi. Uning hayoti ruslar bostirib kelishi bilan barbod boʻladi. U bir kunda vatanidan, yeridan, oilasidan ayriladi. Asl dehqon boʻlgan Jamoliddin keyinchalik Surxon yerlarida qoʻnim topadi. Jamoliddinning yarim yetim qolgan oʻgʻli Aqrabning hayoti bolsheviklar hokimiyatni qoʻlga olayotgan davrga toʻgʻri keladi. U, otasi niyat qilganidek, chayon kabi dushmanni chaqadigan, hamla qiladigan mard, vatanparvar boʻlib ulgʻayadi. U jamiyatda “bosmachi” nomini olgan, vatan ozodligi uchun kurashayotgan haqiqiy qahramon edi. Aqrab haqiqiy askarlardek fikrlar edi:
“Qizil rang yomon rang. Qizil rang odamni aldaydi. Shoʻrolar - yuviqsizlar, betaxoratlar hukumati.”
U ham dehqonchilik bilan shugʻullanardi, lekin haqiqatni yuzaga chiqarish uning asosiy maqsadi va vazifasi edi. Ammo, afsuski u bu ishni uddalay olmadi. Ulgurmadi. Ammo u qul boʻlib emas, ozod inson boʻlib, oʻz yerida vafot etdi. Ozodlik esa eng buyuk ne’matdir. Aqrabning oʻgʻli Dehqonboy esa ikkinchi jahon urushi davrida faoliyatini olib boradi. U ham otasi va bobosi kabi xalqning ozodligi uchun jon fido qiluvchilardan boʻlib ulgʻayadi. Axir, sovetlar uning koʻz oʻngida otasi Aqrabni oʻldirgan edi. Ammo, Dehqonboy kuch bilan emas, aql bilan kurashadiganlardan edi. U maktabda oddiy bir oʻqituvchi boʻlib, bolalarga Fitrat, Choʻlpon asarlarini oʻqitar edi. Shuning uchun ham Sovet hukumati uni “xalq dushmani” sifatida hibsga oladi. Bunday qismat erkinlik kuyini tarannum qilgan har qanday insonning boshiga tushadi. Dehqonboyning oʻgʻli Dehqonqul bobolari kabi haqiqiy Dehqon boʻlib ulgʻayadi. Ammo, uning fikrlashi ota-bobosidan farqli ravishda ozod insonniki kabi emas edi. Qullik uning ongiga singib ketgan, dunyo qarashi tor inson edi. Rus imperiyasi bosqinidan soʻng, uch avlod almashgach jamiyat savodsiz va fikrlamaydigan boʻlib shakllandi. Dehqonqulning qismati juda ayanchli kechdi. U yashagan davr boshqa davrlardanda ogʻirroq edi. Oilasining koʻrgan qiyinchiliklari, tuxmat balosiga duchor boʻlishi va umuman, sovetlarning oʻzbek xalqiga qilgan zulmlari kishini koʻziga yosh keltiradi. Ha, tarix bizni kechirmadi. Dehqonqulning oʻgʻli Nodirbek zulmatdan yorugʻlik tomon, chuqurlikdan tepalik tomon intilayotgan shaxs obrazini gavdalantiradi. Dalada mehnat qilmay Toshkentda oʻqishni istagan Nodirbek juda koʻp qiyinchiliklarga duch keladi. Onasining oʻlimidan soʻng juda chuqur qaygʻuga tushib qolgan Nodirbek otasi qamalgandan soʻng chiday olmaydi. Oʻz joniga qasd qiladi. Negaki adolat va haqiqat kabi tushunchalar insonlarni yashashga undaydi. Agar jamiyatda bunday tushunchalar boʻlmasa, oʻlim yashashdan afzalroqday tuyulaveradi. Film, bizlarga qullik naqadar achinarli holga olib kelishi mumkinligini hikoya qiladi. Imperialistik siyosat tufayli, naqd 5 avlod vakili hayotidan roʻshnolik koʻra olmaganini aytadi. Davlat siyosati erkinlik darajasini belgilab berishini tushuntiradi. Erkin inson baxtliroq boʻlishini erksiz insonlar misolida koʻrsatib beradi. Nazarimda, har bir oʻzbekistonlik ushbu filmni koʻrishi, asarni esa oʻqishi lozim. Man ham oʻqiyman. Hozircha esa, sizlarga mazmunli tomosha tilayman🌙
Hammasini ko'rsatish...
👍 5🔥 5 2
Repost from Martin Eden
O‘tgan asrning saksoninchi yillarida Singapurda kuzatilgan muammolar bugungi O‘zbekistonda ham mavjudmi? XX asrning yetmishinchi saksoninchi yillarida Singapurda ta’limni rivojlantirish bo’yicha qilingan islohotlar natijasida aholi o’rtasida ma’lumotlilik darajasi bo’yicha yirik tafovutlar yuzaga kelgan. Natijada bir qancha muammolarni bartaraf etishga to’g’ri kelgan. Oila institutini rivojlantirish va islohotlar o’tkazish mamlakat bosh vaziri Li Kuan Yuning asosiy vazifalaridan biri edi. Muammo shunda ediki oila qurgan ayollarning juda katta qismi ma’lumotga ega bo’lmagan ayollar bo’lgan. Chunki oliygohlarni bitirgan erkaklar bilim darajasi o’zi bilan teng bo’lgan ayollarga uylanishni xohlashmasdi. Natijada ma’lumotga ega ayollar turmush qurishmagan edi. Jumladan ma’lumoti yo’q erkaklar ham o’ziga mos juft topa olishmagan. 1983-yil 14-oktyabr kuni Singapur milliy bayrami munosabati bilan bosh vazir Li Kuan Yu juda keng bahs munozaralarga sabab bo’luvchi nutq so’zlagan: “Agar oily ta’limni bitirayotgan yigitlarimiz kelajakda farzandlarini o‘zlari kabi ilg‘or bo‘lishlarini istashsa-yu, ma’lumoti va intellektual salohiyati pastroq ayolni rafiqa sifatida tanlashsa – bu tamoman bema’ni tanlovdir”. Ushbu nutq mahalliy va g‘arb ommaviy axborot vositalari tomonidan elitizmning targ‘ib qilinishi deya tanqid qilingan. Ammo Li Kuan Yu iqtidor egalari mamlakatni samaraliroq boshqarishiga va har qanday sohada intellektual salohiyati yuqori insonlar bilan uzoqqa bora olishiga, qolaversa iqtidorli avlod bilim darajasi yuqori ota-onalardan dunyoga kelishiga ishongan. O‘sha vaqtdagi ma’lumotlarga ko‘ra universitet bitiruvchilarining yarmi ayollarni tashkil etgan va deyarli uchdan ikki qismi turmushga chiqmagan. Ya’ni oily ma‘lumotli ayollar o’zlaridan nasl qoldirmagan chunki o’zlari bilan teng ma’lumotga ega bo‘lgan erkaklarlar ularga uylanishni istashmagan. Bunday vaziyatning yuzaga kelishida nafaqat erkaklar balki ularning onalari ham sababchi edi. Ma’lumoti bo’lmagan onalar ma’lumotga ega boʻlmagan kelinlarni afzal ko’rishgan. Chunki ular bilan kelishish oson deb o’ylashgan. Bundan tashqari ayol kishi oilada xo’jalikni boshqaruvchi yoki asosiy boquvchi bo’lishi absurd hisoblangan. Xullas stereotiplarga boy xalqni o’zgarishlarga duchor qilish juda qiyin kechgan. Nima deb o‘ylaysiz O‘zbekistonda ham shunday muammolar bormi? Nazarimda bizda ham ayol kishining ko‘proq pul topishi juda ayanchli hol sanaladi. Erkaklarning o‘zlaridan bilim darajasi pastroq, ma‘lumotga ega bo‘lmagan, qisqa qilib aytganda bo‘ysunuvchan ayollarga uylanishni xohlashlari ham kuzatiladi. Buning oqibatlari esa tepada yozganimdek ikki xil toifa vakillari uchun qiyinchilik tug‘diradi. Bular ham bo‘lsa oliy ma’lumotli ayollar va ma’lumotga ega bo‘lmagan erkaklardir. 1980-yildagi statistik ma’lumotlarga koʻra Singapurda oliy ma’lumotli ayollar ma’lumoti pastroq ayollarga nisbatan kamroq farzand dunyoga keltirishgan. Har bir oliy ma’lumotli ayolga oʻrtacha 1,6, oʻrta ma’lumotli ayolga 1,6, boshlangʻich ma’lumotli ayolga 2,3, boshlangʻich ma’lumotsiz ayolga esa 4,3 nafardan bola toʻgʻri kelagan ekan. Aholi oʻsishi uchun har bir oilaga oʻrtacha 2,1 nafardan farzand toʻgʻri kelishi kerak edi. Raqamlar esa ma’lumoti pastroq aholi ikki barobarga oʻsib ma’lumotga ega aholi kamayib borayotganini koʻrsatardi. Oʻzbekistonda ham shunga yaqin statistik ma’lumotlarni topdim. Ushbu maqolada oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalariga koʻra xotin-qizlarning aksariyati 3-4 nafardan farzand koʻrishni ma’qul koʻradi. 15,3% ayollar esa 2 nafar farzand oila uchun yetarli deb hisoblaydi va bunday javob koʻproq oliy ma’lumotli ayollarda qayd etilgan. Shuningdek soʻrovnomalardan aniqlanishicha ayollarning oilada nechta farzand koʻrishni rejalashtirishi ularning ma’lumot darajasiga ham bogʻliq ekan. Farzandlar soni oʻzining qaroriga bogʻliq emasligi holati oʻrta ma’lumotli ayollarda yuqori, oliy ma’lumotli ayollarda esa bir muncha past (26,5% ekanligini koʻrsatgan Buyerda nega insonlar rejalashtirilgan oila qurishni ma’qul koʻrishlari haqida yozganman. @economist_martin
Hammasini ko'rsatish...
👍 9🔥 4 2💯 1
freedom & courage & love.mp31.87 MB
❤‍🔥 4👍 4 1💔 1
Botanika bogʻi #bugun
Hammasini ko'rsatish...
👍 15 7❤‍🔥 3🤩 3🔥 1
Oʻzbek tili va rus tili haqidagi mavzular deyarli hamma joyda yozildi. Postlar va post ostidagi izohlarni oʻqib tushundimki, jamiyatda rus tilini bilish va rus tilida suhbatlashish “avtoritet” deb oʻylaydiganlar koʻp ekan. Ya’ni insonlar rus tilida suhbatlashish “status” boʻlgani uchun shunday qilishar ekan. Nazarimda, ular bunday xulosaga kelish uchun jamiyatdagi yuqori/boy qatlam rus tilini bilgani va bu tilda suhbatlashganini argument qilib olishyapti. Demak mantiq mana bunday: elita rus tilida suhbatlashadi, demak statusga ega boʻlish uchun rus tilini oʻrganish kerak. Bu mantiqning xatoligi sabab va oqibat ketma ketligi buzilishi ortidan kelib chiqyapti. Insonlar rus tilini statusga ega boʻlish uchun oʻrganishmaydi. Balki, rus tilini oʻrganish informatsiya olish manbaasini kengaytirgani uchun rus tilini oʻrganishadi. Rus tilini bilish imkoniyatlar deltasini kengaytiradi, bu esa, oʻz navbatida jamiyatning yuqori/boy qatlamiga koʻtarilishga yordam beradi. Aytmoqchimanki, rus tilini oʻrganishga qaror qabul qilishda yuqori qatlamning xususiyati boʻlmish “status” emas, sababi hisoblanmish ma’lumotlar manbaasining kengligi (Imkoniyatlar Deltasi) turtki boʻladi. Ya’ni rus tilini oʻrganishga turtki beruvchi ragʻbat bu ma’lumotlar manbaasining kengligi. Afsuski, xuddi shunday ragʻbat oʻzbek tilida yoʻq. Shuning uchun ham ruszabon vatandoshlarimiz oʻzbek tilini oʻrganishga va bu tilda suhbatlashishga ehtiyoj sezishmaydi. Shahzod aka aytganidek oʻzbek tili jozibadorligini oshirish oʻzbekzabon boʻlmaganlarga tilimizni oʻrganishga ragʻbat beradi. Buning uchun iqtisodiy oʻsish kerak. Mamlakatning yumshoq kuchiga qancha koʻp sarmoya kiritilsa, davlat tilining jozibadorligi ham oshib boraveradi. Buni Janubiy Koreya misolida koʻrib turibmiz. @economist_martin
Hammasini ko'rsatish...
👍 8🔥 2💯 2 1 1👏 1🆒 1
Repost from Ko’rinmas Qo’l
O’zbek tilining jozibadorlik formulasi haqida O’zbek tilining mavqei tog’risida qayg’uradiganlarning ko’pchiligi noto’g’ri mantiqiy modelni ishlatishadi deb o’ylayman. “O’zbekistonda yashab turib, bizning tilimizni o’rganmaganlar - bosqinchi yoki ahmoq” degan gaplar aynan shunday xato modeldan kelib chiqadi deb bilaman. Yangi tilni o’rganish, tabiiyki, vaqt va moliyaviy resurslarni talab etadi. Har bir insonning vaqti ham, puli ham chegaralanganligi sababli, ushbu resuslarni eng foydali yo’lda ishlatishga harakat qilamiz. Bu degani esa, rusiyzabon hamyurtlarimiz o’zbek tilini o’rganish yoki o’rganmaslik haqidagi qarorlarini ikki savolga bog’lashadi: 1. “O’zbek tilini o’rgansam menga qancha ko’proq imkoniyatlar ochiladi?” Buni “imkoniyatlar deltasi” deb atasak bo’ladi. O’rtacha faqat rus tilida so’zlashadigan ishchi o’rtacha o’zbek hamda rus tillarini biladigan ishchidan qancha kamroq daromad topishi shu deltaning bir qismini tashkil etadi. Boshqa qismi - bu faqatgina o’zbek tilida mavjud bo’lgan axborotning hajmi (kitoblar, kino, musiqa, podkastlar va hkz.) 2. “Menga O’zbek tilini o’rganishim necha pulga tushadi?” Buni “o’rganish xarajati” deb nomlaymiz. Ushbu harajatning qiymati o’zbek tilini o’rganish uchun materiallarning ko’pligi, ularning sifati va hamyonbopligiga bog’liq. Ya’ni, hozir tilimizni o’rganmoqchi bo’lgan insonlarga ushbu jarayon qanchalik tez, sifatli va kamxarajatli bo’ladi? Shunda umumiy formula quyidagi shaklga ega: Til Jozibadorligi = Imkoniyatlar Deltasi - O’rganish Xarajati Agar biz o’zbek tilini ko’proq insonlar o’rganishini xohlasak, uning jozibadorligi haqida fikr yuritishimiz kerak. Bu esa imkoniyatlar deltasini oshirish va o’rganish xarajatini pasaytirish orqali amalga oshiriladi. Sizga savol: O’zbekistonda va dunyoning shartli bir boshqa mamlakatida nimaga ingliz tilini o’rganadiganlarning soni shu darajada baland? Ijtimoiy tarmoqda amerikaliklar boshqa tilda gapiradiganlarni haqoratlaganligi boismi yoki ingliz tili jozibador bo’lganligi sabablimi?
Hammasini ko'rsatish...
👍 7 2
2/2 Insonlarni ma’lum bir faoliyatga chorlashning eng ishonchli yoʻli bu ularni shu faoliyat uchun taqdirlash ya’ni ragʻbatlantirishdan iborat. Ammo bozor yaratgan ragʻbatlar bilan byurokratlar yaratgan ragʻbatlar bir xil natija bermaydi. Kapitalistik mamlakatlarda bozor erkin boʻlgani tufayli ishlab chiqaruvchilarning hatti-harakatlari bozor belgilagan ragʻbatlardan kelib chiqib shakllanadi. Masalan, bu yil ob-havo yomon boʻlgani tufayli olmaning narxi qimmatlashsa xaridorlar kamroq olma sotib olishadi va oʻrniga boshqa mevalarni xarid qilishadi. Sotuvchilar ham endi olmaning oʻrniga boshqa meva yetishtirishadi, shu bilan birga, boshqa dehqonlar olma daraxtini ekishni boshlashi mumkin. Ya’ni har ikkala tarafning ragʻbatlari tabiatning tabiiy ne’mati boʻlmish bozor mexanizmi orqali shakllanadi. Sotsialistik mamlakatlarda esa bozor ma’muriy buyruqbozlikka asoslangani tufayli iqtisodiyot samarali ishlamaydi. Masalan, poyafzal ishlab chiqarish hajmini oshirishga qaratilgan ragʻbatlarga javoban korxona rahbarlari poyafzal o'lchamlarini talabni e'tiborga olmagan holda ishlab chigarganlar. Bunday ragʻbatlantirish tizimi odamlarning xulqiga ta'sir etsada, u samarali iqtisodiyot uchun zarur bo'lgan ijtimoiy hamkorlikning rivoilanishiga olib kelmaydi. Insonlarning hatti-harakatlari qanday boʻlishi jamiyatdagi ragʻbatlarga bogʻliq. Tanlovlar alternativ xarajatlar va natijada shakllangan ragʻbatlar orqali tanlanadi. Ijtimoiy, iqtisodiy hamda ruhiy ragʻbatlar stimullarimizni shakllantiradi. @economist_martin
Hammasini ko'rsatish...
👍 3 1
1/1 Ragʻbatlar haqida Insonlarning qilgan tanlovlari ularning uzoq muddatli natijalari qanday boʻlishini belgilab beradi. Shu oʻrinda tanlovlar qilingan qarorning natijasi boʻlmish manfaat va jazoning hajmi orqali shakllanadi. Manfaatlarning oʻzgarishi inson hatti-harakatiga ta’sir oʻtkazadi. Agar tanlovning narxi qimmatlashsa uni tanlash ehtimoli kamayadi. Aksincha, tanlovdan kelib chiqadigan manfaat oshsa, odamlarning tanlovni amalga oshirish ehtimoli oshadi. Tushunganingizdek, har qanday ish-harakatning bajarilishi ragʻbatlar tizimi qanday ekanligiga bogʻliq. Bozor iqtisodiyotida ragʻbatlar talab va taklif muvozanatini hosil qiladi. Agar xaridorlarning biror tovarni sotib olishga boʻlgan istagi ishlab chiqaruvchilarning oʻsha tovarni ishlab chiqarish istagidan yuqori boʻlsa, unda tovar narxi tezda oshadi. Narx oshgan sari, ishlab chiqaruvchilarning sotish istagi oshib boradi, ammo, xaridorlarning sotib olish istagi kamayib boradi. Shunday qilib, bu jarayon talab va taklif oʻzaro muvozanatga kelganda toʻxtaydi. Ya’ni bozor ham xaridorlarning, ham sotuvchilarning ragʻbatlariga ta’sir koʻratadi va har ikki tomonning samarali xarajat qilishiga turtki beradi. Shu oʻrinda, bozorga shunday ta’rif berish mumkin: Bozor bu - insonlarning fundamental, instinktiv ragʻbatlarini uygʻunlashtiruvchi va ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy munosabatlarini shakllantiruvchi mexanizmdir. Davlat ham qoʻlidagi bir qancha instrumentlar bilan bozorni tartibga solishda oʻz roliga ega. Davlat buni ragʻbatlar tizimiga ta’sir oʻtkazish bilan amalga oshiradi. Agar mamlakatda iqtisodiy inqiroz kuzatilsa davlat xarajatlarni oshiradi, soliqlarni esa kamaytiradi. Ya’ni byudjetda defitsit hosil qilinadi. Bu odamlarning tadbirkorlik qilishiga va xarid qilishiga ragʻbat beradi. Bunday harakatlar bilan davlat qisqa muddat iqtisodiyotni barqaror ushlab turishga harakat qiladi. Inflyatsiyani nazorat qilish va ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadida ham ragʻbatlardan foydalaniladi. Bu ishni Markaziy Bank amalga oshiradi. U, foiz stavkasini tushirish bilan insonlarning koʻproq kredit olishiga va tadbirkorlik bilan shugʻullanishiga ragʻbat beradi. Keyinchalik, inflyatsiya darajasi yuqorilashni boshlasa, asosiy foiz stavkasi koʻtariladi va pul bozorga kamroq emissiya qilinadi. Aylanmadagi pulning narxi ham oshgani tufayli endi odamlar kamroq xarajat qiladi. Bu yalpi talabni kamaytiradi. Natijada narxlarlar tusha boshlaydi. Britanlya hukumatining 1860-yillarda Avstraliyaga mahbuslarni tashish bo'yicha kema kapitanlari bilan shartnoma tuzish amaliyoti ragʻbatlar qanday ishlashiga yana bir yaxshi, tarixiy misol boʻladi. Avstraliyaga joʻnatilgan mahbuslarning omon qolish darajasi atigi 40 foizni tashkil etgan. Insonparvarlik guruhlari, cherkov va davlat muassasalari ahloqiy nuqtai nazardan kelib chiqib, kapitanlarni mahbuslarning omon qolish darajasini oshirish uchun ular bilan yaxshi munosabatda bo'lishga chaqirishiga qaramasdan, yashash ehtimoli 40 foizligicha qolgan. Keyinchalik, iqtisodchi Edvin Chedvik Angliyadan kemaga chiqqan har bir mahbus uchun kapitanlarga haq toʻlash oʻrniga, ularga haqni kemadan Avstraliyaga qadam qoʻygan har bir mahbus uchun toʻlashni taklif qiladi. Bu darrov keskin o'zgarishga olib keldi. Mahbuslarning omon qolish darajasi 98 foizgacha oshdi, chunki kapitanlarni mahbuslar sogʻligini himoya qilishga ragʻbatlantirish ortidan har bitta kemaga joylashtirigan mahbuslar soni kamaytirildi, ular safar davomida yaxshiroq ovqat bilan ta’minlandi va gigienaga e'tibor qaratildi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 4 1
#xarid Oʻtgan bir oyda 8 ta kitob xarid qildim. Endi bularni diqqat bilan oʻqish va oʻrganish kerak. Xoʻsh, qarab koʻringchi orasida siz oʻqigan kitoblar ham bormi? Agar bor boʻlsa, kitob haqida qisqacha yozib keting)
Hammasini ko'rsatish...
❤‍🔥 12👍 5 2🔥 2🤩 2🥰 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.